Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Terms denoting international relations: cognitive and
conceptual analysis
Nigora TASHLANOVA
1
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi, Fergana branch
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
In all areas of our linguistics, bold steps are being taken
toward a deep study of theoretical issues, and several practical
works are being carried out. The main purpose of the research
is to study the terms used in international relations from the
point of view of linguistics, to determine the meaning and
important features of terms, and their goals and objectives,
their place and meaning in language and culture. In addition,
the intended goal includes such sub-goals as cognitive and
conceptual analysis, composition, and lexical-semantic features
of modern English, Russian, and Uzbek political terms in
cultural linguistics. Also, the work analyzed linguoculturological
features and problematic aspects of terms borrowed from
Russian and English into the Uzbek language.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp201-208
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
linguistics,
terminology,
terms denoting international
relations,
linguistic research.
Xalqaro munosabatlarni bildiruvchi terminlar: kognitiv va
konseptual tahlil
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
lingvomadaniyatshunoslik,
terminologiya, xalqaro
aloqalarni bildiruvchi
terminlar,
lingvistik tadqiqot.
Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy masalalarni
tobora chuqurroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar
tashlanmoqda, amaliy jihatdan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotning asosiy maqsadi xalqaro aloqalarda qo‘llaniladigan
terminlarn
i tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish, terminlarning
ma‘no va muhim xususiyatlarini aniqlash, maqsad va vazifalarini,
ularning tildagi va madaniyatdagi o‘rni va ahamiyatini belgilashdan
iborat. Bundan tashqari, ko‘zlangan maqsad o‘z ichiga hozirgi
zamo
n ingliz, rus va o‘zbek tillarining siyosiy terminlarini
1
Lecturer, Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi, Fergana
branch. E-mail: nigoratashlanova7@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
202
lingvomadaniyatshunoslikda kognitiv va konseptual tahlil etish,
yasalish va leksik-
semantik xususiyatlarini o‘rganish kabi quyi
maqsadlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, ishda rus
va ingliz tillarid
an o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan terminlarning
lingvokulturologik xususiyatlari va muammoli jihatlari tahlil qilindi.
Термины, обозначающие международные отношения:
когнитивный и концептуальный анализ
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лингвистика,
терминология,
термины,
обозначающие
международные
отношения,
лингвистические
исследования
.
Во всех областях нашего языкознания предпринимаются
смелые
шаги
к
более
глубокому
исследованию
теоретических вопросов, проводится ряд практических
работ. Основная цель исследования –
изучить термины,
используемые в международных отношениях, с точки зрения
языкознания, определить значение и важные признаки
терминов, их цели и задачи, их место и значение в языке и
культуре. Кроме того, намеченная цель включает в себя
такие подцели, как когнитивный и концептуальный анализ,
состав и лексико
-
семантические особенности современных
английских, русских и узбекских политических терминов в
лингвокультурологии.
Также
в
работе
были
проанализированы лингвокультурологические особенности
и проблемные аспекты терминов, заимствованных из
русского и английского языков в узбекский язык.
KIRISH
Xalqaro aloqalardagi siyosiy sohaga oid chet tillaridan kirgan terminlarni o‘zbek
tiliga tarjima qilish va tarjima jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etishda
o‘zlashgan terminlarni o‘zbek tiliga aynan mos tushadigan muqobil variantlarini topish
mu
himdir. Ko‘pgina siyosiy terminlar o‘zbek tiliga rus tilidan, rus tiliga esa lotin, yunon,
ingliz, fransuz va boshqa bir qancha tillardan kirib kelgan. Bu
kabi terminlarni o‘rganish
tilshunoslikdagi muhim masalalaridan biridir [1].
Boshqa til va uning xal
qaro aloqalardagi terminlari, til madaniyatidagi o‘rni bilan
tanishish uchun lingvistika sohasi yuqori o‘rinda turadi.
Tilshunoslik orqali biz ingliz, rus
va o‘zbek tilidagi terminlarning strukturasi, semantikasi, kognitiv va konseptual tahliliga
ega bo‘la
miz. Terminlarni
til madaniyati bilan uzviy bog‘lashning o‘ziga xosligi shundaki,
mavjud bo‘lgan
terminlarning
nafaqat o‘z ma’nosida xizmat qilishi, balki, madaniyat
ta’sirida ko‘chma ma’noda ham qo‘llanilishi, bundan tashqari ularning etimologik
jihatdan
chambarchas bo‘g‘liqligini kuzatish imkonini yoritib beradi.
Shuning uchun ham,
bugungi kunda ko‘plab olimlarimiz bu mavzu borasida turli xil tadqiqotlar olib
bormoqda. Jumladan, hozirgi kunda lingvomadaniyatshunoslik o‘zbek tilshunosligiga
yangi o‘rganila
yotgan fan sifatida kirib keldi. Shuni
ta’kidlash joizki, xalqaro aloqalarda
iste’mol qilinayotgan atamalarni lingvomadaniyatshunoslik
bilan
bog‘lash bugungi
kunning dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun
“Xalqaro aloqalarni
bildiruvchi terminlarning
lingvomadaniy xususiyati” nomli magistrlik dissertatsiyasi
tanlandi [2-4].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
203
ADABIYOTLAR SHARHI
O‘zbek tili atamashunoslik sohasining hozirgi darajasi, ilmiy qiymati bevosita rus
hamda boshqa xalqlar atamashunoslarining ishlari bilan chambarchas bog‘liq.
Shu jihatdan qaraganda, N.A. Baskakov, L.A. Bulaxovskiy, G.O. Vinokur, V.V. Vinogradov,
A.A. Reformatskiy, D.S. Lotte, S.A. Chapligina, T.L. Kandelaki, V.P.
Danilenko kabi o‘nlab
terminshunos olimlarning ishlari o‘zbek terminshunosligining tashkil topishiga o‘zining
katta hissasini qo‘shdi. Turkiy xalqlar tilshunoslarining, jumladan, M.Sh.
Gasimov,
B.U. Oruzbaeva, R.A. Urekenova, F.S.
Faseev kabi olimlarning ishlari ham o‘zbek tili
terminologiyasining rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi [3
-9].
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
Bugungi
kunga kelib, til va madaniyat uyg‘unligi muammosi bir qancha olimlar,
tilshunoslar va tadqiqotchilar diqqat-
e’tiborini qozonib ulgurdi.
Ushbu mavzuga doir
turli xil yondashuvlar tilshunoslikning lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika,
etnolingvistika, sotsiolingvistika, tarix, adabiyotshunoslik kabi sohalarida o‘rganib
kelinmoqda. Olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarida til va madaniyat
munosabatlari masalalari yoritilib, ularning bir biriga bog‘liq doimiy birliklar yoki bir
birini to‘ldiruvchi muhim komponentlar ekanligi to‘laqonli isbotlanib kelmoqda.
Tilda
madaniy qadriyatlar o‘z ifodas
ini topadi va ularni xalqqa yetkazib berishda til
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Til
dunyoning milliy manzarasini, xalqning o‘ziga xosligi
va milliy madaniyatini o‘zida mujassam etadi.
Til va madaniyat
o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat ayniqsa, chet tili o
‘qitish jarayonida yaqqol nomoyon bo‘ladi. Lekin, xorijiy
tilni mukammal o‘rganishda esa, u boshqa xalqning, boshqa millatning dunyoviy
manzarasini anglab yetadi.
O
‘
rgatishning
pirovard maqsadlaridan biri har bir til o‘rganuvchida kommunikativ til
ko‘nikmalari va
ularning ijtimoiy madaniy dunyoqarashini boyitish, hamda madaniyat
haqidagi muloqotlarda bayon qilinadigan fikr-mulohazalarning saviyasini oshirishdan iborat.
Madaniyatning
til bilan o‘zaro bog‘liqligi murakkab psixolingvistik jarayonlardan
biri bo‘lgan –
tarjima muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjima axborotning asl ma’nosini
ifodalashda lingvistik birliklarning mosini topish va ularning samarali qo‘llanilishini o‘z
oldiga m
aqsad qilib qo‘yadi.
U
o‘z madaniyatimizning xorijiy til madanyati bilan o‘zaro
munosabati va o‘ziga xos tafovutlarini hamda dunyoni anglash
bilan
bog‘liq muayyan
kognitiv jarayonlarni ustun qo‘yadi [10
-14].
Til
va madaniyat uyg‘unlashuvida, shuningdek, ta
rjima jarayonida inson beixtiyor,
tilning muhim leksik tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biri bo‘lgan xalqaro
aloqalardagi siyosiy terminlarga duch keladi. Har bir xalq, har bir etnik guruh har qaysi
davrda o‘z onomastik birliklariga, ya’ni siyosiy terminlar ro‘yxatiga ega bo‘ladi.
Xalqaro
aloqalardagi siyosiy terminlar muayyan madaniyatning muhim konseptlarini namoyon
etishda muhim ahamiyatga ega. Vaholanki, ko‘p holatlarda atoqli otlarning og‘zaki nutqda
shakllanish xususiyatlari, ularni xorijiy va ona tilida yetkazib berish tadqiqotchilar, til
o‘rganuvchilar va tarjimonlarning diqqat markazidan chetga chiqib qoladi.
Bundan
tashqari, ularga doir maxsus adabiyotlar xususan, lug‘atlar, qo‘llanmalar, darsliklarning
yetishmasligi mavzuning dolzarbligini oshiradi.
Yuqoridagi mavzuga muvofiq, xalqaro aloqalardagi siyosiy terminlarning atroflicha
til madaniyatidagi ahamiyatini birma bir tahlil qilish jarayonini batafsilroq jadval asosida
bayon qilamiz. Masalan: ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi bir ma’noli t
erminni misol qilib
olsak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
204
“
ambassador
”, “
посол
”, “
elchi
” –
bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga
rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan
ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat
vakil. Etimologik
tariflar sifatida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Embassador
–
termini o‘rta asrlarda ingliz
-fransuz tilidagi ambassador
so‘zidan
yasalgan bo‘lib, asosi lotin tilidagi “
Ambaxus-Ambactus
” so‘zi va bu so‘z xizmatkor elchi
ma’nosini anglatadi.
XIV
asrda bu termin keng qo‘llanila boshlagan [4].
Посол
–
termining asosi Belarus tilidagi
“посилатъ”
so‘zidan olingan bo‘lib
jo‘natish yuborish ma’nosini anglatadi [5].
Elchi
–
atamasi ilk bor Uyuq daryosi vodiysidan topilgan qadimiy turkiy Enasoy
runik bitigida qayd etilgan, undan avval yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham
ifodalangan. “Yalavoch”
atamasi birinchi marta
Oltinko‘l
yaqinidan topilgan Enasoy
yodnomasida ko‘zga tashlanadi.
Mazkur qadimiy turkiy bitikda 711-yilning avgust-
sentabr oylarida Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik vakilning tashrifi xususida
gap boradi [O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi].
Lingvomadaniy
jihatdan esa elchi so‘zi kontekstda nafaqat o‘z ma’nosida, balki
ko‘chma ma’noda aynan metafora ham bo‘lib qo‘llanilishi mumkin.
Masalan, elchi
so‘zi ayrim badiiy asarlarda metafora bo‘lib kelganida
sovchi
,
o‘rtakash, payg‘ambar
ya’ni
rasul
(Ollohning yerga birinchi
jo‘natgan elchisi “Muhammad
Sollallohu Alayhi
Vasallam”) so‘zlari qo‘llanilganini ko‘rish mumkin.
Yuqorida
ko‘rsatilgan tadqiqotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, nafaqat tilda
qo‘llaniladigan oddiy so‘zlar baki terminlar, ya’ni xalqaro aloq
alardagi atamalar ham til
madaniyatiga ta’sir etibgina qolmay, alohida o‘zgacha o‘rin ham egallar ekan.
Xalq
o‘g‘zaki ijodidan
ham elchi
so‘zi bilan bog‘liq maqollarga e’tibor bersak:
Elchiga
o‘lim yo‘q, sovchiga o‘lim yo‘q.
“
minister
” –
davlat siyosatchisi bo‘lib, milliy va mintaqaviy hukumat boshqaruviga
ega bo‘lgan shaxsdir, vazifasi boshqa davlat ministrlari bilan siyosiy savollarning
yechimida qaror qabul qilishda asosiy qatnashchi. Odatda ular hukumat mahkamasining
a’zolari hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda
hukumat
rahbari etib “Bosh Vazir” tayinlanadi.
“Министр”
termini hukumat boshqaruv strukturasining asosiy rahbari
hisoblanadi. Ingliz
tilidan o‘zlashtirilgan bo‘lib, boshqa mamlakatlarda, misol uchun,
AQSH, Buyuk Britaniya, Meksikada
devonxona a’zosi deyiladi,
Buyuk Britaniyada esa
alohida vazirlarni davlat kotibi deb ham atashadi.
Vazir (arab.
–
yuk ko‘taruvchi) –
o‘rta
asrlarda Yaqin
va O‘rta
Sharq davlatlarida, shu
jumladan, O‘rta
Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kenga
shi (devon) boshlig‘i.
Vazirlar
vaziri a’zam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shug‘ullangan.
Vazirlar
podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari
hisoblangan. Arab xalifaligida vazir lavozimini 1-
bo‘lib xalifa al
-Mansur (754
–
775) joriy
etgan. Somoniylar davrida 10
devon bo‘lib, ularni xo‘jayi buzrug, sohib barid, mushrif, vakil,
muhtasib va boshqa vazirlar boshqargan. Amir Temur va uning vorislari zamonida
saltanatning markaziy ma’mur
iyatini bosh vazir
–
devonbegi boshliq vazirdan iborat arkoni
davlat boshqargan. Ular: 1) mamlakat va raiyat ishlari, 2) harbiy ishlar, 3) tijorat, 4) moliya
ishlari bo‘yicha
vazirlar sanalib, yana 3 nafar maxsus vazir chegara viloyatlari va tobe
mamlakatlardagi ishlarni nazorat qilib turgan. Mazkur vazir
devonbegiga bo‘ysungan va ular
bilan bamaslahat davlatning muhim moliyaviy ishlarini olib borishgan. Xiva xonligida vazir
yuqori mansabdor shaxs sanalib, vazifasi soliq to‘plash, qo‘shni xonliklar
bilan aloqa qilish,
amaldorlarni tayinlash va h.k.dan iborat bo‘lgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
205
Lingvomadaniy jihatdan esa rus
tilidagi “министр” so‘zi aynan rus tilida, asosan
og‘zaki tilda nafaqat o‘z terminologik maydonida, balki ko‘chma ma’noda ham kelishi
holatini kuzatishimiz mumkin.
Misol uchun:
Когда человек становится богатым
,
его считают как он стал
министром.
Yuqoridagi misolda
министр so‘zi –
rus tilidagi og‘zaki tilda dimog‘i baland,
kattatarosh, pisand qilmaydigan xarakterdagi insonlarni tasvirlashda qo‘ll
aniladi.
“society”
-
termini lotin “societas” so‘zidan, ya’ni uning ot shakli bo‘lmish
socius
(ittifoqchi, o‘rtoq, do‘stlik)dan kelib chiqqan, partiyalar o‘rtasidagi ichki ta’sir va
munosabatlardagi do‘stona aloqalarni ifodalashda qo‘llaniladi.
Jamiyat-
Cemiyetterminsi
o‘zagidan arab tilida
ictimai
sifati yasalgan.
Ictimai
sifatining fransuz tili
dan o‘zlashgan muqobili hisoblangan
sosyal
so‘zi turkcha nutqda
ictimai
sifatidan ko‘ra faolroq qo‘llanadi.
Middle French societe < Latin societas, equivalent to soci(us) partner, comrade + -
etas, variant of -itas- -ity.
Politics
–
grekcha :
πολιτικός politikos so‘zidan olingan bo‘lib “uchun, ning, ya‘ni
fuqarolarga aloqador” deya ta’riflanadi.
Qadimgi manbalarda berilishicha, 15- asrlarda
“Polettiques” deb berilgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy ingliz tilida “politics” so‘zi
qo‘llanilmoqda. Vazif
asi
–
bir guruhning barcha a'zolari murojaati orqali yagona qaror
qabul qilish jarayonidir. Bundan tashqari, bir shaxsning xatti harakati yana bir kishining
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishini o‘z ichiga oladi.
Политика
(grekchadan olingan
bo‘lib “hukumat harakati”) –
tushunish, o‘zida
davlat organlari hukumati va hukumat boshqaruvi harakatni ifodalaydi, bundan tashqari
jamiyat hayotining voqea hodisalari, funksiyalangan hukumat
bilan bog‘liq.
Siyosiy
sohaning ilmiy izlanishlari siyosatshunoslik doirasida olib boriladi.
Siyosat
–
(arab.
س
اي
ةس
(siyasa)
–
ot tarbiyalash, ot boqish)
–
davlatni boshqarish
san’ati.
Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli
guruh vakillari ham qatnashadi. Bu
atama ostida ko‘pincha
hukumat faoliyati tushuniladi.
Siyosat turli ijtimoiy-
siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar o‘rtasidagi
munosabatlar bilan bog‘liq.
Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga
oshirish va boshqarish tashkil etadi.
Queen
–
qadimiy ingliz tilida
cwen “queen,
davlatning ayollar qoidalari, ayol, xotin”
(grek tilidagi manbalarda gyne “ayol, xotin”;
Sanskrit tilida ianis
“ayol” gna “Allohning
ayoli” qadimgi
Slavian cherkovlarida zena, Gothic tilda qino
“ayol”).
Царь (цьсарь, цѣсарь, lotin tilidagi caesar, grekchada καῖσαπ) –
slovyan monarxi
bo‘lib, odatda imperator bilan teng ma’noni anglatadi.
X asrning buyuk knyazi Semeon
I
birinchi qirollik “Царь” nomi berilgan.
Rus
tili tarixida bu so‘z: “sher–
hayvonlar qiroli”.
Царица –
rodda o‘zgarishi (ayollarga).
Qirol, qirolicha
–
so‘zlari o‘zagi turk tilining “kral” so‘zidan o‘zlashtirilgan.
Albatta
qadimda bu so‘zlarga o‘zbek
tilida
muhtojlik sezilmagan, chunki, bu so‘zlarning o‘rnida
“shox” va “malika” kabi o‘sha davrning
maxsus so‘zlari ishlatilgan.
Lingvomadaniy
jihatdan esa queen so‘zi kontekstda nafaqat o‘z ma’nosida, balki
ko‘chma ma’noda aynan metafora ham bo‘lib qo‘llanilishi mumkin.
Masalan:
You are my queen, honey!
Bundan shunday xulosaga kelishimiz munkinki qirolicha,
ya’ni
queen
so‘zi oddiy
xalq, qirolli
k oilasiga mansub bo‘lmagan insonlar orasida ham keng qo‘llaniladi.
Berilgan
jumlada queen so‘zi ayolga nisbatan uning oiladagi o‘rni tilda chiroyli va yuqori darajada
tariflash uchun foydalaniladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
206
Chamber
–
lotin tilidan olingan xona ma’nosini beradi.
Tarixda
bu so‘z so‘roq qilish
kamerasi, yoki “qorong‘i xona”, shundan beri qora quti ma’nosini
beradi. Siyosiy sohada
esa maxsus termin bo‘lib, qabulxona yoki maxsus qarorgohning tinglovchilar xonasi.
Палата
–
1) Bir qancha qonun chiqaruvchi institutlar no
mi. Ko‘plab parlamentlar
odatda ikki guruhga bo‘linadi: yuqori va quyi.
Yuqori va pastki. 2) muayyan davlat yoki
jamoat muassasalari nomi.
Palata
–
ushbu termin o‘zbek tiliga rus tilidan kirib kelgan bo‘lib siyosiy
sohada rus
tilida berilgani kabi bir xildir.
Lekin,
palata
so‘zini
insonlar
muloqotida ko‘p uchraydigan ma’nosi shifoxonaning
bemorlar uchun berilgan xonalariga omonim sifatida keladi. Bu esa
chamber
so‘ziga
berilgan ta’rifga to‘g‘ri keladi.
Terminologiya tadqiqotida milliy tildagi manbani konseptual paradigmada
ifodalash, diaxronik rejada olib borish, modellashtirish imkoniyatining rivojlanish
ehtimolini, miqdoriy va tarkibiy rasmiy ifoda
sidagi o‘zgarishlarni topish lozim. Milliy
terminologiya alohida e'’tibor rivojlanayotgan yo‘nalishlardan
diaxronik
o‘rganishga
qaratildi. Ayni paytda ularning
kelib chiqish vaqtini o‘rnatish uchun atamashunoslikni,
ularning rivojlanish xususiyatlari va ularning
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni
aniqlash yordam beradi. Shu asnoda, ifoda vositasi sifatida
terminologik so‘zni
aniqlashda, maxsus axborot uzatish va saqlash, shuningdek boshqa mexanizmlarini
o‘rganish, tushunchalar va tegishli kategoriyala
rni ifodalovchi terminlar shakllantirishiga
qiziqishlar yuzaga keldi. Rossiyaning bozor iqtisodiyoti rivojlanish jarayoni kabi
yo‘nalishlarni xizmat terminologiyasi bilan boshqarish texnologiyalarida ingliz tilini
o‘rganish, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Ingliz tili terminologiyasida boshqarish tufayli
AQSh boshqaruv dasturlari tarixiy rivojlanish xususiyatlari shakllana boshladi.
Shakllantirish va faoliyat muammolarini tahlil qilish uchun nazariy asos bilim fragmenti
sifatida ingliz tilidagi atamalar boshqarish qoidalariga bilim tilshunoslik va prinsiplari
ilmiy faoliyati bo‘lib xizmat qiladi va bir til maydonida
inson bilim faoliyati turlaridan
kognitiv ya’ni tafakkur ongi
sifatida qaraladi. Konnotativ belgi terminning semantik
strukturasida bevosita va bilvosita qatnashadi. Terminlarning nominativ qismi va (yoki)
uning ta’rifida o‘zining mahalliy nuqtai nazarida ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Termin va
uning
ta’rifi shunday bir o‘ziga yetarli strukturaviy ma’noga ega bo‘lib, unga o‘zgarmas
element fanda ana shu aniqlik darajasini belgilash imkonini beradi. Terminlarning
semantik tahlilida, konnotativ belgi o‘zida pragmatik axborotni ifodalash uchun predmet
nomini belgilab olishi, sintaktik kombinatsiyalar, shu bilan birga metaforik, va so‘zning
hosilasini ifoda etadi.
Pragmatik
yondashuvga ko‘ra terminlar eng muhim konseptlarni aks ettirgan
holda belgilash mumkun. Birinchi navbatda terminlar
human
terminoelementida: human
interaction, human needs, human relations, human report etc.
Human
so‘zi (lotin tilidan
“
humanus”
so‘zidan olingan) ingliz tiliga
semantik va rasmiy assimilyatsiyasi natijasida
kirib kelib “insoniy, insoniylik, insonsevar, insonparvarlik” omillarini anglatadi. ХХ asr
20- yillarida ilm fan rivojida E.Meyo asosiy tushunchani ifodalash uchun boshqaruv
konseptida “human relations”
human
so‘zi terminoelement bo‘lib, belgini ifodalaydi.
Kognitiv lingvistika holatida human (insonparvar) konseptini aks ettiradi, prototip
kategoriya hosil bo‘lish maydonida –
barcha fikran-qalban belgini, munosabat asnosida
yotgan va aniq insonning konkret harakati, boshqarish sistemasini o‘z ichiga oladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
207
Lingvomadaniy
sohada siyosat so‘zini konseptual tushu
ncha deb olganimizda
albatta siyosiy maydondagi terminlar
va so‘z birikmalar tafakkurga jam bo‘ladi.
Xususan
har bir davlatning siyosati turlicha bo‘lib, alohida qismlarda shakllanadi.
Misol uchun,
ijtimoiy siyosat va tashqi siyosat. Ijtimoiy siyosatda shu davlatga tegishli siyosiy
terminlar umumiste’molda bo‘lsa, tashqi siyosatda esa, aksincha, barcha davlatlarga
tegishli
bo‘lgan umumiy
terminlar
qo‘llaniladi.
Berilgan lingvokulturologigik tahlilda kognitiv mapping uslubida politika (siyosat)
so‘zi semantik maydonida berilgan yuqoridagi terminlarni o‘z ichiga olgan holatini
ko‘rishimiz mumkin.
XULOSA
Xulosa
qilib, yuqoridagi tahlillardan so‘ng, til va madaniyat uyg‘unlashuvida,
xususan, tarjima jarayonida inson albatta, terminlarga duch kelishi ma’lum bo‘ldi.
Til
birliklari orasida terminlar
–
so‘z va so‘z birikmalar ob’yektlarini nomlash va ularni bir
biridan ajratib turish kabi vazifalari hamda induvidualizatsiya va identifikatsiya
tamoyillari bilan alohida ahamiyatga ega.
Tillar
va madaniyatlararo munosabatlarda va hattoki, xalqlar orasidagi o‘zaro
aloqalarda terminlarning muammosi anchadan beri tadqiq qil
inishiga qaramasdan o‘z
dolzarbligini saqlab qolgan. Terminlarning
murakkabligi va kamchiliklari ham sub’yektiv
(tarjimonning tilni mukammal bilishi va umummadaniy birliklarga ega bo‘lishi) ham
ob’yektiv (terminlaming tilda va og‘zaki nutqda shakllanish xu
susiyatlari) sabablar bilan
bog‘liq.
Terminlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar
yechimini topish tarjimondan yuksak mahorat talab etadi. Bu
o‘z navbatida, tillar va
madaniyatlararo samarali va muvaffaqiyat munosabatla
rini ta’minlab berishga xizmat
qiladi.
Terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda
ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.
Terminologiyani tartibga solishning
samaradorligi terminlar
bevosita qo‘llanadigan quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi:
kasbiy ta’limni to‘g‘ri tashkil etishda, ishlab chiqarish amaliyotida bo‘ladigan og‘zaki
muomalada, ilmiy
va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o‘zaro yozishmalarda,
matbaachilikda, chet el adabiyotlarini tarjima qilishda. Til faqat
o‘z termin elementlar
hisobiga terminologiyasini qura olmaydi. Til
qurilish jarayoni shuni ko‘rsatadiki,
dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas.
Har doim boshqa tillardan termin
o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan chekinish mumk
in emas. Ammo
ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham
xorijiy terminlarni sun’iy ravishda tilga olib kirish har
doim o‘zini oqlayvermaydi.
Bunday holatlarda
ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan
foydalanish va bunda termin
ifodalash lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati b
ilan termin
o‘rtasidagi munosiblikni saqlashga e’tiborni qaratish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ким В. Н., Ким Т.С. (
2009).
Социально
-
политическая терминология. Т., C.
5.
2.
A.Nurmonov (2002). Hozirgi
O‘zbek adabiy tili.
T.: Sharq. B. 62-63.
3.
Danilenko V. P. (1977).
Русская терминология: Опитлингвистичекого
описания. M.: Наука
. C. 157.
4.
G‘.
Abdurahmonov,S.Mamajonov
(2002). O‘zbek tili va adabiyoti.
T.:
O‘zbekiston,
B. 84-85.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
208
5.
В. В. Виноградов. (1961). «Вопросм языкознания», стр. 3
-10.
6.
Воджно Л. И. (
1971).
Научнотехническая терминология из обектов
изучение закономерностей розвитие язмка. Филологическая наука. с.
103.
7.
Лотте Д. С. (
1961).
Основм построения научно
-
технической терминологии.
Вопросм теории и методики. М. с.
29.
8.
Калинин А. В. (
1971).
Лексика русского язмка: с.
141.
9.
Ташланова, Н. Д. (2022). Особенности Методических Приемов Изучения
Второго Иностранного Языка.
Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture
,
3
(9), 1-11.
10.
Ташланова, Н. Д. (2022). Использование технологии дистанционного
обучения в системе высшего образования.
Research Focus
,
1
(2), 333-339.
11.
Djurayevna, T. N. (2022). Semantic and structural features of the vocabulary of
color designation in English, Uzbek and Russian languages.
Global Book Publishing
Services
, 01-123.
12.
Kурбонов, Н. Б., & Ташланова, Н. Д. (2022). Деривационные явления в
топонимии в узбекском и английском языках.
Хоразм маъмун академияси
ахборотномаси
, 302-305.
13.
Djuraevna, T. N. (2023). The Cognitive Aspect of the Purpose of Teaching
Foreign Languages.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices
,
16
, 88-94.
14.
Djuraevna, T. N. (2023). Language Education as A System: Structure, Functions
and Main Components.
Periodical Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and
Humanities
,
14
, 141-146.
