Авторы

  • Наргиза Шукурова
    Старший преподаватель, Каршинский международный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp35-41

Ключевые слова:

суфизм психология личность суфий терпение настойчивость характер индивидуально-психологические особенности

Аннотация

В статье описывается учение суфизма и его психологические воззрения, понятие терпения в учении суфизма, воспитание волевых качеств в суфизме, психологический анализ черт характера силы духа, мужества и терпения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The concept of patience in spiritual and moral perfection
and its psychological research

Nargiza SHUKUROVA

1


Karshi International University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023

Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

The article describes the doctrine of Sufism and its

psychological views, the concept of patience in the doctrine of

Sufism, the cultivation of volitional qualities in Sufism, and the

psychological analysis of character traits of fortitude, courage,

and patience.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp35-41

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

sufism,

psychology,

personality,

Sufi,

patience,

perseverance,

will,

character,

individual psychological
characteristics.

Solikning ruhiy-

ma’naviy kamolotida sabr

tushunchasi

va uning psixologik tadqiqi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tasavvuf,

psixologiya,

shaxs,

so‘fiy,

sabr-toqat,

matonat,

iroda,

xarakter,

individual psixologik

xususiyatlar.

Maqolada tasavvuf ta’limoti va uning psixologik

qarashlari,

tasavvuf ta’limotida sabr tushunchasi, tasavvufda irodaviy

sifatlarni tarbiyalash va xarakter xislatlaridagi matonat, dadillik,

sabr-toqatning psixologik tahlili bayon qilingan.

1

Senior Lecturer, Karshi International University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

36

Понятие терпения в духовно

-

нравственном совершенстве

и его психологическое исследование

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

суфизм,

психология,

личность,

суфий,

терпение,

настойчивость,

воля,

характер,

индивидуально

-

психологические
особенности.

В статье описывается учение суфизма и его

психологические воззрения, понятие терпения в учении

суфизма, воспитание волевых качеств в суфизме,

психологический анализ черт характера силы духа,
мужества и терпения.

O‘z e’tiqodi hamda ta’limoti bilan dunyo dinlari orasida ajralib turuvchi islom

dini

alohida e’tirofga sazovordir. Islom olamida musulmon kishilar uchun tasavvuf ta’limoti
yuqori o‘rinda turuvchi yo‘ldir. Aynan tasavvuf ta’limoti o‘z ichiga islomning ahkomlarini
qamrab olib, kishilar uchun ruhiy ozuqa vazifasini o‘taydi. Shu maqsadda

ushbu

ta’limotlarni o‘rganish bir necha asrlar mobaynida davom etib kelmoqda.

IX asr boshlarida kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so‘fiylarning

amaliy, ruhiy-

psixologik mashqlari, o‘zini

-

o‘zi tarbiyalash va chiniqtirish tadbirlari

yuzaga

keldi. Tasavvuf olamida tariqat, ma’rifat va haqiqat tushunchalari yuzaga keldi.

Tariqat

“yo‘l”, ma’rifat –

arabcha “arafa” bilmoq, haqiqat –

Haqqa yetish ilmi demakdir.

Ilohiy tariqat tasavufning ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining ruhiy

-axloqiy

kamolot yo‘lidir. Tariqat tasavvufning amaliy qismi, deb ta’riflaydilar.

Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim o‘rin tutadi. “Maqomot” –

maqom

(manzil, bekat) so‘zining ko‘pligi bo‘lib, solikning ruhiy

-

maʼnaviy kamoloti

bosqichlarini

anglatadi.

А

bu Nasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan:

1. Tavba 2.

Varaʼ. 3.

Zuhd. 4. Faqr. 5. Sabr. 6. Xavf. 7. Rajo. 8. Tavakkul. 9. Rizo.

Sabr tariqat maqomining beshincha ruknida qayd etiladi va sabrga quyidagicha

ta’rif

beriladi:

Sabr

toqat, chidam. So‘fiylar tilida qiyinchiliklardan shikoyat qilmaslik, ayniqsa,

Xudodan boshqaga nola-

iltijo qilmaslik. Sabr etuvchi (sobir) oʼzini balo girdobiga solib,

balolardan qo‘rqmaydigan odamdir. “Sabr kushoyish uchun intizorliklar”

(Sahl Tustariy),

yaʼni ruhiy

-

maʼnaviy mushkulliklar yuz berganda, sabr qilgan solik kushoyish topadi, yangi

manzillarni kashf etadi. Sabr

imonning yarmi deydilar, chunki so‘fiyning dushmani bo‘lgan

nafs sabr orqali jilovlanadi, toatdan halovat topish ha

m sabr bilan bo‘ladi.

Psixologiyada sabr tushunchasi irodaviy sifatlar tarkibida o‘rganiladi. Sabr

tushunchasiga psixologik ta’rif berishdan avval iroda va uning psixologik mexanizmlarini
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Iroda

kishi ongining shunday

bir sohasidirki, bu orqali u o‘z ishiga faol kirishadi

va uni amalga oshiradi. Iroda tufayli kishi o‘z shaxsiy tashabbusi bilan ongli zaruriyatdan
kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo‘nalishda va oldindan nazarda tutilgan

kuch-

g‘ayrat bilan te

gishli ish-

harakatni bajarishi mumkin. Shuningdek, odam o‘z psixik

faoliyatini maqsadga muvofiq uyushtirishi hamda uni muayyan bir mazmunga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

37

yo‘naltirishi mumkin. Iroda odam xatti

-

harakatiga bir tomondan yo‘nalishga solsa,

ikkinchi tomondan mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik

faoliyatini uyushtiradi. U shaxs faoliyati mazmuniga ta’sir qiladi. Demak, iroda bu
kishining shunday faolligidirki, bunday faollik oldindan biror maqsad qo‘yib va shu

maqsadga erishish vositalarini oldinda

n belgilab, ongli ravishda zo‘r berish natijasida

voqe bo‘ladi.

Irodaviy harakatlar, ixtiyorsiz ish-harakatlardan farqliroq ongli ravishda qilinadi.

Bu holda ongning faoliyati harakat maqsadini belgilashda, bu maqsadga erishish

vositalari va yo‘l

-

yo‘riqlarini oldindan belgilashda, ma’lum bir qarorga kelishda hamda bu

qarorni ijro etishda namoyon bo‘ladi. Irodaviy jarayon va irodaviy harakatning dastlabki
momenti maqsad qo‘yishdan iboratdir. Maqsad deganda biz odam nima qilishi

kerakligini, nimaga erishishi kerakligi va qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini

anglashni tushunamiz. Biron maqsad va unga erishish yo‘llarini tanlaganda har bir kishi
ma’lum darajada o‘z dunyoqarashiga, axloqiy tamoyillariga, estetik didlariga, shaxsiy va

ijtimoiy manfaatlarig

a asoslanadi. Biron maqsad va uni amalga oshirish yo‘llarini tanlash

ba’zi paytda har xil kuch va har xil jozibaga ega bo‘lgan bir qancha motivlar qatnashishi

tufayli ichki kurash xarakterini kasb qiladi. Mana shuning uchun ham bu jarayon motivlar
kurashi

nomi bilan yuritiladi. Motivlar kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan biron maqsadni

amalga oshirish yo‘llarini tanlash jarayoni qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish –

ma’lum bir maqsad va bu maqsadni amalga oshirishning biron usuli yoki ma’lum yo‘llari

ha

qida to‘xtash demakdir. Bu esa motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Biron qaror shu qarorga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va ish harakatlar qilish

uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish, bajarish deyiladi. Irodaviy

jarayonlarda eng muhim narsa qabul qilingan qarorni bajarishdir. Kishining irodasi xuddi

mana shu qarorni bajarishda namoyon bo‘ladi deyish mumkin.

Irodaviy zo‘r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan

to‘siqlarni yengishda namoyon bo‘la

di. Kishining irodasi juda katta qarshiliklarni

yengishga to‘g‘ri kelgan paytda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Bunday qarshiliklar ikki turli
bo‘lishi mumkin: ichki va tashqi qarshiliklar.

Iroda, avvalo, kishining o‘z

-

o‘zini, o‘z intilishlari, hissiyotlari va

ehtiroslarini qo‘lida

tuta bilishi demakdir. Iroda

kishining o‘z

-

o‘zini iroda qila bilishi, o‘z xulqi va faoliyatini

ongli ravishda tartibga solish hamda boshqara olish qobiliyatidir. Odamning ichki

to‘lqinlarini yenga olish, o‘zini boshqarish va o‘z us

tidan hukmronlik qila bilish

qobiliyatini odatda ichki iroda deb yuritiladi.

Odamning tashqi to‘sqinliklarni tashqi qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatini

tashqi iroda deb yuritiladi. Biroq faqat shartli ravishda irodani ana shunday tashqi va
ichki deb

bo‘lish mumkin. Inson irodasi yolg‘iz birginadir, lekin u tashqi olamdagi

hodisalarni o‘zgartirish va boshqarishga yo‘naltirilishi hamda shuning bilan birga
o‘zining shaxsiy, ya’ni sub’yektiv holatini va jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilishi

mumkin. Shuning uchun irodaviy faoliyatda tashqi qarshiliklarni yengish ichki

qarshiliklarni yengish bilan uzviy bog‘liqdir.

Kishining irodasi o‘z sifatlari, ya’ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim

hollarda turlicha namoyon bo‘ladi. Iroda ma’lum kuchga ega bo‘ladi; ba’zi hollarda

kishining irodasi kuchli sur’atda namoyon bo‘lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon

bo‘ladi. Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi butun

irodaviy jarayonlarda ko‘rinadi. Iroda kuchi, avvalo, intilishlarda ko‘rina boshlaydi; biz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

38

kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli va kuchsiz xohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi

yana tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorning mustahkamligida ko‘rinadi. Yuksak

g‘oyaviy tamoyillarga asoslangan ongli qat’iy

at va sabotlilik kuchli iroda belgilaridandir;

qat’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajara olishiga shubha bilan qarashlik

va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi qat’iyatlikda ifodalanadi. Qat’iyat

qarorning bajarilishiga

to‘la ishonish va qarshilik hamda qiyinchiliklar qanchalik katta

bo‘lmasin (yoki katta bo‘lib ko‘rinmasin) uni albatta amalga oshirishga otlanishdir.

Iroda kuchi, ayniqsa, o‘zini tuta bilishda, jasurlikda, qat’iyatda, matonatda va

chidamlilikda namoyon b

o‘ladi.

Chidam va toqat. Maqsadlarni amalga oshirishda yengishga to‘g‘ri keladigan

qarshilik va qiyinchiliklar kishidan kuch hamda vaqt sarf qilishni talab qilibgina qolmay,

balki unga, ko‘pincha, jismoniy va ruhiy azob beradi. Kishi o‘z faoliyati davomida, ba’zan

sovuq va issiqdan, yomg‘ir va qordan, qattiq toliqish va och qolishlikdan hamda turli

kasalliklardan azob chekadigan hollari bo‘ladi. Agar, mana shunday qarshiliklarga

qaramay, kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga sodiq bo‘lib, uni amalga oshirishga

urinaversa, bunday harakatlarda ko‘rinadigan irodani chidam va toqat deb ataladi.

Irodaning bunday sifati ulardan taxminiy mashqlar o‘tkazish davridayoq talab qilingan

edi. Lekin irodaning bu sifati, xususan, o‘qish paytida, ya’ni ular g‘oyat zo‘r jismoni

y va

asabiy o‘zgarishlarni toqat bilan kechirishlariga to‘g‘ri kelgan paytda Kuchli namoyon

bo‘ladi. Shuning bilan bir vaqtda bu qahramonlar jiddiy keskinliklarga chidab o‘qish

davomida turli yo‘l tutmoq va harakat qilmoq uchun onglarini juda ravshanlikda

saqlab

qolishlari lozim edi. Tibbiyot va psixologik tekshirishlarning ko‘rsatishicha, shu qadar

jiddiy vazifani ado etishga faqat mustahkam sog‘liq hamda kuchli irodaga ega bo‘lgan

kishilargina chiday olishlari mumkin edi.

Odamdagi qat’iyat va chidamlilik aniq maqsad va o‘zining anchagina barqarorligi

bilan ajralib turadigan kuchli motivlarning mavjudligiga bog‘liq. O‘zini tuta bilish,

dadillik, qat’iylik, chidam va toqat paytlaridanamoyon bo‘ladigan kuchli irodaga mardlik

deb ataladi.

Sabr tushunchasiga ps

ixologik ta’rif berdik, u

Islom olamida ham o‘ziga xos ruhiy

-

ma’naviy tirgak hisoblanadi.

Sabr

g‘am

-kulfat, azob-

musibatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori bilan nafsni

tiyish; qanoatli bo‘lish. Islomda to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z

mayllarini so‘ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. Sabrli bo‘lish musulmonlarning asosiy

fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur'onning bir necha oyatlarida musulmonlarning sabrli

bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun sabrdan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato

etilmagani bayon qilingan. Kishi og‘ir paytda bardosh bilan, ne’mat yetganida shukr va

yaxshilik bilan sabr qilishi kerakligi alohida ta’kidlanadi. Tasavvufda sabr turlicha talqin

etiladi. Allohning Islom aqidasida Allohning muhabbatiga sazovor b

o‘lishni istaganlar

hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy hodisalarni mazkur aqida, ya’ni sabr

aqidasi bilan qarshi olishlari lozim. Alloh taoloning kalomi, Qur’oni Karimda ushbu

aqidani bir jumlaga joylab, yuzaga kelgan kelgan holatlardan birida qanday duo qilish

lozimligini o‘rgatgan: “Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz uning huzuriga

qaytuvchilarmiz” Baqara surasi, 156

-

oyat. Aynan mana shu oyatda sabrning asl ma’no

mazmuni o‘z aksini topgan. Sabr –

А

lloh taolo lutf etgan e

ng buyuk neʼmatlardandir.

Qurʼoni Karimda ismlari zikr etilgan barcha payg‘ambarlarning xos xislatlaridan biri ham

sabrli ekanlaridir. Ular musibatlarga, aziyatlarga, imonsizlar qilgan har qanday

dushmanliklarga bardosh berganlar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

39

А

l-Faqih

А

bu Lays

а

s-Sama

rqandiyning “Tanbehul gofuliyn” asarida sabr haqida

juda keng fikrlar bayon qilingan.

Yazid Raqqoshiy aytadilar:

“Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda,

bergan zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida
bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar

hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman”

.

Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring,

uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga
kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman. Bu xabarlarda sabr amallarining afzali
ekanligiga dalil bordir. Alloh taolo aytadi:

Hech shak-

shubha yo‘qki, sabr

-toqat

qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-

kitobsiz, to‘la

-

to‘kis qilib berilur”

(Zumar, 10).

Muhammad ibn

Muslim rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi

vasallamga:

“Ey Allohning elchisi! Molim ketdi, tanam kasal bo‘ldi”

, deb shikoyat qildi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: “

Moli ketmagan, joniga kasallik

yetmagan

bandaga yaxshilik yo‘qdir. Albatta, Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa, unga balo

yuboradi, agar unga balo yuborsa, uni sabrli qilib qo‘yadi”

.

Banda o‘ziga yetgan musibatlarga sabr qilmog‘i vojibdir va bilmog‘i lozimki, Alloh

taolo undan daf qilgan balolar ung

a yetgan balolardan ko‘ra ko‘pdir. Bu uchun ham

Allohga hamd aytmog‘i lozim. Bandalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga

ergashsinlar va u kishi mushriklar yetkazgan aziyatlarga qanday sabr qilganlariga
qarasinlar.

Qiyomat kunida yaxshi amallarni

n

amoz, ro‘za, sadaqa, haj ibodatlarini qilgan

odamlar keltirilib, amallari taroziga qo‘yiladi. Keyin balo yuborib sinalgan kishilar
keltiriladi, ammo ularning amallari taroziga ham qo‘yilmaydi, kitoblari ham ochib
ko‘rilmaydi, ularga ajru savoblar son

-sanoq

siz to‘kib yuboriladi. Shunda bu dunyoda sog‘

-

salomat yashab o‘tgan kishilar baloga duchor bo‘lgan kimsalarning savoblarini ko‘rib,

qaniydi dunyoda bizning badanlarimiz qaychi bilan kesib-tilib tashlanganida, deb orzu
qilishadi. Bu hol Alloh taoloning:

Sabr qiluvchilarning savoblari hisob-

kitobsiz to‘la

-

to‘kis qilib beriladi”

(Zumar, 10), degan so‘zining dalilidir.

Sabrli, toqatli, matonatli bo‘lish bu inson xarakteriga shakllantiriladigan xususiyat

hisoblanadi. Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya t

a’siri ostida tarkib topgan va

uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga,

buyumlarga), o‘z

-

o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual

xususiyatlarini tushunamiz. Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga

aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan xislatlaridir. Shu
sababli, xarakter haqidagi ta’limotda ham o‘zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari iroda
sifatlari ustida yana to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri kelad

i. Lekin bu yerda biz ularning kishida

ahyon-

ahyonda ko‘rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar kishining shaxsiy

fazilatlariga aylanib ketishi to‘g‘risida, ularning ayrim kishi xarakteri xislatlari tariqasida
namoyon bo‘lishi haqida gapiramiz. Kishining iroda bilan bog‘liq bo‘lgan xarakter

xislatlari, odatda, undagi emotsional xususiyatlar bilan muayyan nisbatda namoyon

bo‘ladi. Ba’zi odamlarning irodasi tuyg‘u

-hissiyotlaridan ustun turadi. Bunday odamlar

o‘z maqsadiga yetishiga xalal berishi mumkin bo‘

lgan har qanday his-

tuyg‘ularini darhol

bostira oladi. Odatda, bunday odamlarni irodasi kuchli, mustahkam irodali odam deyiladi.

Odamlarning o‘zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida ham kishi

xarakteri to‘g‘risida gapiradigan bo’lsak,

odatda, uning xarakteri kuchi va mustahkamligi

qay daraja namoyon bo‘lishiga qarab hukm chiqariladi. Kishi xarakteridagi bunday xislat,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

40

avvalo, uning o‘z mehnat faoliyatlari va xatti

-

harakatlarida ko‘zlaydigan maqsadning

aniqlik darajasidan iborat bo‘ladi.

Xarakterning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan eng yaqqol

xislati kishi irodasining kuchi va mustahkamligida ifodalanadi. Bunday xislatlar har

kimning xarakterida ham ma’lum darajada namoyon bo‘laveradi. Xuddi shunday kuchli

iroda va mustahkam xarakterga ega bo

‘lgan kishilar bizda yuksak qadrlanadi.

Xarakterning kuchi va mustahkamligi o‘zini tuta bilishlik, dadillik, chidam va

matonatda ko‘rinadi. Demak, xarakterning ijobiy sifatlaridan biri bu sabr

-toqat ekanligi

alohida ta’kidlanyapti.

O‘zini tuta bilish tariqasida namoyon bo‘ladigan xarakter xislati kishining o‘z xatti

-

harakatini nazorat qila bilishda, o‘zini tuta bilishida, tasodifiy yuz beradigan ixtiyorsiz
harakatlarini idora qila olishda, tilini tiya bilishda, muayyan sharoitda nojo‘ya yoki zararli

deb i

sbotlangan harakatlardan o‘zini tiya bilishda ko‘rinadi. Bunday kishilar vazmin,

o‘zini tuta biladigan, saranjom

-

sarishta bo‘ladilar.

Xarakter kuchi dadillikda ham ko‘rinadi. Dadil odamlar har qanday mashaqqat va

to‘siqlarga qaramay, ko‘zlangan maqsadiga erishadigan bo‘ladilar. Bunday kishilar
boshlagan bir ishni o‘z tinchligining buzilishiga, hatto o‘zining hayoti uchun xavfli
bo‘lishiga qaramay, oxiriga yetkazadigan, sabotli, jur’atli, botir va jasur bo‘ladilar.

Matonat shunday xarakter xislatidirki, bu x

islatlarga ega bo‘lgan odam sobitqadam,

chidamli, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda duch kelgan hamma qiyinchiliklarga
bardosh bera oladigan va ularni yenga oladigan bo‘ladi. Xarakter xislati tariqasida
namoyon bo‘ladigan matonat, sabotlilik ba’zi odam

larning barcha faoliyatlarida yuz

bersa, ba’zilari esa o‘zlari qiziqadigan ayrim faoliyatlari sohasidagina yuz beradi.
Matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamma vaqt oxiriga yetkazaoladigan bo‘ladilar.

Matonatli odam muvaffaqiyatsizlikka duch kelib qolganda ruhi tushmaydi, aksincha,

ko‘zlagan maqsadga yetish yo‘lida yanada qat’iyat bilan kirishib, yangi yo‘l va vositalar

izlaydi va maqsadiga erishadi.

Matonatli odamlar o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan bo‘lish bilan ajralib

turadilar. Bunday kishi

lar o‘z kuchiga ishonadigan bo‘ladilar. Bular mo‘ljallangan narsani

amalga oshirishda duch kelgan har qanday to‘siqlarga qarshilik ko‘rsata oladigan,

sabotli bo‘ladilar. Bunday kishilar chidamli, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida
uchraganto‘siqlarga qarsh

i kurashlarda jismoniy va ruhiy azob hamda musibatlarga

bardosh beradigan bo‘ladilar. Bular sabr

-

toqatli, har qanday sharoitd ham o‘zini tuta

oladigan, dadillik, jasorat, matonat ko‘rsatishga qodi odamlardir. Xarakter xislati bunday
odamlar zo‘r qahramonliklar ko‘rsatishga qodir bo‘ladilar. Ular o‘z hayotini bir asosiy
maqsadga bo‘ysundiradi va har qanday mashaqqat hamda to‘siqlardan qaytmay, asosiy
maqsadi yo‘lida kurashadi.

O‘z

-

o‘zini tarbiyalash yordamida inson ma’lum xarakter xislatlarini tarbiyalaydi,

tasavvufda ham inson tarbiyasi, insonni riyozatlar bilan poklash markaziy o’rib egallaydi.

Inson bor bilimlari bilan qanoatlanmasdan, balki ruhni chiniqtirish, qalbni musaffolash

orqali chiksiz kamolotga intilish, o’z

-

o’zini takomillashtirish, ya’ni yangi

maqomlar va

martabalarni egallab borish ham muhim o’rin tutadi. Buning uchun esa muayyan ruhiy

-

ma’naviy yo’lni bosib o’tish, qattiq va qat’iy cheklanish va mahrumliklarni boshdan kechirish
lozim, degan fikrni bildirishgan so’fiylar. Demak bu maqomga erishi

sh uchun sabr solik

uchun muhim xislatdir. Shunday qilib komillik sari intilish yo’lida sabr muhim irodaviy
sifatlardadir. Yuksak irodaviy va axloqiy sifatlari bilan hammaga manzur bo‘lgan insonlar
namunasi o‘z

-

o‘zida xarakter tarbiyalashning (umuman o‘z

-o

‘zini tarbiyalashning) juda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

41

muhim vositasidir. Demak, sabr bilan inson o‘zini o‘zi tarbiyalab boradi. Sabr inson

psixologiyasini ham irodaviy, ham axloqiy sifatlarini shaklanishiga yordam beradi. Tasavvuf

ta’limoti markazida ham Inson turadi, aslida buni I

nson ruhiyati haqidagi fan desa ham

yanglish bo‘lmaydi. Tasavvuf –

bu Mutlaq Ilohni tanish va sevish ilmidir. Haq va haqiqatga

ishq qancha kuchli bo‘lsa, u shuncha so‘fiydir, demak, pok ko‘ngil bilan boshqalarga ibrat
bo‘ladigan, qalb orqali anglangan tavh

idiy imon-

e’tiqod va ruhiy

-

ma’naviy kamolotga

erishish uchun sabr va matonat muhim sifat bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Najmiddin Komilov. “Tasavvuf”. Toshkent –

2009-yil.

2.

P. I. Ivanov, M. E. Zufarova.

“Umumiy psixologiya”. Tosh

kent 2015-yil.

3.

Abu Lays as-Samarqandiy.

“Tanbehul

-g

‘ofiliyn”. Toshkent 2003

-yil.

4.

Салаватулина, Л.Р. Общая психология: учебно

-

практическое пособие.

Челябинск –

2021 г.

5.

Ефимова Н С. Основы общей психологии: учебник. Москва –

2013 г.

6.

E. G

oziyev, Umumiy psixologiya. 2-kitob. Toshkent

2018 y.

Библиографические ссылки

Najmiddin Komilov. “Tasavvuf”. Toshkent – 2009-yil.

P. I. Ivanov, M. E. Zufarova. “Umumiy psixologiya”. Toshkent 2015-yil.

Abu Lays as-Samarqandiy. “Tanbehul-g’ofiliyn”. Toshkent 2003-yil.

Салаватулина, Л.Р. Общая психология: учебно-практическое пособие. Челябинск – 2021 г.

Ефимова Н С. Основы общей психологии: учебник. Москва – 2013 г.

E. G’oziyev, Umumiy psixologiya.2-kitob. Toshkent – 2018 y.