Авторы

  • Муслима Темирова
    Преподаватель, кафедра японской филологии, Ташкентский государственный университет востоковедения

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp271-277

Ключевые слова:

категория наклонения грамматическая форма виды наклонения категории времени функциональные формы

Аннотация

В грамматике японского и узбекского языков категория склонения, относящаяся к группе глаголов, неоднократно становилась объектом исследования. Хотя на эту тему выполнен ряд научных работ, она до сих пор привлекает внимание лингвистов в области компаративистских исследований. Потому что потребность в новом восприятии действительности охватывает не только экономику и политику общества, но и развитие науки и культуры. В частности, большой интерес наверняка вызовет попытка по-новому осмыслить проблемы языкознания.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Scientific and theoretical views on the study of the
category of inflection in the Japanese and Uzbek languages

Muslima TEMIROVA

1


Tashkent State University of Oriental Studies

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2023

Received in revised form

15 May 2023
Accepted 25 May 2023

Available online

15 June 2023

In the grammar of Japanese and Uzbek languages, the

category of inclination, which belongs to the group of verbs, has

been the object of research many times. Although a number of

scientific works have been carried out on the subject, it still

attracts the attention of linguistics in the field of comparative
research. Because the need for a new perception of reality

covers not only the economy and politics of society but also the

development of science and culture. In particular, an attempt to

interpret the problems of linguistics in a new way is sure to
cause great interest.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp271-277

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

mood category,

grammatical form,

types of mood,

tense categories,

functional forms.

Mayl kategoriyasining yapon va o‘zbek tillarida tadqiqi
bo‘yicha ilmiy nazariy qarashlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mayl kategoriyasi,

grammatik shakl,

mayl turlari,

zamon kategoriyalari,
vazifadosh shakllar.

Yapon va o‘zbek tillari grammatikasida fe’l so‘z turkumiga

kiruvchi mayl kategoriyasi ko‘p marta tadqiqot ob’yekti bo‘lgan.

Ushbu mavzu bo‘yicha qator ilmiy ishlar oshirilgan bo‘lsa

-da,

hali-

hanuz qiyosiy tadqiqot bo‘y

icha tilshunoslik diqqatini jalb

etmoqda. Zero voqelikni yangitdan idrok etish zarurati nafaqat
jamiyatning iqtisodiyoti, siyosatini, balkim ilm-fan, madaniyat

ravnaqini ham qamrab olmoqda. Xususan, tilshunoslik

muammolarini ham yangicha yo‘sinda talqin et

ishiga urinish

katta qiziqish paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi tayin.

1

Lecturer, Japanese language at the Department of Japanese Philology, Tashkent State University of Oriental Studies.

E-mail: muslima.temirova.2022@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

272

Научно

-

теоретические взгляды на изучение категории

словоизменения в японском и узбекском языках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

категория наклонения,
грамматическая форма,
виды наклонения,

категории времени,
функциональные формы

.

В грамматике японского и узбекского языков категория

склонения, относящаяся к группе глаголов, неоднократно

становилась объектом исследования. Хотя на эту тему
выполнен ряд научных работ, она до сих пор

привлекает

внимание лингвистов в области компаративистских

исследований. Потому что потребность в новом

восприятии действительности охватывает не только
экономику и политику общества, но и развитие науки и

культуры. В частности, большой интерес наверняка

вызовет попытка по

-

новому осмыслить проблемы

языкознания.

Harakat va sub’yekt o‘rtasidagi turli aloqa munosabatlar, ularning yuzaga kelish

hodisalari tilshunoslikning har doim diqqat markazlaridan biri bo‘lib kelgan.

Bu hodisa

qiyoslanayotgan tillarda ham har tomonlama tadqiq qilingan masalalardan biridir.

Yapon

tili dunyodagi murakkab tillardan biri sifatida e‘tirof etilar ekan, u nafaqat

yozuvi (iyerogliflari) bilan, balki murakkab grammatikasi orqali ham tilshunos olimlarni

qiziqtirib keladi. Ma’lumki, yapon tili, uning kelib chiqishi va rivojlanish masalalari

haligacha to‘liq o‘z isbotini topmagan bo‘lsa

-da, yapon tili grammatikasining turli

masalalari azaldan nafaqat yapon tilshunosligining, balki umumiy tilshunoslikning

qiziqishiga sabab bo‘lib kelgan va bu hozir ham davom etib kelmoqda.

Yaponshunos olim M. Kieda izohlaganidek, yapon tili grammatikasi sistemasi

Tokugava davrining oxirlarida shakllantirilgan bo‘lsa

-

da, ilmiy tadqiqot ishlari so‘nggi

o‘ttiz

-qirq yillarda olib borildi xolos. Demak, bu orqali yapon tili grammatikasida hali

o‘rganilishi, tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan hodisalar ko‘pligi kuzatiladi.

Lingvistik adabiyotlarda yapon tilining mayl kategoriyalari masalasi o‘tgan asrning

oxirlaridan boshlab o‘rganila boshlangan. Bu davrda olib borilgan ilmiy ishlarda mayl

alohida kategoriya sifatida emas, balki ularning formalarigina tahlilga olingan xolos.
Natijada tilshunos olimlar orasida qarama-qarshi fikrlar, yondashuvlar kelib chiqa
boshladi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, yapon tilida mayl kategoriyasi, uning turlari

masalasi bo‘yicha yagona sistematik yondashuv kuzatilmaydi. Ko‘plab yapon tiliga oid
adabiyotlarda ularning semantik jihatdan guruhlarga ajratishdan ko‘ra, har birini alohida
“yordamchi qo‘shimcha” sifatida o‘rganishni munosib hisoblashgan. Bunga asosiy

sabablardan biri

olimlar orasida fikrlar yakdilligi kuzatilmasligidadir.

Mayl kategoriyasining masalalari to‘g‘risidagi dastlabki ilmiy ishlar sirasiga

M.Kiedaning yapon tili grammatikasiga oid asarini keltirish mumkin. Ushbu yaponshunos

50-yillarda ijod qilgan tilshunos olimlarning qarashlarini har tomonlama tahlil qiladi va

uning fikricha, fe’l ning bir turi bo‘lib, mustaqil so‘zlarni tashkil etadi va mustaqil

bo‘lmagan so‘zlar fe’l bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Uning asarida fe‘llarning tuslanishini

izohlash paytida fe’l ma

yllarini ifodalovchi formalarni mayl sifatida emas, balki

yordamchi fe’l deya izohlaydi. Shuningdek, shart maylini ifodalovchi formalarni ham

yordamchi formalar sifatida keltirib o‘tadi. U bir qator yapon tilshunoslari, jumladan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

273

Mr.Yamada, D. Maizaburo, N. Yoshitaro kabilarning ham ushbu hodisada keltirgan

umumiy fikrlarini tahlil qiladi.Uning fikricha, so‘z –

qurilish materiali bo‘lsa, gapning o‘zi

binodir. Fe’l ana shu binoni qurilishida yetarli bo‘lgan asoslardan biridir. Shuningdek,

so‘z gapdan tashqarida ishlatilmasligini e’tirof etadi.

Bundan tashqari yapon tilshunoslaridan A. Hanusuma hamkorlikda shart maylini

ifodalovchi

(to),

(ba)hamda taxminiy maylni ifodalovchi

たら

(tara),

なら

(nara)

formalarini tahlil qilish va barcha formalarni

条件表現

(

joukenhyougen

) deb nomlagan.

Unda formalar semantik jihatdan guruhlarga ajratilgan. Ammo mayl kategoriyasi sifatida
tahlil qilinganligi kuzatilmadi. Bir necha yapon tiliga oid lingvistik adabiyotlarda

条件表現

ning uchta guruhga, ya‘ni

仮定条件

(kateijouken)

,

原因・理由

(genin, riyuu)

va

逆説

(gyakusetsu)

ajratib ko‘rsatiladi va bu mayl bog‘lovchilar orqali ifodalanishi izohlanadi.

Tahlilga olingan ko‘plab yapon tilshunosligiga oid asarlarda shart maylini

ifodalovchi formalardan tashqari buyruq-istak, xabar mazmunini ifodalovchi formalar

fe’lning tuslanishi tarkibida ko‘rib chiqilgani kuzatildi. Shunga qaramay, ularning

semantik jihatdan misollar orqali tahlil qilingani ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida keltirilgan yapon tilshunoslarining qarama-qarshi fikrlari qatoriga rus

yaponshunos olimlarining ham qarashlarini inobatga olish ahamiyatlidir. Yapon tilida

mayl kategoriyasini izohlab berishda ham aynan ularning xizmatlari katta bo‘ldi.

Mashhur akademik yaponshunos olim V. Alpatov kollektivdagi yapon tilining

nazariy tadqiqi

ga bag‘ishlangan kitobida yapon tilshunosi Suzukining fikrlarini inobatga

olgan holda, mayl kategoriyasini to‘rt turga, ya’ni aniqlik (indikativ) mayli, taxminiy

(prezumativ) mayli, II shaxs buyruq (imperativ) mayli, I shaxs buyruq (gortativ) mayliga

ajratadi. Ammo bu hodisa Nitta qarashlarida ikki katta guruhga (imperativ va

prezumativ) ajratiladi va rus olimi Siromyatnikov asarida esa, yuqorida sanab o‘tilgan

mayl turlari qatoriga inkor va istak maylini (

отрицание

и

желательные

) kiritilganligini

izohlagan

holda, yagona fikr mavjud emasligini ta’kidlaydi. Shuningdek, tilshunos olimlar

ko‘pincha “mayl” tushunchasini butunlay rad etgani holda, yuqoridagi guruhlarga

kiruvchi qo‘shimchalarni har birini alohida

-

alohida ko‘rib chiqishni ma’qul deb

hisoblashlarini

ham kiritib o‘tadi.

Ushbu hodisaga yaponshunos olim V. Golovninning yondashuvi boshqalardan

farqlanishi bilan ayniqsa diqqatga sazovor. U yapon tilida fe’l mayllarini sistema tarzida

o‘rganishga kirishadi va ularni vazifasi jihatidan ikki qarama

-qarshi guruhlarga: xabar

(

повествовательный

) mayli va buyruq (

повелительный

) mayllariga ajratish

mumkinligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, ushbu ikki guruhning har birini o‘z navbatida

kichik guruhlarga taqsimlaydi. Ushbu hodisani asoslab berishga intilish barobarida,

xususan, birinchi guruh, ya’ni xabar mayli modallik ma’nolarni beruvchi va yagona

sub’yektga nisbatan aniqlikni ifodalovchi vazifani bajarishini ta’kidlaydi, ikkinchi guruhni

esa unga qarama-

qarshi, ya’ni modallik ma’nolarini ifodalovchi buyruq ohangiga e

ga va

umumiy holda ish-

harakatning bajarilish, bajarilmasligini ko‘zlashga xizmat qilishini

e’tirof etadi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, u mayl kategoriyasini qisman rus

grammatikasiga tayangan holda olib borgani kuzatildi.

Yapon tilida mayli kategoriyasini yana bir yaponshunos olim B. Lavrentyev

tomonidan amaliy jihatdan tadqiq qilingani diqqatga sazovor. U mayl formalarini alohida

guruh deb oladi va ularni taxminiy(

предположительное

), istak (

желательное

1, 2, 3),

buyruq (повелительное), ijozat (разрешительное

), taqiqlovchi (

запретительное

)kabi

olti turga bo‘lib, har bir guruhga kiruvchi formalarni alohida izohlab beradi. Yaponshunos


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

274

olim mayl formalarini ifodalashda amaliy grammatikaga asoslanishga intiladi va keltirgan

misollarda ham ushbu hodisa yaqqol

namoyon bo‘lgan.

Yapon tilida mayl kategoriyasining murakkabliklari va masalalarini ochib berishda

bundan tashqari, bir qator rus yaponshunoslarining maqola va ocherklarida ham o‘z

yechimini topishga intildi. Bular qatoriga I. Kolbina, V. Pryaxina, A. Kolesnikova kabilarni
misol qilib keltirish mumkin.

Yaponshunos I. Kolbina o‘zining “

Zamonaviy yapon tilida shart maylining ayrim

ma’noviy qo‘shimchalari

”nomli maqolasi shart maylini ifodalovchi vositalar bo‘lgan

(

ba

),

たら

(

tara

) formalarini gapda tahlil qilib berar ekan, shart mayli, umuman yapon

tilida mayl masalasi nafaqat yapon tilini o‘rgatuvchi tilshunoslarga balki umumiy
tilshunoslikning ham katta qiziqishiga sabab bo‘layotganini alohida ta’kidlaganini inkor
etib bo‘lmaydi.

V. Temerov esa shart maylini ifodalovchi vositalarning turlarini rus

grammatikasiga tayangan holda olib borgan va u ushbu mayl ikki xil yo‘l bilan, ya’ni eba
va ra formalari orqali yasalishini o‘z maqolasida keltirib o‘tadi.

Rus yaponshunoslaridan V. Pryaxina, A. Kolesnikova bilan hamkorlikda yapon tili

grammatikasiga bag‘ishlangan ocherkida

to

,

ba

,

たら

tara

qo‘shimchalarini shart

mayli sifatida emas, shart formasi deb tahlil qiladi. Shuningdek, ocherkda mayl

kategoriyasi so‘zi deyarli uchramaganligi kuzatildi.

Bundan tashqari, yapon tilshunoslari ushbu hodisani qiyosiy tadqiq qilishga ham

bel bog‘laganlarki, keltirilgan ilmiy ishlar tadqiqotimizni amalga oshirishda muhim
asoslaridan biri bo‘lib xizmat qildi. Bunday yapon tilshunoslari qatorida Y. Mizutaning

Chikagoda himoya

qilgan ilmiy ishini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. U xabar

maylini ifodalovchi

「~ている

(te iru)

va

(ta)

qo‘shimcha (formant)larni semantik

aspektda ingliz tili bilan qiyoslagan. U zamon ko‘rsatkichlarini ifodalovchi yuqoridagi

formantlar yapon tili grammatikasida va gap mazmunida aniqlikni ifodalashda katta rol

o‘ynashini ham alohida e‘tirof etgan.

Ingliz yaponshunoslaridan R. Bogdan pedagogik ta‘lim jarayonida mayl va zamon

uyg‘unligini o‘rgatish yo‘llarini tahlil qiladi va ularning vositalarini polyak va

yapon tili

bilan qiyoslaydi.

Shuningdek, O. Hideakining yapon tilida maylda zamon va paytning roli,

P. Ananthning doktorlik ishi, Y. Takekuraning ushbu masala doirasida pedagogik
yondashuvi ham tadqiqotimizga yaqin ilmiy ishlar sirasiga kiradi.

Mazkur yo

nalishlarga bag

ishlangan tadqiqotlar bilan bir qatorda yapon tilida u

yoki bu mayl kategoriyasidagi mayllar bor yoki yo

‘qligi ta’kidlamaydigan, faqatgina

yapon tilining ta’rifiga bag‘

ishlangan ishlar mavjud. Ushbu tadqiqotlarda mualliflarning

nuqtai nazarlari bir-

biriga mos kelmasa, yetarli dalillar keltirilmasa va masalani ko‘rib

chiqishda qarama-

qarshiliklar bo‘lsa ham, ularning fikrlari yapon tili grammatikasidagi

jumboqli masalalarining yechimini topishga yordam berib kelmoqda.

Yaponshunos olimlarning nazariy tadqiqotlari yapon tilida mayl kategoriyasi,

ularning formalarini o‘zbek tili bilan qiyosiy o‘rganish imkonini beradi. Zero, ularning
ilmiy izlanishlari yapon tilini o‘rganuvchi mutaxassislarga muhim ilmiy manba bo‘lib

xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot ishida yapon tilshunoslari qatorida, yaponshunos rus
olimlardan V. Alpatov va V. Golovninning qarashlariga ham tayaniladi.

Yapon tilida mayl kategoriyasining yoritilishi borasida shunday xulosalarga kelish

mumkinki, yapon tili gapda harakat va sub’yekt o‘rtasidagi voqelikka nisbatan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

275

munosabatni ifodalashda fe’l maylining o‘rni muhim. Yapon tilshunosligida mayl
kategoriyasi masalasi har tomonlama o‘rganilgan hodisadir, shunga qaramay,

mayl

kategoriyasining tulari, ularning formalari turli manbalarda turlicha va to‘liq

tasvirlanmagan. Dastlabki yillarda mayl kategoriyasining shakliga nisbatan, gapda

ifodalaydigan mazmun munosabati birinchi o‘rinda bo‘lgan. Fe’l maylining
qo‘shimchalarini

semantik tahlil qilishda yapon tilshunoslari qatori ingliz hamda rus

yaponshunoslarining ham xizmatlari katta bo‘ldi.

O‘zbek tilida ham mayl kategoriyasi azaldan o‘zbek tilshunosligining diqqat

markazidagi masalalardan biri bo‘lib kelgan va bu hodisa ko‘plab o‘zbek tilshunoslari

tomonidan tahlilga tortilgan masalalardan biridir.

Bizga ma’lumki,

mayl

o‘zbek tili grammatikasi, xususan morfologiya bo‘limida juda

katta o‘rin tutadi. O‘zbek tili grammatikasining so‘z turkumlari ichida nisbatan eng asosiy

qismi

ni otlar va fe’llar tashkil qiladigan bo‘lsa,

fe’l

ular orasida keng bir soha ekanligi

anglashiladi.

Fe’l

so‘z turkumi boshqа

so‘z turkumlа

rig

а

nisb

а

t

а

n boy v

а

mur

а

kk

а

b

gr

а

mm

а

tik k

а

tegoriy

а

l

а

r sistem

а

sig

а

eg

а

.

Mayl kategoriyasi ko‘plab

bahs-

munozaralarga sabab bo‘lgan tilshunoslik

masalalaridan biri sifatida qaraladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ushbu kategoriyaga
berilgan ta’riflar, shuningdek, mayl turlari ham barcha lingvistik adabiyotlarda bir xil

taqdim etilmagan.

Lingvistik adabi

yotlar, lug‘atlarda maylga quyidagicha ta’rif beriladi: “

H

а

r

а

k

а

tning

voqelikka bo‘lgаn munosаbаtini ko‘rsаtuvchi grа

mm

а

tik k

а

tegoriy

а

g

а

m

а

yl

deyil

а

di

”.

Keltirilgan ta’rif bo‘yicha ham tilshunoslar orasida turli xil yondashuvlar kuzatiladi.
Masalan, o‘zbek tilshunosi Sh.Rahmatullayevning fikricha, “harakatning voqelikka
munosabati” keng tushuncha bo‘lib, u bo‘lishlik

-

bo‘lishsizlikni ham, zamonni ham

qamrab oladi va ushbu ta’rifni u biroz toraytirish lozimligini ta’kidlaydi. Tilshunos olim
ilmiy asarida: “

Har

akatning buyurish, istash, maqsad, shart qo‘yish yo‘sinida amalga

oshuvini ifodalaydigan modal ma’nolar fe’l mayllari deyiladi

” deya ta’riflaydi.

Fe’l va uning mayllari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallashini inkor etib

bo‘lmaydi. Sub’yektning ruhiy

-psixologik, ekspressiv-emotsionallik holatini va uning real

voqelikka, tinglovchiga, o‘zgaga bo‘lgan turli modal munosabatini ifodalashda ham fe’l

mayllarining roli muhimdir.

Fe’lning mayl kategoriyasi, uning sistemasi, turlari, ularni ifodalab

keluvchi formantlar

(formalar) ni xususida deyarli barcha o‘zbek tilshunoslari qo‘l urganlar va ularning ilmiy
asarlari hozirgi o‘zbek adabiy tilining rivojlanishiga katta turtki bo‘lib kelmoqda.

O‘zbek tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak, A.

G‘ulomov,

T.

Xo‘jayev, A.

Hojiyev

kabilarning ilmiy izlanishlari mayl kategoriyasining keng yoritilishiga katta qadam bo‘ldi.
Shu bilan birga, kollektivda yaratilgan qator fundamental adabiyotlar ham o‘zbek tili

grammatikasining rivojlanishiga turtki berdi.

Yuqorid

a aytganimizdek, mayl kategoriyasining turlari bo‘yicha olimlar orasida

yakdillik kuzatilmaydi.

Kollektivda yaratilgan qator fundamental adabiyotlarda maylning asosan uch turi,

ya’ni

buyruq-istak, darak va shart mayllari

keltirgan bo‘lib, uni ifodalovchi

vositalar

mayl

formantlari

deya yuritilgan. Ba’zi adabiyotlarda esa to‘rtta turi keltiriladi.

T.

Xo‘jayev maylnining to‘rtta turiga yana ikkitani qo‘shadi, ya‘ni

to‘siqsizlik va

vazifa mayli

deb qo‘shishni tavsiya qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

276

O‘zbek tili grammatikasida fe’l so‘z turkumini keng ochib berishda ayniqsa yirik

tilshunos olim A.Hojiyevning xizmatlari beqiyos. Muallif ilmiy asarida fe’lni har tomonlama
tadqiq qilar ekan, mayl kategoriyasiga nisbatan ham o‘ziga xos qarashlarini keltirgan. Uning
o‘ziga xosliklaridan bir

i, mayl kategoriyasini besh turga taqsimlaganidadir, shuningdek, ular

orasida aniqlik maylini

“ijro mayli”

deb ham keltiradi.

A.

Hojiyevning turli tillarda, hatto qardosh tillarda ham mayl turlari ham bo‘lishi

mumkin degan fikrini Sh.Shukurov ilmiy

ishida tasdiqlaydi. Sh.Shukurov o‘zbek tili

yozma yodgorliklarda keltirilgan fe’llarni tahlil qilar ekan, undagi mayllarni uchta

guruhga, ya’ni buyruq

-

istak, shart va aniqlik mayliga bo‘ladi. Mayl formantlarini zamon

bilan qiyosiy planda tahlil qiladi. Til

shunos tilga olingan boshqa mayl turlarini “ajratish

isbot talab qiladi” deb ta’kidlaydi. Uning ushbu doktorlik ishi ilmiy tadqiqotimizni qiyosiy

planda amalga oshirishda yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kuzatishlar natijasi sifatida shuni aytish joiz

ki, o‘tgan davrda ayni mavzu bo‘yicha

olib borilgan tadqiqotlarda mayl kategoriyasi masalasini o‘rganishda tilshunos

-

olimlarimiz ko‘p hollarda rus grammatikshunos olimlarning xulosalariga tayangan. Shu

tufayli ayrim hollarda o‘zbek tilining o‘ziga xos jiha

ti, mohiyati diqqatdan chetda qolgan.

Mayl kategoriyasi o‘zbek tili grammatikasiga oid barcha adabiyotlarda taqdim

etilgan bo‘lsa

-

da, uning ko‘plab masalalari hali tadqiqqa tortilishi lozim. Ushbu

hodisalarning yangidan-

yangi tahlillari hozirgi o‘zbek ada

biy tilining yanada rivojlanish

va yuksalishiga yordam beradi va uni mukammallashtiraveradi.

Kuzatuvlar mayl kategoriyasining leksik, grammatik, stilistik tahlili keyingi davrda

yanada rivojlanganligini ko‘rsatdi. Bunda M.Sodiqova,

A.Shomaqsudov kabi olimlarni

misol qilib keltirishimiz o‘rinlidir.

M.Sodiqova doktorlik ishida fe

’lning xususiyatlari, uning o‘zbek tili

grammatikasidagi o‘rnini gapirar ekan,

fe

llarni leksik-stilistik va grammatik-stilistik

planda tahlil qilgan. Ilmiy ishining

II bobi fe’llarning stilistik

-grammatik xususiyatlariga

bag‘ishlangan bo‘lib, unda

muallif

fe’l mayllari formalari va ularning stilistik

xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. U ham fundamental adabiyotlarga

tayangan holda maylning aniqlik, buyruq va shart va maqsad mayllari, ularning

formalarini ko‘rib chiqqan. Ushbu tadqiqot ishimizda ko‘rilgan masalalar yuzasidan

M.Sodiqovaning qarashlariga tayandik. Ma’lumki, fe’l mayllari turli guruhlarga bo‘linadi.

Ammo kategoriyaning klassifikatsiyasi va nomlanishi traditsion normativ

grammatikalarda yagona sxemaga ega emasligini M.

Sodiqova ham ta‘kidlab o‘tgan.

Bundan tashqari A.

Shomaqsudov hamkorlikda o‘zbek tili stilistikasiga nazar

tashlab, morfologik stilistika tarkibida mayl formalarining stilistikasini tahlil qilar ekan,

ularning biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash, bir mayl formasi ikkinchi mayl ma’nosini berish

mumkinligini tasdiqlaydi. Masalan, ijro mayli (aniqlik mayli) harakatning bajarilganligini

yoki bajarilmaganligini ko‘rsatadi va u hech qanday grammatik ko‘rsatkichga ega emas,

shunga qaramay, u ba’zan buyruq, ba’zan shart mayllari o‘rnida kelib, ular anglatishi

lozim bo‘lgan ma’noni ifodalashi mumkinligini nazarda tutgan.

Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligini qiyosiy o‘rganish, tadqiq

qilish ancha oldindan

yuzaga kelgan. Ushbu hodisani fe’l mayllari doirasida ham benihoya olib borilganligi

kuzatildi. Zero, qardosh bo‘lgan va qardosh bo‘lmagan tillardagi tilshunoslik masalalari

qiyosiy o‘rganish, ayniqsa bugungi kun davr talabiga aylandi. Fe’l mayllarini qiyosiy

tadqiq qilishga qo‘l urgan o‘zbek tilshunoslaridan U. Tursunov fe’l mayllari orasida shart

maylining o‘zbek tilida ifodalanishi, formalari hamda ularning rus tilida berilish usullarini

tahlil qilgan. Ammo muallif qiyosiy tahlil jarayonida Sovet davri grammatikasiga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

277

tayanadi. O‘sha davrda rus tilini o‘rganish, ilmiy ishlar olib borishga talabning kuchaygani

sababli, rus tilshunosligi hodisalarini o‘zbek tili bilan qiyosiy o‘rganish zamon talabi

bo‘lgan

lig

ini e’tirof etgan. Ushbu tadqiqot ishimiz ham ikkala til, ya’ni yapon va o‘zbek

tillaridagi mayl kategoriyasining qiyosiy tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, ular orasida

tafovutli va mushtarak tomonlari tahlil qilinadi.

O‘zbek tilshunosligida fe’lning mayl kategoriyasini tadqiq qilish

barobarida, uni

ma’naviy durdonalarimiz orqali tahlil qilishda katta hissa qo‘shdilar. Jumladan, o‘zbek

tilshunosi Z.

Islomov Maxmud Zamaxshariy asarlaridagi turkiy fe’llarga yuzlanadi. Muallif

Maxmud Zamaxshariyning “Muqaddimatu

-l-

adab” asaridagi turkiy fe’llarning zamon

shakllari, harakat nomi, sifatdosh, fe’l mayllari, darajalari, ularning yasalish

qonuniyatlarini qiyosiy tarixiy uslubda tahlil qilgan. Ilmiy asar 2-bobining kichik

paragrafi aynan fe’l mayllariga bag‘ishlanadi. Unda traditsion grammatikad

agi keltirilgan

fe’llarni uch xil maylda o‘rgangan.

O‘zbek tilshunoslaridan Z.

Xudaybergenova ham mayl kategoriyasi, uning turlari

masalasiga oid qarashlar turli adabiyotlarda turlicha ifodalanishini rad etmaydi. O‘zbek

va turk tillarida zamon va mayl kate

goriyasi masalasini o‘rtaga qo‘yadi va uni bir

-biridan

chegaralab ayirish mushkul ekanligini e’tirof etadi. Ushbu hodisada muallif urg‘uni o‘tgan
zamon fe’liga qaratadi. Muallif ilmiy ishida o‘zbek va turk tillaridagi o‘tgan zamon
fe’llarini grammatik, fun

ksional-semantik, uslubiy jihatdan qiyoslab, ularning tafovutli va

mushtarak tomonlarini ochib bergan.

Hozirgi zamon o‘zbek tilshunoslari orasida N.Musulmanova mayl kategoriyasiga

o‘ziga xos yondashgani kuzatildi. U o‘zbek tili grammatik ma’nosi murakkab t

arkibli

ekanligi, unda kategorial ma’no bilan birga boshqa kategoriyaga xos yondosh va hamroh
ma’no qorishgan holda mavjudligini asoslashga intilgan. Muallif yuqoridagi grammatik
ma’nolar turini aniqlar ekan, zamon kategoriyasida “mayl” ma’nosi “zamon” ma’

nosi

uchun yondosh ma’no sifatida yashashini nazariy asoslashga intiladi.

Yuqoridagilardan shuni xulosalab aytish mumkinki, mayl kategoriyasi masalasi

o‘zbek tilshunoslari tomonidan har tomonlama o‘rganilgan, shunga qaramay, mayl

turlari, ularni ifodalovchi formalar adabiyotlarda turlicha berilgan. Mayl kategoriyasi

tilshunoslar tomondan stilistik, grammatik ma’no, semantik kabi tomonlardan
o‘rganilgan. O‘zbek tilida mayl kategoriyasi zamon va shaxs

-

son bilan birgalikda bir fe’l

tuslanishida birlashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

I.F.Abdug‘afforov, O‘zbek tili grammatikasi. –T.: “O‘qituvchi”, 1999.238 b.

2.

G‘.Abdurahmonov, А.Rustamov, Qadimgi turkiy til. –T.: “Fan”, 1982. –

216 b.

3.

G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov, O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi.

–T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2008. –

320 b.

4.

Feyda Umarbek. O‘zbek va uyg‘ur tillarida o‘tgan zamon fe’llarining badiiy

nutqda ishlatilishi: Filol. fan. nomz. ...diss.

T., 1998.

102 b.

5.

久野ススム『日本文法研究』

(

大修館

)

#ススム=日+章

. 1973.

318 p.

6.

井上優(

2001

)中国語・韓国語との比較から見た日本語のテンス・

7.

アスペクト」『月刊言語』

12

月号

Библиографические ссылки

I.F.Abdug‘afforov, O‘zbek tili grammatikasi. –T.: “O‘qituvchi”, 1999.238 b.

G‘.Abdurahmonov, А.Rustamov, Qadimgi turkiy til. –T.: “Fan”, 1982. – 216 b.

G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov, O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2008. – 320 b.

Feyda Umarbek. O‘zbek va uyg‘ur tillarida o‘tgan zamon fe’llarining badiiy nutqda ishlatilishi: Filol. fan. nomz. ...diss. –T., 1998. –102 b.

久野ススム『日本文法研究』(大修館)#ススム=日+章. 1973. - 318 p.

井上優(2001)中国語・韓国語との比較から見た日本語のテンス・アスペクト」『月刊言語』12 月号