Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Basic rules for organizing badminton classes at sports
schools
Fotima ISMOILOVA
1
Samarkand State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 October 2023
Currently, the organization of training badminton players in
sports schools requires additional improvement. The author of
this article drew attention to important aspects of organizing
badminton training in sports schools, relying on the experience
of coaches, teachers and specialists in this field, as well as
scientific literature in this field. The article discusses the key
rules and aspects of organizing badminton training in order to
improve the quality of training badminton players in sports
schools.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp214-218
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competition,
game,
score,
training,
badminton,
physical quality,
preparation,
technique,
equipment,
court
Sport maktablarida badminton mashg‘ulotlarini tashkil
etishning asosiy qoidalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
musobaqa,
o‘yin,
hisob,
mashg‘ulot,
badminton,
jismoniy sifat,
tayyorgarlik,
texnika,
jihoz,
kort
Hozirda
sport
maktablarida
badminton
bilan
shug‘ullanuvchilar uchun mashg‘ulotlarni tashkil
qilish, xususan,
sport maktablarida badmintonchilarni tayyorlash tobora
takomillashuvga ehtiyoj sezmoqda. Ushbu maqolada muallif
tomonidan murabbiy o‘qituvchilar va soha mutaxassislarining
tajribalari, ular tomonidan yaratilgan ilmiy adabiyotlarga
tayanga
n holda sport maktablarida badminton mashg‘ulotlarini
tashkil etishning asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar berilgan
hamda tahlil qilingan.
1
Doctoral student, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan, E-mail:fismoilova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
215
Основные правила организации занятий бадминтоном
в спортивных школах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
соревнование,
игра,
счет,
тренировка,
бадминтон,
физическое качество,
подготовка,
техника,
инвентарь,
корт
В
настоящее
время
организация
подготовки
бадминтонистов
в
спортивных
школах
требует
дополнительного усовершенствования. Автор данной
статьи обратил внимание на важные аспекты организации
тренировок по бадминтону в спортивных школах, опираясь
на опыт тренеров, преподавателей и специалистов в данной
области, а также научную литературу в этой области. В
статье рассматриваются ключевые правила и аспекты
организации тренировок по бадминтону с целью
улучшения качества подготовки бадминтонистов в
спортивных школах.
Hozirga kelib, mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari qatoridan joy olgan badminton sporti
ham tobora rivojlanib bormoqda.
Badminton mashg‘ulotlarini tashkil qilishda asosiy qoida va
talablarni chuqur o‘rganish mazkur sport turini rivojlantirish va ommalashtirish imkonini
beradi. Zamonaviy badminton o‘yini va musobaqa qoidalarini joriy qilinishi ushbu sport
turining ommaviy nufuzini oshiradi. Bugungi kunda sport maktablarida badminton
yo‘nalishida murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning mashg‘ulot
jarayonlarini tashkil qilishda badmintonning asosiy qoidalarini yoritishlari muhim
masalalardan sanaladi. Shu bois
, muallif tomonidan murabbiy o‘qituvchilar va soha
mutaxassislarining tajribalari, ular tomonidan yaratilgan ilmiy adabiyotlarga tayangan holda
sport maktablarida badminton mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy qoidalariga e’tibor
qaratildi.
Badminton
o‘yinida muhim qoidalar.
Badmintonda musobaqa jarayoni quyidagi
tartibda amalga oshiriladi.
bir kishilik o‘yin
- erkaklar;
bir kishilik o‘yin
- ayollar;
juftlik o‘yin
- erkaklar;
juftlik o‘yin
- ayollar;
juftliklar - aralash.
O‘yin maydonning o‘ng tomoni
dan, raketkaning pastki qismi bilan zarba berishdan
boshlanadi, zarba vaqtida raketkaning ramkasi beldan tepada yoki bilakdan tepada bo‘lmasligi
kerak. Raketkaning siltanishi o‘yinda xato hisoblanmaydi. Hisobning juft holatida valan kimda
bo‘lsa o‘sha odam
faqat o‘ng tomondan valanni o‘yinga kirgiza oladi, hamma uchrashuvlarda
birlik yoki juftlik o‘yinchilar 21 hisobgacha, agar hisob 20 –
20 bo‘lsa, bunda o‘yin davom etadi.
Qaysi bir raqib ikki ochko oldinga o‘tmaguncha, 29 ochkogacha har bir uchrashuvlar 2
ta, ikki
marta yutish ya’ni partiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Hal qiluvchi o‘yinda uchinchi partiyada
5 minutlik tanaffus qilinadi. Bu partiyada hisob 11 ga yetganda maydon tomonlari almashinadi,
xar bir uchrashuv birinchi to‘p kirgizishi uchrashuvning oxirigacha to‘xtatilishi kerak emas. 3
-
partiyadan oldin 5 minutlik tanaffus bor [1].
Kort va jihozlar.
Kortga qalinligi 4 sm bo‘lgan chiziq tortiladi, belgilovchi chiziqlar aniq
ko‘rinishi lozim, chiziq sariq yoki oq rangda bo‘ladi. Barcha chiziqlar o‘zi
chegaralayotgan
maydonning bir qismi hisoblanadi. Ustunlar kort yuzasidan 1,55 metr balandlikda bo‘lib
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
216
yetarlicha mustahkam bo‘lishi, tortilgan to‘rni yaxshi ushlashi va tik holatini saqlab turishi
lozim. To‘r katakchalari kattaligi esa 15x15 mmdan to 20x
20 mmni tashkil etadi.
-
kortda yakkalik (bunda ikki raqib o‘yinchi ishtirok etadi);
-
juftlik (bunda raqiblar juft bo‘lib bellashadilar);
-
aralash juftlik (bunda raqiblar bir o‘g’il va bir qiz juft bo‘lib bellashadilar) bahslari
o‘tkaziladi.
Valan.
Valan tabiiy yoki sintetik materiallardan tayyorlanishi mumkin. Qanday
materialdan tayyorlanishidan qat’i nazar, valan quyidagi talablarga javob berishi kerak:
patli valan: boshchaga ip yoki boshqa mos keluvchi material bilan mahkam biriktirilgan
16 patda
n tashkil topgan bo‘ladi. Patlar uzunligi bir xil uzunlikda 62 mmdan 72 mmgacha
bo‘lishi (pat ichidagi boshcha yuqorisiga qadar o‘lchanadi), diametri esa 58
-
68 mm bo‘lgan
aylana hosil qilishi kerak. Valan boshchasining diametri 25-28 mm, valanning umumiy o
g‘irligi
esa 4.74-
5.50grni tashkil etadi. Patsiz valan tabiiy patga o‘xshash sintetik material bilan
almashtiriladi. Valan boshchasi o‘lchami va og‘irligi yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob
berishi lozim. Ammo sintetik materiallar bilan tabiiy materiallar orasidagi ayrim tafovutlarni
hisobga olib belgilangan ko‘rsatgichlardan 10% ga qadar farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Raketka.
Raketkaning umumiy uzunligi 680 mm hamda eni 230 mmdan oshmasligi
kerak. Raketka quyidagi qismlardan tashkil topgan, dasta, t
o‘rli yuza, boshcha, tayoqcha, o‘tish
yo‘lidan iborat bo‘ladi. To‘rli yuza tekis bo‘lib, o‘zaro kesib o‘tilgan to‘rli bo‘laklardan tashkil
topadi. Uning zichligi yuzada bir xil bo‘lishi shart.To‘rli yuza uzunligi 280 mm va eni 220 mm
bo‘lib, qachonki bu qism eni 35 mm. dan oshmasa, ba’zan o‘tish joyigacha davom etishiga ruxsat
etiladi. To‘rli yuzaning umumiy uzunligi 330 mmdan oshmasligi kerak [2].
O‘yinning borishi, qur’a tashlash:
o‘yin boshlanishidan avval qur’a tashlanadi, unda
omadi kelgan tomon valann
i birinchi bo‘lib oshirish yoki qabul qilish, shuningdek o‘yinni
kortning qay bo‘lagidan boshlashni tanlash huquqiga ega bo‘ladi.
Hisob.
O‘yin agar boshqacha kelishilgan bo‘lmasa, ko‘pi bilan 3 taymdan tashkil topadi,
birinchi bo‘lib 21 ochko to‘plagan tomon har bir taymda g‘olib chiqadi (hisob 20
-20 hamda 29-
29 bo‘lgan hollardan tashqari). Hujumni yutgan tomonga ochko beriladi –
raqib (raqiblar) xato
qilsa yoki valan kortning raqib bo‘lagi yuzasiga tegib o‘yindan chiqib ketsa, hisob 20
-
20 bo‘lgan
hollarda
birinchi bo‘lib 2 ochkoli farqqa erishgan tomon shu taymni yutadi. Hisob 29
-
29 bo‘lgan
holda birinchi bo‘lib 30 ochkoni qo‘lga kiritgan tomon shu taymni yutadi. Har bir taymda g‘olib
bo‘lgan tomon keyingi taymda birinchi bo‘lib hujum (valan oshirish) ni bo
shlaydi.
O‘yinda joy almashish.
O‘yinchilar birinchi taym yakuni hamda uchinchi taym
boshlanishidan avval kort bo‘laklari bilan o‘rin almashishlari kerak. Uchinchi taymda
tomonlardan biri 11 ochko to‘plagan holda ham o‘rin almashiladi. Bordi
-yu bu holatda
o‘rin
almashish o‘tkazib yuborilsa, hisob saqlangan holda darhol o‘rin almashish amalga oshiriladi.
Valanni oshirish (hujum).
Valan oshirish vaqtini juda ham cho‘zib yuborish mumkin
emas. Oshirishda raketkaning oldinga harakati vaqtida har qanday vaqtni ushlash xato
hisoblanadi (fol). Oshirayotgan va qabul qilayotgan tomon oshirish maydonining diagonal
hududida bu maydonni chegaralovchi chiziqlarga teginmagan holda turishlari kerak.
Oshirayotgan va qabul qilayotgan o‘yinchilarning ikkala oyoq kaftining biro
n qismi oshirish
vaqti boshlanishidan to tugaguncha harakatsiz holda kort yuzasiga tegib turishi talab etiladi.
Valanni oshirayotgan tomon dastlab raketkasi bilan valan boshchasiga zarba beradi.Valan
oshirish vaqtida oshirayotgan tomonning bel qismidan pastda turishi kerak. Oshirish vaqtida
oshirayotgan tomon raketkasining tayoqchasi aniq ravishda pastga qaratilgan bo‘lishi shart.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
217
Rasm 1.
Valanni o‘yingga kiritish (oshirish).
Valan parvozi yuqoriga ko‘tarilish chizig‘i bo‘ylab to‘r bilan kesishguncha shunday
harakatlanishi kerakki, agar u raqib tomonidan qaytarilmasa, kortning belgilangan oshirish
bo‘lagiga, ya’ni uni chegaralovchi chiziqqa yoki o‘ziga tushishi kerak.
Yakkalik
o‘yinlar.
Agar oshiruvchi o‘yinchi ushbu taymda ochkoga ega bo‘lmasa yoki juft
miqdordagi ochkoga ega bo‘lmasa, o‘yinchilar o‘z oshirish maydonlarining o‘ng tomonida
valanni oshirish yoki qabul qilishlari kerak. Agar oshiruvchi o‘yinchi ushbu taymda toq
m
iqdordagi ochkoga ega bo‘lsa o‘yinchilar o‘z oshirish maydonlarining chap tomonida valanni
oshirish yoki qabul qilishlari kerak.
Kortda o‘yin va joylashish tartibi: valan o‘yindan chiqib ketmagunga qadar navbati bilan
oshiruvchi va qabul qiluvchi o‘yinchi tomonidan qaytarilishi kerak. Agar oshiruvchi o‘z
zarbasidan g‘alabaga erishsa, unga ochko yoziladi, so‘ng u maydonning boshqa yarimidan yana
zarba berishni boshlaydi. Bordi-
yu zarbani qabul qiluvchi o‘yinchi yutsa, ochko unga yoziladi,
so‘ng qabul qiluvchi valanni o‘yinga kiritishni amalga oshiradi.
Rasm 2.
Valanni chap va o‘ng tomondan qabul qilish texnikasi.
Juftlik o‘yinlar.
Valanni o‘yinga kirituvchi tomon ushbu taymda ochkoga ega bo‘lmasa
yoki juft miqdordagi ochkoga ega bo‘lsa, valan oshiruvchi tomon o‘yinchilari o‘z oshirish
maydonlarining o‘ng tomonidan valanni o‘yinga kiritishlari kerak bo‘ladi. Valanni o‘yinga
kirituvchi tomon ushbu taymda toq miqdordagi ochkoga ega bo‘lsa, valan oshiruvchi tomon
o‘yinchilari o‘z oshirish maydonlarining chap tomonidan valanni o‘yinga kiritishi kerak bo‘ladi.
Oxirgi marta oshirishni amalga oshirgan qabul qiluvchi tomon o‘yinchisi zarba bergan o‘z
maydoni tomonda qoladi, uning sherigi esa qo‘shni maydonga o‘tadi [3].
Oshirayotgan o‘yinchi ro‘parasida qarshi tom
on maydoniga diagonal turuvchi qabul
qiluvchi tomon, o‘yinchisi qabul qiluvchi bo‘lishi kerak. O‘yinchilar o‘z maydon bo‘laklarini
oshirishdan ochko olmagunlaricha o‘zgartirmasliklari kerak. Qaysi tomon valanni o‘yinga
kiritishni amalga oshirishidan qat’i
nazar, valanni o‘yinga kiritish maydonidan amalga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
218
oshirilishi kerak. O‘yin va kortdagi pozitsiya tartibi valanni o‘yinga kiritish amalga oshirilgandan
so‘ng qabul qiluvchilar tomonidan qaytarilgach, valan oshirgan tomonning u yoki bu o‘yinchisi
tomonidan
o‘z to‘ri tomonining istalgan joyidan qaytariladi, so‘ng qabul qiluvchining u yoki bu
o‘yinchisi tomonidan qaytariladi, shu tarzda valan o‘yindan chiqib ketmaguncha davom
ettiriladi [4].
Xulosa.
Badminton mashg‘ulotlarini tashkil qilishda asosiy qoidalarini bilish mashg‘ulot
jarayonini o‘rgatishda qo‘l keladi. Mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilish bilan birga kerak
bo‘ladigan jihozlar va ularning nazariy bilimlarini chuqur egallash yuqori malakali
sportchilarning iqtidorli bo‘lib yetishishlariga xizmat qi
ladi. Badminton qoidalari tennisga
o‘xshash, lekin undan bir muncha farq qiladi. Badmintonda o‘yin va musobaqa qoidalarini bir
sira yaxshilab nazariy o‘rganib chiqish va amaliyotda qo‘llash murabbiy va sportchilarning
pedagogik mahoratini oshiradi. Badmint
onda musobaqa qoidalarini o‘rganish unchalik ham
qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘yin jarayonida raketka, badminton valani bilan to‘g‘ri muomala
qilishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Shuningdek, tezkorlik va tez qaror qabul qilishni tushuntirish,
amaliy bajarib o‘rgatish, maydonda harakatlanishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l qo‘yilganda
esa joyida xatolarni tuzatib mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilish mashg‘ulot nufuzini oshiradi.
Badmintonda yuqori natijalarni qayd etishda turli darajadagi usullar va vositalar zarur. Bugungi
kunda bunday usullar o‘zining tom ma’nodagi natijasini va samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Ularning turlari va xillari shu qadar ko‘pki, qaysi bir usulni qo‘llash kerakligi bir muncha
murakkablik tug‘diradi. Hozirda mazkur masalada dunyo miqyosida keng ko‘lamli tadqiqotlar
o‘tkazilmoqda.
Badminton mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha mazkur tavsiyalar yuqorida bayon
etilganidek, shaxsiy kuzatishlar va tajribalar, mutaxassislar va murabbiylar ish faoliyatini
o‘rganish hamda xorijiy ilmiy –
uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida shakllantirildi.
Yuqorida bildirilgan fikrlar mutlaq to‘g‘ri va asosli deyish fikridan yiroqmiz. Chunki, sport fani
va umuman, mazkur yo‘nalish xususiyati bunday qat’iy fikr bildirish imkoniyatini bermaydi.
Sh
u sababdan mazkur mavzu bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, kuzatishlar tashkil qilish va
tajribalar olib borish zarurati yanada ortadi. Badminton qoidalarini yoritishda shu narsa aniq
bo‘ldiki, kelgusida mazkur mavzu bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini yanada oshi
rish imkoniyati
mavjud. Badminton qoidalarini hali o‘rganilmagan va yoritib berilmagan jihatlari bor.
Badminton mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va uning natijalarini
amaliyotga izchil tatbiq etish sport natijalari o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
О.В. Байгужина. Бадминтон в структуре подготовки студентов по физической
культуре. Челябинск 2021.
2. A.Pulatov, O.M.Savatyugin, Sh.Sh.Isroilov. Badminton nazariyasi va uslubiyati. Darslik.
T.:2017
3.
Б.Б.Кипчаков, Ф.И.Исмоилова. “Badminton sports training stages and its content”
Евразийский союз ученых (есу) Ежемесячный научный журнал № 3 (84)/2021. Том 1,
Серия: Психологические науки.
4.
Н.Ю.Камалиева, Н.Г.Искаков, А.С. Шалавина. Бадминтон для начинающих.
Учебно
-
методическое пособие.
-
Казань: Казанский университет, 2021.
-
57 с.
