Авторы

  • Омонбой Эргашев
    Докторант, кафедра Теория и история педагогики, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp259-264

Ключевые слова:

культурно-массовые мероприятия художественное мышление педагогика технология метод воспитание и обучение

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы совершенствования знаний, умений и навыков по развитию художественного мышления учащихся и их оценки; организационно-подготовительные, уточнение перспективы внедрения технологии, выбор формы, методов и средств педагогического процесса, методические рекомендации профессорско-преподавательского состава.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Technological opportunities for improving students

artistic thinking based on cultural events

Omonboy ERGASHEV

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2023

Received in revised form

15 June 2023
Accepted 25 June 2023

Available online

15 July 2023

The article deals with the issues of improving knowledge,

skills and abilities for the development of artistic thinking of

students and their assessment; organizational and preparatory,

clarification of the prospects for the introduction of technology,

the choice of the form, methods and means of the pedagogical
process, methodological recommendations of the teaching staff.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp259-264

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

cultural events,

artistic thinking,

pedagogy,

technology,

method,

education and training.

Madaniy tadbirlar asosida talabalarning badiiy tafakkurini
takomillashtirishning texnologik imkoniyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

madaniy tadbirlar,

badiiy tafakkur,

pedagogika,

texnologiya,

metod,

ta’lim va tarbiya.

Maqolada talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga

doir bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish va ularni

baholash; tashkiliy-tayyorlov

texnologiyani amalga oshirish

istiqbolini aniqlashtirish, pedagogik jarayon shakl, metod va

vositalarini tanlash, professor-

o‘qituvchilarning metodik

tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini bosqichma-

bosqich amalga oshirish masalalari yoritilgan.

1

Doctoral student, Theory and History of Pedagogy Department, Namangan State University.

E-mail: omonboy.ergashev@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

260

Технологические возможности совершенствования

художественного мышления студентов на основе
культурных событий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

культурно

-

массовые

мероприятия,

художественное
мышление,

педагогика,

технология,

метод, воспитание и
обучение.

В статье рассматриваются вопросы совершенствования

знаний, умений и навыков по развитию художественного

мышления учащихся и их оценки; организационно

-

подготовительные, уточнение перспективы внедрения
технологии,

выбор

формы,

методов

и

средств

педагогического процесса, методические рекомендации

профессорско

-

преподавательского состава.


KIRISH

Bugungi kunda talabalarning ta’lim

-

tarbiyasida madaniy tadbirlarning o‘rni

muhim bo‘lib, talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida

va axloq

qoidalari asosida tarbiyalash, yosh avlodda hayotga qat’iy ishonch va qarashni,

mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura olish qobiliyatini

rivojlantirish barcha pedagoglar hamda madaniy-

ma’rifiy ishlar mutasaddilarining asosiy

ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan ham madaniy tadbirlarni tashkil etish,

uning dramaturgiyasini yaratishda ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan manbalarni
qo‘llay olish, unda odob, axloq, jamiyat taraqqiyoti, insonlarni bilimli, ilmli qilish,

ma’naviyat bilan qurollantirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish, komil insonni
tarbiyalashga qaratilgan vazifalar dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Ilm-fanimizning hozirgi zamondagi dolzarb vazifalaridan biri

yoshlarni ma’naviy

-

axloqiy jihatdan tarbiyalashd

an iborat. Zero, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishda

ilm-

fan, ma’naviy va madaniy faoliyat, ta’lim

-tarbiya sohalarini keng rivojlantirish va

yangi bosqichga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi [1. B. 34]

. Shu ma’noda

talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish orqali ularning dunyoqarashini,
shaxsiyatini shakllantirish bugunning dolzarb masalasidir.

Talabalarning har tomonlama rivojlanishini, uning zamonaviy o‘zgarib borayotgan

jamiyat hayoti bilan muvofiqlashtirish ta’limiy va kasbiy dasturlar

ni ongli ravishda

tanlash va ularni bosqichma-

bosqich o‘zgartirish, jamiyat, davlat va oila oldida o‘zining

mas’uliyatini his qiladigan fuqarolarni tarbiyalashdan iborat [2. B.

76].

Talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish

da “Badiiy

-tafakkurni rivojlantirish

metodikasi” talabalarning badiiy

-

estetik bilim, dunyoqarash, did va ko‘nikmalarni

shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda badiiy tafakkurning

tarbiyaviy ahamiyati ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ladi.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Oliy pedagogik talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi

refleksiv yondashuvning konseptual asoslariga tayangan holda loyihalashtirilib,

maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli tavsifga ega quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oldi:

analitik

talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga doir bilim, malaka va

ko‘nikmalarini oshirish va ularni baholash; tashkiliy

-tayyorlov

texnologiyani amalga

oshirish istiqbolini aniqlashtirish, pedagogik jarayon shakl, metod va vositalarini tanlash,

professor-

o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish; faoliyatga doir –


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

261

talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasini bosqichma-bosqich amalga

oshirish; monitoring

talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish dinamikasini

baholash, zaruriyat yuzaga kelganda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritish; natijaviylik

natijalarni baholash va ta’limiy

-tarbiyaviy ishlarning istiqboldagi vazifalarini

aniqlashtirish.

Bu orqali talabalarda ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojl

anish

dinamikasi, unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham o‘rganiladi [4. B.

451].

Texnologiyaning mazmuni o‘zida kognitiv –

amaliy faoliyat

refleksiya birligi va ana

shu bosqichlarni har birida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘luvchi badiiy tafakkurni rivojlan

ish

darajalari (anglash, tushunish, munosabat va fikrlash)ni aks ettiradi [5. B. 237].

Mashg‘ulotlar asosida

talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik

bosqichlari aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Talabalarda badiiy tafakkurni rivojlantirish bosqichlari

Bosqich

Faoliyat mazmuni

Tashkil qilish shakllari

1-bosqich

Badiiy tafakkurni mohiyatini anglash, badiiy-

estetik didni tarbiya jarayoniga tatbiq etish bilan

bog‘liq nazariy bilimlarni egallash.

Nazariy

mashg‘ulotlar

jarayonida.

2-bosqich

Badiiy tafakkurni rivojlantirish borasidagi bilim,

ko‘nikma va malakalarni, did va estetik

dunyoqarashni ta’lim jarayoniga kiritish bilan

bog‘liq shart

-

sharoitni yaratish ko‘nikmalarini

shakllantirish, badiiy dunyoqarashni

shakllantirish, uni shakllantirishda

qo‘llaniladigan vositalar, metodlar va ta’lim

shakllarini tanlash malakasini takomillashtirish.

Seminar-

treninglarda, o‘zaro

tajriba almashish jarayonida,

o‘quv va pedagogik amaliyot

jarayonida.

3-bosqich

Badiiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligini

aniqlash uchun mezonlarni ishlab chiqish, loyiha

yaratish malakasini egallash, badiiy-estetik

tarbiya va madaniyatni bevosita tarbiya

jarayonida qo‘llash va uni monitoringini

o‘tkazish.

Pedagogik amaliyot jarayonida,

loyiha ishlari va bitiruv

malakaviy ishlarni tayyorlash

jarayonida.

Talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish maxsus kursning amaliy

mashg‘ulotlarida qo‘llash bilan bog‘liq o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va amalga

oshirishga jalb etish yaxshi samara beradi. O‘quv loyihalarini ishlab chiqish va amalga

oshirish orqali badiiy-estetik didsizlikka qarshi kurashish va undan himoyalanish

malakalari tarkib toptiriladi.

Tajriba-

sinov ishlari jarayonida loyiha metodidan foydalanish oliy ta’limda o‘quv

jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan badiiy tafakkurni

rivojlantirishga imkon berdi. Bunda talabalar o‘z faoliyati maqsadini mustaqil belgilaydi,

uni amalga oshirishni rejalashtiradi, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning maqbul usullarini

tanlaydi. Loyihalar pedagogik jarayonida tafakkur, o‘z

-

o‘zini nazorat qilish, o‘z

-

o‘zini

tarbiyalashni rivojlantiradi. Demak, “Badiiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi”ni

rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-metodik komponenti talabalarda refleksiv

nuqtai nazarni qaror toptirishni talab etib, badiiy-estetik didni rivojlantirish

imkoniyatini

yuzaga keltiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

262

Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy tuzilishi

konseptual asos, mazmuniy qism

(o‘qitish maqsadi, o‘quv

-

metodikasi mazmuni) hamda protsessual qismlardan (o‘quv

jarayonini tashkil etish, talabalarda o‘quv faoliyatlarining metod va shakllari, o‘qituvchi

faoliyatining metod va shakllari, o‘qitish natijalarini baholash va boshq.) iborat.

Talabalarni badiiy tafakkurini tarbiyalashning qulay shart-sharoitlari sifatida

quyidagilar tavsiya etiladi:

talabalarni

badiiy tarbiyalash jihatidan darslarni maqsadga yo‘naltirish;

darslarni aniq tuzilishi va o‘tilayotgan materialga muvofiqligini ta’minlash;

o‘rgatiladigan materialni to‘g‘ri tanlash (talabaning ijodiy imkoniyatini hisobga

olgan holda) va ta’limga mos

usul va uslublarni tanlash;

pedagogning bolalarga badiiy-estetik tarbiya berishida uzviylik va tizimlilikka

erishish;

butun dars (mashg‘ulot)lar davomida pedagog tomonidan ma’lum bir psixologik

muhit yaratish;

estetik xarakterdagi kechinmalarni hosil qilish;

pedagogning estetik, metodik, psixologik va pedagogik jihatdan mashg‘ulotga

tayyor bo‘lishini ta’minlash. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, talaba shaxsini

shakllantirishda amal qiladigan ilmiy asoslangan mazmun va metodika, shakl va usullar

muayyan pedagogik prinsiplarga amal qilishi lozim.

Bu prinsiplar ta’lim

-

tarbiyaning davr talabiga, ya’ni zamonaviy ijtimoiy

buyurtmaga mosligi, pedagogik jarayonda ob’yektiv

-

sub’yektiv jarayonlarning uyg‘unligi,

ta’lim

-tarbiyada maqsad, mazmun, metod va vositalarning bir-

biri bilan bog‘liqligi kabi

pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi [3. B. 80].

Metod, metodika, texnologiya, pedagogik texnologiya sinonim atamalar sifatida

yonma-yon ishlatilsa-

da, ta’lim texnologiyasi ma’nosini qamrab ololmaydi. Ulardan ta’lim

metodi o‘quv jarayonida qo‘yilgan vazifalarning o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi

yechimi usulini anglatsa, ta’lim metodikasi muayyan o‘quv fanini o‘qitishning ilmiy

-

metodik jihatdan asoslangan metod, usul va uslubi majmuini ifoda

etadi. Ta’lim

texnologiyasi esa oldindan loyihalashtirilgan ta’limiy jarayonda yaxlit tizim asosida

bosqichma-

bosqich aniq maqsadga kafolatlangan natijaga erishish ko‘zda tutilgan metod,

usul va vositalar tizimini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish jarayonini

boshqarishni bildiradi.

Ta’lim texnologiyasi –

ing. ta’lim jarayonini san’at darajasida yuksak mahorat bilan

tashkil etishga doir ma’lumotlarga oid ta’limot ma’nosini anglatadi. U amaliyotga tatbiq

qilinadigan pedagogik tizim loyihasi sifatida ilmiylik, amaliylik, tavsifiylik va tizimlilik

xususiyatiga ega [6. B. 3].

Pedagogik ta’lim ta’lim oluvchi talabaning shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim

maqsadiga erishishni nazarda tutar ekan, shu jarayonda o‘zlashtiriladigan bilim va

ko‘nikmalar darajasi hamda talabalarning qiziqishi va faolligiga tayanadi.

Ko‘rinadiki,

ushbu jarayondagi talaba faoliyati uning shaxs sifatidagi rivojlanishining asosiy

substansiyasi hisoblanadi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida talabalarning faolligini oshirish, ta’lim

-tarbiya

jarayonining samaradorligini kafolatlovchi texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan katta

tajriba to‘plandi. “Aqliy hujum”, “6x6”, “Klaster”, “Qarorlar shajarasi”, “Qor quti”,

“Yumaloqlangan qor”, “Zig

-

zag”, “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim”, “Ven

diagrammasi”, “Insert” metodlari shular jumlasidandir [6. B.

5].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

263

Shu o‘rinda adabiy ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishning nazariy asoslari

nimalardan iborat va u talabalarning badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirishda qanday

ahamiyat kasb etadi degan haqli savol tug‘iladi. Bizningcha, buning talay sabablari bor.

Ijtimoiy jamiyat taraqqiyotning tezkor sur’ati, axborot ko‘lamining muttasil orta borishi,

badiiy ijodiyotda dunyoni anglash va

tushunishga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi,

adabiyotshunoslikda badiiy asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashuvlarning yuzaga

kelishi adabiy ta’lim jarayoniga eski qolipdagi an’anaviy ta’limdan voz kechish zaruriyatini

taqozo etmoqda.

Oliy ta’lim

muassasalari talabalarida badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirishning

blok-modulli texnologiyasi (2-jadval).

2-jadval

Talabalarda badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirishning blok-modulli

texnologiyasi

Bosqichlari

Mazmuni

Shakl, metod va vositalari

1.

Motivatsion

Badiiy qadriyatlar to‘g‘risidagi

bilimlarning ijtimoiy-shaxsiy

ahamiyatliligi, kasbiy zarurligi

Suhbat, munozara, debat,

trening, aqliy hujum, esse

2.

Kognitiv

Talabalarning badiiy qadriyatlar

to‘g‘risida

bilimlarni egallashi. O‘z qiziqishlarini

tanlash va uni boyitish

Lug‘at bilan ishlash,

muzey va ko‘rgazmalarga borish,

sayohat, virtual ekskursiyalar,

filmlar

3.

Takomillashtirish

Badiiy qadriyatlarga talabalarning

qiziqishlarini rivojlantirish

Badiiy qad

riyatlar to‘g‘risida, o‘z

qiziqishlari to‘g‘risida hisobotlar,

prezentatsiyalar

4.

Ijtimoiylashtirish

Talabalarning badiiy qadriyatlar

bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va

qobiliyatlarining ijtimoiylashuvi

Shaxslararo, guruhli, ommaviy

(leksiya va seminar

mashg‘ulotlarida dokladlar,

referatlar), ma’naviy

-

ma’rifiy

tadbirlarda ma’ruzalar qilish va b.

5.

Baholash,

refleksiya

Talabalarning badiiy

qadriyatlarga qiziqishlarining

shakllanganligi to‘g‘risidagi yakuniy

natijalar

Individual, guruhli, ommaviy

, o‘z

-

o‘zini baholash, jamoatchilik fikri

Talabalarda badiiy va ijodiy faoliyatga tayyorlik dinamikasi

o‘sib borish

jarayonini bosqichma-

bosqich o‘rganish natijasida talabalar ijodiy tafakkurining o‘ziga

xos jihatlari namoyon bo‘ladi. Talabalarni o‘z kasbiga ijodiy yondasha olishi darajasida

tay

yorlash murakkab jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va

intellekti hamda kasbiy va hayotiy motivatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi

[7.

B.12.].

XULOSALAR

Xulosa qilganda

texnologiya ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ma’naviy ehtiyoji va

texnik imkoniyatlardan foydalangan holda oldindan loyihalashtirilib kafolatlangan

natijaga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning amaliy faoliyati sifatida

badiiy-estetik tafakkur tarbiyasiga xizmat qiladi. Talabalarning ijodiy va badiiy

faoliyatiga tayyorligini yoki ularning o‘z bo‘lajak kasblariga ijodiy yondasha olishlarini

psixologik jihatdan o‘rganishdan maqsad talabalar muhiti, ularga ta’lim berish

xususiyatlari, ularning ilmiy va badiiy ijod, kasbiy ijodkorlik va ijodiy faoliyat haqidagi

tasavvurlari, talabalar jamoasi, bo‘lajak mutaxassis –

talaba shaxsi ijodiy faoliyati uchun

qulay psixologik shart-sharoitlar yaratishdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

264

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh.M.Mirziyoyev, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. –

Toshk

ent: Oʻzbekiston,

2021.

464 b.

2.

N.Atayeva, M.Salayeva, S.Hasanov, Umumiy pedagogika (Pedagogika nazariyasi

va amaliyoti asoslari). Oʻquv qoʻllanma. II kitob. H.Boboyevning umumiy tahriri asosida. –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.

860 b.

3.

O.A.Vasilchenko, Talabalarning musiqiy bilimlarini shakllantirishda pedagog

mahorati // OʻzDSMI xabarlari. –

Toshkent, 2019.

№ 2. –

B. 75-80.

4.

D.U.Jarqinov, Oliy texnik taʼlim talabalarining vertikal integratsiyalash orqali

ijodiy hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantir

ish // Science and Innovation International

Scientific Journal. 2022.

№ 2. –

p. 451.

5.

G.Z.Joʻrayeva, Boʻlajak xorijiy til oʻqituvchilarining texnologiyasi asosida

axborotlarga tahliliy va tanqidiy munosabatini shakllantirish tizimi // Journal of
Advanced Research and Stability. 2022.Volume 02,

№ 10. –

p. 237.

6.

S.Matchonov, Adabiy taʼlim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy

-estetik

tafakkur muammolari // https://fll.jdpu.uz/index.php/....

7.

R.Y. Musinova, Talabalar tafakkurida ijodiylik va kreativlikni shakllantirish

muammosi. // Zamonaviy taʼlim. –

Toshkent, 2019.

№ 3. –

B. 12.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2021. – 464 b.

N.Atayeva, M.Salayeva, S.Hasanov, Umumiy pedagogika (Pedagogika nazariyasi va amaliyoti asoslari). Oʻquv qoʻllanma. II kitob. H.Boboyevning umumiy tahriri asosida. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. – 860 b.

O.A.Vasilchenko, Talabalarning musiqiy bilimlarini shakllantirishda pedagog mahorati // OʻzDSMI xabarlari. – Toshkent, 2019. – № 2. – B. 75-80.

D.U.Jarqinov, Oliy texnik taʼlim talabalarining vertikal integratsiyalash orqali ijodiy hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish // Science and Innovation International Scientific Journal. 2022. – № 2. – p. 451.

G.Z.Joʻrayeva, Boʻlajak xorijiy til oʻqituvchilarining texnologiyasi asosida axborotlarga tahliliy va tanqidiy munosabatini shakllantirish tizimi // Journal of Advanced Research and Stability. 2022.Volume 02, – № 10. – p. 237.

S.Matchonov, Adabiy taʼlim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy-estetik tafakkur muammolari // https://fll.jdpu.uz/index.php/.

R.Y. Musinova, Talabalar tafakkurida ijodiylik va kreativlikni shakllantirish muammosi. // Zamonaviy taʼlim. – Toshkent, 2019. – № 3. – B. 12.