Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Some information about the origin of the Bukhara emirs
Akbar ZAMONOV
1
Kimyo International University in Tashkent
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
In this article, the origin of the Mangit dynasty, which
founded the Bukhara emirate, its original territories, the facts
related to its entry into Movarounnahr, and the growing
political influence of clan elders during the Shaybanid and
Ashtarkhanid dynasties are analyzed based on the sources.
There is also talk about the division of the Mangit tribe into
several sections and branches, and about the bekjamis, which
are a network of emirs. The article also reveals how the
representatives of this Mangit clan came to power in Bukhara
instead of the Ashtarkhanids.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp2
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Mangit,
Tokmangit,
Bekjami,
Nomonbi,
Dashti Kipchak,
Movarunnahr,
Bukhara,
Ashtarkhanids,
tribe,
Biy,
Abulfayz Khan,
Muhammad Rahim,
political influence,
fatherhood,
emir.
Buxoro amirlarining kelib chiqishiga doir mulohazalar
ANNOTATSIYA
Калит
сўзлар
:
mang‘it,
to‘qmang‘it,
bekjami,
No‘monbiy,
Dashti Qipchoq,
Movarounnahr,
Buxoro, ashtarxoniylar,
urug‘,
biy,
Abulfayzxon,
Muhammad Rahim,
kurash,
siyosiy nufuz, o
taliq,
amir.
Mazkur maqolada Buxoro amirligiga asos solgan mang‘itlar
sulolasining kelib chiqishi, dastlabki yashagan hududlari,
Movarounnahrga kirib kelishi bilan bog‘liq faktlar, urug‘
oqsoqollarining shayboniylar va ashtarxoniylar sulolasi
davridagi siyosiy nufuzining ortib borishi manbalar asosida
tahlil qilingan. Shunin
gdek, mang‘it urugining bir nechta
bo‘limlarga, tarmoqlarga bo‘linishi, amirlar tarmog‘i bo‘lgan
bekjamilar xususida so‘z boradi. Maqolada mazkur mang‘it
urug‘i vakillarining qanday qilib ashtarxoniylar o‘rniga Buxoro
hokimiyatiga kelganligi ham ochib berilgan.
1
PhD, Senior Researcher, Head of History Department, Kimyo International University in Tashkent.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
23
Некоторые сведения о происхождении Бухарских эмиров
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Мангыт,
Токмангыт,
бекджами,
Нуманбий,
Дашти Кипчак,
Мавераннахр,
Бухара,
аштарханиды,
род,
бий,
Абулфайзхан,
Мухаммад Рахим,
политическое влияние,
эмир.
В
настоящей
статье
на
основе
источников
анализируется
происхождение
династии
мангытов,
основавшей Бухарский эмират, ее исконные территории,
факты, связанные с ее вхождением в Мавераннахр, и рост
политического влияния старейшин кланов при династиях
Шейбанидов и Аштарханидов. Также в работе говорится о
том, как представители рода мангытов пришли к власти в
Бухаре вместо Аштарханидов.
Kirish.
Mazkur masalaga oid mavjud ko‘plab shajaralar
mang‘itlarni
mo‘g‘ullarning
afsonaviy
bo‘rchigin
urug‘iga, ya’ni bevosita Chingizxonga bog‘laydi.
K
o‘pgina tarixiy solnomalar mang‘itlar dastlab Mo‘g‘uliston hududida yashab, XIII asr
boshlarida, Chingizxon yurishlari chog‘ida Dashti Qipchoqqa kelganligini yozadi.
Xullas,
mang‘itlarni Chingizxonga bog‘lashlarini, mazkur urug‘ vakillarining hokimiyatni
egallashiga qonuniy asos qilib ko‘rsatishga harakat deb bilish mumkin. Sharqshunos olim
Vasiliy Bartold ularni turkiy tilda gaplashgan deb yozadi [2: 400].
Nima bo‘lganda ham, mang‘itlar XIII asrda Dashti Q
ipchoqning markaziy qismiga
kelib o‘rnashadi. Dashti Qipchoq Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘chiga ulus qilib berilgan
bo‘lib, bu yerda tashkil topgan davlat Jo‘chi ulusi yoki Oltin O‘rda deb atalardi.
Oltin
O‘rdaning mang‘itlar yashaydigan qismi Mang‘it ulusi dab atalgan. Mang‘itlardan chiqqan
tumanboshi Edigu o‘zbek 1392
-
yil mang‘itlar ulusbiyi deb tan olingan. Bir necha yildan
so‘ng u saroyga bo‘ysunmay qo‘yib, mustaqil siyosat yuritadi (masalan, Amir Temur bilan
ittifoq tuzadi va uning qo‘shini tarkibida
janglarda qatnashadi)[14: 130]. Shu tariqa,
mang‘it ulusida No‘g‘ay O‘rdasi nomini olgan mustaqil davlat paydo bo‘ladi.
XV asr oxiri
–
XVI asr boshida mang‘itlar Shayboniyxon bilan birga
Movarounnahrga kirib keladi. Mang‘itlarning kichikroq qismi XVI asr
boshida aka-uka
shayboniylar Elbars va Bilbars qo‘shini tarkibida Xorazmda ham o‘rnashadi. Shu tariqa,
mang‘itlar ikki o‘zbek davlati –
Buxoro va Xorazm xonliklari tashkil topishida qatnashadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).
Buxoro xonligida yangi bir
sulola
–
mang‘itlarning hokimiyatga kelishi va amirlikning tashkil topishi bilan bog‘liq
yaxlit tadqiqotlar kam. Shunday bo‘lsa
-da, V. Bartold, A.A. Semyonov, A. Ziyo, Q. Rajabov,
A.Jumanazar, J.Shodiyev [15] singari olimlar
mavzuning ba’zi juharlari xususida ma’lum
tadqiqotlarni amalga oshirganlar.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Mazkur maqolada tarixiylik,
tizimlashtirish, qiyosiy, statstik, muammoviy-xronologik hamda fanlararo yondashuv
kabi ilmiy tadqiqot usullari hamda xolislik tamoyillaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Manbalarda aytilishicha, m
ang‘itlar
dastlab Shayboniyxon davrida, 1500
–
1501-yillarda
kelgan. Shayboniyxon halok bo‘lgach
(1510), ular Movarounnahrni tark etib, Dashti Qipchoqqa qaytganlar.
Ikki yildan so‘ng
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
24
Ubaydullaxon (1533
–
1540) bilan yana Movarounnahrga qaytib kelganlar. Dashti
Qipchoqda mang‘itlar urug‘i sardori No‘monbiy bo‘lgan [7:
56]. Uning vafotidan so‘ng
o‘g‘li Abduqutluqbiy el oqsoqoli bo‘lgan. Uning o‘limidan so‘ng esa o‘g‘li Musobiy, uning
vafotidan so‘ng o‘g‘li Jonibiy, undan so‘ng o‘g‘li Davlat mirza oqsoqol bo‘lgan. Jonibiyning
ikki o‘g‘li bo‘lib, birinchisi Davlat mirza, ikkinchisi Qurbon mirza bo‘lgan. Jonibiy shu
davrda el ulusi ila Ubaydullaxon bilan birga Movarounnahrga kelib Samarqandning
Konigil qo‘rig‘iga joylashgan. U paytda mang‘it urug‘iga kenagas, jiyut va quramaning
ba’zilari hamroh bo‘lgan. Ularning oqsoqollari Davlat mirza edi. Uning vafotidan so‘ng
undan ikki o‘g‘il qolgan. Biri Xo‘jamberdibiy, ikkinchisi Saidollabiy. Ularning har ikkisi
ham Langarga borib Pirim Shayx Azizonga murid bo‘lib, Konigildan ko‘chib Qashqa
daryosi bo‘yiga borib o‘rnashganlar
(Mang‘itlarga Qarshi vohasi ulus qilib beriladi. Ko‘plab
mang‘itlar vohada o‘rnashadi. Bir
-
ikki asrdan so‘ng ular Qarshi shahrining asosiy aholisiga
aylanadi)
. To‘qmang‘it jamoasi Saidollobiy naslidan, amirlar (Buxoro amirlari, mang‘itlar)
jamoasi esa Xo‘jamberdibiy naslidandir. Shu tariqa, Xo‘jamberdibiyning o‘g‘li
Bekberdibiy, uning o‘g‘li Chovushbiy, uning o‘g‘li Keldibiy, uning o‘g‘li Xudoyqulibiydir [6:
99]. Aynan Xudoyqulibiydan boshlab mang‘itlar xonlikning eng yuqori lavozimlariga
ko‘tarila boshladilar.
Mu
hammad Ya’qub Buxoriyning “
Gulshan ul-muluk
”
asarida mang‘itlar haqida
shunday yoziladi:
“Mang‘itlar hozir o‘n ikki ming (
asar 1828-yil yozilganini hisobga olsak,
shu davrlar nazarda tutilmoqda.
–
A.Z.
) uylik bo‘lib bir necha urug‘larga bo‘linadi
(to‘qmang‘it, qoramang‘it, oqmang‘it va h.k.): Birinchisi, to‘qmang‘it, ular ming uylik kishi
bo‘lib, ular [ham] 4 firqaga bo‘linadi. Birinchi firqa sultonlar, ular uch yuz uylik. Sultonlar
firqasining o‘zi ham 2 firqadir. Birinchisi –
bekjami
, amirlar (Buxoro amirlari) shu
firqadan. Ular ikki yuz uylik kishi bor. Ikkinchisi
–
boyjami
. Ular mang‘it akobirlari bo‘lib,
yuz uylik kishi bor
”
[7: 55-56].
Ashtarxoniylar boshqaruvining Subhonqulixon (1681
–
1702) davrlaridan boshlab
Buxoro hokimiyatining ichida ha
m ba’zi beklarning, xususan, mang‘it urug‘i
sardorlarining nufuzi nihoyatda ortib ketadi. Sekin-asta
Xudoyqulibiy
mang‘it
xonadonidan bo‘lgan amaldorlar nufuzining ortib borishi ham Abulfayzxon hokimiyatini
zaiflashtirgan. Xudoyqulibiy Subhonqulixon davrida Kesh viloyatining e
’
tiborli
kishilaridan biri b
o‘
lib, t
o‘q
sabo amalida edi. Ubaydullaxon uni devonbegi mansabiga
ko‘taradi va Shahrisabz viloyatiga hokim etib tayinlaydi. U mazkur viloyatda 10 yil
hokimlik qiladi. Xudoyqulibiy Abulfayzxon davrida vafot etgan [6: 100]. Uning otaliq
lavozimini esa
to‘ng‘ich o‘g‘
li
Xudoyorbiy
egallaydi.
Qarshidan turib mang‘itlar
Buxorodagi siyosiy o‘yinlarda qatnashishga harakat qilgan
[1: 41]. Lekin iyerarxiyada
qatag‘on, olchin, nayman kabi urug‘lardan pastroqda
turar edi [10: 32]. XVIII asr boshida
vaziyat o‘zgaradi. Mang‘itlar oqsoqoli Xudoyorbiy 1712
-yili Buxoro xoni Abulfayzxonning
otalig‘i vazifasiga tayinlanadi
[1: 41]. U 1718-
yili Chiroqchida olamdan o‘tadi
[1: 42].
Undan so‘ng otaliq lavozimini o‘g‘li
Muhammad Hakimbiy
egallaydi [3: 489].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
25
“
Gulshan ul-muluk
”
asarida aytilishicha:
“Xudoyorbiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li
Hakimbiyni xon qoshiga keltirib parvonachi amalini olib berib, Shahrisabzga
yuborganlar. Ammo
kenagaslar xon bergan amalga e’tibor qilmay o‘z jamoalaridan
Ibrohimbiy kenagasni hokim qilib olganlar. Xudoyorbiy xon yoniga [qaytib] kelib
devonbegi unvonini olgan. Shahrisabzliklar esa uni yana qabul qilmaganlar. So‘ng u bir
muddat Chiroqchida turgan. K
enagas va qoramang‘itlar elati Hakim devonbegini xonga
yomonlab Xudoyorbiy otaliqni Chiroqchidan chaqirtirib olganlar
”
[7: 56].
Shu tariqa, Buxoro xonligida (
keyinchalik, amirlikda ham
) mang‘it
-kenagas
raqobati uzoq yillar davomida xonlikning tinkasini quritadigan urushga aylanib ketgan.
Bu shundoq ham inqirozga uchrayotgan xon hokimiyatni yanada zaiflashtirib, qabila
sardorlari nufuzining ortishiga, Abulfayzxonning ular ta’siriga tushib borishiga olib keldi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
26
Shuni ta’kidlash joizki, otaliq lavozimida ham mang‘it
-kenagas raqobati kuzatilgan.
Chunonchi, Ibrohimbiy kenagas otaliq davrida Doniyol saroy
(urug‘)
otaliq Buxoroga
kelib xonning yaqin odamiga aylangan.
Mang‘itlarning katta qismi esa Qarshiga ketgan,
lekin Xudoyorbiyning o‘g‘li
Muhammad Hakim devonbegi Buxoroda, xon saroyida qoldi
[1: 42-
44]. Doniyol otaliq vafotidan so‘ng otaliq amali, Shahrisabz, Samarqand va
Miyonqol hukumati Ibrohimbiy kenagas otaliq
qo‘liga o‘tdi. Manbalarda aytilishicha
,
Hakimbiy otasi vafotidan so‘ng Buxorodan Ibrohimbiy kenagas otaliq xizmatiga
Shahrisabzga kelgan. XVIII asrning 20-yillarida Ibrohimbiy kenagas Abulfayzxonga qarshi
isyon ko‘targanda Buxoroga, xon
oldiga borib otaliq
mansabiga ko‘tarilgan va
shundan
keyin nufuzi kundan kunga oshib borgan [1: 62-63]. Chunonchi, 1733-yil unga Qarshi
hukumati berildi [10: 34]. Muhammad Hakimbiy Abulfayzxon hukmronligi davrida davlat
hokimiyatiga qarshi chiqqan qo‘zg‘olonchilarga qarshi k
urashda bir qator
muvaffaqiyatlarga erishgan. Bundan ijobiy tarzda foydalangan Muhammad Rahim davlat
hokimiyatini egallashga qaratilgan faoliyatini mustahkamlay borgan.
Xudoyqulibiyning nabirasi bo‘lgan Muhammad Hakimbiyning o‘z xonidoni
hisobidan tayanchi ancha mustahkam edi. Chunki, Xudoyorbiyning bir qancha avlodlari
mamlakatda ma’lum nufuzga ega bo‘lib, Hakimbiyga siyosiy jihatdan yaxshigina
ko‘makchi bo‘lgan. Manbalarda Xudoyqulibiyning Muhammad Hakimbiygacha bo‘lgan
avlodlari quyidagicha keltiriladi:
Xudoyqulibiy
ning to‘rtinchi o‘g‘li
Xudoyor otaliq
bo‘lib,
uning besh o‘g‘li bo‘lgan: Hakim otaliq, Shukurbiy (vafoti 1737), Bahodir parvonachi,
Iskeldibiy, Doniyolbiy.
Hakimbiy otaliq
dan to‘rt o‘g‘il qolgan: Badalbiy (vafoti 1738),
Muhammad Rahimbiy, Yovqoshtibiy (vafoti 1752), Barotbiy (vafoti 1759-
yil). Ba’zi
manbalarda Hakimbiy otaliqning besh o‘g‘li bo‘lgani aytilib, Qurbonbiy (vafoti
1727/28)ning nomi ham qayd etilgan [7: 57].
Qo‘shni davlatlarning hujumlari Buxoro xonligida shundoq ham og‘ir bo‘lgan
vaziyatni yanada mushkullashtirar edi. Buning ustiga, 1740-yil Nodirshoh hujumi
natijasida xonlik Eronga qaram bo‘ladi. Yuqoridagi omillar xonga qarshi kayfiyatni
shakllantiradi. Bu
davrda mang‘itlar qabilasi yetakchisi Muhammad Rahimbiy nufuzi
yuqori bo‘lib, xonga qarshi fitna aynan shu shaxs tomonidan amalga oshirilgan edi [
5:
130]. XVIII asr muarrixi Mu’inning “Zikri te’dodi podshohoni o‘zbak”
asarida aytilishicha,
bu fitnaning o‘
zagi Nodirshoh istilosidan 2
–3 yil o‘tib boshlangan edi. Bu haqda Mu’in
shunday hikoya qiladi:
“Mazkur voqeadan ikki yil o‘tib Hakimbiy
otaliq vafot etdi (
Hakimbiy otaliq 1743
–
1744-
yillar oralig‘ida vafot etgan. –
A.Z.
). Uning vafot etganini Eronda eshitgan
Muhammad Rahimbiy shohdan ruxsat olib, otasining ta’ziyasini o‘tkazish uchun
Buxoroga keldi. Yana bir qancha vaqt turib, ta’ziyasini o‘tkazib,
otaliq amalini olib, yana
shoh huzuriga qaytib ketdi. Tarixning 1158-yilida (1745) Ibodullo xitoy-qipchoq kali surx
(
Kali surx
–
“
qizil-kal
”
ma’nosida. Ibodullo
xitoy
ning laqabi bo‘lsa kerak. Lekin Mirza
Salimbek bu voqeani bayon qila turib, Guli surx bayramida sodir bo‘ldi, deb qayd etadi. –
A.Z.
) Buxoroni taladi. Buni eshitgan Nodirshoh uni daf etish uchun
to‘rt nafar sardorini
yigirma ming suvoriy bilan Buxoroga yubordi. Muhammad Rahimbek ham Buxoroga
borish uchun yana shohdan ijozat so‘radi va unga ruxsat berildi”
[6: 98].
Nodirshohning sarkardalari Balx yo‘li bilan, Muhammad Rahimbiy esa Marv yo‘li
bilan B
uxoroga kelib, mazkur tarixda Abulfayzxonni qatl etib, kechiktirmay uning o‘rniga
o‘tirib xon bo‘lmoqchi edi. Mirzo Salimbekning yozishicha, Muhammad Rahimbiy
Nodirshoh sarkardalaridan oldin Buxoroga kelgan va o‘zining birodarlari, qabila
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
27
sardorlari bilan diydorlashgan [4: 283-284]. Albatta, bu diydorlashish asnosida
Muhammad Rahimbiy o‘z yaqinlari bilan siyosiy maqsadlarini ham maslahatlashgan
bo‘lishi tabiiy edi.
Shu vaqtda Buxoroda
“Nodirshoh o‘ldi”
, degan xabar tarqaldi. Eron sardorlari katta
kuch bilan
Buxoroga hujum qilib, uni uzoq qamal qiladilar va shaharga ko‘p talafot
yetkazadilar. Mahalliy amaldorlardan Muhammad Aminbiy Hisoriy, Olimbiy kenagas,
G‘aybullobiy, Tog‘ay Murod barqut, Muhammadxo‘ja naqib jam bo‘lishib, Abulfayzxonni
Eronga jo‘natib uni
Eron lashkariga topshirish aqldan emasligi to‘g‘risida maslahatlashib
oladilar [9: 114]. Ikkinchi tarafdan, uning mavjud bo‘lishi ham ko‘pgina noxushliklarga
sabab bo‘lishi, xonning qatl etilishi esa Buxoro shahri aholisini zahmatlardan xalos qilishi
hamd
a Eron lashkarlari qamalini to‘xtatishi mumkinligi e’tirof etildi. 1747
-yil
Abulfayzxon shu qarorga muvofiq, Mir Arab madrasasi hujralaridan birida qatl etiladi
[13: 30-31.].
Bu voqeadan sal ilgari Nodirshohning to‘rt sarkardasi –
Hasanxon, Behbudxon,
Shoh
qulixon va Salimxonlar Buxoro ustiga kelayotganini eshitgan qo‘zg‘olon rahbari
Ibodullobiy Miyonqoldan Toshkent tomonga qochishga ulguradi. Sardorlar uning ortidan
Jizzaxgacha ta’qib qilib, keyin Buxoroga qaytadilar. Abulfayzxonning qatl etilgani ma’lum
bo
‘lgach, Buxoroda turgan eronlik askarlar Nodirshohning qaynotasi hamda chingiziylar
avlodidan bo‘lmish mazkur xonning o‘limidan norozi bo‘lib, isyonga tayyorlana
boshlaydi. Dastlab ular Muhammad Rahimga malomat qilib,
“
Nega shohning ijozatisiz bu
ishni qilding
”
–
deb so‘raydilar. Muhammad Rahim esa: “Sizning shohingiz o‘ldi. Sizlar
ham mening asirimsiz
”
–
deb javob beradi.
Natijada ikki tomon bir-biri bilan nizolashib,
Eron sarkardalari shaharda bir necha kun jang qildilar. 1747-yil iyun-iyul oylarida ular
o‘z artilleriyasi bilan Buxoro atrofini to‘pga tutgan. Muhammad Rahim shahar
hunarmandlari ko‘magida shahar devori va darvozalarini ta’mirlab mudofaani
kuchaytirgan. Eron sarkardalari Nodirshoh vafotiga ishonganlaridan so‘ng Muhammad
Rahim bilan s
ulh tuzib, Adulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni otasi o‘rniga xonlik taxtiga
chiqarib Eronga qaytdilar [6: 98]. Shu tariqa, xonlik taxtini rasman 36 yil boshqargan
Abulfayzxon 1747-
yilda mash’um tarzda o‘ldiriladi.
Hokimiyat nazoratini o‘z qo‘liga olgan M
uhammad Rahimbiy xonlik taxtiga
Abdulmo‘min ibn Abulfayz (1738–1751)ni o‘tqizadi. U 1747–
1751-yillarda hukmronlik
qilgan bo‘lsa
-
da, amalda real hokimiyat Muhammad Rahimbiyning qo‘lida bo‘lgan. U o‘z
qizini Abdulmo‘minga nikohlab berib, o‘zi otaliq lavozimi
da davlatni idora qiladi. Har
holda uch yilgacha xonlik nomi Abdulmo‘minda bo‘lib turdi. 1751
-yilda Muhammad
Rahimbiyning boshqaruviga aralasha boshlagan Abdulmo‘minxon o‘rtadan olib tashlandi.
Muhammad Rahimbiy yana odamlardan ibo qilib, Urganch sultonlaridan Ubaydullo
sultonni xonlikka ko‘tardi. Bu haqda ba’zi manbalarda Abulfayzxonning kenja o‘g‘li
Ubaydullaxonni taxtga o‘tqizgan deb yoziladi. Uch yilgacha xonlik nomi unda bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Muhammad Rahimbiy uni ham hokimiyatdan olib tashladi. Garch
i
Ubaydullaxon (III) 1751
–
1754-
yillarda taxtga o‘tirgan bo‘lsa
-da, u ham real hokimiyatga
ega bo‘lmagan.
1756-yil 16-
dekabrda mang‘itlar xonadonidan bo‘lgan Muhammad Rahimbiy din
ulamolari, amaldorlar tomonidan xon (1756
–1758) deb e’lon qilingan. Lekin u o‘zini
“
noib ul-hukumat
”
, ya’ni, hukmdor noibi, o‘rinbosari deb bilgan [12: 36]. Shu tariqa,
ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi rasman barham topadi. Bu sulola o‘rniga yangi
mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlanib, bu jarayon 1920
-yilgacha davom etadi. Buxoro
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
28
amirligi mang‘itlar davri tarixi turli mahalliy manbalar va ilmiy adabiyotda yoritilgan.
Jumladan, Mirzo Olim Mah
dum hoji o‘zining “Tarixi Turkiston” nomli asarida mang‘itlar
sulolasining namoyandalarini taxt ustiga kelishlarini shunday bayon qiladi: Abu-l-
Fayzxondin keyin salotini chingiziya nasli munaqqit bo‘lub, mang‘it toifasidin Abu
-l-
muzaffar Rahimxon ibn Hakimbiy ibn Xudoyor ibn Xudoyquli podshoh bo‘lub,
Shahrisabz, Hisori Shodmon, Ko‘lob, Xo‘jand va Toshkand tasarrufidin chiqdi. Vaziri
eronli
k Davlat qo‘shbegi bo‘lub, mamlakat tamomi halli uqdi aning yadi tasarrufida edi
[8: 167]. Bu sulolaning asoschisi Rahimbiy ibni Hakimbiy atoliq ibni Xudoyorxon ibn
Xudoyquli biy ibn Keldiyor ibn Chovush bo‘ladi.
Muhammad Rahimbiyning xonlik taxtiga
o‘tirishi
o‘sha
davr muarrixlari
tomonidan muhim siyosiy voqea sifatida baholangan. Muhammad Rahimbiy Buxoroda
xonlik taxtiga dabdabali ravishda
o‘tirgandan
keyin Samarqandga maxsus kelib mashhur
Ko‘ktosh
taxtiga ham o‘tirgan [11: 270].
Tarixchi Xumuliyning yozishicha, Muhammad
Rahim hali otaliq mansabida ishlagan paytidayoq Ko‘ktosh
taxtiga o‘tirgan. Ma’lumot
o‘rnida aytish joizki, ashtarxoniylardan Subhonqulixon (1681–
1702) vafotidan keyin
Ko‘ktosh ustiga hech kim taxtga o‘tirmagan edi.
Manbalarda yozilishicha, Abulfayzxonning qiziga uylanib, ashtarxoniylarga kuyov
bo‘lgan mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimbiyni ham mavjud an’analarga
ko‘
ra ko‘zi bog‘langan holda
oq kigizga o‘tqizib, taxtga chiqarish marosimini o‘tkazganlar.
Ki
gizning to‘rt burchagini to‘rtta yirik o‘zbek urug‘lari –
mang‘it, o‘tarchi, bahrin
va
saroy
vakillari tutganlar. Shuningdek, kigizning chetini to‘rtta yirik diniy ulamolar sulolasi –
Maxdumi A’zam Kosoniy, Sayid Ota, Xoja Muhammad Islom Jo‘yboriy va Xoja
Ahror
avlodlari
tutib turganlar [10: 39-40]. Shu tariqa, rasman davlat hukmdoriga aylangan
Muhammad Rahimbiy Movarounnahr (Buxoro) taxtida ikki yil hukmronlik qildi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Xulosa qilib aytish joizki,
shayboniylar va ashtarxoniylar sulolasi davrida mamlakat boshqaruvida ishtirok etgan
bir qancha o‘zbek urug‘lari sardorlari o‘zaro raqobat, siyosiy kurash hamda hukmdor
oldidagi xizmatlari evaziga ma’lum nufuzga ega bo‘lib border. Oxir
-oqibat, xon hokimiyati
zaiflashib, uning nufuzi qabila-
urug‘ sardorlariniki bilan tenglashib qolgach, ular
sardorlar qo‘lida dastlab “qo‘g‘irchoq xon” bo‘lib qolgan. Keyinchalik esa, hokimiyatdan
to‘la mahrum bo‘lib, urug‘ oqsaqollarining yangi sulolaga asos solishlari uchun
zamin
yaratib berdilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Абдурахмон Толеъ. История Абулфейз
-
хана / Перевод с персидского,
предисловие, примечания и указатель профессора А.А.Семенова.
–
Ташкент, 1959.
2.
Бартольд
В.
В.
Бухара.
Ее памятники и
их судьба.Соч. т.IV.
М., 1965.
Ч.2.
3.
Jumanazar A. Buxoro ta’lim tizimi tarixi. T.: Akademnashr, 201
7.
4. Mirzo Salimbek. Kashkuli Salimiy tavorixi muttaqadimin va muttaaxirin. / Fors-
tojik tilidan tarjima, kirish so‘z, izoh va ko‘rsatkichlar muallifi N.Yo‘
ldoshev. Buxoro:
“Buxoro” nashriyoti, 2003.
5.
Мирза Абдал
-
азим Сами. Тарих
-
и Салатин
-
и Мангитийа (История
мангытских государей). / Изд. текста, предисл. и примеч. Л.М.Епифановой. –
М.:
Изд
-
во вост. лит., 1962.
6.
Mu’in. Zikri te’dodi podshohoni o‘zbak. / Fors tilidan O‘.Sultonov tarjimasi.
O‘zbekiston tarixi.
Xrestomatiya. 3-jild. T.: Fan va texnologiyalar, 2014.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
29
7.
Muhammad Ya’qub.
Gulshan ul-
muluk. / Fors tilidan O‘. Sultonov tarjimasi.
O‘zbekiston tarixi. Xrest
omatiya. 3-jild. T.: Fan va texnologiyalar, 2014.
8. Mulla Olim Mahdum Hoji. Tarixi Turkiston. / Arab yozuvidan tabdil: Sh.Vohidov,
R.Xoliqova; So‘z boshi va izohlar muallifi Sh.Vohidov. T.: Yangi asr avlodi, 2009.
9. Zamonov A., Subhonov F. Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari. T.: Bayoz,
2021.
10.
Zamonov A., Egamberdiyev A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari –
XIX
asr o‘rtalari). T.: Tamaddun, 2022.
11. Rajabov Q., Inoyatov S. Buxoro tarixi. T.: Tafakkur, 2016.
12. Rajabov Q. Muhammad Rahimxon
–
mang‘itlar sulolasi asoschisi. // Buxoro
mavjlari.
№
3, 2005.
13. Said Mansur Olimiy. Buxoro Turkiston beshigi. Buxoro: Buxoro, 2004.
14. Sharafuddin
А
li Yazdiy. Zafarnoma.
–
T.: Sharq, 1997.
15.
Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и России. Соч. Т. 9.
-
М.,1977; Он же. К истории орошения Туркестана. Соч. Т. 3.
–
М., 1965; Он же.
Таджики. Соч. Т. 2. Ч. I.; Он же. История культурной жизни Туркестана.
//
Соч. Т. 2.
Ч. I,
-
М„ 1963.
-
С. 169
-433.
Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара конца XIX:
начала XX века. Ремесленная промышленность.
–
Ташкент: Изд
-
во АН Уз. ССР, 1962.
–
194 е.; Она же. Ислам в Узбекистане.
–
Ташкент, 1960.
-
86 е.; Она же. К истории
городов Бухарского ханства (Историко
-
этнографические очерки).
-
Ташкент: Изд
-
во АН Уз. ССР, 1958.
–
145 с.; Она же. Бухара: XIX
–
начало XX в. (позднефеодальный
город и его население).
–
М., 1966. –
328. Rajabov Q. Buxoro amirlari. // Buxoro
mavjlari. Gezetadagi maqolalar. 2004-2006 yilllar;
Jumanazar A. Buxoro ta’lim tizimi
tarixi. T.: Akademnashr, 2017; Shodiyev J. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi.
T., 2010; SHukrullaev Yu.A Buxoro amirligida qo‘shin va harbiy ish:Tarix
fanl.namzodi…diss.af
toref.
–
Buxoro: Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya
instituti, 2006.
