Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Using the heritage of Eastern thinkers in educating athletes
taking into account national values
Tulkinjon ESHKUVVATOV
1
, Elbek DUSMURADOV
2
Kattakurgan Branch of Samarkand State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 October 2023
The article describes scientific research, results and
conclusions regarding the use of the heritage of Eastern thinkers
in the education of athletes in accordance with national values.
The types and forms of these values are also considered.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp132-136
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
values,
national pride,
national consciousness,
oriental thinkers,
national customs and
traditions,
maturity
Sportchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda
sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
qadriyat,
milliy g‘urur,
milliy ong,
sharq mutafakkirlari,
milliy urf-
odat va an’analar,
kamolot
Mazkur maqolada sportchilarni milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashda sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishga
doir ilmiy izlanishlar, natijalar va xulosalar bayon etilgan.
Shuningdek, qadriyatlarning turlari, shakllari sanab o‘tilgan.
1
PhD, Head of the Department, Preschool Education and Pedagogy, Kattakurgan Branch of Samarkand State
2
Student, Sports activity (wrestling), Kattakurgan branch of Samarkand State University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
133
Использование наследия восточных мыслителей в
воспитании спортсменов с
учетом национальных
ценностей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ценности,
национальная гордость,
национальное сознание,
восточные мыслители,
национальные обычаи и
традиции,
зрелость
В статье описаны научные исследования, результаты и
выводы, касающиеся использования наследия восточных
мыслителей в воспитании спортсменов в соответствии с
национальными ценностями. Также рассмотрены виды и
формы этих ценностей.
Qadriyatlar har bir millatning tarixi, buguni va kelajagini ko‘rsatib turuvchi eng
muhim omillardan biridir. Tadqiqotchilar qadriyatlarni moddiy, ma’naviy,
milliy, diniy,
mahalliy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga ajratadilar. Milliy qadriyatlar mahalliy va
diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib
shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Qadriyatlar insonlarni tinchlik-
totuvlikka, mehr-
oqibatga, ezgulikka, hamjihatlikka chorlaydigan katta ma’naviy kuchga
aylanib borgan. Shuning uchun ham milliy qadriyatlarni millat ma’naviyatining ko‘zgusi va
millatning ma’naviy qiyofasi deyish mumkin.
Ko‘p asrlik mill
iy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va
madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish,
uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-
ma’naviy
muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda
mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab
oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy
ilmiy-tarixiy merosimi
zni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga,
dunyoda ro‘y berayotgan voqea
-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-
ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning
yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Xalqimizga azal-
azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr
-
muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish,
jamiyatda ijtimoiy-
ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda di
niy-
ma’rifiy soha
vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga
mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari
asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularga vatanparvarlik kabi tushunchalarni
singdirish muhim vazifa hisoblanadi.
Milliy sport maktablarimizda ta’lim
-
tarbiya olayotgan o‘quvchilarni yuqorida
ta’kidlangani kabi tarbiyalash uchun ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiy madaniy
merosimizni keng va har tomonlam
a o‘rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o‘tish jarayonida
maktab o‘quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim.
Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim
-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan islohotlar
jadal suratlarda olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Pre
zidenti Shavkat Mirziyoyev
“Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarb va oʻz ahamiyatini hech qachon
yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolmoqda” deya aytgan soʻzlari orqali har bir inson tarbiya
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
134
“ma’naviyatning oʻchogʻi” ekanligini, u jamiyatda yoshlarning ma’naviy
-axloqiy sifatlarini
tarbiyalash milliy qadriyatning yuksalishida muhim omil boʻla olishini anglashi zarur.
Sportchilarga ta’lim
-tarbiya berishda, ajdodlar merosidan foydalanish, buyuk
allomalar timsolini yoritish, ularda shu allomalarning, shu xalqning avlodi ekanligidan
faxrlanish, shu Vatanni sevish, uni asrab-avaylash va mustahkamlashda, shu buyuk zot,
ulugʻ xalqqa nisbatan munosib farzand boʻlish, ularning davomchisi ekanligini ongida
shakllantirmoq kerak. Bu maqsadlarni amalga oshirish, ularni hayotga kengroq joriy
etishda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, ommaviy mashg‘ulotlarda, suhbatlarda,
tarixiy kechalarda, bayramlarda, milliy an’analarga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘quvchilar
ongida shu fazilatlarni tarkib topishida alohida e’ti
bor berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, katta hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan sportchi o‘quvchilarni
ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishning
negizi ekanligi, ilmiy pedagogik jihatdan asoslangan. Shundan kelib chiqib aytish
mumkinki, har bir sportchi o‘quvchi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarning tizimi, o‘quvchi yoshlar yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish,
milliy mafkurani shakllantirish, ularni boy tarixiy va madaniy merosimiz bilan tanishtirish,
milliy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol
g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash o‘z ifodasini topgan.
Mazkur tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimentlar natijalari, s
portchi
o‘quvchilar hayotini ijodiy o‘rganish, so‘rovnoma va anketalar o‘tkazish mobaynida shuni
aytish mumkinki, sportchi-yoshlar shaxsini shakllantirishda maqsadga muvofiq tarzda
olib boriladigan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarning ta’siri–ya’ni o‘quvchi yoshla
r hayoti va
faoliyatidagi o‘rni juda kattadir.
Yuqoridagi fikrlar va tanlangan mavzumiz bo‘yicha oldinga surgan maqsadimizni
amalga oshirish, hamda ilmiy farazni isbotlash maqsadida anketa savollarini tuzib chiqdik.
Bizning so‘rovnoma o‘tkazishdan asosiy maqsad sportchi o‘quvchilar va
o‘quvchilarda milliy sifatlarni qay darajada ekanligini imkon darajasida aniqlab chiqish va
mavjud bo‘lgan kamchilik va muammolarni ilmiy va pedagogik jihatdan asoslashdir.
Ularga beriladigan so‘rovnomada quyidagi savollar o‘
rin olgan:
1. Milliy qadriyat haqida tushunchangiz.
2. Milliy g‘urur, milliy ong tushunchasini qanday tushunasiz?
3. Qadriyatlar qaysi sohalarga oid bo‘lishi mumkin?
4. O‘zbek xalqining qanday milliy urf
-
odat va an’analarini bilasiz?
5. Hozirgi kunda
milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini qanday
baholaysiz?
6. Milliy qadriyatlarning inson kamolotidagi o‘rni qanday?
Olingan natijalarni umumiy tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘quvchilarning milliy qadriyat
haqidagi fikrlarini quyidagi jadval ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin.
Savollar, Baho
1
2
3
4
5
6
Jami:
Ijobiy
21%
13%
18%
11%
15%
9%
14,4%
O‘rta
68%
73%
76%
56%
73%
44%
65,1%
Past
11%
14%
6%
33%
12%
47%
20,5:
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sportchi o‘quvchilarning milliy urf
-odatlarimiz, milliy
qadriyatlarimiz, umuman aytish mumkinki, milliy tarbiyalanganlik darajasi “o‘rtacha”
holda ekan. Yosh sportchilarning qadriyat haqidagi tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsa
k,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
135
ular qadriyat deganda bayramlarni, marosimlarni tushunishadi. Bundan shuni aytish
mumkinki, sportchi o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajasini yaxshi deb
bo‘lmasligini, ularda milliy qadriyatlar haqidagi bilim, ko‘nikma, malakalari yetarli
darajada shakllanmaganligi aniqlandi.
Shu muammolarni bartaraf etish uchun, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga yordam beruvchi bir qator tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazdik. O‘quvchilarni
milliy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz, milliy tariximiz bilan yanada yaqinroq
tanishtirish maqsadida har bir guruh tarbiyaviy soatlarida, ma’naviyat darslarida quyidagi
mavzular asosida suhbatlar va ma’ruzalar o‘qildi. Jumladan: “Milliy qadriyat
tushunchalari”, “Buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz”, “O‘
zbek xalq pedagogikasi
–
tarbiya asosi”, o‘“Sharq allomalari merosi –
ma’naviyat asosi”, kabi mavzularda kollej
o‘quvchilariga ma’ruzalar qilindi, savol
-
javoblar o‘tkazildi. Bundan tashqari o‘quvchilari
bilan “Mehmondo‘stlik an’anasi”, “Adolat, halollik –
milliy tarbiya asosi”, “o‘quvchining
ma’naviy
-
milliy qiyofasi”, kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar o‘tkazilganidan so‘ng, ularning olgan
tushunchalarini aniqlash maqsadida yana qaytadan so‘rovnoma o‘tkazildi
. Buning natijasi
pedagogik jihatdan tahlil qilindi va uni quyidagi jadvalda ilova qilamiz:
Savollar, Baho
1
2
3
4
5
6
Jami:
Ijobiy
21%
13%
18%
11%
15%
9%
14,4%
O‘rta
68%
73%
76%
56%
73%
44% 65,1%
Past
11%
14%
6%
33%
12%
47% 20,5:
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan holda, tajriba guruhlaridagi
tadqiqotning boshida va tadqiqotning yakunida ko‘rsatgan natija quyidagicha bo‘ladi:
Daraja
Tadqiqot boshida
Tadqiqot yakunida
Ijobiy
14,4%
57%
O‘rta
65,1%
39%
Past
47%
4%
Mazkur jadvalning qiyosiy yakuni tajriba ishlarining boshlanishida eksperiment
guruhlaridagi sportchilarning milliy qadriyatlar asosida ma’naviy
-axloqiy tarbiyalanganlik
darajasini eksperiment yakuniga qiyosiy tahlil qilganda keskin o‘sganligini ko‘rsatadi
.
Jumladan, eksperiment yakunida milliy qadriyatlar tushunchasi darajasi past
bo‘lgan o‘quvchilar soni keskin kamaydi.
Umuman olganda, tadqiqot jarayonida o‘quvchilar jamiyatda qadriyatlar o‘z shakli
va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, falsafiy, diniy, oilaviy singari
yo‘nalishda ekanligini anglab yetdilar. Shu bilan birgalikda, qadriyatlarning inson
hayotidagi o‘rni nechog‘li ahamiyatli ekanligini, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari bilan
tirikligini tushungan holda idrok etadi.
Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz
taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Shunday ekan, azal-
azaldan xalqimizga xos bo‘lgan
milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, o‘zaro
hurmat, birodarlik, bag‘rikenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar har bir
yurtdoshimiz tomonidan amalda e’zozlanishi, asrab
-
avaylanishi, ijobiy jihatlar qo‘shib
boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
136
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. “O‘zbekiston”, 2016. B.324,486, 487.
2. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz.
–
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
3.
G‘. G‘ofurov, G‘Milliy an’analar//Xalq so‘zi, 1993 yil. 11 fevral, B. 2
4. Farmonova Muzayyamxon, Qadriyatlar
–ma’naviy kamolot asosi/ Ilmiy
-uslubiy
qo‘llanma. –
Toshkent: “Tasvir nashriyot uyi”, 2019, 36 b.
5.
O.Musurmonova, Oila ma’naviyati –
milliy g‘urur. T; “O‘qituvchi”, 1999. B.198.
6.
Shavkat Mirziyoev, Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. “O‘zbekiston”, 2016. B.324,486, 487.
7. Eshquvvatov T.E. The Pedagogical Activity Of The Students In The Preparation Of
The Prevention Of Disputable Situations. Journal of Positive School Psychology
http://journalppw.com 2022, Vol. 6, No. 10, 2426-2431
