Авторы

  • Хадича Сайдуллаева
    Докторант, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp289-296

Ключевые слова:

дипломатия внешняя политика международное сотрудничество посол региональное сотрудничество международная организация

Аннотация

В данной статье на основе фактов освещен уровень исследования отношений многостороннего сотрудничества между Узбекистаном и США.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Historiography of Uzbekistan-US relations

Khadicha SAIDULLAYEVA

1

Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2023
Received in revised form

15 September 2023

Accepted 25 September 2023

Available online

15 October 2023

This article, based on facts, highlights the level of research

into multilateral cooperation relations between Uzbekistan and

the United States.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp289-296

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

diplomacy,

foreign policy,

international cooperation,
ambassador,

regional cooperation,
international organization

O‘zbekiston –

AQSh aloqalarining tarixshunosligi

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

diplomatiya,

tashqi siyosat,

xalqaro hamkorlik,

elchi,

mintaqaviy hamkorlik,
xalqaro tashkilot

Ushbu maqolada

O‘zbekiston

-

AQSh davlatlari o‘rtasidagi ko‘p

tomonlama hamkorlik aloqalarining o‘rganilganlik darajasi

faktlarga asoslangan holda yoritilgan.

Историография узбекско

-

американских отношений

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

дипломатия,

внешняя политика,
международное

сотрудничество, посол,

региональное
сотрудничество,

международная
организация

В данной статье на основе фактов освещен уровень

исследования отношений многостороннего сотрудничества
между Узбекистаном и США.

1

Doctoral student, Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

290

Tarix fanining ijtimoiy ahamiyati, jamiyat taraqqiyotida tarixiy bilimlarning o‘rni,

tarixiy tafakkurning rivojlanish dinamikasini har taraflama o‘rganish va to‘plangan tarixiy

tajribalarga xolisona, tahliliy baho berish tarixshunoslikning bosh vazifasidir.

Tarixshunoslikning birlamchi sharti esa, tadqiqoqot ob’ektiga tortilgan muammoning

mazmun -mohiyati aks etgan barcha turdagi adabiyotlarni chuqur tahlil etish, ularning

yutuq va kamchiliklarini ko‘ra bilish, turli hil qarashlar va yondashuvlarni taqqosla

sh,

mavzu doirasida izlanishlar olib borgan tarixchi-olimning intellektual mushohadasi va

unga ta’sir etgan omillar hamda tashkiliy jarayonlar tizimini, o‘rganilayotgan davr nuqtai
nazarini e’tibordan chetda qoldirmaslik hisoblanadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tashqi faoliyat doirasidagi davlat siyosati,

xalqaro aloqalarning yangi modelini shakllantirishda va xorijiy mamlakatlar bilan
aloqalarni yanada rivojlantirishda Yevropa davlatlari va AQSh bilan hamkorlik ham
alohida ahamiyatga ega. Fransiya, Shvedsariya, Belgiya AQSh davlatlarining siyosiy

tuzumi, e’tiqodi va milliy tarkibining turli

-

tumanligi, O‘zbekiston Respublikasining ushbu

mamlakatlar bilan olib borayotgan madaniy aloqalar tarixini tadqiq etish ular o‘rtasidagi

munosabatlarni taqqosla

sh va o‘ziga xos xususiyatlarni ochib berish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari masalalari, jumladan, AQSh bilan aloqalarning

tarixshunosligi, ijtimoiy-siyosiy muhim bir tarmoq sifatida doimiy ravishda tarixchi,
siyosatshunos, etnog

raf va boshqa jamiyatshunos olimlarning e’tiborini o‘ziga jalb qilib

kelgan.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan

hamkorlik aloqalari tarixi mavzusini tadqiq etishda mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, ilmiy
tadqiqotlar va ilmiy-tahliliy materiallarni qiyosiy tahlil etish masalaning mohiyatini
ochishda muhim ahamiyatga egadir. Masalaning tarixshunoslik tahliliga kura, bugungi
kunga qadar mavzu doirasida yaratilgan tadqiqotlarni davri, geografik hududi, tili va
mohiyatidan kelib chiqqan holda shartli ravishda ikki guruhga:

1) mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan adabiyotlar;
2) xorijda yaratilgan tadqiqotlarga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga kiruvchi adabiyotlarni tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSh va

O‘zbekiston aloqalari tarixi ikki yo‘nalishda o‘rganilgan. Birinchi yo‘nalish tadqiqotlarida
asosan, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, ishtiroki va xalqaro munosabatlari
tarixini yoritish davomida O‘zbekistonning AQSh bilan aloqalariga o‘rganilgan bo‘lsa,
ikkinchi yo‘nalishdagi tadqiqotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh va O‘zbekiston aloqalariga
bag‘ishlangan bo‘lib asosan ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy
alaoqalarining rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan. Mazkur yo‘nalishdagi adabiyotlarni

tarixshunoslikning yangicha konseptual-

metodologik talablari asosida o‘rganish

maqsadga muvofiqdir.

Mustaqillik yillarida bir guruh siyosatchi, iqtisodchi va tarixchi olimlar tomonidan

xalqaro aloqalarga oid adabiyotlarda mustaqillik yillarida milliy tarixshunoslikning yangi
metodologik tamoyillariga suyangan holda tashqi faoliyatdagi turli bosqich va

yo‘nalishlarni qamrab olib, eski aqidalardan xalos bo‘lishga intilayotganligi bilan ajralib
turadi. Xususan, S.Sh.Sharapova, Z.E.Nuriddinov, X.G.G‘ulomov, A.G.Xolliev, O‘.Mavlonov va
D.Mahkamova,

A.Qirg‘izboev,

D.Azimova,

S.Usmonov,

M.Alimbaev,

U.Saidov

monografiyalari va S.A.Po‘latova, S.Sh.Sharapova, R.T.Juraev, A.G.Xolliev, E.Z.Nuriddinov,
Sun Don Gi, N.Ziyamov, I.Ne’matov, D.D.Kurbanov, D.A.Mahkamova, D.Mish

arev,

A.Sultanov larning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida keng qamrovli faktik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

291

materiallarni tadqiq etish orqali o‘zbek davlatining tashqi siyosati va xorijiy davlatlar bilan
aloqalarining o‘zaro manfaatli hamkorliklari har tomonlama yoritib beri

lgan.

Respublikaning yangi ko‘rinishdagi xalqaro faoliyatining shakllanishi va amalga oshirishi
batafsil tahlil etilgan, uning jahon hamjamiyatiga xos bo‘lgan xalqaro hayotning barcha
sohalarida to‘laqonli ishtirok etish jarayonlari ochib berilgan.

Masal

an, S.Sh.Sharapova O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining turli jihatlari:

ijtimoiy va siyosiy xusutsiyatlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy shakllari hamda tashqi

siyosatdagi milliy, hududiy, global qiziqishlarini “Vneshnyaya politika Respubliki

Uzbekistan: kulturno-

istoricheskiy i sotsialnыy faktorы” nomli asarida va tadqiqotlarida

keng qamrovli yoritib bergan . Ushbu yo‘nalishdagi ishlar ichida E.Nuriddinov ning
tadqiqotlarini alohida ta’kidlash joizdir. Ushbu tadqiqotda keng qamrovli faktik

material

larni tadqiq etish orqali o‘zbek davlatining Yevropa mamlakatlari hamda ularning

ijtimoiy-

siyosiy bo‘g‘inlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorliklari har tomonlama yoritib

berilgan, respublikamizning yangi tipdagi xalqaro faoliyatining shakllanish va amalga
o

shirilishi batafsil tahlil etilgan, uning jahon hamjamiyatiga xos bo‘lgan xalqaro hayotning

barcha sohalarida to‘laqonli ishtirok etish jarayonlari ochib berilgan. Ular O‘zbekiston
Respublikasining Yevropaning turli mamlakatlari bilan munosabatlarni o‘ziga

xos

yo‘llarini qiyosiy taqqoslash va tegishli hulosalar chiqarish imkonini beradi. Bundan
tashqari, A.G.Xolliev tadqiqotlari O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va AQSh bilan ilmiy

-

texnikaviy, madaniy aloqalarini ilmiy hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘t

gan.

O‘zbekiston

-

Amerika munosabatlarini o‘rganishda M.Sh.Yuldashevning “1992

-

2012 yillardagi AQSh-

O‘zbekiston munosabatlari xronologiyasi” ma’lumotnoma

to‘plamida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarga
bo‘lib o‘rganilgan. Mazkur to‘plam Amerika Shtatlari va O‘zbekiston Respublikasi
o‘rtasidagi 20 yillik diplomatik munosabatlar jarayonida sodir bo‘lgan voqealar, dalillar va
ikki davlat munosabatidagi muhim sanalarni tizimlashtirib o‘rgangan. Shu bilan birga,

Mavlon Shuk

urzoda o‘zining mazkur to‘plamida ikki tomonlama munosabatlar

rivojlanishidagi muhim voqealar, ikki davlat rahbarlarining rasmiy tashriflarini hamda

o‘zaro munosabatlardagi amalga oshirilgan loyiha va qabul qilingan qonun va xujjatlarni

xronologik tartibda

umumlashtirib, tizimlashtirgan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida

bo‘lib o‘tgan rasmiy tashriflar, muzokaralar va maslahatlashuvlar siyosiy, iqtisodiy va
gumanitar sohalarga bo‘lib o‘rganilgan, tomonlararo munosabatlarni 1992 yil diplomatik

munosabatlar o

‘rnatilgan davrdan boshlab 2012 yilga iyunga qadar hamkorlik faoliyatini

3ta asosiy sohada rivojlanishini yillar ketma-ketligida tizimlashtirgan.

Mavlon Shukurzoda o‘z tadqiqotlarida AQSh

-

O‘zbekiston hamkorligini

xronologiyasi va rivojlanish evolutsiyasini ochib bergan. Uning 2016 yilda nashr qilingan

“AQSh

-

O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda ” asarida Amerika qo‘shma shtatlari

bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar rivojlanishining 25

yilligi tahlil etilgan. Mazkur axborot-

ma’lumotnoma to‘plamida 1992

-2016 yillardagi

davrda ikkala tomon o‘rtasida yuz bergan asosiy voqealar, muhim faktlar va sanalar

umumlashtirilib, bir tizimga solingan. Kitobda davlat tuzilmalarining rasmiy, siyosiy va

qonunchilikka oid ma’lumotlari, turli

ilmiy-tahlil markazlari, xalqaro va madaniy-

ma’rifiy

tashkilotlar, Do‘stlik jamiyatlarining norasmiy manbalari, ommaviy axborot vositalari, shu

jumladan, internet-

resurslar va ma’lumotnomalar, mutaxassislar va ekspertlar bilan

shaxsiy muloqotlardan foydalanilgan. Hodisalar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohadagi

hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha sanab o‘tilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

292

Tadqiqotchi D.Xudoyberganova o‘z tadqiqotlarida AQShning Markaziy Osiyoga

bo‘lgan tashqi siyosatini tahlil qilgan. Tadqiqot ishida tashqi

siyosatdagi ustuvor

yo‘nalishlar xronologik, qiyosiy va istiqbolni baholash tahlil metodlari orqali o‘rganilgan.

Tahlil natijasida AQShning kelgusida Markaziy Osiyo mamlakatlariga strategiyasi oltita

muhim yo‘nalishda olib borilishi aniqlangan. Suverenitet va mustaqillikni qo‘llab

quvvatlash, Markaziy Osiyoda terrorchilik tahdidlarini kamaytirish, Markaziy Osiyo va

Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqani rag‘batlantirish, qonun ustuvorligini isloh qilish, mintaqaga

sarmoya kiritish kabi sohalar keng yoritilgan .

M

ustaqillik yillarida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida fan va ta’lim sohasida amalga

oshirilgan ishlar, ularning ahamiyati haqida tadqiqot olib borgan I.E. Raxmatov Fan va

ta’lim sohasida ikki mamlakat hamkorligi tarixiy

-xronologik jihatdan tahlil qilingan,

ko‘pgina loyihalarning natijalari haqida ma’lumotlar bergan. Ikki davlatning fan

-

ta’lim

va boshqa sohalarda hamkorlik doirasida turli darajadagi dasturlar xayotga tadbiq etilishi

va bu borada AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi o‘

z dasturida ilgari surilgan demokratik

an’analarni qaror toptirish, ta’limni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, inson huquqlarini

himoya qilish, oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida yirik loyihalarni amalga

oshirayotganligini ijobiy baholgan .

Fanlar

akademiyasi

huzuridagi

O‘zbekistonning

eng

yangi

tarixini

muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tadqiqotchisi Yuldasheva Guli Ismatullaevna

o‘zining “O‘zbekiston

-

AQSh: strategik hamkorlikning yangi bosqichi” nomli maqolasida

Prezident Sh.Mirz

iyoev rahbarligida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik

sheriklikning yangi bosqichini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari, ustuvor yo‘nalishlari
va yo‘nalishlari ochib berilgan. So‘nggi oylarda dunyoda AQShning Markaziy Osiyo
mintaqasi va Afg‘oni

stondan yakuniy chiqishi haqidagi nuqtai nazar hukmronlik qilmoqda.

Bundan farqli o‘laroq, muallifning fikricha, AQSh

-

O‘zbekiston munosabatlarining bugungi

kundagi chuqurlashishi va kengayishi ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichiga
zamin hozirlanayotganidan dalolat beradi, bu butun Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan,

Afg‘onistonning geosiyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. . Buning
tasdigʻi sifatida ikki tomonlama hamkorlikning ichki siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar,

xa

vfsizlik va gumanitar munosabatlar sohasidagi hamkorlik, AQSh “yumshoq

diplomatiyasidagi o‘zgarishlar”, AQShning O‘zbekistonda yanada faolroq, tajovuzkor
siyosatga o‘tishi kabi asosiy yo‘nalishlari tahlil etilgan.

Xorijiy davlatlarda, jumladan Rossiya olimlari tomonidan AQShning Markaziy

Osiyodagi manfaatlari tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy

-tadqiqot ishlari mavjud.

Ayniqsa, keyingi yillarda mazkur mavzuga doir Amerika va Rossiya ekspertlarining
qiziqishi ortmoqda.

Rossiyada AQShning Markaziy

Osiyodagi siyosatini o‘rganish, birinchi navbatda,

Rossiya Fanlar Akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti,
AQSh va Kanada instituti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Fanlar
akademiyasi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar
instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq institutlarida mazkur masalaga

bag‘ishlangan o‘nlab tadqiqotlar qilingan.

E.V. Troiskiy “AQShning 1992

-

2000 yillarda Markaziy Osiyodagi siyosati ” nomli

nomzodlik dissertatsiyasida AQShning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik

sohasidagi siyosatining mintaqaviy va mamlakatga xos jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

293

tahlil qiladi. AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy sohalardagi

munosabatlar mazmuni va dinamikasini tahlil qilgan.

S.A Parxomenkoning “XXI asr boshlarida AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati:

manfaatlar, ustuvorliklar, yo‘nalishlar va amalga oshirish shakllari” nomli nomzodlik
dissertatsiyasida Rossiya va AQShning O‘zbek

istondagi tashqi siyosiy doktrinalarining

qiyosiy tahlilini taqdim etgan. AQSh-

O‘zbekiston munosabatlari va Markaziy Osiyodagi

yangi geosiyosiy vaziyat kontekstida yoritilgan bo‘lib, bu postsovet davridagi Rossiya

-

O‘zbekiston munosabatlarining yaxlit mohiy

atini tushunish imkonini beradi .

M.Ogursovning “XX

-

XXI asrlar bo‘yicha Rossiya va AQSh tashqi siyosatining

O‘zbekiston Respublikasida evolutsiyasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida ikki

davlat va Markaziy Osiyo mintaqasi strategik tashqi siyosatining asosiy vektorlari va

xususiyatlari ko‘rsatilgan. AQSh va Rossiyaning O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari
evolyutsiyasi ikkinchisiga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish ko‘lami va dinamikasini
tahlil qilish orqali ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston tashqi

siyosati strategiyasining mazmuni

va asosiy belgilari belgilab berilgan. Birinchi marta Markaziy Osiyodagi eng yirik

davlatlarning geosiyosiy raqobati faktlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston tashqi
siyosatining strategik yo‘nalishining shakllanish tarixi ko‘rib chiqilgan .

Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashqi siyosiy strategiyalari va tegishli

kontseptsiyalari masalalarini o‘rganish jarayonida ko‘plab mahalliy va xorijiy ishlar tahlil

qilindi. Rossiyalik dissertatsiya tadqiqotlari orasida u

shbu mavzu bo‘yicha O‘zbekiston

-

Rossiya munosabatlari, AQSh, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi mintaqa davlatlari bilan
munosabatlariga oid asarlar mavjud. Ushbu mavzu bo‘yicha qozog‘istonlik tadqiqotchi

J.M.Aldubasheva ning ishi dolzarb hisoblanadi. Dissertatsiya ishida AQShning Markaziy

Osiyodagi tashqi siyosat strategiyasining xususiyatlari o‘rganilgan. Xususan, AQShning

postsovet davlatlariga nisbatan siyosatining asosiy maqsad, vazifalari va usullari ularning

evolyutsiyasi va o‘zgarishi nuqtai nazaridan ko‘

rib chiqiladi, AQShning mintaqa davlatlari

bilan mustaqillik yillarida erishilgan natijalar tahlil qilingan. Muallif Markaziy Osiyo

mamlakatlarini AQSh bilan hamkorligi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab

chiqqan. Sovuq urush tugagandan so

‘ng, Amerikaning dunyo hukmronligiga qarshi

bo‘lganlarning yo‘q qilinishi bilan Qo‘shma Shtatlar uchun jahon imperiyasiga aylanish
imkoniyati ochildi. Siyosatshunoslar “Amerika imperiyasi” deb atalgan davlatning tashkil

topishi haqida gapira boshladilar. AQShning ilmiy va siyosiy doiralarida Amerika qudrati

AQShning jahon hukmronligini o‘rnatishning asosiy quroliga aylanishi mumkinligi
haqidagi g‘oya qat’iy o‘rnatildi. Shu bilan birga, amerikalik tadqiqotchilarning aksariyati

bipolyar tizim yemirilishidan keyingi hozirgi xalqaro vaziyatga va AQShning xalqaro

tizimdagi yangi roliga real baho berdilar. Tadqiqotchilar Qo‘shma Shtatlar mutlaq
gegemonlik rolini o‘z zimmasiga olishi va siyosatni kuchli pozitsiyadan olib borishiga

qarshi edi. Liberal akademiya tarafdorlari milliy manfaatlarni aks ettiruvchi va
mamlakatning ichki resurslarini hisobga oladigan pragmatik, muvozanatli yondashuv
tarafdori edilar.

Qozoqistonlik tadqiqotchilardan Zarina Kakenova o‘z tadqiqotlarida AQSh va

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasid

agi harbiy-siyosiy hamkorlik msalalarini tahlil qiladi.

Uning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro munosabatlardagi muhim

mintaqalardan biriga aylandi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mintaqa davlatlari bir
qator muammolarga duch keldi. Mustaqillikka erishgan yangi davlatlarning siyosatini
shakllantirish va xavfsizlik masalalariga asosan geosiyosiy vaziyat va buyuk davlatlar bilan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

294

qo‘shnichilik ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqolada AQSh o‘rtasidagi harbiy

-siyosiy hamkorlik.

va Markaziy Osiyo dav

latlari turli o‘lchovlarda ko‘rib chiqiladi. Avvalo, biz AQShning

harbiy-siyosiy hamkorligi dinamikasini tahlil qilamiz. mintaqaviy xavfsizlik nuqtai
nazaridan mintaqaning har bir davlati bilan. Shu munosabat bilan muhim masalalardan
biri - AQSh manfaatlar

i ko‘rib chiqiladi. Qozog‘iston hududida joylashgan Sovet yadro

qurollari atrofida. Muallif davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni terrorizmga qarshi kurash

kontekstida tahlil qiladi. 11-sentabr voqealaridan keyin AQSh. terrorizmga qarshi urush

e’lon qildi.

Terrorizmga qarshi kurash AQShning asosiy muammolaridan biriga aylandi.

tashqi siyosat. Afg‘oniston terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha birinchi davlatga aylandi.
Markaziy Osiyo davlatlari “jabhadagi davlatlar” sifatida tilga olingan. Mintaqaning G‘arb va

S

harq chorrahasida joylashgani bu hududni tranzit yo‘nalishlari uchun ahamiyatli qiladi.

Muallif AQSh o‘rtasidagi ushbu sohadagi munosabatlarni Markaziy Osiyo davlatlari

va NATO doirasida ko‘rib chiqaadi. Yuqorida qayd etilgan muammolar mintaqadagi

xalqaro

munosabatlarga qanday ta’sir qilishini muhokama qiladi.

Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgandan so‘ng Turkiya bilan yaqin

aloqalar o‘rnatilgach, turk tadqiqotchilarining mintaqa xalqlari tarixi va madaniyatiga
bo‘lgan qiziqishi yanada ortd

i. Sovetlar boshqaruvi davrida Turkiyada Markaziy Osiyo

Respublikalari bilan bog‘liq tadqiqotlar yetarli bo‘lmagani uchun ilmiy bo‘shliq yuzaga

kelgan edi. Biroq, Respublikalar mustaqillikga erishgan dastlabki yillardan boshlab

Turkiyada mintaqa bilan bog‘

liq barcha sohalardagi (iqtisodiy, madaniy) aloqalarni

kengaytirish maqsadida ham rasmiy, ham nodavlat tashkilotlar va ilmiy markazlar tashkil

topdi. Ushbu muassasalar davlatga bog‘liq rasmiy tashkilotlar, universitetlar qoshidagi

ilmiy tadqiqot markazlari

, xayriya jamg‘armalari, fondlar va jamoat tashkilotlari sifatida

faoliyat olib bormoqdi .

Turkiyalik tadqiqotchi Sait So‘nmazning “Xavfsizlik muammolarining AQSh

-

O‘zbekiston munosabatlariga ta’siri” nomli maqolasida O‘zbekiston va AQSh

munosbatlarida mintaqaviy xavfsizlik masalasi tahlil qilingan. Davlatlarning tashqi
siyosatini belgilashda samarali omillardan biri milliy xavfsizlik masalalaridir. Bu, ayniqsa,
umumiy xavfsizlik muammolarini boshdan kechirayotgan va ushbu vaziyatdan

ta’sirlangan mamlakatla

rning ikki tomonlama munosabatlariga taalluqlidir. Mustaqillikka

erishgach, O‘zbekiston ma’muriyati o‘zining asosiy tahdidini “fundamentalizm” deb bildi.

Shunday qilib, mustaqillikning dastlabki yillarida Toshkent bu tahdidni bartaraf etish
uchun Amerika Q

o‘shma Shtatlari (AQSh) bilan yaqinlashishga harakat qildi. Bunga

javoban AQSh O‘zbekistonga nisbatan keng qamrovli siyosat ishlab chiqmadi. Ammo AQSh

11-sentabr hujumlari bilan ham xuddi shunday xavfsizlik tahdidiga duch keldi. 11-sentabr
xurujlaridan keyin Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati oshishi bilan birga

Vashington O‘zbekiston bilan munosabatlarini kuchaytirdi va ikki tomonlama
munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Umumiy tahdid tushunchasi tufayli
AQSh O‘zbekistonning geosiyosiy mavqeidan foydalanib, Tolibon ustidan g‘alaba qozondi.
Ayni paytda O‘zbekiston ma’muriyati bu urush orqali “radikal” harakatlardan ko‘p qochib
qoldi. Biroq sobiq ittifoq respublikalarida AQSh tomonidan qo‘llab

-quvvatlangan rangli

inqiloblarning paydo b

o‘lishi bu munosabatlarni buzdi. Ammo so‘nggi yillarda Kerimov

ham, Obama ma’muriyati ham O‘zbek Amerika munosabatlarini o‘zgartirishga harakat

qildi. 2011-

yildan buyon ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Chunki Pokiston ma’muriyati

bilan muammoli munosabatl

arga ega bo‘lgan AQShga yana O‘zbekiston yerlari kerak.

Ushbu tadqiqotda Sovuq urushdan keyingi davrda yagona super davlatga aylangan AQSh


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

295

va Markaziy Osiyoning eng qudratli davlati O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama

munosabatlar xavfsizlik masalalari kontekstida tahlil qilinadi.

“Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin AQShning Markaziy Osiyo siyosati

mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yozgan Turkiyalik tadqiqotchi Satlik Amanov o‘z

tadqiqotlarida Siyosiy, harbiy, iqtisodiy va strategik qayta quri

sh jarayonida bo‘lgan

beshta yangi mustaqil davlatning (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O‘zbekiston) paydo bo‘lishi xalqaro munosabatlar tizimida Markaziy Osiyo quyi tizimining

shakllanishini boshlab berdi. Boshqa tomondan, bu mintaq

a mintaqaviy bo‘lmagan

kuchlar bilan bir qatorda Turkiya, Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston kabi qo‘shni
davlatlarning manfaatlari kesishgan va ta’sir o‘tkazish uchun kurash olib boriladigan joyga

aylangan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin AQShning Markaziy Osiyo mintaqasi va u

yerdagi mamlakatlarga nisbatan “yaxlit” sifatida olib borayotgan siyosati tadqiqot
predmeti bo‘lsa, bu siyosatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va asosiy
tendensiyalar o‘rganilmoqda. AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikda o‘z

aksini topgan masalalar shu doirada muhokama qilinadi. Tadqiqotda AQShning Markaziy

Osiyodagi tashqi siyosat maqsadlarini oshirish, Afg‘onistondagi amaliyotlarini davom

ettirish uchun harbiy ishtirokini oshirish, shuningdek, diplomatiya, ikki tomonlama
munosabatlar va tashqi yordam kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirishga qaratilgan.Satlik
Amanov tadqiqotida yozilishicha, AQShning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan aloqalari
darajasi 1990-yillar davomida siyosiy va akademik doiralarda katta munozaralarga sabab

bo‘ldi. Ba’zilar Kaspiy dengizi sohilidagi mamlakatlarning energiya boyligi mintaqani

muhim deb hisoblasa-

da, ko‘plab energetika mutaxassislari mintaqaning global energiya

bozoriga qo‘shgan hissasi Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Rossi

yaga nisbatan ancha past,

deb hisoblashadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari mintaqadagi xavfsizlik va iqtisodiy

manfaatlarini imkon qadar tor doirada baholasada, amerikalik siyosatchilar Markaziy
Osiyo rejimlarining ishonchliligi borasida bir qarorga kelmagan va ularning inson

huquqlari, iqtisodiy va tashqi siyosati bilan ko‘proq shug‘ullangan. Mustaqillikka
erishgandan keyingi o‘n yil ichida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va

Turkmaniston bilan munosabatlarni turli darajada va shiddatda rivojl

antirgan bo‘lsada,

mintaqa, uning geografik joylashuvi, quruqlikdagi yopiq ekanligi va Amerika

manfaatlaridan uzoqligi sababli bu Vashingtonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lmaganini ta’kidlaydi.

Xoja Ahmet Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-Qozoq universiteti tomonidan M. Akif

muallifligida yozilgan “Amerika Qo‘shma Shtatlarining Markaziy Osiyo siyosati”

monografiyasida AQSh va Markaziy Osiyo aloqalari tahlil qilingan. Asarda keltirilishicha
Rossiya va Xitoyga muqobil ravishda AQSh mintaqaviy xavfsizlik parametrlarini turli
formatlarda kiritishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:


1.

G.A.Hidoyatov “Основы дипломатии”

- 2022.

2.

N. Shomiy “Zafarnoma”.

-1996

3.

O‘zbek diplomatiyasi tarixidan.

-2003

4.

N.Ernazarov “O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalari”.

-dis,-

2018.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

296

5.

D.B. Sayfullayev “Mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi

va rivojlanishi” .

-dis.-2017.

6.

“Taraqqiyot va hamkorlik yo‘llarida. O‘zbekiston tashqi siyosati va

diplomatiyasi”.

-1993.

7. A. X. Parpiyev

“O‘zbekiston diplomatiyasining tarixi va istiqbollari”. Maqola. 2021.

8. B. Shermuhammedov “Yangi O‘zbekiston

-xalqaro diplomatiya markaziga

aylanmoqda”. Maqola. 2022.

9.

Nuriddinov E. Становление и дальнейшее развитие на этапе обновления

страны внешнеполитической деятельности Республики Узбекистан. Е., 2021

10.

Abdunarzullayevna, S. X. (2023). O ‘ZBEKISTON

-AQSH HAMKORLIK

ALOQALARINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA YORITILISHI. PEDAGOGICAL
SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(24), 216-219.

11. Saydullayeva, X. (2022). USE OF HISTORICAL SOURCES IN ILLUMINATING THE

IMAGE OF GREAT PEOPLE. Science and Innovation, 1(5), 94-100.

12.

Komil o‘g‘li, J. N. JAMIYATDA XOTIN

-

QIZLARNING ZO ‘RAVONLIK JINOYATI

JABRLANUVCHISI BO ‘LIB QOLISHINING OLDINI OLISH MASALALARI.

13.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA

VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI.

Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136

-141.

14.

https://kun.uz/uz/news/2022/06/24/ozbekiston-aqsh-hamkorlik-va-

sherikchilik-aloqalari-rivojlanyapti

.

15.https://qalampir.uz/uz/news/ak-sh-2021-yilda-uzbekiston-bilan-yanada-

yakin hamkorlik kilmokchi-

Библиографические ссылки

G.A.Hidoyatov “Основы дипломатии”- 2022.

N. Shomiy “Zafarnoma”.-1996

O‘zbek diplomatiyasi tarixidan.-2003

N.Ernazarov “O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalari”.-dis,-2018.

D.B. Sayfullayev “Mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi” .-dis.-2017.

“Taraqqiyot va hamkorlik yo‘llarida. O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi”.-1993.

A. X. Parpiyev “O‘zbekiston diplomatiyasining tarixi va istiqbollari”. Maqola. 2021.

B. Shermuhammedov “Yangi O‘zbekiston-xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda”. Maqola. 2022.

Nuriddinov E Становление и дальнейшее развитие на этапе обновления страны внешнеполитической деятельности Республики Узбекистан. Е., 2021

Abdunarzullayevna, S. X. (2023). O ‘ZBEKISTON-AQSH HAMKORLIK ALOQALARINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA YORITILISHI. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(24), 216-219.

Saydullayeva, X. (2022). USE OF HISTORICAL SOURCES IN ILLUMINATING THE IMAGE OF GREAT PEOPLE. Science and Innovation, 1(5), 94-100.

Komil o‘g‘li, J. N. JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING ZO ‘RAVONLIK JINOYATI JABRLANUVCHISI BO ‘LIB QOLISHINING OLDINI OLISH MASALALARI.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136-141.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)