Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Structure of methodological system, content and
organization factors of development of information-
analysis competence in future primary class teachers
Sobirjon MEYLIYEV
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
This article examines the structure of a methodological
system for the development of information and analytical
competence of future primary school teachers, and the content
and organizational factors of implementation of development.
The necessity of using reasonable data at each stage of
obtaining results is emphasized.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp172-176
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
methodological system,
structure,
inquiry,
analysis,
competence,
education,
teacher
’
s role.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot
-
tahlil kompetentligini rivojlantirishning metodik tizim
tuzilmasi, mazmuni va rivojlantirishning tashkiliy omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
metodik tizim,
tuzilma,
soʻrov,
tahlil,
kompetensiya,
ta’lim,
oʻqituvchi roli.
Ushbu maqolada boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining
axborot tahlil kompetentligini rivojlantirishning metodik tizim
tuzilmasi, mazmuni va rivojlantirishning tashkiliy omillarini
qanday amalga oshirish haqida soʻz boradi. Natijalarning har bir
bosqichida asosli ma’lumotlardan foydalanish zarurligi ta’kidlab
oʻtilgan.
1
Acting Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
173
Структура методической системы, содержание и
организационные факторы развития информационно
-
аналитической компетенции у будущих учителей
начальных классов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
методическая система,
структура,
запрос,
анализ,
компетентность,
образование,
роль учителя.
В
данной
статье
рассматривается
структура
методической
системы
развития
информационно
-
аналитической
компетентности
будущих
учителей
начальных классов, содержание и организационные
факторы
реализации
развития.
Подчеркивается
необходимость использования обоснованных данных на
каждом этапе получения результатов.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, ta’lim
sohasiga sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning innovatsion texnol
ogiyalarini
olib kirish imkoniyatini yaratdi. Bunday yangiliklarning o‘quv jarayoniga kirib kelishi
uning mazmunini ham boyitishni taqozo qilmoqda. Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim
va ishlab
chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida yaxshilash, raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil
8-oktabrdagi PF
–
5847-
son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi [1] qabul qilindi. Ushbu konsepsiyani
amaliyotga tatbiq etish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv jarayoni nat
ijalarini
baholash, uning samaradorligini ta’minlashga oid bilimlarini boyitish zaruriyati yanada
kuchaymoqda.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunishlari, anglab
yetishlari va o‘z faoliyatlarida undan foydalanishlari uchun q
ulay pedagogik muhit
yaratish talab qilinmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’limi va tarbiyasi tizimida,
jumladan, ularning axloqiy tarbiyasida pedagogning roli beqiyosdir. Bola hayotining katta
qismi aynan pedagogik faoliyat jarayonida kechadi, uning xarakteri, hayotiy qarashlari,
ma’naviy
-
axloqiy qadriyatlari, ya’ni uning shaxs sifatidagi
fundamental sifatlari
shakllanadi.
Aynan shuning uchun pedagog shaxsi
–
“ulg‘ayishning ideal obrazi” hisoblanib,
unga ko‘ra uning yaxlitligi, uyg‘unligi va birinchi navbatda ma’naviy
-axloqiy qadriyatlari
va maqsadlari bolaning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida [2]
“uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat j
ihatidan yangilash, shuningdek, professional
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va
ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va
yo‘nalishlarini joriy etish, yoshlar ta’lim
-
tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-
tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga
tatbiq etish” [2] ta’lim tizimining ustivor yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
174
Bolaning axloqiy rivojlanishining muvaffaqiyatliligi nafaqat rivojlantiruvchi
dasturlar[3]ning mavjudligi bilan yoki bolaning “irsiy” dasturi bilan, balki pedagog shaxsi,
shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi rivojlanishining ijtimoiy sharoitlari bilan belgilanadi.
Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ularning insonparvarlik
yondashuvlarining shakllanishi sharoitlarida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga
tayyorlash quyidagi integrativ tashkil etuvchilar doirasida o‘rganiladi:
pedagogning kasbiy-shaxsiy
insonparvarlik sifatlarining bolaning ma’naviy
-axloqiy
sifatlarining shakllanishi bilan o‘zaro aloqadorligida shakllanishi, shuningdek o‘qituvchi
va o‘quvchining mos sifatlarining rivojlanish kompleksining dinamik tizimlarini ishlab
chiqish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan amalga oshiriladigan har qanday ta’lim
-
tarbiyaviy tadbirlar ularning darsda olgan bilimlarini to‘ldirishi lozim. Shu jihatdan
qaraganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga
tayyorlashda dar
sdan tashqari ish shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish ham muhim
pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur ta’lim
-tarbiyaviy tadbirlarning uzviyligi va
uzluksizligini ta’minlash o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlarini
oshiradi, iste’dodlarining namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi. Shunga ko‘ra,
mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish pedagogik dolzarb masalalardandir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan sinfdan tashqari ta’lim jarayonida tashkil etiladigan
tadbirlarning asosiy vazifasi
–
o‘quvchilarning darslarda olgan bilimlarini yanada
to‘ldirish, kengaytirish va amalda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat. Buning natijasida
o‘quvchilarda milliy qadriyat hisoblangan o‘yinlar, an’analarga nisbatan qiziqish ortadi,
ular qalbiga mill
iy madaniyatni singdirish va shu orqali o‘quvchilarning ijtimoiy
faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minladi.
Bunday tadbirlarda ham darsda bo‘lgani singari barcha mas’uliyat sinf rahbarining
zimmasiga yuklatiladi. Bu esa o‘z
-
o‘zidan bo‘lajak o‘qit
uvchidan izlanish, tashabbuskorlik,
ijodiy yondashuvni talab qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan sinfdan tashqari
tadbirlarning o‘ziga xos xususiyati –
o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni tarkib
toptirish va rivojlantirishdan iborat. O‘quvchi
lar kundalik ishlarining uzviy davomi sifatida
sinfdan tashqari ta’lim
-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadilar, savol-javoblarda qatnashadilar
va shu bilan birga o‘z tengdoshlarining fikrlarini ham tinglab boradilar. Buning natijasida
o‘quvchilarning bilimi,
ma’naviy dunyosi boyib boradi
[4]. O‘quvchilarni axloqiy
tarbiyalashga yo‘naltirilgan har qanday darsdan tashqari ish shakllari oldiga aniq
maqsadlar qo‘yiladi va mazkur maqsadga erishishga xizmat qiladigan pedagogik vositalar,
shakllar, metodlar va
usullarni tanlashga undaydi. Sinfdan tashqari ta’lim jarayonida
tashkil etiladigan tadbirlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining birinchi sinflardanoq keng
ko‘lamda yo‘lga qo‘yilishi lozim. Mustaqillik bayrami, O‘qituvchilar kuni, Hosil bayrami,
Alifbe bayr
ami, Yangi yil bayrami, Navro‘z bayramiga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir. Mazkur ta’lim
-
tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni axloqiy
tarbiyalash uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda darsdan tashqari ish shakllaridan foydalanishda
quyidagi pedagogik talablarni bajarishi lozimligi o‘qtiriladi:
–
sinfdan tashqari ta’lim
-tarbiyaviy tadbirlarning aniq loyihalashtirilishi, mazkur
tadbirlarning maqsadi va
unga erishish yo‘llari ko‘rsatilishi, kafolatlangan natija aniq
ifodalanishi;
–
sinfdan tashqari o‘tkaziladigan har qanday tadbir o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilim darajalari va ta’lim jarayoniga mutanosib bo‘lishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
175
–
sinfdan tas
hqari o‘tkaziladigan tadbirlar o‘quvchilarning dars jarayonida olgan
axloq-
odobga undashga oid bilim, ko‘nikma va malaka, kompetensiyalarini
mustahkamlash hamda boyitishga xizmat qilishi;
–
sinfdan tashqari o‘tkaziladigan har bir tadbir aniq maqsad va reja
asosida amalga
oshirilishi;
–
sinfdan tashqari tadbirlar orqali boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarda milliy
madaniyatimiz, qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlarimiz mehnati va faoliyati bilan
faxrlanish tuyg‘usi singdirilishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda
sinfdan tashqari ta’lim
-
tarbiyaviy tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
–
sinfdan tashqari ta’lim jarayonida o‘tkaziladigan tadbirni rejalashtirish bosqichi;
–
tadbir maqsadini aniq belgilab olish bosqichi;
–
aniq maqsad asosida o‘tk
aziladigan tadbirni loyihalashtirish;
–
o‘tkaziladigan ta’lim
-
tarbiyaviy tadbir haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish;
–
tadbirni tashkil etish jarayonida sinf o‘quvchilarining barchasi ishtirok etishini
ta’minlash;
–
o‘tkaziladigan tadbir doirasidagi ishlarni o‘quvchilarning imkoniyatlari va
layoqatlaridan kelib chiqqan holda taqsimlash;
–
rejalashtirilgan ta’lim
-tarbiyaviy tadbirni amalga oshirish;
–
o‘tkazilgan tadbir natijalarini tahlil qilish va unda o‘quvchilarning ishtiroklarini
baholash. Sinfdan tash
qari ta’lim
-
tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda
quyidagilarga e’tibor qaratish talab etiladi:
–
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari tadbirlarga
rahbarlik qilishda o‘qituvchi yosh davrlari psixologiyasini bil
ishi va individual
xususiyatlarga e’tibor qaratishi;
–
o‘qituvchi
sinfdan
tashqari
tadbirlar
orqali
o‘quvchilarda
axloqiy
tarbiyalanganlik ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari, usullarini to‘g‘ri tanlashi;
–
o‘qituvchi sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni izchil tarzda
axloqiy tarbiyalanganlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatishi. Bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga tayyorlashda talabalarga sinfdan
tashqari tadbirlarni amalga oshirish yo‘llarining mazmun mohiyatini chuqur o‘rganishi,
uning samaradorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi haqidagi bilimlar
singdirilishi maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirining 2018-yil 29-
oktabrdagi “Umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun 2019
-2020-
o‘quv yiliga mo‘ljallalgan tayanch o‘quv reja va
takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 266
-
sonli buyrug‘i.
2.
Abdullaeva
B.S. Boshlang‘ich ta’lim sifa
t-
samaradorligini ilg‘or pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida oshirish. // “Boshlang‘ich ta’lim va
jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar”
xalqaro ilmiy konferensiya to‘plami. Toshkent.:
2017.
–
421-b.
3.
Vahobov
M.M. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari
hamda ta’lim sifati monitoringi modelini amaliyotga joriy etish –
intellektual rivojlangan
avlodni tarbiyalashning muhim omili. Maktab va hayot.
–
№4 (119), 2019. –
6-b.
4.
P. Akhtar, J. Frynas, G. Mellahi, K. Ullah (2021).
Big data‐savvy teams’ skills, big
data‐driven actions and business performance.
In: Brit J Manage, 30(2), S. 262
–
269.
https://doi.org/10.1111/1467-8551.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
176
5.
Cretchley J., Rooney D. and Gallois C. (2018) Mapping a 40-year history with
Leximancer: Themes and concepts in the Journal of Cross-Cultural Psychology. Journal of
Cross-Cultural Psychology 41: 218
–
228.
6.
De Mauro A., Greco M., Grimaldi M., et al. (2018) Human resources for Big Data
professions: A systematic classification of job roles and required skill sets. Information
Processing & Management 54: 807
–
817.
7.
Croteau A-M and Raymond L. (2010) Performance Outcomes of Strategic and
IT Competencies Alignment1. Journal of Information Technology 19: 168
–
172.
