Авторы

  • Илесбай Кунназаров
    Самостоятельный исследователь, Нукусский государственный педагогический институт имени Ажинияза

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp110-116

Ключевые слова:

компетентность компетенция средства компьютерных информационно-коммуникационных технологий мэлектронные образовательные ресурсы учебно-методические учебно-организационные информационно-информационные материалы

Аннотация

В статье рассматриваются психолого-педагогические условия развития профессиональных компетенций с использованием мультимедийных электронных образовательных ресурсов. Кроме того, особое внимание уделяется росту личности, умению решать проблемы в реальных жизненных ситуациях, накопленным знаниям, учебе и жизненному опыту, а также возможностям развития профессиональных компетенций через ценности и интересы.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Use of electronic information educational resources in
forming professional competences of students of
professional educational institutions

Ilesbai KUNNAZAROV

1


Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2023

Received in revised form

15 July 2023

Accepted 25 July 2023

Available online

15 August 2023

The article deals with the psychological and pedagogical

conditions for the development of professional competencies by
means of multimedia electronic educational resources, in
addition to personal growth, the ability to solve problems that

arise in real-life situations, one

s own knowledge, study, and life

experience, opportunities for the development of professional
competencies through values and interests.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp110-116

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

competence,

computer information

communication technology

tools, electronic educational

resources,

educational methodical,

instructional-organizational,

information-informational

materials.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy

kompetensiyalarini shakllantirishda elektron axborot

ta’lim resurslaridan foydalanish

ANNOTATSIYA

Калит сўзлар:

kompetensiya,

komputer axborot

kommunikatsion

texnologiyalar vositalari,

elektron ta’lim resurslari,

o‘quv metodik,

instruktiv-tashkiliy,

axborot-

ma’lumot

materiallari.

Ushbu maqolada kasbiy kompetensiyalarni multimediali elektron

ta’lim

resurslari vositasida rivojlantirishning psixologik-pedagogik

shart-

sharoitlari haqida bayon qilingan bo‘lib, bundan tashqari

shaxsning kamol topishi, real vaziyatlarda yuzaga keladigan

muammolarni hal qilish qobiliyati, o‘qish va hayotiy tajribalari,

qadriyatlarni va qiziqishi orqali kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirish imkoniyatlari haqida ham so‘z borgan.

1

Independent researcher, Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz. E-mail:

i.qunnazarov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

111

Использование

электронно

-

информационных

образовательных

ресурсов

при

формировании

профессиональных

компетенций

студентов

профессиональных образовательных учреждений

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

компетентность,

компетенция,

средства компьютерных

информационно

-

коммуникационных

технологий,

электронные

образовательные ресурсы,

учебно

-

методические,

учебно

-

организационные,

информационно

-

информационные

материалы.

В статье рассматриваются психолого

-

педагогические

условия развития профессиональных компетенций с
использованием

мультимедийных

электронных

образовательных ресурсов. Кроме того, особое внимание
уделяется росту личности, умению решать проблемы в

реальных жизненных ситуациях, накопленным знаниям,
учебе и жизненному опыту, а также возможностям
развития профессиональных компетенций через ценности

и интересы.

KIRISH

Hozirgi kunda ta’lim

tizimida ilm-fan, texnika, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarining rivojlanib borishi o‘qituvchilardan chevarlikni, pedagogik

-psixologik

bilimlarni, egallagan kasbni yetuk bilishi va teran mulohazali, siyosiy savodxonligi, fikr
doirasida raqobat maydoni

da tajribaga ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu bois, ta’limni

axborotlashtirish sharoitida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan kichik mutaxassislarning o‘quv va kasbiy faoliyatini

elektron ta’lim resurslar

i (ETR) vositasida tashkil etishga, kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirishga imkon beruvchi o‘qitishning innovatsion shakllari, metodlari va

vizuallashtirilgan didaktik vositalarini ishlab chiqish, ta’lim modellari va raqobatbardosh

kadrlar tizimini takomillashtirish dolzarb pedagogik vazifalardan hisoblanadi.

Albatta sifatli ta’lim berish, bilim, ko‘nikma, malaka, qobiliyat va kasbiy

kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron texnologiyalari ta’lim jarayoniga tatbiq

etilmoqda. Va shu bilan birga mas

ofaviy ta’lim jarayonida tatbiq qilib, uzluksiz ta’lim

tizimiga qo‘llash davr talabi hisoblanadi. Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalarni keng

miqyosda 3 ta asosiy yo‘nalishga bo‘lish mumkin: axborot texnologiyalari (axborot

-

komputer, axborot-kommunikatsiya)

; faol o‘qitish usullari; masofaviy o‘qitish

(ikkinchisini texnologiya sifatida ham, tashkiliy innovatsiya sifatida ham ko‘rib chiqish
mumkin). Ma’lum darajada shartlilik bilan hozirgi vaqtda telekommunikatsiya va tarmoq

texnologiyalaridan foydalangan hold

a o‘qitishning noan’anaviy usullari, zamonaviy

jamiyatda kasb-

hunar ta’limi tizimida rivojlantirishning strategik yo‘nalishi

bu

insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil ishga layoqatlilik asosida uning aqliy va

ma’naviy rivoji bo‘lib xizmat qiladi.

Du

nyo hamjamiyatida har qanday davlatning obro‘

-

e’tibori aholining turmush

saviyasi, siyosiy va iqtisodiy faoliyati bilan belgilanadi. Globallashuv jarayoni ortib

borayotgan hozirgi jamiyatda davlatning raqobatdosh mutaxassislarga bo‘lgan talabi,

uning moslashuvi, barqaror taraqqiyotining asosiy usuli hisoblanadi. Yuqori rivojlanishga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

112

ega bo‘lgan davlatlarning asosiy ustuvorligi

kasb-

hunar ta’limi tizimining holati bilan

belgilanadi, va istiqbolli barqaror iqtisodiy qad ko‘tarishni ta’minlash usullari ta’li

m

sohasining rivoji bilan aloqador. Insonni atroflicha komil inson darajasiga tarbiyalash

murakkab jarayon bo‘lib, juda erta zamonlarda jamiyatning ulug‘ insonlarining asosiy

vazifasi etib belgilangan. Bu holat yosh avlod tarbiyasi, kasbiy kompetensiyalar asosida

o‘rgatish, tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining asosiy bosqichlarida ham katta ahamiyatga

ega ekanligini bildiradi. Inson rivojlanib borgan sari uning ruhiy dunyosi ham boyib

boradi.

Bunda kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda

o‘quvchilarning hayotiy

faoliyatida o‘z o‘rnini topishi, jamiyatda faol ishtirok etishi, chin

-dildan Vatan ravnaqi

uchun xizmat qilishi hamda ularni raqobatbardosh kadr etib tayyorlashda malakali

mutaxassislarning o‘rni beqiyosdir.

Kasb-hunar maktablari, k

ollej va texnikumlarda o‘quvchilarni tug‘ilib o‘sgan

diyoriga muhabbat, milliy g‘urur va bunyodkorlik g‘oyalariga sadoqat ruhida ulg‘aytirish,
ularni tanlagan kasbi bo‘yicha mohir mutaxassislar etib yetishtirish jarayoni

samaradorligini ta’minlaydigan peda

gogik va axborot texnologiyalaridan samarali

foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonini raqamlashtirish, mashg‘ulotlar uchun

multimediali ta’lim resurslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish tizimini
yo‘lga qo‘yish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Pedagogik faoliyatda asosan uning komponentlarini pedagog faoliyatning ajralmas

funksional turlari sifatida ajratish usuli ustun turadi. Shuning uchun ham V.A. Slastenin

“…bo‘lajak mutaxassisning kasbiy kompetentligi tuzilmasini o‘rganish pedagog mehnatini

tejamkor muhokama qilish, uning tayyorgarlik darajasiga hozirgi modernizatsiyalanayotgan

va uzluksiz pedagogik bilim konsepsiyasini amalga oshirishlik sharoitida yuqori o‘qish tizimini

aniqlashtirishni n

azarda tutadi” [1] deb ta’kidlab o‘tgan.

E.F. Zeerning [2] ilmiy ishlarida zamonaviy ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda kasbiy

o‘zini o‘zi boshqarish jarayonida shaxsning kasbiy rivojlanishining eng to‘liq psixologik

shakllari, kasbiy kompetentlikning rivojla

nish xususiyatlari o‘rganilgan.

U kasbiy

kompetentlikni kasbiy faoliyat tuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida
baholaydi, kasbiy rivojlanishning nazariy va uslubiy asoslari, uning metapsixologik

toifalari, kasbiy faoliyat sub’yektining shakllanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Shaxsning professional rivojlanishining psixologik to‘siqlari tahlil qilinadi.

A.K.

Markova [3] o‘z ilmiy ishlarida professionallikning psixologik konsepsiyasini

tasvirlagan. Unda shaxs mehnati kasbiy mahorat daraj

asiga ko‘tarilishining psixologik

mezonlari, darajalari, bosqichlari, kasbiy kompetensiya turlari tavsiflanadi. Shaxsiy

professional psixologik diagnostika kartasi beriladi. Mutaxassisning kasbiy o‘sishiga

yordam beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi psixologik

omillar umumlashtiriladi.

E.I.

Kudryavseva [4] monografiyasining ikkinchi qismida kompetensiya bo‘yicha

tadqiqotlar tarixi ushbu muammo sub’yektining taqdim etilgan faoliyatini

rivojlantirishdagi ahamiyati va uning samaradorligi nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.

Bu yerda kompetensiya g‘oyasidan foydalanish va kompetentli yondashuvni

shakllantirish bilan bog‘liq eng keskin muhokama qilinadigan masalalarga e’tibor

qaratiladi. “Kompetentlik” tushunchasi bo‘lsa, shaxsning yuksalib borishi, real hayotiy

hollarda yuzaga keladigan muammolarni yechish qobiliyati, bilimi va hayotiy tajribalari,

qadriyatlari va qiziqishini unga sarflash imkoniyatlari hisoblanadi. “Kompetentlik”,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

113

“Kompetensiya” degan nomlari kasb

-

hunar ta’limi tizimida psixologlarning ilmiy

faoliyat

lari sababidan kirib keldi. Ingliz tilidan “competence” tushunchasining so‘zlik

mohiyati “qobiliyat” deb atalib, kompetensiya degan nomlari bilim, ko‘nikma va malaka,

chevarlik, qobiliyatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

B.A. Nazarova [5]

“Bu muhitga qarab, o‘rganish usuli, sababi, kasb insonni unga

to‘g‘irlaydi, odamlarning qiziqishini aniqlaydi, bitta kasbda ishlaydigan odamlarning

qizishlarini jamlaydi” deb fikr bildirgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, professional ta’lim muassasalarida o‘qitish jar

ayonini

tashkil etish va takomillashtirish muammosi bo‘yicha ko‘plab ilmiy

-tadqiqot ishlari olib

borilgan bo‘lsa

-

da, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish muammosi tadqiq etilmaganligi ilmiy maqola mavzusining dolzarbligini

belgilaydi.

MATERIALLAR VA USULLAR

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini

tarkibiy qismlari (tayanch, kasbiy va maxsus) mazmunini aniqlash hamda ta’lim

jarayonida qo‘llaniladigan ETRning

tuzilishi, mazmuni, funksiyalari aniqlashtirilgani,

professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini METR

vositasida rivojlantirish modeli komponentlari (maqsad, mazmun, jarayon, baholash-

natijaviy) kompleks yondashuv tamoyiliga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgani,

o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini METR vositasida rivojlantirishning Tell

-

Show-Do (aytib ber-

ko‘rsat

-

amalda bajar), Couchung metodlarini o‘zaro uzviylikda

qo‘llash metodikasi takomillash, o‘quvchilari

ning kasbiy kompetensiyalarini METR

vositasida rivojlanganlik mezonlari (motivatsion, kognitiv, amaliy va kommunikativ)

ishlab chiqilgani hamda metodik tavsiyalar berilgani, elektron axborot ta’lim muhitida

o‘quvchilarning kasbiga oid tayanch kompetensiyal

arini rivojlantirish metodik asoslari

bo‘yicha “Technology crafts” texnologiyasi, “Informatika va axborot texnologiyalari”

fanining Mit app Inventor variantdagi elektron qo‘llanmalari yaratilgani hamda

o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini METR vosita

sida rivojlantirish usullari

takomillashtirish shuningdek, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy

kompetensiyalarini METR vositasida rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik

muammoning tadqiqotda qo‘yilgan vazifalar darajasida hal qilingani hamda o‘qitish

jarayonida uning ahamiyati va zaruriyati ochib berilgani, tadqiqotda ilgari surilgan

farazlardan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish bo‘yicha bajariladigan

ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.

O‘quvchilarda kasbiy kompetentligini va kasbiy moslasha ola bilish, o‘zlashtirgan

bilimlarini kasbiy faoliyatida qo‘llay olishi va ish beruvchining talablariga moslasha

olishini rivojlantirish zarur. Kasbiy kompetentlik

mutaxassis tomonidan kasbiy

faoliyatni amalga os

hirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning

egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik

mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir

mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda

tutadi. Kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi

axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni

izlab topish, ularni qay

ta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

O‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida

rivojlantirishning psixologik-pedagogik shart-

sharoitlari professional ta’lim muassasalari

o‘quvchilarini o‘qitish

hozirgi holati, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

114

rivojlantirishda multimediali elektron ta’lim resurslarining o‘rni va ahamiyati, elektron

ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini bayon etish, yo‘nalishlarini

bugungi kunda pr

ofessional ta’lim sohasida sifatli elektron ta’lim resurslarini yaratish

asosan ta’limni axborotlashtirish, mahsulotlarining “evolyutsiyasi”ga e’tibor qaratish,

grafik matn o‘rnini yuqori interaktiv, multimediaga boy elektron ta’lim resurslari

professional

ta’lim tizimida tasniflash va o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirish zarur.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari mashg‘ulotlar jarayonida quyidagi

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: komputer grafikasi va grafik ob’yektlarni ko

mputerda

ishlash, tasvirlarni grafik uskunalar yordamida ishlash va uni amaliyotda qo‘llash;

axborotlarni uzatishning samarali vositalarini amalda qo‘llash, matn va jadval

protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni manzil orqali uzatish, axborot

almashishning dasturiy ta’minotini sozlash orqali elektron tarmoqlardan foydalanish,

web-

sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash, web

-sahifa, web-sayt, hosting, web-

dizaynlarni farqlash, mintaqaviy va global komputer tarmog‘i va uni himoya qili

sh.

Bunda, kasb-

hunar maktablari, kollej va texnikumlarda o‘quvchilarining hayotiy

faoliyatida o‘z o‘rnini topishi, jamiyatda faol ishtirok etishi, chin

-dildan Vatan ravnaqi

uchun xizmat qilishi hamda raqobatbardosh kadr etib tayyorlashda informatika va

ax

borot texnologiyalari fanidan mashg‘ulot olib boruvchi malakali mutaxassislarning

o‘rni beqiyosdir.

Hozirgi kundagi yo‘nalishlarini belgilashda sifatli elektron ta’lim resurslari (ETR)ni

yaratish asosan ta’limni axborotlashtirishni taqozo etmoqda. Elektron

ta’lim

mahsulotlarining “evolyutsiyasi”ga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, hozirda grafik matn

o‘rnini yuqori interaktiv, multimediaga boy ETR egallamoqda. Bu boshlang‘ich

professional ta’lim tizimida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan

multimed

iali elektron ta’lim resurslari (METR) yaratish, tasniflash va o‘quvchilarning

kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Elektron ta’lim resurslarining mohiyati va zamonaviy turlari aniqlandi, mavjud va

amaliyotda qo‘llaniladigan elektron ta’lim resurslari tahlil etildi, ta’lim jarayonida

multimediali axborot ta’lim resurslaridan foydalanishning xususiyatlari va asosiy

shartlarini ko‘rib chiqish zarur.

ETR

bu raqamli shaklda taqdim etilgan fotosuratlar, ramziy ob’yektlar va ishga

oid grafikalar, videoparchalar, ovozli yozuvlar, statik va dinamik modellar, virtual reallik

va interaktiv modellashtirish ob’yektlari, matnli hujjatlar va o‘quv jarayonini tashkil etish

uchun zarur bo‘ladigan boshqa o‘quv materiallaridir.

Multimedia

informatikaning zamonaviy dasturiy va texnikaviy vositalari asosida

audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob’yektlarining fazodagi harakati) yordamida

o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan ko‘rinishidir.

Multimedia

interf

aollik, moslashuvchanlik va turli xil ta’lim ma’lumotlarining

integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish va ularning

qiziqishini oshirish qobiliyati tufayli samarali ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.

Multimediali ETRdan

ta’lim

-tarbiya jarayonining quyidagi shakllaridan foydalanish

nazarda tutiladi, jumladan,

faqat verbal (matn) shakldagi o‘quv va ilmiy materiallar;

verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda o‘quv materiallari, multimediali (ko‘p

axborotli muhit) qo‘llanmalar, ya’ni uch o‘lchamli grafik, ovozli, video, animatsiya va

qisman verbal (matn) shakldagi ma’lumotlar,

taktil (his qilinuvchi, seziluvchan)

xususiyatga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

115

O‘qitish mazmunini mos elektron axborot ta’lim resurslarni tanlash va ishlab

chiqishda ular

ning pedagogik (ya’ni didaktik va metodik); psixologik; texnik (texnologik),

estetik va ergonomik talablarga javob berishiga e’tibor qaratildi.

Elektron ta‘lim resurslar (ETR)

davlat ta‘lim standarti va fan dasturida

belgilangan, bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, oʻquv

jarayonini elektron vositalar yordamida kompleks loyihalash asosida kafolatlangan

natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va oʻrganishni hamda nazoratni amalga oshirishni

ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan elektron
ta’lim

-

uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, multimediali elektron ta’lim

resurslari, baholash metodlari va mezonlarini oʻz ichiga oladi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘

qituvchilari fanning mazmuni,

o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va kasbiy kompetensiyalardan kelib chiqqan
holda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning zamonaviy tizimini

ishlab chiqish, professional ta’lim muassasalarida “In

formatika va axborot

texnologiyalari” fanidan mashg‘ulotlar tashkil etiladigan o‘quv xonalarini so‘nggi

zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida transformatsiyalash, IT parklari

markazlarini tashkil etish, professional ta’lim tizimiga xalqaro tajribalar

asosida DTS,

malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ta’lim ta’lim
tizimiga keng joriy etish, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini professional

ta’lim muassasalarida keng yo‘naltirish asosida iqtisodiyot tarmoqla

ri rivojlantirishga

munosib hissa qo‘shadigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

maqsadga muvofiqdir.

Umuman olganda, yuqorida keltirilgan fikrlar eng muhim nazariy qoidalarni

aniqlashga imkon beradi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilari

ning kasbiy kompetensiyalarini

shakllantirish va ilmiy-

tadqiqot ishlarini o‘rganish hamda tahlil qilish natijasida amaliy

pedagogik tajribadan kelib chiqib, komponentida multimedia-

taqdimoti, o‘rgatuvchi

multimedia-

tizimi, multimediali ma’lumotlar bazasi,

elektron jurnallar, multimedia-

kataloglar kabi elektron axborot ta’lim resurslarini qo‘llashga alohida urg‘u berish,

kasbiy-

axborot komponentlari sifatida qadriyatli mazmunli, o‘quv

-bilish, axborot,

pedagogik, didaktik, texnologik talablar keltirilishi zarur.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini

multimediali elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirishda axborot komunikatsion
texnologiyalar vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladigan elektron ta’lim resurslari

shaklidagi o‘quv, metodik, instruktiv

-tashkiliy, axborot-

ma’lumot materiallari alohida

ahamiyat kasb etadi va quyidagi omillar aloqador ekanligi aniqlangan va ularga

quyidagicha fikrlar berib o‘tamiz :

1. Axbort-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning didaktik imkoniyatlari

interaktiv muloqot, o‘quv axborotlarini komputerli vizualizatsiyalash, o‘rganilayotgan
ob’yektlar va jarayonlarni modellashtirish, audio, video axborotlarni kompleks taqdim

etish kabi hislar paydo bo‘ladi.

2.

Ta’limda axborotlashtirish sohasini samarali elektron ta’lim resurslarini

yaratish, an’anaviy, matnli, grafik elektron mahsulotlarda izlash va hisoblash faoliyatlarni
avtomatlashtirish, o‘quv jarayonini jadallashtirish va takomillashtirishda muhim o‘rin

tutadi, hat

toki diagnostika va to‘g‘irlash jarayonida farqli ko‘rib chiqish zarur.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

116

XULOSA

Professional ta’lim muassasalari tahsil olayotgan o‘quvchilarning bilim darajasi

albatta DTS talablariga javob beradigan bo‘lishi, zamonaviy innovatsion

texnologiyalardan, das

turiy ta’lim vositalardan, mobil ilovalardan, turli platformalardan

unumli foydalangan holda tashkil qilinishi, shu bilan birga nafaqat ta’lim balki tarbiyalab

borish har bir o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilar

ning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi muhim ahamiyatga ega

bo‘lib, keyinchalik o‘z ishiga bo‘lgan munosabati va kasbiy kompetentligiga qarab, ushbu
mavzuni dolzarb deya e’tirof etishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Сластенин В.А., Подумова Л.С. Педагогика: инновационная деятельность. –

М., 1997. С.55.

2.

Э.Ф.Зеер Психология профессионального образования. –

М.: «Академия», 2013.

3.

А.К.Маркова Психология профессионализма. –

М.: Международный

гуманитарный фонд «Знание» 1996

г. 312 стр.

4.

Е.И.Кудрявцева Компетенции и менеджмент: компетенции в менеджменте,

компетенции менеджеров, менеджмент компетенций. // Сев.

-

Зап. инс

-

т упр.

-

филиал РАНХиГС Монография. Санкт

-

Петербург 2012. 340 стр.

5.

B.A.Nazarova, Pedagogika kollejlari bo‘lg‘usi o‘qituvchilarining kasbiy layoqatini

tarbiyalash: Dis....ped.fan. nom.

T .:2009.- 170 6.

6.

Sarsenbaevich K. I. THE MAIN PEDAGOGICAL REQUIREMENTS AND CRITERIA

FOR ORGANIZING TRAINING FOR THE DEVELOPMENT OF PUPILS'PROFESSIONAL

COMPETENCE USING MULTIMEDIA ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES
//CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS.

2023.

Т

. 4.

№.

03.

С. 1

-6.

7.

Sarsenbaevich K. I. Creation of the Multimedia Electronic Information on

Educational Resources //JournalNX.

С

. 117-122.

8.

Kunnazarov I. THE POSSIBILITIES OF EFFECTIVE USE OF ELECTRONIC

EDUCATIONAL RESOURCES IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF PUPILS

//

Академические

исследования

в

современной

науке

.

2023.

Т

. 2.

№.

8.

С. 87

-91.

9.

Utebaev T., Sarsenbaeva Z. Linguoculturological analysis of proverbs //Berlin

Studies Transnational Journal of Science and Humanities.

2021.

Т

. 1.

№.

1.5

Pedagogical sciences.

10.

Sarsenbaeva Z. J. Pedagogical Peculiarities of forming linguocultural

competence of higher education students in Karakalpakstan //EPRA International

Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-Peer Reviewed Journal Volume: 7.

2021.

№.

2021.

С. 161

-166.

11.

www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Сластенин В.А., Подумова Л.С. Педагогика: инновационная деятельность. - М., 1997. С.55.

Э.Ф.Зеер Психология профессионального образования. – М.: «Академия», 2013.

А.К.Маркова Психология профессионализма. - М.: Международный гуманитарный фонд «Знание» 1996 г. 312 стр.

Е.И.Кудрявцева Компетенции и менеджмент: компетенции в менеджменте, компетенции менеджеров, менеджмент компетенций. // Сев.-Зап. инс-т упр.- филиал РАНХиГС Монография. Санкт-Петербург 2012. 340 стр.

B.A.Nazarova, Pedagogika kollejlari bo‘lg‘usi o‘qituvchilarining kasbiy layoqatini tarbiyalash: Dis....ped.fan. nom. - T .:2009.- 170 6.

Sarsenbaevich K. I. THE MAIN PEDAGOGICAL REQUIREMENTS AND CRITERIA FOR ORGANIZING TRAINING FOR THE DEVELOPMENT OF PUPILS'PROFESSIONAL COMPETENCE USING MULTIMEDIA ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2023. – Т. 4. – №. 03. – С. 1-6.

Sarsenbaevich K. I. Creation of the Multimedia Electronic Information on Educational Resources //JournalNX. – С. 117-122.

Kunnazarov I. THE POSSIBILITIES OF EFFECTIVE USE OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF PUPILS //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 87-91.

Utebaev T., Sarsenbaeva Z. Linguoculturological analysis of proverbs //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т. 1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.

Sarsenbaeva Z. J. Pedagogical Peculiarities of forming linguocultural competence of higher education students in Karakalpakstan //EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-Peer Reviewed Journal Volume: 7. – 2021. – №. 2021. – С. 161-166.

www.ziyonet.uz