Авторы

  • Равияжан Нураддинова
    Докторант, Ургенчский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp126-131

Ключевые слова:

творчество область программа компетентность деятельность личностно-ориентированный подхо воспитание и обучение педагог игра развивающая среда

Аннотация

В данной статье аналитически и сравнительно описаны подходы к понятию творчества, рассмотрены роль игры в развитии творческой активности дошкольников, возможности развития на основе компетентностного подхода. Основное внимание уделяется развитию отношения детей дошкольного возраста к игре и развитию активности на основе игры.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of the game in developing creative activity
in preschool children

Raviyajan NURADDINOVA

1


Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2022

Received in revised form

15 January 2023
Accepted 25 February 2023

Available online

15 March 2023

In this article, the approaches to the concept of creativity, the

role of the game in the development of creative activity in

preschool children, and the possibilities of development based

on the competence approach were analytically and

comparatively described. It focuses on the development of
preschool children's attitude to the game and activity based on

the game.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp126-131

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

creativity,

field,

program,

competence,

activity,

person-oriented approach,
education and upbringing,
pedagogue,

developmental environment,
game.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ faollikni

rivojlantirishda o‘yinning roli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kreativlik,

soha,

dastur,

kompetensiya,

faollik,

shaxsga yo‘naltirilgan

yondashuv,

ta’lim va tarbiya,

pedagog,

rivojlantiruvchi muhit,

o‘yin.

Mazkur maqolada kreativlik tushunchasi haqidagi qarashlar,

maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ faollikni rivojlantirishda

o‘yinning roli va kompetensiyaviy yondashuv asosida

rivojlantirish imkoniyatlari tahliliy va qiyosiy bayon etildi. Unda

maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinga bo‘lgan munosabati va

o‘yin asosida faollikni rivojlantirish o‘rganilgan.

1

Doctoral student, Urgench State University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

127

Роль игры в развитии творческой активности

дошкольников

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

творчество,

область,

программа,

компетентность,

деятельность,

личностно

-

ориентированный подход,

воспитание и обучение,

педагог,

развивающая среда,

игра.

В данной статье аналитически и сравнительно описаны

подходы к понятию творчества, рассмотрены роль игры в

развитии

творческой

активности

дошкольников,

возможности

развития на основе компетентностного

подхода. Основное внимание уделяется развитию

отношения детей дошкольного возраста к игре и развитию

активности на основе игры.

KIRISH

Bugungi kunda kreativlik tushunchasida turli xil yondashuvlarga guvoh

bo‘lyapmmiz.

“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma

-

xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun

kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik,

qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-

mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni

qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993-y.: Shternberg, 1985-y.). Sharqliklar esa aksincha,

kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar [1].

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalaridan kutilayotg

an

natijalarni, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari tomonidan davlat

o‘quv dasturini amalga oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning

xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagibolalarga ta’lim berish va rivojlantirish

dagi

yondashuvlarni tavsiflaydi [2].

O‘YIN ORQALI TA’LIM OLISH VA RIVOJLANTIRISH

O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda muhim yondashuvdir. O‘yin

quvonch keltiradi va bolalarni rag‘batlantiradi, ularga yangi ko‘nikma va bilimlarni

o‘rganishga, o‘zini va atrofidagi dunyoni bilishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim bolaning

o‘yin huquqini tan oladi, o‘yinning bola uchun muhimligini va uning individual rivojlanishi,

ta’lim olishi va farovonligiga ko‘maklashishdagi pedagogik imkoniyatlarini tan ol

adi [3].

Davlat o‘quv dasturida bolaning o‘yin o‘ynash huquqi tan olinadi, o‘yinning bola

uchun ahamiyati, uning pedagogik imkoniyatlari ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil

etishda inobatga olinadi.

1-rasm


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

128

O‘yin maktabgacha yoshda yetakchi faoliyatdir. O‘yin orqali ta’lim olish bolalarni

ta’lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O‘yin –

bu bolani o‘zini va

atrofidagi dunyoni o‘rganishga undashning tabiiy usuli. O‘yin bolaning shaxsiyati, uning

bilish, ijtimoiy-hissiy, ijodi

y va jismoniy jihatlarini rivojlantiradi. O‘yinda bolalarning

tengdoshlari va pedagogi bilan o‘zaro munosabati nutq va ijtimoiy ko‘nikmalarni

rivojlantirishga yordam beradi, uning motorikasi takomillashib boradi.

2-rasm

O‘yin boshqa bolalar bilan hamkorlikda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi, ularga

tavakkal qilish, xato qilish va qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi. Va, eng muhimi,

o‘yin ta’lim olishni quvonchli qiladi, bolalarning tasavvurini

va ijodkorligini rivojlantiradi.

O‘yin

har

xil bo‘lishi mumkin –

bolaning yoki bolalar guruhining tashabbusi bilan

to‘laligicha erkin, pedagogning minimal

yoki to‘liq ishtirokisiz

pedagog tomonidan

tashkil etilgan va uning ko‘rsatmalari yordamida amalga oshiriladi. Erkin o‘yinning

ahamiyatini tu

shunish va e’tirof etish bilan birga, uyushgan o‘yinda pedagogning hal

qiluvchi rolini ham tan olish kerak.

Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘yin o‘ynash imkoniyatini ta’minlashi kerak,

rivojlantiruvchi muhit esa o‘yin o‘ynash imkoniyatiga hissa qo‘shishi kerak. O‘yin uchun
sharoit yaratish, ya’i bolalarni yetarli vaqt, joy, qo‘llab

-quvvatlovchi resurslar va

o‘yinchoqlar bilan ta’minlash juda muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar bolalar o‘yiniga

yordam berishlari lozim bo‘ladi. Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o‘rni

quyidagilar bilan ifodalanadi:

bolalar o‘yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar).

Pedagog o‘yin

maydonchasini tayyorlaydi, bolaning yoshi, qiziqishlari, qobiliyati va madaniyatiga mos

keladigan rag‘batlantiruvchi o‘yin resurslari bilan ta’minlaydi. Pedagog xavfsizlik
talablariga rioya qilgan holda xona ichida va tashqarisida ham o‘yin uchun imkoniyatlar

yaratadi;

bolalar o‘yinini rivojlantirish.

Pedagog bolalarga o‘yin orqali o‘rganish

va

rivojlanishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. Pedagog bolalarga o‘yin holatiga kirishga va
yoki o‘ynashni davom ettirishga yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantiradi.

U bolalarning individual xususiyatlari, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va rivojlanish

ehtiyojlarini kuzatish asosida o‘yinni rejalashtiradi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

129

bolalarning o‘yinda o‘zaro munosabatda bo‘lishiga yordam berish.

Bolalarni o‘yinda kuzatish pedagogga bolaning boshqa bolalar bilan qanday

o‘ynashini, bola o‘yinda qanday ko‘nikma va malakalarni namoyon etishini, o‘yin orqali
qanday ko‘nikmalarni rivojlantirish kerakligini anglashga yordam beradi. Pedagog
o‘yinga qo‘shilib, bolaning ta’lim olishini, uning tasvirlash, tushuntirish, asoslashi, tegishli
tilni qo‘llash qobiliyatini, shuningdek, ijo

biy xulq-

atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga

ko‘maklashadi;

bolalarga o‘zlarini va qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berish.

Pedagog rejalashtirishda bolaning o‘z g‘oyasi asosida yoki uning tashabbusi bilan

o‘ynash uchun yetarli vaqt

ajratadi, bunda bolalar shoshmasdan va kattalar tomonidan

to‘xtatilishidan qo‘rqmasdan o‘ynashlari mumkin. Bolalarga erkin o‘yin uchun vaqt va
kattalarning faol aralashuvisiz o‘zlarini va qobiliyatlarini ifoda etish imkoniyati beriladi [4].

Tarbiyachi o‘yi

n yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini

amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur. Bu vazifani hal
etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’lim

-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan

bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari
aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o‘rgatiladi. Ikkinchi tomondan,
o‘yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko‘chiriladi. Bolalarning

narsalar,

ularni sifati to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlash uchun har xil o‘yinchoqlar,

suratlar, uy-

ro‘zg‘or buyumlaridan foydalaniladi.

3-rasm

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash,

musobaqalashish, raqobat

shaklida namoyon bo‘ladi. O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni
rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va
unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar. Tadqiqotchila

r nazariy aspektda

o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar. O‘yin faoliyat sifatida

maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni

qamrab oladi va bunda shaxs sub’yekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari,
shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini
qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o‘yin tuzil

masi (G.K.

Selevko ta’biricha)

quyidagilarni qamrab oladi:

o‘ynash uchun olingan rollar;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

130

bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;

predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;

o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;

o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet

ijro sohasi.

O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda

o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O‘yin bilish

va uning bir

qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli
maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va
ijtimoiylashuv maqsadlarida qo‘llaniladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Chet el pedagog olimlaridan P.F. Lesgaft, K.D.

Ushinskiy tomonidan o‘yin nazariyasi

ishlab chiqilgan. Ushinskiy bolalar faoliyatida o‘yinning mehnat jarayoni asosida paydo
bo‘lganligini va uni yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o‘yinn

ing bola

shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini asoslab berdi. U “bolalar o‘yinlari ko‘p asrlik
tarixga ega. Insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va
shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan” –

d

eb ta’kidlaydi.

Bundan tashqari A.S. Makarenko, D.B. Elkonin, N.L. Figurin, E.A.

Arkinlarning g‘oyalari

hozirgi zamon bolalar o‘yinlar nazariyasi uchun asos bo‘lib kelgan. Buyuk psixolog
D.V.Elkonin o‘yinning kelib chiqishiga oid yangi g‘oyani ilgari surad

i. Jamiyatning

dastlabki taraqqiyotidayoq bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishlari,

bolalarni mehnat qilishlari uchun qulay o‘yinchoq

-mehnat qurollari ishlab chiqilgan [6].

TAHLIL VA NATIJALAR

Yuqorida

ta’kidlanganidek,

maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

faollikni

rivojlantirishda o‘yinning roli qanday ahamiyatga ega ekanligi masalasi ko‘plab olimlar
va pedagoglar tomonidan o‘rganilgan va bir qator metodik qoʻllanma va risolalar ham

chop qilingan. Masalan, Montessori, A.S. Makarenko, D.B. Elkonin, N.L. Figurin,
E.A. Arkinlarning ilmiy ishlari shular jumlasidandir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda MTTlarda o‘yinli ta’lim ishlarini kreativ

tashkil qilish, ta’lim natijasini shaxsiy faoliyat mas’uliga, bola shaxsini esa ta’limning
harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish koʻp jihatdan ta’limni kreativ tashkil etishga
bogʻliq. O‘yin asosida kreativ faollikni tashkil etish natijasi oʻlaroq ta’lim sub’yektlarida
ikki qator oʻzgarish yuz beradi: tar

biyachida faollikni oshiruvchi pedagogik mahorat

takomillashadi, bolalarda o‘yin asosida kreativlik qobiliyatlari rivojlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

N.M. Quchqorova Pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativlik. Darslik.

“BOOKMANY PRINT”,

Toshkent

2022. 58-bet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv

dasturi / Takomillashtirilgan ikkinchi nashr / II-bob

// 2.2. MTTda ta’lim va tarbiya

jarayonini tashkil etish tamoyillari.

Т

oshkent

2022.

11-bet.

3.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv

dasturi / Takomillashtirilgan ikkinchi nashr / IV-bob // Maktabgacha yoshdagi bolaning

rivojlanishida o‘yinning roli va maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya

jarayonida ahamiyati.

Т

oshkent

2022. 20-bet.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

131

4.

N.M. Quchqorova, R.S.

Nuraddinova. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi namunasida

o‘tkaziladigan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. “BOOKMANY PRINT”,

Toshkent

2022. 75-bet.

5.

N.M. Quchqorova,

N.P. Allaberganova,

R.I. Ismayilova,

N.B. Otanazarova.

Maktabgacha pedagogika.

Darslik. “BOOKMANY PRINT”,

Toshkent

2023. 102-bet.

6.

www.ziyonet.uz.

Библиографические ссылки

N.M.Quchqorova Pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativlik. Darslik.. “BOOKMANY PRINT”, TOSHKENT-2022., 58-bet.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr /II-bob// 2.2. MTTda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari. Тoshkent -2022.-11-bet

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr /IV-bob// Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o‘yinning roli va maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayonida ahamiyati. Тoshkent-2022. 20-bet.

N.M. Quchqorova, R.S. Nuraddinova. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi namunasida o‘tkaziladigan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. “BOOKMANY PRINT”, TOSHKENT-2022. 75-bet

N.M. Quchqorova, N.P. Allaberganova, R.I.Ismayilova, N.B.Otanazarova. Maktabgacha pedagogika.Darslik. “BOOKMANY PRINT”, TOSHKENT-2023. 102-bet.

www.ziyonet.uz.