Авторы

  • Нодира Азимова
    Преподаватель, Университета Турон Зармед, независимый соискатель, Бухарского государственного университета

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp139-143

Ключевые слова:

сказка народная устная проза ушук варсаки чупчак художественный вымысел характер воспитание

Аннотация

В данной статье объясняется, что сказка является одним из древнейших, популярных видов народного устного творчества. В деятельности дошкольных образовательных организаций при Центре «Язык и речь» роль сказок в воспитании детей в национальном духе, приобщении их к традициям, обрядам, явлениям природы, животным и самое главное, в развитии их речи и заложено увеличение богатства словарного запаса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The technology of using fairy tales in speech training

Nodira AZIMOVA

1

Turon Zarmed University, Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2023
Received in revised form

15 May 2023
Accepted 25 May 2023

Available online

15 June 2023

This article explains that the fairy tale is one of the most

ancient, popular types of folk oral creativity. In the activities of

preschool educational

organizations at the Center “Language and

Speech”, the role of fairy tales in raising children in the national

spirit, introducing them to traditions, rituals, natural

phenomena, and animals, and, most importantly, in growing

their speech and increasing the wealth of vocabulary is laid

down.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp139-143

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

fairy tale, folk oral fiction,

matal,

ushuk,

varsaki,

chupchak,

fictional fiction,

character,

upbringing.

Nutq o

‘stirish mashg‘ulotlarida ertaklardan foydalanish

texnologiyasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ertak,

xalq og‘zaki ijodi,

matal,

ushuk,

varsaki,

cho‘pchak,

xayoliy uydirma,

personaj,

tarbiya.

Ushbu maqolada ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy,

ommaviy turlaridan biri ekanligi izohlab o‘tilgan. Maktabgacha

ta’lim tashkilotlarida “Til va nutq” markazida olib boriladigan

faoliyatlarida bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda, urf-odat,

marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar bilan tanishtirishda va

eng muhimi, ularning nutqini o‘stirishda va lug‘at boyligini

oshirishda ertaklarning tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar

yoritilgan.

1

Teacher, Turon Zarmed University. Independent applicant, Bukhara State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

140

Технология использования сказок в обучении речи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

сказка,

народная устная проза,
матал,

ушук,

варсаки,

чупчак,

художественный вымысел,

характер,

воспитание.

В данной статье объясняется, что сказка является одним

из древнейших, популярных видов народного устного

творчества. В деятельности дошкольных образовательных
организаций при Центре «Язык и речь» роль сказок в

воспитании детей в национальном духе, приобщении их к

традициям, обрядам, явлениям природы, животным и самое

главное, в развитии их речи и заложено увеличение
богатства словарного запаса.

Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir.

Ertakning

paydo bo‘lishida qadimiy urf

-odat,

marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‘rin

tutgan.

Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan

didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir viloyatlarda

boshqacha atamasi h

am uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada –

matal,

Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda

ushuk, Xorazmda

varsaki, Toshkent shahri va

uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi.

Epik turdagi asarlarda, ayniqsa, ertaklarda xayoliy uyd

irmalar asosiy o‘rinni

egallaydi. Ular o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji,
tugallanmadan tashkil topadi. Ba’zi ertaklar “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki
cho‘pon) bo‘lgan ekan”, “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot” kabi qisqagina boshlamalar bilan
boshlansa, ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Ertaklarning mavzu jihatidan hayvonlar

haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari bor.
Bu ertaklar orasida hayvonl

ar haqidagi ertaklar ham o‘z o‘rniga ega.

Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o‘qiydigan fantastik

hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari

hayvonlar bo‘lsa

-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi ertak

personajlari

bo‘ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday harakat

qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda Tulki

ayyorlik va munofiqlik, Ayiq

go‘l, laqmalik,

Bo‘ri –

qonxo‘rlik, Chumchuq –

chaqimchilik ramzi sifatida xayolimizda muhrlanib qolgan.

Xalqimizda birovning salbiy qilig‘i, muomalasi hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‘i,
birovning aybini ko‘rsatib tanbeh berishdan ko‘ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish

millatimizga xos

xususiyatdir. Bema’ni xulqli odamni yaxshi yo‘lga boshlash, tarbiyaga muhtoj

insonni ezgu ishlarga undashda xuddi shu hayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy

qahramonlar (bo‘ri, tulki, eshak, xo‘roz) qo‘l keladi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi va

bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o‘g‘li,
Haydar Baychi o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g ‘li, Husanboy Rasul o‘g‘li kabi ertakchi,

matalchilarimiz katta xizmat qilganlar.

Ular og‘zidan yozib olingan o‘zbek xalq

ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma’naviy zavq berib kelyapti.

“Ertaklar –

yaxshilikka yetaklar” degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko‘ngil

ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-

shavq bag‘ishlovchi ma’naviy manbadir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

141

Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda

har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Sababi, ushbu metodlar

bolalarning badiiy tasavvurlari hamda bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat turi
hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan barcha metodlar orqali bolalarga nutq normalari va

qoidalari, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Bolalarda badiiy tasavvur va tushunchalar

sh

akllantiriladi. Ularning nutqini o‘stirishda ularni noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan

kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish mumkin emas. Bu o‘rinda barcha metodlardan o‘z
o‘rnida izchillik bilan kompleks ravishda foydalanish maqsadga muvofiq. Makta

bgacha

ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqiy sifatlarini shakllantirishda tushuntirish va
namuna ko‘rsatish metodidan foydalanish katta natija beradi.

Nutq boyligini o‘stirishga qaratilgan va badiiy didini yuksaltiradigan ertaklardan

namunalar ko‘rsati

sh orqali bolalar nutq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini

egallaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutq o‘stirish tajribalarini

kengaytirib borish, xulq-

atvorida chiroyli atamalar bor yoki yo‘qligini aniqlab borishda

tarbiyachidan ziyraklik talab etiladi. Ertakdagi qahramonlarning hatti

harakatlarini tahlil

qilish jarayonida bolalar o‘z fikr

-

mulohazalarini aytishlariga o‘rganadilar. Ertak

qahramonlarining har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq normalari va qoidalari
do

irasida bajarishga urinadilar. Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy

san’at buyumlarini tomosha qilish, multfilmlar tomosha qilishda, musiqa va ashula eshitish
bolalarda estetik hisni uyg‘otadi, shu bilan bir qatorda nutq qoidalari va n

ormalarini

singdirib boradi. Bolalarning nutqiy sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim

tashkilotida turli xil metodlardan foydalaniladi.

Ertaklarning badiiy kuchi- uning namunaviy ahamiyatga egaligidadir. Ertaklarda

bolalarning yosh xususiyatlari

alohida e’tiborga olinadi. Voqealar qiziqarli, sodda, ixcham,

izchil, qisqa bayon etilishi talab qilinadi. O‘zbekistonning turli viloyatlarida bu janrga oid

asarlar turlicha (toshkentliklar-

cho‘pchak, farg‘onaliklar

-matal, xorazmliklar -varsaqi)

atalgan.

So‘z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy ham g‘azallaridan birida cho‘pchak

so‘zini qo‘llaganlar:

Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay,

Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho‘pchak.

Ushbu baytdagi “cho‘pchak” so‘zi 1959

-

yil “Navod

ir-ush-

shabob”ning qayta

nashrida “cho‘rchak” shaklida yozilgan.

Shuning uchun ham Alisher Navoiy zamonida

“cho‘rchak” yoki “cho‘pchak” atamasi bo‘lgan deb aytishimiz mumkin bo’ladi. Baytdagi
“uyqu” so‘ziga e’tibor beradigan bo‘lsak, oqshom payti bolalarni

uxlatishda ertakning

sehrli ta’sir kuchidan foydalanish nazarda tutilganiga guvoh bo‘lamiz.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertakning ta’lim

-tarbiyaviy jihatlarini bolalar

ongiga yetkazib berishda tarbiyachi bir qancha usul va vositalardan foydalanishi mumkin.

Har bir usul va vositadan tarbiyachi o‘z o‘rnida foydalanishi tavsiya qilinadi.

Bu vositalardan biri

bolajonlar uchun sevimli bo‘lgan, ular qiziqib tomosha

qiladigan multfilmlardir.

Multfilmlar “kam kuch sarflab, ko‘proq natijaga erishish vositasi”

desak xato bo‘lmaydi. Sababi, multfilmlarni bola tomosha qilganida ko‘proq ma’lumotni
oladi. Bu esa tarbiyachiga juda katta ma’suliyat yuklaydi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida qo‘yib ko‘rsatilayotgan multfilmlar

-

o‘zida milliylikni, ta’limiylikni,

t

arbiyaviylikni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Bolajonlarimizga o‘zimizning milliy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

142

multfilmlarimizni qo‘yib ko‘rsatishimiz orqali ularning nafaqat ta’lim, balki nutqiy
sifatlarini ham shakllantirishimiz mumkin. Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagi. Bu

ertakning multfilmida Zumradning atlas libosda ekanligi, uning uy yumushlarini bajarishi

(tongda hovli supurishi, tandirda non yopishi, o‘choqda ovqat qilishi va h.k.) bolalar

diqqatini jalb qiladi.

Zumrad mehnatsevarligi, odobliligi, shirinso‘zligi, kattalar

ga hurmat, kichiklarga

izzatda bo‘lishi bilan bolajonlarni axloqiy tarbiyaga chaqiradi. Maktabgacha ta’lim
yoshidagi barcha bolalar bu multfilmdan va ertakdan o‘zlari uchun ma’naviy, milliy va
axloqiy tarbiyani o‘zlashtiradilar. Bizning ota

-bobolarimiznin

g an’analari qanday ekanligi,

ularning kundalik faoliyatlari ro‘zg‘or tutish an’analari avloddan –avlodga o‘tib sayqallanib
kelayotgan liboslarni uyg‘unlashuvini ko‘radilar va o‘zlariga kerakli xulosalarni

chiqarishga yordam beradi, yaxshi va yomon odatlar

ni farqlashga o‘rganadi. Ertaklardagi

ijobiy qahramonga o‘xshashga harakat qilib, o‘zlaridagi yomon xulqlarni bartaraf etadilar.
Zumradga o‘xshashga harakat qilib, tozalikka, mehnatsevarlikka odatlanadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachiga y

ordamlashishga, xonanani ozoda

saqlashga, o‘z

-

o‘ziga xizmat qilishga o‘rganadilar.

Shunday qilib, bolalarning badiiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni

kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning ertaklar vositasida kattalar
rahbarligidagi

qizg‘in faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida nutq

odoblarini tarbiyalashda barcha usullar va vositalardan o‘z o‘rnida qo‘llashi maktabgacha

yoshdagi bolalarda nutqiy va axloqiy sifatlarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Ertaklar, ularni

kim to‘qishidan qat’iy nazar, ko‘pincha inson mantiqiy fikri emas,

xayolotining mahsuli bo‘ladi. Bolalarning esa fantaziyasi o‘ta kuchli. Bundan badiiy

adabiyot faoliyatlarida unumli foydalana bilish kerak, xolos. Tanish ertak syujeti asosida
yangi ertak

yaratish, ya’ni o‘sha qahramonlar ishtirokida boshqa ertak to‘qish, xotira bilan

o‘ynash –

so‘zlar va hodisalarni eslash, guruhda hikoyachi rolini bajarish –

o‘ylab topilgan

voqeani aytib berish singari ijodiy ishlarni amalga oshirish mumkin.

Bunday ertak

to‘qish, hikoyachi o‘rnini egallash singari faoliyatlar jarayonida

tarbiyachi bolalarning ijodini, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yozib borishi kerak.
Masalan, yorug‘lik

-(qalam), shkaf-

(it) so‘zlar juftligi ishtirokida ertak tuzishda bolalar

so‘zlar juftligidagi ikkinchi so‘zning nimaligini bilmaydilar. Shu so‘zni qidirib dunyo

-dunyo

voqealarni aytib yuborganliklarini o‘zlari ham sezmay qoladilar. Kimning ertagida mana
shu ikki so‘z ishtirok etganini tarbiyachi belgilab boradi va o‘yinning oxirida buni

yuzaga

chiqaradi. Bu o‘yindan maqsad berkitilgan so‘zni topish emas, bolalarni ijodga, uning
uchun o‘ta foydali bo‘lgan mashg‘ulotga undashdan iborat.

Yoki ― Nima qilarding agar… (davomi kutilmagan savollar) dunyoda pul bo‘lmasa;

dunyoni pul bosib ketsa; Sirdaryo boshqa planetaga tushib qolsa; dinozavr bilan

to‘qnashib qolsang; suv osti shaharchasiga tushib qolsang; parilar mamlakatiga borib
qolsang; sehrgar bo‘lib qolsang va hokazo g‘ayrioddiy, xayolparastlikka undaydigan

savollar bilan ham bolalarni ijo

dga yo‘naltirish mumkin.

Biror ertakning mazmunini o‘zgartirib qayta aytish ham ancha jiddiy, ijodiy o‘yin.

Faqat buning uchun avval zarur vaziyatni yaratib olish kerak. Bolalar tabiatan ertaklar

aslining tarafdori bo‘ladilar. Ular ertaklarning ayni o‘sha

birinchi marta eshitgan so‘zlar

bilan aytilishini istaydilar. O‘sha tanish so‘zlarni, ular dastlabki holatida eslab qolgan
iboralarni, o‘sha hayajonni qaytadan tuyish, yana qayta hayratlanish, shodlanish ularga

xush yoqadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

143

Psixologlarning aytishicha, bo

la dunyoning o‘zi o‘zlashtirib olgan holatidan tez

-tez

o‘zgarib turishini xushlamaydi. Uning boshqacha yo‘nalishga qo‘yilishi, tanish ertakni
o‘zgacharoq shaklda eshitish bolaga yoqmaydi. U so‘zlarni tuzatishga, ertakchiga

voqealarning aslini eslatishga ur

inadi. Bu jarayon bolani o‘ylantiradi, bezovta qiladi,

ziyraklantiradi, izlantiradi, xushyorlikka undaydi, aqli, xotirasini kuchaytiradi. Bola o‘sha
avval tuygan lazzat, hayajon, qo‘rquvni qayta his qilgisi keladi. O‘sha tuyg‘ularni qidiradi.

Agar u ertakn

ing o‘zgargan holati bilan kelishgan taqdirda ham, undagi o‘zgarishlar bolani

yangi tuyg‘ularni his qilishga majbur qiladi. Ular endi ertak bilan emas, o‘z

-

o‘zlari bilan

o‘ynaydilar. O‘zlariga javobgarlikni oladilar. Bu hol bolani yomon kuchlardan
qo‘rqmaslikka, yaxshiliklardan zavqlanishga, go‘zallikdan hayratlanishga o‘rgatadi.
Umuman, bolaning qahramonlarga munosabatida o‘zgarish bo‘ladi. Bola haqiqiy hayot
bilan o‘ylab topilgan hodisalar orasidagi farqni anglab boradi. Bu o‘yinning bolani mustaqil

muloh

aza yuritishga undaydigan ikkinchi jihati shundaki, bola ertakni o‘zicha tahlil qilib

boradi. Uning dastlabki varianti bilan yangisini taqqoslaydi. Bir vaqtning o‘zida ertakning
har ikkala shakliga o‘ziga yarasha munosabat bildiradi. Tarbiyachi bola xayoli

dagi mana

shu munosabatni, tahlilni, taqqoslashni so‘zga aylantira olishi, yuzaga chiqara bilishi kerak.

Uning tarbiyachilik vazifasi mana shuni taqozo qiladi.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, ertaklarning qiziqarli syujeti bolalarni

mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka, asar qahramonlariga taqlid qilishga, ularning xatti-

harakatlariga munosabat bildirishga yo‘naltiradi. Agar bolalarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar to‘qishga, ijodkorlikka, sarguzashtlar

tuzishga undash kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Avezov S.S. Folklore traditions in Navoi

s works. Ilmiy maqola. Middle european

scientific bulletin. 2021.

2.

S.S. Avezov D.B.Xamrayeva Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida folklor

kichik

janrlarni o‘rgatish.

Monografiya. 2022.

3.

N.X.Azimova,, S.U.Gulyamova, MTTlarda nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida

maqollardan foydalanish texnologiyasi. Ilmiy maqola. Scientific progress. 2023.

4.

D.R.Babayeva, Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darsl

ik. Toshkent

2018.

5. Jumayev U.T., Azimova N.X., Raxmonova S.M. Theoretical foundations of

cooperation between the family and preschool education in the moral and aesthetic
development of preschool children. Middle European scientific bulletin. 2021.

Библиографические ссылки

Avezov S.S. Folklore traditions in Navoi's works. Ilmiy maqola. Middle European scientific bulletin. 2021

S.S. Avezov D.B.Xamrayeva Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida folklor kichik janrlarni o‘rgatish. Monografiya. 2022

N.X.Azimova,, S.U.Gulyamova, MTTlarda nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida maqollardan foydalanish texnologiyasi. Ilmiy maqola. Scientific progress. 2023

D.R.Babayeva, Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent – 2018

Jumayev U.T., Azimova N.X., Raxmonova S.M. Theoretical foundations of cooperation between the family and preschool education in the moral and aesthetic development of preschool children. Middle European scientific bulletin. 2021