Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The issue of civilizational threat in the context of
information flows
Kudrat YULDASHEV
1
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
This article presents a scientific analysis of the emergence of
various threats and risks in the era of information and global
trends. The adoption of social, political, and informational
measures against non-traditional threats is interpreted as one
of the main directions of state policy. Based on the analyzed
theoretical and practical sources, scientifically substantiated
conclusions are drawn.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp474-478
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
information flow,
informed period,
threats,
Uzbekistan,
political and legal
foundations,
society.
Axborot oqimlari sharoitida sivilizatsiyaviy tahdid masalasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
axborot oqimi,
axborotlashgan davr,
tahdidlar,
O‘zbekiston,
siyosiy-huquqiy asoslar,
jamiyat.
Mazkur maqolada axborotlashgan davr va global tendensiyalar
asrida turli tahdid hamda xavflarning yuzaga kelishi borasida ilmiy
tahlillar berilgan. Noan’anaviy tahdidlarga nisbatan ijtimoiy,
siyosiy va axborot chora-
tadbirlarini ko‘rish davlat siyosatining
asosiy yo‘nalishidan biri sifatida talqin etiladi. Tahlilga tortilgan
nazariy va amaliy manbalar asosida ilmiy asoslangan xulosalar
chiqarilgan.
Проблема цивилизационной угрозы в контексте
информационных потоков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
информационный поток,
информированный
В данной статье представлен научный анализ
возникновения различных угроз и рисков в эпоху
информации
и
глобальных
тенденций.
Принятие
1
Independent researcher, Uzbekistan State University of World Languages
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
475
период,
угрозы,
Узбекистан,
политико
-
правовые
основы,
общество
.
социальных, политических и информационных мер против
нетрадиционных угроз трактуется как одно из основных
направлений государственной политики. На основе
проанализированных теоретических и практических
источников сделаны научно обоснованные выводы.
Dunyo miqyosida axborot almashinuvini tartibga solish masalasi anchadan beri
dolzarb b
о‘lib kelmoqda. Mamlakatlar mafkuraviy j
ihatdan ikki tarafga b
о‘lingan paytdan
boshlab axborot texnologiyalari va ma’lumotlar yetkazish usullari jiddiy rivojlana
boshladi. Hokimiyatlari milliy iqtisodiyotini t
о‘g‘ri boshqargan davlatlar –
AQSH va
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari katta yutuqlarga eri
shdilar va hozirgi bosqichda asosli
ravishda rivojlangan mamlakatlar deb nom oldilar. “Sovuq urush” axborotni ommaviy
hajmda va katta tezlik bilan uch y
о‘nalish bо‘yicha: о‘z davlati, g‘oyaviy raqiblar va
betaraf mamlakatlar aholisiga yetkazishni talab qildi. Uchinchi dunyoni yer yuzi
aholisining aksariyat aholisi Osiyoning asosiy qismi, Afrika va Lotin Amerikasi tashkil
etdi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rioya qiladigan axborotning erkin
oqimi (ruschasi: svobodniy potok informatsii; 1946 y. joriy etilgan) konsepsiyasi
mamlakatlar
о‘rtasida cheksiz axborot almashuvini nazarda tutadi. Bu masala bevosita
texnik imkoniyatlarga bog‘liq ekanligini e’tiborga olsak, axborotning erkin oqimi AQSH,
Buyuk Britaniya, Germaniyadek mamlakatlar tomoni
dan ishlab chiqarilgan ma’lumotlar
dunyoning har qaysi burchagiga hech qanday nazoratsiz yetkazilishi mumkinligini anglab
olamiz. Bunday sharoitda boshqa davlatlar rivojlangan mamlakatlarga axborot jihatidan
(demak, mafkuraviy jihatdan ham) qaram b
о‘lib qo
lishi aniq.
Tarafdorlarini k
о‘proq rivojlanayotgan mamlakatlar tashkil etadigan ikkinchi
yangi umumjahon axborot tartibi (ruschasi: noviy mirovoy informatsionniy poryadok;
1976-
y.) konsepsiyasining ma’nosi har qaysi alohida jamiyatning ichki axborot bozo
riga
xalqaro axborot oqimlari kirishini nazorat qilish zarurligidan iborat. Bu tartibning
maqsadi milliy an’analarni va madaniyatni rivojlangan mamlakatlarning axborot
xurujidan saqlashdir[1].
Ikkinchi konsepsiya YUNESKO tomonidan q
о‘llab quvvatlangan. U
shbu bob
muallifi konsepsiyaning amalga oshirilishiga bag‘ishlab 1979
-yil sentabrda Toshkentda
b
о‘lib о‘tgan xalqaro konferensiyada qatnashgan. Mazkur anjumanda YUNESKOning
о‘sha vaqtdagi Bosh direktori Amadu Maxtar Bou axborot almashuvini tartib asosida
t
ashkil etish zarurligi haqida ma’ruza qilgan edi. Ma’ruza mazmuni va Bosh direktorning
nuqtai nazari AQSH va uning tarafdorlariga yoqmaganligi sababli u zot keyinchalik
о‘z
vazifasidan ustalik bilan chetlashtirildi, yangi Bosh direktor (Friderik Mayor) esa erkin
axborot oqimining targ‘ibotchisi bо‘lib chiqdi.
Sivilizatsiyalarning zamonaviy holati haqida t
о‘xtaladigan bо‘lsak, quyidagilarga
о‘z e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bugungi kunda vaziyat shundayki, texnik jihatdan
kuchli b
о‘lgan xristianlar tamad
duni butun dunyo b
о‘ylab о‘z qadriyatlarini tarqatishga
z
о‘r berib intilmoqda. Aslida esa bu madaniy hujumdan о‘zga narsa emas. Buddaviylik
ham (Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Honkong misolida) kundan kunga kuchayib
borayotir. Islom diniga e’tiqod
qiluvchi mamlakatlar esa axborot jihatidan ular bilan teng
kuchga ega emas. Shu sababli islomiy davlatlar, vaqtincha b
о‘lsa da, noiloj о‘zlarini
himoya qilishga majburdirlar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
476
G‘arbiy mamlakatlarning yetakchiligi shak shubhasiz va doimiy emas, albatta.
Buning uchun Musulmon Renessansi davrini eslashning
о‘zi kifoya. Darvoqe, “Musulmon
Renessansi” iborasining о‘zi ham Sharqda emas, aynan G‘arbda paydo bо‘lgan,
shveysariyalik olim Adam Mets mazkur sarlavha bilan barcha uchun birdek maqbul
salmoqli kitob yozganligi bunga dalillardan biridir. Amerikalik mualliflar Heydi va Elvin
Tofflerlar shunday yozadi: “G‘arb dunyo iqtisodiyotida uzoq vaqt davomida va ochiq
oydin peshqadamlik qilib kelganligi bois bundan besh asr muqaddam ilg‘or
texnologiyalar sohasida Yevropa emas, balki Xitoy oldinda b
о‘lgani nazardan chetda
qoldiriladi.
О‘sha vaqtlarda aynan Osiyo jahon yalpi mahsulotining 65 foizini ishlab
chiqarib, dunyoning qolgan qismiga rivojlanish y
о‘lini kо‘rsatib turgan”[2]. Islom din va
turmush tarzi
о‘laroq umum
sayyoraviy illatlarga (ekologiya, OITS, yadro quroli) qarshi
tura olishining yuqori samarali b
о‘lishi ham dunyo hamjamiyati uchun sir emas. Balki
shuning uchundir, Yevropa aholisi
о‘rtasida islomni qabul qilish davom etmoqda.
Hozirgi siyosatshunoslar oldida muhim bir masala k
о‘ndalang turibdi. Bu “Sovet
ittifoqi tarqalganidan keyin dunyo miqyosida yangi umumjahon tartibi qanday b
о‘ladi?”
degan masaladir. Harvard universitetining professori Samyuel Xantington fikricha[3],
xalqaro maydonda davlatlarning
о‘zaro munosabatlari sivilizatsiyalar “tо‘qnashuvidan”
iborat b
о‘ladi. Olimning shu sarlavhali maqolasi 1993
-
yili “Foreign Affairs Reader”
jurnalining yozgi sonida e’lon qilingan edi. Keyinchalik u rus tiliga о‘girilib, Toshkentda
nashr qilinadigan “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnalida chop etildi[4]. Maqolaning
asosiy g‘oyasi quyidagicha: mafkuralar kurashi tugaganidan keyin keng tarqalgan
dinlarga asoslangan 7-8 ta dunyo sivilizatsiyalari
о‘rtasida tо‘qnashuvlar boshlandi.
Jahon matbuotida ushbu maqolaga munosabat bildirilib, k
о‘pgina javob va sharhlar
chiqdi, ularning bir qismini “Foreign Affairs Reader” (1993
-y., sentabr-oktabr) va
“Ekonomicheskoye obozreniye” jurnallari e’lon qildi[5]. Javob tariqasida S. Xantington
“Foreign Affairs Reader” jurnalining 19
93-yil sentabr-oktabrda chiqqan sonida
“Sivilizatsiyalar bо‘lmasa, unda nima?” (ruschasi: “Yesli ne sivilizatsii, to chto”?) deb
nomlangan maqolasini e’lon qildi.
Ham birinchi, ham ikkinchi maqolalarga munosabat sifatida
о‘nlab mamlakatlarda
turli janrlardagi asarlar chiqishi davom etdi. Natijada S. Xantington 1996-yilda ushbu
nomdagi
о‘z kitobini chop etdi[6]. Afsuski, bu asardan maqbul fikrlar bilan bir qatorda
ayrim not
о‘g‘ri g‘oyalar ham о‘rin olgan. Kitobning oxirgi jumlasini keltiraylik: “Yetib
kelayotgan davrda sivilizatsiyalar t
о‘qnashuvi butun dunyo uchun eng katta xavf bо‘lib
xizmat qiladi. Shuning uchun sivilizatsiyalarga asoslangan umumdunyoviy tartib jahon
urushining oldini olish uchun eng ishonarli choradir”. Yetib kelayotgan davrni
(bizningcha, axborot davri nazarda tutilmoqda) sivilizatsiyalar t
о‘qnashuvi davri deb
baholanishini ma’qullab bо‘lmaydi. Kitob chop etilganidan keyin hozirgacha о‘tgan davr
sivilizatsiyalar t
о‘qnashuvi achchiq qismat emasligini kо‘rsatdi. Yaqin Sharq inqirozi,
Iroqda b
о‘lib о‘tgan ikkita urush va Afg‘onistonda toliblarning davlat rahbarligidan
chetlashtirilishi kabi voqealarni esa bunday t
о‘qnashuvga nisbat berib bо‘lmaydi. Aynan
shu voqealar AQShdagi ayrim harbiylarni, jumladan mamlakat rahbariyatini hushyor
tortt
irdi, buni ularning Eronga bostirib kirishga qaratilgan qat’iy rejalaridan
qaytganliklaridan ham bilsa b
о‘ladi. Bu о‘rinda о‘zaro muloqot va sivilizatsiyalar
tengligiga asoslangan xalqaro tartib ustun keldi.
Lekin boshqa mamlakatlarni
о‘ziga teng kо‘rmasl
ik, dunyo miqyosida yetakchilikka
intilish ayrim mamlakatlarga qimmatga tushmoqda. Misol tariqasida 2001-yil 11-sentabr
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
477
kuni sodir b
о‘lgan fojiani keltirish mumkin. Ayrim mutaxassislar fikricha, Umumjahon
savdo markazi binolariga uyushtirilgan hujumni AQShning global yetakchiligiga qarshi
harakat deb baholasa b
о‘ladi. Ushbu hujumni ijobiy kayfiyat bilan qarshi olganlar soni
kutilganidan k
о‘proq bо‘lib chiqdi. Londonda chop etilayotgan “New Left Review”
nashrining bosh muharriri, taniqli yozuvchi va rejissyor Tariq Ali bu haqda shunday deb
yozadi: “Men sо‘ramoqchimanki, nega islom dunyosiga taalluqli bо‘lmagan anchagina
kishilar ushbu voqeaga befarq qoldilar, nega k
о‘p odamlar Usama ben Ladenning
“Qudratli Allohning irodasi bilan Amerikaning eng muhim markazlariga zarba berildi”
degan dahshatli s
о‘zlariga xursand bо‘ldilar? Nikaraguaning poytaxti Managuada
odamlar sukut aro bir birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Braziliyaning ichki hududlarida
joylashgan Porto-Alegreda amerikalik qora tanli jaz musiqachi
о‘z
konsertini “Ey xudo,
Amerikani yorlaqagin!” degan sо‘zlar bilan boshlamoqchi bо‘lganida, yoshlar bilan tо‘lib
toshgan konsert zali g‘azabdan “Usama! Usama!” deb baqirishga tushdi. Konsertni bekor
qilishga t
о‘g‘ri keldi. Boliviya kо‘chalarida ham odamlar
xursandliklarini namoyish
etishdi. Argentinada harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning onalari davlat tomonidan
uyushtirilgan motam marosimida qatnashishni xohlamadilar. Gretsiya hukumati
ommaviy s
о‘rovlar natijasini e’lon qilishga ruxsat bermadi, chunki
bu s
о‘rovlarda
aholining asosiy qismi AQShga qaratilgan zarbalarni q
о‘llab
-quvvatladi, futbol
ishqibozlari esa fojia munosabati bilan ikki daqiqa sukut saqlashdan bosh tortishdi. “Nyu
-
Yorker” muxbiri pekinlik talabalardan intervyu olganida, ular о‘z xursan
dchiliklarini
ochiqdan-ochiq izhor etdilar. Bunga hayron qolgan jurnalistlarga talabalardan ayrimlari
NATO samolyotlari Belgradda Xitoy elchixonasini bombardimon qilganini eslatishdi.
G‘arb ancha befarq ekanligini namoyish etgan о‘sha voqea oqibatida bor
-y
о‘g‘i olti nafar
xitoylik
о‘lgan bо‘lsa da, talabalar bu qurbonlar hayoti Nyu
-Yorkda
о‘ldirilgan uch ming
nafar amerikalik hayotidan kam emasligini uqtirdilar.
Yuqorida keltirilgan munosabatlarni tilga olishimizdan maqsad 11 sentabrda sodir
etilgan vahshiylikni oqlash emas, albatta. Bu faqat AQSH tomonidan ilgari surilayotgan
“ular bizni kо‘rolmaydilar, ular bizning erkinliklarimiz va boyliklarimizga hasad bilan
qaraydilar” kabi yengil
-yelpi dalil isbotlardan voz kechib, masalaga jiddiyroq qarashga
intilishdir. Gap mutlaqo bunda (k
о‘rolmaslikda, hasadda) emas”[7].
Xulosa sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Yuqorida aytib
о‘tilganidek,
axborotning globallashuvi uzoq tarixga ega: alifboning yaratilishi, kitob ixtirosi va h.k.
yangiliklar bu boradagi dastlabki qadamlar b
о‘ldi. Zamonaviy bosqichdagi axborot
globallashuvi radio kashf etilganidan keyin, XX asrning 30-40-yillarida boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakun topib, dunyo mamlakatlarining katta qismi ikki xil
mafkuraga tarafkashlik qila boshlaganlaridan s
о‘ng ular о‘rtasidagi axborot raqobati avj
olib, axborot asrini keltirib chiqardi.
Globallashuvning k
о‘p kо‘rinish va turlari mavjud. Ayrim mutaxassislar amerikalik
olim T. Levitt fikridan kelib chiqib, globallashuv jarayonlariga iqtisodiy globallashuv asos
solgan, deb hisoblashadi. Lekin bunday fikrga q
о‘shilish qiyin. Bizningcha,
globallashuvning barcha boshqa turlariga axborot globallashuvi debocha b
о‘lgan va har
doim madad berib turadi.
Globallashuv Internetda
о‘zining eng yuksak holatiga erishdi.
Falsafa qonunlariga
muvofiq, maksimal globallashuv
о‘z nihoyasiga yetib, degloballashuv (globallashuvdan
qaytish, uni barbod qilish) jarayonlarini boshlab berdi. Bugungi kunda, bir tomondan,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
478
globallashuv davom etayotgan b
о‘lsa, ikkinchi tomondan, deglobal
lashuv tamoyili ham
asta-sekin kuchayib bormoqda.
Axborot globallashuvining eng yorqin k
о‘rinishi Internetdir. Mutlaq adad (tiraj)li,
har tomonlama universal, barcha xohlovchilar uchun ochiq axborot tizimi b
о‘lmish
Internetning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari borligiga qaramasdan, musbat jihatlari
ustunligiga shubha qismaslik kerak.
Kuchli axborot texnologiyalariga egalik hali dunyoga egalik qilish degani emas.
Chunki ma’rifatli dunyoda bunday texnologiyalardan tashqari odamlarning gо‘zal hayoti
uchun nihoyatda zarur b
о‘lgan madaniy boylik va ma’naviy qoniqish degan mezonlar
ham barqarordir. Insonlar kelajagini axborot texnologiyalari bilan bir qatorda
tamadduniy yutuqlar ham belgilab beradi. Bunday jihatlarga esa k
о‘proq madaniyati
qadimiy b
о‘lgan davlatla
r sohibdirlar. Ular safiga, shak shubhasiz,
О‘zbekiston ham
kiradi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Муминова Ф.И.
Международная
журналистика: теория и практика.
–
Т.:
–
Университет мировой экономики и дипломатии, 2006
.
–
Б. 18
.
2.
Тоффлер Э., Тоффлер Х.Революционное богатство.
Ингл. тилидан
М.Султанова, Н.Циркун. таржимаси. –
М.: АСТ: АСТ Моска: ПРОФИЗДАТ, 2008. –
Б.
99.
3.
“Экономическое обозрение” , 1998, январь, –
Б. 67
-
77. Ўзбек тилига
таржимаси “Интеллект” газетаси,
2005 йил 9 июндан бошлаб еттита сонида
босилган.
4.
“Экономическое обозрение”. 1998. Январь. –
Б. 78
-
84. Апрель. –
Б. 62
-73.
5.
“Экономическое обозрение”. 1998. Апрель. –
Б. 73
-77/
6.
Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. –
М.: АСТ: АСТ, Москва, 2006.
7.
Али
Тарик. Столкновение цивилизаций: крестовые походы, джихад и
современность. –
М.: Астрель: АСТ, 2006. –
. 44, 45.
