Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical and psychological factors of personal
formation of young people in social relations
Ibrohimjon MAHMUDJONOV
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
The article is based on the development of a scientific-
practical proposal and recommendation based on the
identification of pedagogical and psychological factors of the
formation of a person in social relations at a young age.
2181-
1415/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp237-245
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
social attitude,
personality,
pedagogical and
psychological factors,
perception,
reality,
motive and motivations.
Yoshlarni ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida
shakllanishining pedagogik va psixologik omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ijtimoiy munosabat,
shaxs,
pedagogik va psixologik
omillar,
idrok,
voqelik,
motiv va motivatsiyalar.
Ushbu maqola yoshlarda ijtimoiy munosabatlarda shaxs
sifatida shakllanishining pedagogik va psixologik omillarini
aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
1
Student, Pedagogy and psychology direction, Faculty of Socio-Economics, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
238
Педагогические
и
психологические
факторы
личностного формирования молодежи в социальных
отношениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
социальная установка,
личность,
педагогико
-
психологические факторы,
восприятие,
действительность,
мотивы и мотивация
.
В основу статьи положена разработка научно
-
практического предложения и рекомендации, основанной
на выявлении педагогических и психологических факторов
формирования личности в социальных отношениях в
юношеском возрасте.
Jahon ta’lim va ilmiy markazlari tomonidan yoshlarda ijtimoiy munosabatlarda
shaxs sifatida shakllanishining pedagogik va psixologik omillari rivojlanish
imkoniyatlarini, shaxsiy hayotini, kasbiy faoliyati uchun intilishlari, ta’lim tarbiya
jarayoni va shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan psixologik xususiyatlarni
roʻyobga chiqarish orqali oʻz
-
oʻzini takomillashtirishga ta’sir etuvchi demografik,
individual omillarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada
yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishi, ularda oʻzaro munosabatlarning
rivojlanish dinamikasi, shaxslararo hamkorlik muammosi, oʻ
zaro jarayonlardagi
munosabatlar hamda ularning sotsializatsiyasi, ijtimoiy hozirlik va individual tipologik
tuzilmalarini aniqlash bilan bogʻliq ijtimoiy
-
psixologik izlanishlarga alohida e’tibor
qaratish zarurati mavjud.
Respublikamizda
yoshlarda
ijtimoiy
munosabatlarda
shaxs
sifatida
shakllanishining pedagogik va psixologik omillarini tadqiq etish orqali hamjamiyatimizni
siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-
psixologik taraqqiyotida koʻzda tutilgan ijobiy oʻzgarishlarga
daxldorlik hissini tarkib toptirish boʻyich
a zarur huquqiy-
me’yoriy asoslar yaratilmoqda.
“.. Yoshlarni san’at dunyosiga oshno etish, komputer va IT texnologiyalari sohasida bilim
va koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash borasidagi ishlar
yangi sifat bosqichiga koʻtarish” [1] masalalari bilan bir qatorda ularni shaxslararo
munosabatlarga ijtimoiy-
psixologik tayyorlash, kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishlari
ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi, jamiyatimiz a’zolari boʻlgan yoshlar masalalarini
ilmiy oʻrganishga zarur asos boʻla oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF
–
60-son
“2022–
2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida”, 2017
-yil 5-iyuldagi PF
–
5106-
son “Yoshlarga oid davlat siyosati
samarado
rligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab
-quvvatlash
toʻgʻrisida” Farmonlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019
-yil
7-iyundagi 472-
son “Psixologiya sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Qarori va boshqa me’yoriy hujjatlar doirasida belgilangan keng koʻlamli
strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan
darajada xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
239
Zamonaviy jamiyat chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda, biz bu jarayonni
bevosita kuzatamiz, shu bilan birgalikda uning ishtirokchilarimiz. Notinchlik, doimiy
ijtimoiy beqarorlik hozirgi ijtimoiy voqelikning oʻziga xos xususiyati boʻlib, uning
oʻzgarishlari tez rivojlanmoqda. Ijtimoiylik qiyofasini oʻzgartirishda globallashuv
jarayonlarining roli haqidagi munozaralar hali tugallanmagan, raqamli jamiyat
muammosi qanday paydo boʻlgan, bu zamonaviylik va uning kelajak qiyofasi doirasida
namoyon boʻlgan soʻnggi tendensiya oʻzini madaniy tajribani oʻrnatishning yangi
shakllarida, virtual, raqamli, haqiqiy “Men” birlashadigan yangi shakldagi oʻziga
xosliklarda namoyon boʻlmoqda. Nihoyat, ijtimoiy voqelik murakkabligi, mozaikligi, koʻp
darajali va koʻp bosqichli, oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi, bu ham uni tasvirlash va
tushunishni qiyinlashtiradi.
Internetdan tortib blokcheyngacha boʻlgan yangi axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalari jamiyatni yangicha shaklda qayta tashkil etmoqda. Gorizontal va tarmoq
tuzilmalari iyerarxiklarga nisbatan ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini kuchaytirmoqda. Bir
tomondan, bu zamonaviy inson uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi: ijtimoiy
tarmoqlarda deyarli bir lahzali muloqotdan tortib, davlat va uning institutlari bilan
elektron aloqaga qadar. Axborot oʻziga xosligi, axborot jamiyati rivojlanishining natijasi
yoki insonga tushadigan ma’lumotlarning miqdori va intensivligi uning tanqidiy idrok
etishini cheklaydi. Bugungi kunda axborot oqimining shiddati juda tezkorlik bilan
rivojlanib, ortib bormoqda. Shuning uchun yangicha ijtimoiy vaziyatda iqtisodiy-siyosiy-
ijtimoiy jarayonlarga ta’sir koʻrsatish darajasini oʻrganish dolzarb muammo sifatida
gavdalanmoqda.
Falsafa fanida voqelik fenomeni
–
haqiqiy mavjud reallik. Voqe
lik “oʻz
-
oʻzidan”
bilish tufayli namoyon boʻlishi mumkin hisoblangan va muayyan vaqtda roʻy bergan
barcha narsa va hodisalardir. Voqelik mavjud narsalarga taalluqli, ularning mavjudligi
dalil isbotni talab etmaydi. Bunda asosiy muammo narsalarning voqeligi, real
mavjudligida emas, balki biz uni qanday idrok etishimizda, tushunishimizdadir [2].
Mazkur muammo quyidagi nuqtai-
nazarlarga koʻra hal etilishi mumkin:
1.
Bilish “oʻz
-
oʻzidan mohiyatni” aniqlashga yoʻnaltirilgan.
Voqelikni anglash uchun
uni ong bilis
h ob’yektiga aylantirmogʻi lozim. Shu ma’noda, voqelik bilish holatidan qat’iy
nazar, ongdan mustaqil ravishda mavjud boʻlgan narsalar voqeligi, tabiatiga ega.
Bilish
voqelikning mohiyatini aniqlash jarayonidir.
2.
Voqelikni bilish insonga xos boʻlgan hiss
iy-transtsendent holat hamdir. Buning
ma’nosi shuki, voqelik ta’sirida insonda emotsional
-
retseptiv holatlar mavjud boʻladi,
ularni mavjudligini oʻzi ham voqelik. Masalan, kishilarning hissiy
-retseptiv tajribalari,
ta’sirlanish, chidam, azob va hokazolar shular jumlasidandir[3]. Mazkur ma’noda, voqelik
voqealar tarzida namoyon boʻladi. Bilish faqat real mavjud boʻlgan narsalarning
mohiyatini tushunishgina emas, balki, narsalarning insonga ta’siri natijasida hosil
boʻladigan xatti
-harakatlar, emotsional holatlarni tushunish (nimanidir kutish, oldindan
sezish, oʻzini nimagadir tayyorlash, yutuq va kamchilikni his qilish, oʻzi va boshqalar
hatti-
harakatlari oqibatlarini, oʻzi va boshqalar kayfiyatlarini bilish) hamdir. Voqelik
boʻlishi kutilgan narsalarni oldindan sezish, koʻrish, his qilish tarzida namoyon boʻladi.
Insonning xatti-
harakati voqealar jarayoni yoki insonni bilishga yoʻnaltirilgan.
Falsafa fani tarixiy taraqqiyotida ijtimoiy voqelik fenomeni bir necha bor
oʻrganilish ob’yektiga aylangan boʻlsa
-da,
u aynan yakka tartibda oʻrganilmagan hodisa
hisoblanadi. Jamiyat, davlat, jamoatchilik aloqalari, ijtimoiy mavjudot va boshqa
tushunchalar bilan bogʻliq ravishda tahlil qilingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
240
Qadimgi va oʻrta asr mutafakkirlari (Suqrot, Platon, Arastu, Aurelius Avgust
in,
Tomas Akvina va boshqalar) asarlarida ijtimoiy voqelik mavzusi alohida mustaqil
tadqiqot yoʻnalishi sifatida ajratilmagan
[4]. Antik davr falsafasida bizni atrof-muhit va
narsalar toʻgʻrisida tasavvurlarimizning shakllanishi har doim “narsalardan –
voq
elikka”
yoʻnalishida tahlil qilingan
[5], u mavhumliklar va spekulyatsiyalar uchun asos boʻlgan.
Metafora va analogiyalar asoslarini yaratgan. Qadimgi Yunonistonda barcha narsalarning
tabiatini Suqrotgacha boʻlgan davrda birlamchi elementlariga bogʻlab tus
huntirganlar.
Lekin narsalarning birlamchi elementlari baribir mavhumlikka qarab ketgan, mavhumlik
esa haqiqatni kashf etishga undagan. Suqrot esa birinchi boʻlib, bu ikki narsani bogʻlab
insonning ichki dunyosini bilishning konseptual darajasiga e’tibor q
aratgan holda
quyidagicha tushuntirgan voqelik
–
inson tafakkurining voqeligi, uning dinamik va
dialektik xarakteridir.
Demokrit ta’limotiga koʻra, faqat umumiy nuqtai nazardan rang bor, fikrda
-shirin,
fikrda-
achchiq, aslida esa faqat atom va boʻshliq mavjud. “Umumiy fikr” narsalarning
tabiatiga koʻra emas, balki “umumiy qabul qilingan fikrga koʻra” va “biz uchun” degan
ma’noni anglatadi. U oʻz navbatida, narsalarning tabiatini “haqiqat” iborasi bilan ifodalaydi.
Demokrit oʻz qarashida ob’yektiv ravishda mavjud boʻlgan “narsalarning tabiati” va
sub’yekt tomonidan hissiy idrok etish shakllariga e’tibor qaratadi.
Platon esa voqelik haqidagi gʻoyalarni rivojlantirib ikkita voqelikning mavjudligini
asoslab bergan. Birinchisi empirik va inson idrok eta oladigan, ikkinchisi esa insoniyat
tomonidan idrok etib boʻlmaydigan narsalar va gʻoyalar voqeligi.
Oʻrta asrlarda ijtimoiy voqelik toʻgʻrisida aniqroq tushunchalar va qarashlar paydo
boʻla boshladi. Mutafakkirlar va ilohiyotshunoslarning bahs
-munozaralari natijasida fan
koʻplab ma’lumotlar bilan boyib bordi. Ijtimoiy voqelik mavzusining ayrim jihatlari
P. Dekart, B. Spinoza, T. Xobbs, J. Lokk va Yangi davrning boshqa mutafakkirlari tomonidan
koʻrib chiqila boshlandi. Ularning ilmiy ishlari ijtimoiy voqelik,
qoida tariqasida davlat va
siyosiy muammolar miqyosida tahlil qilingan. Xususan, J. Lokk narsa va jismlarning asosiy
xususiyatlari uzunlik, oʻlcham, shakl, nisbiy holati, oʻtkazuvchanligi, miqdoriy xususiyatlari,
surilishi, mexanik harakati, tinch holati v
a davomiyligi ikkilamchi rang, tovush, ta’m, hid va
boshqalarga qaraganda koʻproq haqiqatga ega deb aytgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida paydo boʻlgan sotsiologiya va ijtimoiy
psixologiya fani ijtimoiy voqelikni faol ravishda
oʻrganishni boshladi, lekin sotsiologiyaning
oʻziga xos predmeti va oʻziga xos usullari boʻlgani sababli ijtimoiy voqelikni oʻrganish,
avvalambor, sotsiologik bilimlar rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Oʻsha davrlardan
boshlab deyarli barcha faylasuf va sotsiologlar turli xil konseptual pozitsiyalardan
jamiyatning munosib modellarini yaratishga harakat qilishdi. Jumladan: F. Giddins,
L. Gumpulovich, V. Papeto, P. Park, T. Parsons, P. Sorokin, M. Blansho kabi olimlar ijtimoiy
voqelik nazariyasining rivojla
nishiga katta hissa qoʻshdilar
[28;103]. Ijtimoiy voqelikni
postmodernizm asoslariga tayangan holda, J. Bodriyyara, J. Deleza, J. Derpida, M. Fukolar
tomonidan ijtimoiylikning yangi qiyofasi ijtimoiy voqelik
–
virtuallik tushunchasi fanga
kiritildi.
XX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy voqelik tabiati, jamiyatning mohiyati va
ularning tarkibiy modellarini yaratish imkoniyatlari haqida koʻplab yirik olimlar P.
Aron,
P. Berger, P. Burdie, E. Giddens, L. Goldman, A. Gouldner, G. Lukman, N. Luman,
K. Manxeym, Yu. Xabermas, P. Shtompki, A. Shyuts asarlarida fikr yuritildi va qisman
ta’riflab berildi.
Ijtimoiy voqelikdagi aloqalar, bogʻliqliklar, almashinuvlar tarmogʻi yangicha
interdividual voqelik sifatida namoyon boʻlmoqda. Bu odamlarni bir
-biri bilan
bogʻlaydigan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
241
oʻziga xos ijtimoiy muhitni tashkil etmadi. “Voqelikning ijtimoiy qurilishi nafaqat ijtimoiy
taraqqiyotning murakkab mexanizmlarini boshqarish va oʻzlashtirishni, balki shaxsni unga
adaptatsiyalashuvini ta’minlash muhim ekanligini dalillamoqda”.
“Yoshlarda ijtimoiy voqelikning individuallashuv jarayonlaridan tashqarida
mavjudligini hamda rivojlanishini ham koʻrish mumkin. Lekin ijtimoiy axborotni idrok
etish va qayta ishlash faqat insonning sub’yektiv mexanizmlari yordamida amalga
oshiriladi”. Ob’yektiv xususiyatga ega boʻlgan ijtimoiy voqelik shaxs tomonidan uning
xulq-
atvorida allaqachon mavjud boʻlgan sub’yektiv xarakterga ega boʻlgan
konstruksiyalar (masalan, stereotiplar yoki qoʻrquvlar) orqali idrok etiladi.
Xulq-
atvorga ta’sir etuvchi bir
stimul, turli odamlar, hattoki bir odam tomonidan,
turli kontekstda turlicha interpretatsiya qilinishi mumkin. Shu bois, turli psixologik
yoʻnalishlarda sub’yektiv interpretatsiyalarni tadqiq etish muammosi markaziy oʻrinda
turadi. Inson idroki toʻliqligiga uning tajribasi, koʻnikma va bilimlari anglash aktidagi har
qanday axborot mazmunini belgilab ta’sir qilib boradi. Anglash jarayonini tadqiq etishga
boʻlgan zamonaviy ijtimoiy
-psixologik yondashuv muammoning ikki jihatini kashf etadi:
1. Anglash jarayonini ijtimoiy determinatsiyalashganligi tahlili.
2. Ijtimoiy voqelik, ijtimoiy ob’yektlarni anglash jarayonining oʻzi.
Ushbu yondashuv doirasida anglashning bir necha jabhalari inobatga olinadi:
ijtimoiy idrok (interrepsonal idrok mexanizmlari va effektlari, shaxslararo idrok aniqligi,
shaxslararo attraksiya va h.k.) mavjudligi hamda atributiv (nisbatlash) jarayonlar
(G.Kelli, E.Jons, P.Nisbet) va kognitiv konstruktlarning (F.Xayder, T.Nyukom, CH.Osgud,
P.Tannenbaum, L.Festinger) mavjudligi.
Hozirgi kunda fan tizimli bilimni rivojlantirishning hukmronlik qiluvchi vositasidir.
Bilim va axborotning oʻzaro nisbatida ular oʻrtasida murakkab sinergetik
-dialektik aloqa
ochiladi. Bilim shaxsiy tajriba mavjudligini koʻzda tutsa, axborot aksariyat holda uni
e’tiborga olmaydi. Odam hali birlamchi tajribaga ega boʻlishga ulgurmay turib, axborot
unga ikkilamchi tajribani yetkazib beradi.
Axborotning globallashuv jarayoniga falsafiy va ijtimoiy-psixologik jihatdan
yondashganimizda, uning mohiyatini quyidagicha izohlash
mumkin. Global soʻzi
(fransuzcha global
–
umumiy, lotincha globus
–
shar) muomalada quyidagicha ma’nolarni
ifodalaydi
–
1. Butun yer sharini qamrab oluvchi;
2. Har tomonlama, toʻliq, yalpi, universal. Global muammolar esa –
umumbashariy
hayot va taraqqiyo
t bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.
“Xulosa qiladigan boʻlsak, har bir odam idroki oniy ta’sirni passiv aks ettirish emas,
ijtimoiy kontekst tomonidan belgilanadigan, yaxlit sifatini anglashga qaratilgan,
anglashning jonli va ijodiy jarayonidir”. Shu
ning uchun uni E.Toffler tomonidan
farqlangan voqelikning turli fragmentlari (parchalarini) “muhit” sifatida ilgari
suriladigan, konkret ijtimoiy “muhitlar” doirasida tahlil qilish joiz.
“Aynan oʻsha besh xil munosabat –
zamonaviy istiqbol negizida
–
ijtimoiy tajriba
toʻqimasini shakllantiradi. Individning ushbu komponentlarga boʻlgan oʻziga xos
munosabati ijtimoiy anglash tomonidan bilvositalashgan inson tajribasi tuzilmasini
ifodalaydi. E.Toffler yondashuvning qadr-qimmati shundaki, u nafaqat ijtimoiy voqelik
“muhiti” holatini farqladi va koʻzdan kechirdi, balki inson shaxsining ijtimoiy anglash va
adaptatsiyalashuv jarayonlarini: oʻtmish
-bugun-kelajak uzviyligida tadqiq etish imkonini
beradigan, muvaqqatlik konsepsiyasini iste’molga kiritdi. Taraqqiy etay
otgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
242
munosabatlar tizimidagi faol tuzilma sifatida ilgari surilayotgan shaxs ikki tendensiya
egasiga aylanadi”:
1.
Tizimning umumiy tajribasi, ya’ni saqlanish, qayta tiklanish tendensiyasi.
Ayni
vaziyatda, A.G.Asmolov fikriga koʻra, shaxs, shaxs va tizimn
i uzviylik, yaxlitlik sifatida
ilgari suriladigan utilitar funksional sifatlarini namoyon qiladi;
2.
Innovatsiyalar
tizimida
yangiliklar
paydo
boʻlishini
ta’minlaydigan,
“kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish”, oʻzgarishlarga moyillik tendensiyasi. Shaxsda
shaxsni jamiyat tomonidan toʻliq qamrab olinishi tufayli vujudga keladigan, oʻziga xos
tizimli sifatlar namoyon boʻla boshlaydi.
Bizning fikrimizga koʻra, ushbu tendensiyalar insonning ijtimoiy voqelikka
qaratilgan ijtimoiy ustanovkalarida (hozirligi) oʻz ifodasini topadi. Biz “ijtimoiy voqelikka
qaratilgan ustanovka” terminini, odamning ijtimoiy ob’yektlar, ijtimoiy muhitga
qaratilgan yoʻnalishda harakatga hozirligiga urgʻu berish maqsadida iste’foda etyapmiz.
Yuqorida tahlil etilgan nazariy konstruktla
r negizida “Ijtimoiy voqelikdagi
konservatsiya va oʻzgarishlarga qaratilgan ustanovkalarni aniqlash” anketasi ishlab
chiqilgan.
Anketa E.Tofflerga binoan, ijtimoiy voqelik muhitlariga xos 5 blokdan tashkil
topgan. Birinchi blok insonni “buyumlar” ijtimoiy
muhiti bilan oʻzaro ta’sirini tavsif etadi:
egalik, saqlash, ayriliq, oʻzgarishlarga munosabat, muvaqqat foydalanishga munosabat;
ikkinchi blok “odamlar” muhitiga muvofiq, uchinchi blok –
“tashkilot” muhiti, toʻrtinchi
blok
–
“axborot” muhiti, beshinchisi
–
“maskan”ga xos.
Savollar odamlar hayoti davomida toʻqnash keladigan yoki toʻqnashining ehtimoli
yuqori boʻlgan, odatiy hayotiy vaziyatlarni tavsiflaydi. Har bir savolga 8 ta muqobil javob
taqdim etiladi va sinaluvchidan ular orasidagi, uning mazkur vaziyatga munosabatini aks
ettiradigan, uchta muqobil javobni tanlash taklif etiladi. Har bir savolga berilgan
javoblarda odamning ikki asosiy ijtimoiy ustanovkasi mavjud: ijtimoiy voqelikning
konservatsiya ustanovkasi va ijtimoiy voqelikni oʻzgartirish ustano
vkasi. Faktorli tahlil
natijalari asosida har bir ijtimoiy ustanovka asoslari uch integral faktorlarga
umumlashtirilgan.
1.1-jadval
Emotsional asoslarga koʻra ijtimoiy voqelikka qaratilgan ustuvor ustanovkalarning
har biri boʻyicha faktorlar
Ijtimoiy voqelik konservatsiyasiga qaratilgan
ustanovkalar
Ijtimoiy voqelikni oʻzgartirishga qaratilgan
ustanovkalar
Faktor 1. “Mening olamim” muntazamligi
Faktor 1. Yangi tajriba qadr-qiymati
1. Odatiylik
2. Xotira
4. “Mening olamim” oʻzgarmasligi
13.
“Mening” qadri
15.“Mening” kelajagim mavhumligi
1. Zamona talablari
6. Oʻtmishdan voz kechish
2. Yangi tajriba
4. Yangini anglash qadri
3.Pragmatiklik (eski narsalardan yangicha
foydalanish)
Faktor 2. Oʻzgarishlardan voz kechish
Faktor 2.
Oʻzgarishlarga intilish
5. Oʻtmish qadri
6. Yangidan qoʻrquv
9. Yangiga ishonch
5. Yangilik qadri
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
243
9. Yangilikka ishonchsizlik
10. Yangilikka ishtiyoq mavjud emasligi
14. Oʻtmish qulayligi
10. Yangining jozibadorligi
14. Yangining qulayligi
Faktor 3. Tara
qqiy etish va oʻzni oʻzgartirish
muammolari
Faktor 3. Oʻzni rivojlantirish va imkoniyatlarini
namoyon qilish
3.Utilitarlik (eski
buyumlardan odatiy
foydalanish)
7. oʻzini oʻzgartirishni xohlamaslik
11. tanlov muammosi
12. oʻz joyini topish
muammosi
8. yangini oʻzlashtirish chogʻidagi qoʻrquv
8.
Yangini
oʻzlashtirish
chogʻidagi
muvaffaqiyatga ishonch
11. Odam nima xohlashini biladi
7. Oʻzgarish, taraqqiyot qadri
15. Yangi imkoniyatlar
12. Imkoniyatlarini namoyon qilish xohishi
13. Tezkor boʻl
ish xohishi
Mazkur metodika nafaqat ijtimoiy olam bilan oʻzaro ta’sirda namoyon boʻladigan
inson ustanovkalarini, balki ushbu voqelikning alohida fragmentlari oʻrtasidagi oʻzaro
aloqalarni ham tadqiq etish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kashf etilgan ustanovkalar
ortida qanday emotsional-kognitiv asoslar mavjudligini ham tushunishga yordam beradi.
Ular esa, oʻz navbatida, ijtimoiy voqelikni uning muazzamligi, konstantligi yoki oʻzgargan
holati, shuningdek, transformatsiyalashgan holatini idrok etish jarayonidagi inson xulq-
atvori va holatini prognozlash imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarda ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida
shakllanishining pedagogik va psixologik omillarini tadqiq etishga moʻljallangan
metodika ijtimoiy olam
bilan oʻzaro ta’sirda namoyon boʻladigan inson ustanovkalari
bilan birga ushbu voqelikni tashkil qilgan alohida jabhalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni
ham tadqiq etish imkonini beradi.
2.
“Oʻrta maxsus ma’lumotga ega respondentlar hayotida shaxslararo
mu
nosabatlarning oʻrtacha davomiyligi oliy ma’lumotli respondentlar hayotidagi
shaxslararo munosabatlarning oʻrtacha davomiyligidan yuqoriroq”. Shaxsning
ma’lumotlilik darajasining ortishi uning yangi ijtimoiy guruhlarga mansubligini
anglatganligi uchun ham,
ma’lumot olish jarayonida u turli insonlar bilan muloqot va
munosabatlarga kirishish jarayonida rollarni faol tarzda oʻzlashtirib borishga nisbatan
ehtiyoj ortib borishi natijasi ekanligi aniqlandi.
3.
“Oʻrta maxsus ma’lumotga ega respondentlarda xususiy
tasavvurlar va obrazlar
tizimini qayta koʻrib chiqish ehtiyoji kuchli. Zotan, ijtimoiy voqelikning boshqa
jabhalariga boʻlgan munosabat olam toʻgʻrisidagi tasavvurlar isloh etilgach oʻzgaradi.
Biroq, oliy ma’lumotli respondentlarda mazkur koʻrsatkich pastl
igi mavjud vaziyat
ularning ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirayotganini va ijtimoiy olam toʻgʻrisidagi
tasavvurlarini oʻzgartirish xohishi mavjud emasligini bildiradi”.
4.
Oʻtkazilgan tajribamizdan shunday xulosa qilish mumkinki, ma’lumotlilik faktori
ijti
moiy voqelikni tashkil etuvchi jabhalar bilan doimiy ravishda oʻzgarishlarga moyillik
jihatlarini talab qilar ekan. Bu esa globallashgan va integratsiyalashgan jamiyatga
adaptatsiyalashuvni osonlashtirish uchun yoshlarda oliy ma’lumot faktorini egallash
mu
him zarurat ekanligini koʻrsatadi.
5. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, xizmat sohasi ijtimoiy voqelikni
oʻzgartirishi yoki konservatsiyasiga, sezilarli farqning hosil boʻlishiga olib keluvchi
omillardan biri sifatida namoyon boʻlishini kuzatdik. Davlat
xizmatchisi sifatida faoliyat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
244
yuritish axborotlarning tizimli ravishda qabul qilinishiga ta’siri natijasi deb xulosa
qilishga imkoniyat yaratib berdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
245
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-60-
son “2022
-2026-yillarga
moʻljallangan
yangi
Oʻzbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi”
Farmoni,
https://lex.uz/docs/5841063
2.
Mualliflar jamoasi. Falsafa qomusiy lugʻat.
-T.:SHarq, 2004.400 b.
3. H.K.Choriyev, Buyuk ilmiy inqiloblar tarixi.
–Т
.:Sharq.2012.244 b.
4. Pa
сс
e
л
.
Б
Ист
op
ия
з
a
п
a
дн
o
й
фил
o
с
o
фии
.
М
o
скв
a:
Миф
, 1993.- 512
с
.
5.
Гусс
ep
ль
Филoсoфия кaк стpoгaя нaукa. Нoвoчepкaсск: Сaгунa, 1994.
-
345 с.
