Авторы

  • Равшанжон Абдуллаев
    Независимый соискатель, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp17-21

Ключевые слова:

Поп Мингбулок колхоз А. Одилов монокультура хлопка

Аннотация

В данной статье представлена ​​информация о создании новых районов Поп и Мингбулок, а также об организации общественно-политического развития на основе сельского хозяйства в пустынных регионах Центральной Ферганы в Наманганской области в период с 1945 по 1980 годы.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Establishment of new cotton growing districts in the
Central Fergana desert regions in 1945

1480 (on the

example of Namangan region)

Ravshan ABDULLAYEV

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023

Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

This article provides information about the creation of new

Pop and Mingbuloq districts and the organization of social and

political development based on agriculture in the Namangan

region of the Central Desert between 1945 and 1980.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp17-21

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Pop,

Mingbulok,

Kolkhoz,

A. Odilov,

cotton monoculture.

Markaziy Farg‘ona cho‘li hududlarida 1945–

1480-yillarda

yangi paxtachilik tumanlarining tashkil etilish (Namangan
viloyati kesimida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Pop,

Mingbuloq,

kolxoz,

A. Odilov,

paxta monokulturasi.

Mazkur maqolada 1945

1980-

yillar oralig‘ida Markaziy

Farg‘ona cho‘li hududlarining Namangan

viloyati kesimida

yangi Pop va Mingbuloq tumanlari vujudga kelishi va qishloq

xo‘jaligiga asoslangan ijtimoiy

-siyosiy rivojlanishning tashkil

etilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

1

Independent researcher, Namangan State University. E-mail: ravshanabdullaev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

18

Создание

новых

хлопководческих

районов

в

пустынных регионах Центральной Ферганы в 1945–

1980 гг. (на примере Наманганской области)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Поп,

Мингбулок,

колхоз,

А. Одилов,

монокультура хлопка.

В данной статье представлена информация о создании

новых районов Поп и Мингбулок, а также об организации

общественно

-

политического развития на основе сельского

хозяйства в пустынных регионах Центральной Ферганы в

Наманганской области в период с 1945 по 1980 годы.

Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan Namangan viloyatida ham paxta

yakkahokimligi davrida tashkil etilgan paxtachilik tumanlari mavjud. Bu tumanlar

viloyatning janubiy tumanlari Pop va O‘zbekistonning eng past qismi bo‘lgan Mingbuloq

tumanlari hisoblanadi [1].

Pop tumani

Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 28-sentabrda tashkil etilgan [2].

1930-yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931-yilda Chust tumani ajralib

chiqqanidan keyin Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947-60-yillarda Namangan

viloyati tarkibida, 1960-67-yillarda Fargona viloyatida, 1967-yil dekabrdan yana

Namangan viloyati tarkibiga qayta kiritilgan [3].

Pop tumani Namangan viloyati maydonining 4,8 foiziini, aholisining 9 foiziini va

yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi.

Tuman shimoldan Qirgʻiziston

Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq,

janubidan Fargʻona viloyatining Buvayda va Dangʻara tumanlari, garbdan Tojikiston

Respublikasining Asht tumani, To

shkent viloyatining Ohangaron va Boʻstonliq tumanlari

bilan chegaradosh hisoblandi. Chegarasining uzunligi 344

km. boʻlib, shimoli

-janubda

Chotqol, Qurama tizmalaridan Markaziy Fargʻona tekisliklarigacha boʻlgan kengliklarni

egallaydi. Maydoni 2,94 ming km

². Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar

(Pop), 5 shaharcha (Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod) mavjud.

Tuman hududi Fargona vodiysining shimolida, Namangan viloyatining shimoli-

gʻarbiy

qismida, Qurama togʻ tizmalarining janubiy yonbagʻri va Sirdaryo vohasida, geologik faol

zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va togʻlardan iborat boʻlib, janubidan shimolga

koʻtarila boradi. Janubida (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida balandligi

350-400 m, shimolida, Chotqol t

ogʻlarida esa 4000

-4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki

tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.

Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar janubidan shimoliy tomon oʻzgarib boradi.

Sirdaryoning chap sohilidagi Qoraqalpoq choʻlida koʻchm

a qumlar va qum barxanlari

orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz

tuproqlardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun

va boshqa oʻsadi. Sirdaryo va boshqa daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi

-botqoq va

toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol,

turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal

va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan,

efemer va

efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari bilan

qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt

va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va b

oshqa o’simliklar oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan

keng foydalaniladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

19

Pop tumanida jami sugʻoriladigan yer maydoni 39,3 ming ga, shu jumladan,

31 ming gektarga yaqini ekin maydoni boʻlib, 16,3 ming ga yerga paxta, 11,8 mingga

yerga don, 245 ga yerga kartoshka, 471,5 ga yerga sabzavot, 154 ga yerga poliz, 1922 ga
yerga yem-xashak ekinlari ekiladi

Pop tumani Markaziy Farg‘ona cho‘li hududlari tashkil etilishidan avvalroq

tuzilgan bo‘lsa

-da, ammo bu tuman hududlarining janubi-

sharqiy mintaqalari o‘tgan

asrning 40-70-

yillarida o‘zlashtirildi. Yangi o‘zlashtirilgan cho‘l mintaqalarida Navbahor

shaharchasi, shuningdek, Yangiobod, Yangiyer, Xalqobod, Quyi Shimoliy Farg‘ona, Yuqori
Shimoliy Farg‘ona kabi hududlar tashkil etilgan. Bu hududlarning shakillanishida tuman

ye

rlaridan oqib o‘tuvchi sug‘orish tarmoqlarining ahamiyati katta hisoblanadi.

Pop tumani qadimdan, asosan, 3 ta sug‘orish inshooti bilan sug‘orilgan.

Bular

Chodaksoy, Rezaksoy va G‘ovasoy hisoblanadi. XX asrning 30

-yillarida Pop tumanida suv

tanqisligi sez

ila boshlaydi, buni bartaraf etish uchun, eng avvalo, tuman dehqonlari o‘zlari

harakat qila boshlaydilar. 1937-1938-yillarda Pop tumanida aynan shu nomli kanal qurib
bitkazilgan. Lekin bu tumandagi suv tanqisligi muammosini hal qila olmagan. Shu
boisdan 1939-yilda tumandagi dehqonlar hukumatdan ushbu masala yechimi yuzasidan

sezilarli qadam tashlashni so‘rab murojat qilishgan. Bungacha qurilgan Pop kanali
mahaliy hashar yo‘li bilan bunyod etilgan bo‘lsa, xuddi shu tarjiba asosida urush yillarida

Shimoliy Fa

rg‘ona kanali qurib ishga topshirilgan.

Shimoliy Farg‘ona kanali 1940

-yil fevral oyida qazish ishlari boshlanib ketgan.

Ushbu kanal qazilishida Katta Farg‘ona qazilishi jarayonida bo‘lgani kabi o‘zbek va tojik

millatiga mansub minglab kolxozchilar mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo etilgan.

Shimoliy Farg‘ona kanali 1940

-

yilning iyun oyida to‘liq qazib tugallangan. Kanalning

umumiy uzunligi 160 kmni tashkil qilib, undan 100 kmi mamalakatimiz hududiga

joylashgan bo‘lsa, qolgan 60 km qismi qo‘shni Tojikiston

SSR hududida joylashgan. Kanal

qirg‘oqlarida ko‘plab suv inshootlari barpo etilib, bu orqali mintaqadagi paxtachilik
siyosati qo‘llab

-quvvatlangan. Tumandagi

sug‘orish ishlari 1957

-

yilda Markaziy Farg‘ona

hududlari bo‘ylab qazilgan Ohunboboyev nomli kanal

qurilishida yanada kuchaygan.

Ushbu kanallar qazilishi Pop va boshqa tumanlar sug‘orish tizimini yaxshilagan bo‘lsa

-da,

ularni suv bilan ta’minlaydigan Sirdaryo va unga kelib qo‘shiluvchi boshqa kichik daryo

va soylarning suvlarini kamayishiga xizmat qilg

an. Jumladan, Shimoloy Farg‘ona kanali

qazilishi tufayli Pop tumani hududida hamda qo‘shni hududlarda 42 ming gektar
yerlarning suv ta’minoti yaxshillangan yana Shuningdek, 19 ming gektar yangi yerlar
o‘zlashtirilgan.

Bu yerlarning asosiy qismiga paxta chigiti ekilgan. Pop tumanida ham urushdan

keyingi yillarda paxta monokulturasi avj olib borgan. Pop tumani 1947-yildan boshlab

Farg‘ona viloyatidan olinib, Namangan viloyati tasarrufiga berilgan.

XX asrning

50-

yillarida Pop tumanida ham qo‘riq va bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi jadallashgan.

Bunda 1952

1953-

yilarda tumanning janubiy qismida joylashgan Qoraqalpoq cho’l

hududlarining o‘zlashtirilishi kuchaygan. Bu hududlarda 1200 gektardan ortiq yangi

yerlar o‘zlashtirilgan. Ushbu yangi o‘zlashtirilg

an hududlarda dastlabki vaqtlarda kichik

yer maydonlariga ega bo‘lgan kolxozlar tuzilgan. Biroq, aynan shu yillarda butun

mamalakatda bo‘lgani kabi Pop tumanida ham kichik hajmli kolxozlar bir

-birlariga

qo‘shilib, katta yer maydonlariga ega bo‘lgan yirik k

olxozlar tuzila boshlangan. Pop

tumanida mavjud bo‘lgan ko‘plab

mayda kolxozlar o‘rnida yirik 6 ta kolxoz paydo

bo‘lgan. Ushbu kolxozlar, asosan,

paxta

ekishga mo‘ljallangan. 1960

-yilda tuman

Namangan viloyatidan Farg‘ona viloyati tarkibiga

berilgan, bu holat 7 yil davom etib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

20

1967-yilda tuman Namangan viloyati tarkibiga qaytarilgan. Tumanlardagi mayda

kolxozlarning birlashtirilishi o‘sha vaqtda kolxozlarning moddiy texnik holati bilan

bog‘liq bo‘lgan. O‘ziga to‘q kolxozlar paxta rejasini baja

ra olmayotgan nochor ahvoldagi

kolxozlarni o‘ziga qo‘shib olar edi.

Pop tumanida sovet hukumati paxtachilikni rivojlantirar ekan bu yerdagi kolxoz va

sovxozlarga ko‘proq e’tibor qaratishni yaxshi anglar edi. Pop tumanida urushdan keyingi

yillarda bo‘layotgan faol o‘zgarishllarda Pop tumani G‘urumsaroy qishlog‘ida tug‘ilgan

Ahmadjon Odilov (1925

2017) nomi alohida

o‘rin tutadi. Ahmadjon Odilov Pop

tumanidagi Lelin nomli kolxoz rahbari sifatida uzoq yillar faoliyat olib borgan.

Uning sa’y

-

harakatlari bilan tumanda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. SSR hukmron

doiralari mamlakatimizda paxta siyosatini kuchaytirib aholi turmush darajasini juda past

holatda ushlab turgan kezlarda Ahmadjon Odilov o‘z kolxozi va tumanida bir qator xayrli

ishlarni amalga oshirgan.

Uning davrida G‘urumsaroy qishlog‘I infratuzilmasi shaharlar

holatidan aslo qolishmagan. Ahmadjon Odilov tashabbusi bilan tumanda yangi shahar va

qishloqlar, agrosanoat birlashmasi tashkil qilingan. Masalan, tuman hududida qurilgan

yangi Navbahor s

haharchasi Ahmadjon odilov nomi bilan bog‘liq hisoblanadi.

Markaziy Farg‘ona cho‘l hududlariga kiruvchi Pop tumanida joylashgan

Achchiqko‘l massivida urushdan keyingi yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish boshlangan

edi. 1970-yilda Ahmadjon Odilov rahbarl

igida bu yerlarni o‘zlashtirish ishlari yanada

jadallashgan. Dastlabki vaqtlarda ushbu hududlarni o‘zlashtirish ishlari O‘zbekiston SSR
rahbariyati topshirig‘ibo‘lmay tuman kolxoz brigadalarining o‘z hisobidan amalga

oshirila boshlangan. Ushbu hududda yangi SSR rahbari Sharof Rashidov (1959

1983)

topshirig‘i bilan respublika budjetidan yordam pullari ajratilgan. Shundan so‘ng 1973–

1975-

yillarda Achchiqko‘l hududlarida katta qurilish ishlari amalga oshirilib, Navbahor

shaharchasi vujudga kelgan. Ushbu shaharcha atrofida 2 ming gektar yangi ekin

maydonlari o‘zlashtirilgan. Ularda bir necha kolxoz va 30ta yangi zvenolar tuzilgan. Bu
yangi o‘zlashtirilgan yerlarga ham paxta ekish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday tobora cho‘l
hududlarining ommaviy o‘zlashtirilishi tabiiy

cho‘l mintaqasining deyarli yo‘q bo‘lib

ketishiga olib kelgan. Bunday hududlarda tashkil etilgan paxtachilik tumanlaridan yana
biri hozirgi Mingbuloq tumani hisoblanadi.

Mingbuloq tumani (1994-yilgacha Zadaryo tumani) Namangan viloyati tarkibiga

kiritilgan. Markazi

Jomashoʻy

shaharchasi hisoblanadi. Ushbu tuman 1952-yil

29-

sentyabrda tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq

va boʻz yerlarida. Shimolidan viloyatning Chust va Toʻraqoʻrgʻon, Shimoli

-sharqdan

Namangan, shimoli-

gʻarbdan Pop tumanlari, janubi

-sharqdan Andijon viloyatining

Ulugʻnor, janubiy va janubi

-

gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh

hisoblanadi.

Maydoni 0,74 ming km².

O‘zbekiston SSR davrida Zadaryo tumani bilan yuritilgan mazkur hudud o‘tga

n

asrning 40-

yillaridan boshlab faol ravishda qo‘riq va bo‘z yerlar ochilib, ekin ekiladigan

maydonlarga aylantirila boshlangan.

Markaziy Farg‘ona cho‘llarining ushbu qismi

vodiydagi Sirdaryoga yaqin joylashgan. Shu boisdan unga Zadaryo nomi berilgan. Ushbu

tuman Markaziy Farg‘ona cho‘llarida tashkil qilingan Yozyovon va Bo‘z tumanlaridan

keyingi paxtachilik tumani hisoblangan.

Mazkur tuman hududida o‘tgan asrning

50

70-

yillarida yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olib borilgan.

1956-yilga Markaziy

Farg‘ona cho‘li hududlardagi bo‘sh yotgan yerlarni o‘zlashtirish

to‘g‘risidagi qarorga binoan mazkur tumanda yangi jalb etilgan texnikalar ko‘magida
qo‘riq yerlar ochila boshladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

21

Mingbuloq tumani nafaqat Farg‘ona vodiysining, balki, respublikam

izning eng past

mintaqasi hisoblanadi. Shu boisdan mazkur hududda yyerosti suvlari ancha tuproqning
yuqori qatlamlariga yaqin joylashgan. Shunga, asosan, sovet davri agronomlari bu

mintaqani o‘zlashtirishda quyidagi asosiy jihatlarga ahamiyat qaratishgan.

Birinchidan,

har qanday cho‘l mintaqasini o‘zlashtirib, uni ekin maydonlariga aylantirish uchun,
albatta, mazkur cho‘lga suv olib kelish asosiy vazifa qilib belgilanadi. Buni yechish uchun

yuqorida etganimizdek, 1957-yil Ohunboboyev kanali qazilgan. Shuningdek, tuman

yerlariga Ulug‘nor kanalidan ham suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchidan, tuman
hududida yerosti suvlarining ko‘pligi va yer usti qatlamlariga yaqin joylashganligi bois
mazkur tumanda ko‘plab zovurlar qazilgan. Mingbuloq tumani hududlari bo‘ylab
o‘zlashtirish ishlarida ko‘plab mashina va texnikalar kuchidan foydalanilgan. Bunday
texnikalar o‘tgan asrning 60

-

yillaridan boshlab yanada ko‘proq jalb qilingan. Cho‘l

hududida notekis yerlarni tekislash va ularni haydash ishlariga buldozer, ekskovator
hamda traktorlar olib kelingan. Ushbu mintaqadagi kolxozlar tashkil etilishi
jarayonlarida faol ishtrok etgan shaxslardan biri Abduqodir Valiyev hisoblanadi.

U dastlab Yozyovon tumani kolxozlarida, so‘ngra Zadaryo tumani kolxozlarida mehnat

qilgan. Sh

uningdek, Muzaffar Xasanov, Axror Aliyev, Po‘latjon G‘ofurov kabi Toshkentdan

yuborilgan kadrlar qo‘riq yerlarni o‘zlashtirishda faol qatnashganlar.

Farg‘ona vodiysi markaziy qismida joylashgan cho‘l hududlari o‘rnida

ko‘rib chiqilganidek, Bo‘z(Bo‘ston), Ulug‘nor, Ohunbobyev(Qo‘shtepa), Yozyovon, Pop
Mingbuloq tumanlari tashkil etildi. Bu tumanlar paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yekazib berishga moslashgan. Bu paxtachilik tumanlari o‘tgan asrning

50

80-yillarida shakllandi. Aholi vodiyning boshqa tumanlari hududlarida yashovchi

oilalar migratsiyasi hisobiga ortib bordi.

Turmush darajasi va sharoitlar yomonligi cho‘l

hududlarida doimiy yashashga imkon bermasdi. Tumanlarda, asosan, paxtachilikka
aloqador tashkilotlar va idoralar, korxonalar tizimi yaratilgan. Tumanga respublikadan
bir necha tajribali quruvchilar yuborilgan. Mazkur quruvchilar guruhi tumanda davlat va

jamoat binolari aholi turar joylari va yo‘llar qurilishida ishtirok etganlar va natijada

paxtachilik tumanlari infrastrukturasi vujudga kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https//wikipediya.uz

2.

Qo

ldoshev T., Qo

ldoshev Sh. Pop tumani tarixi.

Toshkent: Sharq nashriyoti,

2020.

B. 31

40.

3.

https://sof.uz/m8y

Библиографические ссылки

https//wikipediya.uz

Qo`ldoshev T , Qo`ldoshev Sh. Pop tumani tarixi. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2020. –B. 31-40.

Qo‘ldoshev T, Qo‘ldoshev Sh. Pop tumani tarixi. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2020. –B. 31-40.