Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methods of formation of legal immunity of children with
hearing impairment
Muattar SAITOVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
In this article, there are opinions and considerations about
hearing-impaired children finding their place in society and
knowing their rights. In addition, the article provides a brief
description of hearing-impaired children and detailed
information on measures to increase their legal immunity.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp132-135
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
law,
state and society,
children with special needs,
convention,
legal immunity,
rule of law,
equal rights.
Eshitishida
nuqsoni
bo‘lgan
bolalarda
huquqiy
immunitetini shakllantirish usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
huquq,
davlat va jamiyat,
alohida yordamga muhtoj
bolalar,
konvensiya,
huquqiy immunitet,
qonun ustuvorligi,
huquq tengligi.
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning
jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va o‘z huquqini bilishi to‘g‘risida
fikr va mulohazalar yuritilgan. Bundan tashqari, maqolada
eshitishida nuqsoni bor bolalarga qisqacha tavsif berilib,
ularning huquqiy immunitetini oshirish chora-tadbirlari haqida
batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.
1
Master degree student, Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, E-mail: muattar181297@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
133
Методы формирования правового иммунитета у детей
с нарушением слуха
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
закон,
государство и общество,
дети с особыми
потребностями,
условность,
правовой иммунитет,
верховенство закона,
равноправие.
В данной статье представлены мысли и соображения о
том, как слабослышащие дети могут найти свое место в
обществе и узнать о своих правах. Кроме того, в статье
приводится краткое описание детей с нарушением слуха и
подробная информация о мерах, направленных на
повышение их правовой защищённости.
KIRISH
Psixofizik
rivojlananishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi
va integratsiyasi maxsus ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki,
bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi har qanday nuqson uning umumiy
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib, boshqa kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Eshitish analizatorining buzilishi nutq va bolaning umumiy rivojlanishida sezilarli
buzilishlarga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga davlat va jamiyat qo‘yayotgan maktabgacha
ta’limning maqsadi va vazifalaridan biri
–
bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan bir
qatorda, bolaning imkoniyatlarini ochish va rivojlantirish, ularning tug‘ma qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarish uchun qulay shart
-sharoitlarni yaratishdir. Jamiyatda
ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar bugungi kunda yangi sharoitlarga tez moslashishni talab qiladi.
O‘zbekiston bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya
qilgan hamda BMTning bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan
Milliy harakat dasturini qabul qilgan davlat sifatida har bir bolaning tug‘ilgan onidan
boshlab, oila muhitida tarbiyalanishi, uning salomatligi, aqliy va jismoniy kamoloti uchun
barcha shart-sharoitlarning yaratilishi davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini
amalda ta’minlashga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu ma’noda “Bola huquqlari
kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi ana shu
e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasidir
.
Eshitishning buzilishi eshiti
sh nuqsoni bo‘lgan bolalarda tafakkur rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo intellekti har qanday yoshda saqlanib qoladi.
Demak, kar
bolaning potentsial imkoniyatlari eshitishi me’yorda bo‘lgan bola bilan bir xil. Bu
imkoniyatlarni amalga oshirishg
a faqat bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish
orqali cheklanib qolmasdan, nafaqat eshitish va nutqni rivojlantirishga, balki umuman
butun bilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan o‘quv
jarayonida erishiladi. L.S. Vigotskiyning fikricha
–
“
Jamiyatdagi karlik muammosi
–
ijtimoiy muammo
”
dir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Kundalik hayotda jonli ishtirok etadigan, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot
qilgan bola faol rivojlanadi. Uning nutqi shakllanadi, atrof olam haqidagi tasavvurlari
yuzaga keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kar va zaif eshituvchi bolalar bilan olib
boriladigan mashg‘ulotlar ularning yoshiga mos bilim va ko‘nikmalarni egallashi,
maktabga tayyorlanishida ko‘maklashadi,
intellektual faoliyatini rivojlantiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
134
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar muammolari bilan ko‘plab tadqiqotchi
-pedagoglar
shug‘ullanishgan. N.A.
Rau, B.D. Korsunskaya, A.A. Katayeva, N.G. Morozova, T.I. Obuxova
ishlariga asoslanib aytish ma’lum xulosalar qilish mumkin bo‘ladi. Bunday bolalarga
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida maxsus ta’lim va tarbiya talab
etiladi, garchi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining umumiy yo‘nalishlari
sog‘lom bolalarniki bilan umuma
n mos keladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”da, “Bola huquqlari kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek, respublikamizda barcha fuqarolar teng huquqga
ega. Alohida yordamga muhtoj bolalar ham jamiyatimizning teng huquqli fuqarolaridir.
Inson huquqlarini himoya qilish deganda, huquqlarining qonuniy amalga
oshirilishini ta’minlovchi choralar yig‘indisi tushuniladi. Uning tarkibiga subyektiv
huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoit va muhitni yaratishga qaratilgan
nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy, siyosiy va boshqa tusdagi choralar kiradi. Huquqni
himoya qilishning huquqiy choralari jumlasiga esa, fuqarolik muomalasiga qonuniy,
buzilmagan holda rivojlanishini ta’minlanishiga yordam beruvchi barcha choralar kiradi,
masalan,
subэyektlarning fuqarolik huquq layoqatini mustahkamlash, majburiyatlarni
belgilash, buzilgan huquq va manfaatlarni tiklash kabilardir.
Bola huquqlarining milliy himoyasi ayni paytda inson huquqlarini xalqaro himoya
qilishning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bola
huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarda
ishtirok etib kelmoqda.
Inson huquqlari Butunjahon deklaratsiyasi, “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi
xalqaro konvensiya kabi va boshqa xalqaro huj- jatlarni ratifikatsiyalash va ularni milliy
qonunchilikka implimentatsiya qilish yuzasidan respublikamizda juda ko‘plab ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Konvensiyasining 4-moddasida bola huquqlarini himoya qilish sohasida davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra bola huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bolaning huquqlari, erkinliklari
va
qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolaning
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr
-qimmatini himoya qilish; bolalar
huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash; bola huquqlari kaf
olatlarining
huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotla
ri va ularning
mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash va boshqalardan
iboratligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan olib boriladigan korreksion tarbiyaviy
ishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirib borish zamon talabidir.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan yordamga muhtoj bolalar
davlatimizning teng huquqli a’zolari. Ularni uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha
muassasalarda hamma qatori ta’lim olishi va tarbiyalanishini ta’m
inlash bizning asosiy
vazifalarimizdan biridir.
XULOSA
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, qabul qilinayotgan qonunlar,
har qanday normativ-
huquqiy hujjatlar, huquq sohasida bo‘ladigan o‘zgarishlardan to‘liq
tarzda xabardor bo‘lib, o‘rganib c
hiqilishi natijasida eshitishida nuqsoni bor
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
135
o‘quvchilarning huquqiy ong va tushunib yetib unga amal qilinishi esa huquqiy
madaniyatni shakllantiradi. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada bo’lishi huquqiy
davlatning o‘ziga xos xususiyatidir.
Eshitishida n
uqsoni bor bolalarning huquqlari albatta davlat himoyasidadir, yaэni
oddiy sog‘lom bolalar kabi ularning ham huquq va erkinliklari mavjud.
Ularning huquqlarini
eslatish esa biz va boshqa fuqarolarning insoniy burchidir. Zero alohida yordamga muhtoj
bolalar
ning huquqlari buzila unga nisbatan befarq bo‘lmasligimiz kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Qonunchilik palatasining 2007-yil 23-
noyabrda qabul qilgan “Bola huquqlari
kafolatlari” to‘g‘risidagi Qonun.
2.
Pulatova D.A. “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘quv faoliyatiga
motivatsiyasini oshirishda axborotkommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanish”. "Экономика и социум" №1(92)
-2 2022. 515-b.
3.
Umida Nosirova. “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqini rivojlantirish
yo‘llari’.
Academic Research in Educational Sciences, 2021. 229-b.
4.
U. Gadjixanov A. Saidov. Xuquqiy madaniyat nazariyasi. 2-tom. Toshkent 1998. 195-b.
5.
Boymirzayeva Raximaxon. “Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida
pedagoglarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishning samarali
usullari”.
USLUBIY QO
‘
LLANMA.Namangan.NVXTXQTMOHM.2021.
6.
www.lex.uz
7.
www.aim.uz
8.
www.cyberleninka.uz
9.
www.kun.uz
