Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
A history of digital forensics and the use of digital evidence
Bobur KARIMOV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 August 2023
Accepted 25 August 2023
Available online
15 September 2023
This article provides a coherent history of the development
of digital technologies and the use of digital devices and
evidence in the practice of forensics. The history of the use of
digital evidence has been studied by many international
organizations and the experiences of foreign countries. The
article describes the further development of digital forensics,
starting with data recovery. Also, the history and development
of the use of digital forensics and digital evidence is studied
in 3 independent stages that are not similar to each other.
Developments and achievements in each phase and
shortcomings of these periods are also analyzed.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp303-313
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
digital forensics,
digital evidence,
digital device,
software,
digital image,
cybercrime,
Encase,
Acces Data FTK,
SWGDE,
ACES,
ACPO.
Raqamli kriminalistika va raqamli dalillardan foydalanish
tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
raqamli kriminalistika,
raqamli dalil,
raqamli qurilma,
dasturiy ta’minot,
raqamli tasvir,
kiber jinoyat,
Encase,
Acces Data FTK,
SWGDE,
ACES,
ACPO.
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va
kriminalistika amaliyotida raqamli qurilma va dalillardan
foydalanish tarixi izchillik bilan bayon qilingan. Raqamli
dalillardan foydalanish tarixi bo‘yicha ko‘plab xalqaro tashkilotlar
va xorijiy davlat tajribalari o‘rganilgan. Maqolada ma’lumotlarni
tiklashdan boshlangan raqamli kriminalistikaning keyingi
taraqqiyoti yoritib o‘tilgan. Shuningdek, raqamli kriminalistika
va raqamli dalillardan foydalanish tarixi va rivojlanishi bir-birga
o‘
xshamaydigan 3 ta
mustaqil bosqichga bo‘lib o‘rganilgan. Har bir
bosqichdagi rivojlanishlar va erishilgan yutuqlar hamda ushbu
davrlarning kamchiliklari ham tahlil qilingan.
1
Lecturer, Tashkent State University of Law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: b.karimov@tsul.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
304
История цифровой криминалистики и использования
цифровых доказательств
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
цифровая
криминалистика,
цифровые доказательства,
цифровое устройство,
программное обеспечение,
цифровое изображение,
киберпреступность,
Encase,
Acces Data FTK,
SWGDE,
ACES,
ACPO.
В статье представлена целостная история развития
цифровых технологий и использования цифровых устройств
и доказательств в практике судебной экспертизы. История
использования цифровых доказательств изучена многими
международными организациями и опытом зарубежных
стран. В статье описано дальнейшее развитие цифровой
криминалистики, начиная с восстановления данных. Также
история
и
развитие
использования
цифровой
криминалистики и цифровых доказательств изучаются в 3
независимых этапа, не похожих друг на друга. Также
анализируются события и достижения на каждом этапе, а
также недостатки этих периодов.
Biror bir voqea-
hodisa tarixini yoritishda an’anaviy tarix singari, ma’lum bir nuqtai
nazardan foydalanib, vaqt orali
g‘
ini
o‘
rganish foydalidir. Raqamli kriminalistika tarixini
k
o‘
rib chiqishda biror tartib yaratish uchun birlashtirilishi lozim b
o‘lgan ba’zi muhim
elementlar mavjudligini anglab olish lozim. Bizningcha, bular: odamlar, maqsadlar,
vositalar, tashkilotlar va butun jamiyat. Ushbu elementlar tarixning butunligini tashkil
qiladi deb ayta olmaymiz, albatta! Lekin ular tarixning muhim elementlarini yaratishga
yordam beradigan asosiy vektorlardir.
Zamonaviy elektron kompyuterlar XX asrning ikkinchi yarmida rivojlandi. Elektron
hisoblash loyihasi tarixi 1947-yilga, kompyuter asrining boshlanish davriga borib
taqaladi [1] hamda biz hali ham bu davrning o‘rtasidamiz. 1947
-yildan beri
kompyuterlarda texnologik jihatdan juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Avvaliga ularni
boshqarish uchun foydali qismlarga ajratish imkoniyatlari, so‘ngra esa oddiygina qo‘lda
ko‘tarib yurish uchun qulaylik yaratildi. Xususan, raqamli kriminalistika qisqa tarixga ega
yangi sohadir. Shuning uchun biz raqamli kriminalistika hamjamiyatlari uchun muhim
bo‘lgan voqealar asosida uning tarixini ayrim davrlarga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz. Jumladan, tarixdan oldingi davr, yuzaga kelishi, rivojlanishi va xozirgi davr.
Biz yoritmoqchi bo‘lgan tarixdan oldingi davr 1985
-
yilgacha bo‘lgan vaqtni o‘z
ichiga oladi. Bu davrga oid tarixiy hujjatlarning juda kam bo‘lishi ajablanarli emas, chunki
sodir bo‘lgan voqealarning aksariyati raqamli kriminalistik amaliyotga yo‘naltirilmagan.
Aslida, bu atamaning o‘zi mavjud emas edi. 1960
-yillardan 1980-yillarning boshlariga
qadar kompyuterlar asosan sanoat qurilmalari bo‘lib, ular korporatsiyalar, universitetlar,
tadqiqot markazlari va davlat idoralariga tegishli bo‘lgan. Ular katta moddiy
infratuzilmani, shu jumladan katta miqdordagi quvvat va konditsionerni hamda malakali
xodimlarni talab qilardi. Ularning vazifasi asosan ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat
edi. Aynan shu asnoda kompyuterlar birinchi navbatda axborot xavfsizligi, huquqiy va
huquqni muhofaza qiluvchi organ jamoalari uchun qiziqish uy
g‘
otgan.
Donn Parkerning 1976-
yildagi “Kompyuter jinoyati” kitobi, ehtimol, kompyuter
yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish va javobgarlikka tortish uchun raqamli
ma’lumotlardan foydalanishning birinchi tavsifi deb aytish mumkin. O‘sha davrda
yaratilgan tizimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, tizim administratorlari tizim
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
305
global tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa ham o‘z tizimlarining xavfsizligi uchun javobgar
bo‘lishgan. Tizim ma’lumotlari qayta ishlash samaradorligi va aniqligini ta’minlash uchun
ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘sha paytda juda qimmat bo‘lgan. Haqiqatan ham, ushbu
ma’lumotlar kompyuter xavfsizligiga birinchi tizimli yondashuvni tashkil etgan. Ushbu
sa’y
-
harakatlarning samarasi shundaki, tekshiruvlar davomida to‘plangan ma’lumotlar
qonunbuzarliklarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin edi [2].
AQSh Mudofaa vazirligi, Ichki daromadlar xizmati (IRS) va Federal qidiruv byurosi
(FQB) kabi tashkilotlar huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriy agentlaridan
iborat vaqtinchalik guruhlar tuzdilar, hamda ularga boshlan
g‘ich kompyuter ta’limi
berildi. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan tergovchilar an’anaviy
tergovchilarga asosan kompyuterlarda saqlangan ma’lumotlar va kirish jurnallari
(LOG)dan ma’lumotlar olishda yordam berishgan. Odatda, kompyuter savodxonligi
bo‘yicha tayyorlangan maxsus tergovchilar tizim administratorlari bilan hamkorlikda
ishlashgan. Biroq ushbu harakatlarda raqamli ekspertiza amaliyoti yoki uning axloqiy
qoidalari umuman aks etmagan edi. Bajariladigan harakatlar bajaruvchi subyektning
o‘ziga bog‘liq bo‘lib, hech qanday qoida yoki tartibga amal qilmagan.
Kliff Stollning 1990-
yildagi “Kakkuning tuxumi” [3] kitobida dastlabki raqamli
ekspertiza amaliyoti va uning axloqiy meyorlari aks ettirilgan. Shuningdek, Stoll o‘zining
kitobida ushbu yangi soha bilan davlat idoralarining shu
g‘
ullanishini istamasligini
ta’kidlaydi. Buning sababi, o‘sha davrdagi boshqaruvchilar va tergovchilar uchun
kompyuterlarning bir vaqtda ham jinoyat quroli, ham jinoyat predmeti bo‘lish
imkoniyatlarini tushunishi qiyin edi. O‘sha paytda Unix operatsion tizimi mutaxassisi
bo‘lgan Kliff Stoll foydalanishda uncha katta farqqa ega bo‘lmagan ikki xil hisoblash
dasturlarini yaratishga harakat qilar edi. Hamda ko‘plab tergov harakatlaridan keyin,
Stoll xakerlar juda ko‘p sonli komyuterlarga, shu jumladan ba’zi sezgir tizimlarga ham
kirayotganini tushunib yetdi. Va nihoyat o‘sha davr tizimlarida ishlayotgan vositalar va
tajribalar yordamida u o‘z tashabbusi bilan xakerlarning zararli harakatlarini real vaqtda
qayd etish usulini ishlab chiqdi.
Boshlan
g‘
ich kompyuter savodxonligi bilan mutaxassis tayyorlash va bu sohada
mustaqil tadqiqot va tergov olib boruvchilarning shakllanishi ushbu davrni belgilovchi
xususiyatlar hisoblanadi. Bu davrda raqamli kriminalistika uchun ishlab chiqilgan
maxsus tashkilotlar, tuzilmalar, protseduralar, treninglar yoki vositalar detyarli mavjud
bo‘lmagan. Operatsion tizim vositalari va yordamchi dasturlardan an’anaviy ilmiy yoki
tergov muammolarini hal qilish uchun ishlatilgan.
Raqamli kriminalistikaning yuzaga kelishi (1985
–
1995)
1980-
yillarning boshlarida IBM shaxsiy kompyuterlarining paydo bo‘lishi
insoniyat jamiyatida katta bir portlashga sabab bo‘ldi. Shaxsiy kompyuterlar qudratli
bo‘lishiga qaramay, nisbatan juda kam dasturlarga ega bo‘lib, foydalanish uchun qulay
bo‘lmagan. Ammo havaskorlar uchun bu juda katta imkoniyat edi. Bunga
qiziquvchilarning aksariyati ilgari Commodore 64, Radio Shack TRS-80 yoki Ataris bilan
ishlagan foydalanuvchilar bo‘lishgan. Ushbu dastlabki komyuterlar havaskorlarga dastur
kodlarini yozish va operatsion tizimlar va apparat vositalarining ichki qismlariga kirish
imkoniyatini bergan. Aynan mana shu ko‘nikmalar yangi IBM ning shaxsiy
kompyuterlariga yo‘naltirilgan.
Havaskorlar orasida turli xil tashkilotlarning huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlari bor edi. Ba’zi muhim shaxslar: AQSh Ichki daromadlar xizmati (IRS) dan Mayk
Anderson, Denni Mares va Endi Frid; AQSh maxfiy xizmatidan Ron Piters va Jek Lyuis;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
306
AQSh mudofaa vazirligidan Jim Kristi va Karen Metyus; AQSh mahalliy huquqni muhofaza
qiluvchi idoralaridan Tom Seypert, Roland Lascola va Sandy Mapstoun; hamda Kanadalik
mutaxassislar Gord Xama va Stiv Choy kabi havaskor-mutaxassislar tashkil etardi.
Ularning ko‘plari raqamli kriminalistik amaliyotga bag‘
ishlangan birinchi tashkilot
–
“Kompyuter tergovi mutaxassislarining xalqaro assotsiatsiyasi” (IACIS) ning ustav
a’zolari bo‘lishgan.
Yuqoridagilardan tashqari boshqa ko‘plab shaxslar ham bor edi. Ularning o‘ziga
xos jihatlari shunda ediki, bu shaxslarning barchasi kompyuterlarning ushbu sohadagi
jinoyat ishlarini tergov qilishda hal qiluvchi rol o‘ynashi, xususan, ularning muhim
dalillar manbai ekanligini tushunishlari edi. Ushbu shaxslarning barchasi bunga
ishonishdi, ular o‘zlarining ko‘p vaqtlari va mablag‘
larini yangi hisoblash texnologiyalari
bilan tanishish uchun sarfladilar. Agentliklar ularning sa’y
-
harakatlarini qo‘llab
-
quvvatlamadilar, ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning kiritgan sarmoyalari
juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularni ilhomlantirgan va o‘z vaqtida amalga oshirgan
harakatlarisiz, bugungi kunda raqamli kriminalistika fani bo‘yicha ko‘plab
imkoniyatlardan foydalanmagan bo‘lar edik.
Albatta, dastlabki sa’y
-harakatlar faqatgina Shimoliy Amerika bilan cheklanib
qolmagan. Yevropa, Osiyo va Okeaniyada ham huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlari xuddi shunday muamolarga duch kelishgan. Ular o‘zlarini va tashkilotlarini
kelajakdagi muammolarga tayyorlash uchun bir xil shaxsiy majburiyatlarni qabul
qilishdi. 1993-yilda Federal qidiruv byurosi (FQB) Virjiniya shtatining Quantiko
shahridagi FQB akademiyasida “Kompyuter dalillari” bo‘yicha xalqaro konferensiyani
o‘tkazdi, unda 26 mamlakatdan vakillar qatnashdi. Ushbu konferensiyada jamoatchilik
harakatlarini muvofiqlashtirish, tajriba almashish va bir-
biriga yordam ko‘rsatish uchun
agentlik darajasida birlashish zarurligi to‘g‘
risida kelishib olindi. Kompyuter dalillari
bo‘yicha xalqaro huquqni muhofaza qilish deb nomlangan tadbirning asosiy maqsadi
raqamli ekspertiza amaliyoti va raqamli dalillarni to‘plash bilan bog‘
liq rasmiy
standartlar va protseduralarga bo‘lgan ehtiyojni hal qilishdan iborat edi. Bu konferensiya
aksariyati raqamli ekspertiza standartlari va il
g‘
or tajribalari bilan shu
g‘
ullanadigan
organlarning shakllanishiga sababchi bo‘ldi. 1995 yilda Baltimorda ikkinchi konferensiya
bo‘lib o‘tdi va “Kompyuter dalillari bo‘yicha xalqaro tashkilot” (IOCE) tashkil etildi [4].
Ushbu organ raqamli sud ekspertizasi jarayonining turli bosqichlari atrofida ko‘rsatmalar
va standartlarni ishlab chiqish uchun yaratilgan.
Ushbu organlar tomonidan tekshirilgan ishlar bugungi kun me’yorlariga ko‘ra
ancha oddiy ko‘rinishda bo‘lgan. Asosiy e’tibor shaxsiy kompyuterlardan ma’lumotlarni
tiklashga qaratilgan. Ma’lumotlarni tiklash katta muammo edi, chunki saqlash jarayoni
qimmatga tushar, o‘sha davr saqlovchi vositalarining hajmi kichik bo‘lganligi bois,
foydalanuvchilar muntazam ravishda ma’lumotlarni o‘chirib tashlashga majbur
bo‘lganlar. Internet xali ommalashmagan edi, ammo jinoyatchilar kompyuterlar bilan
aloqa bo
g‘lash uchun “dial
-
up” usulidan foydalanishgan. Telefon tizimini buzish uchun
arzon kompyuterlardan foydalanish firibgarlikning yangi o‘lchovi edi. Telefon xizmati
masofa va foydalanish bo‘yicha hisob
-
kitob qilingan. Jinoyatchilar va o‘spirinlar telefon
tarmoqlarini buzish orqali “bepul” telefon xizmatini hamda ilgari mavjud bo‘lmagan
noma’lumlik darajasini olishlari mumkinligini aniqladilar [5].
O‘sha davrda kompyuter jinoyatlarini tergov qilish subyektlari odatda o‘z
faoliyatlarini qo‘llab
-
quvvatlash uchun komyuterlardan foydalangan an’anaviy
jinoyatchilar yoki texnik ko‘nikmalardan foydalangan holda kompyuterga kirish va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
307
dasturiy ta’minotni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan havaskori yoshlash orqali amalga
oshirilgan. Ushbu davrda IBM shaxsiy kompyuterlari, DOS bilan ishlaydigan shaxsiy
kompyuterlar eng ko‘p uchraydigan qurilmalar bo‘lgan. Keyinroq Apple mahsulotlari,
shuningdek, Commodore va Atari kompyuterlari tez-
tez uchraydigan bo‘ldi.
Tergovchilar tomonidan ishlatilgan vositalar asosan uyda ishlab chiqarilgan,
buyruq satrli dasturiy ta’minot vositalari va kriminalistik foydalanishga moslashtirilgan
tijorat mahsulotlari mavjud bo‘lgan. Endy Fridning “IRS Utilities”, Stiv Maresware, Stiv
Choyning “IACIS Utilities” va Gord Xama’sning “RCMP Utilities” –
bularning barchasi
huquqni muhofaza qiluvchi organlar ichida tarqatilgan buyruq satrli vositalar edi. Ushbu
vositalarning har biri aniq raqamli kriminalistik muammolarni xal qilishga qaratilgan,
masalan, tasvir fayllarini shakllantirish yoki o‘chirilgan fayllarni aniqlash va h.k.
G.Xamaning “REDX” singari ba’zi bir keyingi variantlari bir nechta operatsiyalarni va
umumiy o‘tish kanallarini hosil qilishga imkon bergan. Ma’lumotlarni tiklash va
boshqarish uchun mo‘ljallangan tijorat mahsulotlari –
“Norton Utilities” va “PC Tools” lar
raqamli kriminalistika uchun juda kuchli vosita bo‘lib, davr mobaynida deyarli barcha
tergov organlari va raqamli ekspertiza muassasalari ushbu vositalardan birini yoki
ikkalasini ishlatishgan.
Ushbu davrning yana bir diqqatga sazovor mahsuloti 1991-yilda Chak Guzis
tomonidan yaratilgan, dalillarni raqamli tasviri (Imaging) ni olishga mo‘ljallangan
“SafeBack” dasturi edi. Ushbu dasturni tijorat maqsadidagi birinchi raqamli
kriminalistika mahsuloti deb atash mumkin.
Ushbu davrda raqamli kriminalistika mutaxassislari o‘zlarining tekshiruvlarini
istalgan joyda amalga oshirishgan. Ko‘pincha bu ularning ish stollarida, yerto‘lalarda yoki
foydalanilmaydigan omborlarda o‘tkazishgan. Chunki, xali ularning onggida maqsadli
laboratoriya tushunchasi mavjud emas edi. Hatto yirik huquqni muhofaza qiluvchi
idoralarda ham asbob-
uskunalar va dasturiy ta’minotlar uchun mablag‘
deyarli
bo‘lmagan. Tadqiqotchilar ortiqcha jihozlardan yoki musodara qilingan asbob
-
uskunalardan faydalanishga majbur bo‘lganlar. O‘sha paytda raqamli kriminalistika jinoiy
tergovning geografik va qonuniy amaliyoti bilan bevosita aloqada bo‘lgan bir hudud edi.
Jinoyatchilar deyarli real vaqt rejimida shahar, shtat va milliy chegaralar bo‘ylab bemalol
harakat qilishgan, ammo tergovchilar qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, hamkasblari bilan
bevosita aloqa qilish va ishlashdan boshqa ilojlari yo‘q edi.
Raqamli ekspertiza sud ekspertizasining an’anaviy laboratoriya asosidagi
amaliyoti bilan bevosita aloqada ishladi. Biroq ba’zi idoralar raqamli ekspertiza
laboratoriyasiga ehtiyoj seza boshladilar. Ana shunday vaziyatda maxsus raqamli
kriminalistika va ekspertiza uchun dasturiy ta’minot yaratish masalasi yuzaga kela
boshladi. Natijada, IRS tomonidan “Qo‘lga kiritilgan kompyuter dalillarini tikovchi
mutaxassis” (SCERS) dasturi, AQSh maxfiy xizmati tomonidan “Elektron jinoyatlar
maxsus agenti dasturi” (ECSAP), Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan “Kompyuter
tahlili bo‘yicha javobgar guruh” (CART) hamda AQSh harbiy
-havo kuchlari maxsus tergov
boshqarmasi o‘zining “Kompyuter jinoyati tergovchisi” (CCI) dasturini (keyinchalik
“mudofaa kompyuter kriminalistik laboratoriyasi”ga aylantirilgan) ishlab chiqdilar. Har
bir organ (agentlik, tashkilot) o‘z tuzilishi va ish olib borish prinsipiga qarab, tanlov,
o‘qitish va operatsiyalarning turli modellarini qabul qildilar. Raqamli kriminalistik
tadqiqotlarning aksariyati minimal darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ko‘pincha
shaxsiy jihozlardan foydalanadigan hamda hech qanday nazorat va rasmiy sifat
boshqaruvi bo‘lmagan mustaqil zobitlar tomonidan amalga oshirilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
308
Shunga qaramasdan raqamli kriminalistika hamjamiyati tobora o‘sib bordi. Bilim,
resurs va iste’dodni birlashtirish uchun ko‘plab sa’y
-harakatlar olib borildi. Jumladan,
AQShning o‘rta g‘arbiy qismida “Kompyuter texnologiyalarining kriminalistik
assotsiatsiyasi” (FACT) o‘qitish imkoniyatlari va geografik jihatdan tarqoq amaliyotchilar
tarmo
g‘
ini yaratdi. Ayni shu vaqtda Baltimor hududida FQB, AQSh maxfiy xizmati,
Merilend shtati politsiyasi va Baltimor okrugi politsiyasining amaliyotchi mutaxassislari
“Geeks with Guns” nomli vaqtinchalik tashkilot faoliyatini boshladilar. Buyuk Britaniyada
ko‘plab huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning amaliyotchilari Politsiya katta zobitlar
assotsiatsiyasi (ACPO) homiyligida “Kompyuter Kriminalistika Guruhi” (CFG) guruhini
tuzdilar. Aynan shu davrda “Yuqori texnologiya jinoyatlarini tergov qilish assotsiatsiyasi”
tashkil etildi.
Kriminalistik tayyorgarliklar yuqoridagi tashkilotlar hamda yirik huquqni
muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan. Lekin sifat va
arzon o‘qitishga bo‘lgan talab ancha oshib ketdi. Bu holat raqamli kriminalistik
amaliyotga ko‘p yillar to‘sqinlik qilib keldi. Bu paytda akademik hamjamiyat bu sohaga
deyarli umuman qiziqmas edi, faqatgina ikkita istisno mavjud bo‘lib: Gen Spafford,
Purdue universitetida va Doroti Denning, Jorjtaun universitetlarida edi. Ushbu ikki
professor ko‘plab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va talabalarni ushbu
muhim yangi sohaga kirishga undashgan.
Raqamli kriminalistikaning rivojlanishi (1995
–
2005)
Ushbu o‘n yil rivojlanish va taraqqiyot borasida ulkan o‘sish davri bo‘ldi.
Bu yuksalish ko‘plab harakatlantiruvchi kuchlar(omil)ga ega bo‘lib, eng katta
ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan uchta asosiy omil mavjud.
Birinchi omil, bu davrda sodir bo‘lgan texnologik portlash edi. Kompyuterlar
hamma joyda keng tarqaldi, uyali telefonlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi va Internet
dunyoning “markaziy asab tizimi”ga aylandi. Davr boshida aksariyat ovozli qo‘ng‘
iroqlar
shahar telefoni orqali amalga oshirildi, kompyuterlarning tarmoqqa ulanishlari aksariyat
hollarda “dial
-
up” orqali amalga oshirila boshlandi. Bu paytda ko‘plab odamlar internet
haqida xatto eshitmagan edilar. Davr oxiriga kelib deyarli har bir kishi elektron pochta
manziliga, uyali telefonga ega bo‘lib, Internetga ulanishar edi, ko‘plab uylar va korxonalar
global yoki lokal tarmoqlar bilan jihozlandi. Kompyuter texnologiyalari kundalik
hayotning deyarli barcha elementlariga singib ketdi va bu albatta jinoiy harakatlarni ham
chetlab o‘tmadi.
Ikkinchi omil, bolalar pornografiya ishlarining ko‘payib ketishi edi. Buni
1993-yildagi Jorj Stenli Burdinskiyning [6] kichik ishi bilan bo
g‘
lash mumkin.
Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, kompyuterlar voyaga yetmaganlarning rasmlarini
noqonuniy ravishda olib o‘tish uchun ishlatilgan va 1995
-
yilda “Aybsiz rasmlar”
(Innocent Images) [7] deb nomlangan onlayn yashirin operatsiyani tashkil etishga sabab
bo‘lgan. Ayni shu voqeadan 10 yil o‘tgach, FQB idoralarining deyarli yarmida bolalar
pornografiyasi jinoyatini tergov qilish bo‘yicha alohida guruhi mavjud edi. Ko‘plab
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda ham maxsus guruhlar tashkil etila
boshlangan. Ushbu yangi jinoyatchilik tobora ko‘payib borishi, kompyuterlardan raqamli
dalillarni olishga va raqamli ekspertiza o‘tkazishga bo‘lgan talabning keskin o‘sishiga
juda turtki bo‘ldi.
Uchunchi omil, ko‘plab tahlikalarga sabab bo‘lgan Y2K muammosi kompyuter
nuqtai nazaridan hech qanday hodisa emasligi isbotlandi, biroq 2001-yil 11-sentyabr
voqealari umuman butun dunyo singari raqamli kriminalistika olamini ham larzaga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
309
keltirdi. Garchi kompyuterlar samolyotlarni o‘girlashda bevosita rol o‘ynagan bo‘lsalar
-
da, tergovchilar butun dunyodagi “bit”lar va raqamli dalillarning parchalarini topish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Terrorchilar ham hamma insonlar qatori, istagan joylarida
kompyuter texnologiyalaridan foydalana boshlaganligi to‘g‘
risida farazlar ilgari surildi.
Bu narsa Iroq va Af
g‘onistondagi janglarda o‘z tasdig‘
ini topdi. Razvedka hamjamiyati,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy tashkilotlar raqamli kriminalistika
imkoniyatlariga muhtoj ekanligini tushunib yetdilar va darhol ushbu yangi sohaga
e’tiborni kuchaytirdilar. Raqamli kriminalistika uchun ajratilgan vaqt, pul mablag‘
lari,
odamlar va boshqa resurslar miqdori katta darajalarga ko‘tarildi.
Ushbu davrning boshida raqamli kriminalistika vakillari odatda o‘zini e’lon qilgan
mutaxassislar yoki resident-
ekspertlar bo‘lib, bu atama kompyuterning samarali
foydalanuvchisi bo‘lgan shaxslarni tasvirlash uchun ishlatilgan. Soha ko‘lamining kengayishi,
huquqiy tadqiqot va texnik murakkabliklarning o‘sishi sababli, mutaxassis va ekspertlarni
sinchkovlik bilan tanlash va o‘qitish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Soha maydonining
o‘zi yanada ixtisoslasha boshladi. Raqamli audio, video va qurilmalar, masalan, uyali
telefonlar an’anaviy saqlash vositalaridan va tarmoqqa yo‘naltirilgan kriminalistik
amaliyotdan alohida bilim va tayyorgarlik talab qilardi. Xatto ushbu ikki soha ham ba’zi
darajalarda ajralib chiqa boshlagan edi, chunki tarmoq xurujlarini o‘rganish yanada
murakkablashdi. Endi raqamli kriminalistika intizomi shaxslar tomonidan emas, balki davlat
idoralari va professional tashkilotlar tomonidan boshqarila boshlandi.
Raqamli kriminalistika va ekspertiza muassasalarini tashkil etish borasida bu
davrda katta yutuqlarga erishildi. Kompyuter dalillari bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOCE),
G-
8 Yuqori texnologiya jinoyatlari bo‘yicha qo‘mita va Raqamli dalillar bo‘yicha ilmiy
ishchi guruhi (SWGDE) 1999-yildan 2000-yilgacha raqamli ekspertiza va kriminalistik
amaliyot prinsiplarini e’lon qildi [8, 9, 10, 11]. Ushbu oddiy prinsiplar orqasidan, Amerika
jinoyat laboratoriya direktorlari jamiyati
–
Laboratoriyani akkreditatsiya qilish kengashi
(ASCLD-
LAB) Raqamli dalillar bo‘yicha ilmiy ishchi guruhi (SWGDE) bilan hamkorlikda
raqamli dalillarni laboratoriya intizomiga mos deb tan oldi. 2004-yilda Federal qidiruv
byurosining Shimoliy Texas mintaqaviy kompyuter kriminalistik laboratoriya birinchi
akkreditatsiya qilingan raqamli ekspertiza laboratoriyasiga aylantirildi [12, 13].
Ushbu davrda raqamli kriminalistik vositalar ulkan o‘zgarishlarga uchradi. Avvalgi
davrda ishlab chiqarilgan murakkab buyruq satrli vositalar o‘rnini grafikali
foydalanuvchi interfeysi to‘plamlari egallay boshladi. Yangi vositalardan birinchisi
“Expert Witness” edi. Ushbu mahsulot Andy Rosen tomonidan Makintosh kriminalistik
laboratoriyasi uchun tayyorlangan bo‘lib, keyinchalik “EnCase” ga aylantirilgan. EnCase,
vositasi “Access Data FTK” bilan bir qatorda tijorat yutuqlariga aylandi va hozirda
raqamli kriminalistikaning standart vositalari hisoblanadi.
AQSh hukumatining bir qator idoralari ham raqamli kriminalistika vositalarini
ishlab chiqish vazifasini o‘z zimmalariga oldilar. Federal qidiruv byurosi (FQB) ning
“Avtomatlashtirilgan ishlarni tekshirish tizimi” (ACES) va Ichki daromadlar xizmati (IRS)
ning “iLook” vositasi biroz muvaffaqiyatga erishdi. Biroq, tijorat subyektlarining o‘z
mahsulotlarini rivojlanib borayotgan texnologiyalar bilan bir qatorda takomillashtirish
qobiliyati agentliklar tomonidan ishlab chiqarilgan vositalarni eskirib qolishiga sabab
bo‘ldi. Ayni vaqtda, “Helix”, “Sleuth Kit” va “Autopsy Browser” kabi Linux vositalarini
ishlab chiqadigan ochiq manbali hamjamiyatlar faollashdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
310
Raqamli ekspertiza va kriminalistik amaliyotlar shiddat bilan rivojlanish bosqicha
o‘tdi. Raqamli ekspertiza xizmatlari turli xil tuzilmalarda tashkil etilgan turli xil
subyektlar tomonidan taqdim etila boshlandi. An’anaviy kriminalistik laboratoriyalar
raqamli ekspertiza o‘tkazishni boshladilar. AQSh mudofaa vazirligi huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, armiyaning razvedka va operatsion ehtiyojlari uchun o‘zining markaziy
“Mudofaa kompyuter kriminalistik laboratoriyasi” (DCFL) ni tashkil etdi [14]. Federal
qidiruv byurosi (FQB) raqamli kriminalistika bilan bo
g‘
liq (federal, shtat va mahalliy
huquqni muhofaza qilish) laboratoriyalar turkumi
–
“Mintaqaviy kompyuter kriminalistik
laboratoriyalari” (RCFL) ni tashkil etishni boshladi [15]. Har bir laboratoriya geografik
hududga xizmat ko‘rsatib, Laboratoriyani akkreditatsiya qilish kengashi ASCLD
-LAB
standartlariga muvofiq ishlay boshladi. AQSh maxfiy xizmati yuqori samarali Nyu-York
subyektiga taqlid qilib, “Elektron jinoyatlar bo‘yicha tezkor kuchlar” (ECTF) tarmog‘
ini
yaratdi [16]. Ushbu tezkor kuchlar o‘z faoliyatlari doirasida tergov va kriminalistik
xizmatlarni ko‘rsata boshladilar. Ko‘plab huquqni muhofaza qiluvchi organlar raqamli
kriminalistika va tergov ishlarini olib borish uchun maxsus bo‘linmalar tashkil etdilar.
Raqamli kriminalistikaning xozirgi davri (2005
–
2020)
2005-yildan boshlab raqamli kriminalistika shiddat bilan rivojlana boshladi. Bu
davrda juda ko‘p miqdordagi dalillarni o‘z ichiga olgan, turli xil tekshiruvlarni
o‘tkazadigan ko‘plab amaliyotchilar yetishib chiqdi. 2006
-
yilda Amerika Qo‘shma
Shtatlari sudlari raqamli ma’lumotlarni dalillarning yangi shakli sifatida tan olgan va
raqamli dalillar bilan ishlash uchun elektron kashfiyot yoki “eDiscovery” deb nomlangan,
majburiy tizim hisoblangan fuqarolik protsessual qoidalarini qabul qildi [17].
An’anaviy huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ish hajmi keskin oshdi.
AQSh kongresining ko‘rsatmalarida Federal qidiruv byurosi (FQB) ning “Kompyuter
tahlili va reaksiya guruhi” (CART) 2007
-
yilning o‘zida 2,5 petabaytdan ortiq dalillarni
tekshirganligini e’lon qildi [18].
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar endilikda raqamli kriminalistikani
asosiy, fundamental soha sifatida tan ola boshladilar. Garchi ularning maqsadlari va
ehtiyojlari ko‘pincha huquqni muhofaza qiluvchi organlardan farq qilsa ham,
tushunchalar va vositalar deyarli bir xil.
Bugungi kunga kelib, raqamli dalil amaliyotchilari rasmiy yoki amaliy
mash
g‘ulotlardan tashqari akademik tayyorgarlikka ham ega bo‘lish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Mutaxassislar xozirda sertifikatlarga ega bo‘lmoqdalar. Raqamli kriminalistika
endilikda istiqbolli sohaga aylandi.
Akademik dasturlar butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Raqamli
ekspertizani moliyalashtirish axborot xavfsizligi kabi boshqa an’anaviy sohalardan
xozircha orqada qolgan bo‘lsa
-da, kollejlar va universitetlar raqamli ekspertiza va
kriminalistik amaliyotning mashxurligi va ulkan daromad manbai ekanligini tan oldilar.
Yaqinda AQSh “Sud ekspertiza ta’lim dasturini ekkreditatsiya qilish komissiyasi” (FEPAC)
tomonidan akademik dasturlarni raqamli ekspertiza va kriminalistik amaliyot doirasida
akkreditatsiya qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi. “Amerika materiallarni
sinovdan o‘tkazish jamiyati” (ASTM) ning Texnik qo‘mitasi raqamli kriminalistika ta’limi
va o‘quv dasturlari uchun E
-30 (RK uchun E2678) standart loyihasini ishlab chiqdi [19].
Ushbu standartlar sud ekspertizasining barcha jabhalarida, shu jumladan kriminalistika,
raqamli va multimedia dalillar, yon
g‘
in qoldiqlarini tahlil qilish, giyohvand moddalarni
tekshirish, moddiy va raqamli dalillarni to‘plash va saqlash, shuningdek topilmalar
to‘g‘risida hisobot berishda muhim rol o‘ynaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
311
Soha akademik istiqbollarining yana bir o‘lchovi –
konferensiyalar soni va sifati
bo‘ldi. Raqamli kriminalistika tadqiqot seminari (DFRWS) 10 yillik tajriba orttirdi.
Raqamli kriminalistika bo‘yicha “Axborotga ishlov berish xalqaro federatsiya” (IFIP) ning
11.9 ishchi guruhi o‘z faoliyatining yettinchi yilini o‘tkazmoqda hamda Raqamli
kriminalistika muhandisligiga tizimli yondashuvlar bo‘yicha xalqaro konferensiya
o‘zining besh yilligini nishonlamoqda.
Tekshiriladigan materiallar ham keskin o‘sib ketdi va rivojlandi. Elektr
energiyasidan foydalanadigan deyarli har qanday qurilmada endi raqamli saqlashning
biron bir shakli mavjuddir. Simli yoki simsiz tarmoqlar kundalik hayotimizda
foydalanadigan ko‘plab qurilmalarni birlashtirdi. Bu narsa, o‘z navbatida ko‘plab tarmoq
va veb-
xizmatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi, shu jumladan bulutli hisoblash. Ushbu
xizmatlarning ba’zilari, masalan, Facebook, Twitter, Instagram, Telegram va h.k.lar
odamlarning o‘zaro munosabatlarini o‘zgartirmoqdalar. Ushbu o‘zgarishlar raqamli
dalillarning to‘planishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektron pochtalar allaqachon axborotni
boshqarish muammolari, raqamli kriminalistika va foydali ma’lumotlarning asosiy
manbai aylandi [20].
Xozirda davrda raqamli kriminalistika to‘plamlari, xususan EnCase va FTKlar
tarmoq va tijorat muhitiga o‘tdilar. Ular korporativ xavfsizlik va elektron kashfiyot
maqsadida korxonalarda istiqbolli tarzda joylashtirilmoqda. Xuddi shu vositalar
(VMWare) va tarmoq saqlash hududlari (SANs) kabilardan foydalangan holda virtual
laboratoriyalarning kriminalistik muhitida ishlashga moslashtirilmoqda. Ayni paytda
tergovchilar, prokurorlar, sudyalar, advokatlar va boshqa protses ishtirokchilari
tomonidan raqamli dalillarni onlayn tekshirishga imkon beruvchi yuqori tezlikda
ishlaydigan optik tolalari Internet tarmoqlari bilan ta’minlangan. Raqamli kriminalistik
vositalar bozori jadal rivojlanmoqda, mutaxassislar raqamli ma’lumotlarni chiqarib olish
va tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun xususiy vositalarni ishlab chiqmoqdalar.
Xozirgi davr raqamli kriminalistika jamoalari uchun juda qiziqarli jabhalarga boy
davrdir. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy va razvedka jamoalari o‘zlarining
vazifalarini amalga oshirish uchun tashkiliy tuzilmalar va amaliyot tizimlarini ishlab
chiqdilar. Ushbu jamoalar kelajakdagi texnologik ta’sirni ko‘rib chiqmoqdalar, bundan
maqsad ushbu texnologiyalardan va ekspertiza mahsulotlaridan qanday foydalanish
masalalari yotadi. Lekin kelajakdagi raqamli kriminalistik vositalarni qanday bo‘lishi
aniqlash katta bir muammodir. Buning uchun juda kuchli taktik yondashuv va uzoq
muddatli strategik reja bo‘lishi lozim.
Raqamli kriminalistikaning kelajagi
Ushbu soha yuzasidan kelajakni bashorat qilish
–
ahmoqona ishdir. Raqamli
kriminalistika murakkab va rivojlanib boruvchi sohadir. Kelajak amaliyotchilari yanada
yaxshi ma’lumotli va malakali bo‘lishlari tayin. Ular kriminalistika va sud
-tergov
jarayonining aniq jihatlarini bajarish uchun o‘qitilgan jamoaviy mutaxassislar bo‘lishadi.
Raqamli kriminalistika endi ma’lumotlarni qayta tiklashga yo‘naltirilgan bir tomonlama
jarayon emas, balki tergov, razvedka tahlillari, axborot xavfsizligi va elektron kashfiyotlar
bilan to‘qnashuvchi dalillarga asoslangan keng qamrovli jarayonga aylanadi.
Amaliyotchilar va boshqaruvchilardan tashqari, raqamli kriminalistika o‘qituvchilari va
tadqiqotchilari ham yetishib chiqmoqda.
Boshqa bir tomondan, jinoyatchilarning texnikadan foydalanish malakasi va bilim
jihatidan yuksalishini ham inobatga olish lozim. Jinoyatchilarning tarqalishi va ularning
jamoaviy harakatlari yanada tahlikali tus olishini inobatga olish lozim. Jamiyatning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
312
axborot infratuzilmasiga bo
g‘liqligi sababli axborotlarga noqonuniy kirish va ma’lumotlar
qiymatining oshishi xavfsizlik va himoya to‘lovlarini sezilarli darajada ortishiga olib
keladi. Har qanday tizim har doim xavf ostida bo‘ladi. Xavfsizlik va himoya doimo tahdid
ostida faoliyat yuritishga majburdir.
Ushbu tahdidlarga qarshi turish uchun raqamli kriminalistika o‘zining vositalarini
yanada takomillashtirishi lozim bo‘ladi. Aql bovar qilmas darajada katta hajmni yengib
o‘tish uchun vositalarni avtomatlashtirish hamda ularda sun’iy intellektning qo‘llanishi
kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni tiklash bilan birga, vositalar har bir
elementni ko‘rmasdan turib muhim elementlarni aniqlashga imkon beradigan tahliliy
(analitik) qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday vositalar semiotik, inson tili va
aloqalarini tushunadigan, mazmun va kontekstni talqin etadigan bo‘lishi lozim.
Kelajakda raqamli kriminalistika mutaxassislarini jalb qiladigan va ularga
ishonadigan tashkilotlar ham rivojlanadi. Bu mutaxassislar kuchli malaka va individual
sertifikatlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Chunki, ko‘p narsa ularning hisobot
natijalariga bo
g‘liq bo‘ladi. Jamiyat to‘plangan raqamli ma’lumotlar va berilgan xulosalar
ishonchli ekanligiga shubha qilmasligi lozim. Tashkilotlar hamkorlikni rivojlantirishi va
odamlar, vositalar hamda jarayonlarning o‘zaro muvofiqligini qo‘llab
-quvvatlashi kerak
bo‘ladi. Muammolarning global ko‘lamini hisobga oladigan bo‘lsak, xalqaro huquqiy
standartlarni rivojlantirish lozim bo‘ladi.
Demak, o‘tgan 30 yildan kamroq vaqt ichida raqamli kriminalistika kuchli
kashshoflar tomonidan sayqallandi, mutaxassislar tomonidan rivojlantirilib va
kengaytirilib, bir kichik
g‘oya uchqunidan hozirgi gullagan davrga yetib keldi. Ko‘plab
insonlar kelajakda mustahkam poydevor yaratish uchun o‘zlarining kuchlari, bilimlari va
ishtiyoqlarini safarbar etdilar.
Raqamli kriminalistikaning ushbu qisqacha tarixini yoritishda ko‘plab munosib
insonlarni subyektiv sabablarga ko‘ra unitib qoldirgan bo‘lishimiz mumkin. Keyingi
tadqiqotchilar bizning xato va
kamchiliklarimizni to‘ldiradilar. Ushbu sohaning to‘liq
tarixini yoritish keyingi tadqiqotchilar uchun foyda keltirmaydi. Jorj Santayananing
so‘zlari bilan aytganda: “O‘tmishni eslay olmaydigan odamlar uni takrorlashga mahkum
etadilar” [21].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
The History of Computing Project, Timeline: Chronology of the history of
computing, The History of Computing Foundation, Maurik, The Netherlands
(www.thocp.net/timeline/timeline.htm), 2010.
2.
D. Parker, Crime by Computer,
Scribner’s, New York, 1976.
3.
C. Stoll, The Cuckoo
’
s Egg: Tracking a Spy Through the Maze of Computer
Espionage, Pocket Books, New York, 1990.
–
p. 87
4.
C. Whitcomb, A historical perspective of digital evidence, International Journal of
Digital Evidence, vol. 1(1), 2002.
5.
K. Hafner and J. Marko
ff
, Cyberpunk: Outlaws and Hackers on the Computer
Frontier, Touchstone, New York, 1991.
6.
The
Charley
Project,
George
Stanley
Burdynski
Jr.,
(www.charleyproject.org/cases/b/burdynski george.html).
7.
Federal Bureau of Investigation, Innocent Images National Initiative,
Washington, DC (www.fbi.gov/innocent.htm).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
313
8.
R. Downing, G-8 initiatives in high tech crime, presented at the Asia-Paci
fi
c
Conference on Cybercrime and Information Security, 2002.
9.
International Organization on Computer Evidence, G8 Proposed Principles for
the Procedures Relating to Digital Evidence, Ottawa, Canada (ioce.org/core.php?ID=5),
2000.
10.
M. Noblett, Report of the Federal Bureau of Investigation on the development
of forensic tools and examinations for data recovery from computer evidence, presented
at the Eleventh INTERPOL Forensic Science Symposium, 1995.
11.
Scienti
fi
c Working Group on Digital Evidence, Digital evidence: Standards and
principles, Forensic Science Communications, vol. 2(2), 2000.
12.
American Society of Crime Laboratory Directors
–
Laboratory Accreditation
Board, Garner, North Carolina (ascld-lab.org).
13.
North Texas Regional Computer Forensics Laboratory, Dallas, Texas
(www.ntrc
fl
.org/index.cfm).
14.
U.S. General Accounting O
ffi
ce, Crime Technology: Department of Defense
Assistance to State and Local Law Enforcement Agencies, Letter Report GAO/GGD-00-14,
Washington, DC (fas.org/irp/gao/ggd-00-014.htm), 1999.
15.
RCFL National Program O
ffi
ce, Regional Computer Forensics Laboratory,
Quantico, Virginia (rc
fl
.gov).
16.
U.S. Secret Service, Electronic Crimes Task Forces and Working Groups,
Washington, DC (www.secretservice.gov/ectf.shtml).
17.
Federal Judicial Center, Materials on Electronic Discovery: Civil Litigation,
Federal
Judicial
Center
Foundation,
Washington,
DC
(www.fjc.gov/public/home.nsf/pages/196).
18.
M. Mason, Congressional Testimony, Statement before the House Judiciary
Committee,
Federal
Bureau
of
Investigation,
Washington,
DC
(www.fbi.gov/congress/congress07/mason101707.htm), 2007.
19.
ASTM International, ASTM E2678-09 Standard Guide for Education and
Training
in
Computer
Forensics,
West
Conshohocken,
Pennsylvania
(www.astm.org/Standards/E2678.htm), 2009.
20.
E. Iwata, Enron case could be the largest corporate investigation, USA Today,
February 18, 2002.
