Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Socio-psychological factors of ensuring gender equality
relations in Uzbek families
Gulzoda ESHONKULOVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2022
Received in revised form
25 June 2022
Accepted 25 July 2022
Available online
20 August 2022
The article examines socio-psychological factors of ensuring
gender equality in Uzbek families, equal rights and opportunities
for women and men, and protecting women from oppression and
violence. Also, the article puts forward important
recommendations on improving the legal and economic status of
women, their living and working conditions, maintaining
reproductive health, and changing traditional roles of women
and men in society and family. Research conducted by the author
shows that the study of this problem is very relevant today.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp220-225
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
society,
family,
reform,
national values,
human rights,
gender equality,
gender,
women,
men,
family relations,
couple,
parent,
child,
role,
division of labor,
oppression,
violence.
O‘zbek oilalarida gender tenglik munosabatlarini
ta’minlashning ijtimoiy
-psixologik omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jamiyat,
oila,
islohot,
milliy qadriyatlar,
Maqolada o‘zbek oilalarida gender tenglik munosabatlarini
ta’minlashning ijtimoiy
-psixologik omillari, bunda xotin-qizlar
hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash,
xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish
1
Lecturer at the Department of Psychology, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
221
inson huquqlari,
gender tenglik,
jins,
xotin-qizlar,
erkaklar,
oilaviy munosabatlar,
er-xotin,
ota-ona,
farzand,
rol,
mehnat taqsimoti,
tazyiq,
z
o‘ravonlik.
masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada xotin
-qizlarning
huquqiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning turmush va
mehnat sharoitlarini yaxshilash, reproduktiv salomatligini
saqlash, ayollar va erkaklarning jamiyat va oiladagi an’anaviy
rolini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar ilgari
surilgan. Muallif tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mazkur
muamm
oni o‘rganish bugungi kunda juda dolzarb ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Социально
-
психологические факторы обеспечения
отношений гендерного равенства в узбекских семьях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общество,
семья,
реформа,
национальные ценности,
права человека,
равенство полов,
пол,
женщины,
мужчины,
семейные отношения,
пара,
родитель, р
ебенок,
роль,
разделение труда,
угнетение,
насилие.
В статье рассматриваются социально
-
психологические
факторы обеспечения гендерного равенства в узбекских
семьях, обеспечения равных прав и возможностей женщин
и мужчин, защиты женщин от угнетения и насилия. Также в
статье выдвинуты важные рекомендации по улучшению
правового
и
экономического
положения
женщин,
улучшению условий их жизни и труда, сохранению
репродуктивного здоровья, изменению традиционных
ролей женщины и мужчины в обществе и семье.
Исследования, проведенные автором, показывают, что
изучение данной проблемы весьма актуально на
сегодняшний день.
Jonajon Vatanimiz mustaqillikka erishgach mamlakatimizda amalga oshirilgan keng
qamrovli islohotlar natijasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-
qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotin
-qizlarni
tazyiq va z
o‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar
yaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament Yuqori palatasida Xotin
-qizlar va gender
teng
lik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash
masalalari bo‘yicha komissiyasi, Xotin
-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat
-kengashlari, Respublika xotin-
qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Bugungi kunda islohotlar samarasi sifatida
jamiyatimiz hayotida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
yaratilganligi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini
ta’m
inlanayotganligi, xotin-qizlarni ijtimoiy-
huquqiy jihatdan qo‘llab
-quvvatlash, ularni
har xil tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilayotganligi quvonarli holdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
222
Ma’lumki, “gender” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi lotincha “genus”, ya’ni “jins”
ma’nosini anglatib, jamiyatda har ikki jins vakillari o‘zlarining shaxsiy fazilatlarini
namoyon qilish uchun teng, bir xil sharoit va imkoniyatlarning mavjudligini anglatadi.
Biologik jins insonlarni ayol va erkaklarga ajratsa, gender esa
–
ayol va erkaklarning
jamiyatdagi statusini ajratishga qaratilgan. Jamiyatda ayol va erkaklarning o‘z o‘rnini
topishi va belgilashi uchun davlatning ularga bir xil sharoit va imkoniyat yaratib berishi
gender tenglikni ta’minlashda
asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham o‘tgan davr
mobaynida O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikka erishishga, ayniqsa,
xotin-qizlarning huquqiy va iqtisodiy ahvolini, ularning turmush va mehnat sharoitlarini
yaxshilashga, reproduktiv salomatligini saqlashga, shuningdek ayollarning ham,
erkaklarning ham jamiyat va oiladagi an’anaviy rolini o‘zgartirishga qaratilgan siyosat
qonun chiqaruvchilik va ijro etuvchilik darajalarida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat must
aqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab
uning inson huquqlariga oid asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan xalqaro huquqiy
hujjatlar
–
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi” hamda “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qoidalariga mos
ravishda oilani mustahkamlash, uning har bir a’zosi haq
-huquqlarini himoya qilish, oilaviy
munosabatlarda o‘z huquq va erkinliklaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun
imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan milliy
qonunchilik bazasi yaratildi va yurtimizda
amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang tarzda doimiy ravishda takomillashib
bormoqda. Jumladan, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan
urf-
odat va an’analarimiz, qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ishonch ramzi sifatida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga “Oila” deb nomlangan alohida bob kiritilib,
uning 63-
moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u jamiyat va davlat muhofazasida
ekanligi qat’iy kafolatlab qo‘yildi
.
Jahon psixologiyasida oilaviy munosabatlarda gender tenglik masalasini o‘rganish
bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, amerikalik tadqiqotchi
Devid Mayyers jins, genlar va madaniyat masalalarini o‘rganar ekan, genderni
- erkaklik va
ayollik xususiyatlarini tavsiflovchi tushuncha sifatida, jinsiy tafovutlarni o‘rganish xotin
-
qizlarning erkaklarga nisbatan anchagina masalalarda ustunlikka ham ega ekanligini
alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, ayollardagi tajovuzkorlikning kamligi, o‘zgalarga
g‘amxo‘rlik va o‘zgalar tashvishlariga nisbatan befarq bo‘lolmaslik, hamdardliklari aynan
ularning jamiyatda tutgan foydali mavqelarini belgilashi mumkin. Aynan ayollar, boshqa
tadqiqotchilarning fikricha, insonlar bilan bo‘ladigan munos
abatlarda iliqlik, yaqinlik
tarafdorlaridir.
O‘zbekistonda ham gender masalasi
ko‘pincha oila muammolari doirasida
o‘rganilishi an’anaga aylangan. Jumladan, mamlakatimiz psixologiyasida E.
G‘oziyev,
G‘.
Shoumarov, V. Karimova, A. Jabborov, I. Yokubov, B. Qodirov, S. Mirxosilov,
E. Usmonov, N.
Sog‘inov, F.
Akramova, L. Karimova, N. Salayeva, O. Shamiyeva,
O. Abdusattorova, M. Fayziyeva, I. Jabborov va boshqalar tomonidan oilaviy hamda
shaxslararo o‘zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafovutlar
o‘rganilgan.
E.
G‘oziyev oilaviy munosabatlarda gender tenglik masalalariga to‘xtalib, oila but
bo‘lishi uchun birinchi navbatda, shaxslararo tenglikni qaror toptirish kerakligini
ta’kidlaydi. Bunda ikki yosh, ya’ni bo‘lg‘usi kuyov
-kelinlar bir-birlarini chuqurroq
o‘rganishlari, ayrim nuqsonlardan ko‘z yumushlari zaru
r. Yoshlarni qiyinchiliklarni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
223
yengishga, o‘zgacha shart
-
sharoitga ko‘nikishga bolalikdan o‘rgatib borish lozim. Eng
muhimi ular o‘rtasida chin muhabbat bo‘lishi darkor. Oilada mehnat taqsimotini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir, deydi muallif.
V. Karimovaning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari va
oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender munosabatlarga tayyorlash,
gender tasavvurlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni, er
-xotin va oiladagi salbiy
munosabatlarni
ng bola shaxsiga ta’siri masalalariga ko‘proq e’tibor qaratadi. Uning
fikricha, oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy rollarga oid
tasavvurlar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga
ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar,
an’analar, rasm
-
rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan.
Muallif nikoh yoshigacha bo‘lgan yoshlar bilan oilali er
-xotinlarning oilaviy ijtimoiy
tasavvurlari o‘rtasidagi asosiy farqlarni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning
sabablarini ko‘rsatib o‘tgan.
Ota-
ona munosabatlarining farzandlarga gender ta’siri muammosi M.
Salayeva
tadqiqotlarining predmetiga aylangan.
Jumladan, u qo‘lga kir
itgan xulosalardan biri,
o‘zbek oilalarida otalarga nisbatan onalarning farzandlariga o‘ta g‘amxo‘rligi, ya’ni ularni
qiyinchiliklardan saqlash, ziyon yetkazib qo‘yishdan qo‘rqish, farzandining o‘ziga
bog‘langanligi va tobeligini rag‘batlantirish, ularda s
hahvoniylik va tajovuzkorlikni bosish
kabi xususiyatlarning kuchligigi, onalarda otalarga qaraganda demokratiklilikning
kuchliligi isbotlangan.
M.
Fayziyevaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, o‘zbek oilalarida shaxslararo
munosabatlar barqarorligini belgilashda er-
xotin munosabatlaridagi o‘zaro hurmat va
ishonch, bir-
birini yaxshi tushunish, farzandlar, muomala odobi, onglilik va ma’naviy
axloqiy mavqe, uning moddiy ta’minlanganligi, uy
-
joy bilan ta’minlanganlik, rollar
taqsimotining mosligi, jinsiy moslik muhim omillar hisoblanadi. Muallif oilaviy nizolarning
shakllanishi va ularning buzilib ketishida er-
xotin fe’l
-atvorining mos kelmasligi,
farzandsizlik, sevgi va mehr-muhabbatning yetarli emasligi, ola budjetini oqilona boshqara
olmas
lik asosiy omillar bo‘lib, ro‘zg‘or ishlarining saranjom
-sarishta va orasta emasligi,
iqtisodiy ta’minotdagi kamchiliklar, rashk va ishonchsizlik, ota
-onalarning er-xotin
munosabatlariga aralashuvi, dunyoqarash va maslaklarning nomuvofiqligi, jinsiy
nomoslik kabi omillar ham oilaviy munosabatlarda ziddiyatlarni kelib chiqarishda muhim
o‘rin tutadi, deydi.
Bugungi kunda mamlakatimizda oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi
sohasida xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minla
sh
masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shubhasiz, qaysidir jamiyatda gender tenglik
ta’minlanmas ekan, u jamiyatda rivojlanish bo‘lmaydi, sababi ayol va erkak huquqlari
buzilar ekan, o‘sha jamiyatning ijtimoiy hayotida tengsizlik yuzaga keladi, mehnat
unumdorligi pasayadi, iqtisodiy o‘sish sekinlashadi, farzandlar nosog‘lom tug‘iladi,
qashshoqlik darajasi ortib boradi. Qizlar bolaligidanoq asrlar davomida qaror topgan
ayollik vazifalarini bajarishga tayyorlanadi, ularda sustkashlik, yuvoshlik va itoatkorlik
ruhi tarbiyalanadi; erkaklar oila budjetini shakllantirishda ishtiroklari hissasi yuqori
bo‘lganligi tufayli oilada hukmron mavqeni egallaydilar; uy
-
ro‘zg‘ordagi vazifalar
taqsimlanishida notenglikka yo‘l qo‘yiladi va hokazo.
Ma’lumki, oila murakkab ijtimoiy muassasa bo‘lib, oila ichki munosabatlari va er
-xotin
o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishida ko‘p narsa, birinchi navbatda, milliy madaniyat,
tarixiy an’analar, ijtimoiy
-
iqtisodiy sharoitlar, shaxs omillari muhim o‘rin tutadi.
Oila bola
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
224
voyag
a yetadigan asosiy makon va barcha insoniy munosabat turlarining o‘chog‘idir.
Hozirgi zamon oilasi ma’lumotli, intellektual jihatdan rivojlangan kishilarni, o‘z
munosabatlarini o‘zaro hurmat va tushunish asosida qura oladigan erkaklar va ayollarni
tarbiyalashga xizmat qila oladigan maskan hisoblanadi. Biroq hamma oilalarda ham
ayollar va erkaklar huquqlari tengligi har doim ham bir xilda namoyon bo‘lavermaydi,
sababi erkaklarning ayol kishini ojiza deb bilishi ba’zi oilalarda tarbiya orqali an’ana
sifatida
singdirilgan. Bejizga aytishmaydi “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deb. Oilalarda
gender tenglikni ta’minlashda katta avlodning o‘rni juda muhim, gerontopedagogik
tadqiqotlarga ko‘ra, avlodlar o‘rtasida vorislik qonuniyati orqali aynan katta avlod o‘z
ibratlari ilm-
ma’rifati orqali, bilim va tajribalarini kelajak avlodga o‘rgatib, yoshlarning
qalbiga singdirishi, hayotga tatbiq qilishi lozim.
Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oila tarbiyasi, ota
-
ona va farzandlar o‘rtasidagi
munosabatlar, shuningdek, oilanin
g pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli fikrlar
hadislarda muhim o‘rin egallaydi. Islomda er
-
xotin o‘rtasidagi munosabatning davomiyligini
ta’minlash uchun o‘ziga xos qonun
-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy
tashkilotchilari va
a’zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalar
yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-
huquqlari ham belgilab berilgan. Islom ta’limoti ayollarni
ilm olish, mehnat qilish, meros huquqi, jamiyat taraqqiyotida faol qatnashishda erkaklar bilan
teng huquqli qildi. Hadislarda ilm olish har bir muslim va muslimaga xosdir, deyilgan. Islomda
oila, nikoh, meros masalalarida ayolga ko‘proq yon beriladi, nikohsiz yashashga ruxsat
berilmay, shu tariqa ayolning huquqi ta’minlanadi. Nikoh shartlaridan biri bo‘lmish –
mahr
ham aynan ayollarning foydasi uchun joriy etilganligi muqaddas dinimizda ayollarning
naqadar ulug‘langanidan darak beradi.
Ayolini e’zozlagan yurt tamaddun silsilasida yuksak martabaga ko‘tarilib, turmushi
kundan kunga farovonlashi
b borishini kundalik hayotimizning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Zamonamizda ustuvor bo‘lgan qarashlarda ham jamiyatning qanchalik taraqqiy etgani
uning ayolga munosabati nechog‘lik go‘zal va ma’naviy asosga ega ekani bilan belgilanishi
ta’kidlanadi. “Buyuk shaxsni buyuk ona tarbiyalaydi” degan naql bor. Buyuk onalarni
tarbiyalash esa yana o‘sha oila atalmish muqaddas dargohning holati va muhitiga kelib
taqaladi. Ona hurmat topgan oilada farzand ham oqil bo‘lib o‘sadi. Bolalikda ayolga
hurmatsizlik namunalarini k
o‘rib ulg‘aygan bola esa kelajakda o‘z oilasini ham mustahkam
saqlay olmaydi. Oilasining sha’ni va nomusini himoya qilishga qobil bo‘lmaydi. Shu bois,
farzand bu mas’uliyatning nechog‘lik sharaf ekanini bolalikdanoq ko‘rib, tushunib yetishi
kerak. Ona hurm
at ko‘rmay o‘tgan oilada balog‘atga yetgan qiz ham turmush shunday
ekan, degan tasavvur bilan ulg‘ayadi.
Oilalarda ma’naviy
-axloqiy muhitni barqarorlashtirish va gender tenglikni
ta’minlashda erkakning ham, ayolning ham o‘z o‘rni bor. Oilaviy hayot masalal
arida erkak
va ayol jamiyatdagi meyorlarga amal qilishi, zimmasidagi burch va vazifani qonun
doirasida, adolat tamoyillariga rioya qilgan holda bajarishi, oila boshqarishni bilishi,
yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan, turli ishlarga chiroyli tarzda
safarbar eta
oladigan salohiyatga ega bo‘lishi, nafaqat oila a’zolariga, balki jamiyatning barcha
a’zolariga ibrat bo‘lishi zarur. Er va xotinning gender tenglik masalasida bir
-birlarini
tushunishi, hurmat qilishi, oilaviy masalalarni birgalikda hal qilishga harakat qilishi oilada
yuzaga keladigan har qanday nizo, ixtilof va muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf qilishga
imkoniyat yaratadi. Sababi, ota-ona, kelajak avlod egalari
–
yoshlar uchun ibrat ko‘zgusidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
225
Yuqoridagi bildirilgan fikrlarga yakun yasab
, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish
lozimki, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash muammosi juda dolzarb bo‘lib,
maqsadga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
–
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining
mas’ulligini oshirish, biron
-
bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan
aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish;
–
erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq, oilaviy
ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada
ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab
-quvvatlash;
–
asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, ijobiy urf-
odatlar va an’analar
asosida oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining bosh
qa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini
mustahkamlash;
–
oilaviy munosabatlarda xotin-
qizlar va erkaklarning o‘rni haqida jamiyatda
shakllangan salbiy qarashlarni o‘zgartirish, bu borada ommaviy axborot vositalari
ishtirokida targ‘ibot
-
tashviqot ishlarini qo‘llab
-quvvatlash;
–
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning
mas’uliyati hamda rolini oshirish;
–
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa
masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini yanada
takomillashtirish;
–
oilalarni yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy
qadriy
atlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota
-onasiga va
oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsizlik munosabatini shakllantiradigan,
jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan noto‘g‘ri tasavvurlardan himoya qilish;
–
xotin-qizlar va erkaklarning oilaviy munosabatlardagi huquqlari, erkinliklari va
majburiyatlari to‘g‘risida axborot
-
ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
2021-yil 28-maydagi
“2030
-
yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini
tasdiqlash haqida”gi SQ–
297-IV-sonli qarori. Lex.uz
2.
Yoziyev
E. Ta’lim muassasalarida gender
-menejmentning zamonaviy psixologik
masalalari: muammo, y
echim va takliflar. “Zamonaviy ta’lim/ Современное
оброзование” jurnali. 2017, 3
-son.
3.
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya.
–
T.: “Fan va texnologiya”, 2012, –
B. 172.
4.
Salayeva N. Xorazm oilalarining etnopsixologik xususiyatlari. / Psixol. fan. nomz.
… diss. –
T., 2001.
–
B. 162.
5.
Fayziyeva M., Jabborov
A. “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”. –
T.: “Yangi asr
avlodi”, 2007. –
B. 144.
6.
Shoumarov
G‘.B. Oila psixologiyasi.: Akademik litsey va kasb
-hunar kollejlari
o‘quvchilari uchun. –
T.: Sharq.
–
B. 140.
7.
G‘oziye
v E. Psixologiya metodologiyasi.
–
T.: 2002.
–
B. 174.
