Авторы

  • Зарнигор Бебутова
    Ташкентский Государственный Юридический Университет Гражданский процесс и хозяйственный процесс преподаватель юридического факультета Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp163-166

Ключевые слова:

представитель доверитель профессиональная этика доверенность

Аннотация

В данной статье анализируется деятельность адвоката как участника гражданского и экономического судопроизводства и объем его полномочий в этом процессе. Взаимодействие адвоката с доверенным лицом и другими субъектами гражданского и экономического судопроизводства имеет важное значение и требует отдельного исследования. Также существуют правила профессиональной этики, которым должны следовать юристы в своей деятельности, практическая значимость которых изучается в данной статье.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The status of a lawyer in civil and economic proceedings:
rights and obligations

Zarnigor BEBUTOVA

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2021
Received in revised form

28 May 2022

Accepted 20 June 2022

Available online

25 July 2022

This scientific article analyzes the activities of a lawyer as a

participant in civil and economic proceedings and the scope of

his powers in this process. The interaction of a lawyer with a
trustee and other subjects of civil and economic legal

proceedings is important and requires a separate study. There

are also rules of professional ethics that lawyers must follow in

their activities, the practical significance of which is studied in
this article.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp163-166

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

representative,

trustee,

professional ethics,

power of attorney.

Advokatning fuqarolik va iqtisodiy protsessdagi maqomi:
huquqlar va majburiyatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

vakil,

ishonch bildiruvchi shaxs,
kasb etikasi,

ishonchnoma.

Ushbu maqolada advokatning fuqarolik va iqtisodiy protsess

ishtirokchisi sifatidagi faoliyati va uning ushbu jarayondagi

vakolatlari doirasi tahlil qilinadi. Advokatning ishonch

bildiruvchi shaxs va boshqa fuqarolik va iqtisodiy protsess

subyektlari bilan o‘zaro munosabati muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, alohida tadqiq etishni tal

ab qiladi. Shuningdek,

advokatlar o‘z faoliyati davomida rioya qilishi lozim bo‘lgan

kasb, etika qoidalari mavjud bo‘lib, ushbu maqolada mana shu

mezonlarning amaliy ahamiyati o‘rganiladi.

1

Teacher of the Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law of Tashkent State Law University.

Tashkent, Uzbekistan. E-mail: behbudovazarnigor@gmail.com.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

164

Статус адвоката в гражданском и экономическом

процессе: права и обязанности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

представитель,
доверитель,
профессиональная этика,

доверенность.

В данной статье анализируется деятельность адвоката

как

участника

гражданского

и

экономического

судопроизводства и объем его полномочий в этом
процессе. Взаимодействие адвоката с доверенным лицом и

другими субъектами гражданского и экономического

судопроизводства имеет важное значение и требует

отдельного исследования. Также существуют правила
профессиональной этики, которым должны следовать
юристы в своей деятельности, практическая значимость

которых изучается в данной статье.


Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun advokatlar turli sudlarda turlicha

statuslarda ishtirok etishadi. Advokat jinoyat sudlarida himoyachi sifatida ishtirok etsa,
fuqarolik va iqtisodiy sudlarda vakil sifatida ishtirok etadi va u protsess ishtirokchisi

sifatida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual

kodekslarida belgilangan muayyan huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunida ham advokatning

huquqlari va vazifalari belgilangan.

Sudda o‘z huquqlarini advokat orqali himoya qilishni istagan yuridik va jismoniy

shaxslar advokat bilan shartnoma orqali munosabatga kirishadi, shu sababli sud
protsesslarida advokatning vakillligi shartnomaviy vakillik hisoblanadi.

Ishonch bildiruvchi shaxs, ya’ni da’vogar yoki javobgar o‘z huquqlari va qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma
bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil
sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin [1].

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun”ning 91

-

moddasiga ko‘ra, advokatlik faoliyati

advokat va ishonch bildiruvchi shaxs o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish
to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi [2]

. Ammo ushbu bitimining

tuzilishi advokat uchun sud protsesslarida ish yuritish huquqini bermaydi. Advokatga

advokatlik orderi va guvohnomasi kerak bo‘ladi.

Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va

advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa to‘siqlar vujudga keltirish

man etiladi [3].

Advokatga ishonchnoma qachon kerak boladi?

Protsessual normalarga ko‘ra, vakilning vakolatlari ish

onch bildiruvchi shaxs

tomonidan beriladigan ishonchnomada belgilanadi. Fuqarolik protsessual kodeksining
69-

moddasiga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan

to‘liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini

o‘zgartirish, miqdorini

ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi,

mediatsiya tartib-

taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv

tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa sha

xsga ishonib topshirish), sud

hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

165

etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat
beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko

‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Advokat

mana shu huquqlardan ishonchnomasiz foydalanolmaydi. Ammo advokat vakil sifatida
fuqarolik va iqtisodiy protsessual kodekslarda belgilangan ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning huquq va majburiyatlariga ega.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan

ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim

etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va
odil sudlovni

amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish,

iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud
muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini

bayon qilish, b

oshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, sabablariga qarshi e’tirozlar

bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining
majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir

bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. Chunki Fuqarolik protsessual

kodeksining 39-

moddasiga ko‘ra, vakil ishda ishtirok etuvchi shaxslar toifasiga kiritilgan.

Ammo Iqtisodiy protsessual kodeksining 41-moddasida vakil ishda ishtirok etuvchi
shaxslar toifasiga kiritilmagan [4].

Ushbu moddaga tegishlicha o‘zgartirish kiritish

maqsadga muvofiqdir.

Yana bir qonunchiligimizdagi nomuvofiqlik yuqorida ta’kidlangan Fuqarolik

kodeksining 39- va 69-

moddalarida mavjud. Ya’ni sud hujjatlari ustid

an shikoyat qilish

huquqi har ikkala moddada mavjud. Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, advokat

39-moddadagi huquqlardan ishonchnomasiz, 68-moddaning 2-qismida belgilangan
huquqlardan esa ishonchnoma orqali foydalanishi mumkin. Ushbu moddalarni ham

o‘zaro muvofiqlashtirish qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi normalardan tushunish mumkinki, advokat sudga ishonchnomasiz

iltimosnomalar taqdim etishi mumkin, ammo har qanday arizalar advokat tomonidan
imzolansa, unga ishonchnoma ilova qilinishi lozim.

Advokat rioya qilishi lozim bo‘lgan yana bir nechta qoidalar mavjud bo‘lib, ushbu

qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II konferensiyasining 2013

-yil

27-

sentabrdagi Qaroriga ilova tariqasida tasdiqlangan “Advokatning k

asb etikasi

qoidalari”dir. Ushbu qoidalarga ko‘ra, advokat o‘ziga murojaat qilgan shaxsga ishning
natijasi haqida oldindan asossiz vaʼdalar berishga va ishga boshqacha tarzda taʼsir
ko‘rsata olishi haqida kafolat berishga haqli emas.

Advokat ishni qabul qilayotganda

eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan yana bir jihat shuki, agar ushbu topshiriq ijrosi oldingi
topshiriq ijrosiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, advokat ushbu topshiriqni o‘z zimmasiga

olmasligi lozim.

Shuningdek, ish bo‘yicha ishtirok etish topshirig‘

ini tayinlash yoki bitim

(shartnoma) bo‘yicha qabul qilgan advokat ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya
ostidagi shaxsning) to‘lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, himoya qilishdan bosh tortishga

haqli emas hamda murojaat qilgan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi

shaxsning) ishi bo‘yicha sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini tayyorlash va uni

berish bosqichiga qadar himoyachi vazifalarini bajarishi kerak [5]. Ushbu qoidalar
advokatning jinoyat protsessidagi faoliyatiga oiddir. Fuqarolik va iqtisodiy protsessda
advokatga apellyatsiya shikoyatini tayyorlash va uni berish bosqichiga qadar vakillik

qilish majburiyati yuklatilmagan. Vaholanki, “Advokatlik faoliyati

ning kafolatlari va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

166

advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 4

-moddasida belgilangan

advokat ishonch bildiruvchi shaxsning (o‘z himoyasi ostidagi shaxsning) nuqtayi nazariga
ko‘ra, noqonuniy qaror chiqarilgan taqdirda, bu qaror ustidan qo

nunda belgilangan

tartibda shikoyat qilishi shartligi majburiyati nafaqat jinoyat protsessida, balki barcha
protsesslarda qayd etib

o‘

tilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.

www.lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1996

-yil 27-

dekabrdagi “Advokatura to‘g‘risida”gi

Qonuni. www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining 1998

-yil 25-

dekabrda qabul qilingan “Advokatlik

faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

www.lex.uz.

4.

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. www.lex.uz

.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013

-yil

27-

sentyabrdagi qaroriga ilova tariqasida tasdiqlangan “Advokatning kasb et

ikasi

Qoidalari”. https://nrm.uz

.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013-yil 27-sentyabrdagi qaroriga ilova tariqasida tasdiqlangan “Advokatning kasb etikasi Qoidalari”. https://nrm.uz.