Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Dissemination of false information in eco-journalism and
its solutions, problems, and solutions in the field of
ecology in our country
Khairiniso JURAEVA
1
, Yusufjon AZZAMOV
2
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2022
Received in revised form
15 January 2023
Accepted 25 February 2023
Available online
15 March 2023
In this scientific article, a special field of journalism in the
field of eco-journalism, disseminating false information, keeping
it, publishing information without verification, laws in the field
of eco-journalism, solutions for the restoration of the
environment in our country, the restoration of nature in the
online ecological community, the violation of the ecology
distributed on various sites and social networks, and the legal
solution of illegal information are considered. Also, while
reading the article, you will see that various punishments are
imposed for spreading false information, how important
environmental audit is in the violation of ecology, that there is a
legal punishment for false information given on the Internet,
and also that there are many programs related to ecology in our
country.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp105-109
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
eco-journalism,
environmental audit,
media,
false information,
eco-environment,
eco-destruction,
social networks,
Aral Sea tragedy.
Ekojurnalistikada soxta ma’lumot tarqatish va uning
yechimlari, ekologiya sohasida yurtimizda olib borilayotgan
ishlar yuzasidan muаmmo va yechimlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ekojurnalistika,
ekologik audit,
OAV,
yolg‘on axborot,
ekomuhit,
Ishbu ilmiy maqolada jurnalistikaning alohida sohasi
ekojurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumot tarqatish,
uni saqlash, axborotlarni tekshirmasdan ommaga e’lon qilish,
ekojurnalistika yo‘nalishi borasidagi qonunlar, yurtimizda atrof
-
muhitning tiklanishi uchun olib borilayotgan yechimlar, online
1
Student of international journalism, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
2
Scientific adviser. Senior Lecturer, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
106
ekobuzilish,
ijtimoiy tarmoqlar,
Orol fojiasi.
ekologik jamiyatda tabiatning tiklanishi, turli xil saytlarda va
ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ekologiyaning buzilishini
va noqonuniy axborotlarning qonuniy yechim topishi ko‘rib
chiqiladi. Shuningde
k, maqolani o‘qish davomida siz yolg‘on
axborot tarqatish orqali turli xil jazolarga tortilishi,
ekologiyaning buzilishida ekologik auditning qanchalik
muhimligi,
Internet
tarmoqlarda
berilayotgan
soxta
axborotning ham qonuniy jazosi borligi va yurtimizda juda
ko‘plab ekologiyaga oid dasturlar amalga oshirilayotganligi
haqida ma’lumoyga ega bo‘lasiz.
Распространение ложной информации в экожурналистике
и ее решение, проблемы и решения в области экологии
в нашей стране
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
экожурналистика,
экологический аудит,
СМИ,
ложная информация,
экосреда,
экодеструкция,
социальные сети,
Аральская трагедия
.
В данной научной статье рассматривается особое
направление
журналистики
–
экожурналистика.
Рассмотрены в этой области журналистики такие вопросы,
как распространение недостоверной информации, также на
различных сайтах и в социальных сетях, ее хранение,
публикация информации без проверки, законы в сфере
экожурналистики, решения по восстановлению окружающей
среды в нашей стране, восстановление природы в онлайн
-
экологическом сообществе, и правовое решение нелегальной
информации. Также, читая статью, вы увидите, что за
распространение недостоверной информации применяются
различные наказания, какое значение имеет экологический
аудит в экологических правонарушениях, что существует
юридическое
наказание
за
ложную
информацию,
предоставленную в Интернете, а также что
существует много
экологических программ в нашей стране.
KIRISH
Maʼlumki, yillar oʻtgan sari insoniyatning texnologiyalar sohasiga qiziqishi oshib
bormoqda. Insonlarning kundalik turmush yangiliklaridan boxabar qilib turuvchi gazeta,
jurnal yoki shunga o
ʻxshash bosma nashrlarga boʻlgan ehtiyoj kamayib bormoqda va
buning oqibatida ular yangi axborot olish uchun turli xil ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishga ko‘nikmoqdalar. Insonlar kundalik hayotini ijtimoiy tarmoqlardagi chatlar,
videolar, tanishuv saytlar
i va boshqa online muloqot bilan oʻtkazishni odat qildi. Ammo
hozirgi kunda Internet tarmoqlarida ekologiyaga oid turli xil muammolar
koʻrsatilmoqda
va bu muammolarning yechimi haligacha hal etilganini yo‘q. Xo‘sh, shu o‘rinda savol
tug‘iladi.
Internet asr
ida rivojlanib borayotgan turli xil saytlardan o‘zimiz bilgan yoki
bilmagan holda qay tarzda foydalanayapmiz? Bu saytlarda berilayotgan ekologik
maʼlumotlarni qay holda tushunayapmiz?
Bu o‘rinda turli ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchiga taqdim etilayotgan ij
timoiy
mahsulot yuzasidan va tarmoqdagi ekobuzilishlarning yoshlar ongiga berayotgan yomon
taʼsiri uchun Oʻzbekistonda ham qator qonunlar va cheklanishlar mavjud.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
107
Yolg‘on axborotning bizga yomon ta’siri shundaki, jamiyatda yoki boshqa
davlatlarda bo‘layotgan hodisalarning yolg‘on tarqalishi orqali o‘quvchining ongiga,
tasavvuriga yolg‘on xabar yetkazilishidadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Internet rivojlanayotgan jamiyatda insonlarning ko‘p qismi
axborotni gazeta
nashrlari orqali emas,
balki Internetdan olishga oʻrganganlar va bu xabarlarni o‘zi
bilmagan yoki bilgan holda yolg‘on tadqiq etishi va bu maʼlumotni oʻrganishi mumkin.
Yaqinda shuning guvohi bo‘ldimki, turli xil ijtimoiy tarmoqlarda faol obunachilarga ega
bir kishi o
‘z akkauntida yaqinda shu yurtni suv boshini va buning oqibatida aholiga
aziyat
yetkazilishini yozib o‘tgan. Buning oqibatida bu foydalanuvchining rasmiy sahifasiga
ulangan shu yerliklar
o‘sha voqea sodir bo‘ladigan
o‘z uylarini
tashlab ketishgan va shu
kuni egasiz uylarda o‘g ‘riliklar sodir etilgan.
Mana guvohi boʻldikki, ekojurnalistikaga oid yolgʻon maʼlumot ham kishiga
qanchalik koʻp aziyat yetkazadi.
Bunday Internet sahifalarida ham yolgʻon maʼlumotlar
tarqatganligi uchun tegishli qonunlar asosida javobgarlikka tortiladi.
Istiqlol yillarida respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan
qonunchilik bazasi eski ko‘rinishdan yangi ko‘rinishga sezilarli yaxshilangan holda qayta
tiklandi. Atrof-
muhitni asrashdagi maʼmuriy huquqbuzarlikka va
buyruqbozlikka
asoslangan boshqaruvdan tejamkor, ekologik va tabiiy usulda asrashdagi boshqaruv
tizimiga oʻtildi. “1992
-
yili O‘zbekiston tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning tabiiy
resurslaridan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab
beradi” [1]
. Bu qonunning asosiy maqsadi insonlarga atrof-
muhitga e’tiborda bo‘lishni,
sport komplekslarini qurishni va fuqarolarning qulay atrof-
muhitga ega bo‘lgan
inshootlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Shu bilan birga hozirgi kunda
atrof muhitning ifloslanishi jadal surʼatda oshib
bormoqda.
Buni tekshirish va doimo ekologiyani saqlash boʻyicha turli xil qonunlar ham
tuzilgan. Qonun boʻyicha tabiatning ifloslanmasligi doimo muhitga ta’sirining
ko‘paymasligi natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g ‘risidagi”
qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Qonunning 6-moddasida ekologik
auditning asosiy vazifalari berib o‘tiladi. Bu moddada
ekologik auditning tavsifi
quyidagicha beriladi.
“6
-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari Ekologik auditning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
–
ekologik audit sub’yekti xo‘jalik va boshqa faoliyatining ekologik jihatlari
to‘g‘risidagi ishonchli axborotni to‘plash;
–
ekologik audit sub’yektining xo‘jalik va boshqa faoli
yati texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga
muvofiqligini aniqlash;
–
ekologik audit sub’yekti faoliyati
ning atrof-
muhit holatiga ta’sirini baholash;
–
ekologik audit sub’yekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza
qilishga oid tadbirlarning samaradorligini baholash;
–
atrof-
muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga
kelishi xavfini kamaytirish;
–
atrof-muhitni boshqarish tizimining samaradorligini baholash;
–
ekologik audit xulosasini tuzish, ekologik audit sub’yekti tomonidan amalga
oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga,
shuningdek, atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar
ishlab chiqish” [2]
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
108
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Demak, asosiy tushuncha boʻlgan ekologik audit oʻzi nima degani va bu
qonunlarning ekologiyaga qanday daxli bor?
Ekologik audit
–
ekologiyaning sub’yekti bo‘lib, amalga oshiriladigan, olib
boriladigan ishlarning faoliyatini texnik tarafdan normativ hujjatlar hamda ekologik
baholashni anglatadi. Ekologik auditga oid moddalarni ishlab chiqish atrof-muhitning
tiklanishi, rivojlanishi, kelgusida olib boriladigan ishlarda ham deboncha vazifasini
o‘tashga
yordam beradi. Yuqorida aytganimizdek, hozirgi kunda tabiatga boʻlgan
munosabat juda yomon tomonga qarab ketgan. Bunga o‘rmonlarning
kesilib, yoʻqolishini,
Orol fojiasi, qurolg‘oqchilik, qattiq sovuq boʻlganidan ham tabiatga va insonlarga
yetadigan zararlarning oshishi bunga aniq misoldir. Jumladan, Orolning quriganidan
so‘ng uning ostiga cho‘kkan quruq tuzlar Oʻzbekistonning ham baʼzi viloyatlariga kirib
kelmoqda. Bunga Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi tumanlariga yetib borgani
uchun va bunday yetkazilayotgan ziyonlar tufayli hozirgi kunda o‘sha yerlik mahalliy
aholining ko‘p qismida soch, tish, qoshlarning to‘kilishi juda ko’p uchramoqda.
Ko‘plab tog‘oldi va tog‘li joylarda daraxt kesishi yoki qor ko‘chishi
haqida ham
insonlar ekoyordamchilarga yoki shu yo‘nalish bo‘yicha ishlaydigan ekoxodimlarga e’lon
berishadi. Buning uchun kishiga ekologiya yordam uchun hech qanday qobiliyat
kerakmas.
Istalgan kishi ekologiya uchun ko‘mak
lasha oladi. Demak, ekojurnalistika bu
borada nima uchun kerak, deyilganda jurnalistlarning vazifasi insonlarga bugungi
axborot texnologiyalari rivojlangan davrda ekologiyaning oqibatlarini yetkazishdir.
Bugungi kunda yuqorida aytilganidek ekojurnalistika
yo‘nalishi borasida olib
borilayotgan ishlar ko‘p emas. Bu borada 1990
-
yillar boshlarida O‘zbekistonda ham
qiziqishlar boshlandi. “Ekologik mavzuda Internet nashrlarda e’lon qilinayotgan
materiallar tili va uslubini yaxshilash, bir qolipdagi va stereotipga aylanib qolgan
fikrlardan qochish, ortiqcha hayajondan, noto‘g ‘ri fikrlardan qutulish, xato izohlardan,
sharhlardan, statistika va raqamlardan to‘g‘ri foydalanish zarurati muhim masalalardan
biri hisoblanadi” [3]
.
Bu o‘rinda har bir jurnalist uchun yetka
zilayotgan mahsulotning
(ommaviy axborot vositalari orqali yetkazmoqchi bo‘lgan media ishlari) tinglovchiga
yetkazish uchun kasbiy ko‘nikmalar, ya’ni chiroyli tarzda bayon etish, xolislik va
ob’yektivlik, qiziquvchanlik, qat’iyat va insoniylik prinsiplariga asoslanib to‘g‘ri tahlil qila
olishi kerak. Bu o‘rinda jurnalist atrof
-
muhitga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishi kerak.
Bunda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar oldida “voqea va hodisalarni tahlil
qilish, dolzarb ijtimoiy muammolarni ko‘tari
b chiqish va ularning yechimlarini taklif
etish borasida keng imkoniyatlar” ochildi [4]
. Aytishimiz mumkinki, ekojurnalistika
jurnalistikaning bir yo‘nalishi bo’lgan holda o‘ziga xos bir qancha jihatlarga tayanadi.
“Ushbu yechim bir nechta jihatlarga taya
nadi: ekologiya sohasiga oid axborotlarni olish,
soha ekspertlari va mutaxassislari bilan uchrashish, ekologik muammolar mavjud bo‘lgan
hududlar, uchastkalar va ob’yektlarni borib ko‘rish”
[5]. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev
tomonidan
“2019
-yil 30-oktabrdan 2030-
yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston
Respublikasining atrof-
muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
farmon imzolandidi [6].
Shu farmon doirasida olib borilayotgan ishlar juda ko‘p. Xususan,
O‘zbekiston J
urnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti Internet jurnalistikasi
fakulteti o‘quv dasturlariga “ekojurnalistika” fani kiritildi. Jumladan, shu o‘rinda
O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlari uchun ekojurnalist bo‘lib ishlash borasida
tushunchalar
berib o‘tilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
109
Shuningdek, O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi tomonidan tadiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunini hayotga tatbiq
etish bo‘yicha chora
-
tadbirlar Dasturi”ga muvofiq Ekoharakat qator hamkor
tashkilotlar
bilan birgalikda “Jamoatchilik ekologik nazorati to‘g‘risida Nizom”,
“Ekologik nazorat
jamoatchi inspektori to‘g‘risida Nizom” va NNT uchun “Jamoatchilik ekologik nazorati”
mavzuida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqdi [7].
XULOSA
Ekologik mavzuda
gi materiallarni to‘g‘ri, xolis tarqatish maqsadga muvofiqdir, deb
hisoblaymiz. Bugungi kunda jurnalistika yo‘nalishi doirasida ekojurnalistika yo‘nalishini
ham kengaytirish orqali tabiat, atrof-
muhitning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka,
rivojlanib borayotgan bugungi kunimizda tabiatning asrab qolinishini ommaviy axborot
vositalari orqali yoritish orqali erishilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
N.
Qosimova. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari barqaror rivojlanish
manfaatlari
yo‘lidagi ta’lim sohasida hamkor sifatida (o‘quv qo‘llanma).
2.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ekologik
audit
to‘g‘risida”gi
Qonuni.
https://lex.uz/ru/docs/-5331133
3.
N.
Qosimova. “O‘zbekistonda ekologiya yo‘nalishidagi online jurnalistikaning
rivojlanishi muamm
o va yechimlar”.
4.
Коханова
Л.А. Экологическая журналистика, PR и реклама: учеб.пособие
для студентов вузов / Под ред. Я.Н.
Засурского. М.: ЮНИТИ
-
ДАНА, 2007.
–
С.
121.
5.
Джангиров
М. Развитие экологической журналистики в Узбекистане
способствует распространению знаний. http://www.cac
-program.org (http://www.cac-
program.org/)
6.
N.
Qosimova. “Aholini ekologik xavflardan OAV orqali ogoh etish –
muhim va
dolzarb vazifa”.
7.
O‘zbekiston ekologik harakatining 2014
-yil va 2015-yil birinchi yarim yillik
yakunlariga bag‘ish
langan hisoboti. 2015-09-11.
8.
Kizi, I.Y.N. Organization of Modular Training in Education.
9.
Yusufjon A. (2022). Gluttonic (Gastronomic) Discourse: Classification Of
Gastronomic Terms And Their Difficulties In Translation. Journal of Positive School
Psychology, 6(9), 2040-2046.
10.
Azzamov Y.R., & Mamatqulov M.O.O. (2022). Koreys tilida sifat so
‘
z turkumi.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue
24), 264
–
267.
11.
Khodjieva Z. (2021). Language planning and objectives. Emergent: Journal of
Educational Discoveries and Lifelong Learning, 2(5), 1-6.
12.
Ugli, A.Y.R. (2021). Gastronomic discourse: linguoculturological and translation
aspects. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 62-66.
