Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Abu Rayhon Beruni
–
the great scientist
Khabib ANARBAEV
1
ALFRAGANUS University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 August 2023
Accepted 25 August 2023
Available online
15 September 2023
The article is a review of the scientific achievements of Abu
Raykhan Beruni, an outstanding encyclopedist of the Middle Ages.
He wrote over 160 papers in various disciplines including
astronomy, mathematics, geography, and philosophy. According to
historian Abu Fazl Bayhaqi, Beruni was so versatile in his
knowledge that he had no equal in his time. The text emphasizes
that the scientific heritage of Beruni is still not fully understood
and remains an urgent task for modern science.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp255-258
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Abu Rayhan Beruni,
encyclopedist,
Middle Ages, scientific
achievements,
Abu Rayhon Beruniy
–
buyuk alloma
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
Abu Rayhon Beruniy,
qomusiy,
o‘rta asrlar,
fan yutuqlari
Ushbu maqolada o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimi Abu
Rayhon Beruniy hamda
–
uning astranomiya, matematika,
geografiya,
o‘simlikshunoslik,
madanshunoslik,
tarix,
adabiyotshunoslik,
sotsiologiya,
falsafa
geodeziy,
formakognoziya, mineralogiya kabi sohalarga doir yozgan
asarlari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi
.
Абу Райхан Беруни –
великий ученый
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Абу Райхан Беруни,
энциклопедист,
Средневековье,
научные достижения
Статья представляет собой обзор научных достижений
Абу Райхана Беруни, выдающегося энциклопедиста
Средневековья. Он написал более 160 работ по различным
дисциплинам,
включая
астрономию,
математику,
географию и философию. По словам историка Абу Фазла
Байхаки, Беруни был настолько универсален в своих
знаниях, что не имел равных в свое время. Текст
подчеркивает, что научное наследие Беруни до сих пор не
1
Master
’
s degree student, Philosophy Faculty, ALFRAGANUS University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
256
полностью изучено и остается актуальной задачей для
современной науки.
Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy, Iso va Hakim Termiziylar, Mahmud
Zamaxshariy va Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband va Xoja Ahror Valiy, Muhammad
Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va
Alisher Navoiy kabi ko‘plab daholar nomi jahon sivilizatsiyasi tarixida oltin harflar bilan
bitilgan.
Shavkat Mirziyoyev
KIRISH
Har bir millatning o‘z tarixi bor. Har bir millat dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan
allomalari bilan faxrlanadi va kelajak avlodiga ularni ibrat qilib ko‘rsatadi. Bizning
diyorimizdan ham dunyo tan olgan ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Tarixdan
ma’lumki Abu Nasr Farobiy, Axmad al Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy , Amir Temur, Abu
Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy kabi ko‘plab allomalarimizning bebaho asarlari hamda
ilmiy merosidan dunyo ahli hozirgacha foydalanib kelmoqda.
Matematika, kimyo, tibbiyot, sohasida musulmon olimlarining xizmati buyuk
bo‘lib, bu borada ular Yevropaning muallimlari bo‘lib qoldilar.
(G.Gerden)
METOD VA NATIJA
X asrning ikkinchi yarmi va XI asrda Xorazmda ilm-
ma’rifatga katta e’tibor
qaratilgan edi. Zardushtiylik, buddaviylik, isaviylik, musoviylik, islom dini va madaniyati
kabi diniy ta’limotlar xalqning dunyoqarashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan edi. O‘sha davrning
ilmli va yuksak hurmat e’tiborga ega kishilaridan bo‘lmish Beruniy dinda to‘la
mo‘tadillikni yoqlagan va barcha mazhablarga nisbatan bag‘rikenglik bilan qarash
tarafdori bo‘lgan [1].
Olimning buyuk kashfiyotlarni amalga oshirishida va ko‘plab ilmiy asarlar
yozishida, Beruniyga homiylik qilib uni qo‘llab quvvatlovchi hukmdor va amaldorlar kam
emas edi. Beruniy hukmdorlarning ko‘ngli uchun yolg‘on gapirmagan. Amaldorlarning
nojoiz ishlaridan qaytargan. Ba’zan ularning g‘azabiga uchrab, “bashoratchi” deya
ayblanib, bir necha marotaba zindonband qilingan.
Beruniyning katta yutuqlaridan biri u arab, sug‘d, fors, yunon, suriyoniy, qadimiy
yahudiy va sanskrit tilini mukammal darajada bilgan. Iroqiylarning oxirgi vakili
astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr
Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya,
jug‘rofiya, mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va
tilshunos sifatida ham ajralib turgan. U o‘z davrining deyarli barcha fanlarini mukammal
o‘rgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va ko‘plab ilm sohalarida tinimsiz
izlanishlari uchun moddiy mukofotlar oladi [3][4]. Haqiqatdan ham qomusiy olim
Abu Rayhon Beruniyning asarlari mavzu jihatidan turli xil.
Ularning ko‘pchiligi o‘z
zamonasida ensiklopediya hisoblangan.
NATIJA
U o‘zining Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Yevropada mineralogiya sohasida tengi
yo‘q asari “Mineralogiya”ni yozish vaqtida qimmatbaho toshlarni qazib olish va savdo
qilish markazi bo‘lgan Hindiston va Afg‘onistonda yashaydi va ko‘plab materiallar
to‘playdi. “Mineralogiya”da o‘nlab qimmatbaho tosh va minerallarning nomi, ularning
fizik va kimyoviy xossalari haqida ilmiy ma’lumotlar bergan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
257
Tabiatshunoslikka doir 1045
–
1048-
yillarda yozilgan “Dorivor o‘simliklar haqidagi
kitobi” (“Kitab as –
saydana fi-t-
tibb”) tarixga “Saydana” nomi bilan kirgan. Ushbu kitobga
1200ga yaqin dorilar kiritilgan.
Olim asarda o‘simliklarning tarqalish hududi va turli
tillarda qanday nomlanishiga katta e’tibor qaratadi. Bu ishi bilan Beruniy o‘simlik
nomlari boshqa tillarga tarjima qilinganda o‘zgacha nomlanib, ulardan noto‘g‘ri
foydalanishni oldini oladi. Asarga 4500 ta termin kiritilgan. “Saydana” asari faqat
dorishunoslikka oid bo‘lib qolmasdan, o‘z davrining ko‘p tilli (dorishunoslikka doir)
izohli lug‘ati ham bo‘lgan.
Mutafakkirning shoh asarlaridan yana biri “Hindiston” asaridir.
Beruniy ushbu
asarida hindlarning urf-odatlari, dini, qonunlari, geografiyasi, hind yozuvining turlari
haqida batafsil ma’lumotlar bergan. Beruniy hind tilini mukammal bilganligi bois, kitobni
yozish jarayonida hind ilmiy manbalariga tayanadi va o‘zi Hindistondayashaydi.
“Hindiston” asarini yozish bilan bir vaqtda “Sankxi” va “Yogasutra Patandjal”
asarlarini arab tiliga tarjima qilib, Ptolameyning “Evklid va Almagesi” asarini sanskritga
qayta ishlashni boshlagan [5].
“Dunyoda hind xalqining sadoqatli do‘stlari ko‘p. Ular orasida kelib chiqishi
musulmon bo‘lgan sharqning buyuk donishmandi Abu Rayhon Beruniy ham bor.
Hali dunyoda hech kim hind xalqini, uning qadim va boy madaniyatini Beruniychalik
targ‘ib qilmagan. Binobarin hind xalqi bor ekan uning do‘sti Abu Rayhon Beruniy ham
bor.
Biz hamisha uning ilg‘or tafakkuri oldida bosh egamiz”
–
Mahatma Gandi.
“Mas’ud qonuni” (“Al
-Qonun al-
Mas’udiy”) nomli asari 1030
-yilda yozilgan. Bu asar
matematika va astronomiyaga oid bo‘lib, quyosh, oy va yulduzlarning harakatlanish
tartibi batafsil tushuntirilgan. Beruniy tuzgan yulduzlar jadvali ham mazkur kitobga ilova
qilingan. Asarda bayon etilgan ta’limotlarning aksariyatini Beruniy Qur’on oyatlari bilan
solishtirgan. Bu uni Qur’onni mukammal bilganligidan dalolat beradi.
“Mashhur “Qonini Mas’udiy” matematika, geografiya va astronomiya sohasida
olamshumul ilmiy tadqiqot bo‘lib, Beruniy bu asari bilan yunon olimlaridan allaqachon
o‘zib ketdi” –
deya ta’rif beradi taniqli rus olimi S.P.Tolstov.
Beruniy birinchi bo‘lib Yer shari globusini yasagan. Bu ixtirodan barcha geograflar,
har bir ziyoli bugungi kunda bahramand bo‘lmoqda.
Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri bilan
tutashganligini isbotlagan, Yer sharining janubiy tomonida muz qoplagan quruqlik
bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan [1].
U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda Tixo de
-Brage
tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu usulni Beruniy undan 6 asr ilgari
ishlatgan [1].
Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga, dengizlarning
quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Beruniy ishlab chiqqan.
Yer markazga qarab tortilishi haqidagi fikrni ham Beruniy ilgari surgan.
XULOSA
Abu Rayhon Beruniy jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga o‘zining yirik ilmiy
kashfiyotlari bilan salmoqli hissa qo‘shgan buyuk
olim hisoblanadi. Yevropalik
Beruniyshunoslar Beruniyning bir o‘zi butun boshli ilmiy
-tadqiqot institutlari ham bajara
olmaydigan ishlarni uddalagan, deb qayd etishgan.
Beruniy 1048-
yili G‘azna shahrida vafot etgan. Mustaqillik davrida Beruniy
merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Beruniy rahbarlik qilgan Xorazmdagi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
258
“Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Hozirgi kunda
Beruniyning noma’lum bo‘lgan asarlarini izlab topish va ularni o‘rganish ishlari olib
borilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“Buyuk yurt allomalari”.
Uchinchi nashr.Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi:
1. U.Uvatov, B.To
‘
rayev, I.Usmonov, I.Daminov -Toshkent
“
O
‘
zbekiston
” 2020.
42, 44,
45-betlar.
2.
“Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi. Madaniyat va ma’rifat telekanali.
3.
Biolot,D.J.,Al-
Biruni(Beruni), Abu’l Rayhan Muhammad b. Ahmad New
Ed.,vol.1.pp1236-1238.
4.
Булгаков П. Г. Жизнь и труды Беруни. Ташкент. Из
-
во «Фан». 1972.
5.
Крачковский И Ю. Арабская географическая литература. Избранные соч.,
том IV. Москва
-
Ленинград, 1950.
6.
uz.m.wikipedia.org Abu Rayhon Beruniy
7.
arboblar.uz. Abu Rayhon Beruniy
