Авторы

  • Максад Исабаев
    Доктор философии (PhD) в области политических наук, самостоятельный соискатель, Институт по изучению проблем молодежи и подготовки перспективных кадров при Агентстве по делам молодежи Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp1-12

Ключевые слова:

государственное управление государство власть децентрализация гражданское общество

Аннотация

В данной статье анализируются научные интерпретации управленческой функции государства, рассматривая его как политический институт. Особое внимание уделяется значению децентрализации управления, изученному научно. Также выделяются существующие подходы к децентрализации, ее виды и формы, основные черты, а также конкретное содержание и динамика данного процесса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Political and conceptual foundations of decentralization of
state administration

Maksad ISABAEV

1


Institute for the Study of Youth and Training of Promising Personnel under the Agency for Youth

Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2023

Received in revised form

15 July 2023

Accepted 25 July 2023

Available online

15 August 2023

This article analyzes the scientific interpretations of its

management function by examining the state as a political
institution. Its importance in the decentralization of

management has been studied scientifically. Also, the existing
approaches to decentralization, their types and forms, main
features, specific content, and dynamics are highlighted.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp1-12

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

public administration,

state,

power,

decentralization,

civil society.

Davlat boshqaruvni nomarkazlashtirishning siyosiy-
konseptual asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

davlat boshqaruvi,

davlat,

hokimiyat,

nomarkazlashtirish,

fuqarolik jamiyati.

Ushbu maqolda davlatni siyosiy institut sifatida tahlil qilish

orqali uning boshqaruv funksiyasining ilmiy talqinlari tahlil
etilgan. Uning boshqaruvni nomarkazlashtirishdagi ahamiyati

ilmiy tadqiq etilgan. Shuningdek, ushbu jarayonga doir
yondashuvlar, uning tur va shakllari, a

sosiy xususiyatlari, o‘ziga

xos mazmuni va dinamikasiga oid jihatlar yoritilgan.

1

Doctor of Philosophy (PhD) in Political Science, Independent Applicant, Institute for the Study of Youth and

Training of Promising Personnel under the Agency for Youth Affairs of the Republic of Uzbekistan.

E-mail: Maksfind_22@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

2

Политико

-

концептуальные основы децентрализации

государственного управления

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

государственное

управление,

государство,

власть,

децентрализация,

гражданское общество.

В

данной

статье

анализируются

научные

интерпретации управленческой функции государства,
рассматривая его как политический институт. Особое

внимание

уделяется

значению

децентрализации

управления, изученному научно. Также выделяются
существующие подходы к децентрализации, ее виды и

формы, основные черты, а также конкретное содержание и
динамика данного процесса.

Boshqaruvning turli xil talqinlari mavjud bo‘lsa ham, boshqaruvni siyosiy

jarayon deb ataydigan yondashuv hukumat tuzilmalarida yuzaga kelgan

o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun asos bo‘ladi. Boshqarish –

bu boshqaruv

jarayonlarini tushuntirish uchun keng qo‘llanilgan tushunchadir. Boshqarish
konsepsiyasidan foydalanish chalg‘itishi mumkin bo‘lsa

-da, ushbu konsepsiyada

ikkita asosiy izohni aniqlash mumkin: biri davlatlarning boshidan kechirgan

o‘zgarishlarga va ularning boshqaruv jarayonlariga uning tashqi muhitiga javob
sifatida murojaat qilishi bo‘lsa, ikkinchisi davlat va xususiy munosabatlarni

muvofiqlashtirishda davlatning roliga ishora qiladi. Boshqarish, siyosiy maydonda,

turli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy manfaatlar va maqsadlarga ega bo‘lgan
boshqaruv jarayonida ishtirok etayotgan o‘yinchilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish

darajasini aks ettira

di. Shu maqsadda boshqaruv davlat ichida sodir bo‘layotgan

o‘zgarishlarni hamda davlat va boshqa sektorlar o‘rtasidagi munosabatlarning
shakllanishini anglatadi. Boshqaruv jarayonida ko‘plab sub’yektlar ishtirok

etadilar va ulardan har biri siyosiy-ijtimoi

y natijalarga ta’sir ko‘rsatishga

qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bu jarayon boshqaruv deb nomlanib, u
ijtimoiy muammolarni yechishga yoki yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan

davlat siyosatiga ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan ayrim ishtirokch

ilar tomonidan

amalga oshiriladigan barcha harakatlardan iboratdir. Boshqaruvni hokimiyat,

hukumatlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi hamda
muayyan davlatni tavsiflovchi normativ elementlar to‘g‘risida muhokama qilishga

imko

n beradigan “tahliliy tushuncha” sifatida ham qarash mumkin. Boshqaruv

barcha sohalarda (iqtisodiyot, jamiyat, siyosat va menejment) sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi va davlat tomonidan qabul qilinadigan yangi siyosiy

yondashuvlar nuqtai nazaridan tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat

jamiyatdagi rolini aniqlash, balki tashqi o‘zgarishlarga moslashishdir. Boshqarish
konsepsiyasining ushbu elementlari, ya’ni davlatlarning jamiyat bilan
munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshiradi

gan xatti-harakatlar, jamoalar

yoki alohida shaxslar hukumatlar tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatiga

ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar tahlili uchun asosdir. Boshqa tomondan olib
qaraganda, boshqaruv instituti bu nafaqat “jamiyat manfaatlariga tegis

hli


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

3

masalalarni hal qilish jarayonlari va an’analarini o‘z ichiga olishi kerak, balki bu

qarorlar qanday qabul qilinayotgani hamda unda fuqarolarning ovozi qay darajada

ekanligi bilan ham bog‘liqdir”.

Boshqaruvning bir nechta tushunchalari yoki ta’riflari mavjudligi sababli,

boshqaruvga oid turli xil nazariya va yondashuvlar mavjud. Jumladan, o‘z

-

o‘zini

tashkillashtiradigan tarmoqlar yondashuvi mahalliy hokimiyat idoralari xususiy va
davlat sektori tash

kilotlarini jamoat ishlari bilan shug‘ullanishga jalb qila

boshlaganida amalga oshirilgan o‘zgarishlarga asoslanadi. “Boshqaruv” markaziy
va mahalliy hokimiyat organlariga qiyin vazifa bo‘lib qolganligidan davlat sifatida
“nazoratning susayishini oldini olishga qaratilgan” moliyaviy nazoratni
markazlashtirish bo‘lgan. Ammo, ba’zi davlatlar tomonidan amalga oshirilgan
o‘zgartirishlarga ko‘ra, globallashuv hamda ichki omillar natijasida vaziyat davlat

rolining pasayishiga olib kelmasligi ham mumkin. Aksincha, bu boshqaruvning
yangi shakllariga moslashishidir. Vaziyatni hukumat va fuqarolik jamiyati

munosabatlaridagi “hukumatning rolini kamaytirish” o‘rniga “o‘zgarib turuvchi
rol” sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotchi Pierre fikriga ko‘ra, boshqaruv bu siyosiy
shaxslar, institutlar, korporativ tashkilotlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida
o‘rnatilgan muvofiqlikni aks ettiruvchi jarayondir.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan boshqaruvning turli xil nazariy jihatlari boshqaruv

haqidagi akademik fikrlashning kengligini namo

yish etgan bo‘lsa

-da, haligacha

ko‘rib chiqilmagan yana bir siyosiy nazariya ham boshqaruv bilan chambarchas
bog‘liq. Xususan, hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

demokratik boshqaruvni belgilashda hal qiluvchi element hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda,

boshqaruv

qonuniylik va samaradorlikni aks ettiruvchi hayotiy

siyosiy tizimlarga erishish vositasi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Hozirgi kunda

demokratiya tushunchasi dunyo xalqlari tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy

o‘

zgarish jarayonlari tufayli qayta talqin qilinmoqda, chunki ular hokimiyatni

mahalliy hukumatlar, jamoat va xususiy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlar,
shuningdek, xalqaro tashkilotlar va millatlararo agentliklar orqali amalga
oshirmoqdalar.

Bosh

qaruv jarayoni shu qadar ko‘p tavsiflanganki, konsepsiya ko‘pchilik

tomonidan chalkashtirib yuborilgan. Boshqaruvning barcha nazariyalarini ko‘rib
chiqishda turli xil konsepsiyalarda boshqaruvning ba’zi umumiy elementlarini

aniqlash mumkin. Bu elementlar hokimiyatni amalga oshirish uslubini tartibga
soluvchi qoidalar va jarayonlar; davlat idoralari, jamoaviy harakatlarni tartibga

soluvchi qoidalar; siyosiy sub’yektlarning kimligini belgilovchi normalar va

fuqarolik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan institutsional tuzilmalar
hisoblanadi.

Shuning uchun boshqaruvdagi an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning

qaysi biri amalda ekanligiga e’tibor berish muhimdir.

An’anaviy yondashuv

da

xalq

va saylovlar orqali hukumatga berilgan hokimiyat tomonidan qonuniylashtirilgan

davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi vertikal hamkorlik nazarda tutiladi. Bu

davlatlar tomonidan murakkab ijtimoiy muammolarni hal eta olmaslik davlat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

4

boshqaruviga boshqa ishtirokchilarni jalb qilishini anglatadi. Ikkinchi

noan’anaviy

yondashuv

jamiyatni bir butun sifatida ko‘rishga harakat qilib, davlat va fuqarolik

jamiyati o‘rtasida tafovutning yo‘qligini bildiradi.

Bizning fikrimizcha, boshqaruvning noan’anaviy yondashuvi orqali ifoda etilishi

mamlakatni demokratlashuvida muhim o‘rin tutadi. Chunki bu g‘oya siyosatda

markaziy hokimiyatdan foydalanish va oddiy fuqarolarning boshqaruv jarayonida

qatnashishi mumkin bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvning muhim

jihatlaridan biri fuqarolik jamiyatini jamoat ishlariga jalb qi

lish uchun to‘g‘ri

institutsional muhitni yaratishga qodir yangi siyosiy institutlarni vujudga

keltirishidir. Mazkur jarayonlarning kuchayib borishi nomarkazlashtirish va unda

fuqarolik jamiyati ishtirokining oshishiga imkon beradi.

Nomarkazlashtirish but

un dunyo bo‘ylab (Sharqiy Yevropa, Osiyo va Lotin

Amerikasida) keng tarqalgan hodisalardan hisoblanadi. Nomarkazlashtirish de-yure

markaziy hukumat funksiyalarining me’yorida bo‘lishi va hukumatning quyi

darajalarida ishtirok etish imkoniyatini yaxshilash samaradorlikni oshiradi.

Tadqiqotchi Rondinelli nomarkazlashtirish tushunchasini vakolat va mas’uliyatlarni

markazdan quyi tashkilotlarga yoxud xususiy sektorga o‘tkazish sifatida izohlaydi.

Mumtoz nazariyaga ko‘ra, vakolat, resurs va mas’uliyatlarni marka

ziy hukumatdan

mahalliy hukumatlarga o‘tkazilishini anglatuvchi tushunchasidir.

Nomarkazlashtirish bu davlat islohotlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon

majmuidir. Bu resurslar, mas’uliyat va vakolatlarni davlat hokimiyatining yuqori

bo‘g‘inlaridan quyi bo‘g‘inlariga o‘tkazishga qaratilgan siyosiy islohotlardir.

Nomarkazlashtirish islohotlari avtoritar va demokratik siyosiy rejimlarda amalga

oshirilishi mumkin. Chunki nomarkazlashuv bilan demokratlashuv tushunchalari

bir xil ma’noga ega emas. Hatto avtoritar deb ta’riflangan siyosiy tizimlar ham

nomarkazlashtirish doirasida vakolat va funksiyalarini qayta taqsimlashi mumkin.

Nomarkazlashtirishning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, agar

muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, u mahalliy jamoalarga yuqori darajadagi

javobgarlik va mas’uliyatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu davlat siyosatini amalga

oshirish va xizmatlarni taqdim etishda samaradorlikning ortishini anglatadi.

Sababi mahalliy hokimiyat fuqarolarga davlatning eng yaqin bo‘g‘inidir. Shuning

uchun mahal

liy muammolar va ularni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy

-

siyosiy jarayonlar to‘g‘risida ular ko‘proq xabardor bo‘lishadi. Nomarkazlashtirish

siyosati markaziy idoralarning hokimiyatni taqdim etishi va mahalliy

institutlarning boshqaruv jarayonida is

htirok etishini rag‘batlantirishni

ta’minlaydigan siyosiy vakolatni hududlarga taqsimlashdir.

Siyosatshunos olim N.

Dobrinin nomarkazlashtirish tushunchasini “qo‘yilgan

vazifalarni bajarishda mustaqil tarzda boshqaruvni amalga oshirish, mazkur jarayonga

mustaqil boshchilik qilish, axborotlarni mustaqil tasarruf etish maqsadida vakolatlarni

yuqoridan quyiga uzatishdir”, deya ta’riflasa, boshqa bir rus olimi V.

Vaselev

nomarkazlashtirish deganda asosan, “qarorlarni nomarkazlashtirish” jarayoni

eka

nligini aytadi. Uning fikricha, agar so‘z demokratik mamlakat to‘g‘risida ketayotgan

bo‘lsa, davlat o‘z vakolatlarini shu darajada quyiga “tushirishi” lozimki, toki ularni

amalga oshirish keng aholi manfaatlariga mos bo‘lishi kerak”.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

5

Nomarkazlashtirish siy

osatining o‘ziga xos mazmuni va dinamikasiga doir

adabiyotlarda 1.

siyosiy,

2.

ma’muriy

va 3.

moliyaviy

(fiskal) kabi jihatlar

nomarkazlashtirishning asosini tashkil etadi deyish mumkin. Mazkur uchta

jihatlarni yoritib o‘tamiz.

1.

Siyosiy nomarkazlashtirish

to‘g‘risida kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Sababi,

mazkur tadqiqot ishimizda aynan siyosiy nomarkazlashtirish nuqtai nazardan
muammoga yondashilgan. Mazkur nomarkazlashtirish turi mahalliy (mintaqaviy)

hokimiyatlarning to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri say

lovlar orqali, u konstitutsiyaviy saylov

qonunlariga va mamlakat ishlab chiqqan siyosiy tizimlariga asoslanadi. Bunda
yuqori davlat organlariga hisobdorlik holati uchramaydi.

Siyosiy nomarkazlashtirish fuqarolarga va ularning saylangan vakillariga

qarorla

r qabul qilish hamda davlat boshqaruvida ko‘proq vakolatlar berishni

anglatadi. Bu konsepsiya odatda vakillik boshqaruvi va plyuralistik demokratiya bilan
bog

liq. Siyosiy nomarkazlashtirish fuqarolarga va ularning saylangan vakillariga

siyosiy jarayonlarn

i amalga oshirishga ta’sir o‘tkazish uchun ularga ko‘proq

imkoniyat berish orqali demokratlashtirishga moyil bo‘ladi. Bu bilan saylovchilarga
o‘z siyosiy vakillarini va saylangan mansabdor shaxslarga o‘z saylovchilarining talab

va istaklarini yaxshiroq bilishlariga imkon beradi. Qachonki, mamlakatda

konstitutsiyaviy islohotlarning o‘tkazilishi, plyuralistik siyosiy partiyalarning

rivojlanishi, vakillik institutlarining kuchayishi va turli jamoaviy manfaat

guruhlarining rag‘batlantirilishini talab qiladi. Sh

u bilan bir qatorda, siyosiy

nomarkazlashtirish vakolatlarni mahalliy darajada taqsimlash orqali fuqarolar va

ularning vakillariga qarorlar qabul qilishda ko‘proq imkoniyatlar yaratadi.

Siyosiy nomarkazlashtirish bo‘yicha munozaralarning

aksariyati, hech

bo‘lmaganda, bu konsepsiya qanday bayon qilinganligi bilan bog‘liq. Jumladan,
hokimiyatni turli darajalar o‘rtasida taqsimlash, nomarkazlashtirilgan hukumatlar
muammolarini yaxshiroq biladigan eng yaxshi vakillar sifatida o‘zlarining tarki

biy

qismlariga yaqinroq bo‘ladi. Fuqarolar o‘zlarining kundalik hayotlariga ta’sir

qiladigan har qanday boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishlari muhimdir.
Fuqarolik jamiyatining ishtirokini yaxshilash talablari, demokratik siyosiy
tizimlarda vakillikning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, bu davlat

boshqaruvining samarasizligiga qarshi kurashish istagi bilan bog‘liqdir.

Siyosiy sohadagi nomarkazlashtirish konsepsiyasi orqali boshqaruv jarayoni

hokimiyatning quyi bo‘g‘inlarga o‘tishini ta’m

inlaydi. Ushbu jarayonning eng asosiy

ta’rifi uning qarama

-

qarshi tomoniga qaratiladi, ya’ni nomarkazlashtirish avvalgi

markazlashtirish paradigmasidan yangi tizimga o‘tish sifatida tavsiflanadi.

Nomarkazlashtirish o‘zining funksiyasi

va

xususiyatlariga

ko‘ra,

bu funksional yoki hududiy nomarkazlashtirish kabi jarayonlarni amalga

oshirishning turli shakllarini o‘z ichiga oladi.

Funksional nomarkazlashtirish

deganda, ma’lum bir faoliyatdagi majburiyatlarni turli milliy yoki mahalliy

sohalarga qayta tayinlash tushuniladi. Hududiy nomarkazlashtirish boshqaruvning

uch xil darajasiga ko‘ra: milliy, mintaqaviy va mahalliy nomarkazlashtirish
darajalariga bo‘linadi. Jumladan,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

6

Milliy nomarkazlashtirish

mustaqil qaror qabul qilish vakolati turli

darajadagi hukumatlarning qarorlar qabul qilish mumkinligini anglatsa, quyi

darajada mahalliylashtirilgan tashkilotlar zimmasiga majburiyatlarni topshirish

mintaqaviy nomarkazlashtirish

hisoblanadi.

2.

Ma’muriy nomarkazlashtirish

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda turli boshqaruv

darajalari o‘rtasida mas’uliyat, vakolat va resurslarni qayta taqsimlash hisoblanib, bu

markaziy hukumatdan ma’lum davlat funksiyalari: rejalashtirish, moliyalashtirish va

boshqarish uchun javobgarlikni hukumatning quyi tuzilmalariga, yarim mintaqaviy

avt

onom davlat hokimiyati organlari yoki funksional korporatsiyalarga o‘tkazishdir.

Shuningdek, quyi milliy hukumatlar davlat siyosatini ishlab chiqishi va amalga

oshirishi kerak bo‘lgan muxtoriyatni anglatadi.

Nomarkazlashtirish

mazkur

ma’muriy

yondashuv

na

zariyotchilari

(M. Shixan, F. Beyley, R.

Champan)ning fikriga ko‘ra, unitar va federativ tuzilishga

ega mamlakatlarda bir siyosiy tizim ichida qarorlar qabul qilish vakolatini oliy

organlardan quyi mahalliy organlarga uzatishni bildiradi.

Ma’muriy nomarkazlashtirish shakllari o‘rtasidagi yana bir farq jarayonning

darajasi yoki xususiyatiga bog‘liqligidir. Shunga ko‘ra

ularni a)

dekonsentratsiya,

b)

delegatsiya

va

c)

devolyatsiya

kabi shakllarda uchratamiz:

a)

O‘tkazish darajasiga ko‘ra,

dekonsentratsiya

nomarkazlashtirishning kuchsiz

ifodasi hisoblanib, u ma’muriy funksiyalarni mamlakat markazidan tashqarida

joylashgan davlat idoralariga yoki bosh idoralarga qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi.

Bu boshqaruv jarayonidagi har qanday vakolat

larini o‘z ichiga olmaydi (Rondinelli,

Morris). Ya’ni mahalliy hududlarni boshqarishda mas’uliyat asosan markaziy

hokimiyat zimmasida qoladi va boshqaruv ma’muriy iyerarxiya tarzida amalga

oshiriladi. Ushbu tizimda markaziy hukumat qarorlar qabul qilish va ijro etish bilan

bog‘liq vakolatlarining bir qismini o‘z iyerarxiyasidagi bo‘linmalarning boshlig‘i

bo‘lgan ma’murlarga o‘tkazadi. Shu nuqtai nazardan, markaziy hukumatning turli

darajalari o‘rtasida qaror qabul qilish vakolatlari hamda moliyaviy boshqaru

v

mas’uliyatini qayta taqsimlash odatda nomarkazlashtirishning eng zaif shakli

hisoblanadi va unitar davlatlarda qo‘llaniladi (Masalan Fransiya davlati).

b)

delegatsiya

(vakillik) nomarkazlashtirishning yuqori shakli sifatida ko‘rib

chiqilgani bilan bunda ba’zi bir funksiyalar, masalan, mahalliy hokimiyatning kuchi

davlat tomonidan cheklanishi kabi holatlar uchraydi. Yangi majburiyatlarni olgan

tashkilotlar aniq vazifalarni bajarish yoki rejalarni amalga oshirish imkoniyatiga

ega bo‘lsa

-

da, yakuniy hukm hali ham markaziy idoralarga tegishli bo‘ladi

(Rondinelli va boshqalar). Mazkur delegatsiya shaklida siyosiy mas’uliyat mahalliy

hukumatlar va yarim avtonom tashkilotlarga

o‘tkaziladi.

Ular markaziy hukumat

tomonidan nazorat qilinmaydi, biroq unga javobgar bo

ladi. Bunda markaziy

hukumat o‘z nazoratini mahalliy hokimiyatning javobgarligini ta’minlovchi

shartnomaviy munosabatlar orqali amalga oshiradi. Markaziy hokimiyat

tomonidan vakolatlarni yuqoridan tayinlanadiganlarga emas, balki saylanuvchi

quyi organlarga uzatiladi. Natijada ular davlat oldida mas’ul hisoblanadi.

Vakolatlarni quyi bo‘g‘inga berilganligi bois bu markazlashuv deb hisoblanmaydi

(Masalan, Germaniya). Biz aynan mazkur nomarkazlashtirishning vakillik shakli

orqali tadqiqotimizning keyingi boblarida uni batafsil yoritishga harakat qildik.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

7

c)

Nomarkazlashtirishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lgan

devolyutsiya

(topshirish), aksincha, mahalliy / mintaqaviy saylangan organ boshqaruvni amalga
oshirishda markaziy davlatdan mustaqilligini anglatadi (Devas, Delay). qarorlar
qabul qilish, moliyalashtirish va boshqaruv vakolatlarini korporativ maqomga ega

bo‘lgan mahalliy hokimiyatning kvazi

-

avtonom bo‘linmalariga o‘tkazi

ladi.

Bu jarayon hukumat darajalarini aniq farqlashni talab qiladi. Shundan ular
mahalliy hokimiyatlarga qonuniy ravishda tan olingan geografik chegaralari
belgilangan holda vakolatlar berib, ular doirasida davlat vazifalarini bajaradilar.
Devolyutsiyada

markaz bilan mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar

iyerarxik tarzda kechmaydi (Masalan, Buyuk Britaniya). Devolyutsiya asosan

o‘zida nomarkazlashtirishning siyosiy turini ifodalab, u mahalliy hokimiyat
organlariga cheklangan sohalarda o‘z qarorlarini

qabul qilishga imkoniyat

yaratadi. Ya’ni o‘z meri va kengashlarini saylaydigan, qarorlar qabul qilish uchun
mustaqil vakolatga ega bo‘lgan munisipalitetlarga o‘tkaziladi. Bu shaklda mahalliy
hokimiyatlar aniq va qonuniy tan olingan chegaralarga ega bo‘lib

, tegishli

vakolatlarni amalga oshirgan holatda davlatning funksiyalarini bajaradilar.

Mahalliy bo‘linmalar faqat markaziy hukumatga hisobot beradilar.

3.

Fiskal nomarkazlashtirish

mahalliy hukumatlarning o‘z resurslarini hamda

markaziy hukumat tomonidan ber

ilgan mablag‘larni boshqarish, soliqqa tortish,

budjet va xarajatlar bo‘yicha erkinligini o‘z ichiga oladi.

Biz bu turiga batafsil

to

‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz.

Nomarkazlashtirishning yuqorida ta’kidlangan shakllarini tahlil qilar ekanmiz,

siyosiy nomarkazl

ashtirish agar etnik bo‘linishlar mavjud bo‘lgan mintaqalarda

amalga oshirilsa, milliy tinchlikka tahdid solib, yangi davlatlarni tashkil etish g‘oyasiga
olib kelishi mumkin. Biroq, ma’muriy nomarkazlashtirish bunga o‘xshash xavf
tug‘dirmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy
sabablarga ko‘ra markazlashganligi haqiqatdir. Ma’muriy nomarkazlashtirish sifatida
ifodalangan bu holat kommunal xizmatlar, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, uy

-joy,

ma’muriyat va ijtimoiy xizmatlarni submilliy hukumatlarga o‘tkazadigan siyosat
shaklida paydo bo‘ladi. Shu sababli ham so‘nggi vaqtlarda rivojlangan dunyoda keng
tarqalmoqda. Qarorlar qabul qilish va boshqaruv uchun mas’uliyatni mahalliy
hokimiyatga uzatib borilmoqda. Xususan, tender o‘tkazish,

benifitsiarlarni aniqlash,

mahalliy loyihalarni tanlash kabi mexanizmlar amalga oshirilmoqda. Bunday
harakatlar dastlab 1980-yillarda turli mamlakatlarda, jumladan Armaniston,
Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Xitoy, Salvador, Gruziya, Hindiston,

Meksika, Janubiy Afrika, Uganda va O‘zbekistonda amalga oshirilgan. Demak,
ma’muriy nomarkazlashtirish ko‘p millatli unitar tuzilishga ega davlatlar uchun katta

ahamiyat kasb etishini kuzatish mumkin.

Nomarkazlashtirish jarayonlari mantiqiy aham

iyatga ega bo‘lib, ular

mahalliy jamoalarga yuqori darajadagi mas’ullik va javobgarlikni kiritish,
shuningdek, davlat siyosatini amalga oshirish hamda xizmatlarni ko‘rsatishda
samaradorlikning yuqori bo‘lishini anglatadi. Chunki, mahalliy hokimliklar

fuqar

olarga davlatning eng yaqin darajasida bo‘lib, mahalliy muammolar va ularni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

8

hal qilish uchun zarur bo‘lgan siyosiy axborotlar haqida ko‘proq bilishadi. Mahalliy

hokimiyatlar hududiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, ushbu xizmatlarni
haqiqatan ham muhim bo

‘lgan sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun tanlash va

moliyaviy resurslarni sarflashda ustunlikka ega. Shu nuqtai nazardan, biz, ushbu
tadqiqotning keyingi rejalarida vakillik institutlari faoliyati va unda fuqarolik

jamiyatining ishtirokini qo‘llab

-quvvatlas

h masalalarini yoritib o‘tamiz.

Bizning fikrimizcha, nomarkazlashtirish siyosati boshqarish darajasi

fuqarolarga eng yaqin bo‘lganligi sababli mahalliy hokimiyatlarga siyosiy

hokimiyatni amalga oshirish imkoniyatini berishi kerak. Bunda hokimiyatni baham

ko‘rish va boshqaruv jarayonida mahalliy institutlarning ishtirokini
rag‘batlantirish ahamiyatlidir. Shuningdek, bu mahalliy hokimiyat organlari o‘z
fuqarolari oldida yanada mas’uliyatli ekanligini anglatadi.

Nomarkazlashtirish siyosatining amalga oshirilishi turli xil tanqidiy

mulohazalarni ham keltirib chiqardi. Ayrim olimlar nomarkazlashtirishni qo‘llab

-

quvvatlovchilarning ba’zi fikrlarining noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydilar. Jumladan,
samarasiz nomarkazlashtirishning birinchi to‘sig‘i markaziy elita

vakolatlarini

hududiy hokimiyatlarining tajribasi yo‘qligi sababli ularga taqsimlashdan bosh

tortishi mumkin. Eng asosiysi nomarkazlashtirishni milliy idoralarning boshqaruv

faoliyati kuchiga tahdid sifatida ko‘rishadi. Bunga misol Shri

-Lanka hukumati

tomo

nidan davlat siyosatini nomarkazlashtirishda olib borilgan sa’y

-harakatlar

tahlilida ko‘rish mumkin. Unda markaziy idoralar va milliy davlat xizmatchilari
markazlashtirilmagan muassasalarni qo‘llab

-quvvatlashdan bosh tortganlar. Chunki

ular ushbu tashabbus

larni an’anaviy hokimiyat va boshqaruviga tahdid deb bilishgan.

Nomarkazlashtirish siyosatining amalga oshirilishi, shuningdek kimni

boshqarishi masalasida shubha tug‘dirishi mumkin. Bu haqiqatdan ham boshqaruv

jarayoniga fuqarolarni jalb qilishini anglatadimi yoki hokimiyat bu jarayonni oddiy

fuqarolar bilan baham ko‘rmaydigan mahalliy elitada to‘planib qoladimi? Elita
boshqaruvining ushbu modeli Maribtegui tomonidan “sarob” sifatida tavsiflangan,
chunki u nomarkazlashtirishning asl maqsadi nima bo‘lishi kerakligini aniqlaydi. Ba’zi

olimlar mahalliy siyosatni amalga oshirishda markaziy hukumatlarning siyosiy

boshqaruviga ishora qiluvchi nomarkazlashtirish illyuziyasi haqida so‘z yuritishadi.

Bir qator Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan nomarkazlashtirish dasturlarini
tahlil qilishda, Rondinelli markazlashtirmaslik faqat markaziy hukumatning milliy

siyosatini mahalliy qo‘llab

-

quvvatlash va nazoratni kengaytirish bilan bog‘liq holatlar

deya e’tirof etadi. Natijada nomarkazlashtirishni boshqaruv jarayoniga

mahalliy

jamoalarni jalb qilishdan ko‘ra, davlat siyosatini ommaviy qo‘llab

-

quvvatlash yo‘li

sifatida ko‘rib chiqiladi. Hindiston va Malayziyada amalga oshirilgan
nomarkazlashtirish dasturlarida ma’lum darajada mahalliy boshqaruv jarayoni orqali

mintaqaviy

institutlarni yaratgan bo‘lsa ham, ular markaziy hukumatlarning qat’iy

nazorati ostida ekanligini bildiradi. Bu “boshqariladigan nomarkazlashtirish” deb
nomlagan holatni anglatadi. Bunday “yarim yo‘l”ni tashkil qilish Osiyoda

nomarkazlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun eng kam muvaffaqiyatli
strategiya hisoblangan. Bunga yana bir misol Hindistonda markaziy hukumat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

9

mahalliy (shtatlar) hukumatlari zimmasiga yuklatiladigan sog‘liqni saqlash va ta’lim

xizmatlarini taqdim etib, uni moliyalashtirgan. Ushbu siyosat ijtimoiy sharoitlarni

yaxshilashga biroz ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa

-

da, markaziy hukumatning ta’siri

mahalliy hokimiyatlarni xarajatlar masalasini hal qilish vakolatlarini cheklab qo‘ydi.

Mahalliy miqyosda moliyalashtirilgan siyosatni boshqarishning murakkabligi
markaziy hokimiyat siyosatchilarning mahalliy boshqaruvni idora etish
va unga aralashish istagini kuchaytiradi. Demak, asosiy muammo moliyaviy
markazlashtirishdan qochishdir. Shu sababli mahalliy hokimiyat idoralari markaziy
qarorla

rni mustaqil bajarishda ushbu muammoga duch kelmaslik uchun o‘z daromad

manbalarini yaratishi kerak bo‘ladi.

Nomarkazlashtirishga xalaqit beradigan yana bir jihat, bu hududiy

muammolarni hal qilish uchun mahalliy hokimiyat idoralarida ishlaydigan zarur
ta

yyorgarlikka ega bo‘lmagan, malakali mutaxassislarning yetishmasligidir.

Ushbu

turdagi argument markaziy hukumatlarning aralashuvini yoki nazoratini talab qiladi.
Tadqiqotchi N. Devas Indoneziya markaziy hukumatining boshqaruv jarayonida
mahalliy hokimiyat

larga mas’uliyat va mustaqillik berishga qarshilik ko‘rsatilishi

da

aynan ushbu omilga asoslanganligini aniqlaydi. Mahalliy hokimiyat idoralariga siyosiy
hokimiyatni taqsimlashda markaziy hukumat irodasining yetishmasligini mazkur

misol orqali ko‘rishimiz mumkin. Indoneziya hukumati ma’muriy vakolatlarni
mahalliy bo‘linmalarga topshirsa

-da, ammo qarorlar qabul qilish vakolatlarini

mahalliy saylangan organlarga bermasdan nomarkazlashtirishning

o‘ziga xos

sxemasini amalga oshiradi.

Nomarkazlashtirish jarayoni

ko‘plab omillar natijasidir, ular ichida milliy

hukumatlarning siyosiy irodasi va nomarkazlashtirishni yetarli darajada qo‘llab

-

quvvatlaydigan qonunchilik bazasi muhimdir. O‘z vazifalarini bajarishlari uchun

resurslarni markaziy hukumatdan mahalliy hokimiy

at bo‘linmalarga yetarli darajada

o‘tkazish (masalan, Hindiston, Xitoy va boshqa joylarda) keng tarqalgan muammodir.
Ushbu tajribalar va bu yerda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab dalillarga

qaramay nomarkazlashtirish jarayonlarini ishlab chiqi

shda “siyosiy, institutsional,

moliyaviy va texnik omillar” mavjudligini ta’minlash lozimdir.

Moliyaviy manbalardan foydalanish nafaqat mahalliy kengashlar tomonidan

ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va miqdoriga ta’sir qiladi, balki mahalliy

organlarning ushbu manbalardan eng maqbul foydalanish borasidagi
imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, moliyaviy resurslarni adolatli
taqsimlash samaradorlikka erishishga yordam beradi. Moliyaviy resurslarni
adolatli taqsimlash orqali turli mintaqalardagi tengsizliklarni oldini olish lozim.

Aksariyat mamlakatlarda nomarkazlashtirish jarayoni boshlangan va

ularning har birida jarayon samarali kechishi uchun turli siyosiy ta’sir

mexanizmlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Masalan, Hindistonda kichik

fermerlarni rivojlantirish bo‘yicha agentlik mahalliy va markaziy hukumatlar

tomonidan yaxshi xizmat

lar ko‘rsatilmaganligi, undagi samarasiz holatlar sababli

tuzilgan. Pokistonda ham shunga o‘xshash dastur amalga oshirilganda, markaziy
idoralarni aholi punktlariga yaqinlashtirishi mahalliy fermerlarga ko‘rsatiladigan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

10

xizmatlarning sifatini yaxshilaydi de

gan maqsad ko‘zlangan edi. Indoneziya va

Shri-

Lankada rivojlanish paradigmasining o‘zgarishi davlat miqyosida olib

boriladigan siyosatning muhim sababi edi. Indoneziya hukumati rivojlanishni

rejalashtirish va amalga oshirishda “xalq ishtirokini” yaxshilash

ni xohladi, Shri-

Lanka hukumati esa qashshoqlikni kamaytirish va xalq ishtirokni yaxshilash uchun

milliy rivojlanish siyosatini kuchaytirishga intildi. Shunga o‘xshash motivlar

rivojlangan mamlakatlarda nomarkazlashtirish jarayonlarining ildamlashiga sabab

bo‘ldi. Jumladan, Fransiyada nomarkazlashtirishning harakatlantiruvchi kuchi
markaziy hukumatning mahalliy kengashlarga ta’sirini kamaytirish, shu bilan
birga, o‘ta markazlashgan davlat uchun ishlab chiqilgan hukumatlararo
amaliyotning samarasizligini yo‘

qotish edi. Germaniyada nomarkazlashtirish

jarayonini amalga oshirishda oldinga siljish sabablarini markaziy siyosatning
ijtimoiy noroziligi va 1980-

yillardagi iqtisodiy inqirozida ko‘rish mumkin.

Siyosiy nomarkazlashtirishning muhim asoslaridan biri

hokimiyatni turli

darajalar o‘rtasida taqsimlash, markazlashtirilmagan hukumatlar o‘zlarining
tarkibiy qismlariga yaqinroq bo‘lishlari va ularning muammolarini bilishidir.
Fuqarolar uchun ularning kundalik hayotiga ta’sir qiladigan mahalliy boshqaruv

jarayonl

arida ishtirok etish muhim. Mahalliy bo‘g‘indagi boshqaruv jarayonida

ishtirok etishni kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish va amalga
oshirish turli xil yondashuvlardan kelib chiqadi. Konseptuallashtirish muammoli

bo‘lsa ham u turli xil ssen

ariylarda ishlatilgan. Ulardan biri rivojlanish nazariyalari

doirasida “jamoatchilik ishtiroki” tushunchasini qo‘llash usuliga tegishli.

Jamiyatning ishtiroki nafaqat ushbu siyosatdan foyda oluvchilar sifatida, balki
qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etadigan shaxslar sifatida davlat
siyosatini shakllantirishning eng muhim omiliga aylanadi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, nomarkazlashtirish nafaqat milliy siyosat

samaradorligini oshirish yoki ta’sirini kuchaytirish uchun rivojlanish strategiyasi

sifatida muhim rol o‘ynaydi, balki u xalq ishtirokini rag‘batlantirish va

demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish uchun ham ishlab chiqiladi.
Bunga fuqarolik jamiyatini rejalashtirish jarayonlariga jalb qilish orqali erishilib,
uni takomillashti

rish bo‘yicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Boshqaruv

jarayonida mahalliy jamoalarning ishtirok etishi chindan ham mahalliy ehtiyojlarni

aks ettirishni ta’minlashning eng yaxshi usuli deb qaraladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Alper O. Notes to the concept of decentralization // European Scientific

Journal. April 2014 edition vol.10, No.10. P. 416.

2.

Bashaasha Bernard, Mangheni Margaret Najjingo, Nkonya Ephraim.

Decentralization and Rural Service Delivery in Uganda, Development Strategy and
Governance Division, IFPRI Discussion Paper 1063, International Food Policy
Research Institute. No. 1. 2011.

3.

Bealey F., Chapman R., Sheehan M. Elements in political science.

Edinburgh: Edinburgh University Press, 1999.

P. 265.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

11

4.

Bickerstaff K.,

Walker G. “Participatory Local Governance and Transport

Planning”, Environment and Planning A, vol. 33, no. 3, 2001, pp. 431

-451.

5.

Cunill N.

“Participaciу

n Ciudadana. Dilemas y Perspectivas Para la

Democratizaci

у

n de los Estados

Latinoamericanos”,

Centro Latinoamericano de

Administracion Para el Desarrollo, Venezuela. 1991. 262 p.

6.

Devas N. “Indonesia: What Do We Mean by Decentralization?”, Public

Administration & Development, vol. 17, no. 3, 1997, pp. 351-367.

7.

Devas N., Delay S. “Local Democracy and the Challenges of Decentralising

the State: An International Perspective”, Local Governments Studies, vol. 35, no. 2,

2006, pp.677-695;

8.

Eryılmaz Bilal. Public Administration

-

Kamu Yönetimi, Okutman

Publishing-Okutman

Yayıncılık, Ankara. 2011. P. 93.

9.

Falleti Tulia G. A Sequential Theory of Decentralization and Its Effects on

the Intergovernmental Balance of Power: Latin American Cases in Comparative
Perspective, Working Paper-314, July 2004. P. 3.

10.

Fesler J. “Approaches

to the Understanding of Decentralization”, The

Journal of Politics, vol. 27, no. 4,. 1965. p. 555.

11.

Hirst P.

Democracy and Governance

in Debating Governance. Authority,

Steering and Democracy, ed. Jon Pierre, Oxford University Press, New York. 2000. P. 24.

12.

Hughes G.

, Smith S. “Economic Aspects of Decentralized Government:

Structure, Functions and Finance”, Economic Policy, vol. 13, no. 2, 1991, p. 449.

13.

Kooiman J. “Governing as Governance”, Sage Publication Ltd., London.

2003, P. 4.

14.

Maribtegui J.C. “Siete

Ensayos de Interpretaci

уn de la Realidad Peruana”,

Amauta Editorial, Lima. 1952. 375 pp.

15.

Mawhood

P. “Decentralization and the Third World in the 1980s”,

Planning and Administration, vol. 14, no. 1, 1987, pp. 10-22.

16.

Morris A. “Decentralization: The Context” in Decentralization in Latin

America. An Evaluation, ed. Arthur Morris & Stella Lowder, Praeger, New York,
1992, pp. 1-14.

17.

Newman J.

“Modernizing

Governance. New Labour, Policy and

Society”,

Sage Publication, London. 2001, P. 11.

18.

Pierre J. “Introduction: Understanding Governance” in Debating

Governance. Authority, Steering and Democracy, ed. Jon Pierre, Oxford University
Press, Oxford, 2000. P. 3-4.

19.

Regulska J.

“Decentralization

or (Re)centralization: Struggle for Political

Power in

Poland”,

Environment and Planning C: Government and Policy, vol. 15,

1997. Pp. 187

207.

20.

Rhodes R.

“Understanding Governance. Policy Networks, Governance,

Reflexivity

and Accountability”. Open University Press, Buckingham. 1997, P. 15.

21.

Robinson M. “Does Decentralization Improve Equity and Efficiency in

Public Service Delivery Provision?”, IDS Bulletin,

vol. 38, no. 1, 2007, pp. 7-17.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

12

22.

Rondinelli D. “Government Decentralization in Comparative Perspective:

Theory and Practice in Developing Countries”, International Review of

Administrative Sciences, vol. 2, 1981, pp.133-145;

23.

Rondinelli D.

Implementing Decentralization Programs in Asia: a

Comparative Analysis

, Public Administration and Development, vol. 3, no. 3, 1983,

pp. 185-187.

24.

Rondinelli D., McCullough J., Johnson R. “Analyzing Decentralization

Policies in Developing Countries: a Political‐Economy Framework”, Development

and Change, vol. 20, 1989, pp. 57-87.

25.

Rondinelli Dennis. What Is Decentralization, Litvack, Jennie and Jessica

Seddon (eds.)., Decentralization Briefing Notes, In World Bank Institute (WBI)
Working Papers, The World Bank, Washington, D.C., 1999. Pp. 2-5.

26.

Sahas I.

“Building

a Learning Network on Governance: The Experience of

the Governance Coope

rative”,

Institute on Governance, Ottawa, Canada. 1998, P. 1.

27.

Schonwalder G.

New Democratic Spaces at the Grassroots? Popular

Participation in Latin American Local Governments

, Development and Change,

vol. 28, no. 4, 1997. Pp. 753-770.

28.

Slater D.

“Territorial Power and the Peripheral State: The Issue of

Decentralization”, Development and Change, vol. 20, 1989, pp. 501

-531.

29.

Topal, A. Kadir. Intergovernmental Fiscal Relations: A Comparative

Analysis on Turkey and EU Countries-

İdarelerarası Mali İlişkiler: Türkiye ile AB

Ülkelerine İlişkin Bir Karşılaştırma", Journal of Public Administration

-Amme

İdaresi Dergisi, Vol. 38, No. 2, 2005. Pp.25

-50.

30.

Walker D. “Decentralization: Recent Trends and Prospects from a

Comparative Governmental Perspective", International Review of Administrative
Sciences, vol. 57, 1991, pp. 113-129.

31.

Willis E., Garman C., Haggard S.

The Politics of Decentralization in Latin

America

, Latin American Research Review, vol. 34, no. 1. 1999.

32.

Васильев В. Местное самоуправление. Учебное и научно

-

практическое пособие. –

М., 1999. –

С.9.

33.

Добрынин Н. Государственное управление: Теория и практика.

Современная версия новейшей истории государства: Учебник. Т

.1/

Науч

.

ред

.

А

.

Митин

.

Новосибирск

:

Наука

, 2010.,

–С

. 329-407.

34.

Joʻrabekova H. Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish

jarayoni (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili). Siyosiy fanlar boʻyicha fan

doktori (PhD) diss.

T., 2019.

B. 19.

Библиографические ссылки

Alper O. Notes to the concept of decentralization // European Scientific Journal. April 2014 edition vol.10, No.10. P. 416.

Bashaasha Bernard, Mangheni Margaret Najjingo, Nkonya Ephraim. Decentralization and Rural Service Delivery in Uganda, Development Strategy and Governance Division, IFPRI Discussion Paper 1063, International Food Policy Research Institute. No. 1. 2011.

Bealey F., Chapman R., Sheehan M. Elements in political science. Edinburgh: Edinburgh University Press, 1999. – P. 265.

Bickerstaff K., Walker G. “Participatory Local Governance and Transport Planning”, Environment and Planning A, vol. 33, no. 3, 2001, pp. 431-451.

Cunill N. “Participaciуn Ciudadana. Dilemas y Perspectivas Para la Democratizaciуn de los Estados Latinoamericanos”, Centro Latinoamericano de Administracion Para el Desarrollo, Venezuela. 1991. 262 p.

Devas N. “Indonesia: What Do We Mean by Decentralization?”, Public Administration & Development, vol. 17, no. 3, 1997, pp. 351-367.

Devas N., Delay S. “Local Democracy and the Challenges of Decentralising the State: An International Perspective”, Local Governments Studies, vol. 35, no. 2, 2006, pp.677-695;

Eryılmaz Bilal. Public Administration-Kamu Yönetimi, Okutman Publishing-Okutman Yayıncılık, Ankara. 2011. P. 93.

Falleti Tulia G. A Sequential Theory of Decentralization and Its Effects on the Intergovernmental Balance of Power: Latin American Cases in Comparative Perspective, Working Paper-314, July 2004. P. 3.

Fesler J. “Approaches to the Understanding of Decentralization”, The Journal of Politics, vol. 27, no. 4,. 1965. p. 555.

Hirst P. “Democracy and Governance” in Debating Governance. Authority, Steering and Democracy, ed. Jon Pierre, Oxford University Press, New York. 2000. P. 24.

Hughes G., Smith S. “Economic Aspects of Decentralized Government: Structure, Functions and Finance”, Economic Policy, vol. 13, no. 2, 1991, p. 449.

Kooiman J. “Governing as Governance”, Sage Publication Ltd., London. 2003, P. 4.

Maribtegui J.C. “Siete Ensayos de Interpretaciуn de la Realidad Peruana”, Amauta Editorial, Lima. 1952. 375 pp.

Mawhood P. “Decentralization and the Third World in the 1980s”, Planning and Administration, vol. 14, no. 1, 1987, pp. 10-22.

Morris A. “Decentralization: The Context” in Decentralization in Latin America. An Evaluation, ed. Arthur Morris & Stella Lowder, Praeger, New York, 1992, pp. 1-14.

Newman J. “Modernizing Governance. New Labour, Policy and Society”, Sage Publication, London. 2001, P. 11.

Pierre J. “Introduction: Understanding Governance” in Debating Governance. Authority, Steering and Democracy, ed. Jon Pierre, Oxford University Press, Oxford, 2000. P. 3-4.

Regulska J. “Decentralization or (Re)centralization: Struggle for Political Power in Poland”, Environment and Planning C: Government and Policy, vol. 15, 1997. Pp. 187‐207.

Rhodes R. “Understanding Governance. Policy Networks, Governance, Reflexivity and Accountability”. Open University Press, Buckingham. 1997, P. 15.

Robinson M. “Does Decentralization Improve Equity and Efficiency in Public Service Delivery Provision?”, IDS Bulletin, vol. 38, no. 1, 2007, pp. 7-17.

Rondinelli D. “Government Decentralization in Comparative Perspective: Theory and Practice in Developing Countries”, International Review of Administrative Sciences, vol. 2, 1981, pp.133-145;

Rondinelli D. “Implementing Decentralization Programs in Asia: a Comparative Analysis”, Public Administration and Development, vol. 3, no. 3, 1983, pp. 185-187.

Rondinelli D., McCullough J., Johnson R. “Analyzing Decentralization Policies in Developing Countries: a Political­Economy Framework”, Development and Change, vol. 20, 1989, pp. 57-87.

Rondinelli Dennis. What Is Decentralization, Litvack, Jennie and Jessica Seddon (eds.)., Decentralization Briefing Notes, In World Bank Institute (WBI) Working Papers, The World Bank, Washington, D.C., 1999. Pp. 2-5.

Sahas I. “Building a Learning Network on Governance: The Experience of the Governance Cooperative”, Institute on Governance, Ottawa, Canada. 1998, P. 1.

Schonwalder G. “New Democratic Spaces at the Grassroots? Popular Participation in Latin American Local Governments”, Development and Change, vol. 28, no. 4, 1997. Pp. 753-770.

Slater D. “Territorial Power and the Peripheral State: The Issue of Decentralization”, Development and Change, vol. 20, 1989, pp. 501-531.

Topal, A. Kadir. Intergovernmental Fiscal Relations: A Comparative Analysis on Turkey and EU Countries-İdarelerarası Mali İlişkiler: Türkiye ile AB Ülkelerine İlişkin Bir Karşılaştırma", Journal of Public Administration-Amme İdaresi Dergisi, Vol. 38, No. 2, 2005. Pp.25-50.

Walker D. “Decentralization: Recent Trends and Prospects from a Comparative Governmental Perspective", International Review of Administrative Sciences, vol. 57, 1991, pp. 113-129.

Willis E., Garman C., Haggard S. “The Politics of Decentralization in Latin America”, Latin American Research Review, vol. 34, no. 1. 1999.

Васильев В. Местное самоуправление. Учебное и научно-практическое пособие. – М., 1999. – С.9.

Добрынин Н. Государственное управление: Теория и практика. Современная версия новейшей истории государства: Учебник. Т.1/ Науч.ред. А.Митин. – Новосибирск: Наука, 2010., –С. 329-407.

Joʻrabekova H. Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayoni (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili). Siyosiy fanlar boʻyicha fan doktori (PhD) diss. – T., 2019. –B. 19.