Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The specifics of crimes committed in cyberspace and the
problems of their disclosure
Shakhrukhbek MUKHAMMATKULOV
1
Tashkent City Department of Internal Affairs
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
In this article, the author explains a number of differences
between crimes committed via the Internet from crimes
committed in everyday life from a practical point of view. Each
of them proves the opinion using practical examples to justify it.
It also performs analysis using statistical data. This means a
better understanding of cybercrime, as well as the
permissibility of actions in the investigation process with a
correct assessment of the degree of public danger of the crime.
At the same time, the author provides valuable information on
how to investigate cybercrime and how to protect it effectively
using his personal views, as well as scientifically based
resources. The article consists of an introduction, an analysis of
problems, practical suggestions, as well as parts of the
conclusion.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp302-308
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
cyberspace,
cybercrime,
cybersecurity,
qualification of crimes.
Kibermakonda sodir etilgan jinoyatl
arning o‘ziga xos
jihatlari hamda ularni ochish muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kiberhudud,
kiberjinoyatchilik,
kiberxavfsizlik,
jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilish.
Mazkur maqolada muallif internet jahon tarmog‘i orqali sodir
etiladigan hamda etilayotgan jinoyatlarning kundalik hayotda
ijtimoiy hayotda sodir etilayotgan jinoyatlardan bir qator farqli
hijatlarini amaliy jihatdan tushuntirib beradi. Hamda har bir
keltirgan fikrini asoslash uchun amaliy misollar yordamida
dalillaydi. Shuningdek, statistik maʼlumotlar yordamida tahlillarni
amalga oshiradi. Bu esa kiberjonoyatchilikning yana-da yaxshi
tushunilishi hamda tergov qilish jarayonida jinoyatning ijtimoiy
1
Employee of the Department for Combating Cybersecurity, The Main Department of Information Technologies in
the Field of Combating Crime, Tashkent City Department of Internal Affairs. E-mail: sh.muhammatqulov@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
303
xavflilik darajasini to‘g‘ri baholagan holda harakat qilish joizligini
anglatadi. Shu bilan birga, muallif o‘z shaxsiy qarashlari hamda
ilmiy asoslangan manbaalar yordamida kiberjinoyatchilikni
qanday tergov qilish va undan qanday samarali himoyalanish
zarurligi haqida qimmatli maʼlumotlarni keltiradi. Maqola kirish,
muammolar tahlili, amaliy takliflar hamda xulosa qismlaridan
tashkil topgan.
Специфика
преступлений,
совершаемых
в
киберпространстве
и проблемы их раскрытия
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
киберпространство,
киберпреступность,
кибербезопасность,
квалификация
преступлений
.
В этой
статье автор с практической точки зрения
объясняет ряд отличий преступлений, совершаемых через
интернет, от преступлений, совершаемых в общественной
повседневной жизни. Каждый из них доказывает свое
мнение,
используя
практические
примеры
для
обоснования.
Он
также
выполняет
анализ
с
использованием статистических данных. Это означает
лучшее
понимание
киберпреступности,
а
также
допустимость действий в процессе расследования с
правильной оценкой степени общественной опасности
преступления. В то же время автор приводит ценную
информацию о том, как расследовать киберпреступность и
как эффективно ее защитить, используя свои личные
взгляды, а также научно обоснованные ресурсы. Статья
состоит из введения, анализа проблем, практических
предложений, а также частей заключения.
Bugungi kunda internet tarmog‘i yetib borgan makon borki, bu tarmoq orqali sodir
etiladigan u yok bu darajdagi jinoyatchilik qurboniga aylanib ulgurdi. Oddiy jinoyatchilikdan
far
qli o‘laroq kiberhududda [1, Masanao Takeyama] sodil etilgan jinoyatlar o‘zining fosh
qilish juda murakkabligi bilana alohida qiyinchilik keltirib chiqaradi. 2020-yilning birinchi
yarmida O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatlari soni bir yil oldingiga qaraga
nda ikki barobarga
ko'payib, olti oyda 3 ming 881 tani tashkil etgani va boz ustiga, texnologiya rivoj topgani sari
firibgarlikning yangidan yangi turlari paydo bo‘layotganligi ta’kidlangan edi [2,Qutbiddin
Burhonov]. Kiberjinoyatchilik g‘oyasi yangi emas,
ammo olimlar, kompyuter xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassislar va foydalanuvchilar o‘rtasida haqiqiy kiberjinoyatchilik ko'lami
haqida katta chalkashliklar mavjud. Shuningdek, bugunga kelib, “Kiberjinoyatchilik” va
“zararli dastur” atamalarini aniqlash orqali
kompyuter jinoyatlarining kengligini tahlil qilish
birmuncha qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Statistik ma’lumotlarga yondashadigan bo‘lsak, NCSI(National cyber security index
-
milliy kiberjinoyatchilik indeksi) ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston 2022
-2023 yillrda
ushbu indeksda 92 pog‘onani egallamoqda . Yo‘nalishlar bo‘yicha beriladigan jami 100
balldan O‘zbekiston 36.36 ball to‘plaganligini qayd etish joiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
304
1-rasm. NCSI(National cyber security index-milliy kiberjinoyatchilik
indeksi)reytingida O‘zbekiston
.
Mazkur indeks bo‘yicha eng xavfsiz davlat deb Belgiya belgilangan bo‘lib, u 100
balldan 94 ball olgan holda kiberxavfsizlik barqaror bo‘lgan davlat sifatida
baholanmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va jamiyatni raqamlashtirishning salbiy
tomoni tarmoqda amalga oshirilgan jinoyatlar sonin
ing ko‘payishi kabi misli ko‘rilmagan
yangi xavf-xatarni ham tezlik bilan rivojlantirmoqda [4, Kobets,P.N., Krasnova.K.A].
Nafaqat birgina yurtimiz misolida, balki dunyoning rivojlangan davlatlarida ham
kiberjinoyatchilikning juda tezlik bilan o‘sib borayo
tganligini keltirish mumkin. Xususan,
2020-yilda Rossiya Federatsiyasida kiber jinoyatlar soni 2019-yilga nisbatan 94,5 foizga
oshganligini alohida ta’kidlash zarur .
Shu bilan birga, kiberjinoyatchilik nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatidan ham
oshib, jinoiy faoliyatning barcha yangi shakllarini yaratmoqda. Bugungi kunda
internetdagi jinoyatchilik juda ko'p shakllarda qayd etilgan, shu bilan birga onlayn va
oflayn jinoyatlarning birlashishi kuzatilmoqda. Bu esa yanada yomonroq oqibatlarni
keltirib chiqa
radi. TOR tizimidan foydalanib, “Darknet” deb nomlangan noqonuniy
xizmatlardan foydalanish mumkin: giyohvand moddalarni buyurtma qilish yoki hatto
qotilni yollash [5,Uzdenov.R.M]. Shu bilan birga, gunderich to'g'ri ta'kidlaganidek,
Kiberjinoyatlarning qat'iy o'sishi ham kiber jinoyatlarning yuqori kechikishini,
shuningdek Rossiya Federatsiyasida jinoyatlarni hisobga olish tizimlarining mukammal
emasligini hisobga olgan holda, ishlarning haqiqiy holatiga to'liq javob bermaydi.
O‘zbekistonda ham tobora kiber
jinoyatchilikning yangi-yangi turlari qayd etilib
borilayotganligini ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda rasmiy saytlar orqali kuzatib
bormoqdamiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
305
sahifasida berib boriladigan yangiliklarning aksariyat qismini kiberjinoyatlar haqidagi
xabarlar tashkil etayotganligini ko‘rish mumkin. Xususan, 2023
-yilning 22iyul sanasida
sayt yangiliklarining quyidagi ko‘rinishini keltirish mumkin.
2-
rasm. IIV rasmiy saytida kiberjinoyatchilik bilan bog‘liq jinoyatlar holati.
Ko‘rinib
turganidek,
sodir
etilayotgan
jinoyatlar
ko‘lamida
ham
kiberjinoyatchilikning o‘rni kuchayib bormoqda. Bank akkaunt ma’lumotlarining
o‘g‘irlanishi, onlayn do‘konlar orqali firibgarlikning amalga oshirilishi, shaxsiy
ma’lumotlarning g‘arazli maqsadlarda ommaga tarqatilishi va hokozolar.
Masalaning boshqa bir tomoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, amalda O‘zbekiston
Respublikasida Kiberxavsizlik sohasini tartibga soluvchi tuzilmalar faoliyat yuritmoqda,
shuningdek, sohani to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun ham
qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining 15.04.2022 yildagi O‘RQ
-764-son
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni mazkur mun
osabatni huquqiy jihatdan tartibga
solishga qaratilgan. Biroq boshqa tomondan esa, kiberxavfsizlikning ko‘lami tobora ortib
borayotganligi tufayli uning oldini olishdan ko‘ra u bilan kurashishga to‘g‘ri kelib
qolmoqda. Shunday ekan, endilikda kiberjinoyatchiliklarni kvalifikatsiya qilish hamda
ulargan qarshi kurashish sohasida yuzaga kelayotgan muammolar hamda uning
dolzarbligini, shuningdek, muammolarni qanday qilib bartaraf etish mumkinligini tahlil
qilamiz.
Muammo va xavflar.
O‘zbekiston Respublikasida
istiqomat qilib kelayotgan har bir nafar shaxs borki,
internet jahon tarmog‘idan foydalanadi. Xorijiy davlatlardagi yaqinlari hamda tanishlari
bilan ham aloqaga kirishadi. Bu bir so‘z bilan aytganda, globallashuvning bir ijobiy jihati
sanaladi. Biroq, ijboyit tomonlar bilan birga transchegaraviy xavflar ham ortib
borayotganligini ta’kidlash joizdir. Bu chegara bilmas kiberjinoyatchilik sanaladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
306
Ayniqsa, “sun’iy intellect”(AI) asosida faoliyat yurituvchi tizimlarning yaratilishi bilan
muammoning ko‘lami yanada ortib ketganligini anglashimiz darkor. Xo‘sh bunday
sharoitda qanday choralar ko‘rish kerak? Bunday sharoitda transmilliy kiberjinoyatlarga
qarshi kurashishda barchaning ishtirok etish masalasi global qonun ustuvorligining
salbiy oqibatlariga barham beradi. Kiberjinoyatchilik muammosining global mohiyatini
tushunish juda muhimdir. Shunday qilib, hozirda kiberhujumlar nafaqat xususiy
shaxslarning ishini falaj qilmoqda balki dunyodagi tuzilmalarni ham, ushbu turdagi
hujumlardan himoyalanishni amalga osh
iradigandavlat organlari ham, davlat ham yo‘q.
Ehtimol kiber tahdid manbalari nafaqat xakerlar yoki ularning guruhlari, balki alohida
davlatlar, terroristik, jinoiy guruhlar ham hisoblanadi[6, Jumayev]. Kiberjinoyatlarga
qarshi kurashishda kurashish vositalari va usullarini ishlab chiqishdajinoyatning latentlik
darajasidan xabardor bo‘lishi kerak. Mutaxassislar taxminiga ko‘ra “kompyuter
jinoyati”ning latentligi AQShda 80% ga, Buyuk Britaniyada
- 85% ga, Germaniyada - 75%
ga, Rossiyada -
90%ga ko‘proqdir[7,
Vardanyan, Nikitina] . Symantec Security xalqaro
kiberxavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “har soniyada” dunyo bo‘ylab 12 kishi
kiberhujumga uchraydi va dunyoda har yili taxminan 556 mln kiberjinoyatlar sodir
etiladi va buning natijasida 100 milliard AQSh dollardan ziyod zarar etkaziladi[8,
Karpova]. Shuningdek, bir qator huquqshunoslar tomonidan ta’kidlanishicha, agar
alohida bir davlat deb qaraladigan bo‘lsa, kiberhujumlar va kiberjinoyatchilik 2021
-
yilda butun dunyo bo‘ylab 6 trillion AQSh
dollariga teng miqdorda moddiy zarar
yetkazgan hisoblanadi[9,J,Zoilboyev].
Kiberjinoyatchilik natijasida yetkzailadigan zararning miqdor jihatdan yuqoriligi
birinchi xavfni tashkil etadigan bo‘lsa, ikkinchi xavf
-
bu ko‘rinishdagi jinoyatlarni ochish
juda murakkab sanaladi. Tabiiyki, jinoyatchilar jinoyat sodir etishda soxta hujjatlar, soxta
akkauntlardan foydalanadilar. Bu esa avvalo, jinoyatni kvalifikatsiya qilinishini
qiyinlashtirsa, keyinchalik dalillarni to‘plash, haqiqiy jinoyatchini aniqlash, uni qo‘lga
tushirishni murakkablashtirib yuboradi. Shuningdek, kibermakonda sodir etiladigana
jinoyatlar jinoyat sodir etilgan paytning o‘zida emas, muayyan vaqtdan so‘ng ham o‘z
salbiy oqibatlarini namoyon qilaveradi. Undan tashqari, ijtimoiy tarmolarda sodir etilgan
jinotyatlarda o‘zaro tarmoq tuzilganligi uchun bir paytning o‘zida bir nechta shaxs uning
qurbonig aylanishi mumkin. Yana bir muhim jihat esa, har doim kiberjinoyat sodir
etayotgan subyektlar texnologiyalardagi yangiliklardan birinchilardan bo
‘lib
foydalanadilar, bu esa uning fosh etilishi ancha vaqt olishini anglatadi. Shu bilan birga,
kiberjinoyatni nafaqat voyaga yetgan shaxslar sodi etayotganligi, balki hali maktabda
o‘qib yurgan voyaga yetmagan yoshlarning jinoyat sodi etayotganliklari mas
alaning
naqadar murakkabligini tushunish uchun dolzarblik kasb etadi.
Yechimlar.
Mazkur muammoli masalada, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish hamda ularning
o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilishdan oldin biz kiberjinoyatlarni ikkita alohida toifaga
ajratamiz: birinchisi asosan texnologik xarakterga ega bo'lgan turdagi kiberjinoyatlar va
inson omili aniqroq bo'lgan ikkinchi turdagi kiberjinoyatlar. Yuqorida ushbu toifadagi
jinoyatlarning muammoli jihatlarini sanab o‘tganimizda, ochilishining kechikishi h
aqida
so‘z yuritgan edi. Shu bilan birga, bunday kechikish nafaqat obyektiv omillar bilan, balki
ko'plab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining Internetda jinoyat sodir etish
bilan bog'liq ishlarni qo'zg'atishni subyektiv istamasligi bilan ham bog'liq, chunki bunday
holatlar huquqni muhofaza qilish organlarining “statistikasini buzadi” (ularni ochish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
307
qiyinligi va katta ish hajmi, shuningdek, maxsus bilimlarning yetishmasligi tufayli).
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida bir qator muammolar (ishdan
bo'shatishdan tortib to javobgarlikning u yoki bu turini qo‘llanishigacha) keltirib
chiqaradi. Bunday holatda davlat organida muayyan bilimning bo‘lishi juda muhim jihat
sanaladi. Shundagina, kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarni osongina fosh qilish
mumkin bo‘ladi.
Birinchi yechim:
Avvalo, ushbu toifadagi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligi aniqlangan
zahotiyoq, murojaat qiluvchi bilan aloqaga kirishish, uning barcha hisob raqamlaridagi
mablag‘larni, shaxsiy ma’lumotlarni muzlatish joiz. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunining 16
-
moddasiga ko‘ra:
“kiberxavfsizlik subyektlari o‘z kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli davlat
organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar
va texnologiyalardagi
zaifliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va
usullari, shuningdek ularni aniqlash hamda bartaraf etish usullari to‘g‘risida vakolatli
davlat organidan ma’lumotlar va maslahatlar olish; o‘z
kiberxavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha chora
-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish” baki huquqlarga egaligi
ta’kidlangan bo‘lsada, kundalik hayotda bunday huquqlarni har doim amalga oshirib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, sodi etilgan kiberjinoyat haqida xabardor bo‘lganlikning
o‘zidayoq jabrlanuvchilarga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarning daxlsizligini
ta’minlash kerak bo‘ladi. Bu shaxsning boshqa bir ko‘rinishdagi mulklariga nisbatan
taxdidlarni oldini oladi. Deylik, shaxsda “Ipoteka bank”, “SQB” hamda “Xalq banki”larida
hisob raqamlari mavjud. Jinoyatchilar unga telefon qilib, o‘zlarini bankdan ekanliklarini
aytib, telefonlariga borgan kodni jinoyatchilarga aytishlarini so‘raydi. Bunga ishongan
kishi esa kodni osongina aytadi, bu vaqtda esa jinoyatchilar uning bank kartalariga
osongina kirib, undagi pullarni o‘zlari tomonidan ochilgan soxta akkauntlarga
o‘tkazadilari. Agar bu hol vaqtida oldi olinmasa, barcha bank kartalarida mavud bo‘lgan
pul summalarining hammasidan ayrilishgacha olib borishi mumkin. Nafaqat joriy pul
summalaridan, balki kartaga kelib tushadigan 1000 so‘m pul ham firibgarlarning hisobiga
o‘taveradi. Mazkur jinoyat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168
-moddasida
ifodalangan “Fribgarlik” jinoyati sanaladi , ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish
yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish
sanaladi. Mazkur jinoyat uchun javobgarlik belgilangan yosh O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 17-
moddasiga ko‘ra 16 yoshni
tashkil etadi. Subyektiv tomonda
ushbu jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Agar kibermakondagi firibgarlik haqida
xabar kelib tushgani hamonoq, jabrlangan shaxsning boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlari
ximoya qilinsa yoki muzlatilsa, jinoyat natijasida
yetkazilgan zararning ko‘lami
birmuncha kamaygan bo‘lar edi.
Ikkinchi yechim:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 2
-moddasida mustahkamlab
qo‘yilgan ijtimoiy munosabatlarga har qanday ko‘rinishda tahdid amalga oshirilgan
paytning o‘zida jin
oyat ishi ochilishi, hamda surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari
boshlanishi kerak. Balki sodir etilgan jinoyat kam ahamiyatli qilmishdir, yoki ijtimoiy
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatdir. Biroq, tanganing narigi tomoni
-
ushbu jino
yat natijasida kelgusida og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishi
mumkinligini har birimiz tushunmog‘imiz darkor. Ichki ishlar vazligi tomonidan bayon
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
308
qilinishicha, 2022-yilning 17-oktyabridan 21-
noyabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida
nomaʼlum
shaxs qasddan jinoyat sodir etish yoʻliga oʻtib, oʻzganing mulkini aldash va
ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish va moddiy boylik orttirish
maqsadida “Xalq banki” ATB tomonidan Kogon shahar Temiryoʻlchi koʻchasida yashovchi
fuqaro B.M
. nomiga rasmiylashtirilgan hamda yana shunga oʻxshash 4 nafar
fuqarolarning plastik kartalaridan jami 21.328.000 soʻm pullarini axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda yechib olib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar
yetkazgan. 4 kishining mablag‘larine u
mumiy hisoblaganda 21 mln summani tashkil
etmoqda. Bu aslida kichim summa emas. Bu yerda shaxsning o‘z mulkidan erkin
foydalanish huquqini buzadigan qilmish sodir etilmoqda. Mazkur holat yuzasidan
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168
-moddasi 3-
qismi “b” va “g” bandlari
bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov
harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻijduvon tumani B.Naqshband koʻchasida
yashovchi, 1998-
yilda tugʻilgan Sh.D. ismli ayol sodir qilganli
gi aniqlangan. Hozirgi kunda
ushbu shaxsning viloyatimiz hamda Respublikamizning boshqa hududlarida sodir etilib
aniqlanmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash
yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Ko‘rinib turga
nidek, kibermuhitda
sodir etiladigan jinoyatlar hudud tanlamasligi hamda shaxs tanalamasligi bilan ham
boshqa turdagi jinoyatlardan alohida ajralib turadi. Bu shuningdek, uning xavflilik
ko‘rsatkichi ham sanaladi. Boisi, kundalik hayotda sodir etiladigan j
inoyatlardan
nomusga tegish jinoyatida jabrlanuvchi ayol jinsidagi o‘rta yoshdagi shaxs bo‘lsa,
kiberjinoyatlarda na jisn tanlanadi va na yosh. Shu bilan birga, bunday jinoyatlar hudud
ham, chegara ham tanlamasligi xavflidir. Jumladan, huquqshunos Nurmuhammad
Hamidovning fikriga ko‘ra transchegraviy jinoyatlarning bir necha davlat hududida sodir
etilishi asosiy belgi bo'lib, qolgan belgilar birinchi belgi bilan asosan birgalikda keladigan
qo'shimcha belgilar hisoblanadi[10, N.Hamidov]. shunday ekan, mazkur toifadagi
jinoyatlarni ochishda faqatgina bir jinoyat izidan emas, shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa
hududlarda ham sodir etilayotgan jinoyatlar tafsilotlari bilan ham hisoblashish kerak
bo‘ladi.
Uchinchi yechim:
Mazkur yechim bevosita kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus vakolatli
tuzilmalargina emas, balki butun bir ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga nisbatan
tatbiq etilishi maqsadga muvofiq. Har bir ijtimoiy tarmoq foydalnuvchisi o‘zi uchun
tarmoq imkoniyatlarini, maxfiylik hamda xavfsizlik sozlamalarini maksimal darajada
sozlab olishi kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bunday nazorat yosh bolalar tomonidan ulardan
foydalanilayotganida boshqalarga qaraganda qattiq nazoratga olinishi darkor. Doimiy
ravishda o'zgarib turadigan ijtimoiy media landshaftida biznes, marketologlar va
jismoniy shaxslar uchun so'nggi tendentsiyalar, foydalanish shakllari va statistik
ma'lumotlardan xabardor bo'lish juda muhimdir. Instagram, Threads, YouTube, Reddit,
Pintrest, TikTok, F
acebook, Twitter va LinkedIn kabi ijtimoiy tarmoqlar eng ko‘p va
mashxur kiberzonalar sanaladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2023
-yilda dunyo
bo'ylab jami 4,89 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi borligi taxmin qilinmoqda . Bu
shuni anglatadiki, butun dunyo aholisining 60% dan ortig'i kamida bitta ijtimoiy media
platformasida faol. Bu butun xavfni ochib berish uchun yetarli emas, Statista.com
saytining statistik hisob-kitoblariga ko'ra, Google do'konida 3,04 millionga yaqin dastur
mavjud . Boshqa tomondan, Statista shuningdek, Apple App Store-da 2,09 millionga yaqin
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
309
dastur mavjudligini taxmin qildi. Bu degani bunday ulkan muhitda o‘z xavfsizligimizni
ta’minlamas ekanmiz, albatta kiberjinoyatning jabrlanuvchisiga aylanib qolamiz. Buning
uchun esa, r
aqamli gigiyena talablarini to‘liq bajarishimiz talab etiladi.
Xulosa
.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kibermakonda sodir etilgan jinoyatlar bir jihatdan
oddiy kundalik hayotda sodir etiladigan jinoyatlardan ko‘lamining kengligi, hudud hamda
shaxs tanlamasligi, shuningdek oqibatlarining yillar davomida yuzaga kelishi bilan jiddiy
xavfli ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari, bunday jinoyatlarning fosh etilishi,
jinoyatchilarning qo‘lga olinishi, jinoyat natijasida jamlangan pullarining o‘z egalariga
qaytatilshi kabi qiyin muammodir. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, hozirgi kunda
ushbu toifadagi jinoyatlarni sodir etayotganlarning yosh ko‘rsatkichi 20 yoshdan, ta’nir
joiz bo‘lsa, 18 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlarni tashkil etayotganligi hamda bu kabi
ji
noyatlarning sodir etilishiga sun’iy intellect namunalarining ham jalb qilinayotganligi
kiberjinoyatlarni tergov qilish, kvalifikatsiya qilish, jinoyatchilarni qo‘lga olish jarayonlari
murakkablashtiribgina qolmasdan, jinoyatchilarda kelgusi hayotlarida bu
ndan ham og‘ir
jinoyatlarni sodir etishga bo‘lgan moyillikni keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi esa,
internet jahon tarmog‘ining eng jirkanch jinoyatlar sodir etiladigan “dark net” qismidagi
narkokontrabanda, odam savdosi, killerlik, inson tana a’zolari
ni noqoqonuniy savdo
qilish kabi insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan jinoyatlarni ham sodir etish uchun yo‘l ochib
berishi hech gap emas.
Zera, kibermakonda sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan yoki ushbu
toifadagi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligi aniqlangan zahotiyoq, murojaat qiluvchi
bilan aloqaga kirishish, uning barcha hisob raqamlaridagi mablag‘larni, shaxsiy
ma’lumotlarni muzlatish orqali kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan kiberxavfning oldi
olinishi mumkin bo‘lsa, kiberjinoyatchilikn
ing doim tizim asosida sodir etilishini
anglagan holda boshqa shu kabi jinoyatlar bilan solishtirgan holda ochish ishlari olib
borilsa, jinoyatga nisbatan javobgarlik belgilashda birmuncha osonlik tug‘diradi. Eng
foydalis esa, har bir shaxs o‘zining ijtimo
iy tarmoqlardagi hamda shaxsiy akkauntlardagi
ma’lumotlarining daxlsizligini mukammal darajada saqlay bilsa, yuqoridagi har ikkalar
choralarini ham qo‘llashga ehtiyoj ham qolmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Takeyama, M. (2001). Geographical conceptualization of cyberplaces.
GeoJournal, 53(4), 419
–
426. http://www.jstor.org/stable/41147629
2. Qutbiddin Burhonov. Kiberjinoyatchilikka qarshi qanday kurashish kerak? 03
Dek. 2020 y. https://strategy.uz/index.php?news=1150&lang=uz
3. https://ncsi.ega.ee/country/uz/
4.
Кобец П. Н., Краснова К. А. Проблемы классификации преступлений,
совершаемых
с
использованием
информационно
-
телекоммуникационных
технологий // Правоохранительная деятельность органов внутренних дел в
контексте современных научных исследований. Материалы Международной
научно
-
практической конференции / Сост. Д. В. Попов. СПб., 2018. С. 178–
181.
5.
Узденов Р. М. Новые границы
киберпреступности // Всероссийский
криминологический
журнал.
2016.
№
4.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/novyegranitsy-
kiberprestupnosti (дата обращения:
07.01.2021).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
310
6.
Jumayev, Bekzod Baxtiyor O‘G‘Li (2021). O‘ZBEKISTONDA KIBERJINOYATLARNI
TERGOV QILISHGA DOIR XALQARO STANDART HAMDA USHBU TURDAGI
JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA DAVLATLARNING MANFAATLI HAMKORLIGI
MASALALARINING DOLZARBLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences, 1 (5), 80-86.
7. Vardanyan A.V., Nikitina E.V. Rassledovanieprestuplenii v sferevyso-
kikhtekhnologiiikomp’yuternoiinformatsii [Investigation of Hi
-Tech and Computer
Information Crimes]. Moscow, Yurlitinform Publ.
8.
Karpova D.N. Cybercrimes: a global issue and its solution. Vlast’= The Power
no.
8, pp. 46
–
50. (In Russian)
9.
Зоилбоев, Ж. . (2022). Кибербезопасность, цифровое право и цифровая
гигиена: альтернативное решение для борьбы с киберпреступностью. Общество и
инновации, 3(6/S), 12–
24. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp12-24
10.
Нурмуҳаммад, Ҳамидов & Khamidov, Nurmukhammad. (2021). THE
CONCEPT OF TRANSNATIONAL CRIMES AND THE SOCIAL NECESSITY OF ESTABLISHING
RESPONSIBILITY FOR THEM. 10.24412/2181-919X-2020-118-127.
