Авторы

  • Замира Тоирова
    Учитель, средняя общеобразовательная школа № 40, Урта-Чирчикский район, Ташкентской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp261-269

Ключевые слова:

iqtisodiy rayonlashtirish qayta qurish “sotsialistik” ishlab chiqarish Xalq xo‘jaligi kengashlari Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni “Paxta” dasturi

Аннотация

В данной статье проясняется роль республик в едином народном хозяйстве и обеспечение специализации всех районов в интересах страны с помощью советского метода экономического зонирования. Анализируется экономическая политика советского государства и ее связь с народным хозяйством республики, что способствует совершенствованию методологических подходов и теоретических выводов относительно последствий этой политики.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The policy of economic zoning of Soviet power in
Uzbekistan after World War II

Zamira TOIROVA

1

General Secondary Education School №40

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2023

Received in revised form

15 July 2023

Accepted 25 July 2023

Available online

15 August 2023

This article clarifies the role of the republics in a single

national economy and ensures the specialization of all regions

in the interests of the country using the Soviet method of
economic zoning. The economic policy of the Soviet state and its

connection with the national economy of the republic are
analyzed, which contributes to the improvement of
methodological approaches and theoretical conclusions

regarding the consequences of this policy.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp261-269

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

economic zoning,

reconstruction,

“socialist” production,

national economy councils,

greater Central Asia

Economic Region,

“Cotton” program.

Sovet hokimiyatining Ikkinchi

Jahon Urushidan so‘ng

O‘zbekistonda olib borgan iqtisodiy rayonlashtirish

siyosati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Iqtisodiy rayonlashtirish,

qayta qurish,

“sotsialistik” ishlab

chiqarish,

Xalq xo‘jaligi kengashlari,

Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy

rayoni,

“Paxta” dasturi.

Ushbu maqolada iqtisodiy rayonlashtirishning sovetcha

uslubi bilan barcha rayonlarni mamlakat manfaatlari yo‘lida
ixtisoslashuvini ta’minlash,

respublikalarning yagona xalq

xo‘jaligidagi o‘rni oydinlashtirilgan. Shunindek, mazkur maqola

sovet davlatining iqtisodiy siyosati, rayonlashtirish va shu

orqali respublika xalq xo‘jaligini mamlakat xalq xo‘jaligi bilan
mahkam bog‘lash, uning oqibatlariga

oid metodologik-uslubiy

yondashuvlar va nazariy xulosalarni takomillashtirishga xizmat

qiladi.

1

Teacher, General Secondary Education School №40

. Chirchik district, Tashkent region.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

262

Экономическая политика зонирования советской
власти в Узбекистане после Второй Мировой Войны

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Экономическое

районирование,

перестройка,

«социалистическое»

производство,

советы народного

хозяйства,

большой Среднеазиатский

экономический район,

программа «хлопок»

.

В данной статье проясняется роль республик в едином

народном хозяйстве и обеспечение специализации

всех районов в интересах страны с помощью советского

метода экономического зонирования. Анализируется
экономическая политика советского государства и ее связь
с народным хозяйством республики, что способствует

совершенствованию

методологических

подходов

и

теоретических выводов относительно последствий этой

политики.

KIRISH

O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilishi bilan hududlarni

kompleks

rivojlantirish masalasi doimgidek dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Mintaqalar o‘zlarida mavjud
bo‘lgan tabiiy boyliklar, qishloq xo‘jaligi xomashyosi va mehnat resurslaridan to‘laroq

foydalanish hisobiga iqtisodiy rivojlanish darajasini yanada ko‘tari

sh imkoniyatlariga ega

bo‘ldilar. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiyotning har bir

yo‘nalishi ahamiyatli bo‘lganligi bois, iqtisodiy zonalarni tashkil etish, ularning faoliyatini
yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib bormoqda. Dunyo t

ajribasida erkin iqtisodiy zonalar

faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda ham erkin
iqtisodiy zonalar ishtirokiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida ma’muriy

tartib-taomil va ruxsat berish qoidalarini soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy
tartibga solishni takomillashtirish, investitsiya jozibadorligini oshirish hamda erkin

iqtisodiy zonalar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish

muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zbekistonda sovet davlatining iqtisodiy rayonlashtirish siyosati Toshkent

iqtisodiy rayoni misolida davriy va muammoviy tamoyillar asosida olib borildi. Bunda
sovet davrida, mustaqillik yillarida nashr etilgan adabiyotlar, tadqiqotlar hamda xorijda

nashr etilgan ishlar, maqolalar tadqiqotlar o‘rganildi, sharhlandi, tanqidiy tahlil qilib

umumlashtirildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda tarixiylik tamoyili va tizimlilik, tahlil, qiyosiy-xronologik, ketma-ketlik,

xolislik kabi usullardan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Qariyb to‘rt yil davom etgan ikkinchi jahon urushi mamlakatda xalq xo‘jaligini

tinch izga o‘tkazish borasida bir qator ishlarni amalga oshirishni talab etdi. Zero, sanoatni

tinch hayotga moslab qayta qurish urushdan keyingi yillarda katta qiyinchiliklar bilan

amalga oshirildi hamda xalqning hisobsiz moddiy va jismoniy harakatlarini talab qildi.

1945-yil 26-

mayda Davlat Mudofaa Qo‘mitasining “Qurol

-

yarog‘ ishlab chiqarishni

qisqartirish munosabati bilan sanoatni qayta qurish tad

birlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi.

Bu bilan butun mamlakat miqyosida ko‘p korxonalar va butun sanoat tarmoqlari tinchlik

davri mahsulotlarini ishlab chiqarishga o‘tkazildi. Bu 1946

-yil 18-martda SSSR Oliy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

263

Sovetining sessiyasida qabul qilingan xalq xo‘ja

ligini tiklash va rivojlantirishning

1946

1950-

yillarga mo‘ljallangan to‘rtinchi besh yillik rejasida ham o‘z ifodasini topdi.

Bu besh-

yillikning asosiy xo‘jalik siyosiy vazifasi sanoat va qishloq xo‘jaligini urushdan

ilgarigi darajaga yetkazish va undan

ancha o‘zib ketishdan iborat edi.

1950-yillarga kelib sovet davlatining urushdan keyingi-yillardagi tiklanish davri

tugadi. SSSR hukumati uch-

yil davomida kelajakda rivojlanishi mumkin bo‘lgan

salohiyatni yarata oldi. Urushdan keyingi yillarda xalq xo‘ja

ligini rejalashtirish siyosati

qat’iy davom etib, besh yillik reja sotsializmning kommunizmga asta

-

sekin o‘tishning

jangovar dasturi sifatida qabul qilindi. Urushdan keyingi yillarda sovet hukumati

“iqtisodiy masalalarga umumdavlat manfaatlari nuqtai

nazaridan yondashib, har bir

respublikaning yagona xalq xo‘jaligi kompleksiga qo‘shadigan hissasi oshib borishini

ta’kidlab kelsa

-

da, biroq, mamlakatda mintaqalararo oqilona bo‘lmagan xalq xo‘jaligi

shakllantirilganligi bois respublikalar o‘rtasida ziddiyatli h

olatlar yuzaga kela boshladi.

Sanoat, ishlab chiqarish ma’lum sohada o‘sdi, biroq iqtisodiy qiyinchiliklar mamlakat xalq

xo‘jaligini barcha sohalarini qamrab ola boshladi.

Mamlakatda “sotsialistik” ishlab chiqarish munosabatlarini bunday avj oldirish

go‘yoki, yangi vazifalarni belgilab bergandek edi. Unga ko‘ra sotsialistik ishlab

chiqarishni joylashtirish bobida “markscha –

lenincha” nazariyaga, ya’ni sotsializmning

iqtisodiy qonunlariga asoslangan nazariyaga muvofiq iqtisodiy rayonlarni rivojlantirish

lo

zim edi. Bu qonunlarda mamlakatdagi barcha rayonlarni umumittifoq xo‘jaligida to‘g‘ri

ixtisoslashuvini ta’minlash, rayonlarda kompleks ravishda rivojlangan xo‘jaliklarni

vujudga keltirish, go‘yoki qoloq rayonlarni ilg‘or rayonlar darajasiga ko‘tarish asosi

da

mamlakatdagi barcha rayonlarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish kuchlarini butun

mamlakat bo‘yicha bir tekisda joylashtirilishi lozim edi. Ishlab chiqarish tarmoqlari

xomashyo hamda energiya manbalariga va iste’molchi rayonlarga yaqinlashtirilib,

bu

orqali uzoq joylardan noratsional yuk tashishlar tugatildi, rayonlar o‘rtasida iqtisodiy

aloqalarni kuchaytirish, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va mudofaa qobiliyatini

yanada mustahkamlash maqsadida demokratik mamlakatlar lagerida o‘zaro iqtisodiy

yordamni kuchaytirish, rayonlarda katta elektr stansiyalari va kuchli elektr energiyasi

berish liniyalari qurish asosida ishlab chiqarishni go‘yoki yuksak darajada

elektrlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Bunday usuldagi mintaqaviy boshqaruv “SSSRda

iqtisodiy rayonlarning

shakllanishi va mehnatning mintaqaviy bo‘linishiga olib keldi”, bunday usul go‘yoki xalq

xo‘jaligini tarmoqlarga ajratib, rejalashtirish asosida boshqarishni, sotsialistik xalq

xo‘jaligi tarqoqligini bartaraf etishi, hududiy, tarmoql

araro boshqaruvga asoslanishi

lozim edi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda iqtisodiy va ma’muriy

rayonlarni birlashtirish boshlandi. Xalq xo‘jalik kengashlari tuzila boshladi. 1957

-

yilgacha viloyatlar ma’muriy jihatdan bo‘lingan bo‘lsa, endi iqtisodiy jihatdan bo‘linishga

asosiy urg‘u berildi. Bunga ko‘ra ma’muriy

-

iqtisodiy rayon “asosini mamlakat miqyosida

xalq xo‘jaligining sanoat yoki qishloq xo‘jalik sohalarini ishlab chiqarishini o‘zida

jamlagan bo‘lishi” lozim edi. Ayni paytda iqtisodiy

rayonlar tabiiy shart-sharoit, aholining

to‘plagan tajribasi, ishlab chiqarish sohasidagi malakalardan foydalangan holda

ixtisoslashishi, mehnatni eng kam sarf qilishni hisobga olib, boshqa iqtisodiy rayonlar

bilan ratsional aloqalar o‘rnatishi, iqtisodiy rayonlarda xalq xo‘jaligini kompleks

rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan tarmoqlarni esa yanada yuqori darajada rivojlantirishi,

kuchli ishlab chiqarish texnika bazasi va yaxshi tayyorlangan yuqori malakali mutaxassis

kadrlarning mavjudligi kabilarga alohi

da e’tibor qaratishi lozim edi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

264

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, SSSR xalq xo‘jaligining muayyan territorial qismi

iqtisodiy rayon deb atalib, bu mintaqalar mamlakatning boshqa mintaqalariga nisbatan

o‘zining ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishi bilan ajra

lib turdi. Iqtisodiy rayonlarga

bo‘lish vaqtida mamlakatning siyosiy

-

ma’muriy jihatdan bog‘lanishi ham maqsad qilib

olingan. Har bir rayon mamlakatdagi kengaytirilgan sotsialistik takror ishlab

chiqarishining bir butun tizimida rivojlanib, o‘z hissasini qo‘shgan. Bu hissa butun

sotsialistik ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy qonuniga muvofiq ravishda rivojlanishini

ta’minlagan. SSSRdagi har bir iqtisodiy rayon umumittifoq xo‘jalik tizimidagi rayon
bo‘lgan, ularning umumittifoq mehnat taqsimotida, umumdavlat xo‘jaligida o‘zining

ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish o‘rni bo‘lgan va har bir iqtisodiy rayon o‘z rolini

bajargan. Har bir rayon mamlakatdagi kengaytirilgan sotsialistik takror ishlab

chiqarishining bir butun tizimida rivojlanib, o‘z hissasini qo‘

shgan. Bu hissa butun

sotsialistik ishlab chiqarish sotsializmning asosiy iqtisodiy qonuniga batamom muvofiq

ravishda rivojlanishini ta’minlagan. Biroq, Xalq xo‘jaligi kengashlari tuzilgan dastlabki
vaqtdan boshlab iqtisodiy rayonlar o‘rtasida xomashyo va

mahsulot yetkazib berishda

tushunmovchiliklar kelib chiqa boshladi.

1961-yilga kelib mamlakatda iqtisodiy rayonlar 17 taga yetkazildi. 1963-yilda

qayta ko‘rib chiqilib, 18 ta bo‘ldi. Biroq, iqtisodiy kengashlar faoliyati yuqoridan turib

boshqaruvga asoslanganligi sababli natija bermadi. Milliy daromad esa 1961

1965-

yillarda 5,7 foizgagina o‘sdi. Bu avvalgi besh yillikka nisbatan ancha kamaydi. Xalq

xo‘jalik kengashlari o‘rtasidagi xomashyo, tayyor mahsulot yetkazib berishdagi

“begonalik” partiya belgilab bergan rejalarni bajarish imkonini bermadi. Xalq xo‘jalik

kengashlari faoliyati 1966-yilga kelib tugatilib, iqtisodiy rayonlar soni 18 taligicha qoldi.

1956

1960-yillardagi besh yillik rejalarida mamlakatning asosan Yevropa qismida

elektr va issiqlik korxo

nalarini qurishga asosiy e’tibor qaratildi.

1959

1965-yillar besh-

yillik rejalarida asosiy e’tibor mamlakatning Sharqiy rayonlariga qaratildi. 1966–

1970-yillardagi sakkizinchi besh yillikka kelib, mamlakatda iqtisodiy rayonlar 18 taga

yetdi. Bu besh-yilli

kda ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, ya’ni

mamlakatning Sharqiy hududlarida yoqilg‘i qazib olishni ko‘paytirish, elektroenergiya

ishlab chiqarish, rangli metall ishlab chiqarish, kimyo sanoatini rivojlantirish, hamda

mamlakatning g‘arbiy va sharqiy hududlari o‘rtasida xo‘jalik aloqalarini rivojlantirishga

qaratildi. 1971

1975-

yillarni o‘z ichiga olgan to‘qqizinchi besh

-yillikda ham 18 ta

iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, tabiiy imkoniyatlardan

foydalanish, mamlak

at sharqiy rayonlarini iqtisodiy salohiyatini yanada o‘stirish

belgilandi. Buning uchun kapital mablag‘ning 1/3 qismi ajratildi. 1976–

1980-yillardagi

besh yilliklarda yana mamlakatning sharqiy hududlarida neft, gaz qazib olishni

ko‘paytirish, alyumin ishla

b chiqarishni 90 foizga, mis olishni 80 foizga, sellyulozani

45 foizga yetkazish belgilandi. Xususan, O‘zbekiston SSRda sanoat mahsulotlari ishlab

chiqarishni 35-

39 foizga, Qirg‘iziston SSRda 33

-37 foizga, Tojikiston SSRda 38-42 foizga,

Turkmaniston SSrda 30-

34 foizga o‘stirish belgilab berildi. O‘zbekiston SSRda elektr,

elektrotexnika va kimyo sanoatini, oziq-ovqat, yengil sanoat mashinasozligini

rivojlantirish, paxtachilik va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish kabi vazifalar
belgilandi. Shuni

ngdek, O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligining yalpi

-yillik mahsulotini

21-

24 foizga, Qirg‘iziston SSRda 12

-15 foizga, Tojikiston SSRda 15-18 foizga,

Turkmaniston SSRda 14-

17 foizga, ko‘tarish belgilandi. 1980

-

yilda O‘zbekiston SSR paxta

yetishtirishni 5,8

mln.tonnaga olib chiqish, ko‘mir qazib olishni 124

-127 mln.ga tonnaga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

265

yetkazish, neftni qayta ishlashni 3.8-martaga oshirish, Turkmaniston SSRda

elektroenergiya ishlab chiqarishni 2-

martaga ko‘paytirish, neft qazib chiqarishni

1.5-martaga oshirish kabi v

azifalar belgilab berildi. Bulardan ko‘rinadiki, mehnat

salohiyatining yetarliligi, yer osti konlarining mavjudligi, suv resurslarining yetarliligi,
iqlimi kabi omillar mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, mamlakat xalq

xo‘jaligini rivojlantirish uchun mamlakatning (Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni. M.A.)
Sharqiy hududlardagi salohiyatdan imkon daraja foydalanish zaruratini qo‘ydi. Biroq,

xalq xo‘jaligi kengashlarining orasida dastlabki vaqtdan xomashyo, tayyor mahsulot

yetkazib berishdagi tushunmovchiliklar, kelishmovchiliklar bir qator muammolarni

keltirib chiqardi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, sotsialistik ishlab

chiqarishning maqsadi, sotsializmning asosiy iqtisodiy qonuni tomonidan
belgilanganidek, butun

jamiyatning to‘xtovsiz o‘sib borayotgan moddiy va madaniy

ehtiyojlarining “maksimal darajada qondirilishini ta’minlash” bo‘lganligini hisobga olgan

holda, bu iqtisodiy rayonlar butun mamlakat manfaatlari uchun xizmat qildi. Har bir

iqtisodiy rayon rivojlanishi xuddi ana shu sotsialistik ishlab chiqarish iqtisodiy qonuni
talablariga batamom muvofiq ravishda amalga oshirildi. Shu sababli avvalo butun

sotsialistik jamiyatning, umuman butun mamlakatning ehtiyojlarini qondirish bilan

bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilishda avvalo har bir rayonning roli va tutadigan o‘rni

belgilandi. Shunga binoan iqtisodiy rayon xo‘jalik kompleksidagi ixtisoslashtirilgan
tarmoqlar, ya’ni xo‘jalikning umumittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy bo‘g‘ini sifatida

belgilandi. Masalan, Moskva oblastidagi asosiy tarmoqlar

mashinasozlik va

elektrotexnika, Uralda -metallurgiya va mashinasozlik, Ozarbayjonda

neft sanoati va

paxtachilik, Ukrainada

ko‘mir sanoati, metallurgiya, don sanoati, mamlakatning

Shimoliy rayonlarida

o‘rmon xo‘jaligi, O‘rta Osiyo respublikalarida

paxtachilik,

ipakchilik, qorako‘lchilik, Qozog‘istonda

rangli metallurgiya, chorvachilik, don xo‘jaligi

va boshqalarga ixtisoslashdi.

1970

1980-

yillarga kelib esa, ish bilan so‘z o‘rtasidagi qarama

qarshiliklar, katta

vazifalarni belgilashda, mustaqil qaror qabul qilishda bir qator muammolarni keltirib

chiqardi.

Iqtisodiy rayonlar sotsialistik ishlab chiqarishning iqtisodiy qonunlariga muvofiq

amalga oshirilishi bilan avvalo butun mamlakat ehtiyojlarini qondirish

bilan bog‘liq

bo‘lgan vazifalarni bajargan bo‘lsa, shunga binoan ular xo‘jalik kompleksidagi

ixtisoslashtirilgan tarmoqlar umumittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy bo‘g‘in bo‘lib
qoldi. Shu tariqa SSSR xalq xo‘jaligida qabul qilingan sotsialistik tuzumn

ing iqtisodiy

qonuniyatlariga asoslangan hududiy ishlab chiqarish aslida mamlakat ijtimoiy

iqtisodiy

rivojlanish istiqbollarini belgilab berdi.

O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoniga O‘zbekiston SSR, Qirg‘iziston SSR, Tojikiston SSR va

Turkmaniston SSR respubli

kalari kirgan. O‘zbekiston SSR mana shu iqtisodiy rayonlar

orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, maydonining hajmi jihatidan Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy
rayonini tashkil etgan respublikalar orasida Turkmaniston SSRdan so‘ng ikkinchi o‘rinda

turdi. Uning maydoni 449,6 ming km2.ni tashkil etdi. Bu maydonga Buyuk Britaniya,

Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Avstriya davlatlarini sig‘dirish mumkin edi. Umuman

olganda O‘zbekiston SSR SSSR territoriyasining 2 foizini egallab, bu yerda mamlakat

aholisining 5,1 foizi istiqomat qilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

266

O‘zbekistonning Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayonida tutgan o‘rni yuqori bo‘lgan,

O‘zbekiston SSR sanoati mamlakat sanoatining tarkibiy qismi edi. O‘zbekiston SSRning
ishlab chiqarish usuli va uslubi bir muncha boshqacha bo‘lib paxtachilik

respublika

qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it tayyorlash, paxta tozalash sanoati, to‘qimachilik
sanoati va unga mashina hamda uskunalar yetkazuvchi korxonalar, qishloq xo‘jaligi

mashinasozligi sohalarini rivojlanish imkonini berdi. Shu sababli O‘zbekis

tonda xalq

xo‘jaligining nuqsonli, bir tomonlama xomashyo tuzilmasi shakllandi. Ayni paytda

O‘zbekiston paxtachilik sanoatidan tashqari qora va rangli metallurgiya, mahalliy
ehtiyojni qondiruvchi iste’mol buyumlari yaratuvchi tarmoqlar rivojlandi. O‘zbekis

ton

SSRdagi ko‘ptarmoqli mashinasozlik katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni iqtisodiyotida o‘z
o‘rniga ega bo‘ldi. Uning tarkibida 300 ta tashkilot bo‘lib, ulardan 70 tasi 16 ta

butunittifoq vazirliklariga qarashli katta mashinasozlik zavodlari edi.

Shuningd

ek, O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarida sabzavotchilik, bog‘dorchilik

va uzumchilik mahsulotlari yetishtirish va tez buziladigan mahsulotlarni qayta
ishlaydigan agrar-sanoat korxonalari, kombinatlari va birlashmalari tuzildi. Respublikada

hududiy agrar sanoat birlashmalari (ASB)lar tashkil etildi. 1980-yillar respublikada ana

shunday ASBlar 17 ta bo‘lib, ular Toshkent iqtisodiy rayonida

5 ta, Farg‘ona iqtisodiy

rayonida

5 ta, Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayonida

3 ta, Buxoro

Qizilqum iqtisodiy

rayonida

1 ta, quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida

2 ta, Surxondaryo iqtisodiy rayonida

1 ta bo‘lgan.

O‘zbekistondagi iqtisodiy rayonlarning o‘zi respublikani ancha murakkab ahvolga

solib qo‘ygan edi. Joylashtirilgan korxonalar hududlar o‘rtasida jiddiy

nomutanosiblikni

keltirib chiqarar edi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda mavjud sanoat

korxonalari mamlakat miqyosidagi 18 ta vazirlikka bo‘ysundirilgan edi. Ayni paytda

viloyatlarda turli sohaga ixtisoslashgan sanoat korxonalari yoki ularning kichik

tarmoqlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lsa

-da, respublikadagi sanoat

korxonalarining yig‘indisi asosan Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga

to‘g‘ri kelgandi. Qolgan Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘isto

nda

ASSRda xalq xo‘jaligi uchun zarur zaxira va imkoniyatlar mavjud bo‘lsa

-da, bu yerlarda

sanoat rivojlanish ko‘rsatkichlar ancha orqada edi.

Mehnatning mintaqaviy bo‘linishiga ko‘ra Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni

Shuningdek, “Paxta” xomashyo kompleksi atrofida ham rivojlangan edi. “Paxta” dasturi
ma’lum maqsadlar sari aniq yo‘naltirilgan bo‘lib, u 11 ta qismlardan iborat bo‘lgan.

Jumladan, paxta ekiladigan maydonlarni kengaytirib borish, paxta hosildorligini oshirish,

yagona xalq xo‘jaligini yuqori sifatli xomashyo bilan ta’minlash, xomashyo sifatini saqlab

turish, paxtadan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, paxta
xomashyosini yetishtirishda sohani muntazam ishchi kuchi bilan ta’minlab turish, suv

zaxiralarini to‘g‘ri ishlatish, ayni paytda suv bilan ta’minlashni yuqori bosqichda amalga
oshirish, tuproqni takror ishlab chiqarishini ta’minlash, atrof

-muhitni himoyalash, sanoat

va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari kompleksini

rivojlan

tirish, paxta yetishtirishda texnik bazani mustahkamlash, xalq xo‘jaligida

paxtachilik kompleksini iqtisodiy uslublar asosida takomillashtirish, xalq xo‘jaligida

xizmat mexanizmini takomillashtirish kabilar tashkil etar edi. Ushbu dastur mamlakat

xalq xo‘jaligida paxta xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish va o‘zaro Iqtisodiy

yordam kengashi davlatlari tarkibiga kiruvchi sotsialistik davlatlarni xomashyo bilan

ta’minlash orqali tashqi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

267

1970-yillarda sob

iq SSSRda turg‘unlik davrining boshlanishi, ya’ni ijtimoiy

-

iqtisodiy jihatdan rivojlanish sur’atining pasayishi haqida bila turib sukut saqlandi va bu
davrdagi ko‘rsatkichlar iloji boricha ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozish orqali

bo‘rttirildi. O‘z

-

o‘zini

maqtash bilan erishilgan natijalar haqida yolg‘on hisobotlar berish,

qabul qilingan qarorlar ustidan tegishli nazoratning yo‘qligi xalq xo‘jaligida xo‘jasizlik

hamda sarf-

xarajati ko‘p iqtisodiyotni shakllantirdi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar

avval

partiya tashkilotlarida ko‘rilib, keyin ijrochi tashkilotlarga topshirilishi bilan

mamlakat xalq xo‘jaligi boshqaruvi butunlay partiyaning qo‘lida qoldi. Yuqoridan pastga

qarab rejali rahbarlik qilish, rivojlanishda sarf

xarajatdan iborat bo‘lgan yondas

huv,

respublikalarda ishlab chiqarishning bir sohaga ixtisoslashib, iqtisodiy majburiyat

darajasiga ko‘tarilishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga, moddiy va nomoddiy ishlab

chiqarishga, ijtimoiy

madaniy jabhalarga ta’sir etib, iqtisodiy o‘sishning

umumiy

dinamikasini izdan chiqarib yubordi.

Aslida mamlakatda yuzaga kelgan jarayonlar o‘z navbatida ittifoqdosh

respublikalarda ham qiyin kechib, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy qarama-qarshiliklarni

kuchaytirdi. Sotsialistik ishlab chiqarish qonunlariga k

o‘ra davlatning iqtisodiyotni

rejalashtirishi va uning boshqarilishi bir-biridan ajralmagan holda olib borilgani sababli

iqtisodiy rayonlar hududiy rejalashtirishning asosiy omili bo‘ldi. Mamlakatdagi barcha

iqtisodiy

geografik, rejali boshqaruv, tuman v

a ma’muriy

hududiy rayonlarning

barchasi sovet iqtisodiy qonuniga ko‘ra iqtisodiy rayonlar hisoblandi.

XX asr 80-yillarida ham ittifoqdosh respublikalar haq-huquqlari cheklanganligicha

qolaverdi. Respublikalar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini tenglashtirish masalasi-

yillar davomida hal bo‘lmay, amalda mamlakat iqtisodini yanada og‘ir holatga tushishiga

sabab bo‘ldi. Zero, XX asr 80

-yillaridagi ilmiy yechimini topmagan va hech qanday ilmiy

xulosalar, jahondagi ilg‘or tajribalarga asoslanmagan “jadallashtirish”, chuqur o‘ylanmagan

va kommunistik mafkura doirasidan chiqa olmagan “qayta qurish” jarayonlarini joriy etish
bilan ham sobiq sovet davlatida yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni bartaraf etib

bo‘lmas edi. Isrofgarchilikning aniq ko‘rinishi bo‘lgan xo‘jasizlik natijasida mamlakat ishlab
chiqargan mahsulotni o‘zi iste’mol qildi yoki dunyodagi muhtoj davlatlarga yordam

tariqasida jo‘natdi. Ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar bo‘lsa olingan daromaddan ortib
ketdi. “Yagona xalq xo‘jaligi” kompleksi tarkibidagi iqtisodiy hayotining barcha sohalari

markazdan boshqarilishi natijasida sovet davlatining iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari
jihatidan dunyodagi rivojlangan davlatlardan ancha orqada qolib ketdi. Rejani bajarish

q

onun qilib qo‘yilgan sharoitda korxonalarni yangi texnika va texnologiya bilan jihozlash

haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Masalan, O‘zbekistonda 1985

-yilga kelib 1500

dan ortiq ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar mavjud bo‘lgan h

olda

respublika iqtisodi bir joyda depsinib turaverdi va hatto ayrim sohalarda orqaga ketish

hollari ro‘y berdi.

XULOSA

Sovet davlati xalq xo‘jaligida iqtisodiy rayon deb atalgan hududlar butun sovet

mamlakatida umumittifoq xo‘jalik tizimidagi hudud bo‘lgani xolda, ular o‘zining

ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishi bilan har bir iqtisodiy rayon o‘z vazifasini bajardi.

Ular sotsialistik ishlab chiqarish tizimida ishlab, sotsializmning asosiy iqtisodiy qonuniga

amal qildilar. Ayni paytda mamlakatdagi iqtisodiy rayonlarni rivojlantiradigan jihatlar

rayondagi texnika, muayyan ishlab chiqarish malakalariga ega bo‘lgan aholi, shuningdek,

tabiiy sharoiti va boyliklar bo‘lgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

268

Biroq, sovet davlatida rasman e’lon qilingan iqtisodiy va ma’muriy rayonlashtirish

siy

osati respublika, o‘lka va viloyatlarda faoliyat yuritgan Xalq Xo‘jaligi sovetlari

mamlakatda sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib kelmadi. O‘rta Osiyo iqtisodiy

rayonining bir qismi bo‘lgan O‘zbekistonda xo‘jalikning asosiy tarmog‘i paxtachilik bo‘lib,
bu tarmoq umumittifoq ahamiyatiga ega bo‘ldi hamda sovet ittifoqida yetishtiriladigan

paxtaning uchdan ikki qismini O‘zbekiston berdi. O‘zbekistonning umumittifoq mehnat

taqsimotidagi, butun sovet ittifoqining iqtisodiy qudratini mustahkamlashdagi asosiy roli,

muhim ahamiyati xuddi ana shunda bo‘lgan edi. Paxta tolasi mamlakat bo‘ylab kiyim

-

kechak uchun turli xildagi ip-gazlamalar, trikotaj buyumlar, brezentlar, parashyut uchun

ishlatiladigan maxsus gazlamalar, harakatni bir mexanizmdan ikkinchi mexanizmga

ko‘chirish tasmalari, korj tayyorlash uchun ishlatiladigan iplar, (korj –

avtomobil

pokrishkalari tayyorlash uchun ishlatiladigan zarur buyum), baliq ovlash to‘rlari, elektr
simlarini o‘rash uchun ishlatiladigan buyumlar, oyoq kiyimini tayyorlash uchun

ish

latiladigan maxsus kirza gazlamalari ishlab chiqariladi. Paxta kimyo, qog‘oz sanoatida,

sanoatning boshqa tarmoqlarida ham ishlatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Партия

СССРда

социализм

қуришни

тугаллаш

даврида

(1946-1958

йиллар

)

//

Ўзбекистон

коммунисти

.

1967 йил, 1 январь. –

65-

бет.

2.

История России. С древнейших времен до конца ХХ века. –

Москва. АСТ,

2000.

С.526.

3.

Бедринцев Н.К. СССР Халқ хўжалигида Ўзбекистоннинг тутган ўрни. ... –

6-

бет.

4.

Досумов Р.Я. Перестройка управления промышленным производством

в новых условиях хозяйствования. –

С. 24.

5.

Зиядуллаев Н.С. Моделирование региональных экономических систем. ...

-

С. 10

-11.

6.

Елизаров

С.А. Экономическое районирование и административно

-

территориальное

деление:

исторический

опқт

БССР

//

Белорусский

экономический журнал. 2007.

-

№4,

С.123.

7.

Зокиров Ш. Ўзбекистон халқ хўжалиги ва унинг бутуниттифоқ меҳнат

тақсимотида тутган ўрни. –

Тошкент. “Қизил Ўзбекистон”, “Правда Востока”,

“Ўзбекистони Сурх” бирлашган нашриёти, 1960. –

4-

бет.

8.

Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР (перспективы и

проблемы). Пособие для учителей. –

Москва. Просвещение, 1977. –

С.7.

9.

Колосовский Н.Н.

Теория экономического районирования. –

Москва.

Мысль, 1969. –

С.295.

10.

ЎзР МА. Р

-2303-

фонд, рўйҳат

-

1, йиғма жилд

-2. 17-

11.

Морозова Т.Г. Экономическая география России. –

Москва. Юнити

-

Дана, –

С. 342.

12.

Палеев

Ю.Н.

Экономическые

районы

СССР.

https://www.booksite.ru/fulltext/1/001/008/106/995.htm.

13. См. Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР. (Перспективы и

проблемы). Пособие для учителей. –

Москва. Провещение, 1977.

-

С.17

-19.

14. Коммунистическая партия Советского Союза в резолюциях съездов,

конференций и пленумов ЦК. Т.13. 1976

-1980.

Москва. –

Изд. Полит лит. 1987. –

С.79

-84.

15. Алаев Э.Б.Эффективность комплексного развития экономического

района. –

Москва. Наука, 1965. –

С.7.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2023) / ISSN 2181-1415

269

16.

Бедринцев К.Н. СССР Халқ хўжалигида Ўзбекистоннинг тутган ўрни.

-

№51.... –

4-

бет.

17.

Палеев

Ю.Н.

Экономическые

районы

СССР.

https://www.booksite.ru/fulltext/1/001/008/106/995.htm.

18.

Бедринцев К.Н. Ўзбекистон ва унинг иқтисодий районлари. ...

-37-

б.

19.

Қаранг: Управление социалистическим производством. Вопросы теории и

практики. –

М.:Экономика, 1978. –С. 678

-679.

20.

Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. –

Тошкент: Ўзбекистон, 1996. Т. 1.

-

Б.

-61.

21.

Зиядуллаев К. Индустрия советского Узбекистана…

-

С. 6

.

22.

Интенсификация

развития

машиностроительного

комплекса

Узбекистана. –

Ташкент. Фан, 1988.

-

С. 34.

23.

Бедринцев

А.К.

Ўзбекистон

территориал

ишлаб

чиқариш

комплексларини шакллантириш. –

Тошкент. Ўзбекистон. 1982.

27-28-

бетлар.

24.

Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет

мустамлакачилиги даврида.

-

Тошкент: Шарқ, 2000.

Б.

-529.

25.

Досумов Р.Я. Перестройка управления промышленным производством в

новых условиях хозяйствования...

-

С. 12.

26.

Зиядуллаев Н.С. Моделирование региональных

экономических систем...

-

С. 122.

27.

Қаранг:

Досумов

Р.

Перестройка

управления

промышленным

производством в новых условиях хозяйствования.

Ташкент: Фан, 1990.

-

С. 7.

28.

Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий

-

иқтисодий муносабатлар. ...

-

Б

-12.

29.

Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР (перспективы и

проблемы). Пособие для учителей. –

Москва. Просвещение, 1977. –

С.5.

30.

Қаранг: Дзарасов С. Партийная реформа. Какой ей быть? // Правда.

1989 год 27 декабрь.

Библиографические ссылки

Партия СССРда социализм қуришни тугаллаш даврида (1946-1958 йиллар) // Ўзбекистон коммунисти. 1967 йил, 1 январь. – 65-бет.

История России. С древнейших времен до конца ХХ века. – Москва. АСТ, 2000. – С.526.

Бедринцев Н.К. СССР Халқ хўжалигида Ўзбекистоннинг тутган ўрни. ... – 6-бет.

Досумов Р.Я. Перестройка управления промышленным производством в новых условиях хозяйствования. – С. 24.

Зиядуллаев Н.С. Моделирование региональных экономических систем. ... -С. 10-11.

Елизаров С.А. Экономическое районирование и административно-территориальное деление: исторический опқт БССР // Белорусский экономический журнал. 2007. -№4, - С.123.

Зокиров Ш. Ўзбекистон халқ хўжалиги ва унинг бутуниттифоқ меҳнат тақсимотида тутган ўрни. – Тошкент. “Қизил Ўзбекистон”, “Правда Востока”, “Ўзбекистони Сурх” бирлашган нашриёти, 1960. – 4-бет.

Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР (перспективы и проблемы). Пособие для учителей. – Москва. Просвещение, 1977. – С.7.

Колосовский Н.Н. Теория экономического районирования. – Москва. Мысль, 1969. – С.295.

ЎзР МА. Р-2303-фонд, рўйҳат-1, йиғма жилд -2. 17-.б

Морозова Т.Г. Экономическая география России. – Москва. Юнити-Дана, - С. 342.

Палеев Ю.Н. Экономическые районы СССР. https://www.booksite.ru/fulltext/1/001/008/106/995.htm.

См. Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР. (Перспективы и проблемы). Пособие для учителей. – Москва. Провещение, 1977. -С.17-19.

Коммунистическая партия Советского Союза в резолюциях съездов, конференций и пленумов ЦК. Т.13. 1976-1980. – Москва. – Изд. Полит лит. 1987. - С.79-84.

Алаев Э.Б.Эффективность комплексного развития экономического района. – Москва. Наука, 1965. – С.7.

Бедринцев К.Н. СССР Халқ хўжалигида Ўзбекистоннинг тутган ўрни. -№51.... – 4-бет.

Палеев Ю.Н. Экономическые районы СССР. https://www.booksite.ru/fulltext/1/001/008/106/995.htm.

Бедринцев К.Н. Ўзбекистон ва унинг иқтисодий районлари. ... -37-б.

Қаранг: Управление социалистическим производством. Вопросы теории и практики. – М.:Экономика, 1978. –С. 678-679.

Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. –Тошкент: Ўзбекистон, 1996. Т. 1. -Б.-61.

Зиядуллаев К. Индустрия советского Узбекистана… -С. 6.

Интенсификация развития машиностроительного комплекса Узбекистана. – Ташкент. Фан, 1988. -С. 34.

Бедринцев А.К. Ўзбекистон территориал ишлаб чиқариш комплексларини шакллантириш. – Тошкент. Ўзбекистон. 1982. - 27-28-бетлар.

Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. -Тошкент: Шарқ, 2000. - Б.-529.

Досумов Р.Я. Перестройка управления промышленным производством в новых условиях хозяйствования... -С. 12.

Зиядуллаев Н.С. Моделирование региональных экономических систем... -С. 122.

Қаранг: Досумов Р. Перестройка управления промышленным производством в новых условиях хозяйствования. - Ташкент: Фан, 1990. -С. 7.

Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар. ...- Б-12.

Костенников В.М. Развитие экономических районов СССР (перспективы и проблемы). Пособие для учителей. – Москва. Просвещение, 1977. – С.5.

Қаранг: Дзарасов С. Партийная реформа. Какой ей быть? // Правда. 1989 год 27 декабрь.