Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving the content of the development of scientific
research competences in master’s students
Umida
USMANOVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
This article discusses the improvement of the content of the
development of research competencies among graduate
students. In the process of studying at the university and
subsequent professional development, special attention is paid
to ensuring that undergraduates are aware of the content of
scientific approaches, concepts, theories, and the latest
scientific achievements in their field.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp222-226
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovation,
science,
scientific-pedagogical
activity,
research,
scientific research,
discovery,
self-awareness,
scientific conferences,
intellectual development.
Magistratura
talabalarida
ilmiy
tadqiqotchilik
kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmun-mohiyatini
takomillashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
yangilik,
ilm-fan,
ilmiy-pedagogik faoliyat,
tadqiqot,
ilmiy tadqiqotchilik,
kashfiyot,
o‘zini o‘zi anglash,
ilmiy konferensiyalar,
intellektual-rivojlantiruvchi.
Mazkur
maqolada
magistratura
talabalarida
ilmiy
tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmun-
mohiyatini
takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi va undan keyingi kasbiy
rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o‘z fanidagi ilmiy
yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so‘ngi axborotlar
mazmunidan xabardor
bo‘lishi kerakligi asoslab ko‘rsatilgan.
1
Independent researcher (DSc), Andijan State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
223
Совершенствование содержания развития научно
-
исследовательских компетенций у магистрантов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновации,
наука,
научно
-
педагогическая
деятельность,
исследования,
научное исследование,
открытие,
самосознание,
научные конференции,
интеллектуальное
развитие.
В данной статье рассматривается совершенствование
содержания
развития
научно
-
исследовательских
компетенций у аспирантов. В процессе обучения в вузе и
последующего
профессионального
развития
особое
внимание уделяется тому, чтобы магистранты были в
курсе содержания научных подходов, концепций, теорий и
последних научных достижений в своей области.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash maqsadida
yoshlarning ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar ochib berildi.
Chunki mamlakat taraqqiyoti jamiyat a’zolarining ijtimoiy
faolligi va ilmiy salohiyati bilan
belgilanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga e’tiborni kuchaytirishdan asosiy maqsad jamiyat va
tabiatdagi o‘zgarishlarni insoniyat ongli ravishda anglab yetishi, uning qonuniyatlari
asosida inson manfaatlarini yuksaltirish, ilmiy nazariyalarni yaratish orqali milliy va
madaniy boyliklarga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat [1].
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga muvofiq: magistratura tegishli
bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiy
ligi kamida bir yil
bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi [2].
Ilmiy tadqiqot jarayonida hissiy idrok etish, abstrakt tafakkur, amalda sinab
ko‘rish o‘z ifodasini topadi. Ilmiy tadqiqot jarayoni yaxlit tizimga ega bo‘lib, asosan
uzluksiz ta’lim jarayonida shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Uning dastlabki bosqichi
maktab davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilarda ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha
boshlang‘ich tushunchalar shakllanadi. Keyingi bosqichlarda bilim, ko‘nikma va
malakalar hosil qilinadi. Tizimning yuqori bosqichlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib
borishning amaliy tatbiqini ifodalaydi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda oliy ta’lim, xususan magistratura bosqichi
asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi va unda talabalar tadqiqotchilik faoliyatlarining
aniq yo‘nalishlariga ega bo‘ladilar. Tadqiqot ishining maqsad va vazif
asidan kelib chiqqan
holda, biz dissertatsiyaning asosiy tayanch tushunchalarini quyidagicha izohlashni
maqsadga muvofiq deb hisobladik:
Magistr (magister
–
boshliq, ustoz)
–
ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori
oʻrtasidagi ilmiy daraja.
Tayanch oli
y taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan,
maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga
beriladi [3].
Ilm-
arab tilidan olingan bo‘lib, o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida
orttirilgan bilim va malakalar majmui. Fan [3].
Ilm
–
arab tilida bor “Ilmun” tarzida yoziladi, ilm deb talaffuz etiladi. Bu so‘z arab
tilida [fe’lun] qolipida yasalgan bo‘lib I bob fe’lining masdaridir, ma’nosi “bilish”
–
“o’rganish”, ma’nosini anglatadi. “Ilmiy” so‘zi ham arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
224
bo‘lib, ilm so‘zi ma’nosida “iy” qo‘shimchasi asosida arab tilidan fors tiliga, fors tilidan
o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan. Bu qo‘shimcha asosan o‘zbek tiliga arab va fors tilidan
o‘zlashgan nisbiy sifat yasaydi. Uning “viy”" shakli ham mavjud. Masalan: ma’no
-
ma’naviy
“shuro”
–
shuroviy [4].
Tadqiqot-
arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan bo‘lib, “tadqiq” so‘zining to’g‘ri
ko‘plik shaklidir Arab tilida–
[tadqiqotun] deb yoziladi, talaffuzda esa [tadqiqat] deb
aytiladi. Ma’nosi: “maydalab o‘rganish”, “tadqiq” so‘zi “dakkaka” fe’li bo‘lib “aniq bo‘lmoq,
aniqlamoq” kabi ma’nolarini beradi. [3].
Ilmiy mavzu
–
ilmiy tadqiqot talab etadigan, ma’lum sohaning dolzarb muammosi
yechimiga qaratilgan ilmiy xarakterdagi vazifadir.
Ilmiy tadqiqot
–
yangi bilimlarni ishlab chiqarish jarayoni, bilish faoliyati
turlaridan biri.
Unga ob’yektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos [3].
Ilmiy tadqiqotning hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek
natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir
–
biri bilan
bog‘langan ikki qism –
tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy
komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni tadqiqot sohasidagi shart
–
sharoit
va metodlarni, ilmiy f
arazlarni oldindan tahlil etish, tajriba o‘tkazish, olingan natijalarni
tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish,
yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni
fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish
keng tarqalgan.
Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalaridan fanning o‘zidagina emas, balki
ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda kam keng foydalaniladi.
Bugungi
kunga kelib, mamlakatimizda oliy ta’lim jahon andozalariga mos ravishda ikkita:
bakalavriat va magistratura bosqichlaridan tashkil etilgan.
Magistr
–
(ot Magistr
–
boshliq, ustoz)
–
1). Qadimgi Rimda bir necha lavozim
(mas., diktator yordamchisi,
imperiyaning so‘nggi davrida bosh qo‘mondon). Keyinchalik
Yevropada ulug‘ magistr (Grossmeyster)
- katolik ruhoniy-
ritsarlar jamoasining boshlig‘i;
2) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o‘rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy
ta’lim kursidan so‘ng qo‘shimcha dastur bajarilgan, maxsus imtihonlarni topshirgan va
muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi; 3) O‘zbekistonda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, universitetlar,
akademiyalar, institut va
oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalaridan oliy ta’limning
2
–
bosqichi
–
magistraturani tugatganlarga beriladigan daraja. Davlat malaka
attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra beriladi. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi kasb-hunar va ilmiy
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom
topshiriladi [4]
Magistratura
–
(Magistratus boshliq) 1) qadimgi Rimda davlat lavozimi; 2) ayrim
davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) ko‘p davlatlarda oliy ta’lim bosqichi;
4) O‘zbekistonda ayrim mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan,
bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’lim. Magistrlik
dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini
himoya qilgandan s
o‘ng, bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra
magistr darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar va ilmiy
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
225
Magistratura talabalarini ilmi
y tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, ularda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish muammosi o‘tmishda Sharq mutafakkirlarining asarlarida
ham keng yoritilgan. Bu borada Forobiy “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida
bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur
bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu
-
olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgatgach, tabiiy ilmlarni,
tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan
so‘ng, umuman, jonli tabi
at-
o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda,
deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish, qiziqish va muhit bo‘lishi kerakligini
alohida ta’kidlaydi. Bilim olishda tushunib, o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka
rioya etishiga alohida e’tibor beradi, jamiyatning ravnaqi ma’rifatning rivojiga bog‘liq,
degan g‘oyani ilgari suradi. U fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid
qoldirilgan barcha b
oyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Beruniy “O‘tmish
avlodlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida shunday deydi: “Faxrlanish
- haqiqatda
yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilm
-u hikmatni egallash va imkoniyat boricha
mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning
foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi” [5]. Abu Ali ibn Sino
kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi.
Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib, avlodlarga yetkazish kerak.
Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi.
“Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan
bosh tortgan kishi
odamlarning eng qo‘rqog‘idir” [6].
Mirzo Ulug‘bek boshchilik qilgan rasadxona kutubxonasi ko‘plab ilmiy asarlar,
jahondagi mashhur kishilarning asarlari bilan to‘ldiriladi va u yerda saqlanayotgan
kitoblar soni 150 mingdan ortiq bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda Samarqandda Ulug‘bek atrofiga
100 nafardan ortiq olimlar uyushgan bo‘lib, rasadxona akademiya vazifasini ham o‘tagan
edi. Madrasa bilan rasadxona orasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlab
turgan ilmiy xodimlarning bir qismi madrasada mudarrislik q
ilishgan. Ulug‘bek madrasa
toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Rasadxona bilan madrasa ilm
ahllarining birgalikdagi faoliyati Ulug‘bek ilmiy maktabida yulduz ilmi va riyoziyotini
o‘rta asrlar davrida eng yuqori pog‘onaga ko‘tardi [6].
A.Avloniy ilm egallash haqida fikr yuritar ekan: “Ilm insonlarning madori, hayoti,
rahbari, najotidur. Agar aqlning qo‘li nafsingni jilovini ushlasa, sani yomon yo‘llarga
kirmoqdan saqlar. Har narsa ko‘p bo‘lsa, bahosi arzon bo‘lur, ammo aql esa ilm va t
ajriba
soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur”, deb ta’kidlaydi.
U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u
yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga
chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi
yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir [7].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish joizki, magistratura talabalarini ilm
o‘rganishga chorlash Sharq mutafakkirlari asarlari mazmunining yetakchi g‘oyalaridan
biri hisoblangan. Yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli jalb etish jamiyatning ongli
ijtimoiy faol ishtirokchisi sifatida o‘zini to‘laqonli namoyon etishiga zamin yaratadi.
Dialektika atamasi o‘tmishda asosan uch ma’n
oda ishlatilib kelingan: birinchidan,
bahs-munozara yuritish orqali suhbatdoshlarining fikridagi qarama-qarshiliklarni fosh
etib, haqiqatga erishish quroli sifatida: ikkinchidan, falsafiy fikrlash qonun-qoidalarini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
226
o‘zida mujassamlashtirgan tafakkur shakli
sifatida; uchinchidan, falsafa va boshqa
fanlarda ilmiy tadqiqot yuritish jarayonida narsa va hodisalarni har tomonlama hamda
atroflicha bilish uchun qo‘llaniladigan usul sifatida. Arastu “Metafizika” asarida bir necha
juft toifalar, ya’ni zaruriyat va tasodif butun va bo‘lak, yakkalik va umumiylik toifalarining
mohiyati va ularning o‘zaro aloqadorligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan. Uning
yozishicha, dialektika-
barcha fanlarga ham daxldordir. Xar bir fanni o‘qitishda mantiq
ilmining to‘rtta asosiy qonu
n-qoidasiga rioya qilinmas ekan, ilmiy tafakkurni
rivojlantirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni ayniyat qonuni
–
biror narsa
haqidagi fikr tugamasdan boshqasiga o‘tib ketmaslik; ziddiyatsizlik qonuniga binoan bir
vaqtning o‘zida ikkita zid fikrning bo‘lmasligi, istisno qonuni bir vaqtning o‘zida ikkita zid
fikrdan biri hamisha rost bo‘lib, ikkinchisi yolg’on bo‘lishi, yetarli asos qonuni dalillar
asosida o‘z fikrini isbotlash bo‘lib, to‘g‘ri fikrlash asoslanganlikni isbotlashni talab qiladi.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, shuni aytishimiz joizki, talaba-yoshlar
dalillash, asoslash, ziddiyatsizlik, istisno, ayniyat qonunlarini puxta bilmoq, shundan
so‘nggina ilmiy asoslangan to‘g‘ri fikr yurita olmog‘i mumkin.
Demak, magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish
samaradorligi talaba tafakkuri darajasiga bog‘liq bo‘lib, tafakkur
–
ilmiy asoslangan
mustaqil mantiqiy bo‘lmog‘i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-5847-son Farmoni. 2019-yil 8-oktabr.
2.
23.09.2020-
yildagi O‘RQ
-637-
sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
3.
https://ziyouz.uz/kutubxona/ziyouz/lugat
lar/. O‘zbek tilining izoxli lug‘ati //
A.Madvaliev tahriri ostida.
–
Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, 2006
–
2008 yillar.
4.
JIA Hong. Reform and Exploration of International Student-Oriented Course
Construction -Taking Engineering Drawing Course as an Ehample. Advances in Social
Science, Education and Humanities Research (ASSEHR), volume 184. 2nd International
Conference on Education Science and Economic Management (ICESEM 2018).
5.
Abu Nasr Forobiy. Baxt saodatga
erishish yo‘llari haqida risola. –
Toshkent.
1992, 120-bet.
6.
N.N.Azizxodjaeva, Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.
–
T.: Cho‘lpon,
2005.
–
325 b.
7.
A.X.Maxmudov, Bo‘lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik
ta’minotini
takomillashtirish.: Ped. fan. dokt...diss. avtoref.
–
Toshkent: TDPU. 2016.
–
49 b.
