Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of forming a tolerant attitude in increasing
resistance to stress in educational process
Nurjakhon ISMOILOVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2022
Received in revised form
25 September 2022
Accepted 20 October 2022
Available online
25 November 2022
This article analyzes the role of the formation of a tolerant
attitude towards increasing stress resistance in the educational
process, its psychological features, and explains the types of
tolerance psychologically. The article is enriched with
recommendations on the formation of a tolerant attitude.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss10/S-pp213-217
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
stress tolerance,
tolerance,
educational process,
psychological
characteristics,
mental balance,
successful adaptation,
tolerance type
“
A
”
,
tolerance type
“
B
”
,
false tolerance,
personality,
training.
Ta’lim jararayonida stressga barqarorlikni oshirishda
tolerant munosabatini o‘rnatishning roli
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
stressga barqarorlik,
tolerantlik,
ta’lim jarayoni,
psixologik xususiyatlar,
ruhiy muvozanat,
muvaffaqiyatli moslashish,
“A” tipdagi tolerantlik,
“B” tipdagi tolerantlik,
soxta tolerantlik,
individ,
trening.
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida stressga barqarorlikni
oshirish uchun tolerant munosabat o‘rnatishning roli, унинг
psixologik xususiyatlari tahlil qilingan va tolerantlikning turlari
psixologik jihatdan yoritib berilgan. Maqola tolerant munosabat
o‘rnati
sh yuzasidan tavsiyalar bilan boyitilgan.
1
Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
214
Роль формирования толерантного отношения в
повышении cтрессоустойчивости в образовательном
процессе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
стрессоустойчивость,
толерантность,
учебный процесс,
психологические
особенности,
психическое равновесие,
успешная адаптaция,
толерантность типа «А»,
толерантность типа «Б»,
ложная толерантность,
личность, тренинг.
В данной статье анализируется роль формирования
толерантного отношения к повышению стрессоустойчивости
в учебном процессе, его психологические особенности,
психологически объясняются виды толерантности. Статья
обогащена рекомендaциями по формированию толерантного
отношения.
KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasida kechadigan o‘zaro
munosabatlarda insonparvarlik g‘oyalariga tayanish –
bugungi kunning muhim
talablaridan biri bo‘lib qoldi.
Shunday talablardan biri
–
ta’lim jarayon
ida kechadigan
shaxslararo
munosabatlarda talabalarning ham, pedagoglarning ham tolerant bo‘la
olishidir.
Bunday ko‘nikmaga ega bo‘lish ta’limda sifat o‘zgarishiga erishishda ham
muhim ahamiyatga egadir. Bu muammoni yoritish uchun tolerantlik tushunchasining
mazmun-
mohiyatiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Rus psixologlaridan B.G.
Ananev [1] o‘tgan asrning 60
-yillarida tolerantlik
atamasidan birinchi bo‘lib foydalangan hamda uning yosh va kundalik hayot bilan bog‘liq
jihatlarini farqlab bergan. Bu fenomenning ijtimoiy psixologiyasi esa ilk marotaba Sankt-
Peterburglik olima G.L.Bardier tomonidan chuqur [2] tadqiq etilgan.
Tolerantlik tushunchasiga turli soha mutaxassislari ta’rif berib o‘tganlar. Jumladan,
tolerantlik lotincha “tolerantia” so‘zidan olingan bo‘lib, falsafada bag‘rikenglik, halimlik
va xayrixohlik tushunchalarini ifodalab, psixologik ma’noda esa chidam, chidamlilik,
toqat qilish, kengfe’llik ma’nolarida qo‘llaniladi [4].
Sof psixologik ma’noda tolerantlik bu –
individning o‘z asab va r
uhiy muvozanatini
tiklash, muvafaqqiyatli moslashish, adovatga yo‘l qo‘ymaslik va uni o‘rab turgan olam
bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida muammoli va inqirozli vaziyatlarda
tashqi muhit bilan faol aloqada bo‘la olish qobiliyatini belgilo
vchi birlashma, integral
xususiyat sifatida ma’no
-mazmun kashf etgan [4].
Mutaxassislarning fikrlarini umumlashtiriladigan bo‘lsak, tolerantlik fenomenini
quyidagicha differensiyalash mumkin:
“A” tipdagi tolerantlik –
bu boshqa bir insonni so‘zsiz tushunis
h, uni tabiiy holicha,
ya’ni boricha qabul qilish, unga nisbatan tabiatning qadrli va aziz mavjudoti sifatida
munosabatda bo‘lishdir. Bunday tolerantlik, ayniqsa, yosh bolalar hayotida katta o‘rin
egallaydi, chunki uning shaxs bo‘lib shakllanish jarayoni h
ali individual va ijtimoiy
tajribalarni his etishgacha yetib bormagan. Soddaroq qilib aytilsa, “A” tipdagi
tolerantlikni bolalarning beg‘uborligiga o‘xshatish mumkinki, ularda boshqalarni
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tushunish va his etish xususiyati kuchlidir (masa
lan, kattalarning
yolg‘ondan yig‘lashini ham yosh bola to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tushunadi va uni ovutishga harakat
qiladi).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
215
Tolerantlikning “A” tipi yosh bolalarning o‘z ota
-onalarini hamisha mehribondek
qabul qilinishining asosidir. Ayrim ota-onalar bolalariga
qattiqqo‘llik bilan munosabatda
bo‘lishadi –
psixologik yoki jismoniy jazolar berishadi, lekin bolalar o‘z ota
-onalarini
mehribon deb qabul qiladilar. Shaxsda “A” tipdagi tolerantlikning mavjud bo‘lishi yomon
munosabatning namoyon bo‘lishidan psixologik, sub’yektiv himoyalanganlik va
atrofdagilar bilan ijobiy munosabatni saqlashga yordam beradi.
“B” tipdagi tolerantlik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish uchun xarakterli bo‘lgan,
individning shaxs bo‘lib shakllanish jarayonining ixtiyoriy qismi hisoblanadi. Ko‘pincha
bu tip katta yoshdagilarga xos ekanligini alohida qayd etish lozim.
Tolerant shaxs ko‘proq
bosiqlikda harakat qiladi, bunda u odatda himoya mexanizmlaridan foydalanadi. Shunga
ko‘ra u ba’zida o‘z hayajonlarini, hissiyotlarini, kechinmalarini yoki
norozilik va
agressiyalarini yashiradi. Shuning uchun “B” tipdagi tolerantlikni haqiqiy bo‘lmagan,
qisman namoyon bo‘luvchi, shartli yoki madaniy tolerantlik deb sharhlash mumkin. Ya’ni,
bu tipdagi tolerantlikka misol keltiradigan bo‘lsak, quyidagicha ifodalarni ko‘rish
mumkin: “Biz sizga sabr qilamiz, chunki …”; “Sharoit shuni taqozo qiladiki, biz sizga
chidashga majburmiz, chunki …”; “Ayni paytda men o‘zimdek bo‘la olmayman va o‘zimni
sabrlidek qilib ko‘rsatib turishga majburman …”; “Men boshqa narsa haqida o‘ylayman,
lekin buni oshkor ayta olmayman, chunki…”. Ushbu holatlardagi “chunki”dan so‘ng
keltiriladigan sabablar shaxsning tashqi muhitdagi ta’sirlarga majburiy chidayotganligini
aks ettiradi. Bu esa ayni shu shaxsning ichki zo‘riqishlariga va natijad
a salomatligining
yomonlashuviga olib kelish ehtimoli bilan zararlidir [2].
“B” tipdagi tolerantlik soxta tolerantlik bo‘lib, u yashirin ichki agressiyalarga sabab
bo‘ladi, bunday sabrlilik bir qarashda sabrsizlikdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lib ko‘rinsa
-da,
shaxsning ichki zo‘riqishlariga sabab bo‘lishini yuqorida aytib o‘tdik.
“V” tipdagi tolerantlik shaxs tomonidan nafaqat atrofdagilarni, balki o‘zini ham bir
xilda, tabiiy ravishda qabul qilishdir. “A” tipdagi tolerantlikdan farqli ravishda bu
tip ongli
ravishda atrofdagi ta’sirlarni to‘g‘ri tushunishga, tabiiydek qabul qilishga yo‘naltirilgandir.
Bunday tolerantlik
zo‘ravonlik va manipulyatsiyaga qarama
-
qarshi bunday o‘zaro ta’sir etish
boshqa inson uchun qadrli bo‘lgan ichki qadriyatlar, hayo
tning mazmuni, his-hayajonlariga
hurmat bilan qarashni va ularni to‘g‘ri qabul qilishni aks ettiradi.
Pedagog va talabalar o‘rtasidagi munosabatdagi o‘zaro sabrlilik o‘z
-
o‘zidan paydo
bo‘lmaydi, bu kattalarning sabrliligi, ya’ni tolerantligi oqibatida sha
kllanadi. Psixologik
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, talabaning o‘quv faoliyati jarayonidagi munosabatlarda
o‘qituvchi tomonidan psixologik jarohatlanishi va individual namoyon bo‘lishining doimiy
ravishda bosib borilishi unda avtoritar intolerantlik rivojlanishiga olib keladi.
Pedagog va talaba o‘rtasidagi intolerant munosabatlar oxir
-
oqibat ular o‘rtasida nizolarga
olib kelishi mumkin. Bunday nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omil sifatida eng
avvalo, qadriyatlar tizimidagi konfliktlarni sanash mumkin. Chunki pedagog yoshiga va kasbiga
xos holda o‘ziga yarasha qadriyatlar tizimiga amal qiladi. Talabalar esa yosh xususiyati va
statusiga mos holda o‘zgacha qadriyatlar tizimiga amal qilishga moyil bo‘ladi.
Ayniqsa, talaba va pedagogning baholashga nisbatan qarashlar tizimidagi farq ular
o‘rtasida tolerant munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni talaba bilimiga
nisbatan bahoning har doim yuqori bo‘ilishini istasa, pedagoglar esa uning bilimini real
baholashga harakat qiladi. Bu jar
ayonda o‘ziga yuqori baho beruvchi talabalarning
baholash tizimiga nisbatan noroziligi ham aynan yuqoridagi holatlarga sabab bo‘lishi
mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
216
Shuningdek, talabalarning xarakter xususiyataridagi muammolari, xususan, ularning
o‘qituvchi bilan o‘zaro munosaba
tlardagi sabrsizligi
–
intolerantligi bilan bog‘liqdir.
Ayni kunda talabalarini oddiy kuzatish asosida tahlil qilinadigan bo‘lsa, ular
tomonidan stressogen vaziyatlarda o‘zini tez yo‘qotib qo‘yish va bu holatdan chiqib ketish
yo‘llarini izlashda sustkashlikni ko‘rish mumkin. Buni bir tomondan, ularning turli xil tashqi
ta’sirlar natijasida yengil
-
yelpi yashashga o‘rganib qolganligi va hayotiy qiyinchiliklarga
bardosh berishdagi irodasizligi bilan bog‘lash mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularda bu
boradagi
psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarining yo‘qligi bilan asoslash mumkin. O‘quv
faoliyati jarayonida paydo bo‘lgan stressli vaziyatlarni noto‘g‘ri idrok qilish va ularni “yengib
bo‘lmas” deb tushunish, talabaning nafaqat ruhiy holatiga, balki uning o‘q
uv faoliyatiga, eng
asosiysi, fiziologik salomatligiga ham salbiy ta’sir etadi. Bugungi kunda sog‘lom va barkamol
avlodni tarbiyalash muhimligi hisobga olinsa, bu muammoning dolzarbligi yana bir bor
namoyon bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda, talabalarnin
g bu boradagi psixologik
savodxonligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Shuning uchun, talabalar ongida o‘qish jarayoni davomida vujudga kelayotgan
ijtimoiy va shaxsiy muammolarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘la olish ko‘nikma va
malakalarini, ya
’ni tolerant munosabatni shakllantirish lozim. Bu hatto ularda stressga
barqarorlikni oshirish uchun ham eng yaxshi omillaridan biri bo‘la oladi [3].
Bunday ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun talabalarda stressli
vaziyatlarga nisbatan shaxsiy tolerantlikni oshirish maqsadga muvofiqdir. Stressli
holatlardan chiqib ketish, ya’ni tolerantlik –
talabadan bu vaziyatlarning yechimini topish
va o‘z hayotida, faoliyatida sodir bo‘lgan qiyinchiliklarga nisbatan yengilroq munosabat
bilan qarashga intilish zaruriyatini talab qiladi. Talaba bunday holatlarda sabr-toqat,
chidam, aql bilan ish tutish, muammoli vaziyatni ko‘rmaslikka, ahamiyat bermaslikka
harakat qilish kabi bir qancha psixologik omillardan foydalanadi. Lekin inson ruhiyatiga
tegishli bo‘lgan bunday ko‘nikma va malakalar talabalarda o‘zidan
-
o‘zi paydo bo‘lmaydi.
Ularni shakllantirish uchun talabadan bilim olish, kuzatuvchanlik, qo‘yilgan maqsadlar
sari olg‘a borish kabi jihatlar talab etiladi.
N.E.
Solininning fikriga ko‘ra, tolerantlikni shaklla
ntirishda empatiyaning
ahamiyati beqiyosdir.
Shuni hisobga olgan holda, bugungi ta’lim tizimida pedagog va
talabalarda stressga barqarorlikni rivojlantirish juda muhimdir. Buning ahamiyati
shundaki, u kommunikativ jarayonda suhabatdoshlarning o‘zaro umumiy
likka
erishishlariga va uzilgan o‘zaro munosabatlarni tiklashlariga imkon beradi. Shuningdek,
stressga barqarorlik o‘zgalarning turli emotsional ko‘rinishlariga nisbatan sabrli
munosabatda bo‘lish, ularning his
-
tuyg’ularini yaxshiroq anglash, ulardan yomon
ma’no
izlamasdan va asabiylashmasdan qabul qilishga yordam beradi [5].
Tolerantlikni o‘rganish borasida bir qancha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan
biri fasilitativ yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, tolerantlik shaxslararo
munosabatlar jarayonida nafaqat shakllanadi, balki rivojlanadi ham; tolerantlikning
rivojlanishida esa uning shakllanishi uchun yaratilgan sharoitlar yordam beradi.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslanadigan bo‘lsak,
talabalarda bunday ko‘nikma va malak
alarni rivojlantirish aynan psixologik treninglar
orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi [3, 6]. Bunday psixologik treninglar talabalarda
tolerantlikni
–
sabrlilik, bag‘rikenglik, mulohaza bilan ish ko‘rish, har qanday voqea
-
hodisaga nisbatan to‘g‘ri munosabat bildirish, favqulodda vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul
qilish va uni amalga oshirish uchun jur’at, qat’iyat kabi ko‘nikma va malakalarni qisqa
muddatda shakllantirishga asoslangandir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
217
Yuqoridagi fikrga tayanib aytish mumkinki, oliy ta’limda faoliyat y
uritayotgan har
bir pedagog va talaba o‘zida tolerantlik sifatini shakllantirishi va rivojlantirishi lozim.
Tadqiqotchilar tomonidan pedagog va talabalar uchun shakllantirilishi lozim bo‘lgan
tolerantlikning bir qancha ko‘nikma va qobiliyatlari ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular
orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
1)
Tolerant fikr bildirish va o‘z nuqtai
-nazarini shaxsiy mulohaza sifatida himoya
eta olish qobiliyati;
2)
Boshqalarning fikriga tolerant munosabatda bo‘la olish qobiliyati, ya’ni o‘zining
shaxsiy fikridan qanchalik farq qilishiga qaramasdan, boshqalarning ham o‘ziga xos fikri
borligi va u ham bu fikrni bildirish huquqiga ega ekanligini tan olish;
3) Nizoli vaziyatlarda (qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bildirilganda, fikrlar
to‘qnashuvi yuz berganda) tolerant bo‘la olish qobiliyati.
Hozirgi davr talabasida o‘qish faoliyati davomida yuzaga keladigan stresslarni
yengish imkoniyati va stressga barqarorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning mutaxassis
bo‘lib shakllanishi ham shunchalik yengil
kechadi. Shu ko‘nikma va malakalarni egallashi
uning oliy o‘quv yuritida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun asos bo‘ladi. Yaxshi
muvaffaqiyatga intilgan va erishgan talabada asta sekin o‘z
-
o‘zidan va egallayotgan
kasbidan faxrlanish, kasbini sevish hislari vujudga keladi. Bunday his bilan mutaxasislik
diplomini olgan har qanday bitiruvchi esa shu sohaning rivoji uchun hissa qo‘shishiga va
jamiyat uchun e’tiqod bilan xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, pedagog va talaba o‘rtasidan o‘zaro munosabatlarda
tolerantlikning va stressga barqarorlikning namoyon etilishi nafaqat shaxslararo
munosabatlarning, balki o‘quv faoliyati natijalarining ham muvaffaqiyatini ta’minlovchi
omillardan bir ekanligini hisobga olgan holda ayni kunda faoli
yat yuritayotgan va bo‘lajak
pedagoglarda bunday shaxsiy-insoniy va psixologik sifatning shakllantirilishi maqsadga
muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Ананьев
Б.Г. Человек как предмет познания. СПб: Питер, 2001.
–
С.
288.
2.
Бардиер
Г.Л. Социальная психология толерантности. Монография. Изд
-
во
СПбГУ, 2005. –
С.
118.
3.
Исмоилова
Н.З. Таlabalarda stressga barqarorlikni oshirishning psixologik
determenantlari // psixol.f.b.d. (PhD) avtoref., Тоshkent, 2020. –
B. 46.
4.
Психологический словарь.
//
Под ред. А.В.
Петровского и
М.Г.
Ярашевского.
М. 1993. –
С.
494.
5.
Солынин
Н.Э. Психологическая структура этнической толерантности
учащихся средней школы, студентов средних и высших профессиональных
образовательных учреждений. // дисс. на соиск.уч.ст. кандидата психологических
наук, 2014. –
С.
186.
6.
Учимся толерантности: Методическое пособие для проведения классных
часов, бесед, и тренинговых занятий с учащимися 7
-
11 классов. /
С.В.
Баныкина,
В.К. Егоров. –
М.: Аркти, 2010. –
С.
128.
7.
Kadirov N.M. Social and physical experience of information and information culture
// Scientific Bulletin of Namangan State University.
–
2019.
–
Т
. 1.
–
№. 3. –
С
. 165
–
170.
8.
Kodirov N.M. Transformation and globalization of information media //
Scientific Bulletin of Namangan State University.
–
2019.
–
Т
. 1.
–
№.
12.
–
С
. 83
–
93.
Kodirov N.M. Transformation and globalization of information media // Scientific
Bulletin of Namangan State University.
–
2019.
–
Т
. 1.
–
№. 12. –
С
. 83
–
93.
