Авторы

  • Кундуз Розимова
    Доктор философии по юридическим наукам (PhD), доцент, кафедра уголовного права, криминологии и противодействия коррупции, Ташкентский государственный юридический университет
  • Дильбар Шарипова
    Студент, факультет уголовной юстиции, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp275-279

Ключевые слова:

Закон о внесении изменений и дополнений в Уголовный и Уголовно-процессуальный кодексы Республики Узбекистан мировое соглашение тяжкие и особо тяжкие преступления ходатайство меры медицинского или принудительного характера

Аннотация

Одним из мероприятий по демократизации и либерализации судебной системы в нашей стране за последние годы стало внесение в Уголовный кодекс статьи 572. Заключение соглашения о признании вины и назначении наказания в случаях, когда соглашение заключено, нашли отражение в уголовном законодательстве многих стран. В статье акцентируется внимание на порядке назначения наказания за преступления, по которым заключено соглашение о признании вины, и его особенностях.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Certain aspects of sentencing for crimes for which a plea
agreement was concluded in the criminal law of the
Republic of Uzbekistan

Kunduz ROZIMOVA

1

, Dilbar SHARIPOVA

2


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2023

Received in revised form

15 January 2023
Accepted 25 February 2023

Available online

15 March 2023

In recent years, one of the things done to democratize and

liberalize the judicial system in our country was the addition of

Article 572 to the Criminal Code. The conclusion of an

agreement on the admission of guilt and the imposition of

punishment in cases where an agreement has been concluded
are reflected in the criminal legislation of many countries. The

article focuses on the order of sentencing for crimes for which a

plea agreement was concluded and its special features.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp275-279

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)





Keywords:

Law on amendments and
additions to the Criminal
and Criminal Procedure
Codes of the Republic of

Uzbekistan,
plea agreement,
serious and extremely

serious crimes,
petition,
medical or coercive

measures

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida aybga iqrorlik
to‘g‘risidagi kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo

tayinlashning ayrim jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

O‘zbekiston

Respublikasining Jinoyat va
Jinoyat-protsessual
kodek

slariga o‘zgartirish va

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud

-huquq tizimini

demokratlashtirish va liberallashtirish borasida qilingan
ishlardan biri Jinoyat kodeksiga 572-

moddaning qo‘shilishi

bo‘ldi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha

1

Doctor of Philosophy in Legal Sciences (PhD), Associate Professor, Department of Criminal Law, Criminology and

Combating Corruption, Tashkent State University of Law. E-mail: q.rozimova@gmail.ru

2

Student, Criminal Justice faculty, Tashkent State University of Law. E-mail: dilbarsharipova013@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

276

qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risidagi qonun,

aybga iqrorlik

to‘g‘risidagi kelishuv,

og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar,

iltimosnoma,

tibbiy yo‘sindagi majburlov

choralari.

jazo tayinlashning huquqiy asosi Jinoyat kodeksi va Jinoyat

protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi. Aybga iqrorlik

to‘g‘risida kelishuv tuzish va kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha

jazo tayinlash ko‘pgina mamlakatlarning jinoyat qo

nunchiligida

o‘z ifodasini topgan. Maqolada aybga iqrorlik to‘g‘risida

kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlashning tartibiga
hamda uning alohida xususiyatlariga to‘xtalib o‘tilgan.

Некоторые аспекты

назначения наказания

за

преступления, по которым заключено соглашение о

признании вины, в уголовном законодательстве
Республики Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Закон о внесении
изменений и дополнений
в Уголовный и Уголовно

-

процессуальный кодексы
Республики Узбекистан,
мировое соглашение,

тяжкие и особо тяжкие
преступления,
ходатайство,

меры медицинского

или принудительного
характера

.

Одним из мероприятий по демократизации и

либерализации судебной системы в нашей стране за

последние годы стало внесение в Уголовный кодекс статьи

572. Заключение соглашения о признании вины и
назначении наказания в случаях, когда соглашение

заключено,

нашли

отражение

в

уголовном

законодательстве многих стран. В статье акцентируется

внимание на порядке назначения наказания за
преступления, по которым заключено соглашение о

признании вины, и его особенностях.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sud

-huquq tizimini demokratlashtirish va

erkinlashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, fuqarolar huquqlari, erkinliklari

va qonuniy manfaatlarini

himoya qilish borasida keng ko‘lamli chora

-tadbirlar amalga

oshirildi.

Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida shuni aytishimiz mumkinki, 2021

-yil 18-fevralda

qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat

-protsessual kodekslariga

o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan mamlakatimizda jinoyat

ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilindi. Mazkur Qonun bilan

Jinoyat kodeksiga 572-

modda “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar

bo‘yicha jazo tayinlash” to‘g ‘risida qo’shimcha kiritildi. Unga ko‘ra: “Aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki
miqdori Jinoyat Kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p

jazon

ing yarmidan oshmasligi kerak” .

Jinoyat protsessual kodeksi 5861-

moddasiga muvofiq, “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi

kelishuv-

bu, jinoyat ishini yuritishda o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi

bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan

hamda keltirilgan zararni bartaraf

etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat

qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir
jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuvdir”

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

277

M.H. Ru

stambayev fikriga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv ayrim shartlar

mavjud bo‘lgan taqdirdagina tuziladi. Bular:

1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarini mohiyatini hamda o‘zi bergan

iltimosnomasining oqibatini anglab yetganida;

2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki ishda ishtirok etayotgan

himoyachi bilan maslahatlashuvlar natijasida berilgan bo‘lsa;

3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organlari tomonidan

qo‘yilgan ayblovni, mavjud dalillarni, shuningd

ek, yetkazilgan zararni miqdorini inkor

etmasa hamda uni to‘liq bartaraf etgan bo‘lsa;

N.Nabiyev fikriga ko‘ra, agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida

bir necha shaxs jalb etilgan bo‘lsa, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv har bir gu

mon

qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi .

E’tiborli jihati shundaki, ayblanuvchi, gumonlanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi

kelishuvni tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruv va tergovning istalgan bosqichida
berishi mumkin. Jinoyat q

onunchiligiga muvofiq, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni 4

toifa shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Ular:

ishni yuritayotgan prokuror tomonidan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchining himoyachisi;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchining qonuniy vakili tomonidan (agar ishda

qatnashayotgan bo‘lsa);

Kelishuv imzolanishidan oldin gumonlanuvchi, ayblanuvchi kelishuvni imzolash

masalasini hamda uning oqibatlarini himoyachisi bilan holi qolgan holda, maxfiy ravishda
gaplashib olish huquqiga ega.

E.Turg‘unboyev fikriga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik

to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki

tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin .

Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki dastlabki tergovda

qo‘yilgan ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga
ko‘maklashishi, jinoyat natijasida olingan mol

-mulkning topilishi uchun qaysi

harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim
etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf

etilganligini ko‘rsatib o‘tishi kerak. Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun

ko‘maklashadigan muayyan harakatlar ham ko‘rsatilishi mumkin.

Qolaversa, JPK 5863-

moddasi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi

iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan. Aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan

surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik

to‘g‘risida kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan paytdan e’tiboran yigirma
to‘rt s

oat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun

prokurorga yuboradi. Prokuror kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani u kelib
tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda

gumo

n qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko‘rib chiqadi va ushbu

Kodeksning 5861-

moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi . Zarur


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

278

hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish

masala

sini ko‘rib chiqish uchun jalb qiladi .

Jinoyat protsessual kodeksining 5861-moddasining 2-qismida aybga iqrorlik

to‘g‘risidagi kelishuv tuzilmaydigan holatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

JPKning 61-

bobida belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini

qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lganda;

Shaxs tomonidan bir nechta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ulardan loaqal bittasi JK

572-

moddada belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa

;

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvga doir ishlar umumiy tartibda, jinoyat ishi

kelishuvi bilan birga sudga kelib tushganidan e’tiboran sud 1 oydan kechiktirmay ko‘rib

chiqishi shart.

Jinoyat protsessual kodeksi 5868-moddasiga asosan, sud aybga iqrorlik

to‘g‘risidagi prokuror qarorini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

Kelishuvni tasdiqlash to‘g‘risida;

Kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga qayta yuborish haqida;

Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha jazo tayinlashda xorijiy

davlatlar tajribasini o‘rganadigan bo‘lsak, Rossiya Federatsiyasida hamda O‘rta Osiyo

mamlakatlarida bu norma deyarli bir xil tarzda tartibga solingan. Rossiya Federatsiyasi

qonuchiligida aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv “protsessual kelishuv” deb yuritiladi

hamda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasiga binoan,

ayblanuvchi davlat yoki prokuror tomonidan o‘ziga qo‘yilgan ayblovga roziligini bildiradi

hamda ariza berishi mumkin .

Ammo Yevropa davlatlarida bu norma bir muncha farqli ravishda tartibga

solingan. Buni Buyuk Britaniya qonunchiligida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Aybga iqrorlik
Buyuk Britaniya jinoyat protsessining an’anaviy va muhim elementi hisoblanadi. So‘nggi

yillarda Buyuk Britaniy

a sudlarida ayblanuvchilarning aybiga iqror bo‘lish foizi

kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsada, ayblanuvchilarning ko‘pchiligi buni davom

ettirmoqda va odatda aybni oldindan tan olish britan sudyalarining jazo muddatini 20-30
foizga qisqartirishga olib kelmoqda .

Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, odilona va

asosli jazo tayinlash hamda jinoyatga, jinoyat sodir etgan shaxsga adolatli baho bera olish

orqaligina jazodan ko‘zlangan maqsadlarga erishishimiz mumkin. Shu ma’noda, jino

yat

qonunchiligimizdagi yangi o‘zgarish jazoni liberallashtirish sohasida yangi muhim qadam
hamda jahon satandartlariga mos o‘zgarish bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi( www.lex.uz)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi (www.lex.uz)

3.

Rustambayev M.X. Jinoyat huquqi. Darslik-Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019-B

546-547

4.

www.Aniq.uz Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv haqida nimalarn

i bilamiz?

5.

E.Turg‘unboyev

-

Aybga iqroqlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha jazo

tayinlashning alohida jihatlari

6.

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684

7.

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

279

8.

Rustambayev M.X. Jinoyat kodeksiga sharh.Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021-B

547

9.

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684

10.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi 2021-yil 18-dekabrdagi 174-

FZ-son

11.

Buyuk Britaniya-Jinoyat va protsessual tergov to'g'risidagi qonunning 49-

bo'limi

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi( www.lex.uz)

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi (www.lex.uz)

Rustambayev M.X. Jinoyat huquqi. Darslik-Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019-B 546-547

www.Aniq.uz Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv haqida nimalarni bilamiz?

E.Turg‘unboyev-Aybga iqroqlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha jazo tayinlashning alohida jihatlari

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684

Rustambayev M.X. Jinoyat kodeksiga sharh.Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021-B 547

Jinoyat protsessual kodeksi.Toshkent: Adolat nashriyoti, 2021-B 684

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi 2021-yil 18-dekabrdagi 174-FZ-son

Buyuk Britaniya-Jinoyat va protsessual tergov to'g'risidagi qonunning 49-bo'limi