Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
PR
–
as an important tool of social and political processes
Tolibjon BABAEV
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2023
Received in revised form
15 June 2023
Accepted 25 June 2023
Available online
15 July 2023
Nowadays, PR has become an important mechanism used
not only in the system of social activities and business networks
but also in public administration and all kinds of political
processes. Representatives of the PR industry are actively
involved in modeling various election campaigns, propaganda
and creating a political image. This article discusses some
considerations related to
“
public relations
”
and its impact on
the socio-political life of the country.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp355-359
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
PR,
political processes,
information flow,
public opinion,
image,
election campaign,
political communication.
PR
–
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning muhim vositasi
sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
PR,
siyosiy jarayonlar,
axborot oqimi,
jamoatchilik fikri,
imij,
saylov targ‘iboti,
siyosiy kommunikatsiya.
Bugungi kunda PR nafaqat ommaviy faoliyat va biznes
tarmoqlari tizimida, balki davlat boshqaruvi va barcha turdagi
siyosiy jarayonlarda ham qo‘llab kelinadigan muhim
mexanizmga aylangan. PR sohasi vakillari turli saylov
kompaniyalarini modellashtirish, targ‘ibot
-tashviqot va siyosiy
imij yaratish tizimida faollik ko‘rsatmoqda. Aynan “public
relations” va uning mamlakat ijtimoiy
-
siyosiy hayotiga ta’siri
bilan bog‘liq ayrim mulohazalar ushbu maqolada tadqiq etilgan.
1
Independent researcher, Uzbekistan State World Languages University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
356
PR
–
как
важный
инструмент
общественно
-
политических процессов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
PR,
политические процессы,
информационный поток,
общественное мнение,
имидж,
предвыборная агитация,
политическая
коммуникация.
Сегодня PR стал важным механизмом, используемым не
только в системе общественной деятельности и бизнес сетей,
но и в государственном управлении и всевозможных
политических процессах. Представители PR
-
индустрии
активно
участвуют
в
моделировании
различных
избирательных
кампаний,
пропаганде
и
создании
политического имиджа. В данной статье рассматриваются
некоторые соображения, связанные с “public relations” и его
влиянием на общественно
-
политическую жизнь страны.
PR
–
ingilizcha “public
relations
”, ya’ni
jamoatchilik bilan aloqala
r ma’nosini
anglatadi. PR tashkilot yoki shaxs va ularning auditoriyasi yoki jamoatchilik fikrini
yaxshiroq tushunish va ijobiy jamoatchilik fikrini yaratish maqsadida kanallar va axborot
oqimini boshqarish san’ati
va fani sifatida talqin etiladi.
Jamoatchilik
bilan aloqalar bo‘yicha
mutaxassislar ixtisoslashtirilgan aloqa rejasini
tuzadi va ijobiy brend imijini va maqsadli auditoriya bilan mustahkam aloqani yaratish
va qo‘llab
-quvvatlash uchun ommaviy axborot vositalari va
boshqa to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
vositalardan foydalanadi. Oddiy qilib aytganda, jamoatchilik bilan aloqalar
–
bu tashkilot
va uning
brendlari obro‘sini
saqlab qolish uchun tashkilotga
tegishli ma’lumotlarni
ommaga chiqarish va tarqatishni boshqarishning strategik jarayonidir.
Ushbu jarayon quyidagilarga
qaratilgan bo‘ladi:
▪
qanday axborotlar
e’lon qilinishi kerakligi
;
▪
axborotlarni qanday tuzish lozimligi;
▪
axborotlar qanday taqdim qilinishi zarurligi;
▪
axborot chiqarish uchun qanday ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
kerakligi [1].
Qadimgi Misr sivilizatsiyasidan to o‘rta asrlargacha –
odamlar muhim ma’lumotlarni
bir-
biriga yetkazish va sub’yektlarini qanday voqeliklar sodir bo‘layotganidan xabardor
qilishda yordam berish uchun qurilmalar va kanallardan foydalanganlar. Ushbu muloqot
usullari bugungi kunda biz bilgan PRning shakllantirishga yordam bergan.
Tarixdan ma’lumki, qadimgi dunyoda PR qo‘llanilganiga ko‘plab misollar mavjud
(garchi u paytda PR deb nomlanmagan bo‘lsa
-da). Masalan: miloddan avvalgi V-IV asrlarda
yunon faylasuflari Sukrot, Platon va Aristotellar jamoatchilik fikrining ahamiyatini anglab
yetib, zodagonlarga ritorika orqali aholini ishontirish san’atini o‘rgatishgan (ya’ni , notiqlik
san’ati yordamida). Eramizdan 2200
-yil oldin yashagan misrlik adabiyotshunos Ptaxotep
odamlar bilan muloqot qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratib, “Ptaxotepning Maksimlari”
kitobini yozgan. Miloddan avvalgi 50-
yilda Yuliy Sezar o‘zining harbiy g‘alabalarini birinchi
bo‘lib siyosiy kampaniya biografiyasida e’lon qilib, riml
iklarning jamoatchilik fikrini u eng
yaxshi davlat boshlig‘i bo‘lishi mumkinligiga ishontirdi –
bu amaliyot bugungi kunda ham
siyosiy nomzodlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladi. Ushbu hujjat
birinchi ommaviy axborot byulleteni sifatida qabul qilindi [2].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
357
Miloddan avvalgi 390-yillarda Avliyo Avgustinning imperator saroyida qilgan
vazifasini
biz bugungi kunda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor qiladigan
vazifalarga taqqoslashimiz mumkin. U cherkovga foyda keltirish uchun imperatorga va
jamoatga muntazam ravishda murojaatlar
yo‘llagan. Avliyo Avgustinning bu faoliyati
hozirgi matbuot anjumanini eslatadi.
PR dastlab sotsiologiya va ommaviy psixologiya orqali jamoatchilik fikrini
boshqarish va manipulyatsiya qilish usuli
bo‘lib xizmat qilgan. Dastlab, PR ba’zan
propagandaning asosiy shakli bo‘lgani uchun tanqid qilingan.
2000-yillarning boshlarida PR nihoyatda ommalashdi, chunki Internet
axborotlarni ommaga osonlikcha taqdim etadigan platformani yaratgan edi.
O‘z dolzarbligini saqlab qolish uchun PR o‘zgaruvchan media landshaftiga mos
kelishi va muloqotning yangi usullariga moslashishi kerak edi. 2008-
yilda AQShda bo‘lib
o‘tgan prezidentlik saylovlarida siyosatchilarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash uchun
ijtimoi
y tarmoqlardan samarali foydalanilganini ko‘rish mumkin [3].
Sobiq prezident Barak Obama Facebook, Myspace, Twitter, Linkedln va YouTube
kabi ijtimoiy media platformalaridan Amerika yoshlari orasida o‘z imijini mustahkamlash
uchun foydalandi. Saylovda qatn
ashib chiqayotgan fuqarolardan olingan so‘rovnomalar
(exit poll) shuni ko‘rsatdiki, bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ldi va Obama 25 yoshgacha
bo‘lgan yoshlarning deyarli 70 foizi ovozini qo‘lga kiritgan edi. Bu 1976
-yilda AQShda
exit-polling tashkil etilganid
an beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Obamaning PR strategiyasi ijtimoiy media ta’sir doirasi kengayib borayotganini
isbotlagan edi.
So‘nggi bir necha yil ichida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar kommunikatsiya olamida
hukmronlik qilib, mutaxassislar tomonidan PR uchun ishlatiladigan ommabop va
samarali vositaga aylandi. Doimiy ravishda yangi va innovatsion texnologiyalar
yaratilishi bilan PR ham o‘sib boradi va doimiy o‘zgarishda
davom etadi.
PR
ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, o‘zining maqsadlari
, vazifalari va amalga oshirishida
qilinadigan ishlariga ko‘ra bir necha turlariga bo‘linadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar
tomonidan PR turlari ranglarda ifodalanadi.
Siyosiy fanlarda PR texnologiyalari bir qancha turlarga bo‘linadi. Ularni shartli
ravishda quyidagi ranglarga ajratish mumkin:
Oq PR.
Oq PR buyurtmachilar va maqsadli auditoriya o‘rtasidagi aloqa uchun
qulay imkoniyat sifatida foydalaniladi. Bunday holda, ma’lumot nihoyatda ijobiy bo‘lib,
faqat ishonchli axborotlar ommaga e’lon qilinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oq
PRning asosiy vazifasi kimgadir yoki biror narsaga nisbatan ijobiy imij tashkilotining
bozordagi raqobatdoshligini oshiradi. Agar ijobiy munosabat shakllansa, unda ishonch va
o‘z navbatida yuqori baholar va ishonchli tanlov bo‘lishi aniq. Bundan tashqari, ijobiy
imij, qoida tariqasida, obro‘
-
e’tiborning oshishiga va natijada hokimiyat hamda ta’sir
doirasining kengayishiga yordam beradi [4]. Oq PRning klassik namunasi 1964
–
1965 yillarning Ford Mustangning ommaviy ishlab chiqarilishidir. Keyin korporatsiya
egasi D. Ford PR-aksiya sifatida potensial xaridorlar uchun bir qator ziyofatlar uyushtirdi,
u yerda DJlar va boshqa mashhur shaxslar yangi Mustanglarda kelishdi, bu esa yangi
avtomobilga qiziqishni kuchaytirdi.
Qora PR.
Qora
PR mahsuloti, kompaniyaning yoki shaxs haqida yolg‘on ma’lumot
tarqatish bilan shug‘ullanadi. Uning texnologiyalari –
bu raqobatchining obro‘sini to‘kish
uchun e’lon qilingan salbiy sharhlar, bayonotlar, xabarlar va maqolalar bo‘lishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
358
Qora PR amali
yoti ko‘proq siyosatchilar, yulduzlar, jamoat arboblariga nisbatan
qo‘llaniladi. Masalan, saylov yoki reklama kampaniyasi paytida raqibining obro‘siga
putur yetkazadigan materiallari paydo bo‘ladi. Qora PR asosan raqobat yuqori bo‘lgan
sohalarda ko‘p kuzat
iladi.
Qora PR mutaxassislari nafaqat kompaniyaning yaxshi nomiga putur yetkazishi,
balki butunlay yo‘q qilishga olib kelishi mumkin. Bunday amaliyot biznes sohasida shu
qadar keng tarqatildiki, nafaqat alohida qora PR xodimlari, balki shartnoma asosida qora
PR xizmatlarini ko‘rsatadigan butun boshli kompaniyalar paydo bo‘la boshladi[5]. Bu
kompaniyalar raqibiga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi va unga putur yetkazish mumkin
bo‘lgan barcha faktlarni jamoatchilikka e’lon qiladi. Bular, shaxsiy hayot tafsilotl
ari;
yoshlikdagi xatolar; martaba zinapoyasini ko‘rsatish bilan bog‘liq nozik tafsilotlar bo‘lishi
mumkin.
Kulrang PR.
Oq va Qora ranglarning qo‘shilishidan kulrang hosil bo‘lgandek,
kulrang PR ham oq va qora PR ni kesishmasidan yotadi. Kulrang PR
–
bu jamiyat,
tashkilot, mahsulot yoki shaxs to‘g‘risida faqat haqiqat ma’lumotlarni tarqatishni o‘z
ichiga olgan piar faoliyati hisoblanadi. Uning vazifasi tomoshabinning ongiga va imijiga
bilvosita ta’sir qilishdir. “Qora PR” dan farqli o‘laroq, kulrang PRdan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
yolg‘on axborotlar tarqatilmaydi. Lekin axborot iste’molchisida shubhalanish
uyg‘otadigan ma’lumotlar
tarqatilishi mumkin. Misol uchun, qotillik haqidagi materialda
voqea ma’lum bir taniqli shaxsning tug‘ilgan shahrida sodir bo‘lganligi alohida qayd
etilgan bo‘lishi mumkin.
Kulrang PRga yana bir misol sifatida xaridorning mashhur chakana savdo
tarmoqlarid
an biriga kiritilgan do‘kon xodimlari bilan ziddiyatini ko‘rib chiqishimiz
mumkin. Xafa bo‘lgan xaridor ommaviy axborot vositalari vakillariga muammoning
mohiyatini ochib beradi. Ommaviy muhokama jarayonlari yangi axborot oqimini keltirib
chiqaradi, bu esa mijozlarning huquqlarini tiklash maqsadini belgilash bilan birga, savdo
tarmog‘ining obro‘siga putur yetkazadi.
Sariq PR.
Sariq PR
–
skandallardan foydalanish, sensatsiyalarini ochish, turli shov-
shuvga sabab bo‘ladigan yangiliklarning ortidan quvish, qis
qa qilib aytganda maqsadga
erishish uchun “iflos” usullari va vositalaridan foydalanishni anglatadi
[6].
Pushti PR.
PRning bu turi afsona va asotirlar texnologiyasiga asoslangan bo‘lib,
odamlarning “illyuziyalari pardasi” ostida yashirinishga bo‘lgan ehtiy
ojini qondirishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Nitsshe ta’biri bilan aytganda, odamlar buni deyarli doimo his
qilishadi. Ba’zilar uchun bu ehtiyoj xayolparastlik va amalga oshmaslik tufayli rivojlangan
bo‘lsa, boshqalar uchun siyosatchilar targ‘iboti va reklama ta’siri ostida rivojlangan
bo‘ladi. Ko‘pincha bu ijtimoiy optimizmni rag‘batlantiradi, odamlarni kelajakdagi
farovonlik istiqboliga cho‘mdiradi. Afsonalar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin,
ammo afsonalarga bo‘lgan ehtiyoj saqlanib qoladi
.
Oltin PR.
Oltin PRning maqsadi narx siyosati asosida brend imijini yaratishdir. Shu
bilan birga, brendning o‘zi har qanday PR ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy
e’tibor narx va iste’molchi uchun foyda qila olish imkoniyatiga qaratiladi. “Agar siz biz
ning
mahsulotimizni sotib olsangiz (kompaniyamiz bilan hamkorlik qilsangiz), siz pul jihatidan
katta baxtga ega bo‘lasiz” qabilidagi chaqiriqlar oltin PRning eng ommalashgan shaklidir.
Shuningdek, mavzuimizdan kelib chiqqan holda biz uchun aynan siyosiy
j
arayonlarda qo‘llaniladigan PR muhimdir.
Siyosiy PR birinchi navbatda ma’lum
maqsadga erishishga qaratilgan axborotni boshqarish jarayonidir. O‘zini
eng yaxshi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
359
tomonidan ko‘rsatish nafaqat siyosatchilar, balki ishbilarmonlar uchun ham muhimdir
[7]. Siyosiy
PRda asosiy vazifa saylovda ma’lum miqdordagi ovozlarini to‘plash va
PR kampaniyasini imkon qadar tezroq amalga oshirish bo‘ladi. O‘z navbatida siyosiy
PR quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
➢
saylovoldi tashviqotini tashkil etish va
o‘tkazish.
➢
ijtimoiy tadqiqotlar.
➢
kampaniya strategiyasini ishlab chiqish.
➢
nomzodning imijini qo‘llab
-quvvatlash.
➢
aksiyani ijodiy qo‘llab
-quvvatlashni rivojlantirish.
➢
saylov kampaniyasini huquqiy ta’minlash.
➢
tashqi monitoring.
➢
mahalliy va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarini jalb qilish.
➢
ommaviy axborot vositalarida maxsus sonlar va qo‘shimchalar, shu jumladan
tele va radio dasturlarda chiqishlar qilish.
➢
raqobatdosh partiyalar va nomzodlarning PR-xizmatlariga qarshi axborot
kurashini olib borish.
➢
vizual tashviqotni tayyorlash va ishlab chiqarish: tashqi reklama vositalaridan
foydalaniladi-bilbord reklama, varaqalar, plakatlar, bannerlar , flayerlar va boshqalar.
➢
siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan ishlash.
➢
maxsus tadbirlarni o‘tkazis
h.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, hozir O‘zbekistonda ham RR xizmatining
ko‘rinishlari juda ko‘p. Masalan, uy oldi
-
sottisi bilan shug‘ullanayotgan firmalar va
alohida bozorlar mavjudligini piarmenlar xizmatiga qiyoslasak bo‘ladi. Shuningdek,
yuqorida ta'kidlaganimizdek, mamlakatimizda turli vazirliklar, tashkilotlar huzurida
axborot xizmati faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi ham fikrimizning yaqqol isboti.
Yurtimizda RR xizmatini samarali yo‘lga qo‘yish har qachongidan ham zarur.
Chunki, yurtimizdagi yirik-
yirik korxonalarda RR xizmatini yo‘lga qo‘ysak, ular ishlab
chiqarayotgan mahsulotlar
xaridorgir bo‘ladi va chetdan kirib kelayotgan sifatsiz
mahsulotlar tarqalishining oldi olinadi, mahalliy mahsulotlarimizga keng yo‘l ochiladi.
FOYDALANILGAN ADABI
YOTLAR RO‘YXATI:
1.
“The History of Public Relations”
. Meltwater. 2020, -P. 11.
2.
Козлов Д.В. Механизм функционирования PR в политике // Актуальные
проблемы науки: ИГУМО и ИТ как исследовательский центр. 2013. Т. 2. № 1.
-
С. 160.
3.
What Is Public Relations? PR Functions, Types, & Examples //
https://www.feedough.com/what-is-public-relations-pr-functions-types-examples/
4.
Практика современных коммуникаций: люди, тренды, решения. СПб.:
СПбГУП, 2015. (Университетский мастеркласс. Вып. 9).
-C. 200.
5.
Федулов Ю.К., Воскресенская Н.О. и др. Управление общественными
отношениями/ под. редакцией Ю.К. Федулова. Учебное пособие. –
М.: Вузовский
учебник, 2006.
6.
Political PR in the system of communicative impact of the election campaign //
http://www.publishing-vak.ru/file/archive-politology-2017-5/8-krylova
7.
Золотарева Л.Г. Реклама и PR: анализ и соотношение коммуникаций //
Научный вестник Московского государственного технического университета
гражданской авиации. 2007. № 116.
-
С. 108
-110.
