Авторы

  • Сирожиддин Кувватов
    Судья, Джизакский областной суд

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp206-210

Ключевые слова:

преступление лица действующие совместно уголовная ответственность индивидуальные действия соучастие

Аннотация

В данной статье анализируются вопросы уголовной ответственности за преступления, совершенные лицами, действующими совместно. Автор обращает внимание на различные взгляды на преступления, совершенные совместно действующими лицами, и высказывает свое мнение. Кроме того, в статье представлены представления о теории совместимости ответственности лиц, действующих совместно.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Fundamentals of criminal liability of participants in a crime

Sirojiddin KUVVATOV

1


Jizzakh Regional Court

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2023

Received in revised form

15 July 2023

Accepted 25 July 2023

Available online

15 August 2023

This article analyzes the issues of criminal liability for crimes

committed by persons acting jointly. The author draws

attention to different views on the crimes committed by jointly
acting persons and expresses his opinion. In addition, the article

presents ideas about the theory of compatibility of
responsibility of persons acting jointly.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp206-210

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crime,

persons committed in

complicity,

criminal liability,

actions of a person,

complicity.

Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoyat,

birgalikda harakat qilgan

shaxslar,

jinoiy javobgarlik,

shaxs harakatlari,

ishtirokchilik.

Ushbu maqolada birgalikda harakat qilgan shaxslarning

sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlik masalalari tahlil
qilingan. Muallif birgalikda harakat qilgan shaxslarning sodir
etgan jinoyatlarining

turli xil qarashlariga e’tibor beradi va o‘z

fikrlarini ilgari suradi. Bundan tashqari, maqolda birgalikda
harakat qilgan shaxslar javobgarligining muvofiqlik nazariyasi

haqida fikrlar taqdim etilgan.

Основы

уголовной

ответственности

участников

преступления

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преступление

,

лица,

действующие совместно

,

уголовная

В данной статье анализируются вопросы уголовной

ответственности за преступления, совершенные лицами,
действующими совместно. Автор обращает внимание на

различные взгляды на преступления, совершенные

1

Judge, Jizzakh Regional Court. E-mail: s.quvvatov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

207

ответственность,

индивидуальные

действия,

соучастие.

совместно действующими лицами, и высказывает свое
мнение.

Кроме того, в статье представлены представления

о

теории

совместимости

ответственности

лиц,

действующих совместно.

Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni hal

etish uchun birgalikda harakat qilgan shaxslarning javobgarligi masalasi hozirgacha

adabiyotlarda yetarli darajada tahlil qilinmagan.

Albatta jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslarini qarab chiqishdan

oldin, eng avvalo, jinoiy javobgarlikning umumiy asoslariga to‘xtalish lozim. Buning uchun

jinoyat huquqida juda ko‘p bahslarga sabab bo‘layotgan yakka shaxs tomonidan sodir etilgan

jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga jiddiy e’tibor berish zarur. Bu sohadagi bahslar
respublikamiz olimlari bilan birgalikda xorijlik olimlarni ham o‘ziga jalb

etib kelmoqda.

“Jinoiy javobgarlik –

bu sub’yektning qonun bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishda

ifodalangan xulqi uchun qo‘llanadigan davlatning majburlov chorasidir”, –

deb ko‘rsatadi,

M.X. Rustamboev[1].

Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi

normalari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy

munosabatlarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o‘z navbatida

qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa jinoyatga huquqiy
munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi uchun biron-bir

yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi
hisoblanadi [2].

Albatta jinoiy javobgarlikning yuzaga kelishi shaxs tomonidan jinoyat sodir etiladigan

ijtimoiy xavfli qilmish bilan bog‘liqdir. Shu sababli aytish mumkinki, jinoiy javobgarlikning

asosi shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish bilan izohlanadi.

Jinoiy javobgarlik shaxsning Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan qilmishni sodir

etganligi uchun shaxs va davlat o‘rtasidagi vujudga kelgan huquqiy munosabatdir [3].

Shaxs harakatlarining ijtimoiy xavfli ekanligini aniqlash uchun, avvalo, unga

jamiyatdagi axloq normalariga mos kelishi yoki kelmasligi nuqtai-nazaridan baho berish
lozim. Agar shaxsning harakatlari jamiyatdagi umumiy axloq normalariga zid keladigan

bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi uning harakatlarini jinoiy

-huquqiy nuqtai-nazardan baholash

imkoniyatiga ega. Ya’ni b

unda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning harakatlarida

jinoyat bor-

yo‘qligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Shu sababdan ham juda ko‘p mualliflar jinoiy

javobgarlikning yuridik asosi sifatida jinoyat tarkibi mavjudligini va ayni vaqtda shaxs

tomonidan jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish fakti, shaxsni jinoiy

javobgarlikka tortish uchun faktik asos bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi.

Ko‘pchilik mualliflar o‘zlarining tadqiqot ishlarida jinoiy javobgarlikning yuridik va

faktik asosla

ri to‘g‘risida emas, balki umumiy asoslari to‘g‘risida gapirishni maqsadga

muvofiq deb hisoblaydi.

“Qonunda jinoyat tarkibi belgilarining mavjudligi deb yozadi A.A.

Chistyakov,

jinoiy

javobgarlikning asosi emas. Bu haqiqatda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan q

ilmishning qonun

chiqaruvchi tomonidan berilgan tavsifidir. Jinoiy qilmishning tavsifi o‘z

-

o‘zidan jinoiy

javobgarlikning asosi bo‘la olmaydi, ular yuridik shartlar sifatida ko‘rinadi. Qilmish ham

o‘z

-

o‘zidan asos bo‘la olmaydi, uning tavsifi me’yoriy

-huquqiy jihatdan mustahkamlanmas

ekan, hech narsani anglatmaydi, huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi”.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

208

Biz bunday fikrga qo‘shila olmaymiz, chunki O‘zbekiston Respublikasi

Jinoyat

kodeksining 16-

moddasi jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lga

nda, sodir

etilgan qilmish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rsatib

o‘tilgan asos yagonadir. Bu shuni anglatadiki, shaxs uning qilmishida jinoyat tarkibining
barcha belgilari mavjud bo‘lgandagina jinoiy javobgarlikka tortilis

hi mumkin. Aks holda

jinoiy javobgarlik to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin emas. Yuqorida aytib o‘tilganlar

ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarga ham taalluqlidir. P.I. Grishaev va G.A. Kriger

to‘g‘ri ta’kidlab

o‘tganidek, “Hech qanday shubha yo‘qki

, ijtimoiy qilmish sodir etgan

ishtirokchilarning javobgarligi yakka harakat qilgan shaxslarning javobgarligi kabi

asoslantirilishi kerak”. Ammo, ba’zi sovet tadqiqotchilarining

fikricha, tashkilotchi,

dalolatchi, yordamchi kabi ishtirokchilarning harakatl

arida jinoyat tarkibi bo‘lmaydi,

chunki ular Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan qilmishning ob’yektiv

tomonini bevosita sodir etmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ular javobgarligining asosi

bo‘lib, bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish

hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha, bu masalaning hal etilishi ishtirokchilik institutining huquqiy

tabiatiga jamiyatda shakllangan ikki xil nazariya

aksessor va mustaqil nazariyalar bilan

bevosita bog‘liq.

Ishtirokchilarning aksessor javobgarligi nazari

yasiga ko‘ra, bajaruvchi o‘zining

harakatlari uchun

qanday javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa, boshqa ishtirokchilar ham,

jumladan tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ham xuddi shunday javobgarlikka
tortiladi. Albatta bu boradagi fikrlar jinoyat huquqi nazariyasida bir xil emas.

A.A.Piontovskiy ishtirokchilikning aksessor nazariyasining asosiy qoidalari sifatida

quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:

1. Ishtirokchi harakatining jinoiy-huquqiy ahamiyati u sodir etilishida ishtirok

etgan jinoyat xarakteri bilan aniqlanadi (har bir ishtirokchining harakati mustaqil

ahamiyatga ega emas).

2. Bajaruvchi (bajaruvchilar) tomonidan sodir etilgan jinoyat har bir ishtirokchiga

nisbatan tatbiq etiladi. Agar bajaruvchi tugallangan jinoyatni sodir etsa, ishtirokchilar
ham tugallangan jinoyat uchun javob beradi.

3. Agar bajaruvchining faoliyati jinoiy javobgarlikka tortish uchun zarur jinoiy

faoliyat darajasiga yetib bormagan bo‘lsa, boshqa ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan

harakatlar uchun ham ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

4.

Agar bajaruvchining harakatlarida qonunga xilof elementlar bo‘lmasa, boshqa

har bir ishtirokchining harakatlari ham qonunga xilof bo‘lmaydi.

Aksessor nazariyaning ilk ko‘rinishi o‘zga shaxsning jinoyati uchun javobgarlik

shaklida yuzaga kelgan, chunki uning bir qator tarafdorlari erkning mutlaq erkinligi
tarafdorlari pozitsiyasida turgan edi. Albatta bu yerda yuqoridagi fikrlarning barchasiga

qo‘shilish imkoniyati yo‘q. M.X.

Rustamboev ta’kidlaganidek, ishtirokchilar “...suiqasdni

tas

hkillashtirganliklari yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganliklari uchun suiqasdga yoki

jinoyatga qiziqtirganliklari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka

yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi” [4].

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik doirasini belgilash bilan

bog‘liq yana bir nazariya

bu mustaqil javobgarlik nazariyasidir. Bu nazariya

tarafdorlarining fikricha, har bir shaxs o‘zi tomonidan sodir etgan harakatlar uchun

javobgarlikka tortilishi lozim.

O‘zga shaxsning aybi uchun javobgarlik mavjud bo‘lmaydi.

Sotsiologik maktab tarafdorlarining fikricha, jinoyatchilar soni qancha bo‘lsa, jinoyatlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

209

soni ham shunchadir. I.Y.

Foyniskiyning yozishicha, “Individual javobgarlikni o‘zining tub

qoidasi sifatida

e’tirof etuvchi jinoyat huquqi anglashilmovchilik tufayli va an’anaga ko‘ra,

o‘zganing aybida jinoiy

-

huquqiy javobgarlik to‘g‘risida gapirishni davom ettiradi.

Aslida

esa, har bir kishi o‘z aybi uchun javob berishi kerak va javob beradi” [5].

Bu maktab tarafdorlari birgalikda harakat qilgan jinoyatchilarning mustaqil

javobgarligi prinsipini e’lon qilish bilan birgalikda, har bir ishtirokchining harakatlarini

mustaqil jinoyat sifatida qarab chiqishni oldinga surdi.

Ba’zida ishtirokchilik institutin

i

Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlashni taklif qilishardi.

Shunday qilib, ishtirokchilikning aksessor va mustaqil nazariyalari bir-biriga

qarama-

qarshi qo‘yilardi.

Bizning fikrimizcha, ishtirokchilarning javobgarligi bilan

bog‘liq masalani o‘rganishda har

ikki nazariyadan foydalanish zarur bo‘ladi, ularning

birini inkor etib, ikkinchisini ma’qullab biron maqsadga erishish mumkin emas, chunki

har ikkala nazariyani ham “sof” ko‘rinishda to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki har bir

ishtirokchining qilmishida javobgarlikning mustaqil asoslari mavjud va boshqa jinoyat

uchun javobgarlik to‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddalarida qonun, qonun chiqaruvchi shaxs

tomonidan

sodir etilgan tugallangan jinoyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Bu esa o‘z navbatida

tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligini anglatmaydi.

V.N.

Kudryavsev to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tganidek, Maxsus qism moddasining dispozitsiyasida

qoida tariqasida jinoyatning ob’yektiv tomoni belgilari ko‘rsatib o‘tiladi, u ham to‘liq

emas, shu sababli jinoyatning sub’yekti, ob’yektiv va sub’yektiv

tomonlarini tavsiflovchi

Umumiy qism moddalari qoidalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi [6]. Shunday qilib,

so‘z jinoyat tarkibi belgilari

to‘g‘risida borar ekan, biz uni to‘liqligicha

Jinoyat

kodeksining Umumiy va Maxsus qismida

ko‘rsatilgan belgilardan iborat bo‘lishini qayd

etmog‘imiz zarur. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qonun chiqaruvchi

tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi jinoyat ishtirokchi

larini jinoyatning ob’yektiv

tomonidagi faoliyatiga, bahoni faqatgina bir marta barcha qasddan sodir etiluvchi

jinoyatlar uchun Umumiy qismda ko‘rsatib o‘tadi. Shu sababdan ham, yuqorida

ta’kidlaganimizdek, jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi y

akka holda jinoyat

sodir etgan shaxslarning javobgarligi bilan bir xil. Ishtirokchilik jinoiy javobgarlikning

alohida, maxsus asoslarini keltirib chiqarmasligi to‘g‘risida qoidalar ilmiy adabiyotlarda

ko‘pchilik mualliflar tomonidan tan olinadi [7].

Juda k

o‘p mualliflar ishtirokchilikning aksessor tabiati to‘g‘risida gapirar ekan,

ishtirokchilikda bajaruvchining roli

masalasiga alohida e’tibor qaratadi. M.I.

Kovalevning

fikricha, bajaruvchisiz ishtirokchilik mavjud bo‘lmaydi, faqatgina bajaruvchi

ishtirokchilar tomonidan rejalashtirilgan jinoyat tarkibini bajarganda yoki bajarishga

kirishgandagina ishtirokchilikning alohida shartlari va javobgarligi mavjud bo‘lishi

mumkin [8]. Ammo, bajaruvchining jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi jinoyat sodir etishga

tayyorgarlik yoki suiqasd

belgilari bo‘yicha, bajaruvchining o‘z jinoiy niyatidan qaytgan

bosqichiga bog‘liq holda

jinoiy javobgarlikka tortiladigan jinoyatning boshqa

ishtirokchilarini javobgarlikdan ozod qilmaydi. Shubhasiz, ishtirokchilikdan ixtiyoriy

qaytishning imkoniyati mavjuddir. Agar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning

barcha harakatlariga qaramasdan jinoyatning oldini olish mumkin bo‘lmagan bo‘lsa,

ularning bu faoliyati ixtiyoriy qaytish sifatida ko‘rilishi mumkin emas va ular umumiy

asoslarda j

avobgarlikka tortiladilar [9]. Demak, ishtirokchilikning boshqa a’zolari

jinoyatdan ixtiyoriy qaytishga urinsalar-da, bunga qaramasdan bajaruvchi jinoyatni sodir

etadigan bo‘lsa, boshqa ishtirokchilar ham javobgarlikdan ozod qilinmaydi va sodir

etilgan qilmishning ishtirokchisi sifatida javobgarlikka tortiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

210

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

M.X.Rustamboyev, Jinoyat kodeksiga sharhlar.Umumiy qism. -Toshkent:

Ilm-ziyo, 2006.

2.

M.X.Rustamboev, Jinoyat huquqi. Umumiy qism. -Toshkent:TDYUI. 2005.201-b.

3.

M.Usmonaliev, Jinoyat huquqi. Darslik.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005, 114-b.

4.

Рыжов Р.С. Уголовная ответственность соучастников преступления. Дис

-

я

канд.юрид.наук.

-

Рязань, 2003, с

-140.

5.

Прохоров В.С. Вопросы теории участия в советской уголовно

-

правовой

литературе. “Правоведение” 1962, №2, с

-126.

6.

Рустамбоев М.Х. Курс уголовного права Республики Узбекистан. В пяти

томах.Т.1.

-

Ташкент, 2008.с

-320.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: Ilmiy

-amaliy sharhlar.-Toshkent.

Adolat.1997.60-b.

8.

Соболев В.В. Основание и дифференциация ответственности соучастников

преступления. Автореф. дисс. канд. юрид. наук.

-

Краснодар, 2000.с

-15.

9.

Ковалев М.И. Соучастии в преступлении.Ч.1.

-

Москва, 1990.с

-101-102.

Библиографические ссылки

M.X.Rustamboyev, Jinoyat kodeksiga sharhlar.Umumiy qism. -Toshkent: Ilm-ziyo, 2006.

M.X.Rustamboev, Jinoyat huquqi. Umumiy qism. -Toshkent:TDYUI. 2005.201-b.

M.Usmonaliev, Jinoyat huquqi. Darslik.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005, 114-b.

Рыжов Р.С. Уголовная ответственность соучастников преступления. Дис-я канд.юрид.наук.-Рязань, 2003, с-140.

Прохоров В.С. Вопросы теории участия в советской уголовно-правовой литературе. “Правоведение” 1962, №2, с-126.

Рустамбоев М.Х. Курс уголовного права Республики Узбекистан. В пяти томах.Т.1.-Ташкент, 2008.с-320.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: Ilmiy-amaliy sharhlar.-Toshkent. Adolat.1997.60-b.

Соболев В.В. Основание и дифференциация ответственности соучастников преступления. Автореф. дисс. канд. юрид. наук. -Краснодар, 2000.с-15.

Ковалев М.И. Соучастии в преступлении.Ч.1.-Москва, 1990.с-101-102.