Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Factors of creating a healthy environment in the
adolescents’ team
Saboat ORIFOVA
1
Regional Center for Retraining and Professional Development of Public Education Workers of Namangan
Region
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2022
Received in revised form
25 June 2022
Accepted 25 July 2022
Available online
20 August 2022
This article discusses the influence of psychological
environment on formations of various educational and labor
(communities) groups, the importance and advantages of
psychological environment in the effectiveness of educational
and labor processes are noted.
2181-
1415/© 2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp201
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mental environment,
personality,
youth,
community,
relationship,
training.
O‘smirlar jamoasida sog‘lom muhit yаratish omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ruhiy muhit,
shaxs,
o‘smirlik yoshi,
jamoa,
o‘zaro
munosabatlar,
trening.
Ushbu maqolada o‘smirlar jamoasidagi psixologik muhit
va uni shaxs shakllanishiga ta’siri hamda ma’naviy
-
ijobiymuhitning o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishdagi
ahamiyati haqida fikr mulohazalar bildirilgan.
Факторы
создания
здоровой
обстановки
в
подростковой команде
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
психологическая среда,
личность,
юность,
общество,
В данной статье говорится о влиянии психологической
обстановки на формирование различных учебных и
трудовых коллективов (сообществ), отмечаются значение и
1
Senior Lecturer of Regional Center for Retraining and Professional Development of Public Education Workers of
Namangan Region. E-mail: yakubovasaboat@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
202
отношение,
обучение.
преимущества
психологической
обстановки
в
эффективности учебного и трудового процессов.
Jamiyatninig barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlar davrida jamoada
sog‘lom ruhiy muhit yaratishga layoqatli insonlarga
nisbatan katta ehtiyoj sezilmoqda. Ana
shunday jamoa hamjihatligi malaka va ko’nikmalari avvalo maktabda shakllantiriladi. Ayni
paytda peda
goglar va maktab amaliyotchi psixologlari o‘quvchilar jamoasi uchun umumiy
hisoblangan ijtimoiy-ruhiy muhitga oid asosiy qoidalarni bilishlari kerak. Chunki shaxs
aynan oiladagi, bog‘cha, maktab va mehnat jamoalaridagi ruhiy muhit ta’sirida shakllanadi.
Sh
u sababli ushbu maqolaning asosiy mazmuni ham o‘smirlar jamoasida ijtimoiy
-ruhiy
ko‘rinishdagi muayyan muhit xususida axborot berishdan iboratdir.
Pedagogikada axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni uyg‘un rivojlantirishdan iborat
bo‘lib, u ko‘p jihatdan shaxs o‘zining rivojlanishi jarayonida qaysi jamoalarga va qanday
qo‘shilishi bilan belgilanadi. Shunisi ravshanki, jamoa ijobiy ruhiy muhitga ega
bo‘lgandagina shaxsni shakllantirishning qudratli vositasiga aylanadi.
Ruhiy muhit ob’yektiv mavjud рodisadir. U ikki omil ta’sirida vujudga keladi. Bu
avvalo umuman jamiyatdagi ijtimoiy-ruhiy vaziyatdir. Butun jamiyat muhiti alohida
jamoalarning ruhiy muhitida bevosita aks etadi.
Ikkinchi omil
–
mikroijtimoiy shart-sharoitlar: ushbu jamoaning jamiyatdagi
mehnat taqsimotiga nisbatan vazifaliri, o‘ziga xos xususiyatlari, jug‘rofiy va iqlimiy shart
-
sharoitlar, jamoaning keng ijtimoiy muhitdan ajralib qolganlik darajasi, uning yosh va
jinsiy tarkibi va hokazolar.
Ushbu ikki omil jamoaning “ruhiy muhit” deb n
omlanadigan holatini belgilab beradi.
Ruhiy muhit
deganda jamoaning his-
tuyg‘uli ruhiy kayfiyatini tushunish kerakki, unda
jamoa a’zolarining qadriyatlari, ma’naviy me’yorlari va manfaatlari bilan belgilanidigan
hissiy darajadagi shaxsiy va amaliy o‘zaro m
unosabatlari aks etadi.
Jamoadagi ruhiy muhit muomala jarayonida vujudga keladi va namoyon bo‘ladi,
unda ruhiy ehtiyojlar ro‘yobga chiqariladi, shaxslar va guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar
vujudga keladi va hal etiladi. Bu jarayonda kishilar o‘rtasidagi h
amkorlikning yashirin
mazmuni: bellashuv yoki yashirin raqobat, o‘zaro yakdillik yoki hammaning bir
-biriga
kafilligi, qo‘pol tazyiq o‘tkazish yoki ongli intizom yaqqol aks etadi.
Bolalar jamoalarining ruhiy muhiti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bolalar ja
moasi
nazariyasi rivojlanishiga olim A.S.Makarenko juda katta hissa qo‘shgan.
Aynan uning
asarlarida biz tarbiyalanuvchilar jamoasidagi sog‘lom muhit to‘g ‘risida qimmatli
ma’lumotlarni topamiz. Makarenko “ruhiy muhit” degan atamadan foydalanmagan, balki
“uslub”, “ohang” kabi tushunchalarni qo‘llagan. U ko‘tarinki ohangning asosiy belgilari
sifatida quyidagilarni taklif qilgan:
1.
Ichki, ishonchli xotirjamlikning namoyon bo‘lishi, har doim shijoatli, harakat
qilishga tayyor turish.
Jamoaning har bir a’zosida o‘z qadr
-
qimmatini bilish tuyg‘usining
mavjudligi, o‘z jamoasi bilan faxrlanish.
2. Jamoa hamjihatligi,
a’zolarining do‘stona birligi.
Ichki munosabatlarda ayrim
tarbiyalanuvchilarni tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin bu ta’sir ko‘rsatishning
maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni
begonalar oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor yetkazmaslik, uni
obro‘sizlantirmaslik.
3.
Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi. Har bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik
z
aif, kuchsiz bo‘lmasin, o‘zining yolg‘izligi yoki himoyasizligini his qilmasligi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
203
4.
Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi.
5.
Harakatlarda va muloqotda o‘zini boshqara olish.
Jamoada sog‘lom muhitning yaratilishi ta’lim
jarayonida ham, mehnat jarayonida
ham muhim o‘rin tutadi. Bunday jamoada ta’lim samaradorligi va mehnat unumdorligi
sifatli bo‘ladi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan
guruhining munosabatlaridan
qoniqmaydigan, unda o‘zini erkin his qilmaydigan (kamsitilgan), yolg‘izlanib qolgan,
hissiyotga berilishi oqibatida fikrini bayon etishga qiynaladigan o‘quvchilarni ko‘plab
uchratish mumkin.
Bu esa uning o‘qish samaradorligiga albatta salbiy ta’sir etadi. Eng
yomon tomoni bu
–
buni sezmaydigan o‘qituvchidir...
Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim muassasalarida amaliyotchi psixologlar faoliyat
ko‘rsatishmoqda. Aslida yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni amalga oshirishda ularning roli
katta bo‘lishi
kerak.
Ya’ni psixolog ishni avvalo jamoani o‘rganishdan boshlaydi, diagnostik
tahlil qiladi va shunga qarab profilaktik (muammoning oldini olish) va tuzatishishlari olib
boradi.
O‘smirlik yoshi inson hayotida asosiy o‘ringa ega, bolalikdan kattalikka o‘tu
vchi va
asosiy shaxsiy fazilatlari tarkib topadigan yosh hisoblanadi. Shuning uchun bu yoshda u
yashayotgan muhitning o‘smir tarbiyasiga ta’siri masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Aslida
har birimizning hayotimiz ham ana shu jamoalar faoliyati bilan bog‘liqd
ir.
Jamoaning ruhiy muhitini esa o‘zimiz yaratamiz. Jamoada a’zolari bir
-birlari bilan
o‘zaro hurmatda bo‘lgan samimiylik, hamdardlik, kelishuvchanlik, tushunuvchanlik,
uyuushqoqlik kabi ijobiy sifatlar shakllangan bo‘lsa, bu yerda albatta o‘quv jarayoni h
am
samarali bo‘ladi. Bola maktabga yaxshi kayfiyatda keladi. O‘quv jarayonidagi muammolar
tengdoshlar yordamida osonroq hal bo‘ladi. Shuningdek, sinf rahbarining ham boradagi
roli beqiyos. U avvalo boshqaruvchanlik qobiliyatini yaxshi egallagan bo‘lishi, b
olalarga
ta’sir ko’rsatish sirlarini egallagan, muomala malakasi yuksak, o‘zining shaxsiy xususiyati,
bilimdonligi, aql-
farosatliligi, mustaqil irodasi bilan obro‘ qozongan, o‘quvchilarga
nisbatan g‘amxo‘r va talabchan, umuman jamoaning ruhiy holatini mo’‘
tadil saqlagan
holda ishlarni olib bora olish qobiliyatini egallagan bo‘lishi lozim.
Jamoada bunday munosabatlarni shakllantirishda turli xil amaliy ishlar ham olib
borilishi, masalan, jamoa bilan sayohatlar tashkil etish, turli xil kechalar tashkil qillib,
madaniy dam olish orqali o‘zaro yaqinlikni vujudga keltirish, dildan suhbatlashish,
ma’naviyat kunlari tashkil etish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Pedagogik jarayonlarda ham darslarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish, yangi
pedagogik texnologiyalar,
rolli o‘yinlar, trening usullaridan foydalanish ham
auditoriyaning umumiy muhitini yaxshilash va bu orqali o‘quvchilar faolligini oshirishga
xizmat qilishi mumkin.
Shaxsiy tajribalarimdan kelib chiqib, quyida o‘smirlar jamoasida juda tez va qulay
usulda ijobiy muhitni shakllantirishga qaratilgan psixotrening mashqlardan namunalar
keltiramiz:
PSIXOTRENING MASHQLAR
“SALOMLASHISH”
Maqsad:
O‘smirlarda muloqatga kirishish malakalarini rivojlantirish va ularning
mashg‘ulotlarda erkin qatnashishlari uchun psixolog
ik tayyorlash.
O‘kazish qoidasi:
Bolalarga har biringiz bir-
biringiz bilan turli xil ko‘rinishda,
masalan, bir o‘quvchi bilan qo‘l olishib, ikkinchisi bilan ko‘zlar orqali, uchinchisi bilan
quchoq ochib va hokazo ko‘rinishda so‘rashib chiqing. Mashq yakunida o‘quvchilarning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
204
har biridan “Sizga ko‘proq kimning salomlashishi yoqdi” deb so‘rab chiqiladi. Bolalarni iloji
boricha ko‘pchilik ichida gapirtirishga harakat qilinadi.
“TIMSOH VA QURBAQALAR”
Maqsad.
Jamoada ruhiy to‘siq (bar’yer)ni kamaytirish, hamkorli
kda harakat
qilishga o‘rgatish va ulardagi epchillik, chaqqonlik va vaziyatni to‘g ‘ri tahlil qilish
malakalarini rivojlantirish.
O‘tkazish tartibi.
Bolalardan biri timsoh rolini bajaradi. U bir chetda ko‘zini yumib
turadi. Qolganlar qurbaqa obrazida, hovuzda o‘ynab, sayr qilib yurishadi. Timsoh ko‘zini
ochib, oyoqlarini qimirlata boshlaganda, qurbaqalar tezlik bilan berkinishlari kerak.
Berkinishga u
lgurmagan qurbaqalar timsohga yem bo‘lishadi. Qochish uchun davraga
qog‘ozlar terib qo‘yish mumkin. Qog‘ozlar soni qurbaqalar sonidan kam bo‘lishi kerak. Timsoh
kelganda bolalar qog‘ozlarni ustiga chiqib olishlari kerak. Har safar o‘yin takrorlanganda
qog‘ozlar kamayib boraveradi. O‘yinning sharti shundaki, qog‘ozlarga chiqishda hamma bir
-
birini qo‘llab
-quvvatlashga, yordam berishga harakat qilishlari kerak.
“BROUNLAR (KO‘RLAR) HARAKATI”
Maqsad.
O‘smirlarni bir
-
birlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishga, o‘z o‘zini
tushunishga o‘rgatish, sezgi va idrokini rivojlantirishdan iborat.
O‘tkazish tartibi:
Barcha ishtirokchilar aylana bo‘ylab turadilar. Bolalar ko‘zlarni
yumib turli tomonlarga harakat qilishadi. So‘zlashish mumkin emas. Boshlovchi qarsak
chal
ishi bilan hamma to‘xtaydi va ko‘zini ochadi.
Yana hamma ko‘zini yumib, avvalgi harakatlarini davom ettirishadi. Bu safar jijillab
ovoz chiqarib harakatni to‘xtatishadi va ko‘zlarini ochishadi.
Muhokama:
Harakatlanishga nima xalaqit qildi?
To‘
qnashib ketmaslikka nima yordam berdi?
“QARSAKLAR”
Maqsad.
O‘smirlarni hamkorlikka va bir
-
birini tushunishga o‘rgatish.
Diqqatni va tafakkurni rivojlantirish.
O‘tkazish tartibi.
Hamma aylana bo‘ylab turadi. Boshlovchi bir marta qarsak
chaladi. O‘ng tomonga qarab qarsak davom etadi. Boshlovchi o‘rnidan turib xohlagan
joyiga borib o‘tirishi mumkin. Navbat boshlovchiga kelganda, boshlovchi qarsagidan so‘ng
qarsak chalish qarama
–
qarshi tomonda davom etadi.
“OROLCHA”
Maqsad.
O‘smirlarni bir
-
biriga yordamlashishga, o‘zaro hamjihatlikka o‘rgatish.
Psixologik to‘siqlarni (bar’yer) yo‘qotish, harakatchanlikni rivojlantirish.
O‘tkazish tartibi.
Qatnashchilar suv toshqini bo‘
layotganligi sababli orolchaga
chiqib olishlari kerak. Orolcha sifatida arqondan tayyolangan doiradan foydalanamiz.
Hamma orolga joylashgach, ular tashqariga chiqadilar. So‘ngra doira halqa kichraytiriladi.
Yana hamma orolchaga joylashishi kerak. O‘yin shu
tariqa davom ettiriladi. Har safar halqa
kichraytirilib boriladi.
“TUGUN”
Maqsad.
Bolalarda hamkorlik va hamjihatlikni shakllatirish.
O‘tkazish tartibi.
Qatnashchilar uzun arqonni ikki qo‘llari bilan ushlashadi.
Arqonni qo‘yib yubormay undan tugun hosil q
ilish kerak. Tugun hosil qilinishi kerak
bo‘lgan joy belgilab qo‘yiladi.
“O‘RGIMCHAK TO‘RI”
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
205
Maqsad.
Bolalarni turli xil vaziyatlardan va muammoli holatlardan chiqishga
o‘rgatish.
Irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
O‘tkazish tartibi.
Jihoz: arqondan
tayyorlangan “o‘rgimchak to‘ri”. To‘rning
kataklari soni, ishtirokchilar soni bilan teng bo‘lishi kerak.
Qatnashchilar o‘rgimchak to‘rining bir tomonidan ikkinchi tomoniga to‘rning hech
qayeriga tegmasdan o‘tishlari kerak. Agar biror qatnashchi o‘rgimchak
to‘riga tegib ketsa,
orqaga qaytadi va qaytadan mashqni bajarishlari kerak bo‘ladi.
“FILLAR HARAKATI”
Maqsad.
Bolalarda hamkorlik va hamjixatlik orqali guruhda o‘zaro yaqinlikni
shakllantirish.
O‘tkazish tartibi.
Barcha ishtirokchilar ko‘zlarini bog‘ich y
ordamida berkitib
olishadi. So‘ngra ishtirokchilarga nazarimiz tushmaydigan, ko‘ra olmaydigan joyga
sayohatga chiqilishi aytiladi. Qatnashchilar saf tizib, o‘zlaridan oldingi do‘stlarining
yelkasiga o‘ng qo‘llarini qo‘yishadi. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha
sekin
–
asta sayohat
boshlanadi. Boshlovchini ko‘zi ochiq holda harakatlarni boshqaradi. Tayyorlab qo‘yilgan
to‘siqlar: daraxtlar oralig‘i, daraxt shoxi ostidan, o‘nqir–cho‘nqirliklar bo‘ylab sayohat
uyushtiriladi. Qatnashchilar o‘zlaridan oldingi do‘stlar
i harakatiga qarab yurishlari kerak.
Xavfsiz joyda sayohat nihoyasiga yetadi.
Mashg‘ulot yakunida qatnashchilarni bugungi mashqlardan olgan taassurotlari
muhokama etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
А.
Аникеева. “Жамоада руҳий муҳит”, 1994 йил.
2.
Olimov L.Y., & Mavluda
O. (2022). O‘smirlar ma’naviyatini shakllantirishning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Science and Education, 3(3), 407
–
413.
3.
Qodirova
M. (2021). O‘smirlar psixologiyasi va o‘smir xulq
-
atvorining o‘ziga
hosligi.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
4.
Qodirova
M. (2022). O‘
smirlar tarbiyasining qiyinchilik xususiyatlari va ularning
kelib chiqish sabablari.
Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании,
2(5).
5.
Qaxramonovna Q.M. (2022, March). Tarbiyasi qiyin o
‘
smirlar borasidagi
tadqiqotlar. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding
(Vol. 1, No. 1).
6.
Sharofitdinov
A. (2022). O‘
smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi.
Журнал
Педагогики
и
психологии
в
современном
образовании
, 2(6), 78
–
81.
7.
