Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving the socio-psychological mechanisms of the
process of inclusive education in secondary schools
Nodira KHIMMATOVA
1
, Mashkhura KHOLBOYEVA
2
Termez Agrotechnologies and Innovative Development Institute
Termez University of Economics and Service
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 October 2023
This article highlights methods and possibilities for
improving socio-psychological mechanisms in the context of
inclusive education in secondary schools. The analysis
emphasizes the importance of creating specific socio-
psychological, organizational and methodological conditions in
the field of inclusive education for more effective development of
methodological skills among teachers.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp297-303
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
secondary school,
inclusive,
socio-psychological,
educational process,
methodological skills,
mechanism,
organizational and
methodological conditions
Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim jarayonining
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
umumta’lim maktablar,
inklyuziv,
ijtimoiy-psixologik,
ta’lim jarayoni,
uslubiy mahorat,
mexanizm,
tashkiliy va uslubiy sharoit
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim
jarayonini ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish
yo‘llari va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tahlil shuni ta’kidlashga
imkon beradiki, agar inklyuziv ta’lim makonida
maxsus ijtimoiy-
psixologik, tashkiliy va uslubiy sharoitlar yaratilsa,
o‘qituvchilarning uslubiy mahoratini shakllantirish yanada
muvaffaqiyatli bo‘ladi.
1
Teacher, Uzbek language and literature Department, Termez Agrotechnologies and Innovative Development
Institute.
2
Student, Termez University of Economics and Service.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
298
Совершенствование
социально
-
психологических
механизмов процесса инклюзивного образования в
общеобразовательных школах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общеобразовательная
школа,
инклюзивный,
социально
-
психологический,
образовательный процесс,
методическое мастерство,
механизм,
организационно
-
методические условия
В данной статье освещаются методы и возможности
усовершенствования
социально
-
психологических
механизмов в контексте инклюзивного образования в
общеобразовательных
школах.
Анализ
подчеркивает
важность
создания
специфических
социально
-
психологических,
организационных
и
методических
условий в сфере инклюзивного образования для более
эффективного формирования методических навыков у
педагогов.
Pedagogika fani bolalar va kattalarni ta’lim va tarbiyalash qonuniyatlari haqidagi
fan sifatida ta’riflanadi [3]. Uning asosiy vazifasi
-
tarbiya, o‘qitish, ta’lim va ta’lim
tizimlarini boshqarish sohasidagi qonuniyatlarni aniqlashdir. Umumtaʼlim maktablar
ida
joriy etilgan inklyuziv taʼlimning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarning oddiy
tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, huquq va imkoniyatlar tengligini berish, ular
bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy mosl
ashuvini
yengillashtirish, o‘quvchilarning taʼlim olishlari uchun zaruriy pedagogik
-psixologik va
korreksion sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Umumtaʼlim maktablarga sog‘lom bolalarning barchasi borsa, alohida eʼtiborga
muhtoj bolalar ham jalb etilishi
kerak. Inklyuziv taʼlimning oiladan, maktabgacha taʼlim
muassasalaridan boshlab yo‘lga qo‘yilayotganligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa
bolalarning keyinchalik atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishiga, ijtimoiy muhit talablariga
javob bera oladigan va shu bilan birga, kundalik-maishiy ehtiyojini qondirish
ko‘nikmalarini erta egallashlariga, hayotga moslashib, umumtaʼlim maktablarida
tengdoshlari qatori darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga, topshiriqlarga masʼuliyat bilan
yondashish ko‘nikmasini egallashlariga ko‘maklashadi. Umumtaʼlim maktablarda
inklyuziv taʼlim –
alohida eʼtiborga muhtoj bo‘lgan bolalar yoki boshqa sabablar tufayli
tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan va barcha bolalarga
huquq va imkoniyatlar tengligini bera
digan taʼlim tizimidir. Shuningdek, inklyuziv taʼlim –
millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy va maʼnaviy ahvoli, oilasining
jamiyatda tutgan o‘rni, jismoniy yoki rivojlanishda kamchiligi bo‘lishidan qatʼi nazar
barcha bolalarni t
eng ko‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qo‘llab
-quvvatlashni
nazarda tutadigan taʼlim hisoblanadi.
Inklyuziv maktab
–
inklyuziv taʼlim tashkil etilgan maktablar bolalarning bilim olishi
hamda shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. O‘quvchilari turlicha, sog‘lom va yengil darajada
nogiron bo‘lgan, ularning har birlari uchun o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda teng
sharoit yaratilgan maktabdir.
Inklyuziv taʼlim faoliyati dasturi Ispaniyaning Salamanka shahrida dunyoning 92
davlati va 25 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida maxsus ehtiyojlar taʼlimi Butunjahon
konferensiyasida qabul qilingan. Unda alohida eʼtiborga muhtoj bolalar, yoshlar va
yoshi
kattalarga oddiy taʼlim tizimi doirasida taʼlim berish zarur va kerak ekanligini tan olgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
299
holda, barcha uchun maxsus taʼlimning tamoyillari, islohotlari bo‘yicha “Salamanka
bayonoti” qabul qilingan. Unda hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz
va murojaat
qilamiz: inklyuziv taʼlim tamoyilini qonun yoki islohot, deb qabul qiling” [3], deb daʼvat
qilingan. Uning maqsadi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, milliy yordam uyushmalari,
nodavlat tashkilotlar va boshqa bo‘limlarni maxsus ehtiyojlar taʼlimi
amaliyoti, islohoti va
tamoyillari bo‘yicha bayonotni hayotga tatbiq etishning islohotlari va faoliyatlari bilan
tanishtirishdir. Dastur Birlashgan Мillatlar Тashkiloti tomonidan va konferensiyada
qatnashgan davlatlar tajribalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar chop etgan
qo‘lyozmalar, maslahatlar va turli masalalar yechimlari, ayniqsa, nogiron shaxslar
imkoniyatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha standart qoidalar asosida ishlab chiqilgan.
Har bir bolaning taʼlim olishi uchun butunjahon “Inson huquqlari” deklaratsiyasida
qabul qilingan va butunjahon “Taʼlim barcha uchun” deklaratsiyasida qayta qatʼiy qayd
etilgan. Аgar talab etilsa, har bir nogiron shaxs o‘z xohishini o‘zlashtirgan taʼlimiga asosan
bildirish huquqiga ega. Ota-onalar bolalarining xohishi, holati, ehtiyojlariga mos keluvchi
taʼlim shaklini tanlash bo‘yicha maslahatlar olish huquqiga egadirlar. Inklyuziv taʼlim
alohida eʼtiborga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab
o‘zgaruvchan, g‘amxo‘rlik bilan yondasha oladigan taʼlim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy,
meʼyorda rivojlangan bolalar o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Buni amalga
oshirish uchun har bir bolaga nuqsonidan kelib chiqqan holda individual yondashish, ular
uchun qulay sharoit yaratish kerak. Аlohida
eʼtiborga muhtoj bolalar uyiga yaqin, o‘ziga
qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf
rahbari amalga oshiradi. Umumtaʼlim maktablarda inklyuziv taʼlim jarayoni o‘ziga xos
murakkabliklarga ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar, o‘qituvchilar
zimmasiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bunday taʼlimda sinf rahbari, fan o‘qituvchilari,
tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni
bajaradilar. Sog‘lom bolalar bilan alohida eʼt
iborga muhtoj bolalar orasidagi tafovut
o‘zidagi jismoniy imkoniyatining cheklanganligi sababli o‘z tengdoshlariga qo‘shilmaslik,
tortinchoqlik, uyalgan yoki kamsitilgan baʼzilarining esa oilada haddan tashqari
avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘li
b qolganliklari tufayli yuzaga keladi [3].
Har bir inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim maktablarda maxsus
tayyorgarlikka ega (resurs) pedagog bo‘ladi. Inklyuziv taʼlim tashkil etilgan muassasalar
nufuzining qanchalik muhimligi, mana shu maxsus tayy
orgarlikka ega bo‘lgan
o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Chunki, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va
ko‘maklashadi, maxsus o‘qitish uskunalari, jihozlari bilan taʼminlaydi, ota
-onalar,
o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazadi, dars jadvali, dasturga, kerak bo‘lsa,
o‘zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi. Shuningdek, shu yo‘nalishda ishlaydigan
o‘qituvchilarning malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi, sog‘liqni saqlash
xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muhitni yaratadi
. Bu taʼlim faoliyat dasturi
birqancha maxsus, hududiy, bosqichli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ular jamiyat istiqbolini,
ehtiyojini, resurs talablarini, mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv taʼlimga jalb qilingan va alohida eʼtiborga
muhtoj bolalar taʼlim
-
tarbiyasini tashkil etishda taʼlim
-tarbiyada yuqori muvaffaqiyatlarga
erishishda uchraydigan turli muammolar bolalarning individual ruhiy kechinmalarining
qanchalik hisobga olinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Аlohida eʼtiborga muhtoj bo‘lgan bolalarda
o‘ziga ishonch hissini orttirish, umidsizlikka berilishining oldini olishda o‘qituvchi faoliyati
ota-
onalar bilan hamkorlikda olib borilishi zarur. Inklyuziv taʼlimda oddiy o‘qituvchilar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
300
treningi va maktabning barcha
uchun faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash zarur bo‘lgan
boshlang‘ich holatni yaxshilash uchun o‘qituvchilar sinflarda barcha bolalarda javobgarlik
hissini uyg‘otishlari kerak bo‘ladi. Аlohida eʼtiborga muhtoj o‘quvchilarning qiziqishlariga
mos, bilim va qobi
liyatlariga monand taʼlim berish sinf xonasida umumiy tarzda olib
boriladigan faoliyatdir (1-rasm).
1-
rasm. Inklyuziv ta’lim faoliyat dasturi.
Аlohida eʼtiborga muhtoj bo‘lgan bolalarga asoslangan inklyuziv taʼlim jamiyatga
ham foydalidir. Bu esa o‘z navbatida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
Inklyuziv ta'lim
faoliyat dasturi
hududiy (milliy)
bosqich faoliyat
bo'limlari
Hududiy va
xalqaro
miqyosdagi
faoliyat
ko'rsatmalari
Resurs (manba)
talablar
Yuqori
mavqega ega
jabhalari
jamiyat
iqiboslari
Tashqari
yordam
xizmatlari
O'qituvchilarni
qabul qilish va
tayyorlash
Maxsus
ehtiyojlar
ta'limidagi
yangi qarashlar
Maktab omillari
Islohot va
tashkilot
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
301
bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqqa ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv
taʼlim tufayli jam
iyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi va barcha bolalar uchun
foydali bo‘lgan samarali pedagogika tamoyillarini targ‘ib etadi. Insonlarning turli xilda
bo‘lishi normal holat, deb qabul qilingan va o‘rganish jarayonining tabiati va
bosqichlaridan kelib chiqib, bola mazkur jarayon talablariga emas, balki ushbu jarayon
bola talablariga moslashtirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Farmonida xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlim dasturlari yetarli darajada
rivojlanmagani, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari dasturlarida o‘qituvchilarning
inklyuziv taʼlim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini taʼminlashdagi muammolar sanab
o‘tilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv taʼlim tizimini tashkil
etish orqali mazkur muammolarni hal qilish, umumtaʼlim muassasalarini maxsus
moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqi
ch, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar
(pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-
pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan
taʼminlash, jamoatchilik o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi,
inklyuziv o‘qitishning mazmun
-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish xalq
taʼlimi tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan [1].
2020-yil 23-
sentabrda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risidagi”gi Qonunda inklyuziv
taʼlim taʼlim shakllaridan biri sifatida eʼtirof e
tilib, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy
nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar
davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim
tashkilotlarida inklyuziv shaklda y
oki uy sharoitlarida yakka tartibda taʼlim olish huquqi
kafolatlangan [2].
2020-yil 13-
oktabrdagi “Аlohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim
-tarbiya
berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori
bilan bilan 2025-
yilgacha inklyuziv umumtaʼlimni bosqichma
-bosqich joriy etish, bunda
imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish,
yangi quriladigan maktablarni imkoniyati cheklanganlar uchun qulay sharoitlar bilan
qurish,
pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish borasida zarur
vazifalar belgilab berildi [1].
Shuningdek, qaror bilan alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun
inklyuziv taʼlim tizimini tashkil etish, ularning taʼlim olish
huquqini kafolatlash va
taʼminlash maqsadida “2020
-2025-
yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni
rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Inklyuziv taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, alohida
taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi
muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va
amaliyotga joriy qilish, taʼlim muassasalarini inklyuziv taʼlimga jalb qilingan o‘quvchilar
uchun maxsus jihozlangan komputer texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va
boshqa jihozlar bilan taʼminlash Konsepsiyaning ustuvor vazifalari etib belgilandi [2].
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 12-oktabrida Vazirlar
Mahkamasining “Аlohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ
-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638
-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
302
“Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga ko‘ra inklyuziv taʼlim —
alohida taʼlim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim
tashkilotlarida taʼlim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni taʼminlagan holda beriladigan
taʼlim hisoblanadi.
Inklyuziv taʼlimning maqsadi va vazifalari, inklyuziv taʼlim sinflari va boshlang‘ich
tayanch korreksion sinflarda o‘quv
-
taʼlim jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarni mazkur
sinflarga qabul qilish, pedagog xodimlar faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik qilish
tartibi mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi.
Jumladan, maktabning inklyuziv taʼlim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflarning birinchi sinfiga
o‘quvchilar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
O‘quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilish hamda chiqarish hududiy xalq taʼlimi
boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga
ko‘ra, ota
-onalar yoki ul
arning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, inklyuziv taʼlim sinflarida jami o‘quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi
kerak. Ushbu sinflarda umumiy o‘rta taʼlim dasturlari bo‘yicha ommaviy tarzda o‘qiyotgan
o‘quvchilar bilan birga maxsus (korreksion) dasturlar asosida o‘qiyotgan alohida taʼlim
ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi lozim. Inklyuziv taʼlim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o‘quvchilar q
abul
qilinadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, taʼlim sohasini, xususan, inklyuziv taʼlimga oid
qonunchilikni takomillashtirish, bu borada bosqichma-bosqich islohotlarning olib
borilishi mamlakatimizda alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan, imkoniyati cheklan
gan
bolalarga sog‘lom bolalar bilan bir xil sharoitda bilim olishlarida teng huquq va imkoniyat
yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
https://sirdaryo.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=45187
2.
https://president.uz/uz/pages/view/strategy?menu_id=144
3. Ture Yonsson.
Inklyuziv taʼlim. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. YuNESKO
Xalqaro tashkiloti. Opereyshen Mersi Xalqaro tashkiloti, Respublika taʼlim markazi. –
T.,
2021.
4. Mengliyev, B. (2022). PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN PHYSICAL
EDUCATION TEACHER. Science and innovation, 1(B7), 554-556.
5. B.N.Mengliyev, (2023). UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI OQITISH
METODIKASI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science &
Humanities, 11(4), 450-454.
6.
Менглиев, Б. Н., & Умиров, Ш. Б. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
ВНЕДРЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ НА ЗАНЯТИЯХ ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРОЙ. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И
СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 119
-121).
7. Mengliyev, B. N. (2023). MAKTAB OQUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF
RECENT RESEARCH, 2(14), 113-117.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
303
8.
Mengliyev, B. (2023). SOG‘LOM TURMUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA
UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIK TEXNOLOGIYASI. Центральноазиатский журнал
образования и инноваций,
1(6 Part 6), 16-18.
9. Mengliyev, B. (2023). JISMONIY MADANIYAT IXTISOSLIGI TALABALARINING
SPORT PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH MUAMMOLARI VA UNING INNOVATSION
YECHIMLARI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(13), 157-
161.
10. Mengliev, B. N. (2022). Problems of formation of pedagogical competence of
physical education teachers. Eurasian Journal of Sport Science, 2(1), 79-86.
11. Himmatova, N. N. (2023). THE EFFECT OF PERSONAL STANDARDS ON THE
PROCESS OF ECONOMIC SOCIALIZATION OF THE POPULATION. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3(7), 377-386.
12. Normamatovna, H. N. (2023). IMPROVING THE SOCIAL-PSYCHOLOGICAL
MECHANISMS OF THE INCLUSIVE EDUCATION PROCESS IN GENERAL EDUCATION
SCHOOLS. Journal of Universal Science Research, 1(8), 57-61.
13. Normamatovna, H. N. (2023). GEOMETRIK MAZMUNDAGI AMALIY
XARAKTERDAGI MASALALARNI YECHISHNI O ‘RGATISH METODIKASI. PEDAGOGS
jurnali, 27(1), 54-57.
14. Khimmatova, N. (2023). Psychological Mechanisms in Teaching English. Best
Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(7), 511-515.
15.
Muxammadiyeva, O., & Panjiyev, A. (2022). O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY
KAMOL TOPTIRISHDA BESH TASHABBUSNI TATBIQ ETISH USULLARI. Science and
innovation, 1(B6), 844-847.
16. Narzullaevna, M. O., & Marjona, N. (2022). Gender Equality Guarantees Women's
Rights And Opportunities. Thematics Journal of Social Sciences, 8(1).
17. Muhammadieva, O. (2018). Some historical aspects of formation on
parliamentarism in the Republic of Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (1), 54-57.
18.
Мухаммадиева, О. Н. (2013). Эффективный парламентский контроль
-
важнейший элемент демократии. Апробация, (5), 85
-87.
19. Muxammadiyeva, O., & Panjiyev, A. (2022). PRACTICES OF IMPLEMENTING FIVE
INITIATIVES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF SCHOOLCHILDREN. Science and
Innovation, 1(6), 844-847.
20. Narzullaevna, M. O., & Marjona, N. (2022). Gender Equality Guarantees Women's
Rights And Opportunities. Thematics Journal of Social Sciences, 8(1).
