Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Competence-based approach to improving the efficiency
of the quality of education at general school
Sanobar KENJAYEVA
1
Jizzakh State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2022
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2023
Available online
15 February 2023
The importance of the competence-based approach in the
process of improving the quality of education of a general
school is to develop the ability of students to solve problems
they face in real life based on the knowledge, skills and
experiences they have acquired at school. To be more specific,
the competence approach is an urgent issue facing the
education system.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1/S-pp8
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competence,
science,
education,
quality,
efficiency,
creativity,
technology,
communicative,
logic,
knowledge,
skill,
competence,
etc.
Umumta’lim maktabining ta’lim sifati samaradorligini
oshirishga kompetensiyaviy yondashuv
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kompetensiya,
fan,
ta’lim,
sifat,
samaradorlik,
kreativlik,
texnologiya,
kommunikativ,
mantiq,
bilim,
ko‘nikma,
malaka va h.k.
Umumta’lim maktabining ta’lim sifatini oshirish jarayonida
kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati
–
o‘quvchilarda real
hayotda duch keladigan muammolarni maktabda o‘zlashtirgan
bilim, ko‘nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini
rivojlantirishdan iboratdir.
Aniqroq aytadigan bo’lsak,
kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb
masaladir.
1
Trainee-teacher, Department of Theory and Practice of Primary Education, Jizzakh State Pedagogical University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
81
Компетентностный подход к повышению эффективности
качества образования в общеобразовательной школе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компетентность,
наука,
образование,
качество,
эффективность,
креативность,
технология,
коммуникативность,
логика, знание,
умение,
компетентность и др.
Значение компетентностного подхода в процессе
повышения качества образования общеобразовательной
школы заключается в развитии у учащихся способности
решать задачи, с которыми они сталкиваются в реальной
жизни, на основе знаний, умений и опыта, приобретенных
ими в школе. Если говорить более конкретно,
компетентностный
подход
является
актуальной
проблемой, стоящей перед системой образования.
Zamonimiz shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Biz axborot texnologiyalari asrida
yashab turgan holda, fan, ta’lim, sport, san’at, texnika hamda telekommunikatsiyalar
tobora rivojlanib borayotgani
ning yaqqol guvohi bo‘lib turibmiz. Bugungi kunda
mamlakatimizda ham ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ko‘pgina ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab,
har bir fanni o‘qitishga qaratilgan tubd
an yangi qonunlar, qarorlar va farmoyishlar qabul
qilinib,
ularning ijrosi ta’minlanmoqda.
Aytish mumkinki, o‘quvchining har jihatdan barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z
o‘rniga ega bo‘lishida umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlarning
ahamiyati juda
katta. Jumladan, matematika fani misolida qarasak, matematik elementlar bolalarga bog‘cha
yoshidan boshlab o‘rgatilib, bu bilimlar umumta’lim maktabi, akademik litsey va keyinchalik
oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiriladi va butun umr da
vomida ularga xizmat qiladi.
Vaqtlar o‘tgani sayin matematikaning hayotdagi o‘rni kengayib, tarmoqlari ham ko‘payib
bormoqda. Bugungi kunga kelib esa turmush tarzimizni matematikasiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Umumta’lim maktablarining dars yukalamalariga ham e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, eng ko‘p fan sifatida matematika fani o‘qitiladi. Yurtimizda matematika faniga
bo‘lgan e’tiborni quyidagi faktlar asosida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 7-
fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PQ
–
4947-
sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy
-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ham ilm-fang
a juda katta e’tibor
qaratilgan [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 7-maydagi PQ
–
4708 sonli
“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori [2], “Matematika ham
ma aniq fanlarga asos. Bu fanni
yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘ladi va istalgan sohada ishlab ketadi” deb
so‘zlagan nutqlari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2022-yil 20-
dekabrda Parlamentga yo‘llagan Murojaatno
masida
–
2023-yilni
O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilishni taklif etganligi ham
yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ushbu murojaatnomada Prezident
Shavkat Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirish –
Yangi O‘zbeki
ston taraqqiyotining yakkayu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
82
yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligini aytdi va “Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom
ettirishimiz,
ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot
qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masa
lalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz
kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan
kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar,
tadbirkorlar va keng jamoatchi
ligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi
-yangi taklif va
tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman”, –
dedi [3].
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilash, har tomonlama
yetuk shaxni tarbiyalash, kerak bo‘lsa jahon miqyosida o‘zining bilimi va
salohiyati
vositasida dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni o‘qitib, tarbiyalab va
ta’minlab berishimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.
Talim sifatini
rivojlantirishning eng asosiy jihatlaridan biri bu
–
umumta’lim maktabida o‘qitiladigan
fannlarni o‘qitish samaradorligidir.
2015-
yilda o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro PISA
(Pragramme for International Student Assessiment) dasturida qatnashgan 12 millionga yaqin
o‘quvchi o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hatto oddiy topshiriqlarni ham bajara
olmadi. Tadqiqotning maqsadli guruhiga aholisining daromadi yuqori va o‘rta darajada
bo‘lgan jahonning 72 ta mamlakatida yashaydigan 25 yoshli o‘smirlar kiritilgan edi [4].
Ta’lim sifatining samaradorligiga erishishda yuqoridagi faktga tayanadigan bo‘lsak,
o‘qish, matematika va tabiiy fanlarga alohida urgu berilmoqda. Demak, biz umumta’lim
maktabida bu fanlarni o‘qitishni to‘gri yo‘lga qo‘ya olsak, ta’lim sifatini yaxshilashda
yuqori natijalarga eris
ha olamiz deb o‘ylayman.Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining
matematik bilimlarini rivojlantirish va hayotiy muhum vaziyatlarga tayyorgarligini
takomillashtirish uchun matematika darslarida o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga
olish, bir xillikdan qochish
, mavzuga oid bo‘lgan hayotiy misollardan, mantiqiy fikrlashga
majbur qiladigan masalalardan, arifmetik hisoblarni osonlashtiruvchi va vaqtni
tejaydigan mental matematikaning zamonaviy oquv vositalaridan, turli innovatsion
pedagogik texnologiyalardan va me
todik qo’llanmalardan unumli foydalanish maqsadga
muofiq bo‘ladi. Buning uchun avvalo matematika fani o‘quvchilariga qo‘yiladigan
vazifalarni belgilab olish muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’lim tadqiqotchisi Andreas
Shlyayxerning ta’kidlashicha, “ Ta’lim sifati ta’lim beruvchi sifatidan yuqori bo‘lmaydi”.
Umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchilariga qo‘yiladigan vazifalar:
•
matematika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini belgilovchi rag‘batlantiruvchi,
kognitiv, jarayonli, integrativ mezonlarini takomillashtirish;
•
matematika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini konseptual, refleksiv,
integrativ komponentlarini takomillashtirish mexanizmini ishlab chiqish;
•
matematika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini
ishlab chiqish;
•
matematika o‘qituvchisini tayyorlashning o‘quv
-
metodik ta’minotini yaratish.
Bu vazifalarni to‘liq bajarib, amalda qo‘llay olgan matematika fani o‘qituvchisi,
albatta o‘quvchilarining bilim darajasi sifatini ko‘tara oladi. Chunki bugungi kun
ning
asosiy talablaridan biri bu
–
umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ta’lim sifati
samaradorligiga erishishdir.
Bugungi jamiyatning o‘quvchisi mustaqil ravishda bilim olishga qodir bo‘lishi, turli
hayotiy masalalarni yechishda olgan bilimlarini amalda q
o‘llashi, turli ma’lumotlar bilan
ishlashi, tahlil qilishi, umumlashtira olishi, bahslashishi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
83
turli muammolarni hal qilishning oqilona usullarini izlashi, do‘stona aloqalarni o‘rnata
olishi, turli ijtimoiy guruhlarda muloqo
t qilishi, o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga
moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Shunga qarab, maktabning roli ham
o‘zgarib boradi. Uning asosiy vazifalaridan biri shaxsni shakllantirish uchun sharoit
yaratishdir. Ushbu shartlar quyidagilarga
qaratilgan: har bir o‘quvchining faol ishtirok
etishi kognitiv jarayon; tegishli kommunikativ ko‘nikmalarni namoyish etish zarur
bo‘lganda turli muammolarni hal qilishda hamkorlik muhitini yaratish; muayyan
muammo bo‘yicha o‘zining mustaqil va asosli fikr
ini shakllantirish, uni har tomonlama
o‘rganish imkoniyati; intellektual qobiliyatlarni doimiy ravishda takomillashtirish.
Bu vazifa nafaqat ta’lim mazmunini, balki kompetensiyaga asoslangan yondashuv
va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning zarurati
zamonaviy ta’lim tizimini,
axborot texnologiyalaridan, innovatsion texnologiyalardan, shuningdek, eng yangi
zamonaviy o‘quv vositalaridan yuksak darajada foydalanish kerakligidan
kelib
chiqmoqda. “Rossiya ta’limini modernizatsiya qilish kontsepsiyasi”da shunday deyilgan:
“Umumiy ta’lim maktabi universal bilimlar, ko‘nikmalar, shuningdek, mustaqil faoliyat
tajribasi va o‘quvchilarning shaxsiy mas’uliyatining ajralmas tizimini shakl
lantirishi
kerak, ya’ni asosiy kompetensiyalar ta’lim mazmunining zamonaviy sifatini belgilab
beradi” [6].
Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida insonga shaxsiy va kasbiy hayotida natijalarga
erishish imkonini beradigan eng keng tarqalgan qobiliyat va ko‘nikmalar mavjud. Ular o‘quv
jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llash natijasida o‘zlashtiriladi.
Tadqiqot kompetensiyalari axborotni topish va qayta ishlash, turli ma’lumotlar
manbalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni
anglatadi; turli auditoriyalarda
turli materiallarni taqdim etish va muhokama qilish; hujjatlar bilan ishlash.
Ijtimoiy va shaxsiy qobiliyatlar jamiyatimiz taraqqiyotining ayrim jihatlarini
tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish; hozirgi va
o‘tmishdagi voqealar
o‘rtasidagi aloqani topish; ta‘lim va kasbiy vaziyatlarning siyosiy va iqtisodiy
kontekstlarining ahamiyatini bilish; san’at va adabiyot asarlarini tushunish; munozarada
qatnashish va o'z fikrini ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Muloqot qobiliyatlari boshqa odamlarning fikrlarini tinglash va hisobga olish
ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi; o‘z nuqtai nazaringizni muhokama qilish
va himoya qilish; omma oldida gapirish; o‘z fikrini badiiy ifodalash; grafiklar,
diagramm
alar va ma’lumotlar jadvallarini yaratish va tushunish.
Shaxsiy ishni tashkil etish qobiliyatlarini shakllantirish; qaror qabul qilish;
mas’uliyatli bo‘lish; aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab
-quvvatlash; fikrlar xilma-xilligini
hisobga olish va shaxslararo ziddiyatlarni hal qila olish; muzokaralarni olib borish;
hamkorlik qilish va jamoada ishlashdan iborat.
O‘quv jarayonida asosiy kompetensiyalarni o‘quvchi quyidagi shartlar bajarilgan
taqdirda egallashi mumkin:
–
o‘quv jarayonini o‘quvchining mustaqilligi
va o‘z faoliyati natijalari uchun
javobgarligini rivojlantirishga yo‘naltirish;
–
ta’lim usullarini o‘zgartirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish [6].
O‘quvchining kompetensiyasi –
o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda
foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
84
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati kasbga
yo‘naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim
-tarbiya j
arayonida o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek,
kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga
yo‘naltirish sanaladi. O‘quvchilar kelgusi hayoti
davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha
raqobatbardosh bo‘lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim [5].
XULOSA
Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda o‘qituvchining darsdagi bir yoqlama
faoliyatidan voz kechish va o‘quv jarayonidagi mustaqillik, faollik va o‘quvchilarning o‘z
faoliyati natijalari uchun
javobgarligiga o‘tkazish imkonini beradi. O‘qitish metodikasini
o‘zgartirish o‘quvchilar bilan ishlashi individuallashtirish (individual traektoriyalarni
belgilash), e'tiborni ma'lumotlar bilan ishlash usullarini o‘zlashtirishga, yuklamalarni
guruhlarga ta
qsimlash, muammoni hal qilishga imkon beradi. Ko‘rib turganimizdek,
intellektual umumiy ta’lim ko‘nikmalarini egallash ustuvor hisoblanadi. Zamonaviy
ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga
oshirishga imkon beradigan yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy
etishdan iborat bo‘lib, shu orqali ta’lim sifatining samaradorligiga erishish imkoniyatlari
kenggaydi. Zamonaviy maktab o‘quvchilarning
hayotiy vaziyatlarda erkin harakatlanish,
jamiyatning faol a’zosi bo‘lish, o‘z tamoyillari va qarashlariga ega bo‘lish hamda ularni
himoya qila olish imkonini beradigan manba hisoblanadi. Barkamol shaxsni
tarbiyalashda va talim sifatini oshirishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvdan
foydalanish tamoyillarini amalga oshirish samaradorligi bevosita kompetensiyaga
asoslangan shaxsni faol shakllantiradigan tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli ham
umumta’lim maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro ahillik, do‘stona
munosabat, kirishuvchanlik, moslashuvchanlik -kompetensiyaviy yondashuv asosida
ta’lim jarayoni olib borilsa, ta’lim sifati samaradorligiga erishishga bir muncha
yaqinlashgan natijalarga ega bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“
O
‘
zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo
‘
yicha Harakatlar strategiyasi to
‘
g
‘
risida
”
gi
PQ
–
4947-sonli qarori.
2.
Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-maydagi PQ
–4708 sonli “Matematika
sohasidagi ta’lim sifatini
oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarori.
3.
MUROJAATNOMA 2022.
–
www.lex.uz.
4.
Published: 27 January 2020. World class: How to build a 21st-century school
system. By Andreas Schleicher. Organisation for Economic Co-operation and
Development (OECD), Paris, 2018, 296 pp. Strong Performers and Successful Reformers
in Education series. ISBN 978-92-64-29947-9 (pbk), ISBN 978-92-64-30000-2 (ePDF).
This book is also available in German, Spanish and Portuguese.
5.
Qoraev S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and
interoperability.
“
Education, Science and Innovation
”
, 2 (2), 45
–
50.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
85
6.
I.A. Zimnyaya. Shaxsning kompetentsiyasi
–
ta’lim natijasining yangi sifati //
Ta’lim sifati muammolari. –
2-kitob // XII Butunrossiya materiallari-uchrashuv.
–
M.; Ufa:
Mutaxassislarni tayyorlashda sifat muammolari tadqiqot markazi, 2003.
–
B. 4
–
13.
7.
M.I.
Maxmutov. Ta’limning kasbiy yo‘nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogik
nazariya va amaliyotda ta’lim tamoyillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to‘plami. –
Chelyabinsk, 1985.
–
S. 52
–
56.
8.
D.K. Chernilevskiy, O.K.
Filatov. Oliy ta’limda o‘qitish texnologiyasi: Darslik / Ed.
D.K. Chernilevskiy.
–
M.: Ekspeditor, 1996-yil.
9.
Barakaevich K.S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in
Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).
