Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of the lawyer
’
s participation in
proceedings at the highest instance in civil courts
Zarnigor BEBUTOVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2022
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2023
Available online
15 February 2023
This article analyzes the specific aspects of the lawyer's
participation in the higher courts, his tasks and obstacles that
the lawyer may face. Foreign experience in these issues is also
studied, and the question of applying its positive aspects to
national legislation is highlighted.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1/S-pp142-145
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
lawyer,
representative,
appeal,
cassation,
reopening of judicial acts
that have entered into legal
force upon discovery of new
facts, mandatory
participation of a lawyer,
lawyer
’
s fee.
Fuqarolik ishlari bo
‘
yicha sudlarda yuqori instansiyada
ish yuritishda advokat ishtirokining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
advokat,
vakil,
apellatsiya,
kassatsiya,
qonuniy kuchga kirgan sud
hujjatlarini yangi ochilgan
holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish,
advokatning majburiy
ishtiroki,
advokat gonorari.
Ushbu maqolada yuqori instansiya sudlarida advokat
ishtirokining o‘ziga xos jihatlari, uning vazifalari va advokat
duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar tahlil qilingan.
Shuningdek ushbu masalalarda xorijiy tajriba o‘rganilib, uning
ijobiy jihatlari milliy qonunchilikka tadbiq qilish masalasi
yoritilgan.
1
Teacher, Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law, Tashkent State University of Law.
Tashkent, Uzbekistan. E-mail: behbudovazarnigor@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
143
Значение участия адвоката в разбирательствах
в высшей инстанции в гражданских судах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адвокат,
представитель,
апелляционная,
кассационная,
пересмотр вступивших в
законную силу судебных
актов по вновь
открывшимся
обстоятельствам,
обязательное участие
адвоката,
гонорар адвоката.
В данной статье анализируются особенности участия
адвоката в судах высшей инстанции, его задачи и
препятствия, с которыми может столкнуться адвокат.
Также изучается зарубежный опыт в данной сфере, и
освещается вопрос применения его положительных сторон
к национальному законодательству.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra fuqarolar va
yuridik shaxslar sudda vakil orqali ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu huquq ularda
protsessning barcha bosqichlarida mavjud hisoblanadi. Agar fuqaro birinchi instansiyada
vakil olmagan bo‘lsa ham yuqori instansiyalarda vakil orqali yoki u bilan birga protse
ssda
ishtirok etishi mumkin.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan
faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin [1]. Advokatlarning yuqori instansiyalardagi
faoliyati tahlil qilinsa, ular faoliyati yuzasidan ayrim savollar yuzaga keladi:
Birinchi instansiyada advokat xizmatidan foydalangan shaxs yuqori instansiyada
ham uning xizmatidan foydalanmoqchi, xo‘sh advokat va ishonch bildiruvchi o‘rtasidagi
munosabat davom etaveradimi yoki advokat bilan yangi shartnoma tuzilishi kerakmi?
Birinchi instansiyada ishtirok etmagan advokat yuqori instansiyada ishtirok
etayotganda uning vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi, qanday huquq va majburiyatlarga
ega hisoblanadi?
Yuqori instansiyalarda advokat ishtirokini majburiyligini belgilash kerakmi?
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)
o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida
amalga oshiriladi. Yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan i
shonch bildiruvchi shaxs
(himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida
amalga oshiriladi [2]. Agar fuqarolar va yuridik shaxslar yuqori instansiyada ham advokat
xizmatidan foydalanishni xohlasa, u yuqoridagi bitimni yana advokat bilan tuzishi kerak
bo‘ladi. Advokat yuqori instansiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinmi? Albatta
ishonch bildiruvchi shaxs va advokat o‘rtasidagi munosabat fuqarolik huquqiy munosabat
bo‘lganligi bois birinchi instansiyada ishti
rok etgan advokat yuqori instansiyada ishtirok
etmasligi mumkin. Shuningdek, protsess ishtirokchilari birinchi instansiyada advokat
xizmatidan foydalanmagan bo‘lsa ham yuqori instansiyada advokat xizmatidan foydalanishi
mumkin. Ayrim xorijiy davlatlarda yuqori instansiyada advokat ishtiroki majburiy qilib
belgilangan. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
2-
bo‘limi 4
-bobi 78-paragrafida taraflarning advokat orqali majburiy vakillikni amalga
oshirish jarayoni belgilangan
bo‘lib, unga ko‘ra “Landgerichten”, ya’ni “yer” yoki mintaqaviy
sudlar va “Oberlandesgerichten”, yani yuqori (mintaqaviy) sudlarda taraflar advokat orqali
ishtirok etishi shart.
Agar mamlakatda “Sudlar Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
144
8-
qismi asosida Oliy mintaqaviy sud tashkil etilgan bo‘lsa, tomonlar ham bu yerda
advokat orqali ishtirok etishi shart. Federal sud oldida tomonlar Federal sud tomonidan
tasdiqlangan advokat orqali ishtirok etishi lozim [3].
Ushbu holatni Ozarbayjon qonunc
hiligi bilan tahlil qiladigan bo‘lsak, Ozarbayjon
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 67-
moddasi “Advokatning protsessda
majburiy ishtiroki” deb nomlanib, unga ko‘ra kassatsiya va qo‘shimcha kassatsiya
shikoyatlari, shuningdek, yangi ochilgan ho
latlar tufayli sud aktini qayta ko‘rib chiqish
to‘g‘risidagi arizalar faqat advokat tomonidan tuzilgan taqdirda sud ishlarini olib
borishga qabul qilinadi. Kassatsiya tartibida va qo‘shimcha kassatsiya tartibida ko‘rib
chiqishda, shuningdek, yangi ochilgan
holatlar yuzasidan sud aktini qayta ko‘rib
chiqishda ishda ishtirok etadigan shaxslar sud majlislarida faqat advokat bilan
qatnashishlari mumkin. Agar ishda ishtirok etayotgan shaxslarda ushbu Kodeksga
muvofiq advokat ishtirok etishi majburiy bo‘lgan hollarda advokat xizmatini to‘lash
uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, sud aktini chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan
shaxslarning yozma arizasi bilan advokatning protsessda ishtirok etishini taʼminlaydi [4].
Advokat agar birinchi instansiyada o‘zi ishtirok etm
agan ish yuzasidan yuqori
instansiyada bo`lsa ham yuqori instansiyada advokatishtirok etsa, ish bilan batafsil tashib
chiqishi lozim bo‘ladi. Buning uchun advokat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
protsessual kodeksining 40-
moddasida keltirilgan “ish materiallari bilan tanishish”
huquqidan foydalanishi mumkin. Chunki advokat vakil sifatida FPKning 39-moddasiga
ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanadi. Advokat ishning apellyatsiya
instansiyasida ko‘rilishi uchun tayyorlanayotganda FPKning 396
-moddasig
a ko‘ra ish
yuzasidan yangi dalillar yig‘ishi va sudga taqdim etishi mumkin, ammo FPKning
416-
moddasiga ko‘ra kassatsiyada bunday imkoniyatga ega emas.
Agar advokatga ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan ishonchnoma berilgan va
unda sud hujjatlari ustidan
shikoyat qilish huquqi bo‘lsa, advokat shikoyatni o‘zi
imzolashi mumkin va unga ishonchnomani ilova qilishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati bergan advokat (vakil) apellyatsiya instansiyasi sudi
maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgarti
rishga yoki undan voz
kechishga haqli. Bunday voz kechish qonunga zid bo‘lmasa yoki birovning huquqlari,
erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lmasa, sud uni qabul qilishi
mumkin. Ishonchnomada mazkur huquqlardan foydalanish ko
‘rsatilishi lozim [5, 133].
Yuqori instansiyada ish yuritishda advokat duch keladigan muammolardan biri
sudning apellyatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat
qilib bo‘lmasligidir. FPKning 400
-
moddasiga ko‘ra birinchi in
stansiya sudining ajrimi
ustidan ikki holatda apellyatsiya shikoyati berilishi mumkin:
1. Fuqarolik protsessual kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
2.
Sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda.
FPKning 388-moddasida apel
lyatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi
ajrim ustidan shikoyat berilishi mumkinligi yozilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-
sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi
instansiya sudining ajrimlar
i to‘g‘risida”gi qarorining 15
-bandida sudning hal qiluv
qaroridan alohida apellyatsiya yoxud kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin
bo‘lgan ajrimlar keltirilgan bo‘lib, ular orasida apellyatsiya shikoyatini harakatsiz
qoldirish to‘g‘risidagi ajrim
yo‘q [6]. Ushbu ro‘yxatda “apellyatsiya shikoyatini qaytarish
to‘g‘risida”gi ajrim keltirilgan, lekin amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksida bunday
ajrim mavjud emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
145
Apellatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qil
ish
bizga nega kerak? Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorida davlat boji masalasida
noto‘g‘ri qaror qabul qilingan holatda ushbu hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya
shikoyatiga biz da’vo arizasi berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foi
zi miqdorida davlat
boji to‘lashimiz kerak bo‘ladi [7] va apellatsiya shikoyati berilganda hal qiluv qarorida
keltirilgan davlat bojining 50% miqdorida to‘lanishi lozim, aks holda birinchi instansiya sudi
apellyatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish to‘g‘
risida ajrim chiqaradi. Mohiyatan nizo
aynan davlat bojining noto‘g‘ri hisoblanganligida bo‘lsa, davlat boji belgilangan miqdorda
to‘lanmaganligi sababli shikoyatni harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarish qanchalik
to‘g‘ri. Ushbu holatda protsess ishtirokchilari yoki advokat o‘zi to‘lashi noto‘g‘ri deb bilgan
davlat bojini to‘lab, yana shu masalada apellyatsiyada tortishishi kerak. Aks holda shikoyat
bergan shaxs shikoyat bergan hisoblanadi va uning ishi yuqori instansiyalarda ko‘rib
chiqilmaydi. Chunki yuqorida aytganimizdek, amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksida
apellyatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim mavjud bo‘lmaganligi sababli biz hech
qanday harakat qila olmaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasin
ing Fuqarolik protsessual Kodeksi. www.lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz
3.
Zivilprozessordnung der Bundesrepublik Deutschland // www.gesetze-im-internet.de
4.
Закон Республики Казахстан «Об адвокатской деятельности и юридической
помощи» // http://online.zakon.kz
5.
Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi.
–
Toshkent: TDYU, 2019.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019
-yil 25-oktabrdagi 19-sonli
“Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori. www.lex.uz
7.
O
‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘
g
‘
risida
”
gi Qonuni. www.lex.uz
8.
Doniyorbek, Davronov. "The Procedure and Grounds for Applying the Measure
of Compulsory Attendance." American Journal of Social and Humanitarian Research 3.7
(2022): 59
–
66.
9.
Esenbekova P., F. Ibratova, and D. Davronov.
“
Legal issues of electronic evidence
in the economic process
”
. Norwegian Journal of Development of the International Science
76-2 (2021): 20
–
24.
10.
Faxriddinovna, Bebutova Zarnigor.
“
There are cases where a lawyer should be
involved in civil proceedings: Legal analysis of foreign experience
”
. Web of Scientist:
International Scientific Research Journal 3.8 (2022): 555
–
558.
11.
Fakhriddinovna B.Z. The impact of family decisions on child psychology: legal
and artistic interpretation // Interdiscipline innovation and scientific research
conference.
–
2022.
–
Т
. 1.
–
№. 4. –
С
. 15
–
18.
12.
Бебутова
З
. Advokatning fuqarolik va iqtisodiy protsessdagi maqomi: huquqlar
va majburiyatlar //
Общество
и
инновации
.
–
2022.
–
Т
. 3.
–
№. 6/S. –
С
. 163
–
166.
13.
Сулаймонова
Н. Меҳнатга оид низоли ишларни судда кўришнинг
процессуал хусусиятлари
//
Международная конференция академических наук. –
2022.
–
Т. 1. –
№. 30. –
С. 17–
20.
14.
Doskalieva G.B., Abdusamiyeva D.A. Issues of re-socialization of the convicts
in some foreign countries // Thematics Journal of Law.
–
2022.
–
Т
. 6.
–
№. 1.
15.
Сулаймонова
Н.М. Судебные расходы в гражданском процессе:
сравнительный анализ россии и Узбекистана
//
Журнал правовых исследований
.
–
2019.
–
№. SPECIAL.
