Авторы

  • Махлиёхон Номуратова
    Доцент, кандидат юридических наук, кафедра национальной гордости и военного патриотизма, Академии Вооруженных Сил Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp64-69

Ключевые слова:

наука образование и воспитание гармонично развитый офицерский состав потребности духовные потребности структура духовных потребностей духовные ценности социальная сущность духовной потребности

Аннотация

В статье освещены размышления о социальной сущности духовных потребностей, неразрывной связи процесса подготовки гармонично развитых офицерских кадров с формированием военно-профессиональных качеств и развитием духовных потребностей личности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of the educational process in meeting the
spiritual needs of future officers

Makhliyokhon NOMURATOVA

1


Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2023

Received in revised form

15 August 2023
Accepted 25 August 2023

Available online

15 September 2023

The article highlights reflections on the social essence of

spiritual needs, the inseparable connection between the process

of training harmoniously developed officer cadres with the

formation of military professional qualities and the

development of the spiritual needs of the individual.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp64-69

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

science,

education and upbringing,
perfect officer cadres,

needs,

spiritual needs,

content of spiritual needs,
spiritual values,

social,

essence of spiritual need.

Ta’lim

jarayoni

bo‘lajak

ofitserlarning

ma’naviy

ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ilm-fan,

ta’lim va tarbiya,

barkamol ofitser kadrlar,
ehtiyojlar,

ma’naviy ehtiyojlar,
ma’naviy ehtiyojlarning

tarkibi,

ma’naviy qadriyatlar,
ma’naviy ehtiyojning

ijtimoiy mohiyati.

Maqolada barkamol ofitser kadrlarni tayyorlash jarayoni

shaxsning harbiy-

kasbiy sifatlarini shakllantirish va ma’naviy

ehtiyojlarini rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqligi, ma’naviy

ehtiyojlarnini ijtimoiy mohiyati haqida mulohazalar yoritib

berilgan.

1

Associate Professor, PhD, Department of National Pride and Military Patriotism, Academy of the Armed Forces of

the Republic of Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2023) / ISSN 2181-1415

65

Роль образовательного процесса в удовлетворении

духовных потребностей будущих офицеров

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

наука,

образование и воспитание,
гармонично развитый

офицерский состав,
потребности,

духовные потребности,

структура духовных
потребностей,

духовные ценности,

социальная сущность

духовной потребности.

В статье освещены размышления о социальной

сущности духовных потребностей, неразрывной связи

процесса подготовки гармонично развитых офицерских
кадров с формированием военно

-

профессиональных

качеств и развитием духовных потребностей личности.

O‘zbekistonda Taraqqiyot strategiyasi

doirasida olib borilayotgan tub demokratik

islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarida izchillik bilan ijobiy amalga oshirilmoqda.

Ta’lim

-tarbiya va ilm-

fanni rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar

mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish ustuvor masalaga aylanganidan darak beradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “Biz o‘z oldimizga O‘zbekistonni
rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal

islohotlar, ilm-

ma’rifat va innovatsiya orqali erisha olamiz” [1]. Zotan, “taraqqiyotning

tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-

fan, ta’lim

va tarbiyadir” [2, 23]. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy o‘z asarlarida ta’lim va tarbiya
barkamollikka erishishning muhim vositasi ekanligini ta’kidlab, ta’lim nazariy hikmat,
ezguliklarga o‘rgatsa, tarbiya, o‘z navbatida, pokiza axloqiy fazilatlarni shakllantirishiga
urg‘u beradi. Aynan ta’lim

-

tarbiya va ma’rifat jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan

hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr

-

qanoatli bo‘lishga undaydi

[2, 285].

Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tarixiga nazar tashlasak, har qanday davlat hayotida

ta’lim sifatini oshirish va uning samaradorligini ta’minlash bilan bir qatorda uni ishonchli
himoya qilish, harbiy xavfsizligini ta’minlash masalasi ham muhim rol o‘ynaydi. Bu, o‘z
navbatida, harbiy ta’lim tizimi oldiga ma’naviy barkamol ofitser kadrlarni tayyorlash
vazifasini qo‘yadi. Yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlash jarayoni shaxsning harbiy

-

kasbiy sifatlarini shakllantirish, ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirish bilan uzviy
bog‘liqdir.

Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy

armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir

bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda. Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda

erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga

oshirish yo‘lida ishonchli kafolat, tog‘dek tayanch bo‘lib kelmoqda [3, 217]. Shunday
ekan, harbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish dunyoqarashi keng, strategik
fikrlaydigan, ma’nan boy, milliy ruhi yuqori, ijodiy faol, jismonan barkamol ofitser

shaxsini tarbiyalashni birlamchi masala sifatida qaraydi.

Faoliyatning har qanday sohasida bo‘lgani kabi, harbiy sohada ham bo‘lajak

mutaxassisni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida ishtirok etishiga tayyorligini belgilab


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2023) / ISSN 2181-1415

66

beruvchi andozalar mavjud bo‘lib, bular –

dunyoqarash kengligi, intellektual

rivojlanganlik, axloqiy, huquqiy, psixologik yetuklik, estetik madaniyat kabilarni o‘z

ichiga oladi.

Zamonaviy ta’lim nafaqat istiqbolda inson faoliyatining modellarini, balki uning

ma’naviyatini tashkil etuvchi komponentlarni ham shakllantirishga mo‘ljallangan. Inson
hayot faoliyatining qo‘zg‘atuvchisi va harakatga keltiruvchisi, uning ma’naviyati va
faolligining ko‘rsatkichi, xatti

-harakatlarining barqaror asosini ehtiyojlar tashkil etganligi

bois, oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy

-

kasbiy ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi

bo‘lajak ofitserlarning ma’naviy ehtiyojlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi
lozim. Zero, ma’naviy ehtiyojlar shaxs va jamiyatni komil bo‘lishiga, keng va chuqur
ma’naviy bilimlar asosida taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.

Ma’naviy kamolot ma’naviy ehtiyojlarning mazmuni va darajasi bilan bog‘liq.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi rivojlanishning oxirgi nuqtasi bo‘la olmaganidek,
ma’naviy rivojlanishning ham so‘nggi chegarasi bo‘lmaydi. Ma’naviy kamolotning har bir
bosqichi aniq davrlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va imkoniyatlari bilan belgilangan.
Binobarin, ma’naviyatning yangi cho‘qqilariga yetishish ehtiyoji shaxs va jamiyat
kamolotining hal qiluvchi omili sifatida inson faoliyatiga, jamiyat hayotiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.

Ma’lumki, inson hayoti va faoliyati uchta negizga asoslanadi: ehtiyojlar, fikrlash

qobiliyati va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iroda. “Ehtiyoj” inson va jamiyat
faoliyatining, yashashining asosiy omili bo‘lib, shaxsni faollashtiradi, uni harakatga
qo‘zg‘atuvchi ichki kuch hisoblanadi. Ehtiyojlar inson hayotini o‘zgartirish zaruriyatidan
kelib chiqadi. Faoliyatning o‘zi ham insonning, jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga
qaratiladigan ijtimoiy hodisadir. Inson o‘z ehtiyojlarini u qanday bo‘lmasin anglamasdan

turib amalga oshira olmaydi. Faqat anglangan ehtiyojlargina inson tomonidan
qondirilishga olib keladi. Inson amalga oshirayotgan faoliyatini anglagandagina faollik

ko‘rsatib, ehtiyojlarini o‘z mehnati orqali qondiradi. O‘z ehtiyojlariga ongli munosabat,
insonni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining birligi asosida yondashishni talab qiladi.

Ma’naviy ehtiyojlar insonga tug‘ilganidan to‘liq hajmda berilmagan, ular faqat

tarbiya va ta’lim jarayonida shakllanadi, ularning to‘liqligi va salohiyati shaxsning
rivojlanish darajasi haqida guvohlik beradi. Ma’naviy ehtiyojlar bo‘lajak ofitserning
ma’lum darajada shakllangan ma’naviy madaniyatini ifodalaydi.

Ma’naviy ehtiyojlar –

inson ehtiyojlarining eng oliy ko‘rinishi bo‘lib, uning

mohiyatida bilimga, kamolotga intilish, yuksak ideallarga ergashish orqali o‘z

-

o‘zini

namoyon etish va anglash yotadi. Ma’naviy ehtiyojlar jamiyat taraqqiyoti darajasini,
axloqiy ideallarini, maqsad va manfaatlarning qanday g‘oyalarga yo‘nalganlik xarakterini
ko‘rsatadi. U o‘z mohiyatida ijodkorlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini
jamlagan bo‘lib, ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi jamiyatning taraqqiyotiga, ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy takomillashuviga vosita bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqsak,
ma’naviy ehtiyojlar –

bu davlat, jamiyat va inson uchun kuch-

qudrat bag‘ishlay oladigan

va taraqqiyot uchun xizmat qiladigan, har doim o‘sib boruvchi zaruriyatdir.

Ma’naviy ehtiyojlar shaxs xulq

-

atvori rivojini ijobiy tomonga yo‘naltirib, A.Maslou

nazarda tutgan ehtiyojlar iyerarxiyasi[4]dagi barcha bosqichlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi

va ularni boshqara oladi. Ushbu qoida ofitser shaxsini shakllantirishda ustuvor jihatlarni

belgilashga, o‘quv jarayonining vazifalarini aniqlashga va harbiy ta’lim tizimini bo‘lajak
ofitserlarning ehtiyojlarini maqsadli shakllantirishga mo‘ljal olish imkonini beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2023) / ISSN 2181-1415

67

Falsafada ma’naviy ehtiyojlar insonning o‘z

-

o‘zini tarbiyalash, o‘z

-

o‘zini

takomillashtirish manbai sifatida qaraladi. Bo‘lajak ofitserlarning asosiy xizmat
faoliyatiga muvofiq, ma’naviy ehtiyojlarning tarkibiy elementlari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:

1. Intellektual (bilim olishga) ehtiyojlar.
2. Estetik ehtiyojlar.
3. Axloqiy ehtiyojlar.
4. Mafkuraviy ehtiyojlar.

4. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj.

5.

Mehnat faoliyatida shaxsning o‘zini o‘zi anglash ehtiyoji.

6. O‘zini o‘zi takomillashtirish ehtiyoji.

Shaxsning ma’naviy ehtiyojlari bevosita unda shakllangan ma’naviy qadriyatlar

tizimiga bog‘liq. Ma’naviy qadriyatlar –

bu inson xulq-atvorini shakllantiruvchi, uni

ma’naviyatini yuksaltiruvchi axloqiy me’yorlar va tamoyillar, an’analar, e’tiqodlar tizimi.
Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish ko‘plab faoliyat turlari, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik

orqali ham amalga oshiriladi.

Nazariya va amaliyot tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ofitser kadrlarni tayyorlashga

yo‘naltirilgan OHTMning ta’lim jarayoni kursantlarning ma’naviy ehtiyojlarini

shakllantirish va rivojlantirishda muhim vosita hisoblanib, ofitser kadrlarni tayyorlash

an’analariga rioya qiladi hamda ma’naviy

-

axloqiy jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirishida

muhim ahamiyat kasb etadi.

Ofitser kadrlarni tayyorlash an’analari deganda harbiy ta’lim sohasida tarixan

shakllangan me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar tushuniladi. Bular –

harbiy kadrlarni

tayyorlash bo‘yicha ilgaridan shakllangan qoidalar, me’yorlar, qadriyatlarni asrab

-

avaylash; harbiy ta’limning mazmuni va shakliga doimiy diqqat

-

e’tiborda bo‘lish; harbiy

kadrlarni o‘qitishdagi o‘ziga xoslik va uzluksizlik; ularning xizmat faoliyatini olib borishi
ob’yektiv shart

-

sharoitlarga muvofiq kelishi kabilarni o‘z ichiga oladi.

Ma’naviy ehtiyojning ijtimoiy mohiyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) komil insonni tarbiyalash;

2) jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan ma’naviy boy va aqlan yetuk

shaxsni tarbiyalash;

3) jamiyat va inson xafsizligini muhofaza qilish;

4) jamiyat va inson kelajagini yanada yuksaltirish maqsadida o‘zligini anglashga va

ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga sharoit yaratish va shu kabilar.

Ma’naviy ehtiyojlarni shakllantirish va rivojlantirishda uning tarkibini tashkil

etuvchi elementlar

intellektual, axloqiy, estetik ehtiyojlarini nazardan chetda

qoldirmaslik zarur. Ta’lim oluvchilarning intellektual ehtiyojlarini qondirish voqelikni
bilim, tajriba va boshqa shakllarda ob’yektivlashtirish vositasida amalga oshiriladi.

Bunda hissiy va aqliy bilish shakllari

idrok, tasavvur, xayol, tushuncha, mulohaza,

xulosa

yangilik olib kelishi, muayyan hodisalar o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga

keltirishi, kursantlarning xizmat faoliyati uchun, ularni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga
erishish uchun ma’lum bir fakt, axborot, ma’lumotning ahamiyatini yoritib berishi lozim.
Bunday sharoitlarda bilimlar intellektual ehtiyojning predmetiga aylanadi. Ta’lim
oluvchilarda esa har bir mashg‘ulotda biror bir yangilikni kutish, analitik faoliyatga

intilish qobiliyati yuzaga keladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2023) / ISSN 2181-1415

68

Axloqiy ehtiyojning mazmuni nafaqat tevarak-

atrofidagi ob’yektlarni ijobiy

baholashga, balki o‘zini o‘zi ma’naviy baholashga ham qaratilishi lozim, negaki axloqiy
ong tashqi majburlashga emas, balki o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi nazorat
qilishiga asoslanadi. Axloqiy ehtiyojning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ta’lim

oluvchi muayyan xulq-

atvor me’yorlarining zaruriyatini anglab yetadi va ixtiyoriy

ravishda unga intiladi. Shaxsning axloqiy ehtiyojlari o‘z mazmuniga ko‘ra rang

-barang.

Kursantlar axloqiy ehtiyojlari tarkibida turli xil axloqiy hissiyotlar, qarashlar, tasavvurlar,
qadriyatlar ustunlik qilishi mumkin. Masalan, vijdonlilik, vatanparvarlik, adolatparvarlik,

harbiy burch, mas’uliyatlilik, rostgo‘ylik, halollik, sezgirlik, hushyorlik, jangovar
birodarlik tuyg‘usi va h.k.

Estetik ehtiyojlar inson ehtiyojlarining eng oliysi bo‘lib, unda barcha moddiy va

ma’naviy ehtiyojlar jamlangan. Har bir shaxsning madaniyatlilik darajasi, ma’naviy
salohiyati uning estetik ehtiyoji darajasi bilan o‘lchanadi. Estetik ehtiyoj insonning
voqelikni go‘zal hodisalarini in’ikos ettirganini, xususan san’at asarlarini idrok etish va

yaratishda ijobiy his-

tuyg‘ularni boshdan kechirishga intilishini ifodalaydi. Estetik ehtiyoj

shaxsning ma’naviy o‘sishiga ta’sir etuvchi zaruriyatdir. Nemis nafosatshunosi Fridrix
Shiller ta’biri bilan aytganda,

“fikrlovchi va his etuvchi insonni tarbiyalash uchun,

avvalo uni estetik tarbiyalash zarur”

. Bugungi kunda bo‘lajak ofitserlarni zamonaviy

fan yutuqlariga asoslangan estetik bilimlar bilan qurollantirish, nafosat tamoyillari,

go‘zallik talablari asosida fikrlashga o‘rgatish, haqiqiy san’at asarlarini chuqur idrok
etish, go‘zallikni his qilish qobiliyatini va estetik didini rivojlantirish, ona Vatanga

sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Harbiy xizmatchi estetik

tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday hayotiy qiyinchilik va tashvishlar qarshisida ojizlik
qilmay, ularni yengib o‘tadi, har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni

zavq-shavq bilan bajaradi.

Zero, “Ilm yoq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yoldan

adashish bo‘ladi”

[2, 24-b.].

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj –

inson kamolotini

belgilovchi ehtiyoj, hayotning maqsad va mazmunini tashkil etadi. Ma’naviy ehtiyoj
insonning ichki sof ruhiy kechinmasi bo‘lib, ob’yektiv voqelikdagi zaruriyatlar asosida
yuzaga keladi. Ehtiyojning shakllanishi ob’yektiv muhit ta’siriga asoslansa

-da, uni

ro‘yobga chiqarishning yo‘llari insonning ma’naviy olamiga bog‘liqdir.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga

milliy ofitser kadrlarni tayyorlash tizimida ma’naviy ehtiyojlarning ahamiyati katta.

Bunda harbiy-

kasbiy bilimlar ma’naviy qadriyatga, erkinlik va faollikning eng muhim

shart-

sharoitlariga aylanishi lozim. Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz ta’biri bilan

aytganda, “Najot –

ta’limda, najot –

tarbiyada, najot

bilimda. Barcha ezgu maqsadlarga

bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Bilim qanchalik chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga
keladigan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bunday qadriyatlar buzg‘unchi
va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, o‘z xalqining
milliy g‘oyasiga, an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat tuyg‘usini
tarbiyalamasdan turib, o‘zligini anglagan insonni, o‘z Vatanining chinakam jonkuyarlarini

tarbiyalash mumkin emas.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2023) / ISSN 2181-1415

69

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Sh.M.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning

O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

2020.

www.prezident.uz.

2.

Sh.M.Mirziyoyev, Yangi O‘zbekiston strategiyasi. T.: O‘zbekiston, 2021.

-458 b.

3.

Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. –

592 b.

4.

Maslou A. G. Motivatsiya i lichnost’.

-SPb.: yevraziya, 1999. -478 s.//

ISBN 5-

80710016-6

http://poznaisebya.com/psylib/books/masla01/txt04.htm

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020. www.prezident.uz.

Sh.M.Mirziyoyev, Yangi O‘zbekiston strategiyasi. T.: O‘zbekiston, 2021. -458 b.

Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. –592 b.

Maslou A. G. Motivatsiya i lichnost’. -SPb.: yevraziya, 1999. -478 s.//ISBN 5-80710016-6 http://poznaisebya.com/psylib/books/masla01/txt04.htm