Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Theoretical aspects of the application of the PISA
international assessment program to the national
education system
Dadakozy MELIKOZIEV
1
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
This article discusses the tasks of creating a national system
aimed at assessing the level of literacy of students in reading,
mathematics and natural sciences by conducting international
research in the field of assessing the quality of education in the
public education system of the republic, what skills the modern
information society requires for the development of natural
science literacy of secondary school students, factors for
achieving high results in the international evaluation study of
PISA, educational programs aimed at improving the level of
literacy of students, advanced foreign experience in the system,
the issues of improving the evaluation system based on
international criteria and requirements are considered.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp438-446
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
PISA,
national education system,
international assessment,
natural science literacy,
globalization,
progress,
PIRLS,
TIMSS,
TALIS.
PISA xalqaro baholash dasturini
milliy ta’lim tizimiga
tatbiq etishning nazariy jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
PISA,
milliy ta’lim tizimi,
xalqaro baholash,
tabiiy-ilmiy savodxonlik,
globallashuv,
taraqqiyot,
PIRLS,
TIMSS,
TALIS.
Ushbu maqolada respublika xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazish orqali
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan milliy tizimni
yaratish vazifalari, hozirgi zamon axbo
rot jamiyati umumta’lim
maktab o‘quvchilarining tabiiy
-ilmiy savodxonligini rivojlantirishda
qanday qobiliyatlarga ega bo‘lishni taqozo etayotgani, PISA xalqaro
baholash tadqiqotida yuqori natijalarga erishish omillari, ta’lim
tizimida il
g‘
or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritilgan.
1
Lecturer, Kokand State Pedagogical institute. E-mail: dadaxon.xadjaev@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
439
Теоретические
аспекты
внедрения
программы
международной оценки PISA в национальную систему
образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
PISA,
национальная система
образования,
международная оценка,
естественно
-
научная
грамотность,
глобализация,
прогресс,
PIRLS,
TIMSS,
TALIS.
Данная статья посвящена рассмотрению задач,
связанных с созданием национальной системы оценки
грамотности
учащихся
в
чтении,
математике
и
естественных науках. Основной упор делается на
проведение международных исследований в области
качества
образования
в
национальной
системе
образования. В статье анализируются навыки, которые
требует современное информационное общество для
развития естественнонаучной грамотности в обучающихся
общеобразовательных школах. Внимание также уделяется
факторам,
способствующим
достижению
высоких
результатов в международных оценочных исследованиях,
таких как PISA. Рассматриваются образовательные
программы,
направленные
на
повышение
уровня
грамотности учащихся, и передовой зарубежный опыт в
данной области. Кроме того, статья затрагивает вопросы
совершенствования системы оценки, основанные на
международных критериях и требованиях.
O‘zbekiston Respublikasining PISA xalqaro baholash dasturida 2022
-yildan
boshlab ishtirok etishining huquqiy-
me’yoriy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda qabul qilingan 997-son Qarori bilan
shakllantirilgan. PISA xalqaro baholash dasturi 2000-yildan buyon xalqaro pedagogik
amaliyotga tatbiq etilgan. Respublikada hozirgi kunda tanlab olingan tayanch maktab
o‘quvchilarining baholash dasturiga ishtirok etishining tashkiliy
-metodik bosqichi
amalga oshirilmoqda. Xa
lqaro baholash dasturi milliy ta’lim tizimi uchun yangi dastur
ekanligi, milliy ta’lim tizimini xalqaro baholash dasturi bog‘liqlikdagi ilmiy
-nazariy
jihatlari yetarli o‘rganilmaganligi, shuningdek, respublikada tanlab olingan tayanch
maktablarda baholash dasturining tashkiliy-metodik bosqichida ilmiy-metodik
materiallar bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda.
Respublikamiz xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan milliy tizimni yaratish vazifalari
belgilangan. Jumladan, o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro
tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga
integratsiya qilish, mazkur fanlardan o‘qitishning shakllari, metodlari va
texnologiyalarini yangilash hamda o‘qituvchilarning bu borada xabardorligini oshirish,
tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yic
ha malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi
vazifalar belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2030
-yilga kelib PISA xalqaro
miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or
mamlakatlari qatoriga kirish
iga erishish vazifasi ustuvor etib belgilab berilgan. Ta’lim
tizimi mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek, malakali pedagog kadrlarni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
440
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda “ta’lim berishga
kompetentlik hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda
tutgan holda pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini qayta
ko‘rib chiqish” ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
t
o‘g‘risida” 2018
-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan
O‘
zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida
Taʼlim
sifatini baholash b
o‘
yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi
tashkil etildi. 2023-yil 1-
yanvardan e’tiboran Maktabgacha va maktab ta’limi tasavvufida
o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda quyidagi xalqaro baholash dasturlari tatbiq etib
kelinmoqda:
PIRLS
–
boshlang‘ich 4
-sinf
o‘
quvchilarining matnni
o‘
qish va tushunish darajasini
baholash;
TIMSS
–
4-, 8-
sinf o‘quvchilarining tabiiy
-
ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan
savodxonligini baholash;
TALIS
–
rahbar va pedagog kadrlarning umumiy
o‘rta taʼlim muassasalarida
o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘
qituvchilarning ish sharoitlarini
o‘
rganish;
PISA
–
15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
Mazkur dasturlar umumta’lim maktab o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar
orqali baho berish va mustaqil hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojl
anishiga turtki
berishga xizmat qiladi.
PISA xalqaro baholash dasturining maqsadi
–
o‘quvchi yoshlarining o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini hamda bilimlarini
amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishdan, shun
ingdek, rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda
o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganishdan iborat.
Hozirgi zamon axborot jamiyati umumta’lim maktab o‘quvchilarining tabiiy
-ilmiy
savodx
onligini rivojlantirishda quyidagi qobiliyatlarga ega bo‘lishni taqozo etadi:
–
o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashish, tabiiy fanlar bo‘yicha zaruriy
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, turli
-tuman muammolarni hal etish uchun ulardan
mohirona foydalan
ish, butun umri mobaynida hayotda o‘z o‘rnini topishga qodir bo‘lish;
–
mustaqil tanqidiy fikrlash, tabiat, global muammolar, real voqelikda yuz
berayotgan muammolarni ko‘ra bilish va ularni oqilona hal etish yo‘llarini zamonaviy
texnologiyalar yordamida topish;
–
o‘zi o‘zlashtirayotgan bilimlardan qayerda va qay tarzda foydalanish mumkinligi
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish;
–
o‘z tabiiy
-ilmiy savodxonligini rivojlantirishda axborot bilan mohirona ishlay
olish: muayyan muammoni hal etish uchun zarur fak
tlarni to‘plash, ularni tahlil qilish;
muammoni hal etishga doir gipotezalarni ilgari surish; zaruriy xulosalar chiqarish;
qonuniyatlarni aniqlash; dalillangan xulosalar chiqarish; olingan xulosalardan yangi
muammolarni aniqlash va hal etishda foydalanish;
–
tabiiy-
ilmiy savodxonlikka doir muzokaralarda ishtirok etishi, o‘z munosabatini
ilmiy dalillarga asoslanib bildira olishi, turli sohalar va vaziyatlarda boshqalar bilan
bahamjihat ishlay olish, har qanday ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish yoki ulardan
mohirona chiqa bilish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
441
Bugungi kunda globallashuv va taraqqiyotning ta‘siri natijasida nafaqat ta‘limning
mazmuni, balki “ta’lim oluvchi” tushunchasining ma’nosi ham o‘zgarmoqda. Hozirda
o‘quvchilar maktab yoki oliy ta‘limda olingan bilimning yakuniy
bilim emasligi, doimiy
ravishda uzluksiz mustaqil o‘qish, o‘rganish kasbiy
-shaxsiy hayotda muvaffaqiyatni
ta‘minlashni yaxshi tushunadilar.
Milliy ta’lim tizimiga xalqaro baholash dasturining tatbiq qilinishi, baholash dasturi
konsepsiyasiga muvofiq o‘quv
chilar tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishda va
rivojlantirishda topshiriqlarning o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur topshiriqlarni
shakllantirish va tatbiq etish, shuningdek, o‘quvchilarning xalqaro baholash dasturida
qo‘llaniladigan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikmalarning shakllanganligi baholash
dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlaydi. Baholash dasturida ishtirok etib
kelayotgan davlatlarning baholash dasturidagi natijalari ilmiy-nazariy tahlillari shuni
ko‘rsatadiki
, baholash dasturi konsepsiyasiga muvofiq tabiiy-ilmiy savodxonlikni
shakllantirish milliy ta’lim tizimida pedagogik shart
-sharoitlarning mavjudligini va
ularning tizimli takomillashtirib borishni taqozo etadi.
PISA xalqaro baholash dasturida tabiiy-ilmiy savodxonlik atamasi quyidagicha
izohlanadi: “tabiiy fanlarga oid bilimlarni amalda qo‘llay olish, tabiiy fanlarning
muammolarini tushunish, ilmiy manbalardan foydalangan holda xulosalar ishlab chiqish,
tabiatga oid va inson omili bilan sodir bo‘ladigan tabiatdagi o‘zgarishlar bo‘yicha
qarorlarni tushunish” deya tavsiflanganini aytishimiz mumkin. Mazkur ta’rif tabiiy
-ilmiy
savodxonlik bilvosita kundalik hayot, jamiyatdagi turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
masalalarga bog‘liq tarzda baholanadi. O‘quvchidan
mustaqil fikrlash va qaror qabul
qilish va o‘z natijalariga baho berish talab etiladi. O‘quvchilarda atrof
-
olamni o‘rganishga,
tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, tabiat hodisalarini o‘rganishda
asboblar, vosita, uslublardan to‘g‘ri
foydalana olish, atamalar, tushunchalar, qonuniyatlar,
kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan
yutuqlar, ularning amaliyotga tatbiq qilish orqali ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish,
kelajakda insoniyatni fa
n va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanish, fan va
texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash kabi qobiliyatlar tabiiy-ilmiy savodxonlikning
tarkibiy mazmuniga tegishli hisoblanadi.
M.
Oripova o‘z ilmiy maqolasida “tabiiy
-ilmiy savodxonlik kuzatish va tajribalarga
asoslangan xulosalar olish uchun ilmiy metodlar yordamida tekshirish va hal etilishida
tabiiy-ilmiy bilimlarni ishlata olish qobiliyati, dolzarb muammolar haqida fikrlay olishi,
shaxsiy, ijtimoiy, global muammolarga duch kelganda yechish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi,
mushohada yuritish qobiliyati sinovdan o‘tkazilishi” deb ta’rif bergan.
PISA xalqaro baholash dasturida tabiiy-
ilmiy savodxonlik “tabiiy fanlarga oid
bilimlarni amalda qo‘llay olish, tabiiy fanlarning muammolarini tushunish, ilmi
y
manbalardan foydalangan holda xulosalar ishlab chiqish, tabiatga oid va inson omili
bilan sodir bo‘ladigan tabiatdagi o‘zgarishlar bo‘yicha qarorlarni tushunish” deya
tavsiflanganini aytishimiz mumkin. Tabiiy-ilmiy savodxonlik bilvosita kundalik hayot,
jamiyatdagi turli ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy masalalarga bog‘liq tarzda tekshirilmoqda.
O‘quvchidan mustaqil fikr bildira olishi, qaror qabul qilishi va o‘z natijalariga baho berish
talab etiladi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining (IHTT) PISA xalqaro baholash
dasturi konsepsiyasiga muvofiq tabiiy-ilmiy savodxonlik quyidagicha tavsif etilgan: tabiiy
fanlarning tasnif qiluvchi xususiyatlari va hozirgi zamondagi ahamiyatini tushunish,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
442
tabiiy bilimlarni amalda qo‘llash, tabiiy fanlarga oid mu
ammolarni bilish, tabiiy
hodisalarini tavsiflay olish, ilmiy dalillar asosida xulosa chiqara olish, tabiiy fanlarga oid
g‘oyalar va ilmiy masalalarga munosabatini bildirgan holda tushuntira olish qobiliyati
tushuniladi.
O‘quvchilarda tabiiy
-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish mamlakat innovatsion
taraqqiyot y
o‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda o‘quvchilarni ijodiy
g‘
oyalari va ijodkorligini har tomonlama q
o‘
llab-quvvatlash, ularning bilim, k
o‘
nikma va
malakalarini shakllantirish hamda kelgusi kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega. Mazkur jihatlarni hisobga olgan holda o‘quv
-
me’yoriy hujjatlar
takomillashtirib borilmoqda.
Tabiiy fanlarning o‘quv rejadagi ulushi ortishi ijobiy baholansa
-da, asosiy omil
sifatida uning mazmuni, qo
‘llanilayotgan o‘qitish metodlari, foydalanilayotgan o‘quv
adabiyotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan
topshiriqlarning mazmun va tuzilishi jihatidan sifatining ortib borishi o‘quvchilarning
tayanch kompetensiyalarini rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
PISA xalqaro baholash dasturi pedagogik amaliyotga keng qo‘llaniladigan “ta’lim”
tushunchasi mazmunini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Pedagog olim va ta’lim bo‘yicha
xalqaro ekspert A.Shlyaxer ta’lim tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Ta‘lim
nafaqat o‘quvchilarga biror narsani o‘rgatish, balki ularga tobora murakkablashib va
o‘zgarib borayotgan dunyoda, o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ildam harakatlanish uchun
yordam beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan ta’minlash jarayonidir”. Bundan kelib
chiqqan holda umumta’lim maktablari, pedagoglarining ham funksional vazifasi ham
shunga mos ravishda o‘zgarib bormoqda. “Ta’lim” tushunchasining o‘zgarishi o‘quv
adabiyotlari, o‘quv topshiriqlarining mazmunida ham o‘z aksini t
opadi.
PISA xalqaro baholash dasturi respublikamiz bo‘yicha 10,0 mingdan ortiq
maktablarni qamrab olgan umumiy-
o‘rta ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ma’muriy
boshqaruv xodimlari, pedagoglar, o‘quvchilar va ota
-
onalar o‘rtasida targ‘ibot
-tashviqot
ishlarini olib borish, yangi loyihalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati haqida ularga
etkazib berish uchun 348 ta tayanch maktablari belgilanib, ularning faoliyatini tashkil
etish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi.
PISA xalqaro baholash tadqiqotida yuqori natijalarga erishish bir qator omillarga
bog‘liq. Quyida shunday omillarning tahlili keltirib o‘tilgan:
1.
PISA xalqaro baholash dasturida o‘quvchilarning tabiiy
-ilmiy savodxonlik
bo‘yicha domenida yuqori natijalarga erishishida umumta’lim maktablari pedagog
lariga
ko‘p jihatdan bog‘liq. PISA xalqaro baholash dasturi o‘z navbatida pedagog kadrlarni
tayyorlashning muhim jihati sifatida bo‘lg‘usi talabalarga “real hayotdagi jarayonlarni
pedagogik nuqtai nazardan baholovchi va bu jarayonlarni o‘quv jarayoniga did
aktik
jihatdan to‘g‘ri singdira oladigan mutaxassislar” bo‘lishligini ko‘rsatib o‘tadi. Bu esa
mavjud pedagogik ta’limni rivojlantirish va uzluksiz ta’lim jarayonida pedagoglar
salohiyatini oshirish muammolarining dolzarbligini ko‘rsatadi. Pedagoglarning s
alohiyati
shu nuqtai nazardan tabiiy-ilmiy savodxonliklarning shakllanishida hal qiluvchi muhim
ahamiyatga ega.
2. PISA xalqaro baholash dasturi tabiiy-ilmiy savodxonliklardan tashqari, bir qator
mustaqil boshqariladigan ta’limga oid savollarni ham dastur
ishtirokchilariga havola
etadi. O‘qish, matematika va tabiiy fanlarga oid tabiiy
-
ilmiy savodxonliklar o‘quv
jarayoniga bog‘liq holda shakllanadi. O‘quv jarayoni tabiiy
-ilmiy savodxonliklarning
shakllanishi uchun yetarli shart-sharoitni yaratib bermaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
443
3.
O‘quvchilarning mustaqil ta’limsiz tabiiy
-
ilmiy savodxonliklarning to‘liq
shakllanishi mumkin emas.
O‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish, qo‘llab
-
quvvatlash ham tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari
sif
atida qaraladi. PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida mustaqil ta’limga
quyidagicha tavsif berilgan: “O‘quvchilar tabiiy
-ilmiy savodxonliklarini shakllantirishda
o‘rganilayotgan bilimlarni anglab yetishi, o‘zlari uchun mos o‘quv strategiyasi va usul
lari
tanlab olishi va o‘ylash jarayoni mustaqil boshqariladigan ta’lim deyiladi.
Bunda
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini maqsadli, faol va mustaqil egallashi va qo‘llashi
tushuniladi”. Shundan kelib chiqqan holda, PISA xalqaro baholash dasturining ma
rkazida
o‘quvchilarning ma’lumotlarni tahlil qilishi, motivatsional preferensiyalari va maqsadga
yo‘naltirilganligi, o‘z maqsadlarini nazorat qila olishi, o‘zini o‘zi baholay olishi, ijtimoiy
munosabatlardagi hamkorlikda ta’lim strategiyalari turadi.
Motivatsional preferensiyalar
oldinga undovchi, rag‘batlantiruvchi ustuvor omillardir.
4.
Ta’lim madaniyatning tarkibiy qismi sifatida shakllanib kelgan ekan,
o‘quvchining tabiiy
-ilmiy savodxonliklari maktabdan tashqari vaqtda ham jamiyatdagi
ko‘plab sohalarga bog‘liq ravishda shakllanib, rivojlanib boradi. Oilada ta’limga
munosabatlarning shakllanganligi, akademik resurslarning mavjudligi, ta’lim olishga
shart-sharoitlar va ota-
onaning ta’lim olishga yuqori istiqbolli qadriyat sifatida qarashi
muhim mezonlar hisoblanadi.
5.
O‘quvchilarning “o‘rganishni o‘rganish” bo‘yicha malakalari mustaqil ta’lim orqali
asosiy tabiiy-ilmiy savodxonliklarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarning turli o‘rganish strategiyalarini mukammal bilishi jamiyatda o‘zining
mustaqil o‘rganish jarayonini tashkil etishida katta yordam beradi. Jumladan, turli media
vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, turli tadbirlar, ko‘rgazmalar, marosimlar, tashriflar orqali ham
axborotlar bilan ishlash o‘quvchi kompetensiyasini
shakllantirib boradi. Mukammal
o‘rganish strategiyalarini o‘zlashtirgan o‘quvchi jamiyatdagi ma’lumotlar oqimidan o‘ziga
kerakli ma’lumotlarni saralab olishi va maqsadli, unumli foydalanishi, maktabdan tashqarida
turli soha vakillari bilan ma’lum soha yok
i mavzuga oid suhbatlar qurishi va shu orqali
kommunikativ kompetensiyalarini shakllantira olishi, jamiyatda mahsulotlar va xizmatlar
“iste’molchisi” sifatida o‘z huquq va burchlarini bilishi esa ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasini shakllanishiga xizm
at qiladi. O‘quvchining turli sayohatlar davrida, turli
millat vakillari bilan barcha e’tirof etgan me’yorlarni qo‘llagan holda suhbatlasha olishi va
milliy hamda umummadaniy, shuningdek, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishiga
xizmat qiladi. Albatta, barcha tabiiy-ilmiy savodxonliklarning shakllanishida maktabdagi
o‘quv jarayoni mazmuniga yuqorida ko‘rsatilgan holatlar –
jamiyatdagi, iqtisodiy-ijtimoiy
hayotdagi turli holatlar, vaziyatlar, me’yorlar, qadriyatlar turli topshiriqlar sifatida
singdirilib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini sinab
ko‘rish va yaxshi natijalarga erishish uchun xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv
dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni,
shu bilan birga ta’lim jarayonidagi to‘planib qolgan ko‘plab kamchiliklarni bartaraf
etishni talab etadi.
A.Ismoilov o‘z dissertatsion ishida umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ta’limdagi
yutuqlarini xalqaro tadqiqotlar hamda milliy tadqiqotlar asosida baholash orqali
quyidagilarga erishish mumkin ekanligini ta’kidlab o‘tadi:
–
milliy ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o‘z vaqtida axborot olish;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
444
–
ta’lim tizimida olib borilayotgan chora
-
tadbirlar va dasturlarning ta’sirini tahlil
qilish imkoniyati yaratiladi;
–
ta’lim
sifatini
oshirish,
xalqaro
miqyosda
mamlakatning
nufuzini
mustahkamlashga yordam beradi;
–
o‘quvc
hilarning bilimi, salohiyati va savodxonligining qay darajada
shakllanganligini bilish hamda xalqaro miqyosda taqqoslash;
–
ta’lim muassasalaridagi joriy etilgan o‘qitish usullarini boshqa mamlakatlardagi
usullardan farqli jihatlari haqida tasavvurga ega b
o‘lish;
–
o‘quvchilarning savodxonlikni rivojlantirishga oid darslar maktablarda qanday
tashkil etilganligi haqida ma’lumot olish;
–
ota-
onalar tomonidan o‘quvchilarning bilimi va savodxonligini yaxshilashda
qo‘shilayotgan hissalari salmog‘ini bilish;
–
o‘quvchilarni fanlararo uyg‘unlik asosida baholash, dunyo bo‘yicha umumiy va
har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilish;
–
ta’lim sifati va samaradorligiga yangicha qarash, zamonaviy, kompetensiyaviy
yondashuvlar, ya’ni o‘quvchilarning olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay
olish, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirish yondashuvini
olib kirish;
–
shuningdek tizimda tub islohotlar va burilishlarga sabab bo‘ladigan strategik
qarorlar qabul qil
ish uchun zaruriy ma’lumotlarni olish imkoniyatlari yaratiladi.
PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasiga muvofiq o‘quvchilarda tabiiy
-ilmiy
savodxonlikni rivojlantirish milliy ta’lim tizimining o‘quv
-
me’yoriy hujjatlarida o‘z aksini
topadi.
Ma’lumki o‘
quv-
me’yoriy hujjatlarda egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalar kompetensiya shaklida berilmoqda. O‘quvchilarda atrof
-
olamni o‘rganishga
ishonch tuyg‘ularini hosil qilish, tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish,
tabiat ho
disalarini o‘rganishda asboblar, vosita, uslublardan to‘g‘ri foydalana olish,
atamalar, tushunchalar, qonuniyatlar, kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay
olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotga tatbiq qilish orqali
o‘qu
vchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va
texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat
bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrash, ularda umumbashariy
madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.
PISA xalqaro baholash dasturi milliy ta’lim tizimidagi innovatsiya, texnologiya,
dastur, tamoyil yoki ularning elementlari milliy ta’lim tizimi xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda tatbiq etish uchun ko‘plab tahliliy hamda qiyosiy ma’lumotlar taqdim
etadi. Jumladan, o‘quvchilarning tabiiy
-ilmiy savodxonligini rivojlantirish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish borasida ham yangicha yondashuvlar, metodikalar bo‘yicha
xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyatini beradi. O‘quvchila
rning tabiiy-ilmiy
savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni shakllantirishni ilmiy tadqiq
etish xalqaro baholash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlaydi. Ma‘lumki,
PISA xalqaro baholash dasturida topshiriqlar markaziy o‘r
inni egallaydi.
Shu topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni ishlab chiqish, ulardan keng foydalanish
o‘quvchilarning tabiiy
-
ilmiy savodxonligini egallashini intensivlashtiradi, ta’lim mazmuni
sifatini yuksalishiga turtki beradi.
PISA xalqaro baholash dast
uri asosida milliy ta’lim tizimi negizida tabiiy fanlarni
o‘qitishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, asosan tabiiy fanlarni o‘qitish milliy
konsepsiyasini shakllantirishda ma’lumotlar bazasi vazifasini o‘taydi. Xalqaro baholash
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
445
dasturlarining konseptual asoslari mukammal ishlab chiqilganligi dasturlarda ishtirokchi
davlatlar qamrov doirasini kengayishiga asos bo‘lmoqda. Baholash dasturlari
metodologiyasi hamda natijalarining reprezentativligi bilan ilmiy-pedagogik ahamiyatga
ega. Baholash dasturlarining turli
davlatlar milliy ta’lim tizimiga joriy etish, ta’lim tizimini
isloh qilish yo‘nalishlarini belgilashda baholash dasturi natijalari bilan uzviylikda ilmiy
tahlil qilish, baholash dasturi konsepsiyasiga muvofiq o‘quvchilarning o‘qish,
matematika, tabiiy fanlarga doir savodxonligi, shuningdek kompyuter, xorijiy tillarni
bilish, moliyaviy savodxonligini shakllantirishga doir ilmiy izlanishlar salmog‘i yildan
yilga ortib bormoqda.
Ta’lim tizimida islohotlarning samaradorligi umumta’lim fanlari mazmunni
sayqallashtirish bilan aloqador. Ta’lim tizimida “Nimani o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish
kerak?” va “Kim o‘qitadi?” degan savollar mazmunni tashkil etadi. Dastlab “Nimani
o‘qitish kerak?” degan savolga javob berishimiz kerak. Uzoq yillardan buyon ushbu
savol
ochiq qolganligi, ta’lim turlari aro integratsiyaning yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda ta’lim
mazmuni uzviyligi bo‘yicha chora
-tadbirlar yetarlicha ishlab chiqilmaganligi hozirda
ushbu muammoni dolzarb jarayonga aylantirdi. Ta’limning mazmunini o‘quv das
turlari
belgilar ekan, ularning ta’lim turlari o‘rtasida bog‘liqlik, fanlararo, sinflar, kurslar
o‘rtasida uzviy bo‘lishi muhim.
Ta’lim tizimida ilg‘
or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash
tizimini takomillashtirish, shu maqsadda xalqaro tajribalarni
o‘
rganish, mavjud tizimni
har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli y
o‘
nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,
agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim
ahamiyatga egadir. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlash
maqsadida o‘quv jarayonida topshiriqlar shakllantirishda ham xalqaro tajribalarni
o‘rganish va tatbiq etish ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyat
ining yutuqlaridan keng
foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omilidir. Yuqori
kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’li
mda innovatsiyalar,
o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning
motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z
-
o‘zini baholash kabi indikatorlar
asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim
rol o‘ynaydi.
O‘quvchilarning tabiiy
-ilmiy savodxonligini rivojlantirishda darslarda zamonaviy
uslublarni qo‘llash, yangi ma’lumotni o‘zlashtirish jarayonida eshitib, ko‘rib, hayotga
qo‘llab o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ta’
limni axborotlashtirish sharoitida
o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarining tez fursatlarda rivojlanganligi ularning
boshqa tabiiy-ilmiy savodxonliklar ham shu asnoda rivojlanganligini anglatmaydi. Tabiiy-
ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda avvalambor fikrlash, taqqoslash, tahlil qilish muhim
ahamiyatga ega. Pedagog olim va PISA xalqaro baholash dasturi bo‘yicha yetakchi xalqaro
mutaxassis A.
Shlyaxer ayni shu vaziyatni tavsiflab quyidagi fikrni bildirgan: “Google
hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga
qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor”.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, ta’lim sohasidagi islohotlarning eng samarali
natijasi o‘quv xonalaridagi o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ta’limni butu
n jamiyat
loyihasiga aylantirish orqali ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bunda tabiiy
-ilmiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
446
savodxonlikni rivojlantirishda topshiriqlar ishlab chiqish va bu orqali o‘quvchilarni har
tomonlama rivojlantirish mumkin. Bugungi kunda o‘quvchilar bilimlarini G
oogle yoki
boshqa platformalardan qidirmoqda va hech kim ularga nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri
ekanligini aytmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018
-yil 8-dekabrda qabul
qilingan 997-son Qarori /
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018 y.,
09/18/997/2289-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021
y.,
09/21/545/0832-son; 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son.
2.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2019
-yil 29-
apreldagi “Oʻz
bekiston Respublikasi
xalq taʼlimi tizimini 2030
-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi Farmoni /
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019
-y., 06/19/5712/3034-son; Qonunchilik
ma’lumotlari
milliy
bazasi,
24.07.2021
-y.,
06/21/6268/0700-son;
11.05.2022-y.,
06/22/134/0407-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son.
3.
M.Q.Oripova, PISA
–
o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro
dasturining ahamiyati // Konferensiya materiallari.
–
Toshkent, 2022. 166-169 B.
4.
A.A.Isma
ilov, O‘quvchilarning yutuqlarini xalqaro tadqiqot dasturlari asosida
baholash // “Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiya maqolalar to‘plami –
Toshkent: Ta’lim sifatini
baho
lash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, 2022. –
21-26 b.
5.
Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную
систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва.
2019. -
27с.
6.
OECD&UNESCO. Literacy skills for the world of tomorrow. Further results from
PISA 2000. OESD, UNESCO, 2003.
7.
OECD. learning for life. First results of the school performance study PISA2000 //
http://www.oecd.org/education/school/
programmeforinternationalstudentassessmentpisa/33691612.pdf.
–
P. 24.
8.
OECD. Measuring student knowledge and skills. A new Framework for
Assessment. OECD, 1999.
9.
Reiss K., Weis M., Klieme E., Köller O. PISA 2018. Grundbildung im
internationalen Vergleich // 1.Auflage. Münster: Waxmann, 2019. –
P. 266.
10.
A.Sc
hleicher, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. Ta’lim va
ko‘nikmalar departamenti direktori, PISA dasturi asoschisi. https://www.oecd
-
ilibrary.org/sites/2c0d9903-en/index.html?itemId=/content/component/2c0d9903-en.
11.
Education monitoring Switzerland: Ready for life? The Basic Skills of Young
People-National Survey Report // PISA 2000.
–
P. 91.
12.
http://uzedu.uz/uz/statistika.
