Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of improving the procedure for preparing
a criminal case for trial
Sobir ALISHAEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 August 2023
Accepted 25 August 2023
Available online
15 September 2023
This article is devoted to the theoretical problems of the
stage of improving the meaning and procedure for using expert
opinion and expert testimony, which is one is the types of
evidence when passing a lawful, reasonable, and fair sentence in
a criminal case.
The significant influence of the expert
’
s opinion on the
author
’
s judgment is noted, as well as the circumstances of the
influence of the expert
’
s opinion on the judgment are shown by
practical examples and their analysis.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp101-106
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Criminal case,
forensic expertise,
expert opinion,
higher court,
expert,
proof,
sentence.
Jinoyat ishi
bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli hukm
chiqarishda ekspert xulosasining o‘rni va ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Jinoyat ishi,
sud ekspertizasi,
ekspert xulosasi,
yuqori sud,
ekspert,
dalil,
hukm.
Mazkur maqola jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy, asosli va
adolatli hukm chiqarishda dalillar turlaridan biri hisoblangan
ekspert xulosasi va ekspertning ko‘rsatuvlari ahamiyati va
undan foydalanish tartibini takomillashtirish bosqichining
nazariy muammolariga bag‘ishlangan.
Muallif tomonidan hukm chiqarishga ekspert xulosasi
sezilarli darajada ta’sir etishiga to‘xatlib o‘tilgan hamda hukm
chiqarish uchun ekspert xulosasining ta’sir etish holatlari
amaliy misollar va ularning tahlillari bilan ko‘rsatib o‘tilgan.
1
Lecturer, Department of Criminal and Procedural Law, Tashkent State University of Law.
Е
-mail: sobiralishaev25@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
102
Вопросы совершенствования порядка подготовки
уголовного дела к судебному разбирательству
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
уголовное дело,
судебная экспертиза,
заключение эксперта,
вышестоящий суд,
эксперт,
доказательство,
приговор.
Данная статья посвящена теоретическим проблемам
этапа
совершенствования
значения
и
порядка
использования экспертного заключения и показаний
эксперта, являющихся одним из видов доказательств при
вынесении законного, обоснованного и справедливого
приговора по уголовному делу.
Отмечено существенное влияние заключения эксперта
на вынесение суждения автором, а также обстоятельства
влияния заключения эксперта на вынесение суждения
показаны практическими примерами и их анализом.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
-protsessual kodeksiga binoan sud qarori
qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi kerak.
Qonun chiqaruvchi hukmning qonuniy, asosli va
adolatli deb tan olinishi shartlarini belgilaydi. Mazkur shartlar Jinoyat-protsessual
kodeksining 455-
moddasida keltirilgan bo‘lib [6], unga ko‘ra, agar hukm qonunning
barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan bo‘lsa, qonuniy deb
e’tirof etiladi, agar hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha to‘la va yuz
berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan bo‘lsa, asosli deb e’tirof etiladi, agar
hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy
xavflilik darajasi va uning shaxsi e’tiborga olinib tayinlangan bo‘lsa, aybsiz shaxs esa
oqlangan va reabilitatsiya etilgan bo‘lsa, adolatli deb e’tirof etiladi.
Qonuniy, asosli va adolatli hukmning qarori ko‘p jihatdan jinoyat ishida to‘plangan
dalillarga bog‘liq.
Jinoyat protsessining asosiy elementi isbotlash jarayoni
–
sud, prokuror, tergovchi,
surishtiruvchi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda jinoyat alomatlari
mavjudligini yoki yo‘qligini aniqlaydigan ma’lumotlarni o‘rnatish jarayoni sifatida jinoyat
ishiga tegishli holatlardir.
Ushbu holatlarning ro‘yxati Jinoyat
-protsessual kodeksining 85-moddasi bilan
belgilanadi [6]
. O‘z navbatida, isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida
dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
Ushbu normalarda ekspert xulosasi va ko‘rsatuvlarini dalil turlaridan biri sifatida
belgilaydi.
Jinoiy ish qo‘zg‘atayotgan shaxslar ekspertning fikriga alohida ahamiyat
qaratishlari lozim.
Jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasining daliliy ahamiyati juda
katta, chunki bu turli xil bilim sohalarida (maxsus bilimlar) ilmiy yutuqlarni qo‘llash
orqali aniqlangan faktlarni bayon qilishdir.
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, maxsus bilim
–
bu yuqori kasbiy
tayyorgarlik, ilmiy faoliyat, amaliy ish tajribasi natijasida olingan, zamonaviy ilmiy va
amaliy darajaga mos keladigan, o‘z egalariga o‘z mutaxassisligi bilan bog‘liq har qanday
masalalarni malakali tarzda hal qilish imkoniyatini yaratadigan ob’ektiv xarakterdagi har
qanday bilim va ko‘nikmalar hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
103
Bu bizga ekspert xulosasi sub’ektiv baholash va shaxsiy xususiyatlar, guvohlar,
jabrlanuvchilar va ayblanuvchilar tomonidan voqealarni idrok etish va taqdim etishning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan emas, balki ob’ektiv xarakter ekanligini aytishga imkon beradi.
Jinoyat protsessida ekspert xulosasining ahamiyati bebahodir. Zamonaviy usullar
va fan va texnika sohasidagi so‘nggi yutuqlar turli sohalarda tadqiqotlarni o‘tkazish, shu
jumladan rivojlanayotgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga imkon beradigan turli
xil tadqiqot usullaridan foydalanish imkonini beradi.
Ko‘pincha ekspert xulosasi so‘roq qilingan holatlarda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar va
qarama-
qarshiliklarni yo‘q qiladi, shaxslar va (yoki) ba’zi ko‘rsatuv beruvchilarni
dalillarini tasdiqlovchi va boshqalarini rad etuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu xulosa biz o‘rgangan sud va tergov amaliyoti ma’lumotlari bilan
tasdiqlangan. Jumladan, misol tariqasida ko‘rib chiqilgan qo‘yidagi jinoyat ishini
keltirishimiz mumkin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 298
-moddasi
1-
qismi bilan ayblangan T. maxsus transport vositasini boshqarib ketishi jarayonida yo‘l
-
transport xodisasini sodir etgan. Sud jinoyat ishini ko‘rib chiqqanda, aynan ekspert
xulosasi qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga yordam berdi, bu esa jinoyatchini
jinoiy javobgarlikka tortish, jabrlanuvchi foydasiga esa jinoyatchi tomonidan uning
sog‘lig‘iga yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatini yuklash imkonini berdi.
Dastlabki tergov organi tomonidan T. ayblanayotgan jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l
-
transport xodisasi natijada transport vositasida kelayotgan Sh. badaniga o‘rtacha og‘ir
shikast yetkazilgan. Dastlabki tergov vaqtida tayinlangan ekspertiza xulosalarini ham
inobatga olgan holda tergov organi ishni sudga yuborgan. Sud majlisida himoyaning
vajlariga ko‘ra transport vositasini aynan o‘sha holatda jabrlanuvchi deb hisoblanayotgan
shaxs boshqargani va tan-
jarohatlari olganini keltirgan. Vajlarining tasdig‘i sifatida sud
majlisida ushbu holatni bevosita ko‘rgan boshqa yo‘lovchilarni ham so‘roq qilish
to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi. Biroq, sud tomonidan tayinlangan turli xil (kompleks
ekspertiza) avtotexnika va sud-
tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi va
jarblanuvchi tomonidan olingan tan jarohatlari hamda transport vositasining
shikastlanishi holatlaridan kelib chiqib, himoyaning vajlari rad etiladi va sudlanuvchi
yo‘l
-
transport xodisasi vaqtida boshqaruvda bo‘lgani holatini tasdiqlaydi.
Biroq ba’zi holatlarda, ekspert xulosasida uni maqbul dalil deb topish uchun
barcha asoslar bo‘lsada, qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarish uchun xizmat
qilmasligi mumkin [1. 545-b.
]. Jumladan ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra, tadqiqot
shakllari va usullarining xilma-
xilligi sudlar uchun muammo tug‘dirdi, ko‘pincha bir xil
xulosalar turli iboralar bilan tavsiflanadi, xulosalar to‘liq berilmaydi, qo‘yilgan savolning
mohiyatini yetarlicha oshkor qilmaydi va javob bermaydi. Boshqa tomondan, ishda
raislik qiluvchi sudyaga kerak bo‘lgan sud
-tergov holatlari mavjud muayyan sud-tergovni
hal qilish uchun mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalaridan foydalanishni taqazo
etadi. Jumladan S.ga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ekspertiza transport vositasi mexanik
uzatmalar qutisi va shinalar holatidan kelib chiqib, transport birinchi uzatmaga
solinganda, nishablikda ham g‘ildiraklar aylangan holda orqaga harakatlanishi mumkin
emaligini xulosa qilishgan, biroq himoya vajlariga asosan o‘tkazilgan tergov
eksperementi uzatmalar qutisi bo‘yicha xulosaning aksini tasdiqlagan.
Sud uchun hech qanday dalil oldindan belgilangan kuchga ega emas, shu jumladan
tergovchi, surishtiruvchi va prokuror uchun ham. Ekspert xulosasining ehtimoliy tabiati
va himoya tomonidan taqdim etilgan dalillarning umumiyligi, shuningdek jinoyat ishi
materiallarida mavjud bo‘lgan dalillar, sudga ekspert xulosasini jinoyat ishi bo‘yicha
ayblovning dalili sifatida ishlatishga ruxsat bermadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
104
Isbotlash jarayonida ekspert xulosasi sifatida bunday turdagi dalillardan
foydalanishning ushbu misollarini taqqoslash nafaqat ekspert xulosalarining o‘zi, balki
ularning xulosada taqdim etilishi ham muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi.
Isbotlash
sub’ektlari ekspert o‘z xulosasini qat’iylik shaklda shakllantirishga imkon
topganligini ortiqcha baholamasligi yoki ekspert xulosasini ehtimoliy xulosa bilan
e’tiborsiz qoldirmasligi kerak [4.
48-b.
]. Ko‘rinib turibdiki, har bir holatda jinoyat
protsessini olib boruvchi shaxslar ekspert xulosasini baholashga har bir aniq holatda
ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak.
Biz keltirgan ikki misolda, rasmiy ravishda, ekspertning jinoyat ishi bo‘yicha
xulosasi Jinoyat-protsessual kodeksining barcha talablariga javob beradi, lekin aslida
jinoyat ishini sudga yuborishda qonun buzilish holatlarini sodir etishga xizmat qildi.
Ekspertning xulosasi sud dalillari sifatida faqat ishga aloqadorligi, maqbulligi va
ishonchliligi talablariga javob beradigan taqdirda ishlatilishi mumkin. Ushbu holatlarni
aniqlash uchun sud bu ma’lumotlarni baholaydi.
Sudlar har bir dalilni alohida va ishdagi boshqa dalillar bilan birgalikda
baholaydilar. Dalillarni baholash mezonlari birinchi instansiya sudi uchun ham, yuqori
instansiya sudlari uchun ham bir xil [4. 46
–
47-b.].
Baholash mezonlarini guruhlab, quyidagilarga bo‘lish mumkin: ekspertiza tashkil
etish, ekspert xulosalari asosliligi, sud tomonidan ekspert xulosasi baholash to‘g‘riligi.
Birinchi guruhga
quyidagilar kiradi: ekspertning ob’ektivligi nuqtai nazaridan
tanlovi, uning aniq ilmiy malakasi, tadqiqotga qaratilgan materiallarning to‘liqligi va
sifati, protsessual me’yorlarga muvofiqligi.
Ikkinchi guruh
quyidagilarga rioya qilishni o‘z ichiga olishi kerak, jumladan ekspert
o‘z vakolatlaridan to‘g‘ri foydalangani, tergovchi va sud tomonidan taqdim etilgan
materiallardan foydalanishning to‘liqligi, ilmiy asoslardan foydalanish, tadqiqot jarayoni
va ekspert xulosasidagi xulosalar o‘rtasida qarama
-
qarshiliklarning yo‘qligi.
Uchinchi guruh
ekspert xulosalarining ish materiallariga muvofiqligini o‘z ichiga
oladi va agar ular orasida qarama-
qarshiliklar bor bo‘lsa, keyin ular sud tergovi
davomida bartaraf qilingani.
Sud ekspertizasini tayinlash va ekspertni tanlash qarori qabul qilishda, tergovchi
quyidagilarni hisobga olishi kerak: ekspert ishning natijasi bilan qiziqmasligi va tegishli
bilim sohasida yetarlicha vakolatli bo‘lishi kerak.
Birinchi talab barcha turdagi ekspertizalao uchun umumiydir. Ikkinchisiga kelsak,
shuni ta’kidlash kerakki, sud ekspertizasi uchun ushbu masalani hal qilishda o‘ziga xoslik
mavjud bo‘lib, bu sud
-tergov organlari xodimlari har doim ham tadqiqot chegaralari va
ekspertiza ishonib topshirilgan shaxslar orasida imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga
ega emaslar va har doim ham ilmiy bilimlarning chuqurligi zarurligini yetarlicha tasavvur
qila olmaydilar. Bu sud ekspertizasi ba’zan ilmiy malakaga ega bo‘lmagan
mutaxassislarga ishonib topshirilishiga olib keladi. Ekspert vakolatiga kiradigan
masalalarni hal qilish talabiga kelsak, yuqori sudlar ekspertga faqat uning vakolatidan
tashqariga chiqmaydigan masalalarni hal qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash va tanlash muhim
rol o‘ynaydi. Mutaxassis qanchalik malakali bo‘lmasin, fan va texnikaning eng so‘nggi
yutuqlaridan foydalanmasin
–
agar tadqiqot ob’ektlari yetarli bo‘lmasa yoki ular tadqiqot
uchun mos bo‘lmasa, ekspert xulosasi ishda ishonchli dalil bo‘la olmaydi.
Ekspert xulosasini baholashda, sudlar nafaqat ekspert tomonidan o‘rnatilgan
faktdan, balki ushbu faktning ishonchliligidan ham kelib chiqadi, ya’ni xulosalar ularning
haqiqiyligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
105
Ekspertni muayyan xulosalarga olib kelgan ushbu ob’ektlarning ishonchliligiga
shubha, xulosaning ishonchliligiga shubha tug‘diradi, bu esa o‘z navbatida bunday
xulosaga asoslangan hukmning qonuniyligi va asosliligiga shubha tug‘diradi.
Ham ekspert, ham tergov va sud amaliyoti tadqiqot uchun yuborilgan
ob’ektlarning ishonchliligiga shubha tug‘diradigan holatlar tergovchi, sud va
ekspertlarning ish natijasini yo‘qqa chiqaradi. Protsessual qonunlarning buzilishi,
ashyoviy dalillarning haqiqiyligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ashyoviy
dalillarni olib qo‘yish va saqlash tartibi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik
ekspertizaga yuborilgan narsalarning
–
ashyoviy dalillarning haqiqiyligini yo‘qotishiga
олиб
келади
ва
бундай
объектларни
ўрганишга
асосланган
экспертларнинг
хулосалари
уларнинг
ишдаги
далилий
q
ийматини
йў
q
отади
.
Ekspert xulosasi
–
bu dalillarning maxsus manbasidir.
Ekspert xulosasining o‘ziga
xos xususiyati shundaki, ekspert tergov va sudga ma’lum bir fan, texnika, san’at
sohasidagi ma’lumotlardan foydalanish asosida u tomonidan aniqlangan faktlar
to‘g‘risida xabar beradi. Tadqiqotni olib boradigan mutaxassis o‘zining maxsus
bilimlariga asoslanadi, bu esa tergov yoki sud organlari tomonidan berilgan savollarga
javob berishga imkon beradi. Ekspert xulosalari daliliy ahamiyatga ega, guvoh,
ayblanuvchi va sudlanuvchining u yoki bu fakt bo‘yicha xulosalari dalil kuchiga ega emas.
Ekspert xulosasini uning ilmiy ishonchliligi nuqtai nazaridan baholash juda
murakkab jarayon. Ushbu konsepsiya fan va texnika talablariga javob beradigan
mutaxassis tomonidan tanlangan ilmiy tadqiqot usullarining to‘g‘riligini, tadqiqot
bosqichlarining mantiqiy ketma-ketligini (alohida, qiyosiy, eksperiment) va fan va
texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi darajasida berilgan savollarga javob berish
qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Ekspert xulosasi maxsus dalildir, shuning uchun unga ma’lum talablar qo‘yilishi
kerak, birinchi navbatda
–
ilmiy asoslilik, aniqlik, ekspert xulosalarining ravshanligi.
Sudlar hukmda o‘z xulosalarini faqat ishonchli, hech qanday shubha
tug‘dirmaydigan faktlarga asoslanishlari kerak.
Sud va tergov amaliyotidan biz tahlil qilgan misollar ekspertning kasbiy mahorati,
uning bilim va ko‘nikmalaridan sud tomonidan jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda ancha
samarali foydalanilishini ishonchli ko‘rsatmoqda. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi bilan fan
va texnikaning turli sohalarida jinoyat protsessida ekspertning roli oshadi. Uning
bilimlari jinoyat ishlarini ochish, tergov qilish va ko‘rib chiqishda, shuningdek jinoyat ishi
bo‘yicha qonuniy, oqilona va adolatli hukm chiqarishda zarurdir.
Ayni paytda, keltirilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, jinoyat ishini ko‘rib
chiqishda ularni dalil sifatida ishlatishga imkon bermaydigan ekspert xulosalari mavjud
bo‘lib qoladi. Bunga ob’ektiv va subektiv sabablar bor. Shu munosabat bilan biz sud
tergovining sifati ba’zan ekspertlarning xulosalariga tanqidiy munosabatga bog‘liq deb
hisoblaymiz. Ekspertlar yo‘q qo‘yishi mumkin bo‘lgan xato borligini inobatga olmasdan,
ularning xulosalariga ko‘r
-
ko‘rona tayanish sud hukmining qonuniy va asosli bo‘lishiga
shubha tug‘diradi [3].
Shu sababli, jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi paytida yuzaga keladigan ko‘plab
murakkab vaziyatlarni hal qilish uchun agar so‘roq qilish ishning maxsus bilimlarga oid
holatlarini aniqlash va o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lsa, mutaxassisni taklif qilish tavsiya
etiladi. Ushbu tavsiyaning dolzarbligi shundan iboratki, jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda
ko‘pincha maxsus bilimlardan foydalanmasdan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni davom
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
106
ettirishning iloji bo‘lmagan holatlar yuzaga keladi. Mutaxassisning so‘rog‘i esa jinoyat
protsessining ishtirokchilariga ularga to‘g‘ri savollar berish imkonini beradi. Bu, o‘z
navbatida, ekspert xulosasiga huquqiy baho berish va uni kelgusida sud hukmida dalil
sifatida tan olish yoki olmaslik imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Комаров О.Н. Использование
знаний специалистов, экспертов в уголовном
процессе // Право и государство: приоритеты XXI века: материалы Всероссийской
научно
-
практической конференции / отв. ред. В.Я. Музюкин, Е.С. Аничкин. –
Барнаул: Алт. Ун
-
т, 2007. –
С. 545.
2.
Аверянова Т. В., Белкин Р. С, Корухов Ю. Г., Россинская Е. Р. Экспертиза в
гражданском, административном, уголовном процессе:
учебник для вузов. М.
:
Норма, 2003.
3.
Аверянова Т. В., Белкин Р. С., Корухов Ю. Г., Российская Е. Р.
Криминалистика:
учебник для вузов. Под ред. Заслуженного деятеля науки
Российской Федерации, профессора Р. С. Белкина. М.: Норма.
4.
Tuxtasheva U.A., Pulatov B., Bazarova D.B., Saxadinov S., Tulaganova G.Z.,
Mirazov D.B., Mirzayev A., Mavlonov K., Kenjaboyev D., Salomov N. Jinoyat-protsessual
huquqi: Darslik.
–
T.: TDYU nashriyoti, 2021.248 bet.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son. https://www.lex.uz/acts/20596.
6.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-protsessual Kodeksi, 2021 yil 21 apreldagi
O‘RQ
-683-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021
y., 03/21/683/0375-son, https://lex.uz/docs/111460.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini
yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF
-6034-son Farmon, https://lex.uz/docs/4910826.
8.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-
protsessual, Xo‘jalik protsessual va
Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining 2000 y. 14 dekabrdagi, 163
-II-
son Qonuni // O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001. 1-2-son, 11-modda.
9.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi
23.05.2014 yildagi 07-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/2413562.
10.
Alishaev S.T. SUDEBNOE REShENIE: ZAKONNOST, SPRAVEDLIVOST I
BESPRISTRASTNOST //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka.
–
2022.
–
T. 2.
–
№. 2.
11.
Алишаев С.Т. СУД HУКМИНИ ТУЗИШ ВА РАСМИЙЛАШТИРИШ
МУАММОЛАРИ //E Conference Zone. –
2022.
–
С. 176
-179.
12.
Алишаев С. Т. ОДИЛ СУДЛОВНИНГ ЯКУНИ HУЖЖАТИ СИФАТИДА HУКМ
//E Conference Zone.
–
2022.
–
С. 171
-175.
13.
Маматкулова, Хосият. "Некоторые вопросы допустимости электронных
доказательств." Общество и инновации 2.1/S (2021): 256
-264.
14.
Mamatkulova, K. (2021). Admissibility Of Electronic Evidence In Criminal
Proceedings. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(02), 144
–
152. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume03Issue02-21
