Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving teaching process of gymnastic technical elements in
higher military institutions
Jamshid CHINIBAEV
1
University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2022
Received in revised form
20 July 2022
Accepted 25 August 2022
Available online
15 September 2022
The article deals with the issues of improving teaching
process of gymnastic technical elements by using special
principles and methods. Classification of the main gymnastic
exercises and modern and effective methods of teaching those
exercises are given in the work.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
military officers,
professional-practical
physical training, gymnastic
technical elements,
gymnastic exercises,
activities, physical
peculiarities.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida gimnastika texnik
elementlarini o‘rgatish jarayonini takomillashtirish
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
harbiy xizmatchilar, kasbiy-
amaliy jismoniy
tayyorgarlik, gimnastika
texnik elementlar,
gimnastika mashqlari,
harakatlar, jismoniy sifatlar.
Ushbu maqolada kursantlarga jismoniy tayyorgarlik
mashg‘ulotlarida gimnastika texnik elementlarini o‘ziga xos
tamoyil va usullar orqali o‘rgatish jarayonini takomillashtirish
masalasi tadqiq etilgan. Ishda asosiy qo‘llaniladigan gimnastik
mashqlar tasnifi o‘rin olgan bo‘lib, ularni o‘rgatishda zamonaviy
va samarali usullar taklif etilgan.
1
Senior teacher of Physical Training and Sports Department of University of Public Safety of the Republic of
Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
103
Совершенствование процесса обучения техническим
элементам гимнастики в высших военных учебных
заведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
военнослужащие,
профессионально
-
практическая физическая
подготовка, технические
элементы гимнастики,
гимнастические
упражнения, движения,
физические качества.
В
данной
статье
рассматривается
вопрос
совершенствования
процесса
обучения
курсантов
техническим элементам гимнастики за счет конкретных
принципов и методов физической подготовки. В работе
описана
классификация
основных
используемых
гимнастических упражнений и предложены современные и
эффективные методы их обучения.
Kirish.
Harbiy xizmatchilarning
jismoniy tayyorgarligida gimnastik elementlar muhim o‘rin
egallaydi. Xususan, kursantlarni kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida gimnastik
texnik elementlaridan foydalanish ularning jismoniy holatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Gimnastika mashqlarini professor-
o‘qituvchilar tomonidan o‘rgatib borish jismoniy
tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini rejaga muvofiq bir maromda oshirib borish mashqlarini
o‘rganish jarayonini bilim va ko‘nikmalarni samarali rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi
hamda xizmat faoliyati xususiyatiga moslashish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi.
Tadqiqot maqsadi
: kursantlarga gimnastik texnik elementlarini o‘rgatishning samarali
yo‘llarini o‘rganib chiqish va ularni aniq bajarishlarini nazorat qilish.
Tadqiqot vazifasi
: kursantlar o‘rgangan gimnastik texnik elementlaridan foydalanib,
mashqlar majmuasini ishlab chiqish va ularni o‘rgatish samaradorligini oshirish.
Tadqiqot uslublari va ularni tashkil etish.
Tadqiqot davomida quyidagi uslublardan foydalanildi: ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili,
pedagogik tajriba, testdan o‘tkazish, matematik statistika.
Tadqiqotlar oliy harbiy ta’lim muassasasi bazasida o‘tkazildi. Sinov
-tajriba ishlarida 3-
bosqich kursantlari ishtirok etdilar. Har birida 22 ta kursantdan iborat ikki guruh, tajriba (TG)
va nazorat (NG) guruhi shakllantirildi. TG kursantlari ishlab chiqilgan gimnastik texnik
elementlaridan foydalanilgan majmua asosida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. NG kursantlari esa
gimnastika bo‘limida keltirilgan mashqlardan foydalanib, mashg‘ulot o‘tkazdilar.
Gimnastika mashqlarini o‘rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir
aniq holda harakat tuzilishini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o‘quvchilarning
tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida o‘zlashtiriladigan mashqlar xilma
-
xil bo‘lib, ular tana
alohida qismlarining oddiy harakatlari, turish holatlaridan (asosiy turish, osilish,
tayanishdan) to jismoniy va harakat qobiliyatlarini maksimal ishga solish bilan bog
‘liq bo‘lgan
murakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo‘llarni ikki yonga yoyib tayanish,
chalishtirish, turnikdagi yoki erkin mashqlardagi salto) harakatlarini o‘z ichiga oladi. Shuning
uchun ba’zi bir mashqlarni o‘rganish oson kechadi. Bu
mashqlarni o‘zlashtirib olish uchun
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
104
ularning bajarilishini ko‘rish yoki nomlarini eslab qolishning o‘zigina kifoya qiladi. Masalan:
oldinga umbaloq oshish, kuraklarda tik turish, bir oyoqda muvozanat saqlash kabi mashqlar
shular jumlasidandir. Boshqa mash
qlarni o‘rganish esa uzoq muddat shug‘ullanish bilan
kechadi.
Ma’lum bir gimnastika mashqini o‘rgatishni shartli bo‘lgan uch bosqichga bo‘lish
mumkin.
Birinchi bosqich
- harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil qilishdan;
Ikkinchi bosqich
- bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash;
Uchinchi bosqich
- harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish.
Shug‘ullanuvchining tayyorgarligi –
turli tushunchadir. U shug‘ullanuvchiga ta’sir
etishning turli shakllarini o‘z ichiga oladi va mashg‘ulot jarayoni munosib tashkil qilishi uchun
zarur bo‘lgan tushunchalarga, aspektlarga bo‘linadi.
Maxsus adabiyotlarda odatda, shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligi uchta asosiy
komponentga bo‘linadi: texnik, jismoniy va psixologik tayyorgarlik.
Gimnas
tika elementlari takomillashishi jarayonida shug‘ullanuvchi bir qancha yangi
mashqlarni o‘zlashtiradi, ilgari egallagan mashqlarini bajarish darajasini ko‘taradi. Bunday
nuqtai nazardan gimnastikadagi texnik tayyorgarlikning asosiy predmeti bo‘lib eng avva
lo
harakat malakasi hisoblanadi, tayyorgarlikning boshqa ikki turi bundan farq qilib, ularning
asosiy predmeti shug‘ullanuvchining jismoniy va psixologik sifatlar hisoblanadi.
Gimnastika mashqlarini o‘rganish jarayonida shug‘ullanuvchilardan nafaqat jismon
iy
sifatlar (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik va egiluvchanlik) balki ulardan mashqlarni
texnik tomondan to‘g‘ri va aniq o‘rganish talab etiladi. Texnik mashqlarni to‘g‘ri o‘rganish
jarayonidagi mashqlarni boshlang‘ich bajarish jarayonida:
-gimnasti
k elementlar (oyoqlarni to‘g‘ri va bukmasdan, oyoq uchlarini cho‘zib, gavdani
to‘g‘ri tutib mashqlarni bajarish);
-plastika elementlari; mashq bajarish jarayonini his qilish, harakatni tamomlash
nuqtasini tutish;
-kuch, egiluvchanlik, harakat koordinatsion
mashqlar bajarishda to‘g‘ri mo‘ljal olish va
murakkab mashqlarni bajarish uchun boshqa sifatlarni o‘zlashtirish.
Bazaviy harakatlar
–
murakkab koordinatsiyali harakatlar:
-kuch bilan joy almashtirish texnikasini va statik kuch hamda muvozanatli holatga
o‘tishda (fiksatsiyani) holatni ko‘rsatish (texnik va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari
bilan hal qilinadi);
-
statik turg‘unlikni saqlash, osilish va tayanishda tashlanish harakatlari texnikasini
egallash;
-
qo‘l va oyoq bilan asosiy itarilishni egallas
h (maxsus va texnik harakatlar hamda
tezkor-kuch tayyorgarligi vositalarida hal qilinadi);
-
turli tuzilish va murakkablikdagi sakrash va sakrab qo‘nishlarda va muvozanatni
to‘g‘irlash texnikasini egarlash.
Shug‘ullanuvchiga ta’sir etuvchi barcha mash’hur uslublar, qanday bo‘lmasin, zarur
harakat malakasiga aylanishiga olib keluvchi, birinchi galda o‘rgatish va takomillashtirish
uslublari shug‘ullanuvchining texnik tayyorgarligi uslubi sifatida qaralishi kerak.
Tekshiruv davomida kursantlarga gimnastik texn
ik elementlarini o‘rgatish jarayonini
takomillashtirish maqsadida tadqiqot boshida va oxirida nazorat hamda tajriba guruhlarida
quyidagi turnik va qo‘shpoyada bajariladigan texnik mashqlarni qo‘llash orqali tadqiqot
o‘tkazildi: gavdani siltab ko‘tarish (b.t), tayanib orqaga aylanish (b.t), qo‘llarga tayanib
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
105
gavdani siltab ko‘tarish (b.t), yelkalarga tayanib, tik turish (b.t) Olingan ma’lumotlar 1
-
jadvalda taqdim etilgan.
1. Jadval
Kursantlar bajargan texnik elementlarni tadqiqotdan oldin va keyingi natijalarini baholash
foiz ko‘rsatkichlarida
Nazorat
testlari
Snaryad
nomi
Tadqiqot guruhi
Nazorat guruhi
о
ldin
keyin
oldin
keyin
1
Gavdani
siltab
ko‘tarish(
b.t)
turnik
31.8%
86.3%
27.2%
68.4%
2
Tayanib
orqaga
aylanish(b.t)
40.9%
90.9%
45.4%
81.8%
3
Qo‘llarga
tayanib,
gavdani siltab
ko‘tarish (
b.t)
qo‘shpoya
45.4%
90.9%
36.3%
77.2%
4
Yelkalarga
tayanib
tik
turish
54.5%
95.4%
50%
86.3%
“Gavdani siltab ko‘tarish” mashqi natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot boshida
nazorat guruhi
kursantlarida ushbu ko‘rsatkichi 27.2%, tajriba guruhi kursantlarida 31.8%
teng bo‘lgan. Tadqiqotdan keyin qayd etilgan natijalarni o‘rganib chiqish shuni ko‘rsatdiki,
ushbu ko‘rsatkich nazorat guruhida 68.4% ga, tajriba guruhida 86.3% ni tashkil etgan.
Sh
unday qilib, ushbu ko‘rsatkich tadqiq etilayotgan guruhlarda yaxshilanganligi qayd etildi:
nazorat guruhida
–
41.2% ga, tajriba guruhida 54.5% ga.
“Tayanib orqaga aylanish” natijalarining qiyosiy tahlili quyidagicha xulosa qilishga
imkon berdi, tadqiqot bo
shida ushbu ko‘rsatkich nazorat guruhida 45.4% ni, tajriba guruhida
esa 40.9% ni tashkil etdi. Tadqiqot yakuniga kelib ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyatliligini
nazorat guruhida 81.8% ga, tajriba guruhida 90.9% ni tashkil etdi. Tadqiqot boshidagi
ko‘rsatki
chlar orasidagi miqdoriy farqlanish tajriba oxirida esa quyidagilarni tashkil etdi.
Shunday qilib, ushbu ko‘rsatkichlar tadqiq etilayotgan guruhlarda yaxshilanganligi kuzatildi:
nazorat guruhida
–
36.4% ga, tajriba guruhida 50% ga. Tadqiqot davrida nazorat guruhiga
nisbatan tajriba guruhida ushbu ko‘rsatkichning ancha yuqori tempda o‘sganligi qayd qilindi.
“Qo‘llarga tayanib gavdani siltab ko‘tarish” natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
tadqiqot boshida ushbu ko‘rsatkich nazorat guruhida 36.3% ni, taj
riba guruhida 45.4% ni
tashkil etgan. Tadqiqotlar yakunida ushbu natijalar nazorat guruhida 77.2% ni, tajriba
guruhida 90.9% ni tashkil qildi. Natijalarni o‘rganib chiqib, quyidagicha xulosa qilish mumkin,
ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha natijalar nazorat guruh
ida 40.9% ga, tajriba guruhida esa 45.5%
ga yaxshilandi.
“Yelkalarga tayanib tik turish” natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, dastlabki
tadqiqot davrida ko‘rsatkichlar nazorat guruhida 50%, tajriba guruhida esa 54.5% ni tashkil
etgan. Ushbu
ko‘rsatkichlar tadqiqot yakuniga kelib ishonchli o‘zgardi; nazorat guruhida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
106
86.3% ga, tajriba guruhida esa 95.4% ga yetdi. Tadqiqot yakunida qayd etilgan natijalarga
ko‘ra ushbu ko‘rsatkichlarda yaxshilanish kuzatildi; nazorat guruhida 36.3%, tajriba guruh
ida
esa 40.9% ni ko‘rsatmoqda.
Umumiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda tadqiqot davrida qayd etilgan natijalarda
sezilarli darajada guruhlarda o‘sishlar ko‘zga tashlangan. Tadqiqot davrida tajriba guruhi
kursantlarida barcha tadqiq etilayotgan mashqlar
bo‘yicha natijalar ishonchli o‘sgan, shu bilan
bir qatorda nazorat guruhi kursantlariga qaraganda, tajriba guruhi kursantlarida barcha
ko‘rsatkichlarning o‘sish tempi ancha yuqori bo‘ldi.
XULOSA
Tadqiqod davrida kuzatkanimizdek, nazorat va tajriba guruhl
aridagi o‘tkazilgan
tajribalar shuni ko‘rsatdiki tanlab olingan mashqlar o‘zlashtirishda biz kutgan darajadan
yuqoriroq o‘sishga erishildi: gavdani siltab ko‘tarish nazorat guruhida –
41.2% ga, tajriba
guruhida 54.5% ga; tayanib orqaga aylanish nazorat guruhida
–
36.4% ga, tajriba guruhida
50% ga; qo‘llarga tayanib gavdani siltab ko‘tarish nazorat guruhida 40.9% ga, tajriba guruhida
esa 45.5% ga; yelkalarga tayanib tik turish nazorat guruhida 36.3%, tajriba guruhida esa
40.9% ni ko‘rsatmoqda.
Yuqorida
keltirib o‘tilgan barcha taklif qilingan, gimnastika texnik elementlarini
o‘rgatish usullari yuqori samaradorlikka erishganini natijalarda ko‘rsatdi.
Rejalashtirish ish mazmuni bo‘yicha ham, uni ijro etish muddati bo‘yicha ham ancha
aniq. Ularning eng muhimlari
–
majburiy va ixtiyoriy dastur tayyorgarligining guruhli rejalari,
shug‘ullanuvchilarning individual rejasi (trenirovkaning makro, mezo, mikrotsiklari).
Shug‘ullanuvchilar bilan o‘tkaziluvchi barcha mashg‘ulotlar hajmi bosqichli ko‘rsatilgan
bo‘lishi
kerak. Bunda mavsumdagi nazoratlar (baholanishlar) taqvimida belgilangan
mashqlarni o‘rganish muddati va sifati qat’iy belgilangan bo‘ladi.
Ko‘p yillik maxsuslashtirilgan tayyorgarlik dasturi shug‘ullanuvchining texnik
takomillashishini kelajakda ta’minla
ydi. Arzimaydigan mashqlarni dasturdan olib tashlash
kerak. Shu bilan birga dasturga yoshi va tayyorgalik holatini cheklab qo‘yadigan mashqlarni
kiritish ham shart emas. Qo‘shpoya va turnikdagi maxsuslashtirilgan texnik tayyorgarlik
mashqlaridan bir qismi misol qilib keltirilgan. Dasturda keltirilgan ayrim mashqlarni
o‘zlashtirish muddati kategoriyasi bo‘yicha taqsimlandi. Malakani o‘zlashtirishning uch holati
shartli belgilandi: bajarishni sinab ko‘rish va xolatni o‘rganish mashg‘ulotda butunlay ijro
etish
ni o‘z ichiga olgan asosiy o‘rganish jarayoni nazoratlarda (baholanishlarda) bajara olish
imkoniyatini o‘z ichiga olib, to‘laligicha o‘zlashtirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Eshtayev A.K., Umarov M.N., Ishtayev D.R., To‘ychiyev Z.O‘., Eshtayev S.A.,
Paxrudinova D.R. Gimnastika nazaryasi va uslubiyoti. Darslik. Barkamol fayz media
nashriyoti, 2017.
2. Umarov M.N., Gimnastika. O‘quv
-
qo‘llanma. VNESHINVESTPROM nashriyoti,
- T.:
2015
3.
Гимнастика и методика преподавания / Под ред. В.М.Смолевского. –
3-
у изд.,
пераб., дп. –
М.: Физкультура и спорт, 1987.
