Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Principles of development of creative activity of primary
class students based on synergic approach
Shakhlokhon IBRAGIMOVA
1
Ferghana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
This article describes the synergetic approach, pedagogical
synergetic, self-determination and personality development,
development of students
’
creative activity, self-awareness,
formation of the individual
“
I
”
, problem situations and
development of pedagogical theory.
2181-
1415/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
synergetic approach,
personality,
students
’
creative activity.
Sinergetik
yondashuv
negizida
boshlangʻich
sinf
oʻquvchilarining ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sinergetik yondashuv,
shaxs,
oʻquvchilarning ijodiy
faoliyati.
Ushbu maqolada sinergetik yondashuv, pedagogik
sinergetika oʻzini oʻzi aniqlash va shaxsni rivojlantirish,
oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, oʻz
-
oʻzini
anglash, shaxs “men”ini shakllantirish, muammoli vaziyatlar,
pedagogik nazariyani rivojlantirish bayon etilgan.
Принципы развития творческой деятельности учащихся
начальных классов на основе синергетического подхода
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
синергетический подход,
личность,
творческая активность
учащихся.
В данной статье описывается синергетический подход,
педагогическая синергетика самоопределения и развития
личности, развитие творческой активности учащихся
и
самосознания,
формирование
личностного
«Я»,
возникновение проблемных ситуаций. Также рассмотрены
особенности развития педагогической теории в этом
направлении.
1
Teacher, Ferghana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
143
Sinergetik yondashuv ta’lim faoliyatida oʻz
-
oʻzini tarbiyalash, oʻzini oʻzi tashkil
etish va oʻzini oʻzi boshqarish ustunligiga asoslanadi va oʻz
-
oʻzini ochib berish va
takomillashtirish, oʻz
-
oʻzini anglash maqsadida mavzuga ta’sirni rag‘
batlantirishdan
iborat. Shunday qilib, “pedagogik sinergetika” deb nomlangan pedagogik bilimlarning
ya
ngi yoʻnalishi paydo boʻldiki, bu ta’lim tizimlarini oʻz
-
oʻzini tashkil etish va
rivojlantirish qonuniyatlari bilan asoslanadi.
Pedagogik sinergetika oʻzini oʻzi aniqlash va shaxsni rivojlantirish muammolarini
rivojlanishiga ochiqlik, birgalikdagi ijod va
oʻz
-
oʻzini rivojlantirishga yoʻnaltirilganlik
nuqtai nazaridan yangicha yondashishga imkon beradi. G.M.
Kojaspirova “sinergetika”
tushunchasi “ta’lim” tushunchasiga juda yaqin (yunon tilidan tarjima qilinganda
“birgalikdagi harakat”, “hamkorlik” degan ma’
noni anglatadi). Dunyoni sinergetik anglash
insonni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega: sinergetik fikrlash usuli ochiqlik,
dialogizm va muloqot bilan ajralib turadi [2]. Sinergetika ota-onalarni virtual-pedagogik
jarayonning sub’yekti sifatida inson hayot
ining eng murakkab ichki qonuniyatlarini
oʻrganishga yoʻnaltiradi.
E.K.
Nikitinaning ta’kidlashicha, sinergetika pedagogik nazariyani rivojlantirishda
yoʻqolgan aloqalarni amaliy haqiqat bilan tiklashga, dialog tizimining rivojlanishi,
ochiqlik, ta’lim tizimining turli tarkibiy qismlari va uning sub’yektlari oʻrtasida
“kommunikativ koʻprik” yaratishga imkon beradi [3]. Ota
-onalarni virtual-pedagogik
madaniyatini yuksaltirishda sinergetik yondashuv ularning ijodiy salohiyatini sezilarli
darajada oshirishi mumkin.
Kovalevichning ta’kidlashicha, sinergetika quyidagi pedagogik tamoyillarga toʻla
nazar tashlab, shaxsning oʻzini oʻzi belgilash va faoliyat sub’yekti sifatida rivojlanish
jarayonining ahamiyatini metodologik jihatdan oshirishga imkon beradi [4].
O
lim shuningdek, sinergetika yangi pedagogikaning “sherigi” (neopedagogika) va
lotin tilidan birgalikda energiya va birgalikda hamkor deb tarjima qilingan. Binobarin,
sinergetika ham, yangi pedagogika ham ochiq muloqotlar, toʻgʻridan
-
toʻgʻri va teskari
aloq
a, qat’iy ta’lim sarguzashtlari, oʻyinlar doirasida ishlaydi. Sinergetik ta’lim, yangi
pedagogika singari, oʻz
-
oʻzini tarbiyalash, insonni oʻz imkoniyatlarini ragʻbatlantiradigan,
oʻz taqdirini belgilashdir.
Bizning fikrimizcha, sinergetik yondashuv pedago
gik jarayonning har bir sub’yektini
(ota-
ona, talaba, oʻqituvchi) rivojlanishdan oʻz
-
oʻzini rivojlantirishga oʻtishini amalga
oshiradigan rivojlanayotgan kichik tizimlar sifatida koʻrib chiqishga imkon beradi. Shuning
uchun ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirish zamonaviy jamiyatning eng
muhim vazifalaridan biri, davlat ijtimoiy siyosatining bir qismi boʻlishi kerak.
Boshlangʻich sinf oʻquvchisi oʻz gʻoya, fikr va qarashlarini faoliyati davomida
amalda qoʻllaydi va yangilik yaratadi. Ana shu yangilik yaratish ijodkorlik boʻlib,
tafakkurning eng oliy shaklidir. Qoʻyilgan vazifani hal etishda ma’lum boʻlgan usullardan
foydalanmaydi. Faoliyatning maqsadi va usullarning tarkibi sifatida mahorat va
tashabbuskorlikning asosiy sharti sifatida uni ijod
iy faoliyat darajasiga koʻtaradi.
“Ijod” soʻzining lugʻaviy ma’nosi: “yaratish”, “yangilikni kashf etish” soʻzlariga
monand keladi. Ijodkorlik
–
faoliyatning turli holatlarida paydo boʻladi. Qiziqish ilhom,
intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida
eng oliy tarzda paydo boʻlishidan,
namoyon boʻlishigacha jarayonini oʻz ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda
yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita boʻlib hisoblanmagan intilishdir.
Ijodkorlik
–
sifat jihatdan yangi, moddi
y va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati
jarayoni.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
144
Ijodkorlik oʻzida insonning mehnatda namoyon boʻlgan qobiliyatini ifodalaydi.
Ob’yektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma
-xil ijtimoiy ehtiyojlarini
qanoatlantiradigan yangi haqiqatni ya
ratadigan mehnat ijod boʻlishi mumkin. Ijod turlari
bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy
munosabatlarga bogʻliq.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari oʻz ishiga ijodiy
yondashuvchi, fan, t
exnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga oʻz hissasini
qoʻshadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bogʻliq. Shunga koʻra, jamiyat
taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir oʻquvchini ijodkorlik ruhida
tarbiyalash muhim va zarurdir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxsning ijodkorlik fazilatlarining shakllanishi
aynan maktabda boshlanadi. Zero, maktabda turli salohiyat va qobiliyatga ega bolalar ta’lim
oladi va bolalardagi ana shu layoqatni va salohiyatni rivojlantiri
sh maktab oʻqituvchilarining
birinchi galdagi vazifasidir. Bolalardagi ijodiy faoliyatning har qanday kurtaklari ta’lim
-
tarbiyadan tashqarida, faoliyatdan tashqarida kamol topa olmaydi.
Psixolog olim V.A.
Krutetskiy bu haqda haqqoniy fikr bildirgan: “Qobi
liyat faqat
mehnatda namoyon boʻlibgina qolmaydi, balki mehnatda shakllanadi, kamol topadi, barq
urib yashnaydi ham. Aksincha harakatsizlik halokatga mahkum etadi,”. A.V.
Petrovskiy
fikri bilan aytiganda “Qobiliyat faqat oʻsishdagina mavjud boʻladi.
Qobil
iyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud boʻlmaydi, ta’lim va tarbiya
sharoitlarida esa u shakllanadi”. B.M.
Teplov esa “Qobiliyat inson faoliyatidan tashqarida
paydo boʻlishi mumkin emas”,
–
deb ta’kidlaydi. Biroq ma’lum bir faoliyat tufayli iste’dod
bel
gilari va qobiliyatlar har doim ham bolalikdan namoyon boʻlavermaydi. Shuning unun
qobiliyati bor deb bolani bir yoqlama tarbiyalash bolani bezdirib qoʻyib, faoliyatning
boshqa turlari bilan shugʻullanishini bugʻib qoʻyish mumkin.
Ta’lim
-tarbiyada bolalarning har tomonlama kamolga etkazish asosiy maqsad qilib
qoʻyilgani ham tarbiyaning ana shu qonuniyatlariga asoslanadi. Har tomonlama ta’lim
-
tarbiya berish bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Buning uchun oʻquvchilarni kichik maktab yoshidan boshlab oʻz faoliyatini namoyon
qilishi uchun imkoniyat berilishi maqsadga muvofiq. Har bir bolaning qobiliyatini
namoyon etuvchi faoliyatga yoʻllashning eng maqbul yoʻli ularda ijodkorlikni
rivojlantirishdir. Oʻquvchi ijtimoiy ahamiyatga
ega mahsulot yarata olmaydi va bu
maktabning vazifasiga kirmaydi ham.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻzlashtirgan bilimlari, mahoratini oʻz saviyasi
darajasida qoʻllaydilar. Aqliy faollik, o’tkir zehn, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon
etadi.
Topshiriqni bajarishda oʻquvchilarning ijodiy faoliyati u yaratayotgan oʻquv
jarayonida masalalar yechish, muammolarni hal etishda, insholar yozishda rivojlana
boradi. Oʻquvchi bu borada maktabgacha ta’limda va undan keyin shu vaqtgacha olgan
bilimlarini tatbiq etadi.
Bunda oʻquvchi yangi usullarni qoʻllydi. Topshiriqni bajarish uchun faollik
koʻrsatish, zehnliligi, zukkoligi, kashfiyotchiligi, zarur bilimga ega boʻlish uchun harakat
qilishi, muammolarni yechishda harakatchanligi, mustaqilligi, mehnatsevarligi, voqea-
hodisalar ichida eng muhimini tanlay bilishi, umumiysini koʻra bilish qobiliyati kabilarni
rivojlantirishga imkon beradigan faoliyat ijodiy samarali faoliyatdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
145
Oʻquvchi mustaqil holda bajargan ijodiy ishlar: she’r, insho, hikoya, model, make
t,
oʻyinchoqlar, badiiy mehnat mahsulotlari ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi samarali
natijalardir. Ayniqsa ijod, san’at, mehnat, namunalarini yaratishda umumiy ma’lumot
bilan birga, ularni yaratish texnologiyasini bilish kasb-hunarga oid bilim ham kerak
boʻladi. Bu borada bolalarning qiziqishlari, qobiliyati, mayllarini hisobga olgan holda
mehnat turlarini oʻquv jarayoniga kiritish, ijod turlarining rang
- barangligi va xilma-xil
boʻlishiga sharoit yaratish talab etiladi.
Sharq mutafakkirlari: Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos
Hojib, Mahmud az-
Zamaxshariy, Burhoniddin Margʻiloniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin
Naqshband, Husayn Voiz Koshifiy, Ahmad Donish va boshqalar asarlarida yosh avlodga
puxta va mustahkam bilim berishda ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, iste’dodini
takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan.
Masalan, Az-
Zamaxshariy insonning faolligini oshirishda quyidagilarga e’tibor
berish lozimligini uqtirgan:
birinchisi
–
fahm-farosat tezligini tarbiyalash; inson diqqatini zarur va muhim
narsalarga, ya’ni hal etilayotgan masalalarning ichidan eng muhimini ajratib olish qobiliyati.
ikkinchisi
–
bilimlarni tez egallash qobiliyati. Bunda bilimlarni egallashda butun
diqqatini oʻrganilayotgan muammoga qaratish va uni oʻzlashtirib olishga erishish.
uchinchisi
–
qoʻyilgan muammoni tez anglab olishga butun diqqatini qaratish.
toʻrtinchisi
–
oʻrgangan bilimlarini esda saqlash
qobiliyati va boshqalar.
Abu Rayhon Beruniyning “aql asosida erishiladigan natijalar” haqidagi ta’limoti
oʻqitish nazariyasida alohida oʻrin egallaydi.
Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish,
tashqi koʻrinishini tahlil qilish sababalarini
aniqlash asosida idrok etishga erishiladi,
–
deydi.
Abu Ali ibn Sino “aql” deganda insonning tugʻma iste’dodini, shuningdek, tajriba
asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni
–
“insoning birlamchi tugʻma sogʻlom fi
krlashi yaxshi va yomon ishlarni vujudga
keltiradigan, ularni farqlaydigan kuch”,
–
deb ta’riflaydi.
Aql insonning xatti-
harakatlarida namoyon boʻladi. Inson aql yordamida narsalar
va hodisalarni aniqlaydi, umumlashtiradi hamda ularning eng yaxshilarini tanlaydi,- deb
oʻqtiradi. Demak, ulugʻ mutafakkirlarimiz ham shaxs rivojlanishida faoliyat va ayniqsa
ijodiy faoliyatning ahamiyatiga alohida e’tibor berishgan. Oʻquvchilar ijodiy faoliyatini
rivojlantirishda ularga oʻziga xos yondashuv ham katta ahamiyat k
asb etadi.
Ma’lumki, har bir bola oʻziga xos, betakrordir. Shaxsning oʻziga xosligi uning turli
xil individual va ijtimoiy rivojlanish omillari ta’sirida shakllanadigan psixikasining
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda oʻz
-
oʻzini anglash, yoki shaxs
“men”ini shakllantirish ham oʻta muhimdir. Bu oʻquvchida oʻz xulqini tarkib topdiradigan,
oʻz
-
oʻzini anglagan va anglamagan tasavvurlari tizimi sanaladi.
Oʻquvchini oʻz “Men”ini anglashi ta’lim natijasi, oʻz
-
oʻz
ini anglashning yakuniy
darajasi. Olima Sh.
Abdullaeva ta’kidlaganidek, oʻquvchi “Men”i bilan bogʻliq barcha
holatlar shuni koʻrsatadiki, oʻrganish bilimlarni oʻzlashtirishda oʻquvchilar ijodiy
faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar sabablarini tushunishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Oʻquvchi “Men”i yoki boshqacha aytganda oʻz
-
oʻzini anglashning mazmuni, psixologlar
ta’kidlaganidek, ta’lim va tarbiyaning eng muhim natijalaridan biridir. Bu esa bolaning
ijtimoiylashuvi jarayonini tashkil etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
146
Demak, boshlangʻich ta’limda oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil qilishda
ularning tashqi va ichki faolliklarini inobatga olish lozim. Bunda tashqi faollik
–
tashqaridan va oʻz ichki istak
-
xohish ta’sirida oʻquvchining bevosita koʻrish, qayd qilish
mumkin boʻlgan ha
rakatlari tushuniladi. Ichki faollik esa
–u yoki bu faoliyatni oʻquvchi
tomonidan bajarish mobaynidagi psixik jarayonlarni oʻz ichiga oladigan faoliyatda
namoyon boʻladi. Faoliyat pedagogikada psixologik qonuniyatlarga tayangan holda oʻziga
oʻquv
-biluv jarayonida turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tomoyillarni
qoʻllash asosida tashkil etiladi. Chunki oʻquvchi faoliyati oʻquv jarayonida bilimlarni
oʻrganish, malaka va koʻnikmalar hosil qilishi asosida bilishga oid, yaratuvchilik, estetik,
kommunikativ vazifalarini bajaradi. Shuningdek, mazkur vazifalar maqsad, faoliyat
predmeti, vositalari, bajarish usullari, natija bilan amalga oshadi.
Ijodiy faoliyatda muammoli vaziyatlar yaratish bu muammoli vaziyatlani yechishga
oʻquvchilarni jalb etish muhim
ahamiyatga ega. Boshlangʻich sinflarda shaxsni
rivojlantrishga yoʻnaltirilgan ta’lim quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
1.
Maktab oʻquvchilari shaxsini rivojlantirish, ularning qobiliyati, oʻqishga qiziqishi,
xohish va istagini shakllantirishi;
2. Axl
oqiy va estetik hissiyotini tarbiyalash, oʻzi va oʻz atrofini oʻrab turgan olamga
hissiy munosabatni shakllantirish.
3.
Bilimlar tizimini, malaka va koʻnikmalar, faoliyatning turli shakllarini egallab olish.
4. Bolalarning jismoniy va psixik salomatligini muhofaza qilish.
5. Bola shaxsining individualligini himoya qilish.
Muammoli vaziyatlar oʻqitishning har qanday bosqichida ta’lim mavzusini
tushuntirish, uni mustahkamlash, natijalarini nazorat qilishda ham yaratilishi mumkin.
Oʻqituvchi muammoli vaziyatni yaratar ekan, o’quvchilarni uning yechimini yoʻlashga
yoʻnaltiradi. Shunday qilib, bola ta’limning sub’yektiga aylanadi va unda yangi bilimlar
shakllanadi, u harakat qilishning yangi usullarini egallaydi.
Shuningdek, pedagogik oʻyinlar ayniqsa, oʻquvc
hilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda
muhim oʻrin tutadi. Aynan shunday oʻyinlar vositasida kattalar va kichiklar oʻrtasida
muloqot oʻrnatiladi. Bu muloqotlar shaxsiy yondashuv asosida qurilishi kerak.
Oʻqituvchi bolani faqat oʻquvchi deb emas, balki bir butun shaxs, oʻziga xos inson
deb yondashishi lozim. Oʻyinlarda bolaning shaxsiy sifatlari boyib, oʻquvchilar ijodiy
faoliyatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi hamda oʻquvchilarning hulqidagi ijobiy
qirralar rivojlanadi, ijobiy tasavvur mashqlari vositasida kuzatuvchanlik, xotira, diqqatni
kuchaytirish imkoni tugʻiladi, psixologik toʻsiqlar bartaraf etiladi.
Ta’lim
-tarbiyaga sinergetik yondashuv, dars samaradorligini oshirish vositasi,
fanlararo aloqalarning yangi sifat
darajasiga koʻtarilgan shakli hisoblanadi. Boshlangʻich
ta’limda sinergetik yondashuv hayotdagi turli xil hodisalarni bir qolipdan turib baholash
emas, balki ularni oʻzaro aloqadorlikda kompleks holda yondashishga yoʻnaltiradi.
Masalan, integratsiyalashgan
ta’limni yoʻlga qoʻyishda sof ilmiy bilimlar, adabiyot,
musiqa, san’at yordamida har tomonlama mukammal koʻrsatib berish imkoni tugʻiladi.
Bu esa bola shaxsining emotsional va axloqiy rivojiga, unda ijodiy tafakkurning
shakllanishiga yaxshi ta’sir koʻrsat
adi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
147
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Болтаева
Ш. Бошланғич таълимда ўқувчилар ижодий
фаолиятини
шакллантириш. // Халқ таълими, 2004,
–
№ 3.
–
34
–34 бетлар.
2.
Болтаева
Ш. Бошланғич таълимда ўқувчилар ижодий
фаолиятини
ривожлантириш. //
Педагогика назарияси ва тарихининг
айрим долзарб
муаммолари. / Илмий ишлар тўплами.
-
Тошкент: Фан,
2006.
–
Б.
142
–
144.
3.
Karimova M., & Tuychieva R. (2019). The pedagogical basics of training students
for professional, moral and educational function. Scientific Bulletin of Namangan State
University, 1(10), 311
–
317.
4.
Каримова
М. (2021). Моделирование процесса профессиональной
подготовки специалиста.
Общество и инновации,
2(8/S), 274
–
282.
5.
Каримова
М., & Тоджиев
Х. (2021). Особенности технологической
организации процесса обучения.
Общество и инновации,
2(8/S), 227
–
233.
6.
Каримова
М., & Тоджиев
Х. (2021). Ўқув жараёнини технологик ташкил
этиш хусусиятлари.
Общество и инновации,
2(8/S), 227
–
233.
7.
Каримова
М. (2021). Мутахассисни касбий тайёрлаш жараёнини
моделлаштириш.
Общество и инновации,
2(8/S), 274
–
282.
8.
Нишонова
С. Шарқ уйғониш даври педагогик фикр тараққиётида
баркамол
инсон тарбияси.
–
Пед. фан. докт... ѐзилган дисс.
–
Т.: 1998.
–
288 б.
9.
Назарова
Х.П. Дидактические основы обеспечения
коммуникативной
грамотности учащихся начальных классов: –
Автореф. дисс… канд. пед.наук. –
Т.: 200. –
C. 21.
10.
Яминова
С.
Ўқувчиларда
мустақил
фикрлаш
қобилиятини
ривожлантиришда сценарийли ўқитиш усулидан фойдаланиш:
Пед.фан.ном.
дисс.автореф.
–
Т.: 1997
–
168 б.
