Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methods of increasing the efficiency and financing of
innovation projects of enterprises
Muhayyo TOKHTASINOVA
1
, Orifjon KARIMOV
2
Fergana Polytechnic Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
The introduction of effective methods of financing innovative
projects in accordance with national and international
templates is an extremely important task. The experience of
leading innovative enterprises shows that in the context of a
shortage of resources, the application and improvement of
modern modeling methods of large innovative projects is
considered a vital necessity, creating high production efficiency.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp44-49
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovation,
Innovation Strategy,
Innovation Management,
enterprise,
financing,
investment,
competition,
startup.
Korxonalarning innovatsion loyihalarining samaradorligini
oshirish va moliyalashtirish usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
innovatsiya,
innovatsion strategiya,
innovatsiyalarni boshqarish,
korxona,
moliyalashtirish,
investitsiya,
raqobat,
startup.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning samarali
usullarini milliy va xalqaro andozalarga muvofiq joriy etish o‘ta
muhim vazifadir. Yetakchi innovatsion korxonalar tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, resurslar taqchilligi sharoitida yirik
innovatsion loyihalarini zamonaviy modellashtirish usullarini
qo‘llash va takomillashtirish hayotiy zarurat hisoblanib, u ishlab
chiqarishda yuqori samaradorlikni yaratib beradi.
1
Senior teacher, Economics department, Fergana Polytechnic Institute.
2
Teacher, of the
“
Economics
”
department, Fergana Polytechnic Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
45
Методы повышения эффективности и финансирования
инновационных проектов предприятий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновации,
инновационная стратегия,
управление инновациями,
предприятие,
финансирование,
инвестиции,
конкуренция,
стартап.
Внедрение эффективных методов финансирования
инновационных проектов в соответствии с национальными и
международными шаблонами является чрезвычайно важной
задачей. Опыт ведущих инновационных предприятий
показывает,
что
применение
и
совершенствование
современных
методов
моделирования
крупных
инновационных проектов в условиях дефицита ресурсов
является жизненной необходимостью, которая создает
высокую эффективность производства.
Bugungi kunda innovatsion rivojlanish ilm-fan va yuqori texnologiyalarning
muttasil ortib borayotgan kuchiga asoslanadi va zamonaviy sivilizatsiya sharoitida
jamiyat taraqqiyotining asosiy yo‘liga
aylanib bormoqda. Innovatsion
yondashuvning asosiy xususiyati shundaki, ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasi
hududlarni rivojlantirishda ustunlik qiladi va iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy taraqqiyot
va atrof-
muhitni muhofaza qilishning maqbul kombinatsiyasini ta’m
inlaydi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalar o‘rtasida raqobatning kuchayishi davrida
ishlab chiqarishga innovatsiyani joriy qilish moslanuvchanlikni oshishini
ta’minlaydi. Shuning uchun ular o‘z faoliyatida istiqbolli tadqiqot guruhlarini
tashkil etib, oxirgi bosqichda sotish va sotishdan keying xizmatlarni faol
rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Innovatsiyani shartli ravishda ikki darajaga bo‘lish
mumkin.
Birinchi,
ilk bor ishlab chiqarishga tatbiq etiladigan yangilik, kashfiyot, g‘oya
hisoblanib, ular tashabbu
slarni tatbiq etish evaziga birlamchi ustunlikka ega bo‘ladi.
Ikkinchi,
qayta tatbiq etilayotgan kashfiyot, nou-
xau, g‘oya va yangilik bo‘lib, ular
jahonda yangilik hisoblanmaydi. Birinchi darajali innovatsiya barcha korxonalarda
tatbiq etilmasada, lekin ikkinchi darajali innovatsiyalar raqobatda saqlanib qolishni
xohlagan barcha korxonalarga tatbiq etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonani innovatsiyaga, yangi texnika va
texnologiyani amaliyotga joriy etishga, yangi mahsulot va xizmatlardan
foydalanishga undaydi.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy shart
-
sharoitlarida iqtisodiy o‘sishning
surʼati va sifatini taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi
bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning barcha soha va
tarmoqlari mutanosib rivojlanishiga erishish innovatsion xarakterga ega bo‘lmog‘i
lozim. Bunga erishishning bir muncha murakkabligi korxona doim tanlov oldida
turishi, yaʼni agar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilmasa ert
ami-kechmi
tanazzulga uchrashi, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning katta
xarajatlar bilan bog‘liqligi kabi omillar bilan izohlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
46
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning oqilona tizimini yaratish orqali
moliyaviy resurslarni jamlash va ularni innovatsion jarayonlarning ustuvor
sohalariga yo‘naltirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yangi turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarish jarayonini loyihalashtirish, tadqiq etish va tashkil qilish, ishlanmalar va
tashkiliy jarayonlarni, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni, ish va xizmatlarni,
shuningdek, boshqaruvning yangi shakl va uslublarini yaratish va joriy etishga
yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanishdir.
Innovatsion loyihaning mahsulot hayotiylik sikli barcha bosqichlarida zarur
moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganligining yuqori darajasi bozor tomonidan
mahsulot yetarli darajada qabul qilinmasligi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi va
innovatsion faoliyat samaradorligini oshiradi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:
1. davlat tomonidan moliyalashtirish;
2. korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish;
3. bank kreditlari orqali moliyalashtirish;
4. venchur moliyalashtirish;
5. lizing;
6. forfeyting;
7. aralash moliyalashtirish va boshqalar.
Yangidan tashkil etilayotgan innovatsion kompaniyalarning (startup) moliyasi
zamonaviy korporativ moliya nazariyasi va amaliyotini o‘rganishning obʼyekti
hisoblanuvchi o‘rta va yirik biznes korxonalari moliyasid
an sezilarli darajada farq
qiladi. Har qanday startupdan farqli o‘laroq, taraqqiy etgan, operatsion faoliyati yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan kompaniyalar moliyasi zamonaviy korporativ moliyani o‘rganish
obʼyekti hisoblanadi. Ushbu holatda kompaniyaning operatsion
faoliyati deyilganda,
kompaniyaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, xizmatlarni taqdim etish, ishlarni
bajarish bilan bog‘liq asosiy faoliyati tushuniladi. Bunday kompaniyadagi
moliyachilarning vazifasi
–
moliyaviy oqimlarni kompaniya faoliyatining
s
amaradorligini oshirish uchun yo‘naltirishdan iboratdir.
Moliyachi kompaniya kapitali qiymatini oshirish uchun uning tarkibini qayta
ko‘rib chiqishi lozim, shu bilan birgalikda u kompaniya uchun eng foydali bo‘lgan
dividend siyosatini belgilashi, foiz to‘lovlarini to‘lash borasida optimal sxemalar
ishlab chiqishi, oddiy aksiyalarni so‘ndirish va shu kabi masalalar bilan
shug‘ullanishi kerak bo‘ladi.
Yangidan tashkil etilayotgan biznesda bunday global muammolar mavjud
bo‘lmasada, tadbirkorning vazifasi ancha murakkab bo‘lib, u ham bo‘lsa korxona
faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘lar izlab topish va ularni jalb qilishdan
iboratdir. Korporativ moliya nazariyasiga ko‘ra, har qanday kompaniyaning barcha
pul oqimlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: operatsion
faoliyatdan olinuvchi pul
oqimlari,investitsion faoliyatdan olinuvchi pul oqimlari va moliyaviy faoliyatdan
ko‘riluvchi pul oqimlari.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
47
Аgar biz rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan yosh innovatsion
kompaniyani tahlil qiladigan bo‘lsak, u holda tadbirkorning na aktivlari va na o‘z
kapitali borligiga guvoh bo‘lamiz. Tadbirkorning birgina narsasi, u ham bo‘lsa, uni
bozorga olib chiqish orqali pul ishlashi mumkin bo‘lgan ixtiros mavjud.
Ko‘p hollarda kichik va o‘rta biznes korxonalari korporatsiyalardan
farqli
ravishda tijorat krediti olishda jiddiy muammolarga duch keladilar, chunki kredit
olish uchun quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:
1.
kredit taʼminoti uchun aktivlar;
2.
foiz to‘lovlarini vaqtida hisob
-kitob qilish imkoniyatini beruvchi
operatsion faoliyatda olinuvchi pul oqimlari.
Yangi tashkil etilgan kompaniyalar aksariyat hollarda kredit taʼminoti uchun
likvid akivlarga va yetarlicha o‘z kapitaliga ega bo‘lmaganlari holda, foiz
to‘lovlarini to‘lash borasida jiddiy muammolarga duch keladilar.
Demak,
innovatsion startaplarning korporativ moliyadan yana bir farqi shundaki, ular
ko‘pchilik holatlarda kredit mablag‘lari ololmaydi. Bundan tashqari, yirik
kompaniyalar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun keng
foydalanadigan klassik moliyaviy vositalardan (masalan, obligatsiyalar, tijorat
veksellari, bank aktseptlari va boshqalar) yangi tashkil etilayotgan korxonalar
yetarlicha aktivlari mavjud emasligi bois hali foydalana olmaydilar.
Innovatsion tadbirkorlikda moliyalashtirishning anʼanaviy
usullari va
manbalaridan foydalanish imkoniyatlari juda ham cheklangan, baʼzi holatlarda esa
bunday manba va usullardan foydalanishning umuman iloji yo‘q. Ertami
-kechmi
har qanday startap asoschisining oldida: “Zarur moliyalashtirish manbaini
qayerdan topi
sh mumkin, va ularning optimal tarkibi qanday bo‘lishi kerak?” –
degan savol paydo bo‘ladi.
Bunda mablag‘lar kiritish borasida qarorlar qabul qilishda tadbirkorlikning
rivojlanish bosqichi va moliyaviy qaytimning noaniq istiqbollari hal qiluvchi
ahamiyat k
asb etadi. Dastlab, daromadlar egri chizig‘i investitsiyalar darajasining
foyda darajasidan ortiqchaligini aks ettirgan holda, keskin pasayib boradi. So‘ngra,
bozorga yangi mahsulot yoki xizmatlarning kirib borishi asnosida daromadlar egri
chizig‘i ko‘tari
lib boradi. Qachonki, kompaniya yetuklik darajasiga erishar ekan,
daromadlar egri chizig‘ining o‘sishi sekinlashishi mumkin.
Yosh
kompaniyalar
rivojlanishining
dastlabki
bosqichlarini
moliyalashtirishga “ekish bosqichi” (seed stage), ishga tushirish bosqi
chi (startup)
va ilk o‘sish davri (Early Stage) bosqichlari kiradi. Ushbu holatda “ekish” va
“startap” bosqichlari o‘rtasidagi chegara shartli hisoblanadi, chunki har ikkala
bosqichda ham salbiy pul oqimiga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatini samarali yo‘lga
qo‘yishda tajribaga ega yoki tajribasi yetarlicha bo‘lmagan yosh innovatsion
kompaniyalar nazarda tutiladi. Ushbu oqimlar ko‘pchilik holatlarda yoki umuman
amalda mavjud yoki mavjud bo‘lmasada, unchalik ham ahamiyati katta bo‘lmagan
operatsion faoliyatdan ko‘
riluvchi oqimlar hisobiga qoplanishi mumkin emas.
Kompaniya bozorda o‘xshashi bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lganlaridan sifat jihatidan
farq qiluvchi yangi mahsulotlarni taklif qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
48
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani
innovatsion rivojlantirish, ilm-
fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan
chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi 6198-son Farmoniga
muvofiq, Respublikaning 13 ta hududini innovatsion hududga aylantirish
belgilangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda aholining iqtisodiy
-
ijtimoy darajasini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
hamda yangi ish o‘rinlari
ni yaratish mazkur qaror ijrosining uzviy qismidir.
Innovatsion hududlardagi muammolar yechimiga qaratilgan 13,1 mlrd
so‘mga teng 22 ta startap loyiha davlat grantlari hisobidan moliyalashtirilgan.
Natijada eksportbob va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar
ishlab chiqarilib,
196 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shu tarzda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
viloyatlarda 1 tadan ajratib olingan tumanlarida innovatsion g‘oyalarga asoslangan
startap loyihalari qo‘llab
-quvvatlanadi, hududlarning intellektual va texnologik
salohiyati bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019
–
2021-yillarda jami 90 ta
startap loyiha tanlov asosida moliyalashtirilgan.
Shulardan, sog‘liqni saqlash
sohasida 18,7 mlrd so‘mlik 20 ta,
axborot texnologiyalar sohasida 14,5 mlrd
so‘mlik 20 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 14,1 mlrd so‘mlik 22 ta, transport va
energetika sohasida 9,6 mlrd so‘mlik 11 ta, qurilish sohasida 4,5 mlrd so‘mlik 7 ta,
oziq-
ovqat sohasida 3,3 mlrd so‘mlik 5 ta, mashinasozlik, taʼlim va boshqa
sohalarda 5,6 mlrd so‘mlik 12 ta startap loyihalar umumiy qiymati 70,3 mlrd
so‘mni tashkil etadi. Ushbu startap loyihalar amalga oshirilishi natijasida 674 ta
yangi ish o‘rinlari yaratilib, eksportbob va import o‘rnini bosuvchi ma
hsulotlar
ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek joriy yilning 13-
aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligi va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Intellektual mulk va innovatsiyalar davlat agentligi mutasaddi
hodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida
O‘zbekiston
-
Qirg‘iziston innovatsion loyihalari tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq
tashkiliy jarayonlar muhokama qilindi. Hamkorlikda tashkil qilinadigan tanlov
mexanizmlari, yo‘nalishlari va muddatlari bo‘yicha kelishib olindi. Innovatsion
loyihalar tanlovi doirasida olimlar uchun qulaylik yaratish masalalari muhokama
qilindi va joriy yilning 2-
yarmida qo‘shma tanlov tashkil qilinishi bo‘yicha
kelishuvga erishildi.
XULOS
А
Shunday
qilib, barqaror o‘sish va kengayishning yakuniy bosqichi bo‘lib, bu
investitsiyalardan chiqish fazasiga tayyorgarlik ko‘rish hisoblanadi. Ushbu
bosqichda kompaniya foyda yoki zararni qayd etish maqsadida investorning
kompaniyadagi ulushini sotishni ko‘zda
tutuvchi loyihadan chiqishni istiqbolli
rejalashtirishga o‘tishi va uzoq muddatli korporativ strategiyani ishlab chiqishi
lozim. Investorning kompaniyadan chiqishining: to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri sotish; ommaviy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
49
oferta (shu jumladan, IPO) orqali sotish; hisobdan chiqarish; imtiyozli aksiyalar
qarzlarini to‘lab berish; boshqa venchur kapitali egasiga sotish; moliya
muassasasini sotish kabi usullari mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Иванченко Д.А. Роль интернет
-
пространства в формировании
образовательной иформационной среды //Дистанционное и виртуальное
обучение. 2011. №2. С. 19
-31.
2.
F.Zakirova va boshqa elektron o‘quv
-
metodik majmualar va ta’lim
resurslarini yaratish metodikasi.
Metodik qo‘llanma, Т.: ОO‘МТV, 2010. –
57 b.
3.
R.Ishmuhamedov, A.Аbduqodirov , A.Pardaev, Taʼlimda innovatsion
texnologiyalar (taʼlim muassasalari pedagog
-
o‘qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar).
–
T.: “Isteʼdod” jamg‘armasi, 2008. –
180 b.
