Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Legal aspects of ensuring environmental safety in the field of
construction
Shokhrukh NURULLAEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2022
Received in revised form
20 July 2022
Accepted 25 August 2022
Available online
15 September 2022
This article focuses on the procedure and legal framework for
ensuring environmental safety in construction industry, and also
offers reasonable proposals on problems in legislation related to
this area. Legal definitions of environmental terms that exist in
the rules relating to construction industry is expressed. Special
emphasis was also placed on the importance of ensuring
environmental safety, environmental damage and its
consequences during construction work. In particular, it is
scientifically and theoretically analyzed that globalization of
urbanization processes as a result of population growth and
infrastructure changes has an impact on environmental
legislation. Legal problems that may arise in the field are
predicted, and hypotheses are put forward that can be
eliminated. In conclusion, some requirements for ensuring
environmental safety during the construction stages are listed.
2181-14
15/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp80-84
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
construction, construction
ecology, environmental
protection, environmental
safety, environmental
expertise, demographic
environment, atmosphere,
technological changes,
environmental crisis
Qurilish sohasida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy
jihatlari
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
qurilish, qurilish ekologiyasi,
atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish, ekologik
xavfsizlik, ekologik
ekspertiza, demografik
atrof-muhit, atmosfera,
Mazkur maqolada qurilish sohasida ekologik xavfsizlikni
ta’minlash tartibi va huquqiy asoslari toʻgʻrisida to‘xtalib o‘tilgan
bo‘lib, ushbu sohaga oid qonunchilikdagi muammolar yuzasidan
asosli takliflar taqdim qilingan. Qurilish sohasiga oid normalarda
mavjud bo‘lgan ekologik atamalarga huquqiy ta’riflar ifodalab
berilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida
ekologik xavfsizlikni ta’minlanishning ahamiyati, atrof
-muhitga
1
Basic doctoral student, Tashkent State University of Law, Tashkent, Uzbekistan
E-mail: shokhrukhnurullayev@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
81
texnologik o‘zgartirish,
ekologik inqiroz.
yetkazilgan zarar va uning oqibatlariga alohida urg‘u berilgan.
Ayniqsa, urbanizatsiyalashuv jarayonlarining globallashuvi,
aholi soni
ning oshishi, infratuzilmaning o‘zgarishi natijasida
atrof-
muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikka ham ta’sir
ko‘rsatishi ilmiy
-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Sohada uchrashi
mumkin bo‘lgan huquqiy muammolar bashorat qilingan va
bartaraf etish mumki
n bo‘lgan farazlar ilgari surilgan. Xulosa
qismida qurilish bosqichlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha bir qancha talablar bo‘lishi sanab o‘tilgan.
Правовые
аспекты
обеспечения
экологической
безопасности в сфере строительства
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Строительство, экология
строительства, охрана
окружающей среды,
экологическая
безопасность,
экологическая экспертиза,
демографическая среда,
атмосфера,
технологические
изменения, экологический
кризис.
В данной статье основное внимание уделяется порядку и
правовым
основам
обеспечения
экологической
безопасности в сфере строительства, а также предлагаются
обоснованные
предложения
по
проблемам
в
законодательстве, связанными с этой сферой. Выражены
правовые
определения
экологических
терминов,
существующие в нормах, касающихся строительной
отрасли. Также, особый акцент был сделан на важности
обеспечения
экологической
безопасности,
ущерба
окружающей среде и его последствий, при проводимых
строительных работах. В частности, научно и теоретически
проанализировано,
что
глобализация
процессов
урбанизации в результате роста населения и изменения
инфраструктуры оказывает влияние на природоохранное
законодательство.
Прогнозируются
юридические
проблемы, которые могут возникнуть в сфере, и
выдвигаются гипотезы, для их устранения. В заключении
перечислены некоторые требования по обеспечению
экологической безопасности на этапах строительства.
Kirish
Ekologik xavfsizlikning ahamiyati yil sayin ortib bormoqda. Bu shaharlar aholisining
doimiy o
‘
sishi , savdo va sanoat faoliyati ko
‘
lamining o
‘
sishi bilan bog
‘
liq. Energiya va
resurslarni iste’mol qilish shaharlar hududida to'plangan, katta miqdordagi chiqindilar hosil
bo'ladi, sun'iy va tabiiy tizimlar haddan tashqari yuklanadi va bu tizimlarni boshqarish va
ularning funksiyalarini tartibga solish tobora qiyinlashmoqda. Umumiy noqulay vaziyat yangi
qurilish va shahar aholisining tez o
‘
sishi bilan yanada kuchaymoqda.
Oqibatda atrof-muhitga yetkazilgan zarar va uni muhofaza qilish xarajatlari shunchalik
ko‘payib boradiki, bu odamlar salomatligiga xavf tug‘diradi, turmush sharoitini
yomonlashtiradi. Shaharlar asosiy ekologik nuqtalarga aylandi.
Mamlakatda chiqindilar ko‘miladigan va utilizatsiya qilinadigan 296 ta joy, shu
jumladan, qattiq maishiy chiqindilar uchun (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
82
chiqindilari (4), shlam jamlanadigan (21), chiqindi omborlari (15), maxsus poligonlar (19),
shuningdek, xavfli chiqindilar utilizatsiya qilinadigan 23 ta joy mavjud [1].
Ularga zudlik bilan bosh reja darajasida atrof-muhit sifatini baholashda, ishlanmalar va
aniq loyihalarni ekologik baholashda, shuningdek, metropoliya miqyosida atrof-muhitni
muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni rejalashtirishda alohida e’tibor berilishi
kerak.
Metodlar va materiallar
Tadqiqotni amalga oshirishda an’anaviy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, mantiqiy
tahlil, tarixiy, qiyosiy-
huquqiy kabi uslublar qoʻllanilgan.
Shu bilan birga, empirik materiallar,
xususan,
statistik maʼlumotlar, milliy qonunchilik va amaliyot tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari
Qurilish atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘
rsatadigan eng jiddiy omillardan biridir.
Qurilishning antropogen ta’siri ishlab chiqarishning barcha
bosqichlarida - qurilish
materiallarini qazib olishdan tortib, qurilgan ob’yektlarni ishga tushirishgacha namoyon
bo
‘
ladi.
Huquqshunos olimlar tomonidan atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish jarayoniga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi soha sifatida aynan qurilis
h sohasini yetakchi deb bilishadi. Bunda
ularning ilmiy-
nazariy tahlillari orqali qurilish tushunchasiga turlicha ta’rif berilganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, A.Aleksandrova qurilish deganda ko‘chirish ularning maqsadlariga
mutanosib zarar yetkazmas
dan amalga oshirib bo‘lmaydigan yer bilan mustahkam
bog‘langan ko‘chmas mulk ob’yektlarini, yer uchastkasidagi kapital qurilish ob’yektlarini,
ya’ni ko‘chmas mulk ob’yektlarini barpo etish deb ta’riflagan [2].
Xorijiy olim L.Choltyan ta’kidlaganidek, qurilish, kapital ta’mirlash, kapital qurilish
ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, qurilish loyihalashtirilish shaklida amalga oshiriladigan
faoliyatni shaharsozlik faoliyati sifatida aholi punkti uchun muhim jarayondir [3].
Milliy huquqshunos olimlardan biri G.Uzakovaning fikricha, har qanday qurilish
faoliyati aksariyat hollarda birinchi navbatda bino qurilgan yer uchastkasining tuprog‘ining
unumdorlik kabi eng muhim xususiyatini yo‘q qilish bilan bog‘liq [4].
Qurilish bosqichida atrof-muhitga quyidagi omillar
salbiy ta’sir ko‘
rsatadi:
–
atmosfera havosining gaz va chang chiqindilari bilan ifloslanishi (qurilish texnikasi va
transport vositalari, payvandlash hamda bo‘yoq ishlari va boshqalar);
–
yer osti va chiqindi suvlarning ifloslanishi (mashinalar va transport vositalariga
yonilg‘i quyish, beton aralashmasi va turli eritmalarning to‘kilishi va boshqalar);
-
akustik muhitga salbiy ta’sir (qurilish uskunalari, qoziqlar va boshqalar);
–
atrof-muhitning qurilish chiqindilari bilan ifloslanishi;
- hududning tabiiy landshaftini buzish.
Qurilishda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy talablari vakolatli davlat
organlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Jumladan,
O
‘
zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2020-yil
ko‘ra
, atrof-
muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga
mansub faoliyat turlari ob’yektlari qurilishi uchun yer uchastkalarini tanlash, ajratish
materia
llari, qurilish va ishga tushirish, texnologik o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olgan ishlab
chiqarishni kengaytirish va o‘zgartirish bilan bog‘liq loyihaoldi va loyiha hujjatlari belgilangan
tartibda jamoatchilik eshituvlarida qo‘llab
-quvvatlangan taqdirda davlat ekologik
ekspertizasidan o‘tkaziladi
[5].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
83
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunida
hududiy-ishlab
chiqarish
majmuilarini
tarkib
toptirishda,
qurilishni
rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi pu
nktlarini qayta qurish va ta’mirlashda atrof
tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sirning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan me’yorlari belgilan
gan [6].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atrof
-
muhitga ta’sirni baholash
mexanizmini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 541
-sonli qarorida qurilishning barcha
turlari uchun yer uchastkalarini tanlash yoki ajratish materiallari loyihaoldi va loyiha
hujjatlarining atrof muhitga ta’sirini baholash bilan birgalikda davlat ekologik ekspertizasidan
o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan
[7].
Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorining 14-bandida atrof-
muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga
mansub faoliyat turlari ob’yektlari qurilishi uchun yer uchastkalarini
tanlash, ajratish
materiallari, qurilish va ishga tushirish, texnologik o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olgan ishlab
chiqarishni kengaytirish va o‘zgartirish bilan bog‘liq loyihaoldi va loyiha hujjatlari belgilangan
tartibda jamoatchilik eshituvlarida qo‘llab
-quvvatlangan taqdirda davlat ekologik
ekspertizasidan o‘tkazili
shi qayd etilgan [8].
Tadqiqot natijalari tahlili
Fikrimizcha
qurilish bosqichlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi
talablar bo
‘
lmog
‘
i lozim:
1. Qurilishning barcha bosqichlarida tabiiy muhitni tiklash, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va takror ishlab chiqarish uchun atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi
texnologiyalar va talablarga rioya etilishi shart;
2. Ob’yektni joylashtirishd
a, mumkin bo
‘
lgan ekologik, iqtisodiy, demografik atrof-
muhit va biologik xilma-
xillikni saqlab qolgan holda qurilish ob’y'ektlarini ishlatishning
boshqa oqibatlari;
3. Qurilish maydonini loyihalashda atrof-muhitga ruxsat etilgan antropogen yuk va uni
kamaytirish choralarini hisobga olish kerak;
4. Loyihalash ishlari va tasdiqlangan loyihalar qiymatini atrof-muhitni muhofaza qilish
chora- tadbirlarini istisno qilgan holda o
‘
zgartirish taqiqlanadi;
5. Qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq atrof-muhit sohasidagi
barcha texnik reglamentlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak;
6. Ob’yektni foydalanishga topshirishga loyihada atrof
-muhitni muhofaza qilish va
yaxshilash bo
‘
yicha ko
‘
zda tutilgan chora-tadbirlarga rioya qilingan hol
da va ob’yektda zararli
chiqindilarni kamaytirish yoki yo
‘
q qilish uchun texnik vositalar va texnologiyalar mavjud
bo
‘
lganda ruxsat etiladi;
7. Ob’yektni ishlatish jarayonida ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish va
xavfsiz utilizatsiya qilish, atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish orqali atrof-muhit
sifati standartlariga rioya qilish kerak;
8. Ob’yektni foydalanishdan chiqarishda atrof
-muhitni tiklash bo
‘
yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak.
Yangi ob’
yektlarni qurish va ulardan foydalanishning barcha qoidalari va qoidalariga
rioya qilingan taqdirda ham atrof-
muhitga salbiy ta’siri saqlanib qoladi.
Ehtiyojlarning
doimiy
o
‘
sishi,
jamiyatning
rivojlanishi,
yangi
qurilish
texnologiyalarining paydo bo
‘
lishi yangidan-yangi xavflarni yuzaga keltiradi. Shu sababli ham
atrof-
muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish uchun qurilish ishlab chiqarish jarayonida uni
muhofaza qilish choralari doimiy ravishda ishlab chiqilishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
84
Xulosalar
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bino va inshootlarni loyihalash va qurish uchun
atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasidagi talablar ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy
tartibga soluvchi omili hisoblanadi. Shu sababli, standartlarni doimiy ravishda
takomillashtirish, ekologik vaziyatning holati va hududning tirbandlik darajasini hisobga
oladigan yangi talablar va tashkiliy-texnologik yechimlarni ishlab chiqish zarur.
Jamiyat rivojlanishi bilan insonning atrof-muhitga sal
biy ta’siri yil sayin ortib
bormoqda, shu munosabat bilan yer yuzida ekologik inqiroz jadal rivojlanmoqda. Agar keskin
ekologik choralar ko
‘
rilmasa, atrof-muhitga tuzatib bo
‘
lmaydigan zarar yetkaziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019 y., 06/19/5863/3979
-son;
13.11.2020 y., 06/20/6110/1512-son; 17.03.2021 y., 06/21/6188/0216-son.
2.
A.Y.Aleksendrova. Правовое регулирование использования земель поселения
для застройки в России. Автореф. дисс. канд. юрид. наук.
-
М.,
2008.
–
С.7
.
3.
L.N.Choltyan. Правовые меры по охране окружающей среди в городских
населённых пунктах// Аграрное и земельное право.
-2008.
–№4. –
С.96.
4.
G.Sh.Uzakova. Aholi punklarida tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza
qilishining huquqiy masаlalalari. Monografiya –
Toshkent: TDYU, 2021. -52-bet.
5.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020 y., 09/20/541/1260
-son;
09.01.2021 y., 09/21/9/0007-
son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021 y.,
09/21/774/1198-son,
05.04.2022
y.,
09/22/153/0266-son,
30.04.2022
y.,
09/22/230/0377-son.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 1
-son, 38-
modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 y., 6
-son, 118-
modda;1997 y., 4-5-son, 126-modda; 1999 y., 1-son, 20-modda; 2000 y., 5-6-son, 153-
modda; 2000 y., 7-8-son, 217-modda; 2002 y., 9-son, 165-modda; 2003 y., 9-10-son, 149-
modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 25
-son, 287-modda; 51-
son, 514-modda; 2006 y., 41-son, 405-modda; 2011 y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-
modda; 2013 y., 18-son, 233-modda; 2014 y., 36-son, 452-modda; 2017 y., 24-son, 487-
modda, 37-son, 978-
modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y.,
03/18/476/1087-son;
11.09.2019
y.,
03/19/566/3734-son,
15.11.2019
y.,
03/19/584/4025-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y.,
03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son.
7.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020 y., 09/20/541/
1260-son;
09.01.2021 y., 09/21/9/0007-
son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021 y.,
09/21/774/1198-son,
05.04.2022
y.,
09/22/153/0266-son,
30.04.2022
y.,
09/22/230/0377-son.
8.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020 y., 09/20/54
1/1260-son;
09.01.2021 y., 09/21/9/0007-
son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021 y.,
09/21/774/1198-son,
05.04.2022
y.,
09/22/153/0266-son,
30.04.2022
y.,
09/22/230/0377-son.
