Авторы

  • Тухтасин Ражабов
    Доцент, кандидат философских наук (PhD), кафедра культуры и музыкального исполнения, Бухарский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp340-345

Ключевые слова:

фольклор игра музыка реальность мотив идея бытовые игры игры про животных миф

Аннотация

В данной статье рассматривается тематическая классификация узбекского детского фольклора. Широко освещается идеологическое содержание игр. Также определено, что цели и задачи детских музыкальных игр делятся на 3 вида.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Thematic classification of Uzbek children

s musical and

game folklore

Tukhtasin RAJABOV

1


Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2023

Received in revised form

15 June 2023
Accepted 25 June 2023

Available online

15 July 2023

This article discusses the thematic classification of Uzbek

children's folklore. The ideological content of the games is

widely covered. It is also determined that the goals and

objectives of children

s musical games are divided into 3 types.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp340-345

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

folklore,

game,

music,

reality,

motif,

idea,

everyday games,

games about animals,

myth.

O‘zbek bolalar musiqiy o‘yin folklorining mavzuviy tasnifi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

folklor,

o‘yin,

musiqa,

voqelik,

motiv,

g‘oya,

maishiy o‘yinlar,

hayvonlar haqidagi o‘yinlar,

mif.

Ushbu maqolada o‘zbek bolalar folklorining mavzuviy tasnifi

haqida

fikr yuritilgan. O‘yinlarning g‘oyaviy mundarijasi keng

yoritilgan. Shuningdek, bolalar musiqiy o‘yinlarining maqsad va

vazifalari 3 turga ajratilganligi haqida ma’lumot berilgan.

1

Associate Professor, Candidate of Philosophical Sciences (PhD), Department of Culture and Musical Performance,

Bukhara State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

341

Тематическая классификация узбекского детского

музыкально

-

игрового фольклора

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

фольклор,

игра,

музыка,

реальность,

мотив,

идея,

бытовые игры,

игры про животных,

миф.

В данной статье рассматривается тематическая

классификация узбекского детского фольклора. Широко

освещается идеологическое содержание игр. Также
определено, что цели и задачи детских музыкальных игр

делятся на 3 вида.

O‘yinlar bolalar folklorining mustaqil, ommaviy, qadimiy va an’anaviy janrlaridan

biri sanaladi. O‘yinlar ta’limiy

-

tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmundorligi jihatidan

folklorning boshqa janrlari qatorida turadi. Uning tarixiy-genetik ildizlari olis moziyga

borib taqaladi. O‘yin muayyan poetik taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan bo‘lib, o‘ziga xos
ijro o‘rniga, ijro holatiga, ijrochilarga, obrazlar olamiga, an’anaviy syujet tiplariga egaligi
bilan xarakterlanadi. O‘yinlarning asosiy ijrochilari turli yoshdagi bolalar bo‘lib, ularda
harakat va so‘z qorishiqligida biror

-bir hayotiy voqelikni bolalar tafakkuriga mos tarzda

dramatik tasvirlash tamoyili yetakchilik qiladi.

O‘yinlarning g‘oyaviy mundarijasi keng va rang

-

barangdir. O‘yinlarda qadimgi

insonlarning

turli e’tiqodiy qarashlari, mifologik tasavvur

-tushunchalari, marosim va urf-

odatlariga oid ma’lumotlardan tortib, yugurish, sakrash, merganlik ko‘rsatish, kurashishga

aloqador insonning jismoniy kuch-

qudratini oshirishga xizmat ko‘rsatuvchi har xil sinov

musobaqalari, ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan aqlni charxlash sinovlari, real turmush
kartinasi, kishilarning o‘zaro munosabatlari, ishlab chiqarish holatlari

umuman, hayot

voqeligi o‘ziga xos badiiy ko‘rinishlarda aks ettiriladi. Shu boisdan o‘yin

motivlarining

aksariyati ta’limiy

-

didaktik xarakter kasb etadi. Ayniqsa, maishiy o‘yinlarning syujet

motivlari ijtimoiy

maishiy mohiyati bilan alohidalik kasb etadi.

O‘zbek bolalar musiqiy o‘yinlari juda serqirra. Ular pedagogik, psixologik,

etnologik, tar

ixiy, fiziologik va folkloriy hodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarga ega.

O‘yinlarda bolalarning turmush tarzi, ruhiyati, dunyoqarashi, qiziqishlari aks etadi.
O‘yinlar mavzusiga, bolalar yoshiga, jinsiga, ruhiyatiga, qachon va qayerda o‘ynalishiga,
o‘yinchilar tarkibiga, qanday tashkil etilishiga, tarkibida so‘zning, harakat yoki
predmetning ishtirokiga, syujet tiplariga, zamon voqeligiga munosabatiga ko‘ra rang

-

baranglilik kasb etadi. Shuning uchun o‘yinlar xilma

-

xil ichki turlarga ajratib o‘rganiladi.

O‘zbek bolalar musiqiy o‘yinlarini tasniflash bo‘yicha o‘zbek folklorshunosligida

ma’lum tajribalar bor. Jumladan, G‘.

Jahongirov, O. Safarov va S. Galievlarning bu boradagi

urinishlari diqqatga sazovordir.

Biz birinchi marta bolalar xalq musiqa o‘yinlarining

mazmuniga, tarbiyaviy

yo‘nalishiga, tarkibida badiiy so‘z va harakatning o‘zaro omuxtalikdagi ishtirokiga,
obrazlar tarkibiga, syujet tipiga ko‘ra ham bir

-birlaridan farqlanib turishini aniqlab

berdik. Ayniqsa,

o‘yinlarni folkloriy

-adabiy hodisa sifatida tadqiq qilganda, bu farqlar

ko‘zga yanada yorqinroq tashlanib turishini ilmiy jihatdan ishonchli asosladik.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

342

Demak, o‘yinlarni tasnif qilganda ularga xos ana shunday farqli belgilarni, albatta,

to‘liq inobatga va e’tiborga olmoq lozim. Aks holda tasnifda mu

kammallik va yaxlitlik

yetishmay qoladi.

O‘yinlarda hayot voqeligi turli ko‘rinishlarda, turli real va majoziy, hatto ba’zan

mifologik obrazlar vositasida talqin qilinadi. O‘yinlarning tuzilishi har xildir. Ular orasida

syujetli va syujetsizlari bor. Syuje

tli o‘yinlar esa bir

-ikki yo undan ortiq epizodlardan

iborat bo‘ladi. O‘yinlardagi motivlar o‘yin turiga qarab o‘zgarib turadi. Syujetli o‘yinlar

yana ma’lum syujet tiplariga egaligi bilan o‘zaro farqlanib turadi.

Biz o‘yinlarni og‘zaki badiiy ijod namuna

si-adabiy hodisa sifatida qarab, ularni

obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni va kompozitsiyasi, maqsadi va estetik vazifalari

jihatidan shartli ravishda uch turga ajratdik:

a) qahramonlik ruhidagi o‘yinlar;

b) hayvonlar haqidagi o‘yinlar;

v) maishiy

o‘yinlar.

O‘yinlarning bu turlari bir

-

birlaridan o‘zaro g‘oyaviy mazmuniga, ijtimoiy voqelikni

tasvirlash tamoyiliga, o‘ynalish holatiga, ijro tabiatiga obrazlar talqiniga ko‘ra farq qilib

turadi. Biroq ular turli fasllarda bolalar orasida baravar o‘ynab k

elingan. Ularning biriga

xos xususiyat ikkinchisida ham zohir. Shuning uchun ular o‘rtasida muayyan yaqinliklar

mavjud, barchasi bolalar o‘yini nomi ostida yaxlit tizim shaklida birikkan.

a)

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlar

.

Bolalar o‘yinlari silsilasida qah

ramonlik

ruhidagi o‘yinlar alohida turkumni hosil qiladi va o‘ziga xos ayricha o‘ringa ega. Bunday

o‘yinlarda qahramonlik yuksak darajada madh etiladi. Ularda qahramon (o‘yin

ishtirokchisi)ning jismoniy kuch-qudrati, pahlavonligi, polvonligi, merganligi,

tadbirkorligi, epchilligi, chaqqonligi, botirligi yoxud aql-

idroki, zehni sinovdan o‘tkaziladi.

Xullas, qahramonlikning har bir harakati sinov motivi bilan bog‘lanishi va shu asosda

qahramonga baho berilishi bu xil o‘yinlarning asosiy xususiyatidir. Qahramo

n turli

qiyinchiliklarga, murakkabliklarga, noqulay vaziyatlarga, sinovlarga duch kelishi bilan bu

tipdagi o‘yinlarning voqealari rivojlanib boradi. Shuning uchun sinov motivi bu xildagi

o‘yinlarda eng faol motiv hisoblanadi.

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlar o‘ziga xos syujet kompozitsiyasiga ega. Ular

syujetida shart qo‘yilishi va uning

y

echilishi motivi muhim o‘rin tutadi. O‘yin yechimida,

albatta, g‘olib (qahramon) aniqlanib, uning muvaffaqiyati rag‘batlantiriladi. Qahramon

kuch-qudratini, aqlini sinovdan o

‘tkazish, qahramonni ideallashtirish xalq epik asarlariga

xos an’anaviy poetik motiv bo‘lib, keyinchalik u xalq o‘yinlari syujetiga ham singgan.

Kelajakda qahramon, pahlavon, xalq homiysi va himoyachisi bo‘lib yetishadigan yoshni

aniqlash, yoshlarning hayo

tiy qiyinchiliklarga bardoshini sinovdan o‘tkazish va

tarbiyalash ehtiyoji, shuningdek, har bir bolaning jismoniy sog‘lom, ma’naviy jihatdan

yetuk bo‘lib voyaga yetishini istab, qahramonlikni ulug‘lovchi bolalarning xalqona

o‘yinlari yaratilgan. Bu tipdagi

o‘yinlar ikki bosqichda rivojlanib borgan:

Birinchi

bosqichda

bolaning

jismoniy kuch-qudratini sinash

vositasi sifatida xizmat qiluvchi

o‘yinlar turkumi vujudga kelgan.

Ikkinchi bosqichda

bolaning

aql kuchini sinash

vositasi bo‘lgan ma’naviy (so‘z) o‘yinl

ari shakllangan.

Umuman olganda, qahramonlik ruhidagi bolalar o‘yinlarida insoniy qudrat

-

odamzotning jismoniy va aqliy kuchi ulug‘lanadi. Bunday o‘yinlar orqali bolalar jismoniy

va aqliy kuch-imkoniyatlarini birlashtira olsagina insoniyatga xos shon-sharafga, baxt-

saodatga erishishlari mumkinligini his etadilar. Shuning uchun bu xildagi o‘yinlar

bolalarning o‘z

-

o‘ziga ishonchini mustahkamlashdan iborat didaktik g‘oyani tashiydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

343

Botirlik, jasorat ko‘rsatish, g‘alabaga erishish uchun har qanday dushmanni

mag

‘lub qilmoq zarurligi, bu yo‘lda qahramonlik ko‘rsatish g‘oyasi qahramonlik ruhidagi

o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi va yetakchilik qiladi.

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlarning syujet qurilmasi nihoyatda bir

-

biriga o‘xshash

bo‘lib, odatda, qahramon o‘z maqsadiga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklarga, sinovlarga

duch keladi. Biroq u barcha qiyinchiliklarni yengib, o‘z maqsadiga erishadi. Yo‘lida unga

to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan raqiblarini o‘z kuch

-

qudratini ishga solib, mag‘lub etadi.

Qahramonli

k ruhidagi o‘yinlarning asosini xalqchil g‘oyalar, umuminsoniy

qarashlar tashkil etadi. Bu xil o‘yinlar vositasida bolalar ongiga vatanparvarlik, do‘stlik,

rostgo‘ylik, halollik, shijoatkorlik tuyg‘ulari singib boradi.

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlarda onaboshi (o‘yin boshqaruvchisi)ning alohida o‘rni

va roli bor. Bu tipga mansub o‘yinlarda onaboshi ko‘pincha qonuniy hukmdor, o‘zi bosh

bo‘lgan jamoa uchun qayg‘uruvchi, uni turli dushmanlar bosqinidan, zulmidan himoya

qiluvchi uddaburon boshqaruvchi, dono yo‘l

boshchi sifatida gavdalanadi.

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlarda epik asarlarga, ayniqsa, ertakka xos

qahramonning o‘zga mamlakatga safarga chiqishi motivi keng miqyos kasb etgan. Ertak

va dostonlarda bu motiv qahramonning o‘z sevgilisini axtarib yoki uni ol

ib kelish uchun

o‘zga yurtga safarga chiqishi shaklida uchrasa, bolalar o‘yinlarida u onaboshining

mifologik personaj

kampir tomonidan o‘g‘irlab ketilgan bolalarini qutqarib olib kelishi

sifatida talqin etiladi. Buning uchun onaboshi o‘zga mamlakat hukmd

ori, mifologik obraz

kampir talabi bilan (ertaklarda bu obraz yalmog‘iz kampir yoki dev, dostonlarda esa

maston kampir timsollarida ifoda etiladi) u belgilangan shartlarni bajarishi va o‘z

bolalarini olib, yana o‘z joyiga qaytishi lozim. Shu tariqa qahramonlik ruhidagi o‘yinlarda

jamoa birligi, mustaqilligi, erki, g‘alabasi uchun onaboshi, ya’ni hukmdorning kurashishi,

fidoiylik ko‘rsatishi, demakki, uning odilligi ifoda etiladi. Ayniqsa, maqsadga erishish

uchun chidamli, sabrli, mard, jasur, epchil, dono

, ziyrak bo‘lish kerakligi g‘oyasi shu

zaylda bo‘rttiriladi.

Qahramonlik ruhidagi o‘yinlarda o‘yin ishtirokchisining biror

-bir narsaga erishishi

yoki uni qo‘lga kiritish uchun urinishi motivi ko‘zga alohida tashlanib turadi. Ma’lumki,

bunday motiv ertak va

dostonlar syujetida ham uchraydi. Biroq o‘yinlarda qahramon o‘zi

intilayotgan narsaga, g‘alabaga ertak va dostonlardagi kabi birorta homiy kuch

ko‘magida, sehr

-

jodu, tilsim vositasida emas, balki faqat o‘z jismoniy va aqliy kuch

-

qudrati natijasida erishis

hi amalda ko‘rsatib beriladi.

O‘yin ishtirokchisining qudratini sinab ko‘rish qahramonlik ruhidagi o‘yinlarning

asosiy belgisidir. Bunda sinash, albatta, musobaqa shaklida bo‘ladi. Bolalarning uzoqqa

yugurish, uzoqqa sakrash, merganlikdagi mahorati, bilagi

dagi kuchi sinovdan o‘tkazilib,

g‘olib

-

haqiqiy qahramon aniqlanadi. “Oq terakmi ko`k terak”, “Uchchala qiz”, “Kim

chaqqon”, “Eng chaqqon”, “To‘p otish”, “Mergan”, “Kim tezroq?”, “Arqon tortish”, “O‘q va

yoy otish”, “Tayoq bilan mo‘ljalga urish” kabi qator o‘yinlar shular sirasiga kiradi.

b)

Hayvonlar haqidagi o‘yinlar

ham bolalar o‘yin folklorining mustaqil mavzuiy

bir turidir. Ular, asosan, majoziy ma’no kasb etadi. Chunki bu xil o‘yinlarda, odatda, kuchli

va kuchsiz jonivorlarning, jumladan, mushuk bilan sichqon, bo‘ri bilan quyon yoki g‘oz,

tulki bilan o‘rdak, xo‘roz bilan tovuq va hokazolar o‘rtasidagi konfliktli munosabat orqali

ma’lum ijtimoiy

-

siyosiy ma’no ilgari suriladi.

Hayvonlar haqidagi o‘yinlarning syujetiga, hech shubhasiz, hayvonlar to‘g‘risidagi

ertaklar syujeti ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa hayvonlar haqidagi o‘yinlarning obrazlar

tarkibidan, syujetidan, nomlanishidagi o‘xshashligidan yorqin sezilib turadi. Bu jihatdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

344

“O‘rdak

-

tulki”,“Xo‘roz

-

tovuq”, “Bo‘ri keldi”, “Epchil quyon”, “G‘ozlarim”, “Chumchuqlar va

mushuk” kabi hayvonlar haqidagi o‘yinlar xarakter

lidir. Ularda hayvon personajlargina

ishtirok etadi. Syujetida inson personaji uchramaydi. Bolalar hayvon personajini talqin

qilar ekanlar, uning ovoziga, harakatlariga taqlid qilib, o‘sha jonivorning real obrazini

tasvirlab ko‘rsatishga harakat qiladilar.

Bunday o‘yinlar vositasida bolalarning

ochko‘zlikka, tekinxo‘rlikka, yovuzlikka, zulmga nafrat, adolat, erkinlik, aqllilik,

tadbirkorlik uchun intilish tuyg‘usini tarbiyalash ko‘zda tutilgan.

Hayvonlar haqidagi o‘yinlarda ibtidoiy insonning totemistik tushunchasiga ko‘ra

hayvon va qushlar odamlar kabi ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi degan tasavvuri

saqlanib qolgan. Shuning uchun bolalar ma’lum bir hayvon personaj obrazida o‘ynasalar,

uning nomidan gapirishga, harakat qilishga, u kabi xatti-

harakatda bo‘lishga intiladilar.

Hayvonlar haqidagi o‘yinlarning hammasi ham majoziy ma’no kasb etavermaydi.

Ularning ayrimlarida haqiqiy hayot kartinasi; dehqon, cho‘pon, parrandaboqarning

turmush tarzi va mehnat sharoitiga aloqador u yoki bu voqea if

odalab ko‘rsatiladi.

Masalan: “Poliz”ga kirgan, shuningdek, “Quyonlar”, “Chumchuqlar” kabi o‘yinlarda ekin

-

tikinga jonivorlarning zarar etkazib, dehqonga tashvish tug‘dirishiga daxldor real hayot

manzarasi tasvirlab ko‘rsatilgan.

Hayvonlar haqidagi o‘zbek bolalar o‘yinlarida bo‘ri, ayyor tulki, echki, quyon, ayiq

polvon, xo‘roz, tovuq, laylak, ilon kabi jonivorlarning obrazlari ko‘p uchraydi. Bulardan

bo‘ri, tulki, ayiq polvon rolini o‘ynovchi o‘yinchi yakka bo‘lib, ko‘pincha galda turib,

qochgan bolalarni quvib ushlab oluvchi vazifasini bajaradi. Echki, quyon, tovuq rolini

bajaruvchi o‘yinchilar esa ko‘pchilik bo‘lib, tutqich bermay qochish vazifasida

o‘ynaydilar. Ma’lumki, bu personajlar ertaklarning asosiy personajlari hisoblanadi.

Umuman, ular turkiy xal

qlar folklorining ertak va o‘yin janrlarida ko‘p uchraydi.

Hayvonlar haqidagi o‘yinlarning o‘ynalish jarayoni juda hayajonli, shavqli bo‘ladi.

Chunki bu xildagi o‘yinlarni o‘ynaganda bolalar o‘zi bajarayotgan hayvon obrazini jonli

yaratish uchun o‘sha hayv

onning ovoziga taqlid etishadi, uning xatti-harakatlariga mos

qiliqlar qilishadi. O‘yin kompozitsiyasidagi she’riy parchalarni ohang bilan ijro etishga

urinishadi. Bu esa bolalarning zavqini yanada oshirishga turtki bo‘ladi.

Xullas, hayvonlar haqidagi o‘yinlar tarkibida hayvon personaj ishtirok etishi, o‘ziga xos

o‘ynalish tarzi, o‘ynalish joyi, g‘oyaviy mazmuni, syujet kompozitsiyasiga ko‘ra alohidalik kasb

etadi va bolalar o‘yinlari orasida muayyan mustaqil turkumni tashkil qiladi.

v)

Maishiy o‘yinlar ham

bolalar musiqaiy

o‘yin folklorining alohida mavzuiy

turini tashkil etadi.

Umuman, o‘zbek bolalar musiqiy

o‘yinlarining har bir turi real voqelikka nisbatan

munosabatni o‘ziga xos tarzda ko‘rsatadi. Ularda bolalar tafakkuriga mos holda hayotni

aks ettiris

h o‘ziga xos poetik motiv sifatida shakllangan. Shuning uchun o‘zbek bolalar

o‘yinlarining ifodaviy uslubini, obrazlar tarkibini, mazmuniy turlarini, syujeti va

kompozitsiyasini yaxlit holda o‘rganish orqali bolalar folklorining tarixiy taraqqiyotini va

un

ing o‘zbek folklori tarkibida epik va poetik an’analarni saqlab qolishdagi rolini

belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

K.Imomov, T.Mirzayev., B.Sarimsoqov, O.Safarov. Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi.

Darslik.

T.: “Oʻqituvchi”, 1990. –

B.304.

2.

O.Safarov, D.Oʻrayeva, Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodi. Oʻquv qoʻllanma. 2 jildlik.

Buxoro, BuxDU nashriyoti, 2006.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

345

3.

N.Hotamov, B.Sarimsoqov, Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-

oʻzbekcha

izohli lugʻati.

T.: “Oʻqituvchi”, 1979. –

B. 234.

4.

N.Sаfаrоvа. O‘zbek bоlаlаr o‘yin fоlklоrining tаbiаti vа bаdiiyati.

T.: Fаn, 2007.

5.

T.I..Rajabov Maktabda musiqa taʼlimida folklor qoʻshiqlarining oʻrni //Toshkent

davlat pedagogika universiteti. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Toshkent.

2016.

S.

122-126.

6.

Ибодович Р.Т. ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДЕТСКИХ НАРОДНЫХ ПЕСЕН

НА ЗАНЯТИЯХ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ //Европейский научный журнал.

2021.

Т.

2.

№.

6.

С.

139-141.

7.

Rajabov T. I. THE ROLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS IN YOUTH EDUCATION

IN THE SYSTEM OF CONTINUOUS EDUCATION //Web of Scientist: International
Scientific Research Journal.

2022.

Т

. 3.

№.

1.

С. 884

-889.

8.

Rajabov T. I. Distinctive Features of Folk Songs That Serve in The Spiritual and

Moral Formation of Pupils International Journal of Culture and Modernity
https://ijcm.academicjournal.io ISSN 2697-2131,Volume 29/ Jun-2023

9.

Rajabov T. I. The Role of Folk Songs in Children's Education MIDDLE EUROPEAN

SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 https://cejsr.academicjournal.io Middle
European Scientific Bulletin, Volume 37 | June-2023

10.

Rajabov T. I. ВОЗМОЖНОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОЦЕССА

ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКИСКОМУ МУЗЫКАЛЬНОМУ ФОЛЬКЛОРУ Образование и
инновационные

исследования

(2023

год

№7)

ISSN

2181

-1717(E)

http://interscience.uz

международный научно

методический журнал

11.

Rajabov T. I. Effectiveness of the process of teaching Bukhara children folk

songs

in

music

class

Скопос

https://www.eurchembull.com/issue-

content/effectiveness-of-the-process-of-teaching-bukhara-children-folk-songs-in-music-
class-7277 ECB European Chemical Bulletin.ISSN 2063-5346 Eur. Chem. Bull. 2023, 12
(Special Issue 4), 16389-16397

12.

T.I.Rajabov, Umumiy o

‘rta ta’lim maktablari musiqa darsida buxoro bolalar

folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ahamiyati Илимий

-

методикалық журнал Муаллим

ҳем

узликсиз билимлендириў 2023 2/2

-

сан март

-

апрель Нөкис 259

-267-

бет

Библиографические ссылки

K.Imomov, T.Mirzayev., B.Sarimsoqov, O.Safarov. Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. Darslik. - T.: “Oʻqituvchi”, 1990. –B.304.

O.Safarov, D.Oʻrayeva, Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodi. Oʻquv qoʻllanma. 2 jildlik. – Buxoro, BuxDU nashriyoti, 2006.

N.Hotamov, B.Sarimsoqov, Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-oʻzbekcha izohli lugʻati. - T.: “Oʻqituvchi”, 1979. –B. 234. .

N.Sаfаrоvа. O‘zbek bоlаlаr o‘yin fоlklоrining tаbiаti vа bаdiiyati. - T.: Fаn, 2007.

T.I..Rajabov Maktabda musiqa taʼlimida folklor qoʻshiqlarining oʻrni //Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Toshkent. – 2016. – S. 122-126.

Ибодович Р.Т. ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДЕТСКИХ НАРОДНЫХ ПЕСЕН НА ЗАНЯТИЯХ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ //Европейский научный журнал. – 2021. – Т. 2. – №. 6. – С. 139-141.

Rajabov T. I. THE ROLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS IN YOUTH EDUCATION IN THE SYSTEM OF CONTINUOUS EDUCATION //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 884-889.

Rajabov T. I. Distinctive Features of Folk Songs That Serve in The Spiritual and Moral Formation of Pupils International Journal of Culture and Modernity https://ijcm.academicjournal.io ISSN 2697-2131,Volume 29/ Jun-2023

Rajabov T. I. The Role of Folk Songs in Children's Education MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 https://cejsr.academicjournal.io Middle European Scientific Bulletin, Volume 37 | June-2023

Rajabov T. I. ВОЗМОЖНОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОЦЕССА ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКИСКОМУ МУЗЫКАЛЬНОМУ ФОЛЬКЛОРУ Образование и инновационные исследования (2023 год №7) ISSN 2181-1717(E) http://interscience.uz международный научно - методический журнал

Rajabov T. I. Effectiveness of the process of teaching Bukhara children folk songs in music class Скопос https://www.eurchembull.com/issue-content/effectiveness-of-the-process-of-teaching-bukhara-children-folk-songs-in-music-class-7277 ECB European Chemical Bulletin.ISSN 2063-5346 Eur. Chem. Bull. 2023, 12 (Special Issue 4), 16389-16397

T.I.Rajabov, Umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darsida buxoro bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ahamiyati Илимий-методикалық журнал Муаллим ҳем узликсиз билимлендириў 2023 2/2-сан март-апрель Нөкис 259-267-бет