Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Types of personal values and their classification
Nilufar MIRKHUSANOVA
1
International Islamic Academy of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2022
Received in revised form
25 June 2022
Accepted 25 July 2022
Available online
20 August 2022
This article examines and summarizes the value of
personality, their types and their classifications proposed by
scientists. The work of psychologists who studied personal
values is divided into classes based on different criteria. This
categorization is mainly based on representatives of the former
Soviet school: K. Khabibulin, T.V. Butkovskiy, V.P. Tugarinov, etc.
and was organized on the basis on the works of Western
psychological scientists: M. Rokich, A. Maslow, A. Adler,
V. Frankl. They were comparatively studied based on a set of
values. Their similarities and differences were distinguished. At
the same time, this article also considered the principle of
dividing individuals into types as a result of classification of
values. It was referred to the one of the most famous works,
Eduard Spranger
’
s theory of personality types classified on the
basis of values. Personality types were explained based on this
theory.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp212-219
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
value,
types of value,
value classification,
value hierarchy.
Shaxs qadriyati turlari va ularning klassifikatsiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
qadriyat,
qadriyat turlari,
qadriyatlarni sinflash,
qadriyatlar ierarxiyasi.
Ushbu maqolada shaxs qadriyati, ularning turlari hamda
olimlar tomonidan taklif qilingan klassifikatsiyalari ko‘rib
chiqilgan va umumlashtirilgan. Bunda shaxs qadriyatlarini
o‘rgangan psixolog olimlarning qilgan ishlari turli mezonlar
asosida sinflarga ajratilgan. Bu turkumlashtirish asosan
sobiq sho‘rolarmaktabining namoyondalari: K.
Xabibulin,
T.V. Butkovskiy, V.P.
Tugarinov va b.q. hamda G‘arb psixologik
olimlari: M. Rokich, A. Maslou, A. Adler, V. Franklning ishlari
asosida tashkillashtirildi. Qadriyatlar turkumi asosida ular
qiyosiy o‘rganildi. Ularning o‘xshash va farqli jihatlari ajratib
1
Magister, International Islamic Academy of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: mirnilsam@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
213
berildi. Shu bilan birga, ushbu maqolada qadriyatlarni
sinflashtirish natijasida shaxslarning tiplarga bo‘linish tamoyili
ham ko‘rib chiqildi. Bunda eng mashhur ishlardan biri bo‘lgan
Eduard Shprangerning qadriyatlar asosida klassifikatsiya-
lashtirilgan shaxs tiplari nazariyasiga murojaat qilindi. Ushbu
nazariya asosida shaxs tiplariga izohlar berildi.
Виды личностных ценностей и их классификация
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ценность,
типы ценностей,
классификация ценностей,
иерархия ценностей.
В данной статье рассматриваются и обобщаются
значения
личности,
их
виды
и
классификации,
предложенные учеными. Работа психологов, изучавших
личностные ценности, делится на классы по разным
критериям. Эта категоризация базируется в основном на
представителях бывшей советской школы: К.
Хабибулине,
Т.В.
Бутковском, В.П.
Тугаринове и др., и на основе работ
западных
ученых
-
психологов:
М.
Рокича,
А.
Маслоу,
А.
Адлера, В.
Франкла. На основе набора значений они были
сравнительно изучены, выявлены их сходства и различия.
Вместе с тем, в данной статье также рассматривался
принцип деления индивидов на типы в результате
классификации ценностей. Он опирается на одну из
самых
известных работ –
теорию Эдуарда Шпрангера о типах
личности, классифицируемых по ценностному признаку. На
основе этой теории были объяснены типы личности.
Olimlar shaxs qadriyatlarini o‘rganish jarayonida uni har xil turlarga bo‘lib
o‘rganganlar. Qadriyatni turkumlamasdan, sinflashtirmasdan o‘rganib bo‘lmaydi. Sababi
shaxs qadriyatlar majmuasidan tashkil topgan. Shuningdek, olimlar qadriyatni turli
mezonlarga ko‘ra o‘rganadilar. Insonning mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy omillardan
biri
ham aynan qadriyatdir. Qadriyat insonlarning ijtimoiy hayotdagi yo‘nalishlarini,
motivatsiyalarini, oliy maqsadlarini aniqlab beruvchi bir mezondir. Bir insonda turlicha
qadriyatlar bo‘lishi mumkin. Lekin ulardan qay birining ulushi ko‘proq, boshqasin
iki kamroq
bo‘lishi shaxs oriyentatsiyalariga bog‘liqdir. Qadriyatlar insonnning qanday ehtiyojlarini
qondirishlariga, inson hayotida qanday rol o‘ynashlariga va qaysi sohalarda ulardan
foydalanishlariga ko‘ra guruhlarga va sinflarga birlashtirilishi mumki
n. Insonning psixologik
xususiyatalari bo‘yicha qadriyatni
K. Xabibulin
quyidagicha tasniflagan:
•
Faoliyat sub’yektiga ko‘ra qadriyatlar:
individual;
guruhli, sinfiy va jamoaviy.
•
Faoliyat ob
эyektiga ko‘ra qadriyatlar:
moddiy;
sotsiogen (ma’naviy);
•
Faoliyat turiga ko‘ra:
Bilish;
mehnat;
tarbiyaviy;
ijtimoiy-siyosiy.
•
Faoliyatni bajarish usuliga ko‘ra.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
214
Keyingi tasniflash
T.V. Butkovskiy
tomonidan qilingan bo‘lib, u qadriyatlarni
hayotiy muhimligi va universalligini ajratish asosida bo‘lgan:
•
Vital (
hayot, oila, sog‘liq);
•
jamoaviy e’tirof (ijtimoiy maqom va mehnatga qobilyatlilik kabi qadriyatlar);
•
shaxslararo e’tirof (altruism va haqgo‘ylikni namoyon qilish);
•
demokratik (so‘z erkinligi);
•
partikulyar (oilaga tegishlilik);
•
transendentlik (Xudoga ishonish).
M.
Rokichning ham qadriyatni turlarga bo‘lishiga e’tibor qaratmoq lozim.
U inson
qadriyatlarini ikkita katta kategoriyalarga bo‘lgan:
•
Terminal yoki maqsadli qadriyatlar
–
oxirgi maqsadga erishish uchun unga zo‘r
berish asosiysi hisoblanadi.
•
Instrumental yoki usullar qadriyati
–
ma’lum bir xulq turi yoki harakat maqsadga
erishishning muvafaqqiyatli usuli sifatida ko‘riladi.
Shuningdek, yana bir qancha turkumlar mavjud bo‘lib, ular jadval ko‘rinishida
keltirilgan.
1-jadval
Qadriyatlar klassifikatsiyasi
Muallif
Qadriyatlar
V.P. Tugarinov
Ma’naviy
Ta’lim, fan va san’at
Ijtimoiy-siyosiy
Adolat, erkinlik, tenglik va birodarlik
Moddiy
Moddiy farovonlikning turli ko‘rinishlari, texnika
V.F. Serjantov
Moddiy
Mehnat quroli va bajarish usullari
Ma’naviy
Siyosiy, ruhiy, etik, diniy, huquqiy va falsafiy
A. Maslou
Turmushga oid (T-
qadriyatlar)
Oliy, shaxsga xos bo‘lgan, o‘z
-
o‘zini faollashtiradigan
(go‘zallik, ezgulik, haqiqat, oddiylik, yagonalik,
adolatlilik va b.q.) qadriyatlar
Kamyob
(K-qadriyatlar)
Olchoq, ehtiyojlarni qondirishga qaratilagan,
umidsizlantiradigan
(uyqu,
xavfsizlik,
tobelik,
xotirjamlik va b.q.) qadriyatlar.
A. Adler
Jismoniy
Ularning umumiy soni 13 ta bo‘lib, ulardan
asosiylari: sog‘liq,
shinamlik, boylik, faol hayot, tashqi
ko‘rinish
Hissiy
Ularning umumiy soni 14 ta bo‘lib, ulardan
asosiylari: hissiy barqarorlik, din, sevgi, ishonch,
mas’uliyatlilik
Intellektual
Ularning umumiy soni 13 ta bo‘lib, ulardan
asosiylari: ta’lim, o‘qish, muloqot, mustaqillik,
mukammallik
F. Klakxon,
F. Strodbek
Qadriyaviy
oriyentatsiyalarning
yo‘nalganligiga ko‘ra
Inson tabiatiga munosabat (yaxshi, aralash, yomon)
Tabiatga munosabat (ustunlik, hamohanglik, tobelik)
Boshqa insonlarga munosabat (ierarxik, jamoaviy,
individual)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
215
Inson faolyati usuli (hayotga, ichki o‘sishga, faol
harakatga)
Vaqtga munosabat (o‘tmishga, ayni damga,
kelajakka)
Makonni idrok etish (shaxsiy, umumiy, aralash)
E. Shpranger
Shaxs tiplari
(qadriyatlar asosida)
Iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, estetik, nazariy, siyosiy
V. Frankl
Ijodkorlik qadriyatlari
Ma’no va qadriyat inson mehnatini hosil qiladi
Kechinma
qadriyatlari
Sevgi
–
ruhiy, ma’anaviy o‘lchov darajasidagi
munosabatdir
Munosabat
qadriyatlari
Sharoit taqozosi bilan inson unga muhtojdir.
M. Rokich
Instrumental
Xatti-
harakatning
afzal
usulini
ta’riflaydi.
Instrumental qadriyatlar (vosita)
–
shaxsiy va jamoat
fikri bilan shartlangan harakat tarzi bo‘lib,
har qanday
vaziyatda ustun turadi. Ular xulqning ma’lum
standartlarini yoki hayotiy maqsadlarga erishishning
ma’lum usullarini aniqlovchi qadriyatlardir.
Terminal
Mavjudlikning istalgan maqsadli holatiga olib boradi.
Terminal qadriyatlar (maqsadlar)
–
shaxsiy va jamoa
nuqtayi nazari bilan sub’yektiv shartlangan yakuniy
maqsadlar bo‘lib, inson ularga erishishga hayoti
davomida harakat qiladi.
Sh. Shvarz
Hukmronlik, yutuq, gedonizm, qo‘zg‘alish, mustaqillik, muakammallik,
ezgulik,
an’ana, murosa, xavfsizlik
T.V. Butkovskiy
Vital
Hayot, oila, sog‘liq
Jamoaviy e’tirof
Ijtimoiy maqom va mehnatga qobilyatlilik kabi
qadriyatlar
Shaxslararo e’tirof
Altruizm va haqgo‘ylikni namoyon qilish
Demokratik
So‘z erkinligi
Partikulyar
Oilaga tegishlilik
Transendentlik
Xudoga ishonish
Yuqoridagilarni tahlil qilsak, quyidagicha savol tug‘iladi.
Eng muhim qadriyat nima?
Lekin bunday qadriyatlar juda katta hajmga ega. Biroq eng muhimlari V.Franklning fikriga
ko‘ra uchta
–
ruhiyat, erkinlik va mas’uliyatlilik.
Psixologlar qadriyatlarning quyidagi
guruhlarini tuzib chiqqanlar:
•
Ijod. U insonlarga jamiyat uchun nima bera olishlarini tushuntiradi.
•
Kechinmalar. U sababdan inson sotsiumdan va jamiyatdan nima olishini anglaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
216
•
Munosabatlar. Insonlarga o‘z o‘rinlarini anglashga, hayotlarini chegaralashga
yordam beradi.
Har bir insonning qadriyatlari individual xususiyat kasb etadi. Odatda bizning
qadriyatlarimiz 12 yoshgacha ota-
onalarimiz, o‘qituvchilarimiz, madaniyat
ta’sirida
shakllanadi. Agar shaxsning ustunlik iearxiyasiga qarasak, ko‘pchilik odamlar uchun,
avvalo, sevgi, erkinlik, taraqqiyot kabi tushunchalar yotadi. Lekin ularning har biri bularni
o‘zlaricha tushunadilar. Sog‘lom insonning asosiy hayotiy qadriyat
larini N.I. Kozlovning
“Hayotiy qadriyatlar” maqolasida uch guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan:
•
shaxsiy hayot va munosabatlar;
•
ish, biznes;
•
shaxsiy taraqqiyot.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, qadriyatlar 21
-
22 yoshgacha bo‘lgan davrda
shakllanadi. Moris Masseyni
ng shaxs qadriyatlari rivojlanish davrlarini uchga bo‘lgan:
1.
Imprint (tamg‘a) davr –
tug‘ilganidan 7 yoshgacha.
2.
Model (taqlid) davr
–
8 yoshdan 13 yoshgacha.
3.
Sotsializatsiya davri (ijtimoiylashuv davri)
–
13 yoshdan 21 yoshgacha.
Ko‘pgina olimlar qadriyatlarni xulqning belgilovchisi sifatida o‘rganganlar.
Qadriyatlarni turli yo‘llar bilan izohlashga harakat qilganlar. Klakxon (Kluckhon)
qadriyatlarga “Harakatning usullariga, mazmuniga va yakuniga ta’sir etuvchi oshkora yoki
yashirin konsepsiyadir…” deb ta’rif beradi. Shuningdek, qadriyatlar “Xulq
-atvorning
munosib standartlari va afzal ko‘rilgan yoki istalgan natijalar haqidagi normativ e’tiqodlar
sifatida” izohlangan (Nystorm 1990). Rokichning (1973) fikricha qadriyatlar “Xulq
-
atvorning maxsus turi yoki mavjudlikning yakuniy holati ularning qarama-qarshisiga
nisbatan shaxsiy yoki ijtimoiy ma’qullangan davomli e’tiqod” deydi. Rokich
qadriyatlarning tabiati haqida besh xulosaga keladi:
1-qadriyatlar raqamlarda nisbatan kam;
2-individlar darajalarda farqlangan holda bir xil qadriyatlarga ega;
3-qadriyatlar qadriyatlar tizimida shakllanadi;
4-qadriyatlarning vazifadoshlari jamiyat, institutlar va shaxs;
5-
qadriyatlarning oqibatlari barcha haqiqiy fenomenlarda namoyon bo‘ladi.
Porterning qadryatlar ierarxiyasi
Maslou qadriyatlarni ehtiyojlarga tenglashtirib qo‘ygan tarafdorlardan biridir. U
psixologik, xavfsizlik, ijtimoiy, o‘z
-
o‘ziga hurmat va o‘zini
-
o‘zi qaror toptirish ehtiyojlari
individual xulqqa motivatsiya beradi degan. U oxirgi yoki o‘zini
-
o‘
zi qaror toptirish
ehtiyojini “shaxs imkoniyatlarini amalga oshirishi inson bo‘la olishi mumkin bo‘lgan
hamma narsa, to‘liq inson bo‘lishdir” deb ta’riflagan. Maslou har bir quyi ehtiyoj (qadriyat)
darajasi to‘ldirilgach individ keyingi ehtiyoj (qadriyat) darajasiga o‘tadi, deb hisoblaydi.
Porter Maslouning ierarxiyasidan o‘z tadqiqotlarida foydalandi. O‘zining boshqaruv
qadriyatlari ierarxiyasini vujudga keltirdi. Bu ierarxiya ham beshta qadriyatdan iborat. U
boshqaruvchilarning psixologik ehtiyojlari allaqachon qondirishini va undan yuqoriroq
bo‘lgan daraja (xavfsizlik ehtiyoji) bilan almashinishini ta’kidladi. Porterning qadriyatlar
tizimi Bulgarids (Boulgarides) tomonidan 1973-yilda tadqiqi qilindi. Bulgarids ushbu
qadriyatlar tizimini beshtadan to‘rttag
a kamaytirishni taklif qildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
217
2-jadval
Maslou-Porter qadriyatlari qiyosi
Maslou
Porter
O‘zini
-
o‘zi qaror toptirish
O‘zini
-
o‘zi qaror toptirish
O‘z
-
o‘ziga hurmat
Avtonomiya
Ijtimoiy
O‘z
-
o‘ziga hurmat
Xavfsizlik
Ijtimoiy
Psixologik
Xavfsizlik
Eduard Shprangerning shaxs tiplari
(qadriyatlar asosidagi klassifikatsiya)
E. Shpranger (E. Spranger) inson qadriyatlarining asosiy olti tipini ajratgan holda,
olti turdagi hayot shakllarini yoki madaniy-
psixologik tiplarni ko‘rsatib bergan.
U bu
tiplarni shaxslarning sub’yektiv qadriyat oriyentatsiyalariga qarab belgilagan. Ushbu
tiplarning barchasi o‘ziga xos motivatsiya tuzilishiga, affektiv
-emotsional sohaga, reallikni
idrok qilishga egadir. Bular:
•
Nazariy tip.
Bunday tipdagilar uchun fan sohalari muhim hisoblanadi. Ular har bir
muammoning haqiqatini topishga harakat qiladilar. Ular haqiqat, izoh, aloqalarni topishni
afzal ko‘radilar. Kuzatadi, voqea
-hodisalarning sababini qidiradi. Bunday tipdagi
shaxsning qiziqishlari empirik, tanqid
iy va ratsional bo‘ladi. Professional olimlar ushbu
tipga yorqin misol bo‘la oladilar. Unday insonlarning hayotdagi bosh maqsadi o‘z
bilimlarini tartiblash va tizimlashtirish.
•
Iqtisodiy tip.
Bunday insonlar uchun foyda olish muhim shart bo‘lib, moddiy
farovonlik, yaxshi hayot sharoitlari uchun kurashadilar. Moddiy ehtiyojlarni qondirishga,
foydaga qiziqish biznes olamidagi amaliy ishlarni
–
ishlab chiqarish, marketing, tovarlar
iste’moli, pul o‘tkazishlarni rivojlantirish va moddiy boyliklarni jamlash kabi
larni ishtiyoq
bilan bajaradilar. Texnika hamda tabiiy fanlarga ko‘proq qiziqadilar. Amalda
qo‘llanilmagan bilimni bekorchilik deb hisoblaydilar. Boshqalar bilan munosabatda ular
ko‘proq o‘zlarini boylikda ustun ko‘rishga qiziqadilar. Boshqarishga (siyosiy
munosabat)
yoki ularga xizmat qilishga (ijtimoiy munosabat) emas. Ba’zi hollarda ular bunday
tipdagilar Mammon (boylik)ga e’tiqod qiladilar. Boshqa misollarda esa, ular an’anaviy
Xudoga e’tiqod qilsalar
-da, lekin Uni yaxshi tuhfalar, boylik, gullab-yashnash va boshq
moddiy yordamlarni beruvchi sifatida ko‘radilar. Bunday tipga misol qilib, hozirda
muvafaqqiyatga erishayotgan, omadli tadbirkorlarni aytishimiz mumkin.
•
Estetik tip.
Ushbu tip namoyondalari uchun go‘zallik, garmoniya, shakllar asosiy
hisoblanadi. Har qanday narsa nazokat, simmetriya va muvofiqlik nuqtayi nazaridan
baholanadi. U hayotni hodisalar jarayonidan iborat deb hisoblaydi. Har qanday taassurot
o‘zi uchun huzurli bo‘ladi. Bu tipdagi shaxs ijodkor artist bo‘lmasligi mumkin. Agar shaxs
o‘zining bosh qiziqishini hayotning badiiy epizodlarida topa olsa, u ushbu tipga oid bo‘ladi.
Ushbu estetik qadriyatning boshqa qadriyatlar kategoriyasiga nisbatan munosabati
quyidagicha: estetik munosabat nazariyaga nisbatan doiraviy qarama-qarshilikda;
birinchisi xilma-
xillik bilan aloqador bo‘lsa, ikkinchisi tajribaning bir xilligiga daxldordir.
Estetik shaxs uchun haqiqat go‘zallikning bir variantidir. Shprangerning ta’biricha:
“Narsani jozibali qilish uni to‘g‘ri qilishdan million marta muhimroqdir”. Iqtiso
diy sohada
estetiklar ishlab chiqarish, reklama qilish yoki sotishni unga muhim bo‘lgan
qadriyatlarning keng miqyosda buzilishidir. Ular individual va mustaqil bo‘lishga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
218
moyildirlar. Estetik shaxslar hasham va kuchning chiroyli nishonlarini yaxshi ko‘radil
ar.
Biroq siyosiy harakatlar shaxslarga bosim o‘tkazsalar, ularga qarshilik qiladilar. Din
doirasida esa ular go‘zallik bilan pok diniy tasavvurlarni adashtirib yuboradilar. Ularni
ham ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Birinchisi estetik qadriyatni yaratuvchilar bo‘lsa,
ikkinchisi foydalanuvchilardir.
•
Ijtimoiy tip.
Bu turdagi shaxs eng ko‘p insonlarni qadrlaydi. Jamoat ishlariga,
boshqalarning hayotlariga qiziqish muhim hisoblanadi. Hayotning sotsial shakllari
qadriyatlarning mazmuni bilan aniqlanadi. Bular insonlarga, yaqinlarga, ota-onaga, yoriga
muhabbat ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular sevgining altruistik va filantropik
tomonlarini qadrlaydilar. Ijtimoiy odam boshqa insonlarni o‘zlarining maqsadlari sifatida
baholaydilar. Chunki o‘zlari mehribon, hamdard va
foydali bo‘ladilar. Ular boshqa
qadriyatlarni, xususan, nazariy, iqtisodiy va estetik qadriyatlarni sovuq va g‘ayriinsoniy
deb hisoblaydilar. Siyosiy tipga qarama-qarshi ravishda insoniy munosabatlarning eng
to‘g‘ri shakli mehr
-muhabbat deydilar. Ijtimoiy
odam xudbin bo‘lmaydi va diniy qarashlar
modelini eng sof shakliga moyil bo‘ladilar.
•
Siyosiy tip.
Bu tipdagi shaxs asosan kuch-qudratga qiziqadi. Uning faoliyatlari tor
siyosatchilar doirasida bo‘lmaydi. Rahbarlar har qanday sohada qudratni yuqori
baholay
dilar. Musobaqa va kurash hayotlarining katta qismini egallaydi. Ko‘p faylasuflar
kuchni motivlarning eng universali va eng asosiysi sifatida ko‘radilar. Boshqa insonlarning
harakatlari va motivlarini boshqarish uchun harakat qiladilar va yashaydilar. Siyosiy
tipdagi shaxs uchun omma irodasini boshqarish, hukmronlik qilish qadriyat hisoblanadi.
Yuqori siyosiy tabiatga ega odamlar imperativ harakterga ega bo‘ladilar.
•
Diniy tip.
Bular uchun hayot ma’nosini izlash oily qadriyat sifatida ko‘riladi. Birlashish
e
ng asosiy qadriyat bo‘ladi. Ular mistik va koinotni yaxlitlik sifatida tushunishga harakat
qiladilar. Uning qamrab oluvchi butunligiga o‘zlarini bog‘lashga intiladilar. Ularning mental
strukturasi butunlay qondiruvchi qadriyat tasavvuriga va ulug‘vorlik ya
ratilishiga abadiy
yo‘nalgan bo‘ladi. Bu turdagi ba’zi insonlar “immanent mistik” bo‘ladilar, ya’ni ular o‘zlarining
diniy tasavvurlari hayotda tasdiq topishi va unda faol ishtirok etishi kerak deb hisoblaydilar.
Ushbu ishtiyoq bilan dindor shaxs har bir h
odisada ilohiylik ko‘radi. “Transendent mistik” esa
hayotdan yuz o‘girish orqali oliy voqelik bilan birlashishga intiladi. U asketik bo‘lib, birlashish
kechinmalarini o‘zidan tonish va meditatsiya orqali topadilar. Ko‘pgina shaxslarda hayotdan
yuz o‘girish
va tasdiqlash eng yuqori qoniqishni olish uchun almashib turadi. Bunda insonning
yaxlit ruhiy strukturasi oliy, tuganmas va mutlaq qoniqish qadriyat kechinmasiga qaratilgan
bo‘ladi.
Lekin shuni aytish kerakki, insonlar bu tiplarning hammasini o‘zida muja
ssam
qiladi. Ammo ushbu tiplardan birining ulushi ularda dominant bo‘lishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, shaxs qadriyatlari asosan chet el olimlari
tomonidan o‘rganilgan mavzudir. Bizda bu holat milliy an’analar, urf
-odatlar, sharqona
qara
sh tarzida shakllangan bo‘lib, alohida psixologik fenomen sifatida deyarli
o‘rganilmagan. Shu sababdan asosan qadriyatlarni o‘rganish, aniqlash hamda
sinflashtirish boshqa xalqlar psixologiyasi asosida tashkllashtirilgan. To‘g‘ri bunda
umuminsoniy jihatlar
ham, inobatga olingan ishlar ham mavjud, lekin tor doirada ya’ni
mahsus vaziyatlarda hosil bo‘ladigan individual qadriyatlar ham bo‘lib, ular o‘zbek xalqi
psixologiyasini yoritib berolmaydi. Shaxs qadriyatlarining turlari ko‘p bo‘lib, ular turfa
olimlar t
omonidan o‘rganilgan va turkumlashtirilgan. Bunda qadriyatlar faoliyat,
muhimlik darajasi, xulq turi yoki oxirgi maqsad, shakllanish bosqichlari, yo‘nalganligi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
219
uchrash ko‘rsatkichi va yana boshqa ko‘plab mezonlar asosida klassifikatsiya qilindi. Biroq
sha
xsning barcha qadriyatlarni to‘liq qamrab oladigan nazariya hamda uni ochiqlab
beradigan mukammal sinflashtirish tizimi mavjud emas. Mening fikrimcha, ular bir-birini
to‘ldiradi va ochib beradi. Shaxs qadriyatlari tizimini o‘‘rganishda albatta unga ta’sir
etadigan bir qancha omillar hisobga olinmay qolingan yoki to‘liq yoritilmagan, bir
tomonlama, yuzaki qaralgan holatlar ham uchraydi. Bunga sabab har bir shaxsning o‘ziga
xos xususiyatlarga egaligi, individualligidir. Xalqlar, millatlar, dinlar, etnik qatlamlar va
ijtimoiy tabaqalar kabi qadriyatlarning turlicha bo‘lishiga ta’sir etadigan omillar hali
yanada chuqurroq izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Shu bilan birga, shaxs
qadriyatlarining mukammal tizimini yaratishda qo‘llaniladigan empirik kuzatuvla
r
asosida shakllanadigan metodikalar hamda usullarga ehtiyoj katta. Qadriyatlarni
sinflashtirish ularni izchil va maqsadli o‘rganish, turli vaziyatlarga qarab, ularni
baholashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ядов
В.А. Ценности в кризисном социуме / В.А.
Ядов // Психолог. журн. −
1991.
–
№ 6. –
С. 154–
167.
2.
Тугаринов
В.П. О ценностях жизни и культуры. –
Питер: 2002. –
C. 152.
3.
Furnham A. Personality and Values. Personality and Individual Differences. 1984.
Vol.5,
–
PP. 483
–
485.
4.
Abdullatif Saleh Al-Naeem. Saudi executives value profile: a theoretical and
empirical study.
–
Pro Quest LLC: 2017.
–
P. 371.
5.
Козлов
Н.И. Психологос. Энциклопедия практической психологии. –
Москва:
2015.
–
C. 752.
6.
Шпрангер
Э. Формы жизни: Гуманитарная психология и этика личности. –
Москва: 2014. –
C. 209.
7.
Schwartz, Shalom H.
“
An Overview of the Schwartz Theory of Basic Values
”
. 2012.
Online Readings in Psychology and Culture.
8.
Schmeichel B.J., and Martens A. (2005). Self-affirmation and mortality salience:
Affirming values reduces worldview defense and deaththought accessibility. Personality
and Social Psychology Bulletin, 31. 2010.
–
P. 667.
