Авторы

  • Мухриддин Рахматов
    Преподователь, Национальный Университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp30-34

Ключевые слова:

Африка Вторая Мировая Война cельское хозяйство модернизация реформы кукуруза «Андижоннома»

Аннотация

В данной статье рассматривается экономическая ситуация в Африке после Второй мировой войны, в частности политика и реформы, направленные на модернизацию сельскохозяйственных секторов. Было оценено влияние на экономические изменения усилий европейских стран по другим направлениям сохранения колониальных порядков в Африке, а также проанализированы изменения сельскохозяйственного потенциала после проведения модернизационной политики стран региона.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Modernization of agricultural industries in African
countries after the Second World War: problems and
achievements

Mukhriddin RAKHMATOV

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023

Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

This article examines the economic situation in Africa after

the Second World War, in particular the policies and reforms

aimed at modernizing the agricultural sectors. The impact on

economic changes of the efforts of European countries in other

areas of maintaining colonial orders in Africa was also assessed,
as well as changes in the agricultural potential after the

modernization policy of the countries of the region were

analyzed.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp3

0-34

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Africa,

World War II,

agriculture,

modernization,

reforms,

corn,

savanna.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng afrika davlatlarida qishloq
xo‘jaligi

tarmoqlarining

modernizatsiya

qilinishi:

muammo va yutuqlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Afrika,

Ikkinchi jahon urushi,

qishloq xo‘jaligi,

modernizatsiya,

islohotlar,

makkajo‘xori,

savanna.

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushidan keyin Afrika

davlarlarining iqtisodiy

holati, xususan, qishloq xo‘jaligidagi

tarmoqlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan siyosati va

islohotlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Yevropa davlatlarining

Afrikada mustamlaka tartibini saqlab qolish uchun boshqa turli

yo‘nalishdagi sa’y

-harakatlari

ning iqtisodiy o‘zgarishlar ta’siri

baholandi hamda mintaqa davlatlarining modernizatsiya

siyosatidan keyin qishloq xo‘jaligi salohiyatidafi o‘zgarishlar

tahlil qilindi.

1

Teacher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: rrahmatovmuhriddin@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

31

Модернизация сельскохозяйственных отраслей в
африканских странах после второй мировой войны:
проблемы и достижения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Африка,

Вторая Мировая Война,

cельское хозяйство,
модернизация,

реформы,

кукуруза,

саванна.

В данной статье рассматривается экономическая

ситуация в Африке после Второй мировой войны, в

частности политика и реформы, направленные на

модернизацию сельскохозяйственных секторов. Было
оценено влияние на экономические изменения усилий
европейских стран по другим направлениям сохранения

колониальных

порядков

в

Африке,

а

также

проанализированы изменения сельскохозяйственного

потенциала

после

проведения

модернизационной

политики стран региона.

Ikkinchi Jahon urushi afrikaliklarni siyosiy jihatdan ozod bo‘lishida muhim o‘rin

tutgan. Bu urush Afrika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy

ot tizimiga qo‘shilishida muhim

bosqich vazifasini bajardi. Afrika iqtisodiyotining tizimga integratsiyalashuvi ikkinchi
jahon urushidan keyin amalga oshirildi. Bu holat Afrika mamlakatlarini xalqaro moliya

tizimda noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Bunda boshq

aruv tizimini va resurslarni taqsimlash

dunyoning rivojlangan mamlakatlariga nisbatan teng bo‘lmagani sabab bo‘ldi. Urush
maqsadlariga erishish uchun Yevropa davlatlari Afrika qishloq xo‘jaligi uchun zarur
bo‘lgan materiallar va oziq

-ovqat mahsulotlarini i

shlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Ular

afrikaliklarni o‘z

-

o‘zini boshqarishga tayyorlash uchun muhim islohotlarni amalga oshira

boshladilar. Shu bilan birga, bu urush mustamlakachilar tomonidan afrikaliklar ustidan
nazoratni kuchaytirdi.

Qishloq xo‘jaligi Afrikadagi eng muhim iqtisodiy tarmoqdir. Bu soha qit’aning

mehnatga layoqatli aholisining qariyb 2/3

qismini ish bilan ta’minlaydi va har bir

mamlakat uchun yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 30

-60 % va eksport qiymatining

taxminan 30 %ni tashkil qiladi. Shunga qaramay, haydaladigan yerlar va doimiy ekinlar
ekiladigan yerlar Afrikaning umumiy yer maydonining atigi 6 % tashkil qiladi. Janubiy

Afrika, Zimbabve va Keniya kabi Yevropa millatiga mansub aholi soni ko‘p bo‘lgan

davlatlarda saonat ham yaxshi rivo

jlangan. Qishloq xo‘jaligi asosan ko‘p jihatdan yerni

oddiy asbob-uskunalar bilan vaqtincha ishlov beradigan

va o‘zgaruvchan

dehqonchilikning samarasiz tizimiga bog‘liq edi.

Afrikada don mahsulotlari

makkajo‘xori, bug‘doy va guruchdan olinadi. Makkajo‘xori keng tarqalgan bo‘lib, deyarli

mintaqaning barcha hududlarida yetishtiriladi.

Eng ko‘p guruch yetishtiruvchi davlatlar:

Misr, Gvineya, Senegal, Mali, Syerra-Leone, Liberiya, Kot-divuar, Nigeriya, Tanzaniya va

Madagaskardir. Avvallari bug‘doy ishlab chiq

arish janubiy Afrika, shimoliy Afrika

mamlakatlari, Efiopiya va Keniyaning baland tog‘li hududlari bilan cheklangan edi.

Keyingi davrlarda yangi navlar Nigeriya kabi savanna mintaqasidagi mamlakatlarda ham
yetishtirish boshlandi. Choy, qahva, kakao va uzum kabi mahsulotlar ham Afrikada
yetishtiriladi. Keniya, Tanzaniya, Malavi, Zimbabve va Mozambik eng yirik choy ishlab
chiqaruvchilari davlatlardir. [6. P. 2].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

32

Efiopiya, Uganda, Kot-divuar, Tanzaniya va Madagaskar esa qahvaning asosiy

ishlab chiqaruvchilari

hisoblanadi. Kakao asosan tropik o‘rmon ekinidir. Uni yetishtirish

Afrikaning g‘arbiy qismida joylashgan Kot

-divuar, Gana, Nigeriya va Kamerun davlatlari

hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ekinlarning barchasi asosan eksport uchun yetishtiriladi. Uzum

shimoliy Afrika va janubiy Afrikada, asosan, Yevropa bozorlariga sharob tayyorlash
uchun ishlab chiqariladi.

Urushdan keyin Afrikaning ba’zi qismlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan

talabni pasayishi katta inqirozga sabab bo‘lgan. Ammo Afrika qishloq xo‘jaligining
strukturasi o‘sha paytda eksportning yangi bosqichiga kirgan edi. Afrika qishloq xo‘jaligini
bu yo‘nalishga yo‘naltirish to‘xtovsiz davom etdi. O‘z

-

o‘zini boshqarish uchun qadamlar

ko‘pincha markazlashtirilgan mustamlaka hokimiyatlari uchun bah

ona edi. Ushbu yangi

tashkil etiladigan hukumat boshliqlarni nazorat qilishini va hokimiyatni mustamlakachi

gubernatorlar qo‘lida markazlashtirishini, ayniqsa, Afrika xalqlarining xohish

-istaklarini

inobatga olmasdan qishloq xo‘jaligi sohasida keskin o‘zga

rishlar kiritishini anglatardi. Bu

yondashuv qora tanlilar va Afrika siyosiy partiyalarining tobora radikal bo‘lishiga olib
keldi. Urushdan keyin ularning aksariyati mustamlakachilikdan mustaqil bo‘lishni talab

qildi. Mustamlaka hukumatlari afrikaliklar ke

lajakda o‘zini o‘zi boshqarish uchun

tayyorlanayotganini aytish bilan javob berdi. Mustamlakachi davlatlar tomonidan

boshlangan

urushdan

keyingi

Afrika

taraqqiyoti

sxemalarining

ba’zilari

muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Muvaffaqiyatsizliklardan biri Tanganik

adagi yeryong‘og‘i

g‘oyasi bo‘lib, u keng ko‘lamli yer yong‘og‘ini rivojlantirish nuqtayi nazaridan ajoyib tarzda
o‘ylab topilgan. Afrika va Yevropa o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning to‘g‘ri strategiyasi
hisoblanadi. Reja bo‘yicha g‘oya Yevropani ma’lum oz

iq-

ovqat mollari bilan ta’minlash va

Afrikada rivojlanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ma’lum bo‘lishicha, bu g‘oya
noto‘g‘ri ishlab chiqilib, sharqiy Afrikadagi Britaniya hukumati tomonidan halokatli tarzda

amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Afrika

qishloq xo‘jaligini Yevropa ehtiyojlariga xizmat

qilish uchun rivojlantirish tamoyili allaqachon mustahkam o‘rnatilgan edi. Urush uni

mustahkamlashga yordam berdi. Afrikaning Yevropa uchun ahamiyati sanoatni xomashyo

va tayyor mahsulotlar bozori bilan ta’minlash bo‘lgan [1.

P. 82].

Angola, Mozambik, Jazoir va Keniya kabi mustamlakalarda afrikaliklar o‘z

mustaqilligini qo‘lga kiritish uchun urushlar olib borishga majbur bo‘ldilar. Masalan, o‘z

-

o‘zini boshqarishga bo‘lgan ushbu talablarga javoban, Britaniya

mustamlaka hukumati

1946-yilda Berns konstitutsiyasini kiritdi. Vestminster modeliga asoslangan Berns
konstitutsiyasi Gana elitalari, boshliqlari va qirollarini mustamlakachi hukumat tarkibiga

kiritdi. Hukumat tarkibiga kiritilmaganlar ularning ko‘pchiligi

“ko‘k yoqali” partiyasi

ishchilar a’zolari bo‘lgan. Kvame Nkruma partiyasi tomonidan rad etilgan bo‘lsa

-da,

Berns konstitutsiyasi mustaqil Gana konstitutsiyasiga muhim qadam bo‘lgan. 1945–

1948-

yillarda Senegal, Tanzaniya, Fransiyaning g‘arbiy Afrika temir yo‘l tizimi va g‘arbiy

Afrikaning Oltin qirg‘og‘i bo‘ylab bir qator ish tashlashlar va norozilik namoyishlari bo‘lib
o‘tadi. Ularning katta qismi 1950

-yillarda siyosiy mustaqillik uchun kurashda muhim rol

o‘ynagan. Ko‘pgina Afrika davlatlari mustaqillikk

a keyinchalik dekolonizatsiya yoki

ozodlik yo‘li bilan erishdilar. Mustamlakachilar o‘z mustamlakalarini zudlik bilan va

doimiy ravishda daromadli qilish uchun siyosiy bosim ostida qoladilar [3. P. 30].

Urush keyingi iqtisodiy qaramlik asoslarini qo‘yishni

ng yana bir usuli bu

mustamlaka siyosatini Afrikada qonun va tartibni saqlash axloqidan mustamlakalarda

rivojlanishni kuchaytirish bo‘lgan. Mustamlaka qilingan xalqlarning farovonligini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

33

ta’minlash uchun Britaniya yangi jamg‘arma tuzadi. Bu jamg‘armani tara

qqiyoti va

farovonlik jamg‘armasi deb ataydilar. Bu jamg‘arma afrikaliklarning bir

-birlari bilan jang

qilishini to‘xtatishi va turli jamoalar va qabilalar o‘rtasidagi chorva bosqinlarini nazorat
qilishi kerak edi. Qishloqni rivojlantirish bo‘yicha yangi lo

yihalar tizimli ravishda amalga

oshiriladi va ta’lim siyosatidagi yangi tendensiyalar tez orada sezildi. Afrikadagi deyarli
barcha yirik universitetlar ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi urushdan ko‘p o‘tmay mustaml

akachilik siyosatidagi yangi rivojlanish

qonuniga javob beradi. Ammo taraqqiyotning bu harakatlarining o‘zi Afrikaning g‘arbiy
kapitalizmga qo‘shilishining yanada og‘irlashuvi edi. Mustamlaka taraqqiyoti va
farovonlik jamg‘armasi Afrikaning g‘arbga iqtisodiy qaramligini va Afrikaning g‘arbga
madaniy taqlid qilishini chuqurlashtirishga o‘ziga xos tarzda hissa qo‘shdi. Shunga

qaramay, Yeremya Obafemi, Kvame Nkruma, Djomo Keniata va Nnamdi Azikive kabi

afrikalik millatchilar imperiyalardagi o‘zgarishlarni orti

b borayotgan umidlar va

Afrikaning ozod bo‘lishiga intilishlari bilan kuzatdilar. Hatto chet elda bo‘lmagan

afrikaliklar uchun ham urush radio va xalq tilidagi gazetalarda turli janglar taqdirini
kuzatib borish uchun xalqaro tajribalarini kengaytirishga yordam berdi. Hech qachon
oddiy afrikaliklar Dyunkerk, Rangun, Perl-Xarbor va El-Alameyn kabi chekka joylarda

bo‘layotgan mojarolarni bilish

uchun bunchalik ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmagan edilar.

Afrikalik harbiy xizmatchilarning o‘zlari

qishloqlaridan minglab kilometr uzoqlikda jang

qilgan va yangi ko‘nikmalarni o‘rganganlar. Ammo urush shu tariqa eski imperiyalarning

siyosiy nazoratiga putur yetkazgan paytda, Yevropaning mustamlaka mahsulotlariga

boʻlgan ehtiyojini oshirib borardi [2

. P. 203].

Mustamlakalarni Yevropaga eng kerakli narsalarni ishlab chiqarishga harakat

qilish davom etdi. Yangi oziq-ovqat mahsulotlari Yevropaning ehtiyojlarini hisobga olgan
holda yetishtirildi. Yangi xomashyolar Yevropaning sanoat tarmoqlari bilan chekka
h

ududlarda mo‘ljallangan bozor sifatida ishlab chiqarildi. Mustamlakalarda urush avj ola

boshlagan davrda yangi depressiya boshlanadi. Afrikadagi rivojlanish va tushkunlik

o‘rtasidagi dialektikaning o‘zi Afrikaning xalqaro bozor tizimga iqtisodiy

integratsi

yalashuvining yangi darajasining alomati bo‘lgan.

Yashil inqilob va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish 1950–

1960-yillardagi

qishloqlarni rivojlantirish strategiyalari milliy daromad va qishloq xo‘jaligida

hosildorlikni oshirish orqali qishloq kambag

‘allarining hayotini yaxshilashga qaratilgan

edi. Bunga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini, ayniqsa, yuqori mahsuldor
navlarni qabul qilish yoki tarqatish orqali qishloq xo‘jaligini yaxshilash bilan bog‘liq

bo'lgan Yashil inqilobni joriy etish orqali erishildi. Yashil inqilob texnologiyalarining

qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida an’anaviy texnologiyalardan foydalanish rivojlanish
uchun to‘siq ekanligini

bilganlaridan so‘ng sodir bo‘ladi. Lesoto hukumati 1970

-yilda

birinchi besh yillik rivojlanish rejasini kiritdi. Besh yillik davr 1970

–1975 yillarni o‘z

ichiga olgan. Bundan

maqsad “iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy mustaqillik uchun

poydevor qo‘yish” bo‘lgan. Birinchi besh yillik rivojlanish rejasi davomida Lesoto
hukumatining maqsadi o‘simlikchilik va chorvachilikda “qishloq xo‘jaligida
hosildorlikning sezilarli o‘sishiga erishish” edi. Chunki, ekinlar hosildorligi umuman past

darajada kelib qolgan. Birgina

makkajo‘xorida

o‘rtacha 2

-

3 dona hosil bo‘lgan. Qishloq

xo‘jaligi mahsuldorligining pasayishi ortida turli sabablar bo‘lgan. Bular noqulay iqlim
sharoiti, unumdorligi past bo‘lgan qumli tuproqlar, sug‘orishning etishmasligi, migrant
mehnat tizimi tufayli ishchi kuchi tanqisligi, qishloq xo‘jaligi texnikasining etarli emasligi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

34

sababli ibtidoiy dehqonchilik usullaridan foydalanish va etarli darajada

mablag‘lari

yo‘qligi ko‘rsatish mumkin. 1970

-

yillarda qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish

yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar sifatida yerga egalik qilishning anʼanaviy tizimi, tuproq eroziyasi

va ibtid

oiy dehqonchilik usullaridan foydalanish bo’lgan. Qishloq xo‘jaligi unumdorlik

pastligi sababli Afrika mamlakatlari oziq-ovqat mahsulotlarini keraksiz ravishda import

qilishga majbur bo‘ladilar [5

. P. 105].

Ikkinchi jahon urush Buyuk Britaniya va Fransiyan

ing o‘z mustamlakalari ustidan

siyosiy nazoratini zaiflashtirgan bir vaqtning o‘zida Afrikaning butun g‘arb dunyosiga

iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirgan. 1994-

yilda Janubiy Afrikadagi demokratik o‘tish

iqtisodiy ko‘rsatkichlarda keskin o‘zgarishlar bo‘

lishini kutdi. Savdo va moliyaviy

sanksiyalari aparteid hukumatiga ichki siyosiy qarshilik ikkinchi jahon urushidan so‘ng
eng yomon o‘n yillik o‘sish ko‘rsatkichlariga (1984–

1993) yordam beradi. Bu

cheklovlarning olib tashlanishi mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishiga

olib keladi. [4. P. 4].

Xulosa. Ikkinchi jahon urushining Afrikaning iqtisodiy ahvoliga ta’siri uning

iqtisodiyotining jahon kapitalistik tizimiga qo‘shilishiga olib keldi. Bu Afrika

mamlakatlarini xalqaro kapitalistik tizimd

a yomon ahvolga solib qo‘ydi. Bunda

boshqaruv tartibi va resurslarni taqsimlash dunyoning rivojlangan mamlakatlariga

nisbatan teng bo‘lmaydi. Ikkinchi Jahon urushi Afrikaning mavqeyini mustahkamlashga

yordam beradi. Yevropa sanoati uchun xomashyo etkazib beruvchi va tayyor

mahsulotlarni sotish uchun katta bozor ham bo‘lib qoladi. Afrika iqtisodiyotining
integratsiyalashuvi natijasida ko‘pgina Afrika mamlakatlari moliyaviy inqirozni boshdan

kechirdilar. Jahon bozorida narxlarni tartibga soluvchi tashkilotlar Afrika mamlakatlari
uchun yuqori shartli kreditlar olish uchun platforma yaratdi, bu esa oxir-oqibat Afrika
rahbarlarini tarkibiy tuzatish dasturlariga kirishga majbur qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

A.G. Hopkins, “An Economic History of West Africa: A Comment,” African

Economic History, No. 2 (Fall, 1976), pp. 81-83.

2.

W, Rodney, “How Europe Under

-

developed Africa”(2012), p. 203.

3.

J.D.B, Miller, “The Politics of The Third World” (1968).

4.

Stan du Plessis and Ben Smiti, “Economic growth in South Africa since 1994”

South Africa (2006), pp. 3-9.

5. Cadribo A (1987). Participation and Development: the Lesotho Experience.

Development: Seeds of Change 2(3): pp. 103-106.

6.

Michael F. Lofchie, “Introduction,” in Robert H. Bates and Michael F. Lofchie

(eds.), Agricultural Development in Africa: Issues of Public Policy (New York: Praeger,
1980)), p. 2.

Библиографические ссылки

A. G. Hopkins, “An Economic History of West Africa: A Comment,” African Economic History, No. 2 (Fall, 1976), pp. 81-83.

W, Rodney, “How Europe Under-developed Africa”( 2012 ), p. 203.

J.D.B, Miller, “The Politics of The Third World” ( 1968 ).

Stan du Plessis and Ben Smiti, “Economic growth in South Africa since 1994” South Africa (2006), pp. 3-9.

Cadribo A (1987). Participation and Development: the Lesotho Experience. Development: Seeds of Change 2(3): pp. 103-106.

Michael F. Lofchie, “Introduction,” in Robert H. Bates and Michael F. Lofchie (eds.), Agricultural Development in Africa: Issues of Public Policy (New York: Praeger, 1980)), p. 2.