Авторы

  • Лочинбек Равшанов
    Доктор философии (PhD) по психологическим наукам, доцент, подполковник, Начальник научно-практического и методического центра «Научно-исследовательский» при Центральном военном округе Министерства обороны Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp368-373

Ключевые слова:

командир военнослужащий военная часть военный устав военный имидж имиджеология социально-психологический имидж военная роль военное звание военный профессионал военный психолог военная деятельность профессиональный патриотизм

Аннотация

Данная статья посвящена социально-психологическим характеристикам имиджа военнослужащего. Система подготовки военнослужащих обороны включает в себя профессиональную, научную и психологическую. Смысл статьи раскрывает концептуальные основы поведенческого, духовного, эмоционального и социально-психологического компонентов имиджа военнослужащих. В связи с этим, особое внимание уделено роли имиджа в деятельности военнослужащего, военной роли, военному званию, психологическому имиджу и понятию личности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Socio-psychological foundations of the image of the leader

commander in the system of the Ministry of Defense

Lochinbek RAVSHANOV

1

Central Military District of the Ministry of Defense of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2022

Received in revised form

15 January 2023

Accepted 25 February 2023

Available online

15 March 2023

The article is devoted to the social and psychological

characteristics of the image of a military servant, it includes the

system of defense and professional, scientific, and psychological

preparation. The meaning of the given article illustrates the

conceptual foundations of behavioral, spiritual, emotional,

social, and psychological components of the image of military

servants. That is why, the role of image in the activity of military

servants, military role, military rank, psychological image, as

well as the notion of a person also did not stay out of the

research.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp368-373

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

commander,

military servant,

military part,

military regulations,

military image,

social and psychological

image, military role,

military rank,

military professional,

military psychologist,

military activity,

professional patriotism.

Mudofаа vаzirligi tizimidаgi rаhbаr –

komаndir

imijining

ijtimoiy-

psixologik аsoslаri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

komandir,

harbiy xizmatchi,

harbiy qism,

harbiy intizom,

harbiy imij,

imijeologiya,

ijtimoiy-psixologik imij,

harbiy rol,

harbiy unvon,

Mazkur maqola komandir imijining ijtimoiy-psixologik

jihatlariga bagʻishlangan boʻlib, u mudofaa tizimidagi

harbiylarning kasbiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligi kabilarni

tadqiq etishni nazarda tutadi. Maqola mazmunida harbiy

xizmatchi imijining axloqiy, maʼnaviy, emotsional, ijtimoiy

-

psixologik komponentlari ham kontseptual asosda tahlil etilgan.

Shuningdek, imijning komandir faoliyatidagi roli, harbiy rol,

harbiy unvon, psixologik imij va shaxs tushunchalari ham ushbu

tadqiqot mazmunidan chetda qolmagan.

1

Head of scientific, practical and methodological center “Scientific Research” under the Central Military District of

the Ministry of Defense of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Philosophy in Psychological Sciences (PhD),

Associate Professor, Lieutenant Colonel. E-mail: urazovamalika2@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

369

harbiy professional,

harbiy psixolog,

harbiy faoliyat,

kasbiy fidoiylik.

Социально

-

психологические

основы

имиджа

руководителя

-

командира в системе министерства

обороны

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

командир,

военнослужащий,

воинская часть,

военный устав,

военный имидж,

имиджеология,

социально

-

психологический имидж,

военная роль,

воинское звание,

военный профессионал,

военный психолог,

военная деятельность,

профессиональный

патриотизм.

Данная статья посвящена социально

-

психологическим

характеристикам имиджа военнослужащего. Система

подготовки

военнослужащих

обороны

включает

в себя профессиональную, научную и психологическую.

Смысл статьи раскрывает концептуальные основы

поведенческого, духовного, эмоционального и социально

-

психологического компонентов имиджа военнослужащих.

В связи с этим, особое внимание уделено роли имиджа в

деятельности военнослужащего, военной роли, военному

званию, психологическому имиджу и понятию личности.

Davlatlar oʻz sarhadlari daxlsizligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning tinchligini

va osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika

bilan taʼminlangan, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi, harbiy professional

va bugungi kun

talablariga toʻliq javob beradigan, ekstremal vaziyatda vujudga keladigan har qanday

qurolli toʻqnashuvlarning oldini oladigan harbiy kadrlarni tayyorlash –

har bir davlatning

buyuk kelajagini barpo etish yoʻlidagi eng muhim vazifalaridan b

iri hisoblanadi.

Shu jihatdan, yurtimizda soʻnggi yillarda milliy armiyamizni izchillik bilan isloh

qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda

harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga

oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi

“2022–

2026-

yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi

toʻgʻrisida”gi PF–

60-

son Farmonida “...davlatning mudofaa qobiliyatini yanada

mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va

qobiliyatini kuchaytirish” chora

-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Bu esa, psixologiya sohasi mutaxassislarini Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar

imijining ijtimoiy-psixologik kontseptsiyasini yaratish hamda takomillashtirish yuzasidan

ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yangi yechimlar topishga undaydi.

Olib borilayotgan tadqiqotlar avvalo, nazariy va amaliy faoliyat jarayonlarida

imijni shakllantirish muammosining paydo boʻlishi

va taraqqiyoti bosqichlarini

belgilashimiz muhim boʻladi. Bunda falsafa, psixologiya, pedagogika va mavzuga oid

qator tadqiqot ishlaridagi mavjud manbalarni atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyat

kasb etadi. Demak, biz tadqiqotimizda imij fenomeni va unin

g taʼrifi, imijning psixologik

komponentlari, uni shakllanish rivojida ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, madaniy-tarixiy

va ilmiy-nazariy asoslarini xronologik tizimda tahlil etishga harakat qilamiz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

370

Аvvalambor, imijning paydo boʻlishi, shakllanishi va ta

raqqiyoti tarixini

nazariyotchi olim Y.V.Yakovlevning ilmiy qarashlariga asoslanib, shartli uch davrga
ajratishimiz mumkin:

1) tarixiy davr (miloddan avvalgi 9

7 ming yillik

XVIII asr);

2) tizimlash (tartibga solish) davri (XVIII

–XX asr oʻrtasi);

3) a

xborotlashgan davr (XX asr oʻrtasi

-hozirgi vaqtgacha) [1].

Tadqiqotlarda qaysi vaqtda imijni yaratishga zaruriyat paydo boʻlganini taxmin

qilishning imkoni yoʻq. Аynan qaysi bir mamlakatda ilk bora unga ehtiyoj tugʻilganini va

uning asoschisi kim ekanligini aytish ham mushkul. Imijni shakllantirishning ibtidoiy

koʻrinishlarini dastlabki jamoaviylik tuzumi bosqichida paydo boʻla boshlagan, degan

farazni ilgari surishimiz mumkin. Imijelogiya zaruriyat sabab shakllantirilgan qiyofa va
joziba yordamida insonla

rni ishontirish, taʼsir oʻtkazish, ularning hayot tarzini

oʻzgartirishga asoslanadi. Imij XX asrning favqulodda hodisasi, biroq uning tub ildizi uzoq
oʻtmishga borib taqaladi. Jamoatchilik fikriga taʼsir etish vositasi sifatida hali
taʼriflanmagan termin qadimgi zamonlardayoq faoliyatda mavjud boʻlgan.

Imij fenomeni boʻyicha dastlabki mutaxassis sifatida hukmdor Moiseyning

yordamchisi ruhoniy

А

aron (miloddan avvalgi 1445-

yil) tomonidan eʼtirof etiladi.

Moiseyning duduqlanishi sababli uning oʻrniga xalq oldi

da

А

aron gapirishga majbur

boʻlgan. Shu sabab ham uni xukmdorning ogʻzi va bashoratchisi deb atashgan

[2].

“Imij” tushunchasi asrlar davomida shakllanib, taraqqiy etib bordi. А

ntik davrning

mashhur mutafakkiri

А

ristotelning (miloddan avvalgi 384

322-yillar

) taʼbiricha,

auditoriyaning xayrixohligi va mayliga erishibgina, ularni ishontirish mumkin [3].
Qadimgi Rimning davlat va siyosiy arbobi, ajoyib notiq Sitseron (miloddan avvalgi
106

43-yillar) ommaning psixologiyasi, qiziqishlari va didini

oʻrganish muhim ekanligiga

urgʻu bergan. Uning fikricha, notiqning vazifasi tinglovchilarni estetik koʻnglini olish,
ularning axloqi va irodasiga taʼsir oʻtkazishdir. Siyosiy arbob va sarkarda Yu.Tsezar

(miloddan avvalgi 102

44-

yillar) ommaga taʼsir koʻrsa

tuvchi yorqin mahorat egasi

boʻlgan. U harbiy janglar oldidan oʻz murojaatlari va sahna koʻrinishlari yordamida
xalqning qoʻllab

-quvvatlashiga erishgan.

Insoniyat tarixi shuni isbotlaydiki, imijni shakllantirish asrlar davomida oʻz

samarasini berib kelayo

tgan turli xil usul, uslub va omillarni oʻz ichiga qamrab oladi.

Notiqlik mahoratidan tashqari ramzlar, imijning har xil atributlari (kiyim, hidlar, bezak,
imo-ishora, mimika va boshqalar) bor. Tarixiy manbalarga asoslanib, shuni aytishimiz
mumkinki, jamoa

tchilikka taʼsir etish asoslari janglarga tayyorgarlik koʻrish, siyosiy

saylovlar jarayonida, mahsulotni savdoga olib chiqish, mablagʻ yigʻish, odamlar va
hodisalarni ommalashtirishda keng qoʻllanilgan.

Siyosatshunos olim N.Makiavelli (1469

1527-yillar) imijning ilk nazariyachilardan

biri hisoblanib, yuqori darajadagi “imij tuygʻusi” yoki yuksak “imij tafakkuri” unga xos
boʻlgan. Bunday tafakkurning ahamiyatli tomoni shaxslararo makonda mulohaza qilish va
taʼsir koʻrsatish, atrofdagilarning harakatini taxmi

n qilish, odamlar bilan iliq

munosabatlarni oʻrnatishni uddalashdan iborat edi

[4].

Bu davrda imijmeyking professional faoliyat turi sifatida qonunlar, qadriyatlar va

jamiyatning ehtiyoji bilan oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, imijni idrok qilishga tayyorg

arlik

orqali paydo boʻldi. Bu faoliyat А

QShda professional soha tariqasida shakllantirilib,

rasmiylashtirildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

371

“Imij” tushunchasi XX asr boshida АQShda paydo boʻlgan. Bu davrda mamlakatda

yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatida jamiyatda mamlakat obrazi

salbiy koʻrinishga

ega boʻlib borishi uning xalqaro maydondagi biznes harakatiga xalaqit bera boshlaydi.

Dastlabki “imijmeyker”larga dunyo madaniyatini zabt etish va jahonda andoza boʻla

oladigan mamlakatning ijobiy imijini yaratish vazifasi yuklatiladi. Mamlakat prezidenti va

birinchi xonimining imij andozasi ishlab chiqilgan.

Аyni shu paytlarda “amerikacha hayot

tarzi” tushunchasining paydo boʻlishi, imijmeykerlarda “butun dunyoni egallash”

falsafasini yuzaga keltirgan va shaxsning imijini shakllantirish texnologiyasi ishlab

chiqilgan. “Imij” termini dastlab ishlab chiqarish sohasida isteʼmolchilarga psixologik

taʼsir oʻtkazish vositasi sifatida, tijorat reklamalarida mahsulotlarni farqlashda

faydalanilganligi sabab yetarlicha tor maʼno

-

mazmunga ega boʻlg

an. Keyinchalik esa

jamoat arboblarini differentsiatsiyalashga ehtiyoj paydo boʻladi. XX asrning 30

-yillarida

“Nyu

-

York Tayms” gazetasida chop etilgan maqolalarning asosiy qismini imijni yaratish,

taraqqiy ettirish sohasidagi mutaxassislar tomonidan nashrga tayyorlangan materiallar

tashkil etgan.

XX asrning boshlarida Rossiyada ham imijni shakllantirishning ijtimoiy

roliga bagʻishlangan izlanishlar olib borilgan. M.

Shepkin, V. Nemirovich-Danchenko,

Ye.Vaxtangov va K.Stanislavskiylar badiiy obrazni yaratish usullarini tadqiq qilib,

imijning ijtimoiy-

psixologik jihatlariga eʼtibor qaratishgan. K.

Stanislavskiyning

yozishicha, imij

inson faoliyati, muloqoti, xulq-atvori va tafakkurining obrazidir [5].

Tadqiqotchilar I. Nefedov va Ye.

Vlasovlarning taʼkidlas

hicha imij

shaxsning

odamlar nazaridagi obrazi degan, imij haqidagi eng loʻnda talqinni beradi [6].

Bizning fikrimizcha, G.

А

ndreevaning talqini imij mohiyatini ijtimoiy-psixologik

hodisa sifatida obʼyektiv aks ettiradi: “Imij –

bu idrok etish hodisasining maxsus

obrazidir.

Shuning uchun ham obʼyekt yoki hodisaning hayoliy tasviri hissiy murojaatlar

asosida yaratiladi”

[7].

D.Yagerning taʼrifi ijtimoiy

-psixologik xususiyatlardan tashqari shaxsiy tashqi

maʼlumotlarini ham oʻz ichiga oladi. U imij –

tashqi

qiyofaning oʻziga xos majmui, nutq,

xulq-atvordan hosil qilinadi, deb yozadi. Imij

“taassurotlarni boshqarish” sanʼatidir [8].

Demak, imij nafaqat koʻriladigan obraz, balki shakl va mazmun jihatidan ichki va tashqi

yaxlitlikning bir koʻrinishi sifatida

ham tushuniladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, Qurolli Kuchlarning imiji haqida alohida fikr yuritish

lozim. Taʼkidlash kerakki, armiyaning imiji odamlar ongida stixiyaviy (tasodifan paydo

boʻlib qoluvchi) tarzda shakllangan siymo emas, balki, alohida subʼyektlar tomonidan

maxsus yaratilgan va singdirilgandir.

General-

leytenant V.Serebryannikov bu borada shunday yozadi: “Davlat

tomonidan armiya xususida yaratiladigan imij katta ijtimoiy kuchga ega. Ishning toʻgʻri

yoʻlga qoʻyilganligi davlat imijini koʻt

aradi, armiyaga nisbatan hurmat va harbiy

xizmatchilarga ishonchni uygʻotadi, harbiylar va fuqarolarning jipsligini taʼminlaydi,

aholining harbiy xizmatga hurmatini oshiradi.

Bir soʻz bilan aytganda, armiya va

mamlakatning xavfsizligini har tomonlama musta

hkamlaydi”

[9]. Demak, berilgan

tasniflardan koʻrinib turibdiki, armiyaning imiji bir qisqa vaqt davomida yaratib

boʻlmaydigan, balki yetarli darajada tarixiy asoslarga ega va doimiy rivojlanib

borilayotgan holatdir.

Shuning uchun, Qurolli Kuchlarning har

bir obʼyektida ijobiy imij yetarli darajada

yaratilmaguncha muntazam tarzda tadqiq etishni talab etadi. Taʼkidlash kerakki,

armiyaning imiji uni alohida okrug, qoʻshilmalar, harbiy qismlar va boʻlinmalarni hamda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

372

barcha turdagi komandirlar, zobitlar, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi serjantlar va

oddiy askarlar toifasi hamda muddatli harbiy xizmatchi (askarlar) faoliyatini targʻib etish

asosida shakllanadi.

Qurolli Kuchlar imijining amaliy ahamiyatini qanday aniqlash mumkin yoki uni

qanday koʻrsatkichla

r asosida tavsiflash lozim? Buning uchun quyidagi asosiy omillar

eʼtiborga olinishi zarur:

birinchidan,

armiya safida xizmat qiluvchilar sonining oʻsib borishi;

ikkinchidan,

mamlakat

aholisida

armiyaga

nisbatan

xayrixohlarcha

munosabatning ifodalanishi;

uchinchidan,

turli toifadagi harbiy xizmatchilarning oʻz kasbidan yuqori darajada

qoniqqanligi.

Har bir kasb oʻz rivojlanish tarixiga ega boʻlib, bir

-biridan farqli jihatlari mavjud.

Masalan, harbiylik, jurnalistika, tibbiyot va uchuvchilik kabi ixtisosliklar

zoʻriqish(stress)ning kuchli darajada namoyon boʻlishi tufayli boshqa kasblardan ajralib

turadi. Bu kasb egalari turli vaziyat, holat va hududlarda, vaqtning chegaralanganligida
faoliyat yuritishi zarurligi, hatto xavf bilan bevosita yuzma-

yuz boʻlgan davrda ham oʻz

vazifalarini bajarishlari zarur ekanligi bilan ajralib turadi.

Harbiy yoʻnalishga bagʻishlangan tadqiqotlarda koʻplab harbiy ixtisosliklar maʼlum

darajada tadqiq etilgan boʻlib, ijtimoiy

-kasbiy tavsifnomalar, kasbiy talabnomalar ishlab

chiqilgan. Biroq, mazkur ishlarda kasb egallovchining individual fazilatlari,
psixofiziologik va ijtimoiy xususiyatlariga (etnomadaniyat, gender, yosh va boshqalar)

eʼtibor qaratilmay, faqat kasbiy layoqatlilik darajasi, yaʼni “inson

-

kasb” tizimi

doirasidagi

jihatlar hisobga olingan.

Harbiy kasblar oʻz xarakteri va tendensiyasiga ega boʻlib, unda harbiy xizmatchi

shaxsining xususiyatlari alohida oʻrin tutadi va ularni toʻrtta guruhga ajratib
koʻrsatishimiz mumkin:

1) harbiy xizmatchining umumiy sifatlari;
2) harbiy xizmatchining mutaxassis sifatidagi fazilatlari;
3) harbiy xizmatchining jangovar sifatlari;
4) harbiy mutaxassisning xizmat-vazifaviy sifatlari.

А

lbatta, bu sifatlar yoshlarimizni harbiy xizmatga tanlash va tayyorlash jarayonida

alohida inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur

tizimni joriy etish boʻyicha alohida yondashuv vujudga kelgan. Jumladan, hududlardagi
Mudofaa ishlari boʻlimlarida yoshlarni Qurolli Kuchlarimiz saflariga muddatli harbiy

xizmatga yuborishdan oldin psixodiagnostik testlar orqali harbiylikka loyiqlik darajasini

oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan. Harbiy faoliyatni ilmiy tadqiq etish va Mudofaa vazirligi
tizimida harbiy xizmatni oʻtash tajribalari va ekspert soʻrovlarning natijalari asosida
taʼkidlash zarurki, tanlangan test va metodikalar harbiy xizmatchilarni harbiy muhitga
moslashuvchanlik, muloqotga kirishuvchanlik, jamoa bilan munosabatda boʼla olish,
zoʻriqishli vaziyatlarda oʻzini tuta bilish, vaqt tigʻizligida psixologik barqarorlikni

saqlay

olish, harbiy texnika va qurol-

yaroqqa toʻgʻri munosabatda boʻlish, tolerantlik kabi

xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi shart.

Xulosa qilib aytganda, Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar-komandir imijining

ijtimoiy-

psixologik tadqiqi oʻz

ichida harbiy qiyofa, kasbiy kompitentlik, harbiy

professionallik, axloqiy qiyofa, milliy ong, milliy gʻurur, ijtimoiy qiyofa, kasbiy qiyofa,

harbiy burch, kasbiy kamolot, shaxsdagi yuksak hislar, intizom, sabr-toqat, dadillik,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

373

mehnatsevarlik, jasurlik, j

angovor shaylik, psixologik tayyorgarlik, altruizm (oʻzini fido

qilish) kabi qator ijobiy sifatlarni harbiy xizmatchilarda qay darajada shakllanganligini
asoslab berishi ehtimoldan holi emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Яковлев

Е.В., Педагогическая концепция: методологические аспекты

построения. М.: 2006. –

С.

212.

2.

Утлик

Э.П., Практическая психология имиджа // Вестник университета.

Сер. Социология и психология управления. М.: ГУУ, 1999. –

С.47.

3.

Аристотель. Поэтика // Аристотель.

Соч.: В 4 т. М., 1984. –

С.

78.

4.

Макиавелли

Н., Государь. Минск, 1998. –

С.

35.

5.

Станиславский

К.С., Работа актера над собой. М.: Артист. Режиссер. Театр,

2002.

С.

488.

6.

Нефедова

И., Власова

Е., Я и мой имидж. М.: ЭКСМО

-

Пресс, 1997. –

С.

78.

7.

Андреева

Г.М., Социальная психология. Учебник для высших учебных

заведении –

М.Аспект Пресс, 2001.

8.

Ягер

Д., Психология народов и масс. СПб.,1995. –

С.

78.

9.

Серебянников

В.В., Социология войны. М.:

Ось –

1998.

Библиографические ссылки

Яковлев Е.В., Педагогическая концепция: методологические аспекты построения. М.: 2006. С.212.

Утлик Э.П., Практическая психология имиджа // Вестник университета. Сер. Социология и психология управления. М.: ГУУ, 1999. С.47.

Аристотель. Поэтика // Аристотель. Соч.: В 4 т. М., 1984. С.78.

Макиавелли Н., Государь. Минск, 1998. С.35.

Станиславский К.С., Работа актера над собой. М.: Артист. Режиссер. Театр, 2002. С.488.

Нефедова И., Власова Е., Я и мой имидж. М.: ЭКСМО-Пресс, 1997. С.78.

Андреева Г.М., Социальная психология. Учебник для высших учебных заведении - М.Аспект Пресс, 2001.

Ягер Д., Психология народов и масс. СПб.,1995. С.78.

Серебянников В.В., Социология войны. М.:Ось – 1998.