Авторы

  • Шавкат Каршибоев
    Узбекско-Финляндский педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp94-101

Ключевые слова:

виртуальная лаборатория метод Фет мощность гравитация качество образования

Аннотация

В данной статье исследуются современные методы и приемы организации лабораторных работ в педагогических высших учебных заведениях.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methodology of modern organization of laboratory lessons

in Physics

Shavkat KARSHIBOYEV

1

Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2023

Received in revised form

15 September 2023

Accepted 25 September 2023

Available online

15 October 2023

In this article, modern procedures and methods of

organizing laboratory work in higher educational institutions of
pedagogy are researched.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp94-101

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

virtual laboratory,

method,

Phet,

power,

gravity,

quality of education.

Fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini zamonaviy

tashkil etish metodikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

virtual laboratoriya,

metod,

Phet,

kuch,

gravitatsiya,

ta’lim sifati.

Ushbu maqolada pedagogika oliy o‘quv yurtlarida

laboratoriya ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullari va

metodlari tadqiq etilgan.

Методика современной организации лабораторных

занятий по физике

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

виртуальная лаборатория,
метод,

Фет,

В данной статье исследуются современные методы и

приемы организации лабораторных работ в педагогических
высших учебных заведениях.

1

Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.

Samarkand, Uzbekistan. E-mail: shavkat.qarshiboyev.89@bk.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

95

мощность,

гравитация, качество

образования

.

Mamlakatimizni 2022

2026-

yillarda rivojlantirishning yettita ustuvor Yo‘nalishi

bo‘yicha

- Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asoslangan

Davlat dasturi ishlab chiqildi. Unda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, p

edagog-

kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqishga ham e’tibor qaratilgan.

Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 19-martdagi PQ-

5032-sonli qarorida:

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim

jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash,

mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va

innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor

qaratilmoqda [1].

Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim

sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga

oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy

xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamo

naviy laboratoriyalar, darsliklar va

boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish,

ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-

fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida

o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan

vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash

[1] qarorida:

Fizika fanini z

amonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan, axborot

-kommunikatsiya

texnologiyalarini keng joriy qilish, mashg’ulotlarda zamonaviy usul va metodlardan

foydalanishga e‘tiborni qaratish dolzarb muammolar va ularning zamonaviy yechimlari

borasida tadqiq qilingan.

Fizika nafaqat fundamental, balki eksperimental fan bo‘lganligi uchun bo‘lajak fizika

o‘qituvchisi ham mazkur soha bo‘yicha keng qamrovli nazariy va amaliy bilim hamda

ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur hisoblanadi. [2] Bundan ko‘rinadiki, har bir fizi

ka

o‘qituvchisidan fizikaning zamonaviy yutuq va kashfiyotlarini chuqur hamda mustahkam

bilish talab qilinadi, bunda esa nazariy bilimlarning o‘zi kamlik qiladi. Nazariy olgan

bilimlarni amaliyotda qo‘llashda, fizika yo‘nalishi bo‘yicha har tomonlama yetuk

malakali

kadr bo‘lishda laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir.

Hozirgi kunda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika sohasida ta’lim

olayotgan

talabalarga fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilishda turli xil

muammolarga duch

kelinmoqda. O‘tkazilgan pedagogik tadqiqotlar, o‘rganishlar hamda

kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, laboratoriya darslarida talabalarning fizika va matematika
fanlaridan tayyorgarligi va boshlang‘ich eksperimental ko‘nikmalarning shakllanganlik

darajalari tu

rlicha [3]. Fizika darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalarning

laboratoriya ishini bajarishga bo‘lgan ishtiyoqi juda yuqori va aksincha layoqati juda past

bo‘lgan talabalarning mavjudligi ularni laboratoriya ishlarini bajarish va bajargan ishlar

i

bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallash juda zarur sanaladi. Yuqoridagi muammolarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

96

hisobga oladigan bo‘lsak, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishni takomillashtirish va

zamonaviy innovatsion metodlar ishlab chiqish zarur.

Fizika darslarida talabalar laboratoriya ishlarni bajarar ekan, avvalambor, fizika

kursining qaysi bo‘limi bo‘yicha ekanligiga ko‘p e’tibor beradi, mexanika bo‘limida
laboratoriya ishlari birmuncha sodda va talaba ko‘proq ishlashni talab etadi, molekulyar

fizika bo‘limida ishlar nisbatan qiziqarli, hozirgi oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud

laboratoriyalarda bunda talaba ishlarni ko‘proq jamoa bo‘lib bajarishga harakat qiladi, bu

esa talabalarning barchasi birdek ishni bajarishi va natijalarni har bir talabaning shaxsan

o‘zi olishi

natijalarni hisoblashda ham jamoadan foydalanish ayrim talabalarning bu ishga

qiziqishini kamaytiradi. Elektr bo‘limida ishlar bu talabalar uchun birmuncha qiziq bo‘lib,

ko‘proq pedagogika institutidagai dasturlarga qaraydigan bo‘lsak, kundalik turmush tar

zi

bilan bog‘liq bo‘lgan laboratoriyalar sanaladi, talaba bu ishlarni o‘z qo‘li bilan bajarishga

qiziqadi, undan chiqadigan natijalar, ishdagi asbob-uskunalarning aksariyati elektr toki

bilan bog‘liqligi, hozirgi zamonaviy laboratoriya qurilmalarida raqamlarning ko‘rinib

turishi va ishda olingan natijalarning xatoligi kam chiqishi talabalarni qiziqishiga sabab

bo‘ladi, optika bo‘limi laboratoriya ishlari ham talabalardagi qiziqish va ishtiyoqni

birmuncha oshiradi.

Talabalar laboratoriya ishlarini bajarar ekan, guruhdagi barcha talab birdek ishlarni

bajarib natijalarni oladi deb bo‘lmaydi, bunda ko‘chrish holatlari uchrab turadi.

Shularni

hisobga olgan holda laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy

metodlarini tavsiya qilish zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

A.A Axmedovning fikricha, talabaga laboratoriya ishini bajarishga ruxsat berishdan

oldin nazariy mavzuga doir testlarni yechishi lozim

bo‘ladi. Talaba test yechish jarayonida

mavzuga qay darajada tayyorgarlik koʻrganligini oʻqituvchi tekshirib koʻrgandan soʻng,

unga laboratoriya ishini bajarishga ruxsat beradi. Talabalar laboratoriya ishlariga yengil-

yelpi qaramasliklari va kerakli jihozlarni koʻz qorachigʻiday asrashlari uchun, shuningdek,

nazariy tayyorgarlik daraj

asini oʻqituvchi tomonidan qayd etilganidan soʻng ruxsat etilsa,

laboratoriya ishiga boʻlgan mas’uliyatni oshirgan boʻlamiz, bu esa ta’limning sifat

koʻrsatkichini oshirishga xizmat qiladi

[2].

Fizika fanidan laboratoriya jihozlariga bo‘lgan talabning jada

l ravishda oshib borishi

hamda talabalarning vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi va unumli foydalanishlarini hisobga

oladigan bo‘lsak, laboratoriya ishlarini bajarishida axborot texnologiyalaridan foydalanish

maqsadga muvofiq bo‘ladi

[4]. Fizikada laboratoriya ishlarini zamonaviy usulda

o‘tkazishda XXI –

asr texnologiyasining rivojlanishidan foydalangan holda ta’lim

samaradorligini oshirishda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda raqamli

texnologiyalarni fan va ta’limda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan muhim ta’

sirlaridan biri bu

virtual laboratoriyalardir.

“Virtual laboratoriya” nima? V.V. Truxin ta’rifiga ko‘ra, virtual laboratoriya

- bu

haqiqiy o‘rnatish bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri aloqa qilmasdan yoki ular mavjud bo‘lmaganda

tajribalarni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturiy-apparatlar jamlanmasidir [4,5].

Birinchi holda, biz masofadan kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriya sozlamalari

bilan shug‘ullanamiz, u haqiqiy laboratoriyani, sozlashni boshqarish va olingan

ma’lumotlarni raqamlashtirish uchun dasturiy ta’minot va apparat vositalarini,

shuningdek, aloqa vositalarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi holda, barcha jarayonlar komputer

yordamida modellashtiriladi” [4

, 8].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

97

Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib,

ta’lim j

arayonidagi moddiy-

texnik imkoniyat muammolarni oz bo‘lsa

-da, dolzarbligini

kamaytirishga yordam beradi.

D.I. Troitskiyning virtual laboratoriyalardan foydalanishning ta’lim sifatiga ta’sirini

o‘rganish bo‘yicha olib borgan izlanishlari natijalari e’tiborg

a molik. U virtual laboratoriya

ishlaridan foydalanish orqali ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining 17,7% ga

oshishiga, laboratoriya ishlarini bajarish vaqti esa 10

50% ga kamayishiga erishilganligini

ta’kidlaydi [4,5,6].

Hozirda fizikani o‘qitishda qo‘llanilayotgan virtual laboratoriya ishlarining

aksariyati videolavha ko‘rinishida bo‘lib, unda talabaning bevosita ishtiroki, mustaqil

qaror qabul qilishi va izlanuvchanligi bilan bog‘liq ko‘pgina jihatlar hisobga olinmagan [6]:

-ishni bajarish uc

hun lozim bo‘ladigan asbob

-uskunalarni uskunalar omboridan mustaqil

tanlab olish;

-laboratoriya ishi qurilmasini shakllantirish;

-

qurilma tarkibiy qismlarni o‘zaro mutanosib joylashtirish (dizayn);

-

o‘rganilayotgan ob’yekt parametrlarni istalgancha keng

diapazonda o‘zgartirish;

-

zarurat tug‘ilsa, qurilmaga o‘zgartirishlar kiritish.

-

zamonaviy o‘lchov

-nazorat uskunalaridan foydalanish imkoniyati.

Fizika fanini o‘qitish jarayonida axborot

-kommunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanish, laboratoriya sharoit

ida to‘liq namoyish qilish texnik jihatdan juda qiyin yoki

umuman imkonsiz bo‘lgan fizik hodisa va jarayonlarni namoyish qilish, laboratoriya

mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirib, turli jarayonlar va

hodisalarni simulyatsiya qilishga imkon beradi [6,7].

TAHLIL VA NATIJALAR

“Physics Education Technology” (PhET) platformasi tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001

-

yildagi Nobel mukofotining sovrindori K. Viman tomonidan yaratilgan. PhET

platformasida turli xil mavzularga oid modellar mavjud

bo‘lib, ular Java va Macromedia

flash dasturlarida yaratilgan.

PhET platformasida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan

foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin.

PhET dasturini http://phet.colorado.edu platformasidan yuklab olishingiz mumkin.

PhET dasturidagi modellardan fizika, kimyo, matematika va biologiya fanlaridan dars

mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini

tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin. Dasturning rasmiy platformasida

“Translated Sims” bo‘limi mavjud bo‘lib, u yerga kirib, maxsus qaydnomani to‘ldirgan

holda kerakli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoni mavjud. Talabalarga

dasturdan foydalanish usullarini yoritish maqsadida “

Butun olam tortishish qonunini

o‘rgan

ish

” laboratoriya ishini o‘tkazish jarayonini bajarilishini keltirib o‘tamiz:[5,10]

Laboratoriya ishi: Butun olam tortishish qonunini o‘rganish

Ishning maqsadi

: PhET dasturlash muhitida Butun olam tortishish qonunini o‘rganish va

Gravitatsiya doimiysini

aniqlashni o‘rganish.

Virtual elementlar

: Dinamometr, jismlarning massasini o‘lchovchi shkala.

Nazariy qism

Yer sharoitida jismlarning tushishini va osmon jismlarining harakatini o‘rganib,

Nyuton, og‘irlik kuchi faqat Yer sirti yaqinida turgan jismgagina ta’sir etmasdan, balki

jismlar qayerda turgan bo‘lsa ham ta’sir etadi, degan xulosaga keladi. Binobarin, barcha


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

98

jismlar o‘zaro bir

-

biriga tortiladi. Jismlar orasidagi o‘zaro tortishish kuchlari butun olam

tortishish kuchlari deb ataladi. Jismlarning Yerga tushishi, Oyning Yer atrofida berk orbita

bo‘ylab harakatlanishi, sayyoralarning Quyosh atrofida harakatlanishi va shunga o‘xshash

boshqa harakatlar butun olam tortishish kuchlari ta’sirida bo‘ladi.

Nyutonning butun olam tortishish qonunida takomillashib, o

‘zining to‘liq ifodasini

topdi. Bu qonun butun olam tortishish qonuni deb ataladi.

Moddiy nuqtalarning massalarini m1, va m2 bilan, ular orasidagi masofani r bilan

belgilab, butun olam tortishish qonunini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

1

2

2

m m

F

G

r

=

(1)

bunda F

butun olam tortishish kuchi, G

tabiatdagi barcha jismlar uchun bir xil

bo‘lgan proporsionallik koeffisiyenti bo‘lib, bu koeffisiyent tortishish doimiysi yoki

gravitatsion doimiylik deb ataladi.

Gravitatsion doimiylikning fizik ma’nosini aniqlaylik. Aga

r, m1=m2=1kg va r=1 m

bo‘lsa, u holda (1) formuladan F=G ni hosil qilamiz. Demak, gravitatsion doimiy son qiymati

jihatidan bir-

biridan birlik masofada turgan birlik massali ikki moddiy nuqtaning o‘zaro

tortishish kuchiga teng ekan. Gravitatsion doimiyning son qiymatini birinchi marta qariyb

yuz yildan so‘ng ingliz olimi Kavendish 1798

-yilda sezgir burama tarozi yordamida

aniqladi.

Tajriba quyidagicha amalga oshirilgan. Yengil shayinga mahkamlangan har birining

massasi m ga teng bo‘lgan ikkita qo‘rg‘oshin shar elastik ip yordamida simmetrik

o‘rnatilgan (qo‘zg‘almas) M sharlar yoniga joylashtirilgan (1

- rasm).

Sharlar bir-biriga tortilganda ip buraladi. Uning buralishiga qarab tortishish kuchini

aniqlash mumkin. Ipning yuqorigi uchi sozlash moslamasiga mahkamlanib, bu moslamani

burash orqali m va M sharlar orasidagi masofani o‘zgartirish mumkin. Sharlarning massasi

m va M lar, sharlar orasidagi r masofa va tortishish kuchi ma’lum bo‘lgandan so‘ng,

gravitatsion doimiyning qiymati

2

Fr

G

mM

=

(2)

ifodadan hisoblab topiladi. Hozirgi vaqtda gravitatsion doimiyning qiymati

quyidagiga teng:

2

2

11

11

2

2

6, 67 10

6, 67 10

N m

m

G

kg

kgs

=

=

(3)

Jismlarning fazoda o‘zaro tortishishi maxsus ko‘rinishdagi moddiy bog‘lanish (vositachi)

yordamida amalga oshadi.[9-12]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

99

Ishni bajarish tartibi

1. Phet oynasining “Motion” oynasidan “Gravity Force Lab”

ni tanlang.

3-rasm.

2. Ushbu modelda jismlarning m

assasini, ular orasidagi masofani o‘zgartirish orqali ikki

jism orasidagi tortishish kuchini o‘zgarishini aniqlash mumkin.

3. Ekrandagi jismlarning massalari, ular orasidagi masofaning va kuchning qiymatidan

foydalanib Gravitatsiya doimiysining qiymatini hisoblang.

4. Simulyatsiyadagi jismlarning massasinini, ular orasidagi masofani o‘zgartirish orqali

kuchning o‘zgarishini kuzating.

5. Jismlarning massasinini, ular orasidagi masofani o‘zgartirish orqali gravitatsiya

doimiysining qiymatini hisoblang.

6. Hisoblangan kattaliklar qiymati quyidagi jadvalga yoziladi.

N M

1

(kg) M

2

(kg) F

r

G

G

o‘r

*

ΔG

ΔG

o‘r

η

1

2

3


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

100

Nazorat savollari

1.

Butun olam tortishish qonunining mohiyati nima?

2.

Gravitatsion doimiyning fizik ma’nosini aytib bering.

3.

Gravitatsion va inert massalar haqida nimalar bilasiz?

4.

Kavendish tajribasini tushuntiring.

Ushbu virtual laboratoriya ishini talaba mustaqil bajarsa, qolgan mavzulariga doir

laboratoriya ishlarni ham PhET dasturlash muhitida yoki yuqorida keltirilgan boshqa
dasturlar orqali bajara oladi.

Pedagogika oliy o‘quv yurtlari asosan maktab, akademik litseylarga o‘qituvchi

tayyorlashini hisobga olsak, oliy o‘quv yurtini bitirib boradigan talaba ish joylarida fizika

laboratoriya jihozlarining yetishmasligi yoki ularning eskirganligidan kelib chiq

ib, bo‘lajak

fizika o‘qituvchi hozirgi zamon texnologiyasidan foydalangan holda, ayniqsa, maktab

o‘quvchilarining komputer, smart aloqa vositalariga qiziqishi va ularda texnika

vositalarining mavjudligini inobotga olsak, virtual laboratoriya ishlarni qiyinchiliksiz

bajarishga imkon beradi. O‘quvchilar zamonaviy vositalar orqali ishlarni bajarsa, ularning

fizika sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, kashfiyotchilikka bo‘lgan intilishlarini rivojlantiradi,

Bu esa o‘qituvchining ham ma‘suliyatini yanada oshiradi.

Hozirgi zamon talabi laboratoriya ishlarini bajarishda eski usullardan qochish, yangi

g‘oya va modellarga o‘tish o‘qitishning samaradorligi oshiradi [3] Albatta talaba faqatgina

virtual laboratoriya ishlarini bajarib yetarli miqdorda kasbiy mahoratini shakllantirib

bo‘lmaydi, bunda real laboratoriya ishlarining roli alohida o‘rin tutadi.

Virtual laboaratoriya ishlarini talaba mustaqil joy, vaqt tanlamasdan qo‘lidagi smart

aloqa vositalari orqali ham bajara oladi, bu esa talabada ishtiyoqni oshiradi, fanga

bo‘lgan

qiziqish va ijodkorlikni shakillantiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda pedagogika oliy o‘quv yurtida o‘tkazgan

tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, laboratoriya ishini bajarishdan oldin talaba fan

dasturidagi labo

ratoriya ishning mavzuga doir to‘liq yo‘riqnomasini berish va ushbu

yo‘riqnomani har bir talaba mustaqil o‘qib chiqishi va undagi o‘zi tushunmagan bilimlarni

yoki asbob

uskunalarni, ularning ishlashini avval o‘qituvchidan so‘rashi, ishni bajarishiga

doir

ko‘rsatmalar bilan chuqur tanishib, shundan so‘ng ish yuzasidan talaba va o‘qituvchi

orasida qisqa savol -

javob shaklida yo‘riqnomadagi keltirilgan ma‘lumotlarni

mustahkamlab olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Laboratoriya ishini real va virtual shaklida

t

ashkil etish orqali talabaning bilim saviyasi oshishiga hamda o‘quv jarayonining sifat va

samaradorligi o‘sishga olib keladi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 19-martdagi PQ-5032-son

qarori

2.

Ibrohimova Shahnoz Baxtiyorovna. Fizika o‘qitishda innovatsion metodlardan

samarali foydalanish Proceedings of International Conference on Scientific Research in

Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5 th December,

2022

3.

A.A.Axmedov. Fizika fanidan zamonaviy laboratoriya mashgʻulotlarini bajarishda

innovatsion texnologiya. SamDU ilmiy axborotnoma 2016-yil, 1-son 168-171 betlar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

101

4. Xoliqov Q.T., Qarshiboyev Sh., Sulaymanov O.A., Egamberdiyev T.X. Fizika

ta’limida online virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari. Fan va ta’lim

integratsiyasi 2023-YIL 1-SON https://journals.uzfi.uz/

5.

R.K Scheckler, “Virtual labs: a substitute for tradition labs?”

The International

Journal of Developmental Biology, vol47, pp 231-236. 2003

6.

Черемисина, Е.Н., Антипов О.Е., Белов М.А. Роль виртуальной компьютерной

лаборатории на основе технологии облачных вычислений в современном
компьютерном образовании // Дистанционное и виртуальное обучение.

- 2012. -

1. -

с. 53

-60

7.

Д.И. Троицкий, Е.Е. Дикова. Виртуальные лабораторные работы в

естественнонаучном образовании. Тульский государственный университет.

Сборник научных статейXVIII Объединенной конференции «Интернет и

современное общество» IMS

-2015

, Санкт

-

Петербург, 23

-

25 июня2015 г.

8. http://phet.colorado.edu

9. Xoliqov Q.T, Zoirov S.X, Tuymanov B.T, Norqulova M.M Fizika fanidan virtual

laboratoriya ishlari va ularni bajarish usullari Uslubiy qo`llanma, Samarqand shahri,

Samarqand Davlat chet tillar instituti nashriyoti 2023yil.

10.

Sivuxin D.P. Umumiy fizika kursi. Toshkent: Oʻqituvchi, 1981

11.

M. H O’lmasova Mexanika va molekulyar fizika Akademik litseylar uchun o’quv

qo’llanma Toshkent 2010

12.

K.P. Abduraxmanov, O’.Egamov “Fizika kursi”. Darslik, Toshkent, 2010.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarori

Ibrohimova Shahnoz Baxtiyorovna. Fizika o‘qitishda innovatsion metodlardan samarali foydalanish Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5 th December, 2022

A.A.Axmedov. Fizika fanidan zamonaviy laboratoriya mashgʻulotlarini bajarishda innovatsion texnologiya. SamDU ilmiy axborotnoma 2016-yil, 1-son 168-171 betlar.

Xoliqov Q.T., Qarshiboyev Sh., Sulaymanov O.A., Egamberdiyev T.X. Fizika ta’limida online virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari. Fan va ta’lim integratsiyasi 2023-YIL 1-SON https://journals.uzfi.uz/

R.K Scheckler, “Virtual labs: a substitute for tradition labs?” The International Journal of Developmental Biology, vol47, pp 231-236. 2003

Черемисина, Е.Н., Антипов О.Е., Белов М.А. Роль виртуальной компьютерной лаборатории на основе технологии облачных вычислений в современном компьютерном образовании // Дистанционное и виртуальное обучение. - 2012. - № 1. - с. 53-60

Д.И. Троицкий, Е.Е. Дикова. Виртуальные лабораторные работы в естественнонаучном образовании. Тульский государственный университет. Сборник научных статейXVIII Объединенной конференции «Интернет и современное общество» IMS-2015, Санкт-Петербург, 23-25 июня2015 г.

Xoliqov Q.T, Zoirov S.X, Tuymanov B.T, Norqulova M.M Fizika fanidan virtual laboratoriya ishlari va ularni bajarish usullari Uslubiy qo`llanma, Samarqand shahri, Samarqand Davlat chet tillar instituti nashriyoti 2023yil.

Sivuxin D.P. Umumiy fizika kursi. Toshkent: Oʻqituvchi, 1981

M. H O’lmasova Mexanika va molekulyar fizika Akademik litseylar uchun o’quv qo’llanma Toshkent 2010

K.P. Abduraxmanov, O’.Egamov “Fizika kursi”. Darslik, Toshkent, 2010.