Авторы

  • Ильхом Киличев
    Директор, Академический лицей, Ташкентский фармацевтический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp218-226

Ключевые слова:

кредитный модуль Charles Eliot ERASMUS SOCRATES ECTS Болонская система образования европейские кредиты USCS UCTS

Аннотация

В статье рассказывается о реформе системы высшего образования в Узбекистане и об истории Кредитной модульной системы, ее актуальности, возможностях. Проведён анализ механизмов оценки Кредитного модуля, принятых в европейских, американских и азиатских странах, на основе сравнительного анализа.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Credit-module system and its implementation principles

Ilkhom KILICHEV

1

Tashkent Pharmaceutical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023
Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

This article talks about reforms in the system of higher

education in Uzbekistan and the history of the credit module

system, its relevance and possibilities.

At the same time, the assessment mechanisms adopted by

European, American and Asian countries are compared on the

basis of comparative analysis.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp218-226

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Credit module,

Charles Eliot,

ERASMUS,

SOCRATES,

ECTS,

Bologna education system,
European credits,

USCS, UCTS.

Kredit-modul tizimi va uning amalyotga joriy qilish
tamoyillari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Kredit-modul,

Charlz Eliot,

ERASMUS,

SOCRATES,

ECTS,

Bolonya ta’lim tizimi,

Yevropa kreditlari,

USCS,

UCTS.

Maskur maqolada O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimidagi

islohatlar va kredit modul tizimi tarixi, uning dolzarbligi,

imkoniyatlari haqidagi so‘z yuritiladi.

Shu bilan birgalikda maskur modul orqali Yevropa, Amerika

va Osiyo davlatlari qabul qilgan baholash mexanizmlari qiyosiy
tahlil asosida taqqoslanadi.

1

Director, Academic Lyceum, Tashkent Pharmaceutical Institute. E-mail: ilkhomqilichev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

219

Кредитно

-

модульная

система

и

принципы

ее

внедрения

в практику

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Кредитный модуль,

Charles Eliot,

ERASMUS,

SOCRATES,

ECTS,

Болонская система

образования,

европейские кредиты,

USCS,

UCTS.

В статье рассказывается о реформе системы высшего

образования в Узбекистане и об истории Кредитной

модульной системы, ее актуальности, возможностях.

Проведён анализ механизмов оценки Кредитного

модуля, принятых в европейских, американских и

азиатских странах, на основе сравнительного анализа.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan

tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

- yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi”ga ko‘ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030

-yilgacha

bosqichma-bosqich kredit-

modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan.

Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta’lim

muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.

Kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi,

kelib chiqish tarixi qanday, O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimiga joriy etishning maqsadi nimadan iborat? Ta’lim

jarayonini tashkil qilishning kredit-modulli tizimi

bu modulli o‘qitish texnologiyalari va

kredit yoki kredit ta’limi bo‘linmalarining kombinatsiyasiga asoslangan o‘quv jarayonini
tashkil etish modeli. Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko‘p qirrali va
murakkab harakatlar va o‘zaro ta’sir tizimidir.

Kredit-

modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan:

talabalarning mustaqil ishiga;

o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit

-

modulli tizimini va talabalarning ta’lim

yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlashga.

Ilk bor kredit-

soat tizimi, AQShda paydo bo‘lgan va rivojlangan. 1869

-yilda

Amerik

a ta’limining taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti Charlz Eliot

tomonidan “kredit soati” tushunchasini kiritildi va 1870

-80-yillarda kredit soatlarida

o‘lchangan akademik ish xajmi miqdori joriy etildi. 1892

-

yildan “kredit

-

soat” tizimi

rivojlani

shining ikkinchi bosqichiga start berildi. AQSh Milliy ta’lim qo‘mitasi tomonidan

“kollej

-

maktab” aloqasini yaxshilash, o‘quv dasturlarini standartlashtirish maqsadida

nafaqat kollejlarda, balki o‘rta maktablarda ham “kredit” tushunchasi joriy etildi.

Makt

ablar, bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari mazmuni hajmini

baholash uchun kredit tizimiga o‘tildi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida Yevropada o‘quv

dasturlarini xalqarolashtirish oliy ta’limning ustuvor tendentsiyalaridan biriga ayl

andi.

Xalqaro o‘quv dasturlarida universitetlarning ishtirok etishi dolzarb masalalardan biriga

aylandi. 1987-yil Yevropa Ittifoqida tashkil etilgan ERASMUS talabalar almashinuvi

bo‘yicha ta’lim dasturi (Universitet talabalarining harakatchanligi bo‘yicha

Evropa

hamjamiyati harakatlari sxemasi) qabul qilindi. Dastlab ERASMUS dasturi Yevropaning

12 mamlakatida eng yaxshi deb tan olindi va keng tarqaldi. To‘plangan tajriba qayta

ishlab chiqilib, 31 mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha yosh guruhlari va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

220

dara

jalardagi ixtisoslashgan SOCRATES ta’lim dasturi uchun asos sifatida qabul qilindi.

Bundan tashqari, talabalar almashinuvi bo‘yicha Yevropaning ilm

-

fan o‘chog‘i va

universitetlar imidjini mustahkamlashga qaratilgan Leonardo Da Vinchi va Tempus Tacis

o‘quv

dasturlari ham faoliyat yuritadi.

Ushbu dasturlarni tatbiq etar ekan, Yevropa ta’lim tizimlarining o‘ziga xosliklari

bilan bog‘liq bo‘lgan ya’ni, xilma

-

xill va ba’zi holatlarda bir

-biri bilan solishtirib

bo‘lmaydigan darajadagi turli xil ta’lim tizimlar kabi o‘ziga xos muammolarga duch keldi.

Haqiqatan ham shunday vosita ishlab chiqish kerak ediki, milliy ta’lim tizimlarini

shaffofligini ta’minlab, bir

-biri bilan solishtirishni yengillashtirish lozim edi. ERASMUS

dasturining sinov loyihasi sifatida shakllangan va 6 yil davomidaYevropaning 145 ta oliy

ta’lim muassasalarida tajribadan o‘tgan –

ECTS (European Credit Transfer System) tizimi

ushbu vazifani bajara olishini ko‘rsatdi.

Bolonya ta’lim tizimi

bu 1998-yilda Yevropaning yetakchi mamlakatlari

Germaniya, Italiya, Angliya, Fransiya ta’lim vazirlari tashabbusi bilan tuzilgan umumiy

ta’lim maydoni. Ushbu tashabbusni boshqa davlatlarning rasmiylari qo‘llab

-quvvatladilar

va 1999-yilda Yevropaning 29 ta davlati ECTSga alohida ahamiyat qaratilgan va diplom

ilovalariga umumyevropa maqomini beruvchi Bolonya deklaratsiyasini imzoladi. Shu

bilan birga, ECTSning vazifalari oliy ta’limning yagona tizimini yaratish emas, balki ta’lim

siyosati sohasida mamlakatlar va universitetlarning avtonomiyalarini saqlagan holda

xalqaro shaffoflik va mavjud ta’lim tizimlari va malakalarining muvofiqligiga erishishdir.

Bolonya tizmining ochiqligi boshqa mamlakatlarni bosqichma-

bosqich qo‘shilishini

ta’minlamoqda. Bugungi kunda Bolonya tizimi 48 mamlakatni birl

ashtirgan holda, yangi

a’zolarni birlashtirishda davom etmoqda. Bugungi kunga kelib, Yevropadagi deyarli

barcha davlatlar milliy oliy ta’lim tizimida ta’lim kreditlariga asoslangan isloxotlarni

amalga oshirganligini ko‘rish mumkin. Har bir mamlakat ta’lim

tizimidagi milliylikni,

o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda, hamkorlar tomonidan to‘plangan tajribadan eng

yaxshi va eng ilg’oridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish barobarida, oliy ta’lim

tizimlari

talabalar mobilligi; boshqaruvdagi moslashuvchanlikni namoyon etadi.

Bularning barchasi Yevropaning jahon ta’limi bozorida yanada jozibador bo‘lib

borayotganiga hissa qo‘shadi.

Bolonya ta’lim jarayonining maqsadi:

Yevropa yagona ta’lim zonasidagi tizimning asosiy yo‘nalishi sifatida, fuqarolar

mobilligi

ni doimiy ravishda rivojlantirgan holatda, o‘qishni tugatgach ish bilan

ta’minlashning haqiqiy imkoniyatini yaratish.

Intellektual, ilmiy, ijtimoiy va madaniy salohiyatni takomillashtirish va

barqarorlashtirish.

Yevropa universitetlari tizimining jozib

adorligini oshirish, ya‘ni Yevropa

universitetlari va institutlarining mablag‘, ta’sir va talabalarni jalb qilishdagi global

musobaqada raqobatbardoshligini ta’minlash.

Milliy oliy ta’lim tizimlarining muvofiqligi va universalligiga erishish.

Ta’lim sifatini oshirish. Oliy o‘quv yurtlarining umumiy madaniy qadriyatlarni

rivojlantirishdagi rolini oshirish, universitetlarga xalqaro ong tashuvchisi maqomini

berish.

Umumyevropa ta’lim makonini yaratish zarurati quyidagi masalalarni hal etish

holatlarini siqib chiqarmoqda:

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga fundamental yondashuvlarni

o‘zgartirishni talab qilayotgan zamonaviy iqtisodiyotning globallashuvi. Ishning bosqichma

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

221

bosqich o‘sishi konseptsiyasi yo‘qolib bormoqda: bitta korxonada uzoq mudd

at ishlaydigan

mutaxassislar soni kamayib bormoqda. Kasbiy vazifalarni shaxsiylashtirish shartlarining bir

xilligini va xodimlarning almashinuvchanligi va hakazolar.

Ishchi kuchi qabul qilingan tor standart doirasidan chiqib bormoqda, ya’ni

nostandartlashmoqda.

An’anaviy mehnat turlari o‘ziga xosligini yo‘qotmoqda.

Mutaxassislarning izolyatsiyasi yo‘q qilinmoqda, bu esa mutaxassisliklarning

o‘zgaruvchan parametrlari sh

akllanishiga olib keladi.

Bir kasbni egallashga qaratilgan kasb-

hunar dolzarbligini yo‘qotib bormoqda.

Professionallikni baholashga yondashuvlarni bosqichma-

bosqich tubdan o‘zgarishi,

diqqatni ta’lim jarayonining shakllari va mazmunidan natijalarga yo‘nalt

irish uchun

mo‘ljallangan Boloniya tizimi bo‘yicha ta’limni joriy etish zarurligiga olib keldi

Hozirga qadar deyarli barcha Yevropa davlatlari o‘zlarining milliy oliy ta’lim

tizimlarida islohotlar o‘tkazdilar, ta’lim kreditlari asosida tizimlarni joriy etd

ilar. Biroq

ular bir-biridan juda katta farq qiladi, buning sababi esa mamlakatlarning milliy ijtimoiy-

iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilganligidadir. Har bir davlat o‘ziga xos ta’lim

tizimini, milliy tarixiy va madaniy an’analarini saqlab qolis

hga intiladi, buni bir qator

Yevropa mamlakatlarining ta’lim tizimlari tahlili ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, Yevropaning milliy ta’lim tizimlaridagi baholash ko‘lamini

umumyevropa shabloniga aylanib ulgurgan ECTS tizimiga maksimal darajada

muvofiqlashtirish

i va tenglashuvi inkor etib bo‘lmaydigan zaruriyat edi.

Yevropa kreditiga

keladigan bo‘lsak

bu tyutor va talaba o‘rtasidagi aloqa soatlari hajmining ma’lum bir shartli

birligi.

O‘rtacha har bir talaba bir o‘quv yilida 60 Yevropa kreditini olishi kerak.

Yevropa kreditlarida doim talaba qancha vaqt auditoriyada shug‘ullanishi haqidagi

masala ochiq qoladi, va bu raqam fan, o‘qituvchi yoki universitetga qarab o‘zgarishi

mumkin. 2004-

yilning aprelida Ednet ta’lim tarmog‘i tomonidan o‘tkazilgan “Ta’lim

bozorin

i globallashtirish: Markaziy Osiyo universitetlari reformalari” mavzusidagi

4-Xalqaro anjumanda 1 ECTS krediti

auditoriya mashg‘ulotlari, kollokviumlar,

anjumanlar, kutubxonalardagi bahs-munozaralar, tashqi tadbirlar va shu kabida

qatnashishni, ya’ni barcha turdagi kontakt mashg‘ulotlarini ham hisobga olgan holda

24-36 ish soatlariga teng degan xulosaga kelingan. ECTS tizimida taxminan 60 kredit

bir

akademik yil, 30 kredit

bir semestr, 20 kredit

–bir trimestrdagi ta’limga mos keladi.

ECTS kredit

f

anning o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirish uchun mehnat sarfini ifodalaydi,

ish soatlari deganda esa

barcha turdagi kontakt soatlar tushuniladi, deb aytish mumkin.

AQSh ta’lim tizimining tuzilishi: talabalar tomonidan sertifikatlar, diplomlar, ilmiy

daraja

lar va boshqa malakalarni olish jarayonida amerika maktab o‘qituvchilari va oliy o‘quv

yurtlari o‘qituvchilari akademik yoki o‘quv kreditlari miqdorlarni hisoblash va izohlash

uchun turli xil formulalardan foydalanadilar. Ko‘pgina hollarda, yig‘ilgan “kredit soatlari”

yoki “kredit birliklari” atamasi bilan belgilanadi. AQSHda qabul qilingan USCS (US Credit

System) tizimida kredit-soat

bu o‘qish vaqtiga asoslangan o‘lchovdir.

Masalan,

bakalavriatda 1 kredit-soat talabaning semestr davomida har haftadagi 1 akademik soat

auditoriya ishiga teng.

Bundan tashqari har bir auditoriya mashg‘ulotiga 2 soat (100 daqiqa)

mustaqil ish qo‘shib beriladi. Magistraturada va ayniqsa doktoranturada bu mehnat hajmida

mustaqil ishning hissasi ko‘payib borishi nazarda tutiladi.

AQSHda bakalavr darajasini olish uchun 4 yilda kamida 120 kredit-soat, magistr

uchun 1-2 yilda mos ravishda 30-60 kredit-soat, doktorlik dasturlarida esa 3-4 yilda mos
ravishda 60-90 kredit-

soat to‘plash talab etiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

222

USCS tizimi Amerika talabalarining mobilligini oshiradi, chunki bir universitetda

olingan kreditlar boshqalarida ham hisobga olinadi va talabalar o‘qishlarini bir oliy o‘quv
yurtidan boshqasiga sinov birliklarini saqlagan holda ko‘chirishlari mumkin. Bunday
amaliyot qoldirilgan o‘qish va o‘qishga tiklash jarayonlarini o‘zaro bog‘lash uchun ham
qo‘llaniladi.

Yevropa, Amerika va Britaniya sinov birliklari tizimi bilan bir qatorda Osiyo-Tinch

Okeani regioni uchun UCTS (University Credit Transfer System) universitet kreditlarini

o‘tkazish tizimi

ham mavjud. Bu tizimga regionning yirik davlatlari, masalan, Yaponiya va

Xitoy umuman qo‘shilishmagan. UCTS tizimida esa evropa krediti kabi bir yilga 60 kredit
xisoblanadi. UCTS tizimi talabalarni boshka oliy o‘quv yurtiga o‘tishdagi baxolarini

xisoblash

uchun qo‘llaniladi, ta’lim tizimiga xech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Talaba

xorijda o‘qish dasturini o‘zi mustaqil tuzib chiqadi. Faqatgina ushbu dastur mavjud
bo‘lsagina, talabani jo‘natayotgan oliy ta’lim muassasasi va qabul qilib olayotgan ta’lim

muassas

asi o‘rtasida qanday kredit asosida o‘qishi haqida bitim tuziladi.

Bu loyihaning tajriba loyihasi 5 yilga (1999-2004-

yy.) mo‘ljallangan bo‘lib, uning

maqsadi UMAP (Osiyo-Tinch okeani regionida universitetlar mobilligi) tashkiloti
tomonidan regionda va UMAPfaoliyat sohasiga kiruvchi hududlarda va dunyoning

boshqa regionlaridagi davlatlar bilan birgalikda xorijiy oliy o‘quv yurtlaridagi olingan
kreditlarni kafolatli tan olish orqali talabalar almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yishga
yordam ko‘rsatish edi. Talabaning akademik muvaffaqiyati universitetda qo‘llaniladigan

bilimlarni baholash tizimidan foydalangan holda aniqlanadi, lekin ballarni majburiy
ravishda milliy shkala va ECTS shkalasiga tushirish bilan belgilanadi.

Asosiy baholash mezonlari:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil

mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega

deb topilganda

5 (a’lo) baho;

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning

(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)

bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda –

4 (yaxshi) baho;

talaba olgan

bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni

tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega

deb topilganda

3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatin

i

tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda –

2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Kredit tizimiga quyidagi tamoyillar asos bo‘ladi:

1.

“Rezonanslik” tamoyili, ya’ni oliy ta’lim tizimi Boloniya deklaratsiyasiga asosan

ikki

bosqichli tizim sifatida ko‘riladi, quyidagi oddiy formula yordamida hisoblanadi


< akademik daraja >S Ki =



Bu erda

kredit, ya’ni ma’lum kreditni yiqqan talaba, kutilgan akademik

darajaga ega bo‘ladi. Shunisi qiziqki,

mutaxassislarni ikki bosqichli tizimda tayyorlash


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

223

ta’lim jarayonini barqarorligini ta’minlaydi. Boshqa tomondan olganda, “rezonanslik”
tamoyili ta’lim traektoriyasini optimallashtirish imkoniyatini beradi, uning asosiy g‘oyasi
bilim va malakalar juda ko‘p bo‘lishi kerak emas, talab etilayotgan resurslarni
optimallashtirish uchun ularning miqdori qat’iy belgilangan bo‘lishi zarur.

2.

Ta’lim jarayonining nosinxronlik tamoyili, ya’ni kredit olishning (bilimlarni

egallashda) hamma uchun qat’iy, oldindan belgila

ngan bir xil tizimining ehtiyojning

yo‘qligi.

3.

Me’yorlar

o‘zgarishi tamoyili, ya’ni Y=f(T) (sovet modeli) dan Y=f(K) modeliga

o‘tish.

Y-akademik daraja, T-vaqt, K-

kredit. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, qat’iy vaqt va

aynan o‘qish muassasasiga bog‘liqlik o‘z kuchini yo‘qotadi.

4.

“O‘z

-

o‘ziga rejisser” tamoyili, ya’ni har bir talaba o‘zining shaxsiy ta’lim

traektoriyasini tanlaydi:

<akademik daraja> =K1+K5+K9+…=

= +…=

5.

Texnologiyalashtirish tamoyili, ya’ni oliy ta’limni ommalashuviga yo‘naltirish.

6.

Moslashuvchanlik (konvertatsiyalash) tamoyili, turli oliy ta’lim muassalarida

to‘plangan kreditlar va baholar o‘zaro tan olinishi.

Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:

1 amerikacha kredit-soat = 1 Xitoy krediti = 1 yapon zachet birligi = 2 Yevropa

krediti = 2 Osiyo-Okeaniya krediti = 4 Britaniya krediti.

ECTS talablariga javob beradigan kreditlarning asosiy elementlari va maqsadlarining

funksionalligi nuqtai nazardan kredit tizimi quyidagilar uchun asos bo‘lib x

izmat qiladi.

o‘quv jarayonini tashkil etishda shaxsga yo‘naltiriladi, bu talabalarga individual

o‘quv dasturlarini tuzish, fanlarni o‘zlashtirish ketma

-

ketligini erkin belgilash va o‘quv

mashg‘ulotlarining shaxsiy semestr jadvallarini mustaqil ravishda

tuzish imkoniyatini

beradi;

o‘quv rejalari, dasturlari va ta’lim mazmuni standartlarini doimiy rivojlanishini

shakllantiradi;

professor-

o‘qituvchilarga hatto o‘qitish metodikalarini ham tanlash erkinligini

beruvchi akademik mustaqillik beradi;

o‘qitish to‘lovlari va o‘qituvchilarning ish haqi miqdorining iqtisodiy hisob

-

kitoblari optimallashtirish;

universitetning tarkibiy o‘quv bo‘limlari daromadlari va xarajatlari byudjetlarini

shakllantirish va h.k.

O‘quv jarayonini tashkil etishda talaba shaxsiga yo‘naltirilganlik va va ta’lim faoliyatini

baholashning rag‘batlantiruvchi ball

-reyting tizimini pedagogik menejmentning rivojlanib

boruvchi tamoyillari bilan mutanosibligi kredit tizimining asosiy elementlari hisoblanadi.

Pedagogik menejmentning asosiy tamoyillari:

ta’limning aniq belgilangan mukammal natijalari va maqsadlari;

ta’lim

jarayonining pedagogik loyihalash;

foydali maslahat;

me’yorlash;

tezkor, ishonchli (ob’yektiv), to‘liq, aniq va doimiy hisobga olish;

talabalarga

nisbatan ob’yektiv munosabat;

talabalar va pedagoglarning o‘zaro intizomi;

topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini baholash (ta’lim olishga

rag‘batlantiruvchi motivatsiyasini rag‘batlantiradigan vositalar yoki ballar hisobida).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

224

o‘qituvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan standart yo‘riqnomalar

mavjudligi va ularga qat’iy rioya qilish, bu ta’lim oluvchilarning o‘qish sifatini oshirishga,

o‘qituvchilar va talabalarning o‘zaro nazoratining ob’yektivligi va talabalar baholarining

bashorat qilinishiga yordam beradi.

Kredit tizimining joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini

modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro

integratsiya jarayonlarida ishtirokini kengaytirish tal

ablari bilan bog‘liq.

Ta’kidlab o‘tilganidek, kredit

-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari

qisman O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga tatbiq qilingan. Shunday ekan, biz bu yerda

kredit-

modul tizimining faqat biz uchun yangi bo‘lgan va amaldagi ta’lim tizimida mavjud

bo‘lmagan bir necha muammoli jihati va afzalliklari haqida fikr yuritamiz va zarur

joylarda amalga oshirishning imkoni bo‘lgan takliflarimizni keltirib o‘tamiz.

Oliy ta’limning samaradorligi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar 1

-kursdan

boshlab, yo‘nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo‘yicha ajratilib ixtisoslik fanlarini

o‘qishni boshlashadi. Ya’ni, biz talabani hali abiturientlik paytidayoq tanlovdan mahrum

qilib ixtisoslikka biriktirib qo‘yamiz. Kredit

-modul tizimida esa eng avvalo talabaga

tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.

Talabaningmustaqil ish turlari. Ochig‘ini tan olishimiz kerak, biz asosan “talabani

qanday o‘qitishimiz kerak?”, degan muammo ustida bosh qotiramiz.

Kredit-modul tizimida

esa “talaba qanday o‘qishi kerak?” degan muammo ko‘ndalang qo‘yiladi. Ya’ni, kredit

-modul

tizimida talabaning mustaqil ishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishga keyslar,

topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma

ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish, vodkastlar,

o‘rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Bunda eng

asosiy masala

har bir fan bo‘yicha o‘ziga xos mus

taqil ish turlarini ishlab chiqishdir.

Ta’lim natijalari. Kredit

-

modul tizimida ta’lim mazmuni “ta’lim natijalari” asosida

rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, talabalarga o‘qitiladigan fanlar va

ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib

chiqib shakllantiriladi.

Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda

mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish amaliyoti qo‘llaniladi. Ya’ni, talabaga o‘z shaxsiy

traektoriyasini tuzish va h

ar semestrda boshqa akademik guruhda o‘qish imkoni beriladi.

Shuningdek, talabalarni differensial o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratiladi, bunda ilg‘or

talabalarni alohida o‘qitish orqali ta’lim samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga

zamin yaratish mumkin.

Baholash tizimining shaffofligi. Kredit-modul tizimida

o‘qituvchi asosan o‘qitish

bilan shug‘ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Ya’ni, pedagoglar “lector”

va “tyutor” larga ajratiladi. Lektor –

nazariy bilim beradi, tyutor

nazariy bilimlar asosida

talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni

imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil 5-iyundagi PQ

3775-sonli

Qarorida muvofiq fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi

ishtiroki istisno etildi va talabaning o‘zlashtirish darajasi –

professor-

o‘qituvchilar

faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib belgilandi.

Ya’ni, endilikda “o‘qituvchining

o‘zi o‘qitib

o‘zi baholash” usuli kun tartibidan olib tashlanadi.

Kredit-

modul tizimining oliy ta’limni modernizatsiya qilishda boshqa ta’lim

tizimlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘layotgan afzalliklari bilan birga, ayrim

kamchiliklari ham mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

225

o‘qitishning an’anaviy shakllarini bekor qilish (ma’ruzalar va seminarlar);

ta’lim jarayonida o‘qituvchining rolini pasayishi;

amaliyotga haddan tashqari

e’tibor berish;

fundamental bilimlarning mohiyati pasayishi.

katta moddiy xarajatlarni talab qiladigan ta’lim sharoitlarining tez

-

tez o‘zgarishi.

Shunday qilib, kredit tizimini joriy qilish orqali O‘zbekiston oliy ta’limi qanday

natijalarga erishishi mumkin? Uning kelajagi qanday?

Ma’lumki, ta’lim tizimi globallashuvning jadal o‘sishi va axborotlashtirish jarayoni

rivojlanishining zamonaviy talablariga javob berishi kerak. Ta’lim jarayoniga kredit
tizimini joriy etish, bo‘lajak oliy malakali mutaxassislar kerakli ma’lumotlarni topishi va

qayta ishlashi, tahlil qilis

hi va kelgusi ishlarida samarali foydalanishi ko‘nikma va

malakalariga ega bo‘lishlari kafolatlanadi.

O‘zbekistonda oliy ta’limga kredit tizimidan foydalanish, hozirgi beqaror xalqaro

mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek,

oliy ta’lim muassasalarimizni yuqori reytingini ta’minlash imkoniyatini beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak:

Kredit tizimida eng avvlo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.

Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi.

Kredit ta’lim tizimida o‘quv ishlari hajmi o‘qitiladigan material hajmi bo‘yicha

aniqlanadi va kreditlarda o‘lchanadi.

Barcha turdagi amaliyotlar va diplom ishlari, qo‘shimcha fanlar ta’lim dasturi

doirasida amalga oshiriladi va umumiy kreditlar hisobiga kiritiladi.

Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi. Shaxsiy

o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va

talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim.

Kredit ta’lim tizimida faoliyat

yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z talabalariga Davlat

ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari
hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal

darajada qulay sharoitlar yaratishi lozim.

Oliy ta’lim tizimida ECTS uchta muammoni hal etadi: turli davlatlarning oliy ta’lim

tizimidagi o‘quv rejalarni bir

-

biri bilan muvofiqlashtirish; talabalar mobilligini ta’minlash;

akademik darajalarni tan olinishi.

Kredit ta’lim tizimi

yordamida yosh avlodimizni ijodkor, oliy malakali mutaxassis,

tashabbuskor va novator sifatida tarbiyalash, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish mumkin.

Kredit ta’lim tizimini o‘rganish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, dunyoning turli

davlatlarida

u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga qaramasdan, kredit ta’lim tizimining

samarasi va maqsadga muvofiqligi uning ko‘plab dunyo davlatlari ta’lim tizimlarida
ko‘proq tarqalganligi bilan asoslaniladi, chunki ta’lim dasturlarining talabalarda mustaqil

ish

lash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi ijodiy faollikni va bilim olishga o‘zini

safarbar qilishga, oxir-

oqibat ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

226

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019-yil 8-

oktabr “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi PF–

5847-sonli Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2020

-yil 23-

sentabrda qabul qilingan «Ta’lim

to‘g‘risida»gi O‘RQ

-637-sonli Qonuni.

3. Gancherenok I.I., Gribovskaya E.L. Modeli magistrskoy podgotovki: Shvetsiya,

Velikobritaniya, Ispaniya. Minsk,2002.

4.

Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit

-

modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020 y.

5.

Usmonov B.Sh, Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit

-

modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020

-y.

6. The European Higher Education Area.

Joint Declaration of the Ministers of

Education.

Bologna, 1999, 19 June.

7.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit

-

modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik

Universiteti, 2020 y.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.

Gancherenok I.I., Gribovskaya E.L. Modeli magistrskoy podgotovki: Shvetsiya, Velikobritaniya, Ispaniya. Minsk,2002.

Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020 y.

Usmonov B.Sh, Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020-y.

The European Higher Education Area. - Joint Declaration of the Ministers of Education. - Bologna, 1999, 19 June.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.