Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of using information and communication
technologies in elementary mathematics lessons
Nodira MUKHIDDINOVA
1
Tashkent State pedagogical university named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2023
Received in revised form
15 June 2023
Accepted 25 June 2023
Available online
15 July 2023
This article presents suggestions on the importance of using
information and communication technologies in mathematics
lessons in elementary grades.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp47-51
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
primary education,
educational technology,
information technology,
interactive methods.
Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot
-
kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanishning
ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
boshlangʻich ta’lim,
ta’lim texnologiyalari,
axborot texnologiyalari,
interaktiv metodlar.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf matematika darslarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning
ahamiyati yuzasidan takliflar keltirilgan.
Важность
использования
информационных
и
коммуникационных технологий на уроках элементарной
математики
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
начальное образование,
образовательные
технологии,
информационные
технологии,
интерактивные методы.
В данной статье представлены предложения о важности
использования
информационно
-
коммуникационных
технологий на уроках математики в начальных классах.
1
Associate Professor, Tashkent State pedagogical university named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
48
Mamlakatimizda
inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning yildan
-yilga
o‘sib borishi, axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan,
globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik
taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng
muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim
-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini
oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm
-
fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik
va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi
natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani
o‘qitishning yangich
a yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda.
Vatanimizning gullab-
yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada
yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-
e’tiqodga va umuman, komil inson
bo‘lishlariga bog‘liq.
Bu haqda davlatimiz prezidenti Sh.M.
Mirziyoyev shunday deb ta’kidlagan:
“...yoshlarning ta’lim olishi, kasb
-
hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida
zamonaviy, ilg‘or
-innovatsion shart-
sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch
va imkoniyatlarini ish
ga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab
-quvvatlash,
ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda
manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha
yuqori bo‘ladi”.
Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan,
sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va
kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta
oladigan insonlarga bo‘lgan talab kuchaymoqda.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini
rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi,
o‘zidagi
algoritmik tarzdagi tartib-
intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri
kengayadi.
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan,
tashabbuskor, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy holatlarga chidamli,
bu holatlardan chiqa oladigan bo‘lishi kerak.
Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis
kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida
tadbirkorlik qobiliyatini sh
akllantirish va boʻlajak pedagoglarni yangi pedagogik
texnologiyalar yordamida fan asoslari bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda.
Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimidan qat’iy nazar, ta’lim
jarayoniga qadam qo‘yar ekan, pedagogik –
psixologik bilimlar, pedagogik texnologiyalar va
o‘qitish
-
o‘rgatish uslublari yig‘indisi bo‘lgan zarur pedagogik ko‘nikmalarni egallagan
bo‘lishi lozim.
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu
interaktiv metodlardir. I
nteraktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati
bo‘lib, asosan o‘quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o‘zini tahlil
qilishni va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi bu yerda
o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatish, yo‘nalish berish, eng to‘g‘ri xulosani aytishdan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
49
Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining
fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib o‘tib
ket
adi, natijada o‘quvchi xatosini o‘zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish,
fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslanadi.
Quyida biz
boshlang‘ich sinf
da qarama-
qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir
masalalar yechishga oʻrgatish yuzasidan darsni tashkil qilish boʻyicha takliflarimizni
keltiramiz.
Yangi mavzu ekran orqali tushuntiriladi.
Darslikdagi masalada bo‘ri va quyonning
qarama-
qarshi yo‘nalishdagi harakati ekran orqali kuzatilib, masala yechimi o‘rganiladi
va oʻquvchilar bilan muhokama qilinadi.
Masalaning davomi ham ekran orqali bajariladi. Sayyohlarni kuzatish imkoniyati
bo‘ladi. Yechish rejasi bo‘yicha masala yechiladi va o‘quvchilar daftarlari
ga yozadilar.
Masalalar yechilgach, qarama-
qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanganda ular orasidagi
masofani topish uchun nima qilish lozimligini tushunib oladilar.
Keyingi masala ham oldingi masala kabi bajariladi.
Unga ko‘ra ikkita
elektropoyezdning qarama-
qarshi yo‘nalishdagi harakatini hisoblab, qancha yo‘l
yurganini topish lozim bo‘ladi.
Masalaga qisqa shart tuziladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
50
Birinchi tezlik (V1)
–
80 km/soat
Ikkinchi tezlik (V2)
–
?, undan 5 km/soat kam
Sarflangan vaqt (t)
–
3 soat
Ular orasidagi masofa (S)
–
? km
Yechish: S = (V1 + V2) ∙ t
bo‘yicha
80
–
5 = 75 (km/s) ikkinchi elektropoyezdning tezligi
80 + 75 = 155 (km/s) ikkala elektropoyezdning tezligi
155 ∙ 3 = 465 (km)
shu vaqt oralig‘idagi ular orasidagi masofa
Javob: 3
soatdan so‘ng ular orasidagi masofa 465 km bo‘ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar ekran orqali trenajor mashq
bajaradilar.
Motosikl va Neksiya mashinasi bir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi tomonga qarab
yo‘lga chiqdi.
Motosikl 30 km/soat tezlik bilan neksiya esa 80 km/soat tezlik bilan
harakatlansa, 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
Motosikl va Neksiya mashina beriladi. Masala qisqa yozuvi va yechimi ekranda
elementlar shaklida beriladi ularni to‘g‘ri joylashtirgandan so‘ng, motosikl va mashina
harakatlanadi.
Mavzuni mustahkamlab olgach, ekran orqali hayvonlarning tezligini solishtirishga
doir video beriladi.
Shilliqqurt, toshbaqa, quyon, kiyik, gepard, piyoda, velosipedchi, mototsiklchi, yuk
avtomashinasi, yengil avtomobil, afrosiyob poyezdi, vertolyot, samolyot, kosmik
kemalarning tezligi va hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlangʻich sinflarda dars jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish dars sifatini oshirish
imkoniyatini beradi.
Chunki boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatlarini
inobatga olib, fanni oʻqitishda aynan ular qiziqqan multimedia texnologiyalari
yordamidan foydalanib darslar tashkil etilsa o‘quvchilarning fanga boʻlg
an qiziqishlarini
yanada oshirgan holda ta’lim sifatiga erishish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Mukhitdinova Nodira Mamalatifovna. The Importance of International Assessment
Programs in Teaching Mathematics. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/C82WX.
2.
Mukhitdinova Nodira Mamalatifovna. "The importance of mathematical tasks in
steam education a world experience." World Bulletin of Social Sciences 18 (2023): 94-97.
https://www.scholarexpress.net.
3.
Muhitdinova Nodira.
“Boshlangʻich sinflarda algebra elementlarini oʻrgatish
metodikasi” modulini ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilish xususida.
Общество и
инновации
3.4/S (2022): 175-179.
