Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical competence of physical education teacher
Asadbek MATNAZAROV
1
, Sanjarbek KUPALOV
2
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received
January
2022
Received
in
revised
form
15
January
2023
Accepted
25
February
2023
Available
online
15
March
2023
This article deals with the problems of the development of
the culture of greeting and preparing higher qualified
sportsmen and the demands for a specialist in physical
education.
2181-
1415/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp374-379
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
physical
education
specialist,
pedagogical
demands,
the
process
of
training,
trainers,
culture
of
greeting,
controlling
education
process
features.
Jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchisining
pedagogik kompetentligi
ANNOTATSIYA
Kalit
so‘zlar
:
jismoniy
tarbiya
mutaxassisi,
pedagogik
talablar,
mashg‘ulot
jarayoni,
shug‘ullanuvchilar,
muomala
madaniyati,
tarbiya
jarayonini
boshqarish,
xususiyat.
Maqolada jismoniy madaniyat sohasidagi mutaxassisga
qo‘yiladigan
pedagogik talablar va sportchilarni tayyorlash
jarayonida muomala madaniyati hamda yuqori malakali
sportchilarni tayyorlay olish masalalari yoritilgan.
1
Student, Faculty of Physical Culture, Urgench State University.
2
Scientific supervisor. Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Urgench State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
375
Педагогическая
компетенция
учителя
физического
воспитания
АННОТАЦИЯ
Ключевые
слова:
физическое
воспитание,
спортивная
этика,
нравственное
воспитание,
нравственные
качества,
спортсмены,
тренер,
тренировочный
процесс.
В
статье
описаны
педагогические
требования
к
специалисту
в
области
физической
культуры,
культура
поведения
в
процессе
подготовки
спортсменов,
вопросы
возможности
подготовки
спортсменов
высокой
квалификации.
Zamonaviy
ta’limning
asosiy maqsadi
–
yuksak taraqqiy etgan jamiyat uchun xar
tomonlama ytuk, jamiyatga mexnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan,
o‘z
ustida ishlay
oladigan, intiluvchan va iqtidorli yoshlarni tayyorlashdan iborat desak
mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagogning
kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog xodim ta’lim
-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining sha’ni, qadr
-qimmati va
ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi, o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi, axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion
shakllari va usullaridan foydalanishi, t
a’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos
xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi,
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun
shart-sharoitlar yaratilishiga
e’tibor qaratishi, pedagogik kompetentligini muntazam
ravishda oshirib borishi bilan respublikasmizda malakali kadrlarni yetishib chiqishiga
zamin yaratadi.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish,
eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-
atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada
amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim
shartidir [1].
Tarbiya jarayonini
ng ko‘p qirraliligi va murakkabligi jismoniy tarbiya mutaxassisi
zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Agar sen o‘quvchingni mash’hur sportchi qilib
tayyorlamoqchi bo‘lsang, o‘zing ham o‘z ishingning ustasi bo‘lishing kerak. Unda
mehnatsevarlik va g‘alabaga
intilishni tarbiyalashga harakat qilsang mehnatni qanday
sevish kerakligini, oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda uchragan qiyinchiliklarni qanday
bartaraf etish zarurligini amalda ko‘rsat, uni vijdonli, rostgo‘y, o‘z so‘zida qat’iy turadigan,
kamtar bo‘lis
hga chaqirsang
–
o‘zing ham bu borada nuqsonsiz bo‘l, o‘quvchilarning
estetik didlarini o‘stirmoqchi bo‘lsang –
avvalo o‘zing intellektual va madaniyatli bo‘l.
Demak tarbiyachining o‘zi ham tarbiyalangan bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya mutaxassisining pedagogik mahorati, fundamental va maxsus
yoʻnalishdagi o‘quv dasturining asoslarini, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dastur va
ko‘rsatmalarni bilishi, ommaviy sport darajasida sport ishlarini tashkil qila olishi, sport
zaxiralarini, yuqori malakali spor
tchilarni tayyorlay olishida ko‘rinadi
[2].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
376
Jismoniy tarbiya mutaxassisi shug‘ullanuvchilarning harakat tajribalarini
shakllantirish va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga ularning ma’naviy
qiyofasini ham tarbiyalaydi, ularga hayot yo‘lini
tanlab olishga va insoniylik burchini
bajarishga yordam beradi.
Pedagogik mahorat, tarbiya jarayoni kabi ko‘p qirralidir. Jismoniy tarbiya
mutaxassisida pedagogik mahorat shug‘ullanuvchilarni malakali o‘qitish va ularning
jismoniy qobiliyatlarini tako
millashtirishda, ma’naviy qarashlarini va harakat faoliyatida
mustaqil fikr yurita bilishni rivojlantirishda, sport jamoasi tashkil etish va uni ahil
qilib birlashtirishda, shug‘ullanuvchilarning individual xususiyatlari, xatti
-harakat
qiziqishlarini ustalik bilan tushunib olishda, qiziqishlari talablari, ehtiyoj va intilishlarini
mohirlik bilan yo‘lga qo‘ya bilishda namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mutaxassisi o‘z ishini yaxshi bilishn va sevishi, jismoniy jihatdan
tayyorlangan, sog‘lom, sport mahorati yuqori bo‘lishi kerak. O‘qituvchining malakasi
hamda jismoniy tarbiya sohasidagi maxsus bilimlari qanchalik keng bo‘lsa, tarbiya
vazifalarini hal qilishdagi imkoniyatlari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Har bir pedagog o‘z
fani bilan tarbiyalay olishi shart.
J
ismoniy tarbiya fanining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, tarbiya jarayonida
o‘qituvchining tashqi qiyofasi alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning
jismoniy kamolotga erishishlariga harakat qilar ekan, o‘zining gavda tuzilishi garmonik
holda rivojlangan, harakatlari nozik, oddiy va ifodali, qaddi-qomati kelishgan, qadam
tashlashi yengil va erkin bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya mutaxassisi jismoniy kamolotga erishgan bo‘lishidan tashqari,
umuman madaniyatli bo‘lishi ham kerak. Estetik tarbiyalangan va ma’naviy yuksak
ma’lumotli mutaxassisgina jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarning estetik
didini aqlining teranligini, ijodiy faolligini rivojlantirishi mumkin. Bunda mehridaryo
bo‘lish bilan birga, quvnoq va xushmuomala va pedagogik odobga ega bo‘lish ayniqsa
muhimdir.
Nutq madaniyatiga alohida e’tibor berish kerak. O‘qituvchi nutqining ta’siri uning
mantiqiy izchilligiga, badiiy jihatdan savodli, aniq, ravshan, obrazli qilib ifodalangan
bo‘lishiga bog‘liq. Shuning uchun nutqdan
foydalana bilish, ovozni yaxshi yo‘lga qo‘yish, ifoda
boyligisiz pedagogik mahoratga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining his
-
tuygʻuga boy ifodali,
shaxsiy e’tiqodlari bilan boyitilgan so‘zining ta’sir va tarbiyaviy kuchi nihoyatda kattadir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
377
Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni mehnatsevarligi, samimiyligi, saxiyligi,
beg‘arazligi, rostgo‘yligi, qat’iyatliligi va boshqa shu kabi fazilatlari ham
shug‘ullanuvchilar ma’naviy qiyofasining tarkib topishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichkinagini
a xato, arzimas bir odat, masalan, sigaret chekish, nojo‘ya xatti
-
harakatli so‘z
aytish shug‘ullanuvchilar ongida tuzatib bo‘lmaydigan iz qoldirishi mumkin. Chunki ular
ko‘pincha o‘z tarbiyachilarining gaplariga emas, balki uning xatti
-
harakatlaridan ko‘rg
an
narsalariga amal qiladilar.
Shu sababli, tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun jismoniy tarbiya
o‘qituvchisinng o‘zi avvalo zamonaviy ta’lim talablariga muvofiq holda axloqiy va estetik
tarbiyalangan bo‘lishi kerak.
Biz xalqimizning dunyo
da hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlari
-mizning
bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi,
hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va
sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga,
o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va
ulardan oziqlangan ma’naviyatim
izdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda
o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin
[3].
Murabbiyning tarbiya jarayonini boshqarish malakasi yuqori saviyada bo‘lishi
lozim. Tarbiya murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, buni egallab olmoq uchun, jismoniy
tarbiya mutaxassisi o‘z xatti
-
harakatlarida avvalo o‘z vatanimizdagi milliy an’analarga
yo‘g‘rilgan tarbiya sohasida orttirilgan ilg‘or tajribalar asosida hosil qilingan
printsiplarga amal qilishi kerak. Bu printsiplar quyidagilarni bajarish vazifasini yuklaydi:
–
ta’lim
-
tarbiya jarayonining ta’lim standartlari talablari darajasida bo‘lishini
ta’minlash;
–
shug‘ullanuvchilarning yosh (fiziologik va psixik) xususiyatlarini har tomonlama
bilish asosida ularning har biriga individual yondashish;
–
shug‘ullanuvchilar oldiga yuksak talablar qo‘yish va ularni hurmat qilish;
–
tarbiya jarayonini “major” uslubda, ya’ni jonli, faol, zavq
-shavq baxsh etadigan,
diqqatni tortadigan shaklda o‘tkazish;
–
pedagogik talablar
bilan tarbiyaviy ta’sir birligini ta’minlash;
–
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars va mashg‘ulotlarni
tashkil qila olish.
Harakat malakalariga o‘rgatish jarayonini ham shug‘ullanuvchilarning ma’naviy
xislatlarini tarkib toptirish sing
ari doimo hayot bilan, jamiyat ehtiyojlari bilan, bo‘lajak
mehnat faoliyati bilan bog‘lab olib borish kerak. Bu jarayon shug‘ullanuvchilarni shu yurt
uchun kurashda faol ishtirok etishga ruhlantirishi lozim [4].
O‘quvchini ma’naviyatli qilib tarbiyalash uc
hun uning qanday yashayot-ganini,
nima haqida o‘ylashini, kimlar bilan do‘st ekanini, ishlab chiqarishda qanday ishlashini,
o‘quv yurtida qanday o‘qishini, oilada, jamoat joylarida o‘zini qanday tutishini, bo‘sh
vaqtini qanday o‘tkazishini va boshqalarni b
ilish kerak.
Jismoniy tarbiya mutaxassisi shug‘ullanuvchilarning salomatligini, jismoniy
qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini bilishi, shuningdek ularning xarakter
xususiyatlarini, aql-idroklari, hissiyotlari, irodalari, axloqiy fazilatlari va estetik
ehtiyojlaridagi individual farqlarni o‘rganishi zarur. Murabbiy o‘quvchilarni o‘rganar
ekan, pedagogik kuzatishlar kundaligi tutishi shart bo‘lib, unga shug‘ullanuvchilarning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
378
xarakter xislatlari va xulq-atvoridan dalolat beruvchi ayrim faktlarni yozib borishi kerak.
Shug‘ullanuvchilarni har tomonlama bilish asosidagina ularning har biri qalbiga “sehrli kalit”
topish mumkin.
O‘quvchilar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish juda muhimdir. Pedagogik tajribalar
chinakam yaxshi munosabatlar shug‘ullanuvchilarga yuksak talablar qo‘yish va ular shaxsini
chuqur hurmat qilish asosida yuzaga kelishidan dalolat beradi. Talab qilish va hurmatlash
tarbiya jarayonining bir-
biridan ajratib bo‘lmaydigan ikki tomonidir.
Shunga qaramay, jismoniy tarbiya amaliyotida o‘qituv
chilarning sportchilarga yuksak
talablar qo‘ygan holda ularni hurmat qilmaslik hollari uchrab turadi. Tarbiyaga bunday
yondashish, odatda, murabbiyning muomalani to‘g‘ri olib bormaganligida bo‘ladi.
Natijada shug‘ullanuvchilar indamas bo‘lib qoladilar, g‘azablanadilar va qo‘pollik
qiladilar. Buning ustiga sport mashg‘ulotlariga qiziqmay qo‘yadilar. Talabchan bo‘lish bilan
birga, shug‘ullanuvchilarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon, jonkuyar va samimiy
munosabatda bo‘lish kerak. Oq ko‘ngillik, muloyim ovoz bilan gapirish, o‘quvchilar bilan
to‘g‘ri munosabatlar o‘rnata bilish pedagoglik odobini belgilab beradi. Trenerning musobaqa
vaqtidagi harakati ayniqsa yaxshi bo‘lishi kerak. Shubhasiz, sportchi musobaqalarda
mustaqil harakat qilishga yaxshi tayyorlangan bo
‘lishi zarur.
Lekin ayrim hollarda u psixologik yordamga muhtoj bo‘ladi. Sportchining ortiqcha
hayajonlanishini yo‘qotishi, start oldidan unga foydali maslahat berishi, mag‘lubiyatga
uchragan taqdirda dalda berishi va uni tushkun kayfiyatdan chiqarishi loz
im. O‘quvchilari
musobaqada muvoffaqiyatsiz qatnashganida ta’na qilishdan o‘zlarini tiya olmaydigan
trenerlardan farq qilib, yaxshi tarbiyachi ruhiy osoyishtalikni tiklab olishga, yengilishga olib
kelgan sabablarni aniqlashga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaslikka yordam beradi.
Ishga bunday yondashilganda trenerning obro‘yi doimo ortib boradi.
Pedagogik odob o‘quvchidagi yaxshi xususiyatlarni ko‘rishga, bu xususiyatlarga
tayanib, yana ham yaxshi xususiyatlarni mo‘ljallashga imkon beradi. Trenerning do‘stona,
lekin betakalluf muomalasi sportchilarda o‘z
-
o‘zini tarbiyalashga ishtiyoq uyg‘otishga sabab
bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qattiqqo‘l va rahmdil, talabchan va mehribon, jiddiy va odamiy
bo‘lishga imkon beradigan o‘rtamiyona yo‘l topa bi
lish nihoyatda muhimdir.
Sport amaliyotining ko‘rsatishicha (ayniqsa, sport o‘yinlarida) ba’zi trenerlar
tarbiyaning bu prinsipini buzadilar, peshqadam sportchilarning norozi bo‘lishlaridan
qo‘rqib, ularning xohishi bilan ish qiladilar. Bu esa iqtidorli sp
ortchilarning tarbiyalanishiga
katta zarar keltiradi, trenerning spotchilar oldidagi obro‘yi tushib ketadi. Trenerning haqiqiy
obro‘yi sportchilarga nisbatan yuksak talabchan bo‘lish va o‘z talabalarining sport jamoasida
tutgan o‘rni hamda roliga qaramasda
n, ularning xatti-harakati, xulq-atvoridagi
kamchiliklarga kurashishga asoslanadi.
Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shug‘ullanuvchilar faoliyati qay tarzda (o‘quv
mashg‘ulotlari, trenirovka, musobaqa va boshqalar) o‘tishiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya
ning
o‘ziga xos xususiyati jamoada hayotbaxsh olg‘a intilish, quvnoqlik va ko‘tarinkilik kayfiyati,
bitmas-
tuganmas g‘ayrat keltiradigan sharoit qaror topishiga imkon beradi. Dunyoni quvnoq
his etish, kuch-
g‘ayrat, birdamlik, umumiy ish muvoffaqiyatiga ish
onchni mustahkamlash
bilan birga, jamoa har bir a’zosining o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini ham mustahkamlaydi.
Yuqorida qayd qilinganidek, ma’naviy tarbiya asosida sportchi shaxsining tarkib
topishida jamoaning roli behad katta. Jumladan, yaxshi shakllangan jismoniy tarbiya jamoasi
va trenerlar bo‘lsa shug‘ullanuvchilarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashga faol
ta’sir ko‘rsatadi, shaxsiy ehtiyojlarini jamiyat ehtiyojlari bilan birga qo‘shib olib borishga
zamin yaratadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2023) / ISSN 2181-1415
379
Shug‘ullanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yagona pedagogik yo‘l asosida olib
borilishi kerak. Pedagogik talab va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishdagi har xillik yaxshi natija
bermaydi.
Jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchining ayrim tomonlari va fazilatlarigina
tarkib top
ib qolmay, balki uning jismoniy va ma’naviy birlikdagi shaxsi tarkib topadi. Shu
sababli trener tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun, shug‘ullanuvchilar
qiyofasini jismoniy tarbiya jarayonida tarkib toptirishni nazarda tutuvchi, maqsadga
qara
tilgan, ta’lim
-
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga yordam beradigan barcha metodlarni
egallagan bo‘lishi kerak. Inson qismlarga bo‘linib tarbiyalanmaydi, u sintetik ravishda,
unga ko‘rsatilgan barcha ta’sirlar yig‘indisi natijasida tarbiyalanadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning
o‘zlashtirilishini
nazarda
tutadi.
Shuningdek,
kompetentsiya
mutaxassislik bilimlarini doimo
boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim
ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va
o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Pedagogik odob talablarining tizimi o‘qituvchi tomonidan k
asbiy burchni ado etish,
jamiyat, pedagogik jamoa va talaba oldidagi axloqiy majburiyatlarini bajarishida o‘ziga
xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik odob pedagogik axloq va pedagogik jarayonda
namoyon bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar kabi asosiy kategoriyalar
ning mohiyatini
yoritishda etakchi o‘rin tutadi. Pedagog faoliyatida ham barcha umuminsoniy va milliy
axloqiy qadriyatlar yetakchi o‘rin tutadi. Shunday bo‘lsa
-da, pedagogik odob sirasida
pedagogik qarashlarni, pedagogik faoliyat va munosabatni ifodalovchi muhim
kategoriyalar asosiy o‘rinni egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2020
-yil 23-
sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
O‘RQ–
637-sonli Qonuni.
2.
Masharip
о
v
F.T., Ro‘zmе
t
о
v
N.Q., Ro‘zmе
t
о
v R.T. V
о
l
е
yb
оl mashg‘ulо
tlarini
о
lib b
о
rish va b
о
shqarishning p
е
dag
о
gik as
оslari. O‘quv
-
uslubiy qo‘llanma. Urganch
2012-y.
–
10 b.
3.
I.A.
Karimov. Yuksak ma’navit –
yengilmas kuch. T. Ma’naviyat. 2008
-y.
4.
Salomov
R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari. T. O‘zDJTI. 2005
-y.
–
238 b;
Abdullaev A., Xonkeldiev Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent.,
O‘z DJTI, 2005
-y.
–
300 b.
