Авторы

  • Латифа Кораева
    Учитель Национальный центр подготовки учителей по новым методикам Навоийской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp164-169

Ключевые слова:

восприятие внимание интеллект мышление творчество

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы развития восприятия, внимания, мышления и творчества учащихся начальной школы


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical possibilities of developing the perception and

attention of primary school student during educational

process

Latifa KORAYEVA

1

Navoi region National center of teachers training new methods

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2022

Received in revised form

25 June 2022

Accepted 25 July 2022

Available online

20 August 2022

This article covers the issues of developing the perception,

attention, thinking and creativity of elementary school students.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp164-169

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

perception,

attention,

intellectual,

thinking,

creativity

Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining idroki

va diqqatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

idrok,

diqqat,

intellektual,

tafakkur,

ijod.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish

jarayonida ularning idroki, diqqati, tafakkurini va ularning

ijodkorligini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Педагогические возможности развития восприятия и

внимания младших школьников в процессе обучения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

восприятие,

внимание,

интеллект,

мышление,

В данной статье рассматриваются вопросы развития

восприятия, внимания, мышления и творчества учащихся

начальной школы.

1

Teacher of Navoi region National center of teachers training new methods.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

165

творчество.

Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy

barqarorligi o‘sha

jamiyat fuqarolarining ma’naviy

-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga

bog‘liq. Shunday ekan, ma’naviy

-axloqiy va kasbiy

jihatdan to‘laqonli shakllanmagan

shaxsda o‘z vatani, millati, egallagan kasb

-

kori bilan faxrlanish tuyg‘usi sayoz bo‘ladi.

Metodologik fikr va tadqiqot ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni aytish lozimki,

agar o‘quvchi o‘quv

biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, tarbiyachi

o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi.
O‘quvchining majburiyati qiziqish asosida bo‘lmay, balki majburiy, sun’iy va lozim bo‘lsa
tayziq ostida sodir bo‘ladi. O‘

quvchi darslik mazmunidagi

mavzularni shunchaki ko‘r

-

ko‘rona “o‘rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni

quruq yodlab olishga majbur

bo‘ladi.

“O‘qituvchi

-

o‘quvchi” va hech bir farzand dangasa, uquv siz, qobiliyatsiz yoki bo‘lmasam

deylik tartibsizlik qilishga

moyil bo‘lib tug‘ilmaydi. Ulardagi yaxshi yoki yomon fazilatlar,

yoki bo‘lsama yaxshi ishlar qilishga va yomon ishlar bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ichki

intilish, ehtiros, qiziqish, moyilliklar ularning u yoki bu fazilatlarni namoyon etishga

bo‘lgan ichki

psixologik yo‘nalish olishidan boshlanadi. Bunda

insondagi idrok, diqqat,

xotira, xayol, tafakkur, qiziqish, motivlar, qobiliyatlar singari psixologik hususiyat hamda
jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinf

o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya b

erishda ularning yuqoridagi kabi

psixologik xususiyat va jihatlarini inobatga olish talab etiladi. Chunki bu yoshdagi

bolalarning yangi bilim va tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirishlari, ya’ni bilish

faolligining

ortishi va ularning

ta’lim

va tarbiya olishlari aynan

ushbu omillarga bog‘liqdir. Bu

psixologik xususiyatlar qo‘yidagilar bilan tavsiflanadi:

1.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi, o‘tkirligi

bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib,

o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini

o‘zlashtirish

imkoniyatiga ega

bo‘ladilar.

Boshlang‘ich

sinf o‘quvchisi har qanday ob’ekt, sub’ekt va

voqelikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi, uni atrof muhitning sirli olami, sehri,

jilolanishi, jozibasi o‘ziga tortadi. Lekin ta’limning dastlabki bosqichida idrokning ayrim
zayf tomonlari ko‘zga tashlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari idrokning salbiy xususiyati
ob’ektlarni bir

-biridan farqlash

dagi zayflikdir. Ular ko‘pincha o‘rganiladigan materialni

noaniq, xatto, notug‘ri idrok qiladilar. Buning oqibatida aynan uxshash xarflar, so‘zlar,
narsalar tasviri, shakli, fazoviy joylashuvlaning farqini to‘la tasavvur qila olmaydilar.

Masalan,

Q

bilan

K

xarflarini

“o‘qish”

bilan

uqish

so‘zlarini bir

-biridan farqlamaydilar.

Ba’zan esa ular kattalarning idrok ko‘lami qamrab olmaydigan narsalarni payqaydilar.

Bolalarda tartibli, maqsadga muvofiq serqirra tahlil qilish faoliyati zayfligi uchun ular

ta’lim jarayonida ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yadilar.

Odatda zarur va muhim alomatlar bir yoqda qolib tasodifiy belgilarga e’tibor

beradilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida predmetlarni yaxlit, aniq idrok qilish imkoniyati

juda chegaralangandir.

Boshla

ng‘ich sinf o‘quvchilar idrokining yani bir xususiyati xilma

-xil, yorqin

buyoqlar, yaqqol tasvir va xis-

tuyg‘uga boyligidir. Shuning uchun ular avvalo yorqin his

-

tuyg‘u uyg‘otadigan narsa va xodisalarni idrok qiladilar. Ana shu sababli ramziy va shartli

be

lgilar, chizmalar, diametrik shaklga ko‘ra, jonli “

jozibador

tasvirlar yorqin xis-

tuyg‘u

tarzida aks etadi. Kup fiziolog va psixologlarning fikricha, yorqin rangli tasvirlarni idrok

qilish ramziy va shartli chizmalarni idrok qilishni vaqtincha to‘xtatib q

uyadi yoki ularning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

166

mohiyatini chalkashtirib yuboradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf darsliklarining juda
ko‘p suratlar bilan bezatilishi ham ma’qul emas. Chunki bunda o‘qish surati sekinlashadi,
xatolar ko‘payadi, suratlarning ko‘pligi bolalarning matndan chalg‘itadi. Bolada muayyan
o‘qish malakalari hosil bo‘lgandan keyin kitob varaqlarini suratlar bilan bezatish esa uning
nutqi o‘sishiga, mavzu va fanga qiziqishi ortishiga yordam beradi.

Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchining idroki maqsadga

muvofiq

boshqariladigan pertseptiv faoliyat darajasiga ko‘tariladi. Bola o‘qituvchining rahbarligida
shaxsiy idrokni tashkil etish, o‘z oldiga vazifa quyish, idrok mahsulini nazorat qilish va
hakozalarni o‘rgana boradi. O‘quvchi ta’limning dastlabki bosqic

hida oqilona idrok etish

uchun, keyinchalik esa o‘sha narsani to‘g‘ri idrok etish uchun harakat qiladi. Bunda idrok
etish asosiy maqsad bo‘lsa, harakat qilish idrokning sharti vazifasini bajaradi.

Ta’lim jarayonida idrok maqsadga muvofiq pertseptiv faoliya

tga aylanib va tobora

murakkablashib boradi, natijada o‘quvchida kuzatish, nazorat qilish, farqlash imkoniyati

oshadi. Shu sababli 1-

sinfda so‘z biron narsani atash bilan chegaralangan bo‘lsak,

keyinchalik u o‘rganilayotgan ob’ektning umumiy ma’nosini angl

ata boshlaydi.

Idrokning takomillashuvi o‘qituvchining bevosita rahbarligida amalga oshadi: u

o‘quvchilarga pertseptiv faoliyatni omilkorlik bilan tashkil etishni, ob’ektlarning muhim va
nomuhim belgilarini ajratishni, diqqatni to‘plash va taqsimlashni, ma

terillarni rejali va

tartibli tahlil qilishni o‘rgatadi. Buning uchun bolalarni sayrga olib chiqadi, ko‘rsatmali

qurollardan foydalanadi, jismoniy va aqliy mehnat jarayonlarini taqqoslash, kuzatish
malakalarini shakllantiradi. Idrokni rivojlantiradigan muhim vositalarning biri

o‘quvchilarda narsa va hodisalarning o‘xshash va farqli alomatlarini ajratish uqubini tarkib

toptirishdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pertseptiv faoliyatida fazo, vaqt va harakatni

idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor

. Bolalarda hayot tajribasining yetishmasligi,

bilim saviyasining qashshoqligi, tasavvur obrazlarining zayfligi tufayli idrokning mazkur

shakllari juda cheklangan bo‘ladi. Ular kundalik turmushda qo‘llaniladigan oddiy fazoviy

tushunchalar bilan cheklanishi

sababli ilmiy fazoviy atamalarni, masalan, tog‘larning

balandligi, fazo bilan yer o‘rtasidagi masofa, dengiz va ko‘llarning xajmi va boshqalarni

idrok etishda qiynaladilar.

Ta’lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining ortishi tufa

yli

bolalarda fazo, vaqt va harakatni idrok qilish ko‘lami kengayadi, ular vujudga kelgan

savollarga javob topa boradilar. Bundan tashqari, ularning nazariy bilimlari amaliy

faoliyatda sinab ko‘rish orqali ham boyib boradi.

2.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ehtiyoriy ongli diqqati o‘qish motivlari bilan

uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Odatda ularning o‘qish motivlari uzoqni kuzlagan va

maqsad bilan bog‘liq motivlarga ajratiladi. Yuqori sinf o‘quvchilarining bilim olish

m

otivlari uzoqni ko‘zlagan motivga kirsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivlari

voqelik va reallikga bog‘liq motivlardir. Bolalarda ehtiyorsizlik diqqat durustgina

rivojlangan bo‘ladi. Chunki ta’lim jarayonida ixtiyorsiz diqqatning o‘sishi uchun muhi

m

shart-

sharoitlar mavjuddir. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi,

jozibadorligi o‘quvchida beixtiyor xis

-

tuyg‘ular uyg‘otadi, irodaviy zo‘riqishsiz osongina

fan asoslarini egallash imkonini yaratadi. O‘quv materiallarining turl

i tumanligi ixtiyorsiz

diqqatning to‘planishi, markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshlang‘ich

sinf o‘quvchilarini o‘qitishda ko‘rsatmalilikdan keng foydalaniladi. Bu tadbir birinchidan,

bolalar faolligini oshirsa, ikkinchidan materialni

mantiqiy jihatdan o‘zlashtirishga, uni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

167

tahlil etish mavhumlashtirish va umumiylashtirishga to‘sqinlik qiladi. Ularda

ko‘rsatmalilikka asoslangan dinamik stereotip paydo bo‘lishi ham mumkin. Sun’iy

to‘siqlar, xalal beruvchi olamatlardan qutilish uchun yaqqo

l va mavxum materiallardan

aralash holda foydalanish yaxshi natija beradi. Bolaning ko‘rsatmalilikka berilib ketishi uni

asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi, bola tashqi belgilarga e’tibor berishga odatlanib, ichki

muhim belgilardan chetlasha boradi.

Ma’lumki,

ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida o‘quvchilarning qiziqishi bilan bevosita

bog‘lanib ketsa, tabiiyki, ular faqat maroqli, quvonchli axborot va matnlar bilan

tanipshishga intiladi va intiladigan bo‘lib qoladilar. Natijada o‘ta nozik, ya’ni tashqi

qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida beriluvchi diqqat ularning psixikasida mustahkamlanadi.

Odatlanish murakkab o‘quv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug‘diradi.

1- va 2-

sinf o‘quvchilari diqqatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning yetarlicha

barqaror emasligidir. Shuning uchun ular diqqatlarini muayyan narsalarga qarata

olmaydilar va ob’ektda uzoqroq tuta olmaydilar. Bunda tormozlanish bilan qo‘zg‘alish

o‘zaro nomuvofiq harakat qiladi. O‘qish mashg‘ulotida tutilish, tuxtab qolish, qiroat

suratining kamayish

i, tovushning tebranishi va pasayishi, ba’zida xarf, ibora, gaplar tushib

qolish hollari mana shu fiziologik mexanizm ta’sirida paydo bo‘ladi.

Qator tatqiqotlar 1- va 2-

sinf o‘quvchilari darsda faqat 30

-35 daqiqa diqqat bilan

o‘tirishi, o‘z diqqatini muayyan ob’ektga to‘plashi va unda ishlab turishi mumkinligini

ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mashg‘ulotlarda bolalarni harakatga keltiruvchi harakatli

o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ta’lim jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ixtiyoriy, bar

qaror, mustahkam,

kuchli, to‘planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart

-

sharoit yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish, misol va masalalar

yechish, mashqlarni bajarish, takrorlash, irodaviy zo‘r berishd

a ixtiyoriy, ongli diqqat

tarkib topadi.

3.

O‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda materiallarni eslab

qolish (xotira) uchun muayyan intilishni tarkib toptirish, ularga eslab qolishning

usullarini, fikr yuritish operatsiyalarini o‘rgatish

dan iboratdir.

Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta’lim jarayonida o‘zini

-

o‘zi nazorat

qilish, materialni takrorlashda tekishirish, eska tushirish, mashq qilishdan unumli

foydalanish zarur. Agar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga eslab qolish va esl

ash usullari

o‘rgatilmasa, ular materialni bevosita takrorlashda, uzoq vaqt tuxtalib qoladilar. Shuning

uchun ham eslash qiyin mehnat hisoblanadi. Lekin o‘quvchilar materialni eslashni xush

ko‘rmaydilar va uni osongina tiklash yo‘lini tushunmaydilar. Mater

ialni eslab qolish, esda

saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o‘rgatish mantiqiy xotira o‘sishining garovidir.

4.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining hayoli o‘z o‘quv faoliyatining ta’siri, talabi,

imkoniyat va shart-sharoitlari orqali tarkib topadi. Bolaning hayoli tavarak

atrof

taassurotlari, dunyo ajoyibotlari, ko‘rsatmalilik, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada

aks ettirish bilan vujudga keladi. Ta’lim jarayonida bolalarning yorqin, aniq, tiniq, yaqqol

tasavvur obrazlari hayol yordamida m

uayyan voqelikka aylanadi. O‘rganilayotgan Fan

materiallari eshitilgan va o‘qilgan badiiy asarlardagi obrazlar tartibga solinadi, yaxlit bir

butunlikdan iborat umumlashgan obrazlar tizimi yaratiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

hayolning xususiyatlarida

n yana bir hayotiy voqelik bilan fantaziyaning o‘zaro aralashib

ketishidir. O‘quvchilar xayolparastlikka, fantaziyaga berilishining oldini olishga

pedagoglar, umuman kattalar doimo ahamiyat berishlari kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

168

5.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish fao

liyatini shakllantirishda tafakkur

muhim ahamiyat kasb etadi. Tafakkurning xususiyatlarini o‘rgangan olimlar bolaning

tafakkurini quyidagi uch yo‘nalishda tatqiq qilganlar:

tafakkurning yosh davriga xos xususiyati;

uning rivojlanishi;

tushunchalarni shakllantirish omillari.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni

o‘zlashtirsalar –

da, oldingi darslarda o‘zlashtirilgan turli alomatlar, belgilar, xususiyatlarni

qorishtirib, chalkashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga

kiradigan narsa va xodisalar bilan ularning belgilari o‘rtasida uzviy bog‘lanish tarkib

topmagan bo‘ladi.

Bola rivojlanishining muayyan davri uchun xos bo‘lgan psixologik asoslarga

tayangan holda, ularda xosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalarning sifati baholanishi lozim.

O‘quvchilarga turli holatlar va bilish shakllarining mohiyatini anglatgan holda o‘rganish

jarayoni o‘quvchining har bir yoshiga xos taraqqiyot darajasiga nisbatan verbal va

noverbal xarakter kasb etishi mumkin.

Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari davriga xos ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning

bog‘cha yoshi davrida to‘plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi

tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan

rivojlanib, ulg‘aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening ma’lumotlariga ko‘ra,

6-

7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burilishlar ro‘y beradi. Uning xotirasi

ancha yaxshi bo‘lib, ma’lum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko‘proq o‘

zi hohlagan

narsalarni esda saqlab qoladigan bo‘lib boradi. Bu davr ba’zan “

kichik maktab yoshidagi

bolalar

iborasi bilan ham ishlatiladi.

Kichik maktab yoshidagi bola 6-7 yoshdan boshlab 10-

11 yosh atrofida bo‘lib, unga

asosan 1-4-

sinf o‘quvchilari, ya’ni boshlang‘ich ta’lim davri kiradi. Bu davrda bolalarda:

maktabgacha davrdagi bola o‘quvchi maqomi darajasiga yetadi

;

barcha tana a’zolari rivojlanish bosqichida bo‘lib, lekin suyaklari hali to‘liq qotib

ulgurmagan bo‘ladi

;

psixologik qo‘zg‘olish va tormozlanishi tez o‘zgaruvchan bo‘ladi

;

o‘yin faoliyatidan ko‘proq o‘qish faoliyatiga o‘tishi talab etiladi

;

maktabga borishga doir psixologik yo‘nalish olish ishlari amalga oshiriladi,

shuningdek, endigina maktabga qadam qo‘ygan bola quyidagi turlarda

gi qiyinchiliklarga

duch keladi:

maktabga borishi bilan bolaning kun tartibining o‘zgarishi

;

o‘qituvchilar bilan tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan muloqatda bo‘lishi

;

egallagan bilimlarini amalda qo‘llashi va h.k.

Boshlang‘ich maktabda o‘qiyotgan bol

a uchun shaxsiy yutuqlari

o‘qishda, sportda

bolalar orasidagi nufuzi va obro‘si katta ahamiyat kasb eta boradi. Eng muhimi, aynan bu

davr axloqiy me’yorlarning ma’nosini tushunish, axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirish va

ma’naviy tasavvurlarning shakllani

shi uchun uta sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning

uchun ham kattalarga hurmat, kichiklarni e’zozlash, ota

-

onaga ehtirom ko‘rsatish, Vatanni

sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka tug‘ri munosabatli hislari tarbiyalanadi. Bola jazo bilan

rag‘batlantirish o‘rtasidagi farqni ajrata boshlaydi va nima qilib bo‘lsa ham jazolanmasdan,

ko‘pchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va ta’lim

maskanida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart

-sharoit

ayni bu davrda

o‘zining sezilarli samarasini beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

169

O‘quvchilar shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yo‘lga qo‘yish uchun avvalo

ularning xarakter xislatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Har bir o‘quvchi axloqiy tushunchalarni qanday o‘zlashtiganligini aniqlamay turib ular

bilan yakkama

yakka munosabatga kirishish mumkin emas.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishonuvchan, tashqi ta’sirlarga beriluvchan bo‘ladilar.

Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganlaridek, kishining fe’l

-

atvori xammadan ko‘ra hayotning

dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo‘lgan sifatlar, mustahkam
o‘rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi. Insonning ikkinchi tabiatida ijobiy

hissiyotlarni, fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloq normalarini shakllantirish uchun

butun mas’uliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur
yosh davrida o‘qituvchining har bir gapi, har bir xatti

-

harakati ta’sir ko‘rsatish uslubi uning

uchun haqiqat mezoni vazifasin

i bajaradi. Chunki o‘quvchilar o‘qituvchilariga qattiq

ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik nazokatidan jiddiy

ta’sirlanadilar, talablariga hamisha amal qiladilar, u bergan topshiriqlarni bekami

-

ko‘st

bajarishga intiladilar.

Bo

shlang‘ich sinf o‘quvchilarining idrok etish, xotira, hayol, tafakkur singari bilish

faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning:

kuzatish natijasida bolalarning shakl va ranglarni yaxshi bilishi;

diqqati ahamiyatli narsalarga tez qaratiladi;

eslab

qolishi asosan ko‘zga ko‘rinadigan, emotsional’ ta’sir kuchi bo‘lgan

narsalarga qaratilganligi;

hayol etishi reproduktiv, o‘xshashga harakat etishi

;

fikrlash darajasi ko‘rgazmali

-

obrazlilik bilan bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.

Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berish jarayonining

har bir

nuqtasida har bir bolaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning har

birining yuragiga ijodkorlik bilan mohirona yo‘l topa olishi lozim. Yuqoridagi fikrlarni

umumlashtirgan holda idrok etish, tafakkur va ijodkorlik bu

shaxsni rivojlantiruvchi

kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z

-

o‘zini

rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali
ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik
yaratish jarayonini isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni echish jarayonida
kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi, deg

an xulosaga keldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mavlanova R.A., Raxmonqulova N.X.

“Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya”.

T.,

TDPU.

2007.

2.

Вишнякова

Н.В. Криятивная психопедагогика. –

Минск, 1995.

3.

Mavlanova R.A., Raxmonqulova

N.X. “Boshlang‘ich ta’limda pedagogika,

innovatsiya, integratsiya” –

T., 2013.

4.

Azizxo’jaeva

N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.

T.: TDPU, 2003.

Библиографические ссылки

Mavlanova R.A., Raxmonqulova N.X. “Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya”. – T., TDPU. – 2007.

Вишнякова Н.В. Криятивная психопедагогика. – Минск, 1995.

Mavlanova R.A., Raxmonqulova N.X. “Boshlang‘ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya” – T., 2013.

Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU, 2003.