Авторы

  • Райхoна Норкобилова
    Преподаватель, Термезский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1-pp36-41

Ключевые слова:

талант диагностика компетентность «Андижоннома» коммуникативная компетентность педагогическая коррекция педагогическая диагностика

Аннотация

В данной статье представлена информация о показателях деятельности учащихся начальных классов на основе показателей, второго параметра принципа эффективности обучения «Организация эффективной диагностической службы в общеобразовательной средней образовательной организации».


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the mechanisms of diagnosing the mother
language ability of primary class students

Raykhona NORKOBILOVA

1


Termez State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2022

Received in revised form

15 December 2022
Accepted 20 January 2023

Available online

15 February 2023

This article provides information about the indicators of the

activity of primary school students based on indicators, the

second parameter of the principle of educational efficiency

Organization of an effective diagnostic service at the general

secondary educational institution

.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1/S-pp36-41

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

talent,

diagnosis,

competence,

indicators,

communicative competence,
pedagogical correction,
pedagogical diagnosis.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan iqtidorini

diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

K

alit so‘zlar

:

iqtidor,

diagnostika,

kompetentlik,

indikatorlar,

kommunikativ
kompetentlik,

pedagogik korreksiya,
pedagogik diagnostika.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatini

indikatorlar asosida diagnostika qilish, ta’lim samaradorligi

printsipining ikkinchi

parametri “Umumiy o‘rta ta’lim

muassasasida samarali diagnostik xizmatni tashkil qilish”
indikatorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

1

Teacher, Termez State Pedagogical Institute. E-mail: rustamkhurramov@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2023) / ISSN 2181-1415

37

Совершенствование

механизмов

диагностики

владения родным языком учащихся начальных
классов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

талант,

диагностика,

компетентность,
показатели,
коммуникативная
компетентность,

педагогическая
коррекция,
педагогическая

диагностика.

В данной статье представлена информация о

показателях деятельности учащихся начальных классов на

основе показателей, второго параметра принципа

эффективности обучения «Организация эффективной
диагностической службы в общеобразовательной средней
образовательной организации».

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan iqtidorini diagnostika qilish

mexanizmlarini takomillashtirish, o‘qituvchidan yuksak kompetentlik xususiyatlariga

ega

bo‘lishni talab etadi va zamonaviy ta’lim texnologiyalari, axborot va komputer
texnologiyalari, o‘quv predmetini o‘qitish usullari, o‘qituvchilikning umummadaniy va

amaliy tayyorgarligini namoyon ettirish nazarda tutiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyati quyidagi indikatorlar asosida

diagnostika qilinadi:

davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablarini bajarish darajasi;

ta’lim muassasasi o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasidagi umumiy

natijalari;

o‘quvchilarning bosqichli nazoratlardagi umumiy natijalari; ta’lim muasasasini

bitirgan o‘quvchilarning akademik litsey, o‘rta maxsus, kasb

-

hunar ta’limi

muassasalarida o‘qishlarini dav

om ettirishlari;

“Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar

bellashuvi”dagi tuman, viloyat va respublika bosqichidagi natijalari;

fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichi natijalari;

“Til bilimdonlari” va boshqa ko‘rik

-tanlovlar natijalari.

Ta’lim samaradorligi printsipining ikkinchi parametri “Umumiy o‘rta ta’lim

muassasasida samarali diagnostik xizmatni tashkil qilish” indikatorlari sifatida:

o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘rganishda ilmiy

-uslubiy, diagnostik va

nazariy asosga ega metodlardan foydalanilishi;

o‘qituvchi, maktab psixologi va rahbar o‘rinbosari faoliyatlarining ilmiy

-metodik

jihatdan optimal ravishda tashkil etilganligi;

o‘quvchi, o‘qituvchi, maktab rahbariyati faoliyatini jamoatchilik tomon

idan

nazorat etuvchi, ota-

onalar, jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi mexanizmning mavjudligi va

natijaviyligi;

ta’lim muassasasini boshqarish holati, muammo va kamchiliklarini ifodalovchi

tahlillarning mavjudligi;

rahbar kadrlarning kasbiy, ilmiy-metodik tay

yorgarligining ta’lim mazmuni va

uning metodik ta’minoti bilan muvofiqlashtirilganligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2023) / ISSN 2181-1415

38

maktab rahbarlarida nazariy, pedagogik, ilmiy-

metodik tayyorgarlik, g‘oyaviy

-

siyosiy va ma’naviy

-axloqiy, ijodiy va ijtimoiy faollik darajasining ortganligi;

umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlarini tayyorlash tizimining nazariy

-metodik

jihatdan asoslanganligi, bu jarayonda zamonaviy pedagogik, axborot va innovatsion

texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallashga e’tib

or qaratilganligi;

ta’lim muassasasi rahbarining ijtimoiy

-psixologik, muloqotga kirishuvchanlik,

kommunikativ kompetentligi, madaniyati va mahorati sohasidagi bilim, ko‘nikma va
malakalarga hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat et

ish,

tashkilotchilik qobiliyatlariga egaligi;

ta’lim muassasasi rahbarida o‘quv

-

tarbiya jarayoni sifatini ta’minlashga oid

ta’lim strategiyasini belgilash ko‘nikmalarining mavjudligi;

ta’lim iste’molchilari va pedagogik xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida ij

timoiy

hamkorlikning o‘rnatilganligi;

ta’lim muassasasi rahbarining vaqtni samarali taqsimlash, muammoni malakali

tarzda aniqlay olish, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilash, xodimlar o‘rtasida ishni

tashkil eta olish layoqatiga egaligi;

ta’lim muassasa

si rahbarining moslashuvchanligi: jamoada shaxslararo

munosabatlarning dinamikasini tavsiflay olishi;

ta’lim muassasasi rahbarining yetakchiligi: muammoli vaziyatlarni hal qila olish,

o‘zgalardan barcha xususiyatlari bilan sifat jihatdan yuqori tura olish

i, tashabbuskorligi;

ta’lim muassasasi rahbarining kirishuvchanligi: ijobiy ijtimoiy aloqalarni o‘rnata

olishi, ruxiy zo‘riqish va bosimlarga qarshi tura olishi kabilar belgilangan.

Navbatdagi indikator “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini diagnostika qilishning

demokratik tamoyillar asosida yo‘lga qo‘yilganligi” hisoblanadi.

Mazkur indikator

quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:

maktab direktorining o‘qituvchilar, o‘quvchilar faoliyatini boshqara olish

qobiliyatiga egaligi;

ta’lim muassasasida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab

-quvvatlash va

rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilganligi;

sinflar kesimida darslarni taqsimlashda o‘qituvchilar tajribasi va tayyorgarlik

darajasining hisobga olinganligi;

o‘quvchilar va o‘qituvchilarning maktab ichki

tartib-

qoidalariga qat’iy amal

qilishiga erishilganligi;

maktabda o‘z

-

o‘zini boshqarish tizimining mavjudligi;

yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatining

rag‘batlantirib borilganligi;

maktabda sog‘lom raqobat va o‘z

-

o‘zini tanqidiy baholashga nisbatan do‘stona

munosabatning shakllanganligi;

ta’lim muassasasida shaxslararo ziddiyatlarni bartaraf etish tizimining

mavjudligi;

maktabdagi o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasida samimiylik va o‘zaro

hamkorlikka asoslangan ishchan muhitning yaratilganligi;

o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab

-quvvatlash tizimining mavjudligi;

ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘quvchilar va ota

-onalarni qay darajada

qoniqtirishining o‘rganilganligi hamda tahlil qilinganligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2023) / ISSN 2181-1415

39

o‘quvchilar, ota

-onalar va boshqa manfaatdor tomonlarning takliflari,

so‘rovlariga muvofiq tarzda o‘qitish sifatini nazorat qilish va ta’minlashning ichki tizimi

yaratilganligi;

ta’lim muassasasining joriy va istiqbol rejalarini ishlab chiqish va amalga

oshirishda o‘qituvchilar ham

da ota-onalar vakillarining ishtirok etishi;

maktabning ichki boshqaruvi tizimiga ota-onalar vakillarining kiritilganligi;

bitiruvchilar, o‘quvchilar va ota

-onalar taqdim etgan axborotlar yordamida ular

bilan qayta aloqaning o‘rnatilganligi;

o‘quvchilarnin

g intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash

ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni

talablar darajasida tashkil qilish tizimining yaratilganligi kabilardan iborat.

Navbatdagi “UO‘Tda innovatsiyalarning tatbiq etilishi” indikatori ko‘rsatkichlari:

o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati samaradorligini ta’minlovchi

chora-

tadbirlar va rag‘batlantiruvchi muhitning mavjudligi;

ta’lim boshqaruvi muassasalari tomonidan tavsiya etilgan innovatsiya

larni

amaliyotga joriy etish monitoringining amalga oshirilganligi va tahliliy materiallarning

mavjudligi;

ta’lim muassasalarida izlanuvchan, ijodkor, is’tedodli pedagoglarni har

tomonlama qo‘llab

-quvvatlash mexanizmining yaratilganligi;

UO‘Tda

innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadlari va rejasining mavjudligi;

ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar (o‘qituvchilar) va o‘quvchilar uchun ijodiy

muhit yaratilganligi, tashabbuslar va yangiliklarga qiziqish hosil bo‘lganligi kabilar (1

-ilova).

Pedagogik diagnostik

a: birinchidan, individual ta’lim jarayonini qulaylashtirishi,

ikkinchidan,

jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim

-

tarbiya natijalarini to‘g‘ri

aniqlashni ta’minlashi, kafolatlashi,

uchinchidan,

o‘ziga xos ta’lim

yo‘nalishi va

mutaxassislikni oqilona tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika

yordamida ma’naviy

-

ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta’lim

-tarbiya natijalari aniqlanadi.

Tashhislashda nafaqat ta’lim

-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ularning

o‘zgarish dinamikasini h

am nazarda tutish lozim.

Pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

birinchisi-

shaxsni har tomonlama o‘rganish, tashhis qilish yoki o‘zini

-

o‘zi

tashhislash;

ikkinchisi

pedagoglar jamoasi tomonidan ta’limiy

-tarbiyaviy jarayonning

samaradorligiga erishishni ta’minlash.

Pedagogik diagnostika o‘quv

-tarbiyaviy jarayonni tadqiq qiladi. Uning metodlari

ilmiy-

pedagogik tadqiqot metodlaridan shu bilan farq qiladiki, u alohida o‘spiringa yoki

o‘quvchi

-yoshlar guruhiga dolzarb pedagogik tadb

irlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi.

O‘quv

-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik

diagnostika har bir rejali o‘quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, tahsil oluvchi

o‘quv materialini qanday o‘zlashtirayotganini doimo kuzatib b

oradi, tarbiyaviy

jarayondagi muammolarning yechimini to‘ishga harakat qiladi. Mohir pedagog o‘quv

jarayonida tug‘iladigan qiyinchiliklarni boshqalardan ko‘ra

yaxshiroq tushunadi.

Pedagogik diagnostika o‘z zamirida korreksion tadbirlarni ham nazarda tutadi

.

Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sharoitlardan qat’i nazar, o‘quv jarayonining samaradorligiga

xizmat qiluvchi pedagogik korreksiya quyidagi maqsadlarga

yo‘naltirilishi kerak:

ta’lim natijasi noto‘g‘ri baholanganda ichki va tashqi tahrirga;

ta’limdagi

kamchiliklarni aniqlashga;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2023) / ISSN 2181-1415

40

ta’limning muvaffaqqiyatli natijalarini

tasdiqlashga;

o‘quv jarayonining keyingi bosqichlarini rejalashtirishga;

ta’lim

-tarbiyadagi muvaffaqiyatlarni

rag‘batlantirish orqali

motivatsiya ‘aydo

qilishga va keyingi murakkab qadamlar

ni yo‘naltirishga;

o‘quv

-

tarbiyaviy sharoitlarda yo‘l quyilgan kamchiliklar, bo‘shliqlarni

korrektsiyalashga, bartaraf etishga.

Nufuzli Amerika ma’lumotnomalarining (Lindguist) birida

pedagogik diagnostika

va korreksiya vazifalari

(Edicational Measurement)

ga yirik boblar uchun o‘rin ajratilgan:

o‘qitish jarayonida uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim

-tarbiya jarayonini takomillashtirish,

o‘quv maskanidagi ijtimoiy pedagog maslahati, tarbiyaviy jarayonda ta’limning o‘rnini

aniqlash(‘laziering)dan iborat. Demak,

ilmiy asoslangan pedagogik diagnostika va

korrektsiya o‘quv

-tarbiyaviy jarayonning mazmunini boyitishga xizmat qiladi.

Shu bilan bir qatorda o‘qitish sifatini tashhislash va korreksiyalash uchun

quyidagilarni aniqlash talab etiladi:

amalda qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlarining samaradorligi va maqsadga

muvofiqligi;

metodik hamda tashkiliy innovatsiyalar;

mazkur innovatsiyalarning o‘qitish natijalarining sifati va bitiruvchilarning

bilimdonlik darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri;

o‘quv jarayonining texnologik

jihatdan ta’minlanganlik darajasi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasining turli bo‘g‘inlari faoliyati maqsad va

vazifalarining o‘zaro muvofiqligi;

o‘qitish konse’psiyalari, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv

-

metodik majmualar mazmuni

orasidagi o‘zaro uzviylik;

pedagogik,

metodik,

boshqaruv

sohasidagi

axborot

tarmoqlarining

samaradorligi, ularni ommalashtirish va foydalanish uchun qulayligi va ishonchliligi;

fanlar bo‘yicha o‘qitish sifati baholanishini ta’minlovchi kvalimetrik, tashhis

lash

metodikalarining o‘qituvchilar tajribasida foydalanilganligi va sinovdan o‘tkazilganligi

kabilar.

O‘qitish sifatini aniqlashda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining metodik quvvatini

tashkil etuvchi ko‘rsatkichlar ham muhim o‘rin egallaydi.

Jumladan:

av

valgi yillarda tuzilgan o‘quv dasturlari;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ishlab chiqilgan metodik hamda didaktik

materiallar;

sinovdan o‘tkazilgan o‘rgatuvchi va tashxislovchi metodikalar;

innovatsion g‘oyalar banki;

metodik ishlarning tashkiliy shakllar

i, ilg‘or tajribalarni aniqlash, tanlash,

umumlashtirish va ommalashtirish kabilar.

O‘qitish sifatini tashxislashda informatsion

-

metodik hamda ta’limiy

-texnologik

manbalarni tahlil qilish ham alohida qimmatga ega.

Uning asosiy ko‘rsatkichlari:

ekspert xulosalari;

nazorat va tekshirish natijalarini ifodalovchi materiallar;

yig‘ilishlar, kengashlarning materiallari;

metodik seminarlarning materiallari kabilar.

O‘qitish sifatini tashhislashda moddiy

-moliyaviy manbalarni hisobga olish ham

nihoyatda zarur. Mazkur manbalar sirasiga:

ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan alohida tadbirlarni moliyalashtirish

manbalari;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2023) / ISSN 2181-1415

41

qabul qilingan me’yorlar va talablarga mos tarzda o‘quv materiallari mazmuniga

muvofiq keladigan modddiy-texnik bazaning tavsifi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi sinf xonalari va o‘quv kabinetlarining

komputerlar, audio, video-vizual texnikalar va laboratoriya jihozlari bilan

ta’minlanganligi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasining aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasining o‘quv

-metodik adabiyotlar bilan

ta’minlanganligi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sport maydonchalari, zallari, inventarlar

bilan ta’minlanganligi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasining moddiy

-texnik bazani kengaytirishga

yo‘naltirilgan rejasi;

o‘qitish jarayoni sifatining o‘quv jarayoni sifati natijalari bilan mos kelishining

ta’minlanganligi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasida masofaviy ta’limni joriy etish uchun moddiy

-

texnik bazaning mavjudligi kabilarni kiritish mumkin.

Bugungi kunda pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiyaning tamoyillarini

takomillashtirishda yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmaslik, ularning pedagogik

daxlsizligini ta’minlash, milliy qadriyatlar, urf

-

odatlar, an’analar orqali ularga ijobiy ta’sir

ko‘rsatish inobatga

olinishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdullayeva

Sh.A. O‘quvchilarni pedagogik tashhislashda qo‘llaniladigan

metodlar //

Xalq ta’limi, 2016, №3, 40–

45 b.b.

2.

Abdullayeva Sh.A.

, Ro‘ziyeva

D.I. Pedagogik diagnostika va korreksiya. Darslik,

Toshkent: 2018-yil, 6-8 b.

3.

R. Norqobilova, M.

To‘rayeva Importance of talent in child development.

Web of

Scientist: International Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, VOLUME 3, ISSUE 7,
July. 2022 57-61.

4.

Максимов

В.Г. Педагогическая диагностика в школе. М., 2002.

5.

Г.С.

Ковалева, О.Б.

Логинова. Оценка достижения планируемых результатов

в начальной школе. Система заданий. В 2 ч. Ч. 1 / под ред. М.: Просвещение, 2009.

6.

Г.С.

Ковалева, О.Б.

Логинова. Планируемые результаты начального общего

образования / под ред. М.: Просвещение, 2009.

7.

R.D.

Norqobilova. “Determining and developing students' mother language ability

as a social-

pedagogical problem”. JournalNX

A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal.

Volume 8, Issue 10, Oct., 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. 7

10.

8.

R.D.

Norqobilova. “Indikatorlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatini

diagnostika qilishning o‘ziga xosligi”. Talqin va tadqiqotlar ilmiy

-uslubiy jurnali, 2022.

9.

R.D. Norqobilova.

“Methods of improving the mechanisms of diagnosing the

mother language ability of primary class students”.

The role of science and innovation in

the modern world. 139-143. 2022.

10.

R.D. Norqobilova.

Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary

School Students

. International Journal of Development and Public Policy. | e-ISSN: 2792-

3991 | www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181

183.

Библиографические ссылки

Abdullayeva Sh. A. O‘quvchilarni pedagogik tashhislashda qo‘llaniladigan metodlar//Xalq ta’limi, 2016, №3, 40-45 b.b.

Abdullayeva.Sh.A, Ro‘ziyeva.D.I. Pedagogik diagnostika va korreksiya. Darslik, Toshkent: 2018 yil, 6-8 b.

R.Norqobilova, M.To‘rayeva Importance of talent in child development. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, VOLUME 3, ISSUE 7,July. 2022 57-61.

Максимов В.Г. Педагогическая диагностика в школе. М., 2002.

Г.С. Ковалева, О.Б. Логинова. Оценка достижения планируемых результатов в начальной школе. Система заданий. В 2 ч. Ч. 1 / под ред. М.: Просвещение, 2009.

Г.С. Ковалева, О.Б. Логинова. Планируемые результаты начального общего образования / под ред. М.: Просвещение, 2009.

R.D.Norqobilova. “Determining and developing students' mother language ability as a social-pedagogical problem”. JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. Volume 8, Issue 10, Oct., 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. 7-10.

R.D.Norqobilova. “Indikatorlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatini diagnostika qilishning o‘ziga xosligi”. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2022.

R.D.Norqobilova. “Methods of improving the mechanisms of diagnosing the mother language ability of primary class students”. The role of science and innovation in the modern world. 139-143. 2022

R.D.Norqobilova. "Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary School Students". International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.